Alisher Navoiy. Lison ut-tayr (nasriy bayoni)  ( 153204 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 25 B


mutaallimah  30 Avgust 2008, 03:56:30

XLV
Kabutar uzri


So'ngra Kabutar o'z arzi holini shunday sharh etdi:
- Ey to'g'ri yo’l ko'rsatish bobida kamolot sohibi! Barcha qushlar orasida Alloh men uchun xalq qo’lidan ovqat yeyishlikni qismat etdi. Xaloyiq men uchun maskan va koshonalar quradi, kishilar oldimga suv va donlar keltirib qo'yishadi. Jahonda men odamlar tuzog'ining mahbusiman, shu sababdan ularga odatlanib, o'rganib qolganman. Alloh menga bu holatni nasib etib, qismat dasturxonidan menga shu ish tushibdi. Haq shuni ravo ko'rgan ekan, undan bo'yin tovlash aql qonuniga muvofiq keladimi?! Qismatga shukr qilib, bu mashaqqatli hayotga yuz qo'ymaganim avlo emasmi?!

Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2008, 03:57:29

XLVI
Hudhudning Kabutarga javobi


Hudhud unga dedi:
- Ey turli bahonani o'ziga kasb qilib olgan! Senga makr va hiylalar uyasi maskan ekan! Qushlar sening bu holatingdan hayratga tushmoqdalar. Sen kabi birorta g'ayratsizni topib bo'lmaydi.
Alloh senga butun koinotni uchib o'tgudek qanot nasib etgan. Sen bo'lsang xaloyiq oldida zoru intizor bolib o'tiribsan! Kishilarning bergan suvu donlariga asir bo'lding. Odamlar yog'ochning uchiga latta bog'lab, to'dangizni quvib yurishadi-ku! Ular sizdek befoyda galani quvlab, tomlarini sizdan holi aylaydilar-ku! Ular sizga shunchalik jabr ko'rsa-tishadi-yu, siz esa tamagirlik bilan ularning yonidan jilmaysiz, ularning tomidan bo'lak boshqa joyga bora olmaysiz!


Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2008, 03:59:43

XLVII
Hikoyat


Xalq orasida bir ishyoqmas, tanbal kishi bor edi. Odamlar uning beg'ayratligidan hayron qolar edilar. U odamlardan musht, shapaloq yoki tepki yer, buning evaziga ulardan bir burda non yoki taom olib, kun ko'rardi. Kishilar uni quvib yuborsalar ham, hech qayerga ketmay, o'zining yomon qiliqlarini tark etmasdi. U tortadigan jafolarga ma'lum bir narh to'g'rilab qo'ygan edi. Qaysi bir kishi uni bir tepsa yoki ursa, u o'sha kishidan buning haqini talab qilib olar, qo'liga tusligan narsani darhol og'ziga solar edi.
Kunlardan bir kuni kimdir uning qo'liga bir parcha non berib, shunday musht tushirdiki, natijada tanbal yer tishlab qoldi. Garchand u shapaloqlar yeb, qornini to'yg'azib yurgan bo'lsa-da, bir musht bilan endi qayta o'rnidan turmaydigan bo'ldi.

Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2008, 04:01:04

XLVIII
 
Tog' Kakligi uzri


Yana tog' Kakligi ojizlik ko'rsatib, shunday dedi:
— Ey barcha qushlarning yetakchisi! Men tog'da manzil qurgaii qushman. U yerda tilim Allohga madhu sano o'qish bilan banddir. Shu tariqa olam elidan etak silkib, tog' etagida orom va halovat topdim. Bu xil uzlat cho'qqisini ixtiyor qilish sababli menga tole o'rtoq, baxt yor bo’ldi, tog' xazinasi esa omonlik joyiga aylandi. Bas, shunday ekan, holimga bunday safar munosibmi? Yurishim doim kon ustida bo'lgandan keyin bu ishda orzuim gavhardir. Ma'naviy gavharni qoiga kiritish hamon qiyin ish bo'lib qolmoqda. Shunday ekan, bu yo'l menga bema'ni sayrdan boshqa narsa emas-ku!

Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2008, 04:02:13

XLIX
Hudhudning tog' Kakligiga javobi



Hudhud shunday dedi:
- Ey behuda xayollarga berilgan! Dimog'ingda behuda xayoldan boshqa narsa yo'q ekan. Tog' orasida uzlatga chekinib, odamlardan uzoqlashdim, deb aytding. Aslida bu go'shanishinlik emas, nafsu havoga berilishdir. Tog' va cho'qqilar ustida u yoqdan hu yoqqa tinmay yugurganing-yugurgan! Har lahza telba kishilar kabi behuda qahqaha otishing ham o'rinsiz. Ma'naviy gavhar haqida ham nomunosib so'zlar aytding. Ey, jahl bilan mast bo'lib, faqat o'zini o'ylovchi, sen qayoqdayu ma'naviyat qayoqda! Bu xil yolg'on so'zlar bilan muttahamlik qilib, ma'no gavhari haqida og'iz ochma! O'z so'zlaring bilan asl zoting pastligini, bema'ni va badbaxtligingni ko'rsatding. Sen shunchalik yolg'onga mubtalo bo'ldingki, ulardan boshingga yuz balo kelgusidir.

Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2008, 04:03:22

L
Hikoyat


Bir ulusning tolei past qallob kishisi bor edi. U bir shaharga borib, o'ziga "œjavhariy - qimmatbaho toshlarni ajratuvchi" deb ot qo'yib oldi. O'zi esa eshak munchoqni firuzadan ajrata olmasdi. Nafsini quyushqondan tashqari cliiqarguncha soxta gavharlar yasab, o'zini gadolikdan xalos etdi. Shishaga har xil ranglar surtib, ularni la'l va yoqut deb qalbakilik qildi. Xalq uning soxta ishlarini chin deb o'yiardi. Bir kuni o'sha qallob shu tarzda hunar ko'rsatib, bir boyga oddiy parcha toshni xushrang qilib (bo'yab), juda katta pulga sotdi. Ko'p o'tmay u bu pulni ishlatib yubordi.
Gavhar olgan kishi qalbaki ishdan voqif bo'ldi: o'sha muttaham bir tillalik la'l billurni yuz ming tillaga sotgan ekan. Gavhar egasi savdodan aynib, soxta gavharflirushni ushladi va pulini qaytarib berishni talab qildi. Gavharfurushning to’lashga hech vaqosi yo'q edi. Shuning uchun u muttaham qallobni qiynab o'ldirdilar.


Qayd etilgan


mutaallimah  02 Sentyabr 2008, 03:39:15

LI
Tazarv uzri



Yana gulyuzli Tazarv shunday arz etdi:
- Ey to'g'ri yo'l ko'rsatishda nom cliiqargan! Men husn va chiroyga ega bir qushman. Gulshan icliida ko'rinishim nihoyatda go'zaldir. Alloh azaldan menga beqiyos husnu zebolik va lutfu ra'nolik nasib etgan. Benihoya jamol va go'zallik meni kishilar nazdida sevimli qildi. Suyukli kishining ishi nozu istig'no qilish emasmi?! Zeroki, chiroyli kishilar uchun odamlar ranj chekishni ravo ko'rmaydilar.

Qayd etilgan


mutaallimah  02 Sentyabr 2008, 03:44:34

LII
Hudhudning Tazarvga javobi


Hudhud dedi:
— Ey xayoli, xulqi va so'zlari ajabtovur qush! Hech kim o'z husnu jamoli haqida senchalik lof urmagan edi. Bu so'zlarni hatto jinnilar ham, barcha go'l va sodda kishilaru hattoki yosh go'daklar ham aytmaydi. Har xil rang-barang ko'ylaklar bilan yasan-tusan qilib yuruvchi suyuqoyoq xotinlar ham sening bu so'zlaringdan nomus qiladilar. Hech bir kimsa bu xil behuda da'voni so'zlamagan, er kishilar u yoqda tursin, hatto xunasalar ham bu xil da'vo qilishmagan! Bu kabi o'z kamolotini vasf etuvchi fikri ojiz kishining ushbu safarga chiqqamdan chiqmagani yaxshiroqdir. Sen o'ziga bino qo'ygan xotinlar kabisan, bundan erlik nomingga isnod yetadi. Er kishi himmat bilangina er sanaladi, ziynat bilan faxrlanuvchi er — er emas. Erning haqiqiy go'zalligi uning yaxshi fe'l-atvoridir. Bunday kishilar uchun yangi zarbof libos eski shol bilan bab-baravar turadi.

Qayd etilgan


mutaallimah  04 Sentyabr 2008, 08:15:32

LIII

Hikoyat


Bir yo'l aro ikki o'rtoq ketib borardi. Ulardan biri yo'lsiz, ikkinchisi esa tariqat bilimdoni edi. Biri nuqsonli, ikkinchisi esa komil sifatlar egasi bo'lib, unisining oti Mudbir(baxtsiz), bunisining oti esa Muqbil(iqbolli) edi. Ulardan har birining ismi jismiga munosib bo'lganidek, jismi ham ismiga mos edi. Muqbil iloh ahllari haqida, dindagi komil va ogoh kishilar to'g'risida so'z aytsa, Mudbir esa butni vasf etuvchi kofirlarga o'xshab faqat nuqson ahli haqida so'z yuritardi. Unisi dardu o'rtanishlardan gapirsa, bunisi yaltiroq tashqi ko'rinishlar haqida valdirar edi. Shu tariqa ular bir-birlaridan hech bahra topmay, yo'lda davom etishardi. Ular qarshisida bir go'zal shahar namoyon bo’ldi. Hamrohlar uni g'animat bilib. tezda bir-birlaridan ajralib ketdilar. Muqbil faqrlar turadigun ko'chaga, Mudbir esa ko'ngilochar uy - fohishaxonaga yo'l oldi.
Mamlakat shohi Muqbilga yuz hurmat va ehtirom ko'rsatib, uni ko'rgani keldi. Shoh u bilan suhbatlashib turganida yomon xulqli Mudbirni bir guruh odamlar sudrab kelishdi va uning qilmishidan arz etishdi. Aytishlaricha, bu kecha bir to'da bezorilar ichib, ayshu ishrat qurishibdi. Ulardan biri Mudbirga "Sen badbasharasan" degan ekan, shu so'zi uchun bu ablah o'sha odamga xanjar urib, halok qilibdi.
Shoh buni eshitgach. odillik ko'rsatib, Mudbirdan qasos olish haqida hukm chiqardi.
Kamtar kishi (Muqbil) ana shu tarzda shoh suhbatiga musharraf bo'lib, oliy martabaga erishdi. Xudbiri(Mudbir) esa shu yanglig' jazosini topdi. Darhaqiqat, uchqun yuksak osmon sari ko'tariladi. yaltiroq chivin bo'lsa axlat ustida qoladi.


Qayd etilgan


mutaallimah  04 Sentyabr 2008, 08:16:59

LIV

Qarchig'ay uzri

Qarchig'ay o'z changali va tumshug'ini ko'rsatib, shunday dedi:
— Men boshqa qushlarga o'xshamayman, balki barcha qushlar egasi hisoblanaman. Shu paytgacha senga so'z aytib, uzr bildirgan qushlarning hammasi meniing ovqatimdirlar. Men shohlar qo'lida orom olaman, ular har kun menga ovqat berib turishadi. Qaysi bir qush qasdida qanot yozsam, u menga o'lja bo'ladi. Hatto nasri toyir - qirg'iy bo'lsa ham mendan qutulishi maholdir. Shohlar oldida shunchalik e'tibor topdim; shavkatim amalda shubhasiz. Simurg'nikidan kam emas. Shoh qo'li - mening taxtimu boshimda toj bo'lgach, Simurg' sari borishimga menda ehtiyoj yo'q!


Qayd etilgan