Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342355 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 41 42 43 44 45 46 47 48 49 B


Robiya  14 Mart 2009, 15:35:56

—   Shunday qilib, so‘zning eng xayrlisi Alloh kitobi Qur’ondir. Hidoyatning eng xayrlisi — Muhammad alayhissalomning hidoyatidir. Ishlarning eng gunohlisi — keyin ijod qilingan narsalar - bid’atdir. Har bid’at chalg‘ishdan boshqa narsa emas. Men sizlarning qorinlaringiz,
shahvatingiz va havoyi nafslaringiz so‘zidan chiqmay, yo‘lingizni yo‘qotib qo‘yishingizdan qo‘rqaman. Bid’atlardan saqlaning. Shubhasiz, har bid’at dindan adashishdir.

—   Alloh har bid’atchiga tavba eshigini yopadi. Bid’atchilikni tashlamaguncha, bu eshikni ochmaydi.

—   Alloh bid’atchining ro‘zasini, hajini, umrasini, jihodini, tavbasini qabul qilmaydi. U islomiyatdan osongina chiqadi. Men sizlarni tunda kunduzgiday yorug‘ bo‘lgan oyning o‘n to‘rtiday qoldirdim. Bu yo‘ldan faqat halokatga uchraydiganlar burilib ketadi. Umrda har nafsning himmat va g‘ayrati bor. Har himmat va g‘ayratning bir zaiflik payti bor. Kimningki himmati va g‘ayrati mening sunnatimga qaratilgan bo‘lsa, u hidoyatga yetishadi. Kimningki himmati va g‘ayrati mening sunnatimdan boshqa narsalarga qaratilgan bo‘lsa, u halok bo‘lajak. Men ummatim uchun uch narsadan qo‘rqaman:
1.   Olimning haq yo‘ldan burilib ketishidan,
2.   Havoyi nafsga berilishidan,
3.   Noodil hukm chiqarishidan.

Bu hadisni Termiziy rivoyat qilganlar.


Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:36:39

O’YIN - ERMAK QUROLLARI

Buxoriy qayd etadi:
—   Kimki do‘stiga: «Kel, birga qimor o‘ynaymiz?» degan bo‘lsa, sadaqa bersin va tavba qilsin.

Muslim, Abu Dovud va ibn Moja qayd etadilar:
—   Kimki oshiq o‘ynasa, bamisoli qo‘lini cho‘chqa go‘shtiga artganday bo‘ladi.

Imom Ahmad va boshqalar qayd etadilar:
—   Qimor o‘ynab o‘tirib, keyin turib namoz o‘qigan kishi yiring bilan cho‘chqa qoni aralashtirilgan suyuqlikdan tahorat olib namoz o‘qigan kishiga o‘xshaydi.

Bayhaqiy qayd etadi:
—   Alloh Rasuli (s.a.v.) oshiq o‘ynayotgan bir guruh kishilarga duch keldilar. Va shunday xitobotda bo‘ldilar:
—   O’yinchi qalblar, siltanib ishlayotgan qo‘llar, botil so‘zlar!..

Daylamiy rivoyat qiladi:

— Qimor, oshiq, nard va bularga o‘xshash o‘yinlar o‘ynayotgan kimsalarga duch kelib qolgan paytingizda ularga salom bermang. Agar sizga salom bersalar alik olmang.

Uch narsa qimor hisoblanadi:

1   — Qimor,
2   — Oshiq o‘ynash,
3   — Hammomda hushtak chalish.


Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:37:26

RAJAB OYINING FAZILATLARI

«Rajab» kalimasi, asli «Tarjib» so‘zidan kelib chiqqan. Tarjib esa, ta’zim ma’nosida keladi. Rajab oyini «asob» ham deyishadi. Chunki bu oyda tavba qilganlarning ustiga Allohning rahmati yog‘iladi. Yaxshi amallar bilan mashg‘ul bo‘lganlar qabul nurlari toshqiniga ko‘miladilar. Bu oyning yana bir uchinchi ismi «ASOM-KAR»dir. Chunki bu oyda urushish-o‘ldirish (qattollik) tuyg‘ulari sezilmaydi, so‘nib turadi. Deydilarki:

— Rajab jannatdagi bir daryoning nomi bo‘lib, u daryoning suvi sutdan oq, boldan shirin, qordan sovuqdir. Undan faqat Rajab oyida ro‘za tutib, yomon fe’l va tuyg‘ulardan poklanganlar icha oladilar.

Payg‘ambarimiz — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — buyuradilar:
—   Rajab — Allohning oyidir, Sha’bon — mening oyim, Ramazon esa ummatimning oyidir.

Ishorat ahli deydiki:

-   Rajab uch harfdan iborat kalimadir (arabchada):
1   - Re,
2   - Jim,
3   - Be.

Re - Allohning rahmati, Jim — bandaning jurmi (gunohi, jinoyati) va Be — Allohning Birri (ehsoni, yaxshiligi)dir. Bamisoli Alloh shunday deb buyurayotganday:
— Bandamning gunohini rahmatim bilan yaxshiligim orasiga olaman!

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:38:00

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilar:

—   Kim Rajabning yigirma yettinchi kuni ro‘za tutsa, unga oltmish oylik ro‘za savobi yoziladi.

Rajabning yigirma yettinchi kuni Jabroil alayhissalom Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga Risolat bilan (ya’ni katta kitob - Qur’on bilan kelgan Payg‘ambarlik xabari) birinchi marta kelgan kundir. Yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning Me’roji ham aynan shu kuni sodir bo‘lgandir.

—   Xabaringiz bo‘lsin, Rajab — Allohning ASOM OYIdir. Kim bunga inongan va aqlan anglagan holda Rajabda bir kun ro‘za tutsa, Allohning katta quvonchiga sazovor bo‘ladi (quvonchi unga vojibdir).

Anas - Alloh undan rozi bo‘lsin - rivoyat qiladi: Rasululloh marhamat qildilar:
—   Kim harom oylarda (Zulqa’da, Zulhijja, Muharram, Rajabda) uch kun ro‘za tutsa, uning uchun to‘qqiz yuz yillik ro‘za savobi bor.
—   Shu hadisni Rasululloh (s.a.v.)dan eshitmagan bo‘lsam, quloqlarim kar bo‘lsin! — deydi Anas.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:38:57

YoQIMLI SO’Z: Harom oylar to‘rtta (Zulqa’da, Zulhijja, Muharram, Rajab). Malaklarning eng kattalari va eng yaxshilari to‘rtta (Jabroil, Azroil, Mikoil, Isrofil — ustlariga salom yog‘ilsin). Tahorat a’zolari (yuvish farz bo‘lgan a’zolar) to‘rtta. Allohni tasbih va takdis etuvchi eng fazilatli so‘zlar to‘rtta («Subhanalloh», «Alhamdulilloh», «La ilaha illalloh», «Allohu Akbar»). Hisob ilmining asosiy birliklari to‘rtta (birlar, o‘nlar, yuzlar, minglar). Zamon birliklari to‘rtta (soat, kun, oy, yil). Yil mavsumlari to‘rtta (bahor, yoz, kuz, qish). Tabiatdagi holatlar to‘rtta (issiqlik, sovuqlik, quruqlik, namlik). Xulafoi Roshidin to‘rtta (Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali — Alloh ulardan rozi bo‘lsin).

Daylamiy naql qilib Hz. Oyshadan rivoyat qiladi:

Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilarki:
— Alloh to‘rt kechada xayrini to‘kib - sochadi. Bular: Qurbon hayiti kechasi, Ramazon bayrami (Katta Hayit) kechasi, Sha’bonning o‘n beshinchi kechasi va Rajabning birinchi kechasi.

Yana Daylamiy qayd etadi va Abu Umomadan naql qiladi:

Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilar:

—   Besh kecha bor, Alloh bu kechalarda aytilgan duolarni rad etmaydi. Bular: Rajabning birinchi kechasi, Sha’bonning o‘n beshinchi kechasi, Juma kechasi va ikki hayit kechalaridir.


Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:40:03


MUBORAK ShA’BONNING FAZILATI

«Sha’bon» — odamni «hayratdan telba qiladigan» ma’nosida bo‘lib, buning sababi bu oyda ko‘p xayrlar amalga oshadi. Abu Umoma Boxiliy aytadi:

Alloh Rasuli (s.a.v.) shunday buyurardilar:
—   Sha’bon kirganda nafslaringizni poklang. Niyatlaringizni go‘zallashtiring.

Hz. Oysha rivoyat qiladi:
-   Rasululloh (s.a.v.) shunchalik ko‘p ro‘za tutardilarki, biz har doim ro‘za bo‘lsalar kerak, deb o‘ylardik. Ro‘za tutmagan paytlarida esa, endi sira ham ro‘za tutmasalar kerak, degan xayolga borardik. Bunday tanaffusli ro‘za tutishlarning aksariyati Sha’bonda bo‘lardi.

Nasoiy qayd etadi va Usomadan — Alloh undan rozi bo‘lsin - rivoyat qiladi:

Rasululloh (s.a.v.)ga dedimki:

—   Ey Allohning Rasuli, hech bir oyda Sha’bondagiday ko‘p ro‘za tutganingizni ko‘rmadim!

Rasul (s.a.v.) javob berdilar:

—   Bu shunday bir oyki, odamlar Rajab bilan Ramazon oylari orasida undan g‘ofil qoladilar, Holbuki, bu oyda yaxshi amallaringiz olamlarning Rabbi bo‘lgan Allohga yuksaladi. Men ham amallarimning ro‘zali holda Allohga yuksalishini istayman.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:40:32

Buxoriy va Muslim qayd etadilar va Hz. Oyshadan rivoyat qiladilar:

— Men, Alloh Rasuli (s.a.v.)ning Ramazon oyidan boshqa oylarda to‘liq ro‘za tutganlarini ko‘rmadim. Sha’bondan boshqa oylarda ham to‘liq ro‘za tutganlarini ko‘rmaganman.

Boshqa bir rivoyatga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) Sha’bon oyining hammasini ro‘zali o‘tkazardilar. Muslimning boshqa bir rivoyatiga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) Sha’bonning juda oz qismini ro‘zasiz o‘tkazardilar.
Bu rivoyatlar avvalgi hadisni tafsirlagan. Bularning baridan chiqadigan xulosa shuki, Rasululloh Sha’bonning ko‘p kunlarini ro‘zali o‘tkazganlar.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:41:39

RAMAZONNING FAZILATI

Alloh buyurdi:
—   Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi. (Baqara surasi, 183-oyat)

Ramazonning ro‘zasi hijratning ikkinchi yilida farz qilingan.

Ramazonning fazilati haqida bir qancha hadislar biz uchun hujjat bo‘lib qolgan. Shulardan bir nechasini qayd qilaylik.

Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilar:
—   Ramazonning birinchi kechasi kelganda Alloh hamma jannat eshiklarini ochadi. Butun oy davomida bu eshiklarning hech biri yopilmaydi. Alloh bir jarchiga amr etadi, jarchi baqiradi:
—   Hey xayr talab inson, kel! Hey gunoh yo‘lidagi sarson, qayt!

Keyinroq deydiki:

—   Tavba-istig‘for qiluvchilar yo‘qmi? Tilang, mag‘firat qilinasiz! Savob tilagan yo‘qmi? Tilang, tilagingiz vojib bo‘ladi. Tavba qilib, gunoh yo‘lidan qaytayotganlar yo‘qmi? Tavbasi qabul etiladi?

Bu chaqiruv, bu da’vatlar shafaq qizarguncha davom etadi. Alloh hayit kuni kechasi azobga mustahiq (munosib) bo‘lgan ming-minglab kishini jahannamdan ozod qiladi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:42:16

Salmon Forsiy rivoyat qiladi:

Rasululloh (s.a.v.) Sha’bonning so‘nggi kuni bizga xitob qilib dediki:
—   Ey insonlar, sizlarni buyuk bir oy bag‘riga olayotir. Unda ming oydan ham xayrli bo‘lgan qadr kechasi bor. Alloh bu oyda ro‘za tutishni farz qilgan. Tun ibodatini esa nafila (ixtiyoriy) sanagan. Kim bu oyda bir savob ish qilsa, u savobligidan tashqari, bir farzni ado etgan kimsa singari bo‘ladi. Bu — sabr oyidir. Sabrning mukofoti esa jannatdir. Bu — lutf oyidir. Bu oyda mo‘minning rizqi ortadi. Kim bu oyda ro‘zadorlarga bir iftor qilib bersa, bir qulni ozod qilganchalik savob oladi. Gunohlari afv etiladi.
—   Ey Allohning Rasuli, biz har birimiz ro‘zadorlarga iftor qilib beradigan ahvolda emasmiz-ku? — dedik biz.

Marhamat qildilarki:

-   Olloh bu savobni, bir ro‘zadorga bir yutum sut, bir qultum suv yoki bir xurmo bilan iftor qildirganga ham beradi. Kim bir ro‘zadorni to‘ydirsa, bu uning gunohlariga mag‘firat vasilasi bo‘ladi. Rabbi uni mening hovuzimdan (Havzi Kavsar) shunday qondiradiki, bundan keyin u abadiyan chanqamaydi. Bu shunday Oyki, avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firatdir, oxiri jahannam otashidan ozod bo‘lishdir. Kim bu oyda qulining (xizmatchisi, ishchisining ) yukini yengillatsa, Olloh uni jahannamdan ozod qiladi. Siz bu oyda to‘rt narsani ko‘paytiring. Bu to‘rt narsadan ikkisi bilan Rabbingizni shod qilasiz. Qolgan ikki narsadan esa aslo qochib qutula olmaysiz. Rabbingizni quvontirishga vasila bo‘ladigan ikki narsa, "œLo iloha illolloh", ya’ni "œOllohdan boshqa ibodatga loyiq ma’bud yo‘q" jumlasi (bu jumlaning ma’nosiga to‘la tushungan holda unga rioya qilish) va ojizligini e’tirof etib Ollohdan afv tilashingizdir. Siz qochib qutula olmaydigan ikki narsa esa, jannat bilan jahannamdir. Shuning uchun bu oyda Rabbingizdan jannat so‘rang. Jahannamingdan asra, deb Ollohga sig‘ining.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:43:03

-   Kim, inonib va foydasiga aqli yetib ro‘za tutsa, Olloh uning o‘tmishdagi va kelajakdagi gunohlarini afv etadi.
-   (Olloh buyuradi): Odamzotning har amali o‘zi uchundir. Lekin ro‘za mustasno: u — Men uchundir. Buning mukofotini shaxsan Men o‘zim beraman.
-   Mening ummatimga besh xislat berildi, bu avvalgilarga berilmagandi:
1.   Ollohning nazdida ro‘zadorning og‘zidan mushkdan ham yaxshi hid keladi.
2.   Iftorgacha malaklar ro‘zador uchun istig‘for qiladilar.
3.   Bu oyda shaytonlar bog‘lanadi.
4.   Olloh har kuni jannatni bezantiradi va "œSolih bandalarim, qalblaridan yomonlik va javobgarlikni yo‘q qilish uchun shoshilinch harakat qilishyapti!" deb buyuradi.
5.   U, oyning so‘nggi kechasida ularni afv etadi.
Yig‘ilganlar so‘rashdi:

-   Ey Ollohning Rasuli, bu kecha Qadr kechasi emasmi?

Rasul buyurdilar:

- Yo‘q! Lekin har bir yaxshi ish qilgan kishining amali qabul bo‘lganda ajr-mukofoti to‘lanadi.


Qayd etilgan