JANNAT VA JANNAT AHLINING DARAJALARI
Bu dunyo olami otashday kuydiruvchi g‘am-qayg‘ular bilan to‘la ekanligini bilding. Endi bilki, bunga muqobil boshqa olam ham bor. U olamning ne’matlari va ato etadigan sevinchlari to‘g‘risida fikr qil. Shubhasiz, bu ikki olamning biridan uzoq bo‘lgan kishi boshqasida bo‘ladi. Jahannam dahshatlarini uzoq-uzoq o‘ylayver, qalbingni QO’RQUV egallasin. Jannat ahliga va’da etilgan abadiy ne’matlarni ham uzoq-uzoq o‘ylaginki, toki ko‘ngildan UMID joy olsin. Nafsingni qo‘rquv qamchisi bilan savalab va umid tizgini bilan shoshiltirib, SIROTI MUSTAQIMGA olib bor. Mana shu yo‘l bilai buyuk saltanatdan joy topa-san, achchiq azoblardan omon qolasan. Jannat ahlini o‘yla! Axir, sening yuzingda ham jannat bog‘ining go‘zalligi bor. Ularga muhrli, xolis (daxlsiz) bir suvdan ichiriladi. Ichida yashil yuksak to‘shaklari bo‘lgan, oq inju chodirlarda, yoqut minbarlarda, suvlari asalday daryolarning qirg‘og‘idagi taxtlarda o‘tiradilar. Atroflari g‘ilmonlar bilan o‘ralgan, shahlo ko‘zli go‘zal hurlar bilan bezatilgan. Ular xuddi qandaydir yoqutgami, marjongami o‘xshaydilar. Bu hurlarga shu kungacha na bir inson, na bir jin tegingan. Jannat bog‘larida kezadilar. Ularning qaysi biri bo‘lmasin, bu bog‘larda yurganda sal o‘zini baland tutsa, kibrlansa, yetmish ming g‘ilmonning ipakday mayin ta’nali boqishlari unga qada-ladi. Hurlarning boshlarida inju va marjonlar bilan naqshlangan tojlar bo‘ladi. Ularning har biri muattar bir gunchadir. Ular uchun qarish ham yo‘q, kuchdan qolish ham. Jan-nat bog‘larining o‘rtalarida yoqutdan qilingan ko‘shklarda ko‘z qorachig‘iday asraladilar. Tirnoq ham tegmagan bo‘ladi ularga. Lochin ko‘zlidirlar (ya’ni jasurdirlar). Mangu poklikka mazhar etilgan g‘ilmonlar, qurimas buloqdan suv to‘ldirilgan ko‘zalar, ko‘vachalar bilan bordoqlar, qadahlar ko‘targancha xizmat qilib, ularning atrofida aylanadilar. Buloqning suvi shaffof, ichganlarga lazzat baxsh etadi. Jannat ahli dunyoda ado etgan yaxshi amallariga mukofot sifatida asralgan inju namunalari kabi xizmatchilar va g‘ilmonlarga ega bo‘ladilar. Jannatliklar bexavf-bexatar bir xil martabada jannat bog‘larida bulog‘u daryo bo‘ylarida, Haq majlisida va qudrat sohibi, mulki benihoya oliy bo‘lgan Allohning yonidadirlar. U yerda izzat-ikromi hadsiz bo‘lgan Allohning jamoliga boqadilar. O’zlarining yuzla rida ham jannatning go‘zalliklari porlaydi. Na torlik ko‘radilar, na xorlik. Ko‘rganlari faqat izzat-ikrom, cho‘mganlari hurmat-ehtirom bo‘ladi. Qadam sayin Rabbilarining armug‘onlari hayratga soladi. Jonlari neki tusasa, aytmaslaridanoq muhayyo bo‘ladi. Qo‘rquv ko‘rmaydilar, hazinlik ko‘rmaydilar. O’rtada o‘lim andishasi ham yo‘q. Jannat taomlaridan totib, daryolaridan sut. bol, ta’mi va rangi o‘zgarmaydigan suv... ichadilar. Jannatning yeri kumushdan, toshlari marjondan, tuprog‘i mushkdan va o‘simliklari za’faron (shafran)dir. Bulutdan yomg‘ir yog‘adi, bu yomg‘irning suviga chechak suvi aralashgan. Inju, yoqut va marjon bilan naqshlangan qumush ko‘zalar ko‘tarib keladilar. Birida Salsabil (jannat bulog‘ining nomi)dan olingan tiniq suv, ikkinchisida boshqa bir buloqning suvi, ko‘zalar esa shu qadar shaffof moddadanki, ichidagi suv ko‘rinib turadi. Faqat shunday suv idish ishlab chiqarish uchun bir xizmatchi tayinlanganki, yuzining porloqligi quyosh singaridir. Undan tashqari, quyoshda bo‘lmagan halovat va go‘zallik unda bor. Ana endi o‘zingiz o‘ylang, shunday sifatlarga ega bo‘lgan bir olamga iymon keltirib, u olamning o‘limsizligini, u yerdagilarning armonsizligini, ularning hayoti shu tarzda g‘amsiz-tashvishsiz abadiyai davom etishini bila turib, bu o‘tkinchi dunyo olamida nechun Atlohga karshi isyon etsin?! Bunday bir kemtik hayotga nechuk osilsin?! Alloh haqqi uchun, yuqorida bir talay sifatlarini tavsiflaganimiz u olam-da hech bir narsa bo‘lmasa-yu, faqatgina tanisoglik, xotirjamlik, mangu tiriklik bo‘lsa va ochlik, tashnalik va boshqa ehtiyojlar qo‘rquvi bo‘lmasa, shuning o‘zi ham bu o‘tkinchi dunyoda Allohning amrlarini to‘la ado etmoq uchun yetarlidir. Holbuki, bu yerda qanchadan-qancha afzalliklar sanalmadi. Jannat ahlining hech narsadan g‘am-tashvishi yo‘qligi, turli-tuman quvonchlarga ko‘milishi, joni istagan narsaga noil bo‘lishi, har kim o‘zini sultonday, hukmronday his qilishi, har kun Arsh etagida bo‘la olishlari, Allohning jamolini tomosha qilishlari, bu bilan jannat ne’matlarida bo‘lmaydigan zavqlarning eng kattasiga muyassar bo‘lishlari, jannat ne’matlarining davomliligi, bir kunmas-bir kun bulardan mahrum bo‘lish xavfi yo‘qligi, ya’ni yuraklarda hech qanday xavotir va qo‘rquvning bo‘lmasligi bir yoqqa qo‘yildi.