Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342312 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 ... 49 B


Robiya  09 Fevral 2009, 11:06:53

Bir odam Iso alayhissalom bilan do‘stlashdi va unga: «Sen bilan birga bo‘lsam... suhbatlashsak...» - dedi. Hz. Iso qabul qildi. Birgalikda yo‘lga chyqdilar. Bir daryo bo‘yiga keldilar, tamaddi qilishga o‘tirdilar. Yonlarida yeyishga uchta yupqa non (lochira) bor edi. Ikkitasini yedilar, uchinchisi qoldi. Iso alayhissalom suv ichishga daryo labiga ketdi. Suv ichib keldi. Lekin qolgan bir dona lochira g‘oyib bo‘lganini ko‘rdi. Odamdan: «Lochirani kim oldi?» deb so‘radi. Odam «Bilmayman?» dedi. Turdilar. Birgalikda yo‘lga tushdilar. Bir oz yurgandan so‘ng Hz. Iso, yonida ikki bolasi bo‘lgan bir kiyikni ko‘rdi. Bolalaridan birini chaqirdi. Kiyik bola keldi. Iso alayhissalom uni so‘ydi. O’zi va yonidagi odam yeyishdi. So‘ngra Hz. Iso o‘zlari yegan kiyik bolasining qoldiqlariga qarab: «Allohning izni bilan tiril, o‘rningdan tur!» - dedi. Kiyik bola tirilib, o‘rnidan turdi va irg‘ishlab jo‘nab qoldi. Iso odamga dediki:
—   Senga shu mo‘‘jizani ko‘rsatgan zotning haqqi uchun so‘rayman: lochirani kim oldi?

Odam:
—   Bilmayman! — dedi.

Yo‘dda davom etdilar. Bir daryoga bordilar. Hz. Iso odamning qo‘lidan ushlab oldi, suv ustidan yurib narigi qirg‘oqqa o‘tib ketdilar. Daryodan o‘tganda Iso alayhissalom so‘radi:
-   Senga shu mo‘jizani ko‘rsatgan zot haqqi so‘rayman, ayt lochirani kim yedi?

Odam:
-   Bilmayman!.. - dedi.

Yo‘lda davom etdilar. Bir qumloq yerga keldilar. O’tirdilar. Iso alayhissalom qumlarni to‘plab bir tepa holiga keltirdi. So‘ngra: «Allohning izni bilan oltin bo‘l!» - dedi. Qum tepa shu ondayoq oltin bo‘ldi. Hz. Iso buni uchga taqsim etdi va:

-   Biri meniki, biri seniki. Uchinchi hissa esa lochirani yeganniki! - dedi.
Shunday deyishi bilan u odam qichqirib yubordi:
-   Lochirani men yegandim!..

Hz. Iso: «Hammasi seniki bo‘lsin!» dedi va undan ajralib, qoldirdi-ketdi. U odam oltinlarning boshida o‘tirganda, bir ozdan so‘ng ikki kishi keldi. Ular oltinlarni ko‘rdilar. Uni o‘ldirib, boylikka egalik qilmoqchi bo‘ldi-lar. U dediki:

-   Oltinlar uchovimizniki. O’rtada bo‘lishib olaylik. Lekin avval uchalamizdan birimiz shaharga ketib, yegulik keltirsin. Yaxshilab qornimizni to‘yg‘azib olaylik. Undan keyin oltinlarni bo‘lishib olib, tarqalishimiz! Shartni qabul qildilar va bu uch kishidan biri shaharga yegulik keltirgani ketdi. Lekin yo‘lda shunday shaytoniy xayolga bordi:

-   Nega bu oltinlarni uchga bo‘lish kerak? Shahardan oladigan yeguligimning ularga tegishli qismiga zahar qo‘shaman. Ular uni yeganda o‘lishadi. Shu tariqa men bir o‘zim oltinlarga ega bo‘laman!

Va shunday qildi. Ularga tegishli yegulikka zahar qo‘shib keltirdi. Lekin u shaharga ketganida qolgan ikkisi shunday o‘yga kelishgandi:

-   Oltinlarni nega uchga bo‘lish kerak? Ikkiga bo‘lsak, ko‘prokdan tegadi. U shahardan kelganda bir bahona bilan uni o‘ldiraylik. Keltirgan yeguligini maza qilib yeylik. So‘ngra oltinlarni o‘z oramizda bo‘lishib olamiz!..

Va shunday bo‘ldi. Shaharga ketgan sherik qaytganda bir bahona bilan uni o‘ldirdilar. Keyin esa zaharli yegulikni yedilar va birozdan keyin oltinlarning yonida tipirchilay-tipirchilay, jon berdilar. Oltin uyumi o‘rtada va uning yonida uch o‘lik...

Bir ozdan so‘ng Hz. Iso havoriylari bilan birgalikda bu manzara ustiga keldilar. Hz. Iso shunday dedi:
—   Mana shu — dunyo degani. Undan tiyiling!..

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:07:50

Yana bir ibratli hikoyat:

—   Zulqarnayn bir sayohatida bir qavmga duch keldi. Qarasa, bu yerdagi xalqning qo‘lida yeydigan biron narsa yo‘q. Insonlar erta bilan turadilar, qazigan qabrlari yoniga boradilar. O’larga qaraydilar, supuradilar, tozalaydilar va qorinlari ochganda hayvonlarga o‘xshab o‘t yeydilar. Zulqarnayn, bu qavmning hukmdoriga bir odam jo‘natdi. Odam borib, Zulqarnaynning da’vatini hukmdorga bildirdi. Lekin hukmdor: «Mening unga muhtojligim yo‘q. Agar uning biron narsaga muhtojligi bo‘lsa, mening yonimga kelsin!» -dedi. Odam qaytib keladi. Ahvolni tushuntiradi.

Zulqarnayn: «To‘g‘ri aytibdi!» - deydi va hukmdorning oldiga ketadi. Borganda:
—   Menga borishingiz uchun xabar yo‘lladim, bormadingiz. Mana, o‘zim keldim! — deydi.
Hukmdor: «Agar senga ehtiyojim bo‘lsaydi, borardim!» -deya javob beradi.
So‘ngra o‘rtalarida shunday savol-javob bo‘lib o‘tadi:

Zulqarnayn:
—   Sizni shunday bir holda va shunday tarzda ko‘rayotirmanki, bu holni hech bir qavmda ko‘rmadim!..

Hukmdor:
—   Qanday hol ekan bizning holimiz?

Zurqarnayn:
—   Na molingiz bor, na mulkingiz!.. Kumush va oltin topsangiz bo‘lmaydimi, undan foydalanardingiz?!..

Hukmdor:
—   Biz oltin va kumushdan nafratlanamiz. Kimda oltin va kumush bo‘lsa, nafsini qiyinchilikka tashlaydi.

Zulqarnayn:
—   Bu qabrlar nima bo‘ladi? Qazib qo‘yibsizlar. Erta bilan turgandan boshlab ularga qaraysizlar, tozalaysizlar va yonida namoz ham o‘qiysizlar!..

Hukmdor:
—   Biz buni dunyoda cheksiz orzu-havaslarga ko‘milib ketmaylik va yomonlik qilmaylik, deb ado etamiz.

Zulqarnayn:
—   Qarab tursam, giyohdan va sabzavotdan boshqa yeydigan narsalaringiz yo‘q. Jonli hayvon boqsangiz bo‘lmaydimi, loaqal sutidan foydalansangiz, minib foydalanardingiz!..

Hukmdor:
—   Biz qorinlarimizni hayvonot mozori qilishdan nafratlanamiz. O’t va sabzavot biz uchun kifoya. Ozgina yegulik odamzodga yetarli bo‘ladi!..

So‘ngra hukmdor qo‘lini Zulqarnaynning yelkasiga qo‘yib, unga bir kalla suyagini uzatadi. Hukmdor:
—   Bilasanmi, kim bu? Zulqarnayn:
—   Io‘q!.. Kim ekan? Hukmdor:
—   Yer yuziga hukmron bo‘lgan bir hukmdor edi. Alloh unga quvvat, qudrat va saltanat bergandi. Lekin u fuqarosiga va jonzotlarga zulm o‘tkazib jondan bezor qildi. Alloh o‘lim bilan uni vujudidan ayirdi. Endi yerdagi oddiy bir tosh nima bo‘lsa, bu ham shu. Allohuning amallarini qayd qilib qo‘ygan. Qiyomat kuni hisobini so‘rab, jazosini beradi!..

Hukmdor shundan keyin boshqa bir chirigan kalla suyagini uzatdi va yana so‘radi:
—   Ey Zulqarnayn, bilasanmi, kim bu? Zulqarnayn:
—   Yo‘q! Kim ekan! Hukmdor:
—   Bu ham hozirgi aytganimdan keyin hukm surgan xukmdor. O’zidan oldingi hukmdornyng o‘z fuqarosiga va jonzotlarga zulm o‘tkazganini ko‘rgan. U bunday zulmdan jirkangan. Allohga nisbatan mutavoze bo‘lgan. O’lkasida adolat bilan ish olib borgan. Kimsaga zulm qilmagan. Keyin esa shu ko‘rib turganingday holga kelgan. Alloh oxiratda mukofotlamoq uchun uning amallarini ham yozdirib qo‘ygan!..

Hukmdor shunday keyin Zulqarnaynning kallasiga ishora qilib:
—   Bu kalla ham shu ikki kalladan biri singari bo‘ladi. Diqqat qil, ey Zulqarnayn, nima ishlar qilayotganingga!.. -deydi.

Shunda Zulqarnayn, hukmdorga:
—   Men bilan doimiy hamsuhbat bo‘lishni istamaysanmi? Ikkalamiz aka-uka tutinamiz, seni vazir qilib olaman, Alloh menga neniki ravo ko‘rsa, sen bilan teppa-teng bo‘lishib, baham ko‘ramiz! — deydi.

Hukmdor: «Mening va sening bir yerda bo‘lishimiz yaxshi emas!» - deya javob beradi.
Zulqarnayn bu hodisadan hayratga tushib va o‘zi ham o‘git olib, u bilan vidolashadi.

-   Ey dunyo va dunyo ne’matlaridan zavqlangan va ko‘zlarini dunyo zavqu safosidan hech uzmagan kishi! Sen nafsingni o‘zing idrok etolmaydigan narsalar bilan mashg‘ul qilib qo‘yding. Ertaga Allohning huzuriga borganingda nima deb javob berasan?..

—   Uyg‘on! Har bir inson ustida har doim dunyoning musibatlari bor. Dunyoning iqboli ochilsa ham, yopilsa ham —shu!.. Agar baxtingochilganini ko‘rsang, doimo shukur qilib kutib ol. Baxting hamrohing bo‘lmasa matonat ko‘rsat, chida!..

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:08:32

SADAQANING FAZILATI

Payg‘ambarimiz — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — buyurdilarki:

— Kimki halol kasb qilib, Alloh rizosi uchun bir dona xurmochalik sadaqa bersa, - Alloh halol kasbdan topilgan boylikdan qilingan sadaqanigina qabul etishini bildirgan, - Alloh uni albatta qabul etadi. So‘ngra, sizlar bir otni qandoq boqib ko‘paytirsangiz, Haq taolo ham bergan sadaqangizni tog‘ barobarinda shundoq ko‘paytirib qaytaradi.

Boshqa bir rivoyatda esa «Sizlar otni qandoq boqib ko‘paytirsangiz» jumlasi o‘rnida «Sizlar bir luqma sadaqa qilsangiz, uni Uhud tog‘iday qilib qaytaradi». — deyilgan.

Qur’onda bu hadislarni tasdiqlovchi shunday oyatlar bor:

—   Ular (gunohkorlar) Allohning o‘zi bandalari tomonidan bo‘lgan tavbani qabul etishini, sadaqalarni ham (o‘z dargohida) qabul qilishini va haqiqiy tavbalarni qabul etuvchi va mehribon zot Allohning o‘zi ekanini bilmadilarmi? (Tavba surasi, 104-oyat)

—   Alloh sudxo‘rlikning (foydasini) yo‘q qiladi va sadaqalarning (foydasini) ziyoda qiladi. (Baqara surasi, 276-oyat)

-   Sadaqa (zakot) molni kamaytirmaydi. Kim biron odamni afv etsa, Alloh uni boshliq qiladi. Kim Alloh uchun tavozu ko‘rsatsa, Alloh uning darajasini baland qiladi.Suv olovni o‘chirgani kabi, sadaqa (zakot) ham xatolarni o‘chiradi. Qiyomat kunida insonlararo hukmlar oxiriga yetguncha har kim o‘z sadaqasining soyasida bo‘ladi.

Alloh Rasuli (s.a.v.) bir zamon bildirdilarki:
—   Bir tilla sadaqa yuz tilla sadaqadan o‘tadi?.. Bir kishi so‘radi:
—   Bu qanday bo‘ldi, ey Allohning Rasuli? Rasul (s.a.v.) aytdilar:
—   Bir odamning ko‘p davlati bo‘ladi. Bir chetidan ming tilla olib, uni sadaqaga beradi. Boshqa bir odamning ikki tillasi bo‘ladi, shundan bittasini sadaqaga beradi.
—   Sendan bir narsa tilaganni quruq qaytarma. Tirnoq qadar bo‘lsa ham, biron narsa ber!..

—   Alloh Arshining soyasidan bo‘lak hech qanday soya bo‘lmaydigan kunda Alloh yetti toifa kishiga o‘z soyasidan joy beradi. Ulardan bir toifasi biron narsa sadaqa qilib, buni hech kimga bildirmagan; ya’ni o‘ng qo‘lining berganini chap qo‘li bilmagan kishilardan iborat.

—   Yaxshiliklar yomonliklarni o‘nglab yuboradi. Yashirincha berilgan sadaqalar Allohning g‘azabini so‘ndiradi. Qon-qarindoshlararo rahm-oqibat va mehribonlik umrni uzaytiradi. Har bir yaxshilik — sadaqadir. Bu dunyodagi yaxshilik ahllari oxiratda ham yaxshilik ahllari bo‘lib qoladilar. Bu dunyodagi yomonlik ahllari oxiratda ham yomonlik ahllari bo‘lib qoladilar. Jannatga birinchi bo‘lib kiruvchilar yaxshilik ahllaridan bo‘lgan kishilardir.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:09:28

Payg‘ambarimiz(s.a.v.)dan so‘radilar:

—   Sadaqa nima, ey Allohning Rasuli?
Rasul (s.a.v.) javob berdi:

—   Qavatlamadir. Allohning nazdida oshig‘i bilan qaytarilishi kerak bo‘lgan narsadir.
Alloh Rasuli (s.a.v.) bu gapdan keyin mazkur oyatni o‘qidi:

—   Allohga qarzi hasana (ixtiyoriy qarz) beradigan kim borki, (Alloh) unga bir necha barobar qilib qaytaradi! (Baqara surasi, 245-oyat)

Yana Payg‘ambarimiz(s.a.v.)dan so‘radilar:
—   Ey Allohning Rasuli, qaysi sadaqada fazilat ko‘proq?

Rasululloh (s.a.v.) aytdilarki:
—   Kambag‘alga yashirincha berilgan sadaqada, shuningdek, kambag‘allashib qolishdan qo‘rqib, ishlab topganidan bergan sadaqada fazilat ko‘proqdir".
So‘ngra Alloh Rasuli (s.a.v.) shu oyatni o‘qidilar:

—   Agar sadaqalarni oshkora holda bersangiz, juda yaxshi. Va agar maxfiy qilib, faqir-kambag‘allarga bersangiz — bu o‘zingiz uchun yanada yaxshiroqdir. Va qilgan gunohlaringizga kafforat bo‘ladi! Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir. (Baqara surasi, 271-oyat)

—   Qaysi bir musulmon boshqa bir musulmonni kiyintirsa, Allohuni jannat yaxshiliklari bilan kiyintiradi. Qaysi bir musulmon och qolgan bir musulmonni yedirsa, Alloh unga jannat mevalaridan yediradi. Kim chanqagan bir musulmonni qondirsa, Alloh uni asalday toza sut bilan qondiradi.

Alloh Rasuli(s.a.v.)dan so‘radilar:
—   Qaysi sadaqaning fazilati ulug‘roq?

Javob berdilarki:
—   Ichida senga yashirincha adovat (dushmanlik) saqlayotgan yaqin tanishlarga berilgan sadaqa!..

Rasululloh(s.a.v.)ga yana shunday savol berdilar:

—   Musulmonning qaysi harakatlari yaxshiroq?
Dedilarki:
—   Yo‘qsullarni yedirishing, tanigan-tanimagan har kishiga Allohdan omonlik tilashingdir.
—   Allohga nisbatan bandalik vazifalaringizni ado etingiz. Yo‘qsullarni yediringiz. Har kimga Allohdan omonlik tilang. Jannatga kirasiz!..
—   Yo‘qsul musulmonlarni to‘ydirish Allohning rahmatini jalb etuvchi sabablardandir.
—   Kim bir musulmon birodarini qorni to‘yguncha yedirsa, chanqog‘i qonguncha ichirsa, Alloh uni jahannamdan yetti xandaq nariga uzoqlashtiradi va har bir xandaqning orasida besh yuz yillik masofa bo‘ladi. Qiyomat kuni bo‘lganda Alloh aytdiki:
—   Ey, Odam o‘g‘li, men xastalandim, ko‘rgani kelmading ham!..

Bandasi so‘raydi:
—   Seni qanday ko‘rgani boray? Sen butun olamning egasisan?!

Alloh aytadi:
—   Ko‘rmadingmi: falon bandam xastalandi. Ko‘rgani bormading. Ko‘rgani borsang, men uning yonida bo‘lishimni bilmasmiding!..

Yana Alloh aytadi:
—   Ey Odam o‘g‘li, senga qanchadan-qancha ne’matlar berdim. Seni yedirdim. Sen menga hech narsa yedirmading...

Bandasi so‘raydi:
—   Seni qanday yediray, ey Rabbim? Sen olamlarning Rabbisan. Yemak-ichmakdan munazzahsan (poksan, xolisan)!

Alloh aytadi:
—   Bilmaysanmi, falon bandam seni yedirdi, sen unga yedirmading. Agar bir yo‘qsulni to‘ydirgan bo‘lsayding, uning yonida meni topar eding...

Alloh yana aytadi:
—   Ey Odam o‘g‘li, men senga suv berdim. Sen menga hech suv bermading!..

Bandasi so‘raydi:
—   Sen odamlarning Rabbisan, Senga qanday suv beraman?!

Alloh aytadi:
—   Falon bandam chanqog‘ingni qondirdik. Sen yo‘qsulning chanqog‘ini bosmading. Agar yo‘qsulni qondirsayding, hozir uni mening yonimdan osongina toparding!..

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:10:05

MUSULMON BIRODARING EHTIYoJINI QONDIRMOQ

Alloh j.j. buyuradi:

—   Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz! (Moida surasi, 2-oyat)

Payg‘ambarimiz — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — buyurdilar:
—   Kimda-kim musulmon birodariga yordam berish, unga biron foyda keltirish uchun yo‘lga chiqsa, unga Alloh yo‘lida jihod qilganlar savobi tegadi.

—   Allohning insonlar ehtiyojini ta’minlash uchun yaratgan shunday bandalari borki, ularni hech qachon jahannam azobi bilan jazolamaslikka qasamyod qilgandir. Qiyomat kuni bo‘lganda ular uchun nurdan minbarlar quriladi. Boshqa insonlarning boshlari hisob berishdan chiqmayotgan bir vaqtda ular bu nur minbarlarda Alloh bilan suhbatlashib o‘tirishadi.

—   Kimda-kim bir musulmon do‘stining ehtiyojini ta’minlashga harakat qilsa - uni ehtiyojdan chiqargan yo chiqarolmaganligidan qat’i nazar — Alloh avvalgi yo kelgusida qilishi mumkin bo‘lgan gunohlarini afv etadi. Bundan tashqari, unga ikki bag‘ot (mukofot yorlig‘i) beradi. Biri uni jahannam otashidan, boshqasi nifoqdan himoya qiladi.

—   Kimki bir musulmon do‘stining qayg‘usini aritsa, men qiyomat kuni amallari tortilayotgan chog‘da uning tarozisi yonida turaman. Agar savoblari og‘ir kelsa, nur ustiga nur!.. Gunohlari og‘ir kelsa, unga shafoat qilaman.

Anasdan - Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qilinadi: Alloh Rasuli (s.a.v.) marhamat qildilarki:
—   Kimki bir musulmon birodarining ehtiyojini ta’minlash dardida yursa, Alloh uning har odimiga yetmish savob yozib, yetmish gunohini yo‘q qiladi. Agar o‘z qo‘li bilan shaxsan ehtiyojini ta’min etsa, onasidan tug‘ilgan kundagiday gunohlaridan tozalanadi. Agar shu asnoda o‘ziga o‘lim kelsa, hisob bermasdan jannatga kiradi.
Ibn Abbosdan — Alloh undan rozi bo‘lsin - rivoyat qilinadi:

Rasululloh (s.a.v.) buyurdilarki:
— Kimki bir musulmon qardoshi bilan uning ehtiyojini ta’minlash maqsadida yursa va unga nasihat qilsa, Alloh u bilan jahannam orasiga yetti xandaq qo‘yadi va bu xandaqlararo masofa Yer bilan Osmon orasidagi masofaga teng keladi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:10:32

Ibn Umardan rivoyat qilinadi:

Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilarki:
—   Allohning qavmlarga atalgan bir talay ne’matlari bor. Qavmlar bir-birlarining ehtiyojlarini ta’min etgan va bir-birlarining dardlarini aritgan va aritayotgan vaqtlarida bu ne’matlarni ularga berishda davom etadi. Bir-birlarini sevmay, bir-birlarini chalib yiqitishga o‘ta boshlagan vaqtlarida ularga berayotgan ne’matlarini to‘xtatib, boshqa ahil qavmlarga beradi.

Abu Hurayradan — Alloh undan rozi bo‘lsin - rivoyat qilinadi:

Alloh Rasuli (s.a.v.)so‘radilar:
—   Bilasizlarmi, arslon o‘kirgan paytda nima deydi? Dedilar:
—   Alloh va Rasuli eng to‘g‘risini biladi!.. Aytdilar:
—   Allohim, yaxshilik qilayotganlarning boshiga meni balo qilma, - deydi.

Hz. Alidan - Allohundan rozi bo‘lsin - naql qilinadi:

—   Orangizda kimda-kim hojattalab bo‘lsa, payshanba kuni sahardan tilagi bajo bo‘lishini tilay boshlasin. Uyidan chiqarkan «Oli Imron» surasining so‘nggi oyatini, «Oyat al-Kursiy»ni, «Qadr» va «Fotiha» suralarini o‘qisin. Chunki, haqiqatan ham dunyo va oxirat hojatlari shulardadir.
Abdulloh ibn Hasan (Payg‘ambarimiz s.a.v.ga evara, Hz. Ali va Hz.Fotimaga nevara bo‘lgan bir zotki, Hz. Hasanning o‘g‘lidir. Xalifa Umar ibn Abdulaziz hukmronlik qilgan h. 99-101 yillarda hali omonlikda edi)— Alloh undan rozi bo‘lsin - hikoya qiladi:

—   Bir hojat yuzasidan xalifa Umar ibn Abdulaziz huzuriga borgandim. Menga dediki:
—   Bir ehtiyojing bo‘lgan vaqtda menga bir odam yubor yoki bir xat yoz. Chunki seni ostonamda ko‘rsam, Allohdan xijolat bo‘laman.

Hz. Ali — Allohundan rozi bo‘lsin - deydiki:
—   Kim bir qalbga bir sevinch bersa, Alloh bu sevinchdan bir lutf yaratadi. Vaqti kelib bu insonning boshiga bir musibat tushsa, mana shu lutf bir suv kabi ul kimsaning qalbiga oqib kiradi va u yerdan qayg‘uni haydab chiqaradi.

—   Kimningki hojati chiqmasa, sababini o‘zi qachondir birovning hojatini chiqarmaganidan qidirgani to‘g‘riroq bo‘ladi.

— Hojat uchun hadeb musulmon do‘stingning yoniga chopa-verma. Zero, buzoq onasini emishda haddidan oshsa, sigir uni suzadi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:10:59

Shoirning mana bu so‘zlari qanday go‘zal:

Jonkuyarlik odatingni hech kimsadan ayama,
Kunlar o‘tib ketdi endi bo‘ldi endi, bas, dema.
 Imkon qadar yaxshilik qil, yaxshilikning yo‘li keng,
Birov uchun bo‘lgin yoqa, birov uchun, mayli, yeng.
Allohning ham senga fazli bo‘lar, yurgil unutmay.
Alloh fazli insonlarga seni muhtoj etmagay.
Kuching yetsa hojat chiqar, dindoshingga mador bo‘l,
Dardini ol, gamdan qutqar, g‘am yo‘liga devor bo‘l.
Kenglik-zo‘rlik paytlaringla yaxshilik qil, ey shunqor!
Sening ham bir kuning kelar bir hojatga intizor.


Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilarki:

Mujdalar bo‘lsin qo‘lidan ezgulik kelgan kishiga!..
 La’natlar bo‘lsin qo‘lidan yovuzlik kelgan kishiga!..



Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:11:35

                                                     TAHORATNING FAZILATI

Payg‘ambarimiz - Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — buyurdilarki:

—   Kim yaxshilab tahorat olsa, ikki rak’at namoz o‘qib, bu asnoda qalbi dunyoviy hech bir narsa bilan mashg‘ul bo‘lmasa, onadan yangi tug‘ilganday gunohlaridan forig‘ bo‘ladi.

—   Sizlarga Aploh nimalar qilsangiz gunohlaringizni afv etishini va martabangizni kjsaltirishini bildiraymi? Jirkanch ishlardan so‘ng chiroyli bir tahorat olish, oyoqlarning jomega qarab odimlashi va namozdan keyin namozni kutish (ya’ni navbatdagi namozni qachon o‘qiyman, deb o‘ylab yurish). Mana, najot shudir (Rasululloh (s.a.v.) bu so‘nggi jumlani uch marta takrorladilar).

—   Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yuvilishi lozim bo‘lgan a’zolarini bir marta yuvib tahorat oldi va: «Bu tahoratdir. Alloh namozni faqat shu bilan qabul qiladi!» - deb buyurdi. Keyin o‘sha a’zolarini ikkinchi marta yuvib tahorat oldi va: «Kim a’zolarini ikki marta yuvib, tahorat olsa, Alloh unga ajrini ikki karra beradi!» - dedi. Undan so‘ng a’zolarini uchinchi marta yuvib tahorat oldi va: «Bu — mening, mendan oldingi payg‘ambarlarning va Allohning do‘sti Ibrohim alayhissalomning tahoratidir!» - dedi.
—   Kimki tahorat olayotganda Allohni zikr etsa, Alloh uning butun vujudini poklaydi. Kimki Allohni zikr etmasa, uning faqatgina suv tekkan a’zolarini poklaydi.

—   Kim tahorat ustiga tahorat olsa, Alloh buning uchun unga o‘n savob yozadi.
—   Tahorat ustiga tahorat — nur ustiga nurdir.

Bu hadislarning bari tahoratni yangilashga tashvikdan iborat.

—   Musulmon tahorat olib, og‘ziga suv bergan chog‘ida butun gunohlari og‘zidan to‘kiladi. Burniga suv bergan chog‘ida burnidan gunohlar to‘kiladi. Yuzini yuvgan chog‘ida yuzidan gunohlar to‘kiladi. Bu gunohlar qaboqlarining yonidan sizib chiqadi. Qo‘llarini yuvgan chog‘ida gunohlar to‘kiladi, bu gunohlar tirnokdarining tagidan chiqadi. Boshiga mash tortgan chog‘ida boshidan gunohlar to‘kiladi, bu gunohlar quloq taglaridan chiqadi. Oyoqlarini yuvgan chog‘ida oyoqlaridagi gunohlar to‘kiladi, bu gunohlar oyoq tirnoqlari tagidan chiqadi. Shundan keyin jome’ga ketishi va namozi foydaliroq bo‘ladi.

—   Kim yaxshilab tahorat olib, so‘ngra boshi bilan ko‘kka yuzlangancha: «Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga guvohlik (shahodat) beraman, Alloh tokdir, sherigi yo‘qdir. Va yana guvohlik berib aytamanki, Muhammad uning bandasi va Elchisidir (Rasulidir)», desa, unga jannatning sakkiz eshigi ochiladi. Istaganidan kiraveradi.

Hz. Umar — Alloh undan rozi bo‘lsin - deydiki:

—   Toza va pok tahorat sendan shaytonni uzoqlashtiradi.

Mujohid esa shunday deydi:
—   Kimning tahorat olib, Allohni zikr etib va tavba-istig‘for qilib yotishga kuchi yetsa, shunday qilsin. Chunki ruh qaerdan olib ketilsa, o‘sha yerda tiriltiriladi.

Hikoya qiladilarki:
—   Hz. Umar — Allohundan rozi bo‘lsin — Ka’baning ustini yoptirish uchun Payg‘ambar(s.a.v.)ning sahobasidan birini Misrga jo‘natgan edi. Bu sahoba yo‘lchilik asnosida bir ravvin (yahudiy ruhoniysi)ning yaqinida bir joyga qo‘ngan edi. Hz. Umarning elchisi (ya’ni sahoba), uning yaqinida qo‘nganidan ko‘nglida mamnuniyat his qildi. Zero ravvinni ko‘rib ilmining darajasini anglabetgisi keldi. Ravvinning uyiga bordi. Eshigini taqillatdi. Lekin ancha vaqtgacha unga eshik ochilmadi. Uzun muddatdan so‘ng eshikni ochdilar, ichkari kirdi. Birinchi gapi uzoq muddat kuttirishganidan shikoyat qilish bo‘ldi. Ravvin unga dediki:

-   Sen biznikiga kelish uchun bu tarafga qarab burilgan chog‘ingda biz seni hukmdor haybatida ko‘rdik. Senga bir muddat eshikni ochmadik. Shuning uchunki, Alloh Hz. Musoga shunday deb buyurgandi:

-   Bir hukmdordan qo‘rqqan chog‘ingda tahorat ol. Oila a’zolaringga ham tahorat olishni buyur!..
Xullas, tahorat olgan odam qo‘rqayotgan kishisiga nisbatan Alloh kafolati ostida bo‘ladi. Biz senga bir muddat eshikni ochmadik. Bu asnoda men va butun uydagilar tahorat oldik. Namoz o‘qidik. Sendan qo‘rqqanimizdan Allohning kafolati ostiga kirdik. Keyin senga eshikni ochdik!..

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:12:32

NAMOZNING FAZILATI

Namoz, ibodatlarning eng fazilatlisi bo‘lganidan — Allohning kitobiga ergashib (Allohning kitobi - Qur’onda bir necha surada namoz haqida oyatlar bor. G’azzoliy shunga rioya qilayotganini ta’kidlab, kitobxondan mavzuga yana qaytgani uchun uzrini qabul qilishni so‘ramoqda)— unga ko‘maklashish maqsadi bilan bu yerda takroran bu bahsni tilga oddik.(Bu mavzu ilgari qanday hal qilinganini eslab olish uchun, birinchi qismdagi «Namozni tavozu va xushu bilan ado etish» sarlavhali bobga bir ko‘z yugurtirib oling) Ammo bu gal birinchi kitobda aytilmagan jihatlar zikr etiladi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bildirdilarki:
-   Kishiga o‘zi tomonidan aytilgan azondan so‘ng ikki rak’at namoz o‘qishdan ham yaxshiroq narsa berilmadi.

Muhammad ibn Sirin shunday deydi:
-   Agar ikki rak’at namoz bilan jannatdan birini tanlash ixtiyori menda bo‘lsaydi, men shak-shubhasiz ikki rak’at namozni jannatdan ustun qo‘yardim. Chunki ikki rak’at namozda Allohning rizosi bor. Jannatda esa mening xushnudligim bordir.

Naql qiladilarki:

-   Alloh yetti qavat osmonni yaratgan chog‘ida ularni farishtalar bilan to‘ldirdi. Ular hech orqaga surmay Allohga ibodat qiladilar, namoz o‘qiydilar. Alloh har bir osmon ahli uchun bir ibodat turini tayinladi!.. Bir osmon ahli sur puflangunga qadar qiyomda turadi. Bir osmon ahli rukuda, bir osmon ahli sajdada, bir osmon ahli Allohning mahobati va qudratidan titraydi, katta-katta farishtalar va Arsh ahli Arshning atrofini tavof qilib, Rabbilarini madh va tasbih qiladi va Yer ahli uchun istig‘forda bo‘ladi. Alloh mo‘minlarga karomat tarzida bu asoslarning hammasini namozda jamlagandir va mo‘minlar osmon ahlining ibodatidan o‘zlari uchun quvonch-lazzat oladilar. Undan tashqari Alloh mo‘minlarga Qur’onni ham bergan, uni namozda o‘qiydilar. Atloh o‘z bandalaridan, bergan ne’matlari uchun shukur qilishni talab etadi. Namozni butun shartlari va rukulari bilan to‘la-to‘kis ado etishlari ularning shukridir. Alloh j.j. buyurdi:

-   (Haq ekanligiga) hech qanday shak-shubha bo‘lmagan ushbu Kitob g‘oyibga ishonadigan, namozni to‘kis ado etadigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qiladigan taqvoli kishilar uchun rahbar-yo‘lboshchidir. (Baqara surasi, 2-3-oyat)

-   Namozni to‘kis ado qiling, zakotni bering va ruku qilguvchilar bilan birga ruku qiling. (Al-Isro surasi, 78-oyat)

-   ... namozni to‘kis ado qiling. (Niso surasi. 162-oyat)

-   Lekin ularning orasidan ilmda mustahkam bo‘lgan zotlar hamda sizga nozil qilingan narsaga va sizdan ilgari nozil qilingan nimarsalarga iymon keltiradigan mo‘minlar, xususan, namozni to‘kis ado etuvchilar, zakotni beruvchilar, Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchilar — ana o‘shalarga ulug‘ mukofot ato etajakmiz. (Mo’uvn surasi, 4-5-oyatlar)

Qur’onda qaerdaki namoz zikr qilingan bo‘lsa, o‘sha yerda shak-shubhasiz uning «ado etilishi» ham zikr qilinganini ko‘rasiz. Munofiqlardan so‘z ochilganda Alloh aytdiki:

-   Bas, namozlarini «unutib» qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan «namozxon»larga halokat bo‘lgay. (A’rof surasi, 31-oyat)

Alloh munofiqlarni faqat «namozxon» deydi, mo‘minlarni esa, «namozlarini to‘kis ado etuvchilar», «namozlarida bo‘yin eguvchi kishilar» deydi. Bunga sabab-namoz o‘quvchilar — ko‘pchilik, ammo namozi qabul bo‘luvchilar ozchilik bo‘lganidir. G’aflat ahllari xalq orasida ikkiyuzlamachilik qilib o‘zlariga e’tibor qaratish uchun ibodat qiladilar; yaxshi amallari ham shu maqsadda bo‘ladi. Ado etilgan ibodat yoki yaxshi ish Allohga atalgandagina qabul bo‘lishini, shunda ham qabul bo‘lish-bo‘lmasligi gumonligini bilmaydilar, bu haqda o‘ylamaydilar ham.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:12:55

Rivoyat qilingan bir hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday bildiradi:

—   Orangizda ba’zi birlaringiz namoz o‘qiysiz-u, ammo bu namozlarning faqatgina uchdan biri, yoki to‘rtdan biri va yo beshdan biri yoxud oltidan biri... hatto balki o‘ndan biri amal daftariga yoziladi.

Yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bildirdilarki:
—   Kim, qalban Allohga yuzlanib ikki rak’at namoz o‘qisa, onadan yangi tug‘ilganday gunohlaridan forig‘ bo‘ladi.

Kishi tomonidan o‘qilgan namozning qiymati uning Allohga yuzlanishi darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Agar u namoz o‘qiyotganda bor vujudi bilan tamoman Allohga yuzlanmasa, ko‘ngli vasvasalar bilan mashg‘ul bo‘lsa, ushbu misoldagi odamning holiga tushadi: bu odam gunoh qilib qo‘ygan va uzr so‘rashga hukmdorning ostonasiga bosh urib borgan edi. Eshikda to‘xtadi. Hukmdor uni qarshilab olgani chiqdi. Lekin u bu onda goh o‘ngiga, goh so‘liga alanglab, u yon-bu yon borib-kelar edi. Hukmdorga keragicha hurmat bajo etmadi. Hukmdor ham uning uzrini bee’tibor qoldirdi. Hojatini chiqarmadi. Faqatgina, uning salomiga yarasha alik olib, o‘ziga ko‘rsatgan hurmati darajasida muomala qildi.

Mana, namoz ham shundaydir. Kishi namoz o‘qiyotib, bema’ni o‘ylar bilan band bo‘lsa, takallufsizlik qilsa, namozi qabul bo‘lmaydi.

Namoz hukmdor o‘tkazayotgan to‘y-hashamga o‘xshaydi. Hukmdor to‘yga keluvchi mehmonlar uchun rango-rang va turli-tuman taomlar va ichimliklar hozirlaydi. Har tusdagi turli taom va ichimlikning o‘zgacha bir toti, o‘zgacha bir lazzati va o‘zgacha bir foydali tomoni bor. Bu ne’matlarni hozirlagan hukmdor taballarini (o‘ziga tobe’ kishilarni) u yerga taklif qiladi.

Mana, namoz ham shundaydir. Alloh bandalarini taklif qiladi. Ular uchun namozda xilma-xil xatti-harakatlar, turli-tuman zikrlar hozirlaydi. Bandalarning bu xilma-xil xatti-harakatlari va turli-tuman zikrlar bilan ibodat qilishlari Allohning ularni shu ibodat bilan zavqlantirishi uchundir. Masalan, ibodat chog‘idagi xatti-harakatlar yuqoridagi dasturxon misolida, taomlar o‘rnidadir. Zikrlar esa ichimliklar singaridir. Deydilarki:

— Namozda o‘n ikki ming xislat bor. Lekin bu o‘n ikki ming xislat, keyinchalik o‘n ikki xislatda jam bo‘lgandir.

Kim namoz o‘qishni niyat qilsa, namozi mukammal va to‘kis bo‘lishi uchun bu o‘n ikki xislatga erishishni bo‘yniga olishi kerak. Bulardan oltitasi namozni boshlamasdan oldindir. Boshqa oltitasi esa namoz jarayonidadir. Bu o‘n ikki xislatdan:

Birinchisi: Bilimdir. Chunki Payg‘ambarimiz (s.a.v.):
-   Bilib qilingan oz amal bilmay qilingan ko‘p amaldan yaxshiroqdir! — deb buyurganlar.

Ikkinchisi: Tahoratdir. Chunki payg‘ambarimiz:
-   Namoz faqat tahorat bilandir! — deb buyurganlar.

Qayd etilgan