So'rovnoma

Sizga qaysi kun aloqa o`rnatish qulayroq?


Dushanba
  0 (0%)
Seshanba
  0 (0%)
Chorshanba
  0 (0%)
Payshanba
  1 (9.1%)
Juma
  3 (27.3%)
Shanba
  4 (36.4%)
Yakshanba
  3 (27.3%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 10



Xayrli tadbir - Buxoroda!  ( 46223 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


Mr.Twister  28 Sentyabr 2008, 14:29:30


Qayd etilgan


Mr.Twister  28 Sentyabr 2008, 14:32:45





Qayd etilgan


Robiya  28 Sentyabr 2008, 16:08:49

   Assalamu alaykum! Oxirgi post sarlavhasidagi so'zlar chin dildan chiqqandi, chindan ham u yerdan ketgimiz kelmadi, ammo nailoj.

  Mana, tadbirimiz ham tugadi. Unda ishtirok etgan, etmagan, duo qilgan barcha barchaga minnatdorchilik bildiramiz.

  Hisobsiz do'st ayrilmas deganlariday qancha pul yig'ildi,nimalar olindi, qisqacha aytib o'tsam...

Tadbirda moddiy yordam bergan user (ka) lar:

Ulug'bek_UZ

AbdurRohman

Mr.Twister

Fatima

Dilsora

Muslimaa

Azza binti Baxrom

zuzu

Odila

Robiya

  Tadbirga jami 100 ming so'mdan ortiq mablag' yig'ildi. Mehr-muruvvat uyi direktori bilan gaplashib,ularga kerakli narsalarni olib bordik...

  Suratlarni ko'rgach izohga o'rin qolmaydi. Bu postni qilishdan maqsad, o'zi yiroq bo'lsa-da, tadbir uchun ham moddiy,ham ma'naviy ko'mak bergan birodarlarga minnatdorchilik bildirish edi.

  Tadbir o'tkazish g'oyasi bilan chiqqan Chustiy birodarimizda ham Alloh rozi bo'lsin!

  O'ylaymanki, bu tadbir xayrli amallarimizning debochasi bo'ladi va bundan keyin bunaqa tadbirlarni tez-tez o'tkazib turamiz.

Assalamu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatuhu!



   
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 00:23:15

Va alaykum assalom!

Hayrli ishlaringiz Alloh huzurida maqbul bo'lsin!
ramazon oyida ko'ngli o'ksik bolalarni xursand qilibsizlar. Alloh sizlarni ikki dunyoda hurram aylasin!

Qayd etilgan


AbdurRohman  29 Sentyabr 2008, 11:54:10

Assalamu alaykum!
manam bormoqchi edima, ming afsus, bollarni quvonchini ko'rishni yaxshi ko'rardim.
inshaAlloh, albatta bunaqa tadbirlarimizni boshlanishi bu.

Qayd etilgan


Mr.Twister  29 Sentyabr 2008, 11:58:42

Assalomu alaykum wr wb. Tadbirdan olgan tasurotlarim olam qadar. Bu tadbirni o'tkazishda katta xissa qo'shgan Robiyaga olam qadar minnatdorchilik bildiraman. Alloh roziligida b?linglar.

Qayd etilgan


Chustiy  29 Sentyabr 2008, 23:02:11

Va alaykum assalom!

Hayrli ishlaringiz Alloh huzurida maqbul bo'lsin!
ramazon oyida ko'ngli o'ksik bolalarni xursand qilibsizlar. Alloh sizlarni ikki dunyoda hurram aylasin!
Omiyin.
 Alloh Jannat ne'matlari ila mukofotlasin!

Qayd etilgan


Mr.Twister  06 Noyabr 2008, 22:16:10

Assalomu alaykum wr wb!
Sizlarni kirib kelayotgan Qurbon hayiti bilan tabriklab, ushbu bayramga bag`ishlangan yana bir tadbirimizni e'lon qilayotganim uchun Ollohga hamdlar va shukurlar bo`lsin.
Bu bayramda qanday tadbir o`tishini xoxlaysiz? Oldin shu savolni o`rtaga tashlashga qaror qildim? Javoblaringizni kutamiz...
Assalomu alaykum wr wb!

Qayd etilgan


Chustiy  07 Noyabr 2008, 05:07:31

wa alaykum assalam.
MashaAlloh.
 Alloh sizlardan rozi bo'lsin. Boshqa viloyatlardagilar o'rnak olsa arziydigan tadbir boshlabsizlar.
 Shu kabi hayrli tadbirlar, hayrli va riyosiz yakun topishini Allohdan so'rab qolamiz.

Qayd etilgan


Chustiy  07 Noyabr 2008, 05:11:15

Assalomu alaykum wr wb!
Sizlarni kirib kelayotgan Qurbon hayiti bilan tabriklab, ushbu bayramga bag`ishlangan yana bir tadbirimizni e'lon qilayotganim uchun Ollohga hamdlar va shukurlar bo`lsin.
Bu bayramda qanday tadbir o`tishini xoxlaysiz? Oldin shu savolni o`rtaga tashlashga qaror qildim? Javoblaringizni kutamiz...
Assalomu alaykum wr wb!
Shu savolizga AbdulAziz do'stimiz qoldirgan postlaridan iqtibos keltirsam.
Iqtibos
Janobi payg'ambar hayit namozini o'qib chiqayotganlarida ko'chani chekkasida yerga qarab yig'lab o'tirgan 4 yoshlardagi yetim bolani ko'rdilar. Boshqa bolalar tuyalarga minib, ota-onalari qo'llariga shirinlik tutgan kunda haligi bola g'amgin edi.
Payg'ambar s.a.v. shu bolani oldiga bordilar va so'radilar:
- Nima uchun yig'laysan, ey bola?
- Men yetimman yo Rasululloh. Mening otam ham, onam ham, aka-opalarim ham yo'q.
Janob payg'ambar s.a.v. bag'irlariga bosib, peshonasini silab:
- Yoshlikda men ham yetimlikda o'sdim, katta bo'lgach qavmim meni sig'dirmay boshqa shaharga hijrat qildim, - dedilar. Yana boladan so'radilar:
- Sen ota-onalik, aka-ukalik bo'lishni hohlaysanmi?
- Albatta hohlayman. Men ham boshqa bolalarga o'xshab o'ynashni hohlayman.
Rasulluloh bolani qo'llaridan ushlab, uylariga olib bordilar va bolaga dedilar:
- Men Muhammad s.a.v. sening otang bo'lay. Oisha onang bo'lsin. Ali sening akang-u, Hasan-Husanlar ukang bo'lsin. Fotima sening opang bo'lsin.
Bola xursand bo'ldi. Yuvintirib, biroz narsa berib, qornilarini to'ydirgandan keyin bola aytdi:
- Mening ham bolalarga o'xshab ko'chaga chiqiqb o'ynagim kelayapti.
Rasululloh bolani qo'llaridan ushlab ko'chaga o'ynatgani olib chiqdilar. Boshqa bolalarni ko'rgan haligi norasida:
- Ey, otajon. Anavu bolalarni qarang, ularni ota-onalari tuyaga mindirib qo'yibdilar. Mening ham ota-onam bo'lganida tuyaga mindirardilar, - dedi.
Rasululloh muborak qo'llarini yerga qo'yib, tizzalari bilan yurib, yetim xursand o'lsin deb Madina ko'chalarida yelkalariga mindirib yurdilar. Bola yana atrofdagi bolachalarga qarab:
- Yo Rasululloh, anu bolalarning tuyalarining og'zida jilovi bor ekan. Mening tuyamning jilovi yo'q-ku! - dedi. Rasululloh muborak sallalarining peshini olib, og'zilaridan o'tkazib, yelakalridan oshirib, bolaga berdilar. U bo'lsa goh-gohida oyog'ini silkitib qo'yardi, jilovni tortardi. Ba'zi tuyalarning ovoz berib "aff-aff" dedydigan odati bor edi. Hali bola Payg'mbar s.a.v.ga:
- Ey, otajon, bularning tuyasini qarang, ovoz berib, "aff-aff" deydi. Nega meniki afflamaydi, - dedi. Shunda Jabroil amin a.s. kelib:
- Yo, habibulloh! Alloh sizdan rozi bo'ldi. Yetimni xursand qildingiz. Alloh subhanahu va taolo amr qildiki, "Jamiki ummatimni gunohini avf qil deya ikki bor "aff-aff" deng. Habibimiz s.a.v. ikki bor "avf-avf" deganlarida, hazrat Jabroil aytdilar:
- Ey, Muhammad s.a.v. uchinchi avfni aytmang. Arshi a'lo larzaga tushdi. Uchinchi avfni qiyomatga qoldiring...

Yuqoridagi ma'ruzaning to'liq Mp3sini shu yerdan olishingiz mumkin:
http://www.ziyouz.com/islam/maruza/Adxam_qori.mp3

Shu hadisni va sunnatni hayotimizga tadbiq etib yetimlar holidan habar olinsa yaxshi bo'lardi deb o'yliman.
 Misol uchun huddi Ramazonda o'tganidek bolalar uyidami va h/k.

Qayd etilgan