So'rovnoma

Sizga qaysi kun aloqa o`rnatish qulayroq?


Dushanba
  0 (0%)
Seshanba
  0 (0%)
Chorshanba
  0 (0%)
Payshanba
  1 (9.1%)
Juma
  3 (27.3%)
Shanba
  4 (36.4%)
Yakshanba
  3 (27.3%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 10



Xayrli tadbir - Buxoroda!  ( 38595 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 9 B


Mr.Twister  06 Sentyabr 2008, 15:08:02

Assalomu alayku wr wb,
Buxoro yoshlari, forum a'zolari. Buxoroi sharif qadimdan Islom dinining o`choqlaridan bo`lib kelgan. Forumizda Ramazon oyida qilinajak tadbir haqida o`qigandirsiz. Shu tadbirni amalga oshirish uchun bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilish kerak. Bu esa biror aniq kun va vaqtda yig`ilib yoki i-net orqali online suhbat qurishimiz kerak deb o`ylab Robiya opa bilan ushbu mavzuni ochishga qaror qildik. Sizga qaysi kun va qaysi aloqa usuli qulay. Iltimos bu haqida shu bo`limda yozib qoldiring.
Ro`zador userlarga kuchli iroda tilagan holda
Twister va Robiya.

Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 15:28:18

Vaalaykum assalam WR WB, Alloh rozi bo'lsin Mr. Twister! Mavzu ham unda ko'tarilgan masala ham forumda ma'lum va mashhur. InshoALLOH userlar ham takliflar bilan chiqishadi. Menga ko'proq shanba va yakshanba kunlari qulayroq, chunki boshqa kunlar amaliyotda bo'lamiz.
  Men o'z fikrimni aytdim, boshqa buxorolik va tadbirda qatnashmoqchi bo'lganlardan ham fikrlarini kutib qolamiz.

PS.: biz ham Chustiy aytgan tadbirda qatnashmoqchi edik, ammo o'ylab qarasak, Toshkentda biror vakilimiz yo'q (AbdurRohman ham o'qishlarini sirtqiga o'tkazibdilar), yordamimizni yetkazishda muammo bo'lishi mumkin. Shu sababli, o'zimizni Buxoro viloyatida biror muruvvat uyida tadbirni uyushtirmoqchimiz, Forum.ziyouz.com tashabbuskorligi bilan albatta.

Qayd etilgan


Mr.Twister  06 Sentyabr 2008, 15:33:11

Buxoroning qayerida muruvatga muhtoj joylar bo`lsa albatta shu bo`limga yozib qo`ying.
Hozircha 1 -2 ta variantlar bor.
So`rovnomaga javob berishingizni so`rardik

Qayd etilgan


Azza binti Baxrom  06 Sentyabr 2008, 15:56:42

assalomu alykum va rahmatullohu va barokotuh! 
man bu fikrga qo'shilaman. va juda xursand bo'lardim. ilojibo'lsa shanb kun yaxshiroq bo'lardi. nimagaki shanba kuni sh vaqti kamroq bo'ladi va qulaykun deb o'yliyman.
yana iloji bo'lsa agentdan gaplashsak  yxshiroq bo'lardi, hamma bilan baravar  gaplashardik. salomat bo'ling

Qayd etilgan


Hadija  09 Sentyabr 2008, 10:30:06

Assalomu alaykum wa rahmatullohu wa barakatuh. Man ham Buxorodanman, ammo hozir ayni paytda Toshkentda edim, sizlarga qanday yordamim tegishi m-n, iltimos agarda malol kelmasa, pm da yozib yuborsangizlar, Alloh sizlardan rozi bo'lsin, barcha qilayotgan amallaringiz Alloh huzurida qabul bo'lsin. :). Man har kuni iftorlikgacha netda bo'laman, javob hatingizni kutib qolaman.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  09 Sentyabr 2008, 16:06:05

Ассалому алайкум! Кандай ёрдам беришим мумкин? Бизга кандай хизмат булса бемалол.

Qayd etilgan


Robiya  09 Sentyabr 2008, 16:19:08

  Assalomu alaykum azizlar! Tadbirda ishtirok etish istagingiz bizni xursand qildi, ammo Sizdan qanday yordam bo'lishi mumkin?..
   Masofa olisligi sababli biz Buxoro viloyati userlari ham o'z viloyatimizda shunaqa tadbir uyushtirishni niyat qildik. Agar ilojini qilolsangiz Siz va boshqa xohlovchilarni Buxoroga taklif etamiz, butun buxorolik userlar. Bu ancha qiyin bo'lsa-da, juda xayrli bo'lardi, InshoALLOH. Iloj bo'lmasa, tadbirni amalga oshirishda madad berishini so'rab duo qilishingizning o'zi kifoya.
  Avvalambor, bu mavzuni bee'tibor qoldirmaganingiz uchun Alloh rozi bo'lsin Sizdan! Dilingizda shunaqa xayrli niyat borligining o'ziyoq katta gap.
  Agar tadbirda ishtirok etmoqchi bo'lsangiz, menga PM orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Mr.Twister  09 Sentyabr 2008, 18:27:40

Alloh rozi bo`lsin sizlardan, dunyoda qilgan har bir duoingiz qabul bo`lsin. Agar Buxoroga kela olish sizlar uchun qiyinchilik tug`dirmasa va Buxorolik userlar bilan ushbu tadbirni o`tkazishda yelkama-yelka turib madad bersangiz bu katta xayrli ish bo`lardi. Agar iloji bo`lmasa Duo qilishingizni o`zi biz uchun madad.
Olloh o`zidan begona qilmasin, islomdan chetlashtirmasin, Amin!

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  09 Sentyabr 2008, 18:41:49

Ассалому алайкум!
       Бухорони муборак рамазон ойида зиёрат килиш истаги жуда кучли, лекин вакт масаласи чатокрок. Хозир бизда жуда иш куп. А­ртага хатто футболга киришга хам илож килолмаспман :)

      Лочта оркалими ёки бошка йуллар биланми, маблаг жунатишни иложи булса айтинглар.


Qayd etilgan


zuzu  10 Sentyabr 2008, 09:55:27

Salom hurmatli Buxorolik forumdoshlar qalaysizlar?Tog'risini aytsam manga bu tadbir haqida aytishganda qiziqib qoldim,lekin tadbir haqida to'liq ma'lumot yo'qligidan hayronman.Go'zal iltimos manga tadbir haqida gapirib bersangiz juda xursand bo'lardim.Barchangizni ishlarizga omad,Mohi Ramazon oyida qilayotgan toat-ibodat va tutgan ro'zalaringiz Alloh dargohida qabul bo'lishligini tilab qolaman!!!

Qayd etilgan