Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342929 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 49 B


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:20:16

(Abdulloh ibn Mas’ud — Islomga kirganlarning oltinchisidir. Hali Qur’oni Karim shakllanib bitmagan zamonlardayoq suralarni hammadan yaxshi yod bilgani uchun ko‘p hadislar eshitishga musharraf bo‘lgan va eslab qolgandi. Buyuk faqih va mujtahidlardan. Jismonan zaifrok edi, ammo Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Siz Ibn Mas’udning vujudi zaifligiga qaramang. O’lchovda u hammangizdan og‘irdir», - deb buyurganlar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan 840 hadis rivoyat qilgan. Hijriy 32 yilda 60 yoshida vafot etgan.)
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu izohi bilan bizga shaytonning yo‘llari ko‘pligini bayon etgandir.
Ey birodarim, bilib qo‘yki, yurak bir qal’aga o‘xshaydi. Shayton esa bu qal’aga kirib, uni ishg‘ol etib, unga ega bo‘lishni xohlovchi bir dushmandir. Qal’a, faqat darvozalar qo‘riqlanib, buzilgan joylari ta’mirlangandagina Dushmandan muhofaza qilinadi. Dushman kiradigan eshiklarni qanday qo‘riqlashni bilmaganlar dushman qo‘liga tushishga mahkumdir.
Yurakni shaytonning vasvasalaridan muhofaza qilish har bir musulmonning zimmasiga yuklangan vazifadir, har bir musulmon uchun farzi ayndir. Bu majburiyatni bajarmoq uchun nimalarni bilish lozim bo‘lsa, o‘shalarni o‘rganish ham vojibdir. Faqat Shaytonning kirish yo‘llarini bilgan odamgina uning vasvasalarini daf eta oladi. Shaytonning kirish yo‘llari va eshiklari kishining sifatlari va yomon fe’l-atvorlari ustiga quriladi. Bular esa behisobdir. Jumladan, ba’zi birlarini ko‘rib chiqaylik:

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:20:26

G’azab va havoyi nafs

G’azab bir onda aqlni ishdan chiqaradi, ya’ni jahl kelganda aql ketadi va inson to‘g‘ri gapni anglash qobiliyatini yo‘qotadi. Ana shunday paytda shayton o‘z vasvasalari bilan hujumga o‘tadi. Inson achchiqlangan paytda, yosh bola bemalol koptok o‘ynab o‘tirganiday, Shayton uni bemalol o‘yinchoq qilib o‘ynaydi. Bir kuni Shaytondan so‘rashibdi:
— Sen insonlarni qanday mag‘lub etib, yo‘ldan ozdirasan?
Shayton shunday javob beribdi:
— Men inson g‘azablanganda va havoyi nafsga berilganda uning yoqasidan olaman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:20:36

Hasad va hirs

Hasis odam ko‘rdir, kardir. Ichida g‘imyrlayotgan hirs uni ko‘r va kar qiladi. Shayton esa ana shu hirsli kishini vasvasaga solish uchun payt poylaydi. Hirsli kishining nafsi istayotgan narsa harom, taqiqlangan va yomon ish bo‘lishiga qaramay, hammasini unga chiroyli va yoqimli qilib ko‘rsatadi. Shu tariqa hirsli kishining akdidan harom-halol tushunchasi mahv etiladi. Shundan so‘ng u (hirsli kishi) har yoqqa talpina boshlaydi. Hamma narsani qo‘lga kiritmoqchi bo‘laveradi.
Hikoya qiladilar:
— Nuh Alayhissalom Allohning amriga ko‘ra har jonivordan bir juftdan olgandan so‘ng kemasiga chiqadi. Bir mahal qarasa, kemaning bir burchagida u tanimagan bir chol o‘tirgan emish.
So‘raydi:
— Seni bu yerga kim chiqardi? Chol:
— O’zim chiqdim. Sening odamlaringning yuragiga vasvasa solib, qalblarini men bilan, tanlarini esa sen bilan qoldirish uchun!..
Nuh uning shayton ekanligini anglaydi va:
— Daf bo‘l bu yerdan! Allohning dushmani! La’nati! — deydi.
Shunda Shayton shu so‘zlarni aytadi:
— Besh narsa borki, men o‘shalar bilan insonlarni to‘g‘ri yo‘ldan chiqaraman. Bularning faqatgina uchtasini aytay senga! Qolgan ikkitasini aytmayman.
Lekin xuddi shu asno Alloh, Nuh Alayhissalomga vahiy yo‘li bilan ishora qilib derki:
— Sening u uchtaga ehtiyojing yo‘q. Qolgan ikkitasini aytsin!
Bu xabardan so‘ng Nuh Alayhissalom, qolgan ikkitasini aytishingni istayman, deydi: Shayton shunda deydi:
— Qolgan ikkitasi shunday narsalarki, meni hech kim yolg‘onchiga chiqarolmaydi. U ikki narsa shunday xislatga egaki, hech kim meni tashlab ketolmaydi. Shu ikki narsa bilan men mo‘ljalga bexato uraman. Shu ikki narsa bilan men insonlarni halok etaman. Hirs, hasad!.. Hasad tufayli men Allohning la’natiga uchradim, quvg‘in bo‘ldim. Hirs masalasiga kelinsa, Jannatda Odamga bir daraxtdan boshqa har narsa muboh qilingan edi. Men hirsning yordami bilan niyatimga yetdim: Odam hirs tufayli taqiqlangan mevaga qarab bordi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:21:01

To‘qlik va mechkaylik

Olingan oziq-ovqatlar butunlay halol bo‘lsa ham, uzluksiz ovqat yeyaverish me’dani qoraytiradi, unga zarar yetkazadi. Chunki to‘qlik shahvoniy va havoyi istaklarni ku-chaytiradi. Shahvoniy va havoyi istaklar esa shaytonning qurollari jumlasidandir. Shahvoniy va havoyi istaklar tufayli ko‘zi tingan insonni shayton osongina qo‘lga tu-shiradi va Allohning yo‘lidan chiqaradi. Yuqorida Iblis va Yahyo Alayhissalom hikoyasidan bahs etgan edik, yana bir karra o‘sha manzarani xotirlaylik:
Bir kun Yahyo Alayhissalom Iblis bilan uchrashib qoladi. Iblisning qo‘lida uchi changalli bir bog‘lam tayoqlari bor edi. Yahyo Alayhissalom so‘raydi:
— Bular nima?
Iblis:
— Odamlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdiradigan ba’zi shahvoniy va havoyi istaklar.
Yahyo Alayhissalom:
- Menga oidi bormi ularning orasida? Iblis:
- Yo‘q, lekin bir marta ko‘p ovqat yeganding, namoz o‘qib, Allohni zikr qilayotganingda seni bir og‘irlik bosgandi.
Yahyo Alayhissalom:
-   Boshqa biron narsa yo‘qmi? Iblis:
-   Yo‘q.
Yahyo Alayhissalom:
- Alloh nomiga ont ichib aytamanki, bundan keyin hech qachon me’damni to‘ldirib ovqat yemayman.
Iblis:
- Men ham Alloh nomiga ont ichib aytamanki, buni boshqa biron kimsaga aytmayman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:21:11

Uy, jihoz va kiyimga o‘chlik

Kimningki mijozida uy, jihoz va kiyimga o‘chlik bor bo‘lsa, shayton uning bu zaifligidan foydalanadi. Uni uyini ko‘rkamlashtirishga, devorlarini va shiftlarini naqshlashga, xonalarini kengaytirishga chaqiradi. Go‘zal liboslar va ulovlar bilan ko‘zini o‘ynatadi. Natijada bunday ahvolga tushgan odam hoyu-havaslarga beriladi. Hech qachon o‘lmaydiganday harakat qiladi. Shayton uni shu yo‘lga soldimi, vassalom, ortiq hech qachon gu ahvoldan qutulolmaydi. Chunki bu ahvoldagi odamning havaslari hech bitmaydi. Shunday bir payt keladiki, u, shu tariqa shaytonning yo‘lida, hoyu-havas ketida umr o‘tkazarkan, ajal yetib kelganini ham bilmay qoladi. Qarasaki, hech bir ish qilmabdi... Olamdan bunday iymonsiz o‘tishdan qo‘rqmoq lozim. Xudo saqlasin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:21:19

Hovliqmalik

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilarki:
- Hovliqish shaytondandir; bamaylixotirlik (taanni) va mo‘‘tadillik (i’tidol) Rahmondir. Mo‘‘tadillik o‘rniga hovliqmalik boshlanganda, Shayton insonga sekingina bir tarafdan, idrok ham qildirmay, gunohni qabul qildiradi.
Rivoyat qilishlaricha, Hz. Iso tug‘ilgan kuni shaytonlar to‘planishib, Iblisning qoshiga keladilar va shunday deydilar:
— Bu kecha butlar oyog‘i osmondan bo‘lib yiqildi.
Iblis bu xabarni eshitganda: «Shoshiling! Bu yangi bir hodisa!» — deydi va darhol yer yuzini aylanib chiqadi, lekin biron yangilik topolmaydi. Faqatgina Iso Alayhissalom tug‘ilganini va malaklar uni ziyorat qilayotganliklarini ko‘radi. Ortiga qaytadi va shunday deydi:
— O’tgan kecha bir payg‘ambar tug‘ilibdi. Har bir tug‘ilgan boladan mening xabarim bo‘lardi. Faqat bunisidan xabarim bo‘lmadi.
Hz. Iso tug‘ilgan asnoda insonlarni butga sig‘intirishdan umidlarini uzgan shaytonlarga qarab, ulug‘ bobolari Iblis shunday deydi:
— Bundan buyon odamzotni hovliqmalik, yengiltaklik va shoshqaloqlik tomiridan tutaman!

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:21:29

Mol-mulk va pul

Ehtiyojidan ortiqcha har qanday mol-mulk insonning to‘g‘ri yo‘ldan ozishiga va toyib ketishiga olib boradi. Kishining har turli ma’murchilik ichida yashashi uni shaytoniy harakatlarga boshlaydi. Boyligiga kerilgan kishi har taraflama Alloh yo‘lidan chiqadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:21:39

Xasislik va qashshoq do‘lib qolishdan qo‘rqish

Xasis va qashshoq bo‘lib qolishdan qo‘rqib yashovchi kishilar muhtojlarga yordam bermaydi. Mol-mulkini va pulini juda ehtiyot qiladi. Xasis odam ko‘proq mol-mulk ort-tirish uchun hirs bilan o‘zini to‘rt tarafga uradi, butun kun turli yerlarda va ko‘chalarda izg‘ib yuradi. Ko‘chalar esa shaytonlar uya qurgan joylardir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:21:48

Taassub (Cheklanganlik)

Bir tur insonlar bo‘ladiki, ular o‘z mazhabidan xorijda bo‘lgan yoki fikrlash tarzi o‘z fikriga uyqashmaydigan kishilarga yovlik qiladilar. Ularni tuban ko‘radilar. Bunday hol va bunday xatti-harakat jamiyatni kemiruvchi, oxir-oqibatda o‘ddiruvchi juda yomon bir kasallikdir. Ulug‘ shaxslari shunday taassubga duchor bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p jamoalar bir-birlariga kek saqlaydilar va yovlik qiladilar. Iblisning shunday degani rivoyat qilinadi: - Men ummati Muhammadni aldab, bir qancha gunohlar qildirdim. Lekin ular tavba qilib, boshqa bu gunohni qilmaslik yo‘li bilan mening belimni sindirdilar. Men ham bu safar ularni tavba qilmaydigan gunohlar bilan aldadim. Bular botil va fosiq (asossiz va buzuq) e’tiqodlar, taassub va kekdir.
Mal’un to‘g‘ri aytadi. Chindan ham bir qator kishilar botil va fosid ishonchlarga bog‘lanib qolganlar. Ularning aksariyati o‘z mazhabidan bo‘lmagan va boshqacha fikrlovchi kishilarga nisbatan kek saqlab, yovlik qiladilar, ularga haqoratli nazar bilan qaraydilar. Ayni chog‘da bu harakatlari gunoh ekanligini va tavba qilish kerakligini bilmaydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:22:01

Su-i zan (Birovdan gumonsirash, ishonchsizlik)

Musulmonlarga yomon gumonsirashdan, ya’ni su-i zandan qochish vojibdir. Qachon bo‘lmasin, bir odam ikkinchisni su-i zan qili, ayblarini kovlashtirayotganini ko‘rsang, bilki, bu odamning ichi qoradir, yuragi kirdir. Uning bunday o‘tgan-ketganning aybini kovlashtiruvchiligi o‘zidan atrofga yoyilayotgan sassiq hid, ifloslikdan iboratdir.
Shu yergacha kishining to‘g‘ri yo‘ldan chiqishiga sabab bo‘luvchi ba’zi yomon sifatlar va yomon fe’llarni qisqacha izohladik. Bilingki, shaytonning vasvasasi shu yo‘llardan ki-radi. U holda bu yo‘llarni bekitmoq, ya’ni bu yomon sifat va fe’llarni tark etmoq va Allohni zikr qilish bilan shaytonlarga qarshi yordam talab etmoq har musulmon uchun vojibdir.

Qayd etilgan