Alisher Navoiy. Lison ut-tayr (nasriy bayoni)  ( 153213 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 B


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:40:46

Elchi qushlarning bu so'zlarini eshitib, ularga shunday dedi:
- Ey gumroh to'da! Sizlar aqlsizlikka oshno bo'lib qolibsiz! Sizlar oshuftahollikka tushib, dimog'ingizga puch xayollarni keltirmoqdasiz. Shu ahvolda qaysi tilingiz bilan shohning nomini zikr qilmoqdasiz? Nechuk bu fikr ko'nglingizga yo'l topa qoldi?
Sizlar hech narsaga arzimaydigan, balki undan ham past turadigan bir guruhsiz. Shoh esa sizlarning bu poyma-poy andishangizdan yuksakda turadi. O'zingiz hech narsaga arzimaysiz-u, yana qizishib, bekordan-bekorga hovliqasiz! Go'yo o'zingizni mayjudman deb tasavvur qilasiz! Sizda aslida na son bor, na hisob bor va na vujud! Borman deb tuhmat qilasiz, ammo yo'qsiz! Ko'nglingiz xomxayol bilan to'la, muddaoin-gizning barchasi amrimaholdir!
Bu yer shunday muazzam joydirki, hatto bunda yuz ming quyosh ham kichik bir zarra kabi nur socha olmaydi. Bu yerda yuz ming quturgan fil bir o'lik pashshadek gap! Shunday bir joyda siz na borsiz, na yo'qsiz, balki borligingiz yo'qligingizdan ham kamdir!
Bunday behuda so'zlarni aytmasdan, tezda orqangizga qaytinglar. Agar yana biror gapingiz bo'lsa, qaytayotgan paytda aytib ketinglar!
Bu so'zlarni eshitgach, qushlarning hushi boshlaridan uchib, ularga ojizlik yuzlandi, hatto tillari gapga aylanmay qoldi. Hammalari bir-birlarining pinjiga kirib, umidsizlik o'tida yona boshladilar. Ular o'zlariga o'zlari shunday der edilar:
- E voh! Zoye ketgan mehnatlarimizga ming afsus! Tortgan shuncha shiddatlarimizga ming afsus!
Agar shoh shunday oliy dargohga ega bo'lsa, biz kabi bir necha xaroblar uning oldida qanday ko'rinish beradi? U bizdek faqirlarni nazariga ilarmidi? Hayf shuncha umid bilan harakat qilganlarimiz! Hayf abadiy davlatga erishamiz deb qilgan orzularimiz!
Qushlarning barchasi chuqur qayg'uga, cheksiz hasrat va armonga giriftor bo'ldilar. Ular:
- Biz kabi g'amli, orzu va umidlaridan yiroq tushgan bir guruh bor ekanmi?! - deya xitob qilishdi.

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:41:53

CLXVII
 
Qushlarning fanoga erishishdan umidsizlikka tushib turganlarida, Hidhudning to'g'ri yo'l ko'rsatganligi tufayti ularda quvvat hosil bo'lgani
 


Shunda Hudhud ularga dedi:
- Ey bechora, xonumonu mulkidan ovora bo'lgan to'da!
Shoh marhamatidan noumid bo'lmang, chunki uning sifatlaridan bittasi karam ko'rsatishdir. Agar uning visoliga erishish qiyin bo'lsa, ishqida o'lmoq ham yaxshi ishdir.
Biz bu iqbolni qo'lga kiritib, bugun uning dargohiga yetib keldik. Shu saodatning o'zi ham biz uchun oliy martabadir. Endi uning ishqida barchamiz halok bo'lsak ham mayli.
Bu so'zlarni eshitgan qushlarning barchasi yuraksizlik izhor qilib, Hudhudga shunday deyishdi:
- Ey hikmatshior! Biz o'z oldimizga duch kelgan barcha balolarga sabr-toqat ko'rsatib, sening hamma buyrug'ingni qabul etdik! Sen qayerda qanot urgan bo'lsang, biz sendan ayrilmadik. Nimaiki amr etgan bo'lsang, qarshilik ko'rsatmadik. Ammo vasl chog'i bizga ayriliq g'ami yuzlandi. Bu sen aytgan so'zlarga to'g'ri kelmaydi-ku!
Hudhud ularga shunday dedi:
- Siz tushkunlikka tushmang va bundan aslo ozor chekib, ranju uqubat tortmang! Biz bu yo'lga qadam qo'yib, yuz xil balo-qazoni chekishga jazm etgan mahalimizda bizning bundan maqsadimiz shohga erishmoq va uning dargohiga yetishmoq edi. Endiki biz bu maqsadga yetib, uning dargohiga yo'l topgan ekanmiz, o'zingizni asl maqsaddan yiroqda deb gumon qilmang.
Agar oshiq o'z ishqida haqiqiy kainolotga erishgan bo'lsa, uning uchun hijron ham, visol ham teng hisoblanadi. Chunki yorning xohishi oshiq uchun orzu etilgan narsa bo'lib, u nimani istasa, o'sha ma'qul sanaladi. Yor vaslini qo'lga kiritmagan bo'lsangiz siz uchun uning yodi bilan yashash yetarli emasmi?! Har bir kishi yor yodi bilan jon bersa, uning bu o'limi mangu hayot bilan tengdir.


Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:42:42

CLXVIII
Hikoyat
 


Majnunni dashtda bir kishi uchratib qoldi. U o'zi bilan o'zi so'zlashmoqda edi. U kishi Majnundan so'radi:
— Sen kim bilan so'zlashmoqdasan?
— Ey baxtli odam, men Layli bilan so'zlashmoqdaman,— deb javob berdi Majnun.
— Axir u sendan juda uzoqda-ku!
—  Ey g'ofil, u mening jonimdan o'rin olgan! Uni yodga olish jonimga oziq bag'ishlasa, yo'l yiroqligi uchun uni unuta olamanmi?
Kimki ishqda kamolot kasb etsa, uning vujudida ma'shuq yodi mujassamlashgan bo'Iadi. Agar siz ham ishq borasida lof urmoqchi bo'lsaiigiz, undan sizga dard kelsa ham shodlik o'rnida qabul eting!

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:43:42

CLXIX
 
Qushlarning oliy fanoga erishib, baqo vasliga yetgani
 


Bu musofirlar ko'pgina dengiz va quruqliklarni bosib o'tib, ko'zlagan manzilga yetib kelgan edilar. Ular tunu kun yo'l yurishdan sira hormasdan oldilariga har qanday balo kelsa ham yuz qaytarmasdan o'z istaklariga erishganlarida, bu mag'lub to'daga jamolni ko'rishga to'sqinlik qiladigan parda tutildi. U qushlarga o'z ulug'vorligini ko'rsatib, qarshilik ko'rsatsa ham, benavo qushlar o'z fikrlaridan qaytmadilar. Garchi ulardan ba'zilari ko'ngilsizlik ko'rsatgan bo'lsalar-da, Hudhud to'g'ri yo'lga boshlovchi so'zlari bilan ularning tushkunlik va ko'ngilsizlikka tushishiga yo'l qo'ymay, bu borada ancha va'zlar aytdi. Hudhud aytgan so'zlardan ularga jon kirib, mushkil ishlari yanada osonlashdi. Chunki ularga sodiqlik va ixlos qo'yish yor bo'ldi, yorni istashda esa bu ikki holatning foydasi ko'pdir. Garchi ular ulug'lik oldida tuban, xor bo'lgan bo'lsalar-da, Hudhud ularni g'am yemaslikka chorlab, ko'pgina dalillar keltirdi. Ularda mardonalik mavjud bo'lib, komil yo'lboshchisi ham oqil va dono edi.
Shunday qilib, bu sodiqlik va ixloslikdagi ikkinchi fanoga' erishish yorni ularga oshno qildi. Vasl bog'idan marhamat ko'rsatish shabadasi esib yoki Masihnifjg pokiza nafasi kelib, ular oldida niqob bo'lib turgan barcha pardalarni birma-bir olib tashladi. Nur va zulmatdan iborat bo'lgan hamma pardalar bartaraf qilindi. Vasl bog'ida shodlik va maqsad guli ochilib, uning muattar bo'yidan ko'ngullar yayradi. Qushlarning dillaridagi shikastalik yo'qolib, vasl ichra bu xil maqsad va shodlikka erishdilar.

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:44:36

Bu gulshanda har bir gul go'yo bir ko'zgu kabi edi. Qushlar qayoqqa qarasalar, o'zlari namoyon bo'lar edilar. Bu yerda bulardan boshqa yana nur va sollik, oshkora va yashirin narsalarning hammasi bor edi. Bu go'yo kishilarning ko'zguga qaragani yoki tiniq, pokiza suvga boqqani kabi edi. Hamma narsa boshdan-oyoq ko'zga tashlanib, ko'zgu yoki suvning kishi aksini ko'rsatganiga o'xshar edi.
Bu o'ttizta qushning shuncha ko'p mashaqqat va ranj chekib, bu yerga yetib kelganlaridan maqsad ularga Simurg' o'z yuzini ko'rsatib, bu fanolardan ana shunday baqoga erishmoq edi. Ammo ular qayoqqa qarasalar o'zlarini ko'rdilar.
Alloh-Alloh! Bu qanday ajoyib so'zki, Simurg'ni orzu qilgan o'ttizta qush o'zlarini o'sha Simurg' sifatida ko'rdilar!
Bunda xuddi sadaf gavharga aylangani kabi "œman araf" siri zohir bo'ldi.
Ey ko'ngil! Bu nozik ma'noli so'zlar qushlar tilidir, balki ramzu imo mulkidan xabardor bo'lgan kishilar tilidir. Garchi bu so'zlarni tushunish qiyin bo'lib, muammoli bo'lsa-da, u riyozat chekish bilan ravshanlashadi. Chunki riyozat insondagi hayvoniy sifatlarni yo'q qiladi. Kishi shu xilda o'z nafsoniyatini inkor eta olsa, unda ruhiy poklikdan boshqa hech narsa qolrnaydi. Sen bu ma'niga xiloflik qilma!
Inson zotida shunday sharaf mujassam etilganki, agar u o'zidagi yomon axloqni bartaraf etib, fir'avnlikka taqlid etmasa, unda Musoga o'xshash eng yaxshi suatlardan o'zga sifat qolrnaydi. Yoki sharaf ganjiga egalik qilib, o'zidagi Abu Jahllik xislatini yo'qotsa, Habibullohdek yuksak sharafga erishadi hamda borlik va yo'qlikdan ogoh bo'Iadi. Vahdat me'rojiga chiqib, poklik siridan unga xabar yetadi. Ko'zi vasl nuridan shunday yorishib ketadiki, bu paytda oradan "menlik" va "senlik" yo'qoladi.

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:44:53

Haq vujudi dengiz mayjlarini yuzaga keltiradi. Mayj naqshidan dengizga ne ziyon yetadi? Dengiz, xoh u mavjli boisin, xoh mayjsiz, o'zidagi suv bilan dengiz sanaladi. Suvsiz mayj hosil bo'lmaydi. Mavjning boru yo'qligi dengizga bog'liqdir.
Agar sen buni chuqur o'ylab ko'rsang yoki ishq sirlarini diqqat bilan mulohaza qilsang, Alloh sifati bilan birlashib ketganingda, ogoh xotiring bilan shu so'zlarni aytishga jur'at etasan: ya'ni, yaratilgan hamma narsadan asosiy maqsad sening o'zingsan! Sendan tashqarida hech narsa mayjud emas! Sen o'zing zotning muxtasar tafsilisan hamda borliq mushkillarini tushunib yetuvchisan! Shuning uchun o'z vujudingga tafakkur qilib, nimani istamoqchi bo'lsang, faqat o'zingdan istagil!
Sen jannat bog'chasidagi ajib bir go'zal qushsan va sharaf bo'stonida pokdomonsan. Lekin Simurg’ istagan u qushlar galasi suluk ichra riyozat bilan sayr qilib, bu yo’lda o'zlarini qobil etdilar va bu talabdan vasl hosil qildilar. Senda ham u imkoniyat tarzida mayjud bo'lib, agar yomon fe'lingni tuzatsang, maqsadga erishasan! Agar bu yo'lda o'zingni qobil etmay, pastu baland so'z aytsang, dorga osilishing turgan gap.
Kimki bu ma'nidan ogoh bo'lsa, bilgilki, bunday so'zlarni aytishga til qisqalik qiladi. Bundagi so'z o'zgacha-yu ma'no o'zgachadir. So'z bilan mashg'ul kishi undagi ma'noni anglamaydi.

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:45:37

Menga qanday ma'no ayon bo'lgan bo'lsa, uni qush till bilan bayon qildim. Aytgan so'zlarim faqat o'z zohiriy ma'nosida tushunilmasin, undagi chuqur ma'nolarning yuzlari yopilmasin. Bu so'zlarimni faqat qush tilini bilganlargina fahmlay oladilar. Fahmlagach, undagi mazmundan qattiq vahimaga tushadilar.
Ammo ziyrak qush bu so'z tagida nimalar borligini darhol anglaydi. Bu so'z barcha so'zlar ichida eng mushkilidir, u tilsiz kishilarning tilidir. Shart shuki, uni anglagan kishi mabodo o'zgalarga sharh qilib o'tirmasin, chunki tilidan boshiga biror ofat yetishi mumkin.
Ey AIloh! Men bu so'zlarni aytib, senga tavba qilaman. Aytib bo'lmas so'zlarim uchun sening o'zingdan panoh istayman. Bu fikrlarni o'zimcha rejalamadim, balki Attor so'zlarini sharh qilib berdim. So'zimga ofat tushishidan o'zing asra, kimga payravlik qilayotganimni nazarga ol. Agar men xatoga yo'l qo'ysam, u nuqsonsizdir, chunki u kamol varaqlariga ko'p xatlar yozgan. So'zda agar tab'im g'alat aytishga moyillik ko'rsatgan bo'lsa, uni komil boshliq so'zlari tufayli deb bil. Men unga izdoshlik qilib, sen haqingda so'zlar aytdim, uzrimni quvvatlab, gunohimdan o't.

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:47:10

CLXX
O'z mulohazasi qusuri uzriga tamsil


Bir parishon tabiatli devona bo'lar edi. U birov savdosidan ko'p zor ahvolga tushgan edi. U ko'ngil qo'ygan jonona davronga ofat soluvchi, balki ishvasi bilan barcha jonluarga qiron keltiruvchi edi. Husn bobida hur va parilar ham unga taslim bo'lgan, oy va quyosh ham uning oldida chiroyli ko'rinmas edi. Olamni uning husni g'avg'osi tutgan, turli shaharlar va mamlakatlarga uning shov-shuvi tarqalgan edi. Husnining latofati garchi cheksiz bo'lsa-da, va lekin u ikki ish bilan mashhur edi. Birinchisi, u bilimdonlik va zukkolikda kamolot sohibasi bo'lsa, ikkinchisi, shiddat bilan jafo ko'rsatishga ham usta edi.
Bir kun ishqda majnuntabiat bo'lib qolgan oshiq ma'shuqasini yodga olib, uning yuzini gulga, qaddini sarvga, ko'rinishini tovusga, yurishini qirg'ovulga qiyos qildi. Devona o'ziga xush yoqqan bu so'zlarni aytib turganida, uning oldiga oy yuzh dilbar yetib kelib, u aytgan so'zlarni pana joydan turib eshitdi. So'ngra yurib uning qoshiga keldi va shunday dedi:
- Sen aytgan bu ta'riflar men uchun kinoyadan beshqa narsalar emas. Men ulardan nihoyatda or qilaman. Qomatimni sarv deb aytding, ammo sarv mening qaddim kabi xirom eta oladimi?! Yuzimni gul deding, lekin qaysi gulda men kabi yuz balolik ko'z va qosh bo'ladi! Ko'rinishimni tovusga qiyos qilding, qachon tovus elning aqlu hushini olibdi?! Yurishimni qirg'ovulga o'xshatding, ammo qay bir qirg'ovul kishilar qatliga sabab bo'la olgan?!

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:47:29

Oy yuzli go'zal g'azab bilan bu so'zlarni aytib, unga xitob etdi. Oshiq unga javob qaytarishdan ojiz bir holga tushdi:
Men xato qilib qo'ydim, bundan nihoyatda sharmandaman, shunday bo'lsa-da, seni vasf etuvchi bir gunohkor bandaman!
Oy ko'rinishli bu so'zlarni eshitib, shu zahotiyoq:
- Jahondan vujudingni yo'q qilib yuboraman!— deya unga g'azab qildi.
Devona o'zini yerga tashlagancha zor yolvorib, shunday dedi:
- Ey husni bilan parilar va hurlarga oriyat keltirgan. Men sen to'g'ringda nima so'z aytgan bo'lsam, ularning barchasi senga bo'lgan muhabbatim tufaylidir, ixlosim va do'stligim tufaylidir. Ularda hech qanday shikoyat, o'rinsiz ta'na-dashnomlar va kinoyalardan asar ham yo'q.
Ammo seni maqtab, vasf etishda kamchilikka yo'J. qo'yibman: buni tan olaman. Endi o'zing marhamat ko'rsatmasang, holim xarob bo'ladi. Men aytgan bu so'zlarni nodonlikka yo'ysang, ularning barchasini jaholat va bilmaslikdan deb hisoblasang. Chunki uyat men telbani halok qilmoqda, agar sen ham o'ldirmoqchi bo'lsang, bu endi menga og'ir zahmat bo'lib tushadi!
Telba o'z nuqsonini bo'yniga olib, uzrxohlik qilgach, parivash ham lutf ko'rgazib, uning qonidan kechdi.

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:49:00

CLXXI
 
Hikoyat



Bu yo'l ahliga yetakchilik qilganlardan biri Xoja Abdulloh Ansoriy shunday degan edi:
— Kishi sozini rud ohangiga moslab, bu ohang ichra bir yoqimli qo'shiq aytsa, biroq bu kuyi va qo'shig'idan maqsad Allohni yodga olish bo'lsa, ey, pok e'tiqodli, bilgUki, uning bu ishi g'aflat ohangj bilan Qur on tilovat qilishdan yaxshiroqdir.
Agar qo'shiq va nag'mada ogohlik mavjud bo'lsa, bu toat vaqtidagi gumrohlikdan yaxshiroq sanaladi.


Qayd etilgan