Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342382 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 49 B


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:25:47

Yigit bularni aytganda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘rinlaridan sakrab turib ketdilar. Yigitni itarib: -Chiq bu yerdan, ey fosiq! — deb buyurdilar. -U ham chiqdi-ketdi va qirq kun Allohga yolvordi. Oxiri boshini ko‘kka ko‘tarib:
- Ey Muhammadning, Odamning va Ibrohimning ilohi! — dedi. — Agar meni yorlaqagan bo‘lsang, Rasuling Muhammadga va ashobiga ma’lum qil. Yo‘q, agar yorlaqamagan bo‘lsang, ko‘kdan bir olov tushir va meni yoq, oxirat azobidan qutqar! Shunda Alloh o‘z Rasuli(s.a.v.)ga Jabroilni yo‘lladi. Jabroil keldi va dediki:
— Ey Muhammad, Rabbing senga salom yubordi va «Maxluqotni u yaratganmi, menmi?!» — deb so‘radi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilarki:
— Meni ham, boshqa maxluqotni ham Alloh yaratgan. Meni ham, boshqa borliqni ham u rizqlantiradi.
Jabroil keltirgan xabari bilan gapga nuqta qo‘ydi:
— Alloh anov yigitni afv etganini ma’lum qildi!
Shunda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) u yigitni chaqirdilar va Alloh uni afv etganini bildirdilar.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilarki:
— Alloh uchun tavba qilayotgan gunohkorning ovozidan go‘zalroq ovoz yo‘q. Bandasi: «Ey Rabbim!» — degan zahoti Alloh: «Labbay, ey bandam!» - deya javob beradi va: «Tila tilagingni, - deb davom etadi, - sen mening yonimda ba’zi farishtalarim o‘rnidasan! Men sening o‘ngu so‘lingda va boshing ustidaman! Senga sendan ham yaqinroqman. Ey farishtalarim! Guvoh bo‘ling, bandamni afv etdim!» — deydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:25:54

Zunnun Misriy derki:
—Allohning shunday bandalari bordirki, to‘satdan qilib qo‘ygan gunohlarini qalb ko‘zi bilan ko‘radilar. Tavba qilib, boshqa takrorlamay, bu gunohlarini yo‘q qiladilar. Xazin tortib, qayg‘uga botadilar. Jinni bo‘lmay turib, aqldan ozadilar. Hech kimni ranjitmaydilar. Mana, Allohni va Rasulini chinakamiga taniganlar shulardir. So‘ngra safo sharbatini ichadilar, uzun balolarga chidashga majbur bo‘ladilar (sabrning meroschilari bo‘ladilar). Keyinroq ma’naviyat olamida qalblari hayratlanadi, ilohiy qudrat pardasining lashkarlari orasida fikrlari chalkashadi. Nadomat ayvonida salqinlab o‘tiradilar. Gunoh sahifalarini o‘qiydilar. Taqvo narvoni bilan eng baland ma’naviy martabaga yuksalmoq uchun nafslariga meros qilib sabrsizlikni beradilar. Dunyodan ketish azobini shirinlashtiradilar. Qabr yotog‘ini yumshatadilar. Najot rishtasi va omonlik halqasi bilan zafarga erishadilar. Ruhlari yuksak-yuksaklarga ko‘tariladi, jannat bog‘lariga kiradilar, hayot dengiziga cho‘madilar, sabrsizlik xandagini ko‘madilar, hoyu-havas ko‘priklaridan o‘tadilar. Ilm maydoniga qo‘nadilar, hikmat ko‘lidan chanqoqlarini qondiradilar, farosat kemasiga chiqadilar. Xoloskorlik shamoli bilan omonlik dengizini yorib o‘tadilar va rohat-farog‘at bog‘lariga, izzat va karomat manbaiga yetib boradilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:26:09

MARHAMAT

Alloh Rasuli (s.a.v.) aytadilarki:
—   Jannatga faqat marhamatli bo‘lgan odam kiradi. Sahoba dedi:
—   Ey Allohning Rasuli, biz hammamiz marhamatlimiz. Rasuli akram (s.a.v.) so‘zga yakun yasadilar:
— Faqatgina o‘ziga nisbatan marhamatli bo‘lganlar marhamatli emasdirlar. Marhamatli deb ham o‘ziga, hamda boshqalarga nisbatan marhamatli bo‘lganlarga aytiladi.
Kishining o‘ziga marhamatli bo‘lishi gunohlarni tark etishi, tavba qilib, yomon fe’llaridan voz kechishi va ibodatlarini ixlos bilan qilib, Allohning azobidan qutulishidir.
Kishining boshqalarga marhamatli bo‘lishi esa, har qanday tarzda ham, musulmon birodarlarini qiynamasligidir.
Rasululloh (s.a.v.) bildirdilar:
— Musulmon deb shunday kimsaga aytiladiki, insonlar uning qo‘lidan va tilidan jabr ko‘rmaydilar, zararga duchor qilinmaydilar.
Marhamatli kishi hayvonlarga ham marhamat qiladi. Yuk hayvonlariga ko‘tarolmaydigan, ortiqcha yuk yuklamaydi. Yemini, suvini o‘z vaktida va yetarlicha beradi. Payg‘ambarimiz(s.a.v.)dan naql etilgan bir voqea bu masalaga yanada ko‘proq oydinlik kiritadi.
Alloh Rasuli (s.a.v.) hikoya qiladilar:
— Bir zamon bir odam yo‘lda ketayotgan edi. Qattiq chanqadi. O’sha yo‘lda uchragan bir quduqqa tushib, tashnaligini bosdi. Quduqdan chiqqanda o‘sha yerda tashnaliqdan tilini osiltirib, hansirayotgan bir ko‘ppakni ko‘rdi. O’z-o‘ziga: «Bu ko‘ppak ham menday suvsizlikdan o‘lar holga kepti!» — deb yana quduqqa tushdi. Og‘ziga to‘ldirib, suv olib chiqdi. So‘ng hovuchida ko‘ppakka ichirib, uning chanqog‘ini qondirdi. Yo‘lovchining bu ishi Allohga xush kelib, ilgari qilgan gunohlari kechirildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:26:17

— Ey Allohning Rasuli (s.a.v.), maxluqlarga qilgan yaxshiliklarimiz uchun ham savob bormi?
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki:
— Har qanday jonivorga qilingan xizmatning savobi bor.
Anas ibn Molik hikoya qiladi:
—   Hz. Umar xalifaligida bir kecha shahar aylanib yurgan edi. Bir joyda qo‘noqlagan bir to‘da yo‘lovchilarni ko‘rdi. Ular uxlayotgan edi, anjomlaridan ovoz chiqib, uyqularini bezovta qilishidan andishalandi. Shu asno Abdurahmon ibn Avf kelib qoldi.
(Abdurahmon ibn Avf - fidokor sahobalardan, ilk musulmon bo‘lgan sakkiz kishidan biri. Madinaga va Habashistonga hijrat qilgan boylardan edi. Bir daf’a o‘ttiz qulni
birdan ozod qilgandi. Hijriy 31 yili 71 yoshida vafot etgan.)
U:
—   Ey mo‘minlarning xalifasi, bemahalda bu yerda nima qilib o‘tiribsiz? — deb so‘radi.
Xalifa ahvolni tushuntirdi va: «Kel!» - dedi, - to‘xtaylik, narsalarning ovozi chiqmasin, ular turishgach, ketamiz!» So‘ngra uxlayotgan karvon yaqinida o‘tirib, bomdod namozi vaqti bo‘lguncha kutdilar. Namoz vaqti bo‘lganda Hazrat Umar:
 Ey karvon, namoz! - deya baqirdi. Yo‘lovchilar tura boshlaganini ko‘rgach, Xalifa Abdurahmon bilan sekingina u yerdan uzoqlashdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:26:25

Ey birodarim, bizning zimmamizda sahobaning go‘zal axloqiga rioya qilish majburiyati bor, keling, ularga ergashaylik. Alloh o‘z oyatlarida ularni shunday madh etgan:
— Muhammad Allohning payg‘ambaridir. U bilan birga bo‘lganlar kofirlarga qahrli, o‘z oralarida esa marhamatli (rahm-shafqatli)dirlar. Ularni Allohdan fazl-marhamat va rizolik tilab ruku, sujud qilayotgan hollarida ko‘rursiz. Ularning yuzlarida sajda izidan (qolgan) belgi-alomatlari bordir. Mana, ularning Tavrotdagi vasflari ham shu-dir. Injildagi vasflari ham!.. Ular urukini yorib chiqqan, novda chiqarib kuchga kirgan, so‘ng yo‘g‘onlashib, novdasini tik ko‘targan va shu tariqa dehqonni suyuntirgan ekinga o‘xshaydilar. (Injilda ham, Tavrotda ham mo‘minlarning avval-boshda zaif-ozchilik bo‘lishib, keyin asta-sekin ko‘payib, kuchga to‘lib ketishlari shunday zikr qilinganligi iymonsizlarni xafa qilish uchundir). Alloh (mo‘minlardan) iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlarga mag‘firat va ulug‘ ajr-mukofot va’da qilgandir (Fath surasi, 29-oyat).
Haqiqatan ham sahobalar musulmonlarga va barcha maxluqotga nisbatan marhamatli edilar. Musulmon bo‘lmagan Ahli zimmat (Ahli zimmat - Islom davlati qaramog‘idagi nasroniylar, Islom davlati tomonidan himoya qilinuvchi g‘ayrimuslimlar)ga nisbatan ham marhamatli munosabatda bo‘lardilar. Hatto bir kun Hz.Umar keksa bir g‘ayrimuslimning eshikma-eshik tilanchilik qilib yurganini ko‘rganda shunday degandi:
- Senga insofsizlik qildik. Yoshligingdan sendan jizya (musulmon bo‘lmaganlardan olinadigan soliq -tarj.) oldik. Endi esa o‘z holingga tashlab qo‘ydik!

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:26:32

Shundan so‘ng Hz. Umar muhtojlikda qolgan bu g‘ayrimuslimga baytulmol (xazina)dan nafaqa berilishini amr etgandi.
Hz. Ali hikoya qiladi:
- Bir kun erta bilan xalifa Umarni bir vodiyda yo‘l ustida ko‘rdim.
- Ey mo‘minlar xalifasi, yo‘l bo‘lsin? - deb so‘radim.
Xalifa:
- Bir tuya yo‘qoldi. Zakot moli edi va baytulmolga oid edi. Shuni axtarib yuribman.
Men:
- O’zingdan keyingi xalifalarni zalil qilding, ey mo‘minlar xalifasi!
Xalifa:
- Meni ayblama, ey Ali! Hz. Muhammad(s.a.v.)ni Payg‘ambar qilib yuborgan Allohga ont ichib aytamanki, Furot daryosiga bir uloq tushib ketsa, qiyomat kuni buning hisobi Umardan so‘raladi. Chunki musulmonlarning haqini himoya qilmagan amir, shuningdek, mo‘minlarni qo‘rquvga solgan fosiq (yomon ishlar qiluvchi rahbar) hurmat qilinmaydi.
Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ning MARHAMATga oid ba’zi hadislari:
-   Ummatimning saralari o‘qigan namozlari va tutgan ro‘zalarining ko‘pligi bilan emas, yuraklarining tozaligi, ko‘ngillarining kengligi va barcha musulmonlarga mar-hamatli bo‘lishlari bilan jannatga kiradilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:26:42

-   Marhamatlilarga Alloh marhamat qiladi. Yerdagilarga marhamat qilsangiz, ko‘kdagilar ham sizga marhamat ko‘rsatishadi.
-   Marhamat qilmaganga marhamat qilinmaydi. Kechirmagan odam o‘zi ham kechirimga sazovor bo‘lolmaydi.
Molik ibn Anas (Molik ibn Anas - molikiya mazhabining asoschisi (mil. 715-795) rivoyat qiladi:
- Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar:
- To‘rt narsa sening zimmangda musulmonlarning haqlari jumlasidandir:
1. Yaxshi axloqlarni qo‘llamoq.
2.   Gunohkor musulmonlar uchun tavba-tazarruda bo‘lmoq.
3.   Kasallarni ko‘rgani borib, shifolanishini tilamoq.
4. Gunohlari yuzasidan tavba qilib, yomon fe’llarini tashlaganlarni jondan sevmoq.
Hz. Muso so‘radi:
- Ey Rabbim, meni qay sababga ko‘ra taqvoli banda sifatida qabul qilding?
Rabbi buyurdi:
- Maxluqotingga marhamatli bo‘lganing uchun. Sahobalardan biri Abuddardo bolalar tutib olgan chumchuqlarni ulardan pulga sotib olar va:
- Oq yo‘l, omon bo‘linglar! — deb qo‘yib yuborardi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qildilar:
- Mo‘minlar bir-birlariga rahm-shafqat, marhamat, sevgi va diydor bobida bir vujudga o‘xshaydilar. Vujudning bir a’zosi kasalga chalinganda boshqa a’zolar yordamga kelib, kasallikka qarshi himoyaga o‘tadilar, birga qarshilik qiladilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:26:50

Bir kun Iso Alayhissalom Iblis bilan uchrashib qoladi. Iblisning bir qo‘lida asal, bir qo‘lida kul bor edi. Hz. Iso so‘raydi:
-Ey Allohning dushmani, bu asal va kulni nima — qilasan?
Iblis javob beradi:
— Asalni g‘iybatchilarning lablariga suraman, toki g‘iybatni mazza qilib davom ettirsinlar. Kulni esa yetimlarning yuziga sepaman, toki har kim ularni haqir (e’tiborga noloyiq) ko‘rsin.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yetimlar borasida ba’zi hadislarida shunday deydilar:
—Yetimlarning yig‘isidan ARSh xam titraydi.
Alloh aytadiki:
— Ey malaklarim, otasini tuproqda yo‘q qilganim bu bolani kim yig‘latdi!
Kimki yetimni yegulik va ichgulik bilan (non-suv bilan) ta’min etsa, yo boqib olsa, Alloh unga jannatni vojib qiladi.
Hikoya qilishlaricha, Ibrohim Alayhissalom tamaddi qilishdan oldin bir-ikki chaqirim aylanib yurarkanlar, dasturxonga birga o‘tirishga odam axtararkanlar.
Bir kun Hz. Ali yig‘lab o‘tirardi. Ko‘rganlar nega yig‘layotganini so‘rashdi. Shunday javob berdi:
— Yetti kundirki, dasturxonimga bitta ham mehmon kelmadi. Allohning nazarida e’tibordan qolganga o‘xshayman. Shundan qo‘rqib yig‘layapman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:26:59

Bu mavzuda Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ning ba’zi hadislari:
—   Kim Allohning rizosi uchun bir ochni to‘yg‘azsa, uning uchun jannat vojibdir. Kimki bir ochning tamaddi qilishyga monelik qilsa, Alloh qiyomat kuni undan fazilatini olib qo‘yadi va uni azoblaydi.
—   Saxiy kishi Allohga yaqindir, jannatga yaqindir, insonlarga yaqindir, jahannamdan uzoqdir.
-   Baxil kishi Allohdan uzoqdir, jannatdan uzoqdir, insonlardan uzoqdir, jahannamga yaqindir.
-   Allohning nazdida johil, lekin saxovatli kishi obid, lekin baxil kishidan sevimliroqdir.
- Qiyomat kuni bo‘lganda insonlarning to‘rt toifasi so‘roqsiz, savolsiz jannatga kiradi:
1. Ilmiga amal qilgan olim.
2.   Alloh rizosi uchun hajga borgan va bundan keyin o‘lguncha hech yomonlik qilmagan kishi.
3.   Islomiyatni tushuntirmoq va yoymoq maqsadida iymonsizlar bilan urushgan va shahid bo‘lgan kishi.
4.   Halol mol-mulk orttirgan, so‘ngra riyoga berilmay va ko‘z-ko‘z qilmay, bu molini Alloh yo‘lida xarjlagan saxiy kishi.
Mana shular «oldin siz kiring», «siz kiring» qilib, bir-birlariga yo‘l bo‘shatib, bir-birlari bilan munoqasha qiladilar.
Ibn Abbos rivoyat qiladi:
 Alloh Rasuli bildirdilar:
-   Allohning shunday bandalari borki, boshqa bandalarining manfaati uchun ularga ko‘p ne’matlar beradi. Kim bu manfaatlar ustidan baxillik qilsa, Alloh u ne’matlarni olib, boshqasiga beradi.
-   Saxovat jannat daraxtlari orasida shunday bir daraxtki, shoxlari bu dunyoda ko‘rinib turadi. Kim bu shoxlardan biriga yopishsa, u shox uni jannatga eltadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:27:07

Jobir hikoya qiladi:
(Jobir - Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy ham dsyiladi. Mashhur sahobalardan. Payg‘ambarimizdan ilm va fayz olgan. Madina muftisi bo‘lgan. 1540 hadis rivoyat qilgan. Hijriy 73 yilda 94 yoshida vafot etgan.)
— Payg‘ambarimiz(s.a.v.)dan: «Qaysi amallar fazilatliroq, ey Allohning Rasuli?!» - deb so‘rashganda:
— Sabr va saxovat! — deb javob berdilar.
Yana sahobalardan biri Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ga shunday dedi:
- Ey Allohning Rasuli, ayting-chi, qanday amal meni jannatga sazovor qiladi?
— Yedirmoq, har bir shaxsning sog‘ligini tilamoq, go‘zal va to‘g‘ri so‘z aytmoq mag‘firati mujib sabablardandir.

Qayd etilgan