Aqlli odam kimga itoat etish kerakligini biladi, unga yuzlanadi va butun borlig‘i bilan unga taslim bo‘ladi. Har ne zamon bir kamchilikka yo‘l qo‘ysa, tavba qiladi, tazarru qiladi. Allohning rahmatidan umid uzmaydi, ne’matlariga shukr qilish yo‘li bilan uni o‘ziga do‘st etadi va butun turish-turmushini shu tarzda davom ettiradi. Shunday bo‘lgan taqdirda, Alloh uni o‘zining sevimli qullari daftariga qayd etadi, deb umid qilish mumkin. Shu holdaligida o‘lim kelsa, bu quvonarli holdir: U Rabbi bilan, Rabbi ham u bilan qovushish ishtiyoqida bo‘ladilar.
Abu ad-Dardo Ka’b Axborga — ikkovidan ham Alloh rozi bo‘lsin - deydiki:
- Menga Tavrotning go‘zal oyatlaridan aytib ber! Ka’b aytadi:
- Alloh buyuradiki: «Solih bandalarning menga qovushish ishtiyoqi ortdi. Men ham ular bilan qovushishga ko‘p ishtiyoqliman!» Tavrotdagi bu oyatning yonida shunday so‘zlar ham yozilgan: «Kim meni izlasa, topadi, kim mendan boshqasini izlasa, meni topolmaydi!»
Abu ad-Dardo Ka’bdan bularni eshitganda, unga dedi:
- Shohid bo‘l! Men Rasululloh (s.a.v.) dan eshitganman, buni u ham aytardi.
Bir payt Alloh Dovud alayhissalomga vahiy yo‘li bilan shularni bildirdi:
—Ei Dovud, insonlarga bildirki, men meni sevganlarning do‘stiman, men bilan o‘tirishganlarning safdoshiman, meni zikr etish tarzi bilan menga sevgisini bildirgan-larni men ham sevaman. Men o‘rtaga qo‘ygan axloq asoslariga ega bo‘lganlarning egasiman. Meni ustun qo‘yganni ustun qo‘yaman, menga itoat etganga itoat etaman. Bir bandaning haqiqatan qalbdan meni sevganini bilsam, uning amallarini qabul qilaman, uni shunday sevamanki, huzurimdagi bironta bandam uning sevgisini ortda qoldirolmaydi. Kim meni chinakamiga izlasa topadi, kim mendan boshqasini izlasa meni yo‘qotadi. Ey insonlar ichingizdagi isyon holini tark eting, dunyo hayotiga mag‘rur bo‘lmang; mening qaramimga, mening suhbatimga, mening majlisimga keling. Men bilan aloqa qiling, men ham siz bilan aloqa qilaman, sizni sevishga shoshilaman. Men ahboblarimning siynatini (tabiatini) do‘stim IBROHIMning, sirdoshim MUSOning va pok bandam MUHAMMADning tiynatidan yaratdim. Menga mushtoq bo‘lganlarning qalbini o‘z nurimdan yaratdim va ularni jalolim ila ne’matlantirdim.
Salaflardan ba’zilarining bayon qilishicha, Alloh juda sodiq bandalaridan biriga shularni ilhom tarzida in’om etadi:
— Mening bandalarim ichida shundaylari borki, ular meni sevadilar, men ham ularni sevaman, Ular menga mushtoqdirlar, men ham ularga mushtoqman. Meni zikr etadilar, men ham ularni zikr etaman. Nazarlari menda, mening ham nazarim ularda. Agar ul«rning yo‘lida bardavom bo‘lsang, seni sevaman. Ularning yo‘lidan ayrilsang, sendan achchiqlanaman.