Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342349 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 49 B


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:13:41

OLLOHGA ITOAT, OLLOHGA VA UNING RASULIGA SEVGI

Alloh buyuradi:
-   Ayting (Ey Muhammad): «Agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag‘firat qiladi. Alloh (gunohlarni) mag‘firat qilguvchi, mehribondir!»
-   Ayting: «Allohga va payg‘ambarga itoat qilingiz!» Agar yuz o‘girsalar, bas, albatta Alloh ham (bunday) dinsizlarni sevmas (Ol-i Imron surasi, 31-32-oyatlar).
Kishining Allohni va uning Payg‘ambarini sevishi ularga itoat etishi, amrlariga ergashishi demakdir. Allohning bandasini sevishi esa, unga noz-ne’matlar ato etishi, siylashi, uni afv etishi demakdir.
Aytadilarki:
- Banda, haqiqiy komillik yolg‘iz Allohga oid ekanligini, o‘z nafsida yoki boshqalarda ko‘rinadigan komillik esa yolg‘iz Allohdan kelishini idrok etayotganda Allohni sevgan bo‘ladi.
Bandasining bu idroki uni Allohga yaqinlashtiruvchi ishlar qilishga yetaklaydi.
Bishr Hofiy - Alloh undan rozi bo‘lsin! - hikoya qiladi:
Bir kun tushimda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ni ko‘rdim. Menga: «Alloh seni qaysi xislatlaring tufayli do‘stlaring orasida balandroqqa qo‘yadi, bilasanmi?» - deb so‘radi. Men «yo‘q» deb javob berganimda, u shularni aytdi:
-   Solih kishilarga xizmat qilishing, musulmon birodarlaringga o‘git berishing, mo‘minlarni va mening sunnatimga ergashganlarni sevganing va mening go‘zal axloqimga ega bo‘lganing tufayli!..

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:13:52

Shuning uchun ham Rasululloh (s.a.v.) bir hadislarida shunday marhamat kiladilar:
- Kim mening axloqimni ihyo etsa (takrorlasa, tiklasa), meni sevganidir. Kim meni sevsa, qiyomat kuni jannatda men bilan birgadir.
Yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan bizgacha yetib kelgan xabarlarda shunday buyurilgan:
 —Insonlarning axloqi buzilganda va mazhab ixtiloflari avjiga chiqqanda, Alloh Rasulining go‘zal axloqini namoyon qilgan odamga yuz shahidning savobi beriladi.
 Bir kun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday bildiradilar:
—Ummatimning hammasi jannatga kiradi, faqat qochoqlar kirmaydi!
So‘radilar:
— Kimdir qochoqlar?
Aytdilar:
— Menga itoat etganlar jannatga kiradi, isyon qilganlar esa qochoqdir. Mening sunnatimga, mening axloqimga mos tushmaydigan har bir harakat gunohdir.
Dedilarki:
— Siz bir odamni ko‘rsangiz, u odam ko‘kda uchsa, yo suv ustida yursa yoxud olov yesa va yo shunga o‘xshash ba’zi narsalar qilsa, lekin Allohning farz qilgan nizomlarini ado etmasa va Payg‘ambarning go‘zal axloqiga ergashmasa, bilingizki, u kimsa yolg‘onchi va nayrangbozdir.
Ba’zi ulug‘larimizning go‘zal so‘zlari: Junayd Bag‘dodiy:
— Allohning lutfi bo‘lmasdan bir kimsa unga yetisholmas. Allohga yetishishning yo‘li uning Rasuli Hz. Muhammad (s.a.v.) ga tobe bo‘lishdir.
Ahmad Havoriy:
—Payg‘ambarning sunnatiga nomuvofiq har bir harakat botildir.
Shuning uchun Rasulullohning bir hadisi ham shundaydir:
— Kim mening go‘zal axloqimga tobe bo‘lmasa, unga shafoatim haromdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:14:03

Fuzayl ibn I’yoz (Fuzayl ibn I’yoz — Mansur ibn Bishrat-Taliniy al-Marvaziy al Makkiyning nevarasidir. - o‘limi 187/802 y. Kunyasi Abu Ali-Xurosonda tug‘ilgan. Makkada vafot etgan. Yoshligida o‘kri bo‘lgan. Tavba qilish tarixi esa mana bunday: Fuzayl bir xotinga oshiq bo‘lib, ularning devoriga tirmashayotganda, ichkaridan qulog‘iga «Mo‘minlarning qalblari Allohning zikriga va Qur’onga moyil bo‘lish payti kelmadimi?» (Hadid surasi, 16-oyat) degan sas eshitiladi. «Keddi u payt, yo Rab!» deya ortiga qaytadi. Tunni bir xarobada o‘tkazadi. Shu chog‘ yon tarafdan bir guruh odamning shunday deb gaplashganlarini eshitadi: - Turinglar, ketamiz! - Yo‘q, yo‘q, bunday soatda Fuzayl yo‘l to‘sadi. Shunda Fuzayl takroran tavba qiladi va ahvolini odamlarga aytadi. Fuzayl tavba qilganlar orasida eng ilg‘ori, karam va ehson oftobi, jo‘mardlik va irfon daryosi, shayxlarning ulug‘laridan edi):
— Agar senga: «Allohni sevasanmi?» — desalar sukut qil. Chunki «Sevmayman!» - desang, iymondan chiqasan. «Sevaman!» - desang, balki keragicha sevganlar kabi sevolmassan! Keragicha sevolmaganing holda «Sevaman!» - deb Allohning g‘azabiga duchor bo‘lishdan saqlan!
Sufyon Savriy (Sufyon Savriy - o‘limi 161/777 y. Dastlabki faqih va zohidlardandir. Nafs tarbiyasiga oid fikrlari og‘izdan-og‘izga ko‘chib yurardi. «Sen nafsingni yaxshi bilsang, u haqda nima deyishsa ham, senga zarar yetmaydi». «Xurosonda bitta azon aytish Makkada ibodatga cho‘kib o‘tirgandan afzalroq):
— Allohga sevgisi bo‘lgan biron kimsani sevgan odam Allohni sevadi. Allohga itoatli kimsani siylagan odam Allohni izzat-ikrom qilayotgan bo‘ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:14:34

Sahl (Sahl - o‘limi 283/896 y. To‘la ismi Sahl ibn Abdulloh Tustariydir.Nafs, kibru havo mavzulari ustida ko‘p ishlagan ilk zohidlardan. Tavakkulva valiyalikka oid ko‘p o‘tkir fikrlari bor. Uning «Tafsirul-Qur’onil-Azim» nomli kitobi bizgacha yetib kelgan. Misr 1908 y.):
 - Alloh sevgisining alomati Qur’on sevgisidir. Kur’on sevgisining alomati Payg‘ambar (s.a.v.) sevgisidir. Payg‘ambar (s.a.v.) sevgisining alomati uning sunnatiga va go‘zal axloqiga tobe bo‘lmoqdir. Sunnatga tobe bo‘lishlikning alomati oxirat hayotini unutmaslikdir. Oxirat hayotini unutmasliqning alomati dunyoga hirs qo‘yishdan, harom va g‘ayrimashru’ daromad yig‘ishdan qochishliqdir.
Abulhasan Zanjoniy (Abulhasan Zanjoniy - X asrning 11 yarmida (373/983 y.) shiiylar siyosiy-diniy bir to‘garak tuzib, otini «Ihvon as-safo» qo‘ydilar. Bu to‘garak a’zolari bir qator «Risola»larini e’lon qildilar. Bu risolalardagi hikoya va fiqralar oldingi asrlar adabiyotidan olingan, shuningdek, yunon, eron va hind hikmatining tarjimalari edi. «Ihvon as-safo»ning faol a’zolaridan biri Abulhasan Zanjoniy edi):
-Ibodatning asosi uch ustunga egadir:
1.Ko‘z.
2.   Qalb.
3.   Til.
Ko‘z koinotdan ibrat olish uchundir.
Kalb tafakkur uchundir.
Til to‘g‘ri so‘z aytish va Allohni zikr etish uchundir.
Shuning uchun Alloh buyuradi:
- Ey. mo‘minlar, Allohni ko‘p zikr qilinglar!
- Ertayu kech u Zotni poklab, tasbeh va tanzih kilinglar!

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:14:48

Mo‘min doimo pok va tahoratli bo‘lishi kerak, har tahorat buzilganda yangitdan tahorat olishi va ikki rakat namoz o‘qishi kerak. Har majlisda imkon darajasida qiblaga qarab o‘tirishga harakat qilishi kerak. Har on Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning huzuridaman deb o‘ylashi kerakki, harakatlarida uning sunnatiga zid holat chiqib qolmasin. Musibatlarga duchor bo‘lganda, chidashi va sabr qilishi lozim. Gunohkorlarga va Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning yo‘lidan chiqqanlarga mag‘firat tilab, duolar qilishi darkor, o‘zi g‘ururlanmasligi va hech qachon kibrlanmasligi lozim. Chunki kibr shaytoniy fe’ldir. Kamtarin bo‘lishi va nafsini har vaqt past qo‘yishi kerak. Alloh yo‘lida bo‘lganlarga ta’zim va ehti-rom ko‘zi ila boqmog‘i lozim. Kim Alloh yo‘lidagilarga ehtirom ko‘zi bilan boqmasa, Alloh ularning suhbatini u kishiga harom qiladi. Kimki ibodatning muhtaramligini bilmasa, Alloh uning qalbidan ibodat zavqini oladi.
Fuzayl ibn I’yozga: «Kishi qachon solih bo‘ladi?» — deb savol berishganda, u shunday javob qaytargandi:
- Qalbida qo‘rquv, tilida to‘g‘rilik, a’zosida yaxshi amal va niyatida nasihat bo‘lganda.
Solihlardan biri bir jamoaga uchraydi. Qarasa, zamonning mashhur tabiblaridan biri hastaliklardan va dorilardan bahs yuritayotgan ekan. Tabibdan so‘raydi:
 - Ey tanlarga shifo beruvchi tabib, qalblarga ham shifo bera olasizmi?
Tabib: Ha, dardingni ayt, davosini aytib beray! Odam:
-   Gunohlardan qalbim qoraydi, qalbni qayg‘u bosdi. Tabib:
- Uning dorisi Allohga ibodat va itoatdir, kecha-kunduz Alloh yo‘lida bo‘lish va gunohlardan tavba qilishdir. Shifo Allohdandir.
Tabibning bu so‘zlarini eshitgan solih odam bir «oh» tortdi va yig‘lab chiqib ketarkan, shunday dedi:
- To‘g‘ri aytdingiz, ey tabib, siz qalbimning dorisini topdingiz...

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:15:00

IBLIS

Alloh buyuradi:
- Ayting: «Alloh va payg‘ambarga itoat qilingiz!» Agar yuz o‘girsalar, bas, albatta Alloh (bunday) dinsizlarni sevmas» (Tahrim surasi, 11-oyat).
Alloh iymonsizlarni sevmas, degani ularni afv etmas, Tavbalarini qabul qilmas, deganidir. Shuning uchun ham qufri va kibrlangani tufayli Iblisni afv etmagan va tavbasini qabul qilmagandi.Holbuki Hz. Odamni afv etib, uning tavbasini qabul qilishni bildirgandi. Chunki Odam - Salom unga - nafsining aybdorligini tan olgan va afsus-nadomatlar qilib, nafsini koyigan edi. Hz. Odamning qilgan gunohi aslida u qadar katta gunoh bo‘lmasa ham -chunki payg‘ambarlar gunohdan poklanganlar - to‘g‘ri ishon-chga ko‘ra, ular payg‘ambarlikdan oldin ham, payg‘ambarlik-dan keyin ham gunoh kdomaydilar — zohiran gunoh qilganlar holatidadirlar. Shuning uchun Hz. Havo va u, birgalikda shunday dedilar:
- Ular (Odam va Havo): «Parvardigoro, bizlar o‘z jonimizga jabr-zulm qildik. Agar bizlarni mag‘firat va rahm qilmasang, shubhasiz, ziyon ko‘rguvchilardan bo‘lib qolurmiz», - dedilar.
Hz. Odam pushaymon bo‘ldi. Qatiyan tavba qilib, Rabbining afvini tiladi. Allohning rahmatidan aslo umid uzmadi. Shuning uchun ham Rabbimiz marhamat qiladi:
- (Ey, Muhammad), mening o‘z jonlariga haddan ziyod zulm qilgan bandalarimga ayting: «Allohning rahmatidan umid uzmanglar! Albatta, Alloh (o‘zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta, uning O’zigina mag‘firatli; mehribondir»".

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:15:14

Holbuki, Iblis o‘z nafsining aybdorligini tan olmadi, qilgan ishiga afsuslanmadi va nafsiga tanbeh bermadi. Tezda tavba qilib, Allohning afvini so‘rash yo‘liga yurmadi. Aksincha, Allohning rahmatidan umidini uzdi, kibrlandi.
Kimki Iblisday harakat qilsa, tavbasi qabul qilinmaydi. Kimki Hz.Odamday harakat qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi. Chunki nafsning shahvoniy hoyu-havasidan yuzaga kelgan gunohning afv etilishidan umid qilsa bo‘ladi. Kibr va manmanlikdan yuzaga Kelgan gunohning esa afv etilishidan umid yo‘q. Hz. Odamning gunohi nafsning shahvoniy orzusi tufayli yuz bergandi. Iblisning gunohi esa kibr va manmanlikdandir.
Bir kun Iblie Hz. Musoga kelib, dediki:
- Alloh senga payg‘ambarlik berib, xos qullaridan qilib oldi, sen bilan suhbatlashib turadi.
Muso:
- Shunday, xo‘p, muroding nima, sen kimsan?
Iblis:
- Ey, Muso, Rabbingga: «Bandalardan biri tavba qilmoqchi!» — deb ayt.
Iblis shu so‘zlarni aytayotganda, Alloh vahiy yo‘li bilan Hz.Musoga ma’lum qildiki:
- Ey Muso, oldingga kelgan shu bandaga — bayonnomang qabul bo‘ladi, agar Hz. Odamning qabriga sajda qilsaig, tavbang inobatga olinib, o‘zing afv etilasan, deb ayt.
Hz. Muso Allohning bu vahiysini Iblisga bildiradi, lekin Iblis achchiqlanadi va shunday deydi:
- Ey Muso, Men jannatda uning (Hz. Odamning) tirigiga sajda qilmadim, endi o‘ligiga sajda qilamanmi?
Bir kun Iblis dediki:
—Yo Rabb! Odam tufayli meni jannatdan quvding. Faqat bilib qo‘y: Sen meni qanday bezor qilgan bo‘lsang, men ham uni shunday bezor qila olaman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:15:23

Alloh buyurdi:
- Sen odamlarni bezor qiluvchisan! (Payg‘ambarlarni shayton bezor qilolmaydi).
Iblis:
— Yana nima!
Rabb:
— Undan (Odamdan) tug‘ilgan bola qancha bo‘lsa, sening ham shuncha bolang bo‘ladi!
Iblis:
—   Yana nima!
 Rabb:
—   Qalblariga vasvasa solishing mumkin!
 Iblis:
—   Yana nima!
 Rabb:
— Barcha yordamchilaring bilan ularni yo‘ldan ozdirib, harom daromad va harom xarj qilishlari, buzuq, va xurofiy narsalarga mayl etishlari, yomon amallar bilan ovora
bo‘lishlari va orzu-havaslar ostida o‘ralishishlari, tavbani tark etishlari uchun vasvasaga sola olasan!
Allohning Iblisga: «Shularni kila olasan!» - deb bildirishi tahdid ohangidadir. Ya’ni: «Qani, shularni qilaver-chi, keyin ko‘rasan!» - qabilidadir. Shuning uchun:
— Albatta, Bizning oyatlarimizga egrilik qiladigan (ya’ni ularni buzmoqchi bo‘lgan) kimsalar Bizga maxfiy noma’lum bo‘lib qolmaslar. Axir do‘zaxga tashlanadigan kimsa
yaxshiroqmi yoki qiyomat kuniga (Allohning azobidan) xotirjam holda keladigan kishimi?! O’zlaringiz xohlagan amalni qilaveringlar! Albatta, U qilayotgan amallarin gizni ko‘rib turguvchidir, ma’nosidagi oyatning «O’zlaringiz xohlagan amalni qilaveringlar» jumlasini tashkil etgan parchasi ham shu qabilidandir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:15:32

Shundan keyin Odam kelib, Allohga dedi:
— Ey Rabbim, Iblisni mening (bolalarimning) boshiga balo kilding, men uning vasvasalaridan o‘zimni faqat Sening yordaming bilan himoya qila olaman.
Alloh marhamat kildi:
- Har tug‘ilgan bolangga bir himoyachi farishtani vakil qilib qo‘yaman.
Odam:
—   Yana nima! Rabb:
—   Bir savobga o‘n savob beraman! Odam:
—   Yana nima!
Rabb:
—   Jonlari tanlarida ekanligida tavbalarini qabul qilaman!
Odam:
—   Yana nima!
Rabb:
—   Ularni afv etaman.
Odam:
—   Yetadi, yo Rabb!
Oradan birmuncha vaqt o‘tgach, Iblis takroran kelib dediki:
— Yo Rabb, Odamlar uchun payg‘ambarlar yubording, kitoblar indirding. Qani mening payg‘ambarim?
Rabb:
—   Qohinlar, folbinlar sening payg‘ambarlaring.
Iblis:
—   Kitoblarim nima bo‘ladi?
Rabb:
— Igna bilan badanga solingan rasmlar ham senga kitoblar o‘rnida o‘taveradi.
Iblis:
—   Hadisim nima?
Rabb:
—   Yolg‘on.
Iblis:
—   Qur’onim nima?
 Rabb:
— Qofiyali safsatalar, maddohlikdan o‘zgasini bilmaydigan she’rlar.
Iblis:
—   Muazzinim?
Rabb:
—   Mazmunsiz shovqin taratuvchi cholg‘ular.
Iblis:
—   Masjidim qaer?
Rabb:
—   Tungi ko‘chalar.
Iblis:
—   Uyim qaer?
Rabb:
—   Hammomlar.
Iblis:
—   Yeydiganim nima?
Rabb:
—   Harom yo‘l bilan yo ishlamay topilgan taomlar.
Iblis:
—   Ichadiganim nima?
 Rabb:
— Aql idorasini yo‘q qiluvchi ichimlik va karaxt qiluvchi moddalar.
Iblis:
 — Tuzoqlarim nimadir?
Rabb:
— Buzuq xotinlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:15:47

OMONAT

Alloh aytadi:
— Biz omonatni osmonlarga, yerga va tog‘u toshlarga qo‘ndalang qilgan edik ular buni ko‘garishdan bosh tortdilar va undan qo‘rqdilar. Inson esa uni o‘z zimmasiga oldi. Chunki u (o‘ziga) zulm qilguvchi va nodondir. (Ahzob surasi, 72-oyat.)
Bu oyatdagi «OMONAT»dan murod - Allohdan qo‘rqish kerakligi va «SAVOB OLISh» yoki «JAZOGA QOLISh» kabi narsalardir.
Qurtubiy (Qurtubiy — Andalusning Qurtuba shahridan chiqqan eng mashhur olimlardan biridir. To‘la ismi — Boqiy ibn Mohlad ibn Yazid ibn Abdurahmon al-Qurtubiydir. Tafsir va sunanlar muallifi. O’zi obid, to‘g‘ri, duosi maqbul, hech kimga o‘xshamagan, hadis bilan ham shug‘ullangan imomlardan edi. Hijriy 276 yilda vafot etgan.) deydiki:
— Oyatdagi «Omonat» kalimasi barcha diniy vazifalarga oiddir (Aksar olimlarimizning fikri ham shu).
Ba’zi olimlar derki:
—   OMONATning OSMONga va YeRga topshirilishi -bu, bir tamsil. Uning sharhi shundaydir:
—   Osmon va Yer shu qadar katta bo‘lishiga qaramay, agar OMONAT, ya’ni ILOHIY AMRLAR ularga yuklansaydi, og‘irlik qilgan bo‘lardi,

Qayd etilgan