DUNYoNING YoMONLIGI VA UNDAY TIYILISh
Abu Umoma Boxiliydan rivoyat qilinadi:
- Xotib o‘g‘li Solaba, Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ga: «Ey Allohning Rasuli, menga ko‘p mol va boylik berishi uchun Allohga duo qil!» - dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdiki:
- Ey Solaba, shukrini qilsa bo‘ladigan ozroq davlat mas’uliyat yuki bosib qo‘yadigan katta davlatdan yaxshiroqku!..
Solaba takrorladi:
- Ey Allohning Rasuli, Allohga duo qil: menga ko‘p mol va boylik bersin!..
Alloh Rasuli (s.a.v.) javob berdi:
- Ey Solaba, mendan o‘rnak olsang arziydigan narsa topmadingmi? Allohning payg‘ambariday go‘zal axloqli bo‘lishga rozi emasmisan? Borlig‘im qudrat qo‘lida bo‘lgan Allohga qasamki, agar men, tog‘larning oltin-kumush bo‘lib ketimdan yurishlarini tilasaydim, hech shubhasiz, shunday bo‘lardi. Solaba dedi:
- Seni haq payg‘ambar qilib jo‘natganga qasam ichib aytamanki, agar menga ko‘p mol berishi uchun Atlohga duo qilsang, haq sohibiga haqqini beraman. Haqiqatan ham beraman, chindan ham beraman!..
Rasul (s.a.v.) iltijo qildi:
- Allohim, Solabaga ko‘p mol ber!..
Solaba bir qo‘y oldi. Qo‘y urchib, ko‘paya boshladi. Shunday ko‘paydi, shunday ko‘paydiki, shahardagi joyi torlik qila boshladi. Shunda shahar yaqinidagi bir vodiyga chekildi. Va endi jamoat bilan namozga ham kelolmay qoddi. Faqatgina peshin va asr namozlariga arang yetib kelardi, boshqa vaqtlar kelishni tark etdi. Qo‘ylar ko‘payishda davom etar, borgan sari ishi ortib borardi. Bu orada Solaba peshin va asr namozlarini ham tark etdi. Faqatgina juma namoziga keladigan bo‘ldi. Lekin bora-bora unga ham kelmay qo‘ydi. Kelolmas edi. Juma kunlari shaharga borib kelganlarni kutib olar, shaharda bo‘layotgan hodisalarni ulardan so‘rab bilib olardi. Kunlardan bir kun Rasululloh (s.a.v.) uni surishtirdi:
- Xotib o‘g‘li Solaba nima qilayotir, u qaerda?
— Qo‘ylari ko‘payib ketdi. Shahar torlik qilib, shahardan tashqariga chiqib ketgan! - deyishdi va voqeani butun tafsiloti bilan so‘ylab berishdi.
Alloh Rasuli (s.a.v.):
- Voh Solabaga, voh Solabaga, voh Solabaga!.. - deb qoldilar.
Shu asnoda Alloh quyidagi oyatni yo‘lladi:
—
(Ey Muhammad), siz ularning mollaridan bir qismini o‘zlarini poklab tozalaydigan sadaqa sifatida oling va ularning haqlariga duo qiling. Albatta, sizning duongiz ular uchun orom-osoyishtalik bo‘lur. Alloh eshitguvchi, bilguvchidir. (Tavba surasi, 103-oyat)