Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342305 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 49 B


Robiya  26 Yanvar 2009, 13:57:14

Shunda u sodiq banda so‘radi:

—   Ey Rabbim, u bandalaringning nishonalari nima?

Alloh buyurdi:

—   Shafqatli cho‘pon qo‘ylarini quyoshning tig‘idan asragani, ehtiyot qilgani kabi, ular ham o‘zlarini kunduzning gunohidan asraydilar. Qush oqshom vaqti qanchalik iniga yetishiga ishtiyoqli bo‘lsa, ular ham quyosh botishiga shunchalik ishtiyoklidirlar. Kechaning qorong‘iliklari ularni bag‘riga olganda, ibodat uchun joynamozlar yozilganda va har oshiq sevgilisi bilan xoli qolgan paytda men uchun devonda (bu yerda: devon — Allohning idorasi — ibodatgoh ma’nosida) turadilar, yuzlarini menga qaratadilar. Mening kalomim bilan menga yolvoradilar. Ularga ato etgan in’omim vajidan kamtarona bosh egib turadilar. Nola qiladilar, yig‘laydilar, ohu zor bilan qiyomda turadilar, o‘tiradilar, ruku qiladilar, sajda etadilar. Men uchun mashaqqat chekkanlari, menga sevgilari tufayli ohu zor qilayotganlari e’tiborimdan chetda qolmaydi. Ularga dastavval beradigan narsam uchtadir:

1.   Qalblariga nurimdan bir nur beraman. Men ulardan qanday xabardor bo‘lsam, ular ham bu nur tufayli mendan xabardor bo‘ladilar.
2.   Yer, osmon va bularda bor narsalarning hammasi ular-ning savob daftarlarida bo‘lsa, hali oz deb bilaman.
3.   Ularga tavajjuh etaman.

Bilasanmi? Men (Alloh) bir bandamga tavajjuh etgan vaqtimda unga nimalar berishni o‘ylab qo‘yganimni hech kimsa bilmaydi.
Alloh vahiy yo‘li bilan Hz. Dovudga bildirdi:

-   Ey Dovud, jannatni necha marta surishtirding, lekin menga bo‘lgan ishtiyoq nimaligini hech so‘ramading!

Dovud alayhissalom so‘radi:

-   Ey Rabbim, kimlarni senga mushtoq deyish mumkin?

Alloh aytdi:

-   Men menga mushtoq bo‘lganlarni har turli g‘am-anduhlardan uzoq tutdim. Yomon fe’l-atvorlardan saqlanishlari uchun ularni ogohlantirib qo‘ydim. Qalblarida o‘zimga bir yo‘l ochdim, u yerdan menga qaraydilar. Men ularning qalblarini olib, yuksak-yuksak samoga qadar ko‘taraman. So‘ngra zotdor malaklarimni chaqiraman:

-   Men sizlarni bu yerga menga sajda qilishingiz uchun emas, menga oshiqbandalarimning qalblarini sizlarga ko‘rsatish uchun chaqirdim. Men sizlarga nisbatan oshiq qullarim bilan ko‘proqfaxrlanaman. Quyosh yer yuzidagalarga qanday yog‘du yog‘dirsa, menga mushtoq bandalarimning qalblari ham mening ko‘kdagi malaklarimga shunday yog‘du yog‘diradi.

Ey Dovud, men menga mushtoq qullarimning qalblarini o‘zimni o‘zim xursand qilish uchun yaratdim, ularni o‘z nurim bilan ne’matlantirdim. Ularni o‘z nafsim uchun yaratilganlardan deb bilaman. Badanlarini yer yuzida nazargo-him etib bichdim. Qalblarida menga qaray olishlari uchun yo‘l ochdim. Menga bo‘lgan ishtiyoqlari kundan-kunga ortib boradi.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 13:58:15

Dovud, gap shu yerga kelganda, dediki:

— Ey Rabbim, seni sevgan bu qullaringni menga ko‘rsat.

Alloh buyurdi:

— Ey Dovud, Lubnon tog‘lariga bor. U yerda o‘n to‘rt kishi bor. Ba’zi birlari yosh, ba’zi birlari qari, ba’zilari esa o‘rta yashar! Borganda, ularga mendan salom ayt. Rabbingiz sizlarga salom aytdi, de. «Mendan biron tilagingiz bormi? Sizlar mening do‘stlarim, yorlarim va maqsadga yetgan bandalarimsiz. Sizning sevinchingiz-mening sevinchim. Siz-larning muhabbatingizga oshiqaman!» - deyapti, de.

Dovud alayhissalom Lubnon tog‘lariga keldi. O’sha bandalarni bir buloq boshida Allohning ulug‘vorligi haqida fikrlashayotgan holda topdi. Ular Dovudni ko‘rganda, undan qochmoqchi bo‘lib oyoqqa turdilar. Dovud ularga dediki:

—   Men Allohning elchisiman. Sizlarga Allohning xabarini bildirishga keldim!

Bu gapni eshitib, ular Dovud alayhissalomning yoniga keldilar. Unga quloq berdilar. Ko‘zlarini yerga tikdilar va tinglay boshladilar. Dovud maqsadini anglatdi:

-   Meni Alloh sizlarga elchi qilib yubordi. Rabbingiz salom aytdi va dediki: «Mendan tilaydigan tilagingiz bormi? Meni chaqirmoqchi emasmisiz? Men tovushingizni va so‘zlaringizni eshitaman. Sizlar mening ahboblarim, do‘stlarim va komil bandalarimsiz. Sevinchingiz bilan sevinaman, muhabbatingizga oshiqaman. Shafqatli va marhamatli ona o‘z farzandiga qanday qarasa, men ham sizlarga har mahal shunday qarayman».

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 13:59:07

Dovud bularni aytganda ularning ko‘zlaridan yonoqlariga yoshlar oqdi. Eng kattalari so‘z ochib, dediki:

—   Seningpokliging-benuqsonlingni ulug‘laymiz, Rabbim, seni tanzih etamiz! Biz sening bandalaringmiz va bandalaringning o‘g‘illarimiz. Umrimizning o‘tgan kunlarida qalbimizni seni zikr etishdan chalg‘itadigan narsalar bo‘ldi, shu vajdan bizni afv et!
So‘ngra navbati bilan hammasi gapirdi.

Ikkinchisi:
—   Sening pokliging-benuqsonligingni ulug‘laymiz. Rabbim, seni tanzih etamiz! Biz bandalaringmiz va bandalaringning o‘g‘illarimiz. O’z orang bilan bizning oramizga husni nazar etish (yaxshi nazar bilan boqish) tarzida bizga marhamat qil!

Uchinchisi:
—   Seni tanzih etamiz, Rabbim, seni tanzih etamiz! Biz sening qullaringmiz va qullaryngning o‘g‘illarimiz. Senga duo aytishga jur’at qila olarmidik? Holbuki, sen bilasan, bizning ishlarimizda biron ehtiyoj yo‘q. Sen bizning qalbimizda sendan fayz olish lavozimatini davom ettir va shuning bilan bizga bo‘lgan ne’matingni tamomla.

To‘rtinchisi:
—   Bizlar sening roziligingni izlashda qusurlimiz. Sening roziligingni izlash borasida bizga lutfing bilan yordam et.

Beshinchisi:
—   Bizni maniydan yaratding. Beqiyos qudrating haqida fikrlay olish ne’matini bizga ato etding. Sening ulug‘vorliging bilan mashg‘ul, jalolingni tafakkur qilayotgan biron kimsa so‘zlashga qanday jur’at etsin? Sen bizdan nuringga yaqinlashishni talab etding.

Oltinchisi:
—   Shoningning buyukligi, do‘stlaringga yaqinliging va seni sevganlarga lutfingning ko‘pligidan tillarimiz seni duo qilishdan charchadi.

Yettinchisi:
—   Sen seni zikr etish uchun qalblarimizni bizga hadya etding. Yolg‘iz sening-la mashg‘ul bo‘lishimiz uchun boshqa mashg‘ulotlardan qutqarding. Senga shukr eta olgan bo‘lsakda, shukrimiz qusurli bo‘ldi, qusurimizni afv et.

Sakkizinchisi:
—   Sen biz nimaga muhtojligimizni bilasan, biz faqatgina sening jamolingni ko‘rishga mushtoqmiz.

To‘qqizinchisi:
—   Qul xojasining yonida qanday jur’at qila olsin, Sen bizga, lutfingni xohlashimizni amr etding. Bizga bir nur hadya et, uning bilan zulumotdan qutulaylik.

O’ninchisi:
—   Bizga tavajjuh qilishingni istaymiz.

O’n birinchisi:
—   Bizga ato qilgan hadyalaring va mo‘l lutflaring hech tamom bo‘lmasligini istaymiz.

O’n ikkinchisi:
—   Bandalaring ichida hech bir narsaga zorligimiz yo‘q. Bizga jamolingni tomosha qilish ne’matini ber.

O’n uchinchisi:
—   Men ko‘zlarimni dunyoni va dunyo ahlini ko‘rmaydigan ko‘r qilishingni, qalbimni esa faqat sening bilan mashg‘ul bo‘ladigan holga keltirishingni tilayman.

O’n to‘rtinchisi:
—   Bilaman, sen, do‘stlaringni sevasan. Bizga qalbimizning yolg‘iz sen bilan mashg‘ul bo‘lib qolish ne’matini ber. Qalblarimiz sendan boshqa hech bir narsa bilan mashg‘ul bo‘lmasin.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 14:00:04

Shu tariqa hammasi bir-bir gapirib bo‘lganidan keyin Allohdan Dovud alayhissalomga shunday vahiy keldi:

-   Ey Dovud, ularga ayt: «So‘zlaringizni eshitdim. Istaklaringizni ijobat etdim, sevgan va orzu qilgan narsalaringizga qovushajaksiz. Bir-biringizdan ayriling. Har kim o‘ziga bir kulba, bir yerto‘la topsin. Men siz bilan oramdagi pardani olib tashlayman. Har biringiz mening nurimga va jamolimga boqajaksiz!»

Dovud alayhissalom so‘radi:

-   Ey Rabbim, bular qaysi amallari orqasida sening bu iltifotingga noil bo‘ldilar?

Alloh marhamat qildi:

-   Husni zan (ya’ni bir hodisaning yaxshiligi haqida yaxshi fikrda bo‘lib, yaxshi bo‘lajagi haqida o‘ylash) va dunyoda g‘ayriaxloqiy yashashni tark etishlari, men bilan yuzma-yuz qolishlari, menga munojot qilishlari va qalblariga mendan boshqasining sevgisini kiritmasliklari orqasida.

Mening jamolimni tomosha qilish shunday bir sharafdirki, bunga faqat meni zikr etishdan boshqa hech bir narsa bilan mashg‘ul bo‘lmaganlar va qalblarini men uchun boshqa narsalardan bo‘shatib qo‘yganlar, meni hamma narsadan ustun qo‘yganlar noil bo‘la oladilar. Ana shunday qilinganda, men shunday sifatlarga ega bo‘lgan kishiga atfi nazar (moyil ko‘z bilan qarash) qilaman, uning bilan oramdagi pardani olib tashlayman. So‘ng shunday bo‘ladiki, birov bir narsani o‘z ko‘zi bilan ko‘rganday, u ham meni ko‘radi. Har on unga karamimni ko‘rsataman. Uni nurimga o‘xshataman. Shafqatli ona bolasining kasali bilan kasallanganday, men ham shu bandamning kasali bilan kasallanaman. Chanqaganda chanqog‘ini qondiraman, meni zikr etishning mazasini tottiraman. Mana, ey Dovud, shu aytganlarimni berganimda, u dunyoni va dunyo ahlini ko‘rmaydigan ko‘r bo‘ladi. Men unga o‘zim ko‘rsatgan axloq asoslaridan boshqacha yashashni sevdirmayman. Meni zikr etishdan hech zerikmaydi. Sal oldinroq bo‘lsa-da, menga yetishishni istaydi. Men esa uning o‘limidan xursand bo‘lmayman. Chunki u bandalarim ichida mening nazargohimdir. U mendan boshqasini ko‘rmaydi, men ham undan boshqasini ko‘rmayman. Ey Dovud, ko‘rsang, mening bu turdagi bandamning nafsi o‘lgan, vujudi noziklashgan bo‘ladi, mening zikrimni eshitayotgan vaqtida qalbi xitraydi. Men malaklarim va osmon ahli oldida uning bilan faxrlanaman. Uning esa borgan sari mendan qo‘rquvi ortib boradi, vaqt o‘tgan sayin ko‘proq ibodat qiladi. Izzatim va jalolim uchun, ey Dovud, uni Jannatning Firdavs bog‘iga o‘tkazaman, jamolimni tomosha qilish baxtini beraman.

Yana Hz. Dovudga Allohning vahiy yo‘li bilan bildirganlaridan:

—   Ey Dovud, mening muhabbatimga tavajjuh etib kelayotgan bandalarimga aytki: «Men maxluqotim bilan orangizga parda tortgan, siz bilan oramdagi pardani esa olib tashlagan vaqtimda sizga hech bir narsa zarar berolmaydi. Siz bemalol menga qalb ko‘zi bilan nazar tashlay olasiz. Sizga dinimni kashf etgan vaqtimda siz erisholmagan dunyoliklar zarar bermaydi. Mening mamnuniyatimga yopishib olsangiz, maxluqotdan zarar kelmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 14:00:36

Yana shunga o‘xshash xabarlardan:

—   (Alloh, vahiy yo‘li bilan Dovud alayhissalomga aytadi): Menga sevging bor deb o‘ylaysanmi? Agar haqiqatan meni sevsang, qalbingdan dunyo sevgisini chiqarib ot. Chunki, menga bo‘lgan sevgi bilan dunyoga bo‘lgan sevgi bir qalbda yonma-yon turolmaydi. Ey Dovud, mening sevgili bandalarim bilan xolis do‘st bo‘l. Dunyo axli bilan zohiran muomala qil. Diningning asosini hayotga tatbiq et, taqlidchi bo‘lma. Mening do‘stlarim bilan sening orangda o‘xshash bir hol yuzaga kelsa, bunga yopishib ol. Shubhali bir vaziyat o‘rtada chiqib qolsa, eng to‘g‘ri deb bilganingni qil. Men seni haq qilib chiqarish choralarini ishga solaman; sening yetakching, sening daliling bo‘laman. Sen so‘ramasingdan burun senga keragini beraman. Mashaqqatlarga duchor bo‘lganingda senga yordam qilaman. Men, borlig‘im haqqi qasamki, qilgan ama-lida mening roziligimni murod etmagan bandamga badal bermayman. Va u mening madadimga muhtoj bo‘lmay qolmaydi. Agar sen ana shu tushuntirilgan sifatlarga ega bo‘lsang, sendan xorlikni va tanglikni olib tashlab, qalbingta boylik beraman. Borlig‘im haqqi qasamki, banda mening yo‘limda bo‘lsa nafsidan xavotirda bo‘ladi. Barcha ashyolarni menga havola et. Amallaringni bir-biriga zid holga keltirma, so‘ngra zahmat chekasan, mashaqqat tortasan, sen bilan yaqin kishilar sendan foydalanolmay qoladilar. Meni bilishga bir chegara topolmaysan, uning hech poyoni yo‘q. Qachonki men-dan bir narsa olmoqchi bo‘lsang, ko‘proq ista, darhol beraman. Men ortig‘i bilan beradigan narsalarning cheki yo‘q, sen ham cheklolmaysan. Isroil o‘g‘illariga bildirki, men bilan hech bir bandam orasida hech qanday nasab rishtasi yo‘q. Ularni menga qaytargilki, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan va hech kimning xayoliga ham kelmagan ne’matlarni ularga muboh qilayin. Meni ikki ko‘zingning orasiga qo‘y. Menga qalb ko‘zing bilan qara. Aqllari kirlangan kishilarning aqllariga parda tutib qo‘yganimda va ularni savobimdan mahrum qilganimda, sen ularga aql ko‘zi bilan boqma. Men, qasamki, Izzatim va Jalolim haqqi, tadqiq qilish uchun Menpng yo‘limga kirganlarga savob eshiklarini ochmayman. Tavoze’li bo‘l. Haq oshiqlari qarshisida gerdayma. Agar meni sevganlar haq oshiqlarining mening nazarimdagi martabalarini bilsaydilar, haq oshmklari uchun o‘z ustilaridan yurishlariga tuproq bo‘lardilar. Ey Dovud, mening so‘zlarimga yopishib ol. Havoyi nafsni tark et. Bandalarimga rahmatimdan umid uzdirma. Men bilan orangga parda tushishiga sababchi bo‘lma. Pardalar yo‘l to‘ssa, menga yetisholmaysan. Ro‘za tutish orqali shahvoniy havaslarni tark etishga zamin hozirla!


Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 14:04:56

ShUKR

Bilki, Alloh Bizga yuborgan kitobi - Qur’onda: «Allohni zikr qilmoq (barcha narsadan) ulug‘roqdir» (Ankabut surasi, 45-oyat), - deb buyurgan va ayni chog‘da zikrga shukrni yaqinlashtirib, buyurganki:

—   Bas, Meni eslangiz (zikr etingiz), Men ham sizlarni eslayman va Menga shukr qilingiz va Meni inkor qilmangiz. (Baqara surasi, 152-oyat)

Alloh aytdi:

—   Shukr qilib, iymonli bo‘lsangizlar, Alloh sizlarni nega azoblasin? Alloh shukrning badalini berguvchi va (buni) bildirguvchi zot-ku! (Niso surasi, 147-oyat)

—   Va shukr qilguvchilarni munosib mukofotlaymiz. (Ol-i Imron surasi, 145-oyat)

Alloh la’nat tamg‘asi bosilgan Iblisdan xabar berib dedi:

—   U aytdi: «Qasamki, endi meni yo‘ldan ozdirganing sababli mudom Sening To‘g‘ri Yo‘ling ustida ularni (Odam bolalarini) (yo‘ldan ozdirish uchun) kutib o‘tirurman» (A’rof surasi, 16-oyat)

Bu yerdagi «to‘g‘ri yo‘l» kalimasi «shukr yo‘li» ma’nosini bildiradi, deyishadi. La’natlangan Iblis odamlarni qanday yo‘ldan urishini bildirib, deydiki:

—   So‘ngra ularga oldilaridan va ortlaridan, o‘ngu so‘llaridan kelib (to‘g‘ri yo‘ldan ozdirurman) va ularning ko‘plarini shukr qilayotgan hollarida topmaysan» (A’rof surasi, 17-oyat)

Yana Alloh aytdi:

—   Bandalarim orasida shukr qilguvchi ozdir. (Saba’ surasi, 13-oyat)

Alloh, hech shak-shubhasiz, shukr bilan rizqlarni orttirajagini bayon etdi:

—   Qasamki, agar bergan ne’matlarimga shukr qilsangiz, albatta (ularni yanada) ziyoda qilurman. Endi agar kufroni (ne’mat) qilsangizlar, albatta, azobim ham juda qattiqdir. (Ibrohim surasi, 7-oyat)
Besh narsani esa shartli tarzda zikr etdi:

1.   Boylikni:

—   Alloh xohlasa, o‘z fazlu karami bilan sizlarni boy-badavlat qilajak. (Tavba surasi, 28-oyat)

2.   Iltijoga ijobatni:

—   U (Alloh) agar xohlasa, sizlar duo-iltijo qilgan narsani (balo-musibatni) aritur. Allohga sherik deb biladigan butlaringizni esa unutib yuborursizlar. (An’om surasi, 41-oyat)

3.   Rizqni:

—   Alloh o‘zi xohlagan kishilarga behisob rizq berur. (Nur surasi, 38-oyat)

4.   Afvni:

—   Albatta Alloh o‘ziga sherik qilinishini afv etmas. Shundan boshqa gunohlarni o‘zi xohlagan bandalari uchun afv etar. (Niso surasi, 48-oyat)

5.   Tavbani qabul etishni:

—   Alloh o‘zi xohlagan kishilarning tavbalarini qabul qilur. (Tavba surasi, 15-oyat)


Shukr ilohiy axloqdan biridir.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 14:06:08

Alloh marhamat qiladi:

—   Alloh shukrning badalini beruvchidir va halimdir (ya’ni ozgina yaxshi amal uchun ko‘p mukofot ato etguvchidir. (Tag‘obun surasi, 17-oyat)

—   Va bizlarga va’dasini rost qilgan va bizlarni bu (jannat) yeriga voris qilgan hamda jannatdan o‘zimiz xohlagan tarafda joy-o‘rin olishimizga (muvaffaq qilgan) Allohga hamdu sano bo‘lsin! — derlar. (Zumar surasi, 74-oyat)

—   Oxirgi duolari esa «Butun olamlar parvardigori — Allohga hamdu sano (shukr) bo‘lsin!» — demakdir. (Yunus surasi, 10-oyat)

Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ning bu mavzudagi hadislari va boshqa xabarlar:

Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilar:

—   Shukr qilib tanovul qilguvchi — sabr qilib ro‘za tutguvchi yanglig‘dir.

Oto hikoya qiladi:

—   Bir kuni Hz. Oyshadan: «Rasululloh(s.a.v.)ning hayotida sizning guvohligingizda ro‘y bergan, kishini lol qoldiruvchi biror voqeani bizga aytib bering!» - deb so‘radim.

Hz. Oysha yig‘ladi va dediki: «Uning qaysi holi kishini lol qoldirmasdi deysiz! Bir kecha keldi, Men bilan birga yotoqxonaga kirdi. Tanim taniga tegdi. So‘ngra dediki: «Ey, Abu Bakrning qizi, men yolg‘iz bo‘lishim kerak! Rabbimga ibodat qilaman!» Men dedimki: «Sizning yeningizda bo‘lishni sevaman, lekin sizning xohishingizni ado etish men uchun hamma narsadan ustun». Shundan so‘ng u kishiga ruxsat berdim. Turib suv idishni olgani chiqib ketdilar, tahorat oldilar. Suvni ko‘p to‘kib isrof etmadilar. So‘ngra namozga turdilar, yig‘ladilar, shunday yig‘ladilarki, ko‘z yoshlari ko‘ksilariga shashqator bo‘lib oqdi. So‘ngra rukuga ketdilar, yana yig‘ladilar. So‘ngra sajda qildilar, yana yig‘ladilar. Keyin sajdadan bosh ko‘tardilar. Bu yig‘ilar tongga qadar davom etdi. Bomdod namozi vaqtida Bilol keldi. Azon aytdi. Men shu vaqt dedimki: «Ey Allohning Rasuli, sizni yig‘latgan sabab nima?». Dedilarki: «Alloh mening qilgan va qilajak gunohtarimni afv etdi! Shukr qiluvchi bir banda bo‘lmayinmi, axir? Men ne uchun shukr qilmayin endi?!»

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 14:07:42

Holbuki, Alloh aytadi:

Osmonlar va Yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun dalil-alomatlar borliga shubhasizdir. Ular turganda ham, o‘tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar (unga shukr qiladilar) hamda osmonlar va Yerning yaralishi haqida tafakkur qilib (deydilar): «Parvardigoro, bularni behuda yaratganing yo‘q! Sen poku benuqsonsan! O’zing bizni jahannam azobidan asragil!» (Ol-i Imron surasi, 190-191-oyatlar)

Bu xabar yig‘iga chek qo‘yish kerakligining dalolatidir. Shuning uchun ham rivoyat qilingan boshqa bir xabar bu sirga ishora qiladi:

—   Roviylarning aytishicha, payg‘ambarlardan biri kichik bir tosh ko‘radi. Bu kichik toshdan mo‘l mikdorda suv oqib chiqayotgan edi. Payg‘ambar bundan hayratlanadi. Alloh toshni gapirtiradi:
Deydiki:

—   Men Allohning «odamlar va toshlar o‘tin bo‘ladigan, kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zaxdan qo‘rqing» (Baqara surasi, 24-oyat) maolidagi oyatini eshitgandan beri Allohdan qo‘rqib yig‘layman!

Payg‘ambar bu toshni do‘zaxdan qutqarish uchun Allohga yolvoradi. Alloh ham uni do‘zaxdan xalos qilganini bildiradi.

Lekin bir muddatdan keyin yana shu yerdan o‘tgan payg‘ambar o‘sha tosh yana yig‘layotganini ko‘radi va:
—   Endi nega yig‘layapsan? - deb so‘raydi.

Tosh javob beradi:

—   Oldingisi qo‘rquv ko‘z yoshlari edi, bu esa sevinch va shukr ko‘z yoshlaridir.

Insonning qalbi tosh singaridir, hatto ba’zan toshdan ham qattiqva ma’yusdir. Bu ma’yuslikni faqat qo‘rquv, shukr va sevinch ko‘z yoshlari ketkiza oladi.

Payg‘ambarimizdan rivoyat qilinadi:

—   Qiyomat kuni: «Har koru holda Allohga shukr qilganlar oyoqqa tursin!» - degan buyruqo‘qiladi, shunda bir guruh insonlar o‘rinlaridan turadilar, Ular uchun bir bayroq ko‘tariladi va ular jannatga qarab ketadilar.
Yana Alloh Rasuli (s.a.v.) aytadilar:

Hamd (shukr) Allohning kiyadigan chakmonidir (ya’ni chakmon insonga qanchalik yoqimli bo‘lsa hamd ham Allohga shuncha yoqimlidir). Alloh Ayyub alayhissalomga (Qur’oni karimda nomi keltirilgan payg‘ambarlardan biri. Ishoq alayhissalomning o‘g‘li bo‘lgai Aysning avlodidan edi. Juda ko‘p mol-mulki bor edi. Alloh har bandasini, shu jumladan, payg‘ambarini ham sinaganday, uni ham imtihon qiddi. Butun mol-mulki qo‘lidan ketdi. Shunda ham u shukr qildi. Xasta bo‘ldi, yana shukr qildi, sabr etaverdi. Badani yaralarga to‘lib ketdi, yana sabr qiddi. Yaralari qurtladi, yoniga odam kelmas bo‘ldi, faqatgina xotini sadoqat bilan xizmatini qilaverdi. U hamon sabr qilar, ibodatida davom etardi. Rivoyatlarga ko‘ra, Alloh sabrni 10 ga bo‘lib, 9 qismini Ayyubga, faqat bir qismini yer yuzidagi barcha insonlarga bergan edi. Va Allohunga sog‘liq, ketidan bir necha farzand ato qildi. Shundan keyin u o‘ziga atalgan yurtda o‘z qavmiga yana yigirma yil payg‘ambarlik qildi) vahiy yo‘li bilan bildirdi:

—   Men komil bandalarimdan komilligi evaziga faqat shukr olishga rozi bo‘ldim.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 14:08:27

Yana Alloh sabrlilarning holini bayon etgan bir vahiyda marhamat qildi:

—   Ularning joyi jannatda dorussalom (jannatdagi bir bog‘dir). U yerga kirgan vaqtlarida shukrni ilhom qilajakman. Bu eng yaxshi so‘zdir. Shukr qilgan paytlarida ularni ma’mur etaman. Menga nazar solishlari bilan yanada ma’mur etaman.
Mol-mulk va boyliklar haqidagi oyatlar inzol bo‘lganda, Umar Payg‘ambarimiz(s.a.v.)dan so‘radi:

-   Qanday turdagi narsani mol qilay?

Rasul buyurdilar:

-   Sizlardan har biringiz Allohni zikr etuvchi tilni va unga shukr qiluvchi qalbni mol qilingiz!

Ko‘rinib turibdiki, Payg‘ambar (s.a.v.) Allohning ne’matlariga shukr qiluvchi qalbni moldan ustun qo‘yishni amr etganlar.
Ibn Mas’ud shunday deydi:

-   Shukr iymonning yarmisidir. Bilki, shukr:
1)   qalb bilan;
2)   til bilan;
3)   a’zolar bilan izhor etiladi.

Qalb bilan shukr qilish - bu, qalb bilan yaxshi narsalarni niyat qilmoq va barcha jonzotlar uchun qalbda yaxshi fikrlarni jb etmoq demakdir.

Til bilan shukr qilish — bu, shukrini dalillovchi so‘z va jumlalar bilan Allohga hamd ztmoqdir.

A’zolar bilan shukr qilish - bu, Allohning ne’matlarini ibodat, itoat va xayr yo‘llarida ishlatmoq, ularni Allohga isyon yo‘lida ishlatishdan tiyilmoqdir. Masalan, gap-so‘z bo‘lib turgay har turli gunoh va ayb narsalarga qarashdan ko‘zlarni olib qochmoq va yummoq - bu, ko‘zning shukridir. Mana shu «a’zo ila Allohning ne’matlariga shukr» jumlasidandir. Til bilan Allohning yozmishlariga roziligini ifodalamoq tilning shukridir. Zotan, tilga shu vazifa yuklangan. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir kishidan so‘radilar:

—   Tonggacha tuning qanday o‘tdi? U kishi javob berdi:

—   Yaxshi. Rasul (s.a.v.) savolni takrorladilar: u kishi ham ayni
javobni berdi. Savol uchinchi marta takrorlanganda, u kishi:

—   Yaxshi! Alhamdulilloh, o‘ziga ming qatla shukr! - dedi.
Shunda Rasululloh (s.a.v.):

—   Mana, sendan tilagan javobim shu edi, - deb aytdilar.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 14:10:03

Keksa musulmonlar bir-birlariga diniy savollar berib, so‘zga oid munozara qilardilar. Maqsadlari shu bahonada Allohga shukr qilish edi. Riyo va ko‘z-ko‘z emas. Chunki savol so‘ragan ham, javob bergan ham sabrli bo‘lar, qarshisidagi kishini muteona tinglar edi. Ba’zida savol bergan kimsa yo shukr qilar, yo shikoyat etar va yo mum tishlab qolar edi.

Shukr — itoatdir, ibodatdir. Shikoyat esa gunohdir, din ahliga ko‘ra xunuk bir narsadir. Sultonlarning sultoni Allohning nazdida qanday ayb sanalmasin, hammasi Uning Qudrat qo‘lida. Har kim va har narsa uning bandasidir. Jonzotlar asos e’tibori ila ojizdir. Agar kishi balolarga va taqdiri ilohiyga sabr etmasa, shikoyat qilib, qo‘li yetmaydigan narsalarga osilaversa, o‘ziga-o‘zi jabr qiladi, asli-da, unga bu shikoyatini guvohsiz, Allohning o‘ziga aytish munosibdir. Chunki balolarni daf etish faqat Allohning qo‘lidan keladi. Bandasining o‘z holini Allohga to‘kib solishi olijanoblikdir. Allohdan boshqasiga shikoyat qilish esa tubanlikdir. Bandaning bandaga zorlanishi xorlikdir, xunukdir.

Alloh buyuradi:

Sizlar Allohni qo‘yib faqat butlarga ibodat qilmoqchisizlar va (ularni «xudolar» deb) yolg‘on to‘qimoqdasizlar. Aniqki, sizlar Allohni qo‘yib ibodat qilayotgan narsalar sizlarga rizqu ro‘z berishga qodir emaslar. Bas, sizlar rizqu ro‘zni Alloh dargohidan istanglar va Ungagina ibodat qilinglar, Ungagina shukr qilinglar (zotan), sizlar Ungagina qaytarilursizlar. (Ankabut surasi, 17-oyat)

—   Shubhasiz, Allohdan o‘zga, sizlar iltijo qilayotgan narsalar xuddi (sizning) o‘zlaringiz kabi bandalardir. Bas, agar rostgo‘y bo‘lsangiz, sizlar ularni chaqiringlar, ular sizlarga javob qilsinlar-chi? (A’rof surasi, 194-oyat)
Lison (til) bilan shukr qilish ham shukr jumlasidandir.

O’z vaqtida bir guruh yoshlar xalifa Umar ibn Abdulazizni ziyorat qilgani boradilar. Xalifaga borganlarida ichla-ridan biri oyoqqa turib so‘zlamoqchi bo‘ladi, shunda xalifa:

—   Kattalar gapirsin, kattalar! — deydi.

O’rnidan turgan yigit esa:

—   Ey mo‘minlarning xalifasi, — deydi, — agar gap yosh masalasida bo‘lsaydi, musulmonlarning ichida sizdan keksarog‘i ham bor (o‘sha xalifa bo‘lishi kerak edi). Shunda xalifa, yosh yigitga: «Gapir!» — deydi.
Yigit shu gaplarni aytadi:

-   Biz sizning huzuringizga ishtiyoqimiz yo qo‘rqqanimizdan kelmadik!.. Fazlingiz bizga ishtiyoqingizni yetkazdi. Adolatingiz esa bizdan qo‘rquvni olib tashladi. Biz faqatgina sizga tashakkur aytgani keldik. Lyson bilan tashakkur aytib qaytamiz.

Qayd etilgan