Barmak o‘g‘illari qamoqqa olingan paytda (Barmak o‘g‘illari aslan balxlik olijanob turk oilasi edi. Abbosiy islom saltanatining qurilishida bu oilaning‘ kapa xizmati bo‘lgan edi. Usha paytlarda darhol musulmonlikni qabul qilgan barcha gurklar kabi bular ham Islom Davlatining harbiy, iqtisodiy-siyosiy, ilmiy-texnikaviy sohalari yuksalishi uchun bor kuchlari bilan ishlagan edilar. Xalifa Horun ar-Rashid oldiniga bu oila a’zolariga davlat idorasidan munosib vazifalarni bergan, o‘.ziga o‘qituvchilik qilgan Barmak o‘g‘li Xolidning o‘g‘liga (Yahyoga) vazirlik, keyin Yahyoning o‘g‘illariga ham boshqa katta lavozimlarni topshirgan. Lekin keyinchalik - hozirgacha aniqlanmagan ayrim sabablarga ko‘ra - bu oila a’zolaridan achchiqlanib, ba’zilarini qatl ettirgan, ba’zilarini zindong‘a tashlattirgan, boyliklarini musooara qildirgan) bir o‘g‘il otasiga shunday dedi:
— Ey otajonim, shuncha olijanoblikdan keyin kishanga urildik, qamoqqa tushdik!.. Bu qanaqasi?
Otasi shu javobni berdi:
— Ey o‘g‘lim, bir mazlumning ohi kechalari yurib chiqadi. Menimcha, biz bundan g‘ofil qolganmiz. Holbuki, Alloh undan g‘ofil qolmadi.
Abu Umoma - Alloh undan rozi bo‘lsin!.. — deydiki:
— Qiyomat kuni zolim Sirot ko‘prigiga kelganida mazlum u bilan yuzlashadi. Mazlum zolimga o‘tkazgan zulmlarini eslatadi. Mazlumlar zolimlarning qo‘llaridagi yaxshi amallarini olmaguncha ulardan qutula olmaydilar. Agar zolimlarning yaxshi amallari yo‘q bo‘lsa, mazlumlarning gunohlari zolimlarga yuklanadi. Ana shundan keyin ularni jahannamning eng pastki tabaqasiga irg‘itadilar.
Abdulloh ibn Anis (Payg‘ambarimiz s.a.v.iing sahobalaridan)- Alloh undan rozi bo‘lsin!.. - hikoya qiladi:
— Payg‘ambarimizning - Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — gaplarini ko‘p eshitganman.
Derdilarki:
— Qiyomat kuni insonlar yalangoyoq, yalang‘och, sunnatsiz va bo‘m-bo‘sh (nima qilishni bilmagan) holda tiriltiriladilar. Bir nidochi uzoqdagilar ham, yaqindagilar ham birday eshitadigan yangroq ovozda nido qiladi. Deydiki:
— Men hokimi mutlaqman! Biron zotga bir chertki bilan ham zulm etgan kishi na jannatga darhol jannatilar qatoriga, na jahannamga darhol jahannam ahli qatoriga kiradi!.. Jannatlik o‘ziga o‘tkazilgan zulmning badalini jahannamlikdan; jahannamlik ham o‘ziga o‘tkazilgan zulmning badalini jannatlikdan oladi; Rabbingiz hech bir kimsaga zulm qilmaydi. Biz dedikki:
— Bu haq olish-berishlar qanday amalga oshiriladi, ey Rasululloh? Biz yalangoyoq, qip-yalang‘och, sunnatsiz va yonimizda hech narsa bo‘lmagan holda tiriltirilgan bo‘lsak?!..
Rasululloh (s.a.v.) javob berdilar:
— Hisoblashish savoblar va gunohlarni bir-biriga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Rabbingiz hech kimsaga zulm qilmaydi!..