Assalamu alaykum! Oxirgi post sarlavhasidagi so'zlar chin dildan chiqqandi, chindan ham u yerdan ketgimiz kelmadi, ammo nailoj.
Mana, tadbirimiz ham tugadi. Unda ishtirok etgan, etmagan, duo qilgan barcha barchaga minnatdorchilik bildiramiz.
Hisobsiz do'st ayrilmas deganlariday qancha pul yig'ildi,nimalar olindi, qisqacha aytib o'tsam...
Tadbirda moddiy yordam bergan user (ka) lar:
Ulug'bek_UZAbdurRohmanMr.TwisterFatimaDilsoraMuslimaaAzza binti BaxromzuzuOdilaRobiya Tadbirga jami 100 ming so'mdan ortiq mablag' yig'ildi. Mehr-muruvvat uyi direktori bilan gaplashib,ularga kerakli narsalarni olib bordik...
Suratlarni ko'rgach izohga o'rin qolmaydi. Bu postni qilishdan maqsad, o'zi yiroq bo'lsa-da, tadbir uchun ham moddiy,ham ma'naviy ko'mak bergan birodarlarga minnatdorchilik bildirish edi.
Tadbir o'tkazish g'oyasi bilan chiqqan Chustiy birodarimizda ham Alloh rozi bo'lsin!
O'ylaymanki, bu tadbir xayrli amallarimizning debochasi bo'ladi va bundan keyin bunaqa tadbirlarni tez-tez o'tkazib turamiz.
Assalamu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatuhu!