Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342535 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 49 B


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:22:14

OMONAT — TAVBA

Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning bir hadisi shundaydir:
— Mening axloqimga tobe’ bo‘lmagan va menga salotu salom yo‘llamagan kishi jannat yo‘lini yo‘qotib qo‘yadi. OMONAT kalimasining o‘zagi «AMIN»dir. Amin bo‘lmoq, qo‘rquv va andisha ehtimolidan xoli bo‘lmoqdir.
Omonatga rioya qilingan joyda birovning haqi o‘tganligi to‘g‘risida andishaga borilmaydi. Omonatning teskarisi xiyonatdir. Bu so‘zning o‘zagi «xayn» bo‘lib, nuqson, yetishmovchilik ma’nosida keladi. Chunki bir joyda kimgadir xiyonat qilinsa, unga yetishmovchilik (kamomad) yetkazilgan, ya’ni bir narsasi yo‘qotilgan (yo o‘zlashtirilgan) bo‘ladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar:
- Hiylachi va xoin kishi jahannamdadir.
- Kim insonlar bilan qilgan oldi-berdisida va muomalasida ularga zulm o‘tkazmasa, gaplashgan paytida yolg‘on so‘zlamasa, uning insonligi kamol topadi, adolat ko‘zga tashlanadi va birodarlik burchi ijro etilgan (bajarilgan) bo‘ladi.
Tog‘lik bir arab bir qabilani maqtab shunday deydi:
- Omonatni ehtiyot qilishni juda yaxshi ko‘radilar. O’zlariga qoldirilgan omonatga hech tegmaydilar, xiyonat qilmaydilar, burchlaridan qaytmaydilar. Musulmon odamni hurmat qilishda qusurga yo‘l bermaydilar. Ularga qoldirilgan omonat aslo zoe bo‘lmaydi. Ular ummatning eng yaxshilaridandirlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:22:26

Men (G’azzoliy) deymanki:
- Bu tog‘lik arab maqtagan insonlar yo‘q bo‘lib ketishdi. Biz bu zamonda faqatgina libos kiygan bo‘rilarni ko‘ramiz.
Shu sababli bir shoir shunday deydi:
Inson kimga aytsin axir o‘g‘rilarni,
Qaydan topsin xolis do‘stni, to‘g‘rilarni?!
To‘rt yon boqib inson zotin topolmaydi?
Ko‘rar faqat libos kiygan bo‘rilarni.

Huzayfa hikoya qiladi:
Rasululloh (s.a.v.) bashorat qilib dedilarki:
- Shunday bir zamon keladiki, omonatga rioyat yo‘q bo‘lajak. Insonlar oldi-berdilarida bir-birlariga ishonmayajaklar. Omonat o‘z egasiga topshirilmayajak. Mabodo birontasi omonatni egasiga topshirsa, u hakda: «Falon oilada omonatga rioyat qiladigan bir kishi bor!» — deyilajak.
Ey birodarim, oyatlar va hadislarda qat’iy bir narsa bor: tavba qilmoq, ya’ni «Yomon fe’l-atvorlarni tark etmoq va go‘zal axloqli bo‘lmoq» vojibdir. Alloh buyuradi:
— Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo‘minlar! Shoyadki (shunda) najot topsangizlar (Nur surasi, 31-oyatning so‘ngi).

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:23:11

Bu oyat hamma uchun amrdir. Bunga ko‘ra kim bo‘lishidan qat’i nazar, barcha mo‘minlar tavba qilishlarini, ya’ni yomon fe’llarini agar bor bo‘lsa tark etishlari va go‘zal fe’l-lar bilan bezanishlari vojibdir.
Yana Alloh buyuradi:
— Ey mo‘minlar, xolis tavba qilib, Allohga qaytinglar. Balki, Parvardigoringiz sizlarning yomonlik gunohlaringizni o‘chirib, ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritur. U KUNda Alloh Payg‘ambarni va u bilan birga iymon keltirgan zotlarni sharmanda qilmas. Ularning nurlari oldilarida va o‘ng tomonlarida yurur. Ular: «Parvardigoro, O’zing bizlarga nurimizni komil qilib bergin va bizlarni yarlaqagin. Albatta, Sen barcha narsaga qodirdirsan!, - derlar (Tahrim surasidan).
Shu mazmundagi boshqa oyat ham tavbaning fazilatidan dalolat beradi:
— Albatta, Alloh tavba qilguvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutguvchilarni sevadi (Baqara surasi, 222-oyatning so‘ngi).
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham tavbaning fazilati borasida shunday marhamat qiladilar:
—   Tavba qilib, yomon fe’llarini tark etgan odam Allohning do‘stidir.
—   Tavba qilib, yomon fe’llarini tark etgan odam gunohkor bo‘lmaydi, gunoh qilmagan odamday bo‘ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:23:57

Yana Allohning Rasuli (s.a.v.) bir hadislarida aytadilarki:
— Alloh, o‘zining mo‘min bandasi yomon fe’llarini tark etsa, haddan ziyod sevinib ketadi. Faraz qiling: bir kishi yonida yeguligi bilan cho‘lda yo‘lga chiqadi, bir joyda manzil quradi va boshini yerga qo‘yib, uxlab qoladi. Uyg‘onganida yeguligi g‘oyib bo‘lganini ko‘radi. O’ngu so‘lini axtaradi, ochlik va tashnalikdan xarob bir holga keladi va o‘z-o‘ziga shunday deydi: «Mayli, yeguligimni yo‘qotgan yerimga borib, to‘yib uxlay va o‘lib qo‘ya qolay»! Boshini qo‘llariga qo‘yib, o‘lish niyati bilan yotadi va uxlaydi. Birozdan so‘ng to‘satdan uyg‘onib ketadi, qarasa, yeguligi yonida! Mana shunday, Alloh, bir mo‘min tavba qilib, yomon fe’llarini tark etgan paytda, cho‘lda yeguligini yo‘qotib, so‘ngra uni topgan bu kishining sevinishidan ham ko‘proq sevinadi.
Rivoyat etilishicha, Alloh Hz. Odamning tavbasi qabul qilinishini bildirgan vaqtda barcha malaklar uni tabrikladilar. Bu orada Jabroil ila Mikoil ularga Allohning salomi bo‘lsin! kelishdi. Keyin:
— Qutlug‘ bo‘lsin, Alloh tavbangni qabul etdi, deyishdi.
Odam so‘radi:
— Tavbam qabul qilingan bo‘lsa, endi bundan buyon qaerda yashashimni bilsam bo‘ladimi?
Shunda Alloh vahiy yo‘li bilan unga shularni bildirdi:
— Ey Odam, sen naslingga meros qilib, zahmat va mashaqqat qoldirding. Men esa ularga tavba qoddirdim. Kim meni chaqirsa, uning chaqirig‘iga javob beraman. Sening chaqirig‘ingga ham javob berdim. Kim mendan afv tilasa, afvimni qizg‘anmayman, qozongan afvini beraman. Chunki men bandalarimga ko‘p yaqinman. Munojotlarining haqini beraman. Gunohlariga gavba qilib, yomon fe’llarini tark etganlarni qabrlarida sevinch ichida, o‘ynab-kulgan holda turg‘izaman. Yomon fe’llarini tark etib, go‘zal fe’llar bilan bezanganlarning duosi har vaqt ham maqbuldir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:24:23

Alloh Rasuli (s.a.v.) bildiradilarki:
—   Alloh, tunda gunoh qilgan kishining kunduzi tavba qilib, yomon fe’lidan voz kechishini kutadi. Yana kunduzi gunoh qilgan kishining ham tunda tavba qilishini va bu yomon fe’lidan voz kechishini quyosh botgandan quyosh chiqqunga qadar kutadi.
—   Osmon bo‘yi gunoh qilgan bo‘lsangiz ham, so‘ngra qattiq afsuslanib tavba qilsangiz va yomon fe’llaringizni tark etsangiz, tavbangizni qabul qilishni marhamat qiladi.
— Bandasi bir gunoh qilib qo‘yishi mumkin, so‘ng shu gunohi kechirilib, jannatga ham kiradi.
Sahoba so‘radi:
— Bu qanaqasi, ey Allohning Rasuli?
Rasul aytdiki:
— Bandasi gunoh qiladi, lekin tavbani ko‘z o‘ngida tutadi, gunohdan qochadi.
— Gunohni yuvuvchi narsa nadomatdir. Gunohlariga tavba qilib, ortiq bunday qilmaganlar gunoh qilmaganlar kabidir.
Bir kun habashistonlik bir kishi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan so‘radi:
— Ey Allohning Rasuli (s.a.v.), men ko‘p yomon ishlar qildim. Endi bunday qilmaslik sharti bilan tavba qilsam, qabul bo‘ladimi?
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar:
-Ha!
U kishi ketdi, so‘ngra orqaga qaytdi, kirib shunday dedi:
— Ey Allohning Rasuli, men yomon fe’limda turaversam, Alloh meni ko‘radimi?
Rasul (s.a.v.) aytdilar:
-Ha!

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:24:31

Bu javobni eshitgan habashistonlik kishi bir «oh» urdi va shu ondayoq jon taslim etdi.
Rivoyat qilinishicha, Alloh Shaytonni la’natlagan paytda Shayton muhlat so‘radi. Alloh unga qiyomatga qadar muhlat berdi. Shunda Shayton:
— Izzating va Jaloling haqqi, odamzotning joni tanini tark etmaguncha, uni to‘g‘ri yo‘ldan chiqaraveraman — dedi.
Alloh ham aytdiki:
— Izzatim va Jalolim haqqi, odamzotning joni tanini tark etguncha, uning tavbasini qabul etaveraman!
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bildirdilarki:
— Qilingan go‘zal va xayrli ishlar, suv libosning kirini ketkazganday gunohlaringizni yuvib ketadi.
Bir odam Abdulloh ibn Mas’uddan so‘radi:
— Men bir gunoh qildim. Tavba qilib boshqa bunday qilmasam, Alloh afv etadimi?
Ibn Mas’ud avval u odamdan yuz o‘girdi. Javob bergisi kelmadi. So‘ngra burilib, unga qaradi. Odamning ko‘zlaridan yosh oqayotgan edi. Shunday dedi:
— Jannatning sakkiz eshigi bor. Hammasi ochilib-yopilib turadi, faqat tavba eshigi hech yopilmaydi. Uning ustida eshik yopilmasin uchun bir malak bor. Tavba qil, ma’yus bo‘lma!

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:24:42

Ibn Mas’ud rivoyat qiladi:
— Alloh Rasuli dedilarki:
— Bir kimsa gunohiga tavba qilib, boshqa bunday gunoh qilmasa va yomon fe’llarini tark etsa, Alloh yozuvchi malaklarga u bandasiga oid yozilgan gunohlarni o‘chirtiradi;
ayni tarzda bandasining barcha a’zolariga, gunoh qilingan joyga va ko‘kdagi maqomiga ham u gunohlarni unuttiradi. Toki Qiyomat kuni bu gunohlarning qilinganiga oid guvohlar qolmasin.
Hz. Ali Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan naql etadi:
—   Alloh maxluqotni yaratmasdan to‘rt ming yil ilgari ARShning atrofida shunday yozuv bor edi:
—   «Men tavba qilgan hamda iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan, so‘ngra to‘g‘ri yo‘lga yurgan kishilarni mag‘firat etguvchidirman!» (Toha surasi, 82-oyat).
Ey birodarim, bilib qo‘yki, tezlik bilan katta va kichik gunoxlardan tavba qilish va yomon fe’llarni tark etib, yaxshi axloqli bo‘lish farzi ayndir. Kichik gunohlarga beparvolik va hadeb kichik gunoh qilaverish katta gunohlarning yuzaga chiqishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham Alloh aytadi:
— (U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki (qandaydir gunoh ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishni so‘raydigan, har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilur, - bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardir (Oli Imron surasi, 135-oyat).

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:25:22

Tavbani boshqa gunoh qilmaslikka azm etib, qilgan gunohi uchun afsuslanib, chin yurakdan qilish kerak. Yuzaki va til uchida tavba qiluvchining holi g‘oyat achinarlidir va mana bu voqeani esga soladi:
— Sasib yotgan axlat ustiga ipakdan, ko‘z qamashtiruvchi bir gazmol yopib qo‘yiladi. Tagida nima borligini bilmagan odam bu ipakka hayron bo‘lib qaraydi, lekin gazmolni ko‘tarib ko‘rgach, axlatni ko‘rganda, burnini changallab qochib qoladi.
Huddi shunga o‘xshab, ibodatni chin ko‘ngildan qilmaganlar ham boshqalarda yoqimsiz taassurot qoldiradi. Ko‘rinishlari namoz-niyozdayu, ichlari hamon o‘sha-o‘sha, iflos. Qiyomat kuni pardalar ko‘tarilganda, malaklar ulardan qochadilar.
Rasululloh (s.a.v.) bir hadislarida shunday deydilar:
— Alloh sizning bo‘y-bastingizga, ko‘rinishingizga boqmaydi, yolg‘iz qalbingizga boqadi.
Ibn Abbos derki:
— Necha-necha odamlar borki, Qiyomat kuni tavba qilganman, deb keladi. Holbuki, u tavba qilmagandir. Tavba qilganlikning ba’zi shartlari bor. Bular quyidagilardir:
1. Odam ich-ichidan afsus-nadomat bilan tavba qiladi.
2.   Boshqa gunoh qilmaslikka azm etadi va gunohni takrorlamaslikka intiladi.
3.   Mumkin bo‘lsa, haqini yegan kishining haqini qaytarib beradi.
4.   Mumkin bo‘lmasa, kimning haqiga tajovuz qilgan bo‘lsa, o‘sha kishi bilan halollanadi (rozilashadi).

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:25:30

Agar mazlumning haqini berish ham, roziligini olish ham ilojsiz bo‘lsa, uning haqiga duo o‘qish va istig‘for etish kerak bo‘ladi. Shunda Allohning undan rozi bo‘lishi-dan umid qilishi mumkin.
Gunohlarni unutish ayblarning eng kattasidir. Aqli bo‘lgan odam, albatta, o‘zini-o‘zi so‘roq qiladi, o‘zidan hisob so‘raydi, gunohlarini unutmaydi. Shuni nazarda tutib, bir shoir shunday degan:
Sirtiga gunohi yuklangan inson, unutma gunohing, yuv uni chaqqon. Allohga o‘limdan oldin tavba qil, Aybingni tan olgil ey osiy, shoshil!
Imom Abullays hikoya qiladi:
— Bir kun Hazrat Umar Paygambarimiz (s.a.v.) qoshiga yig‘lab keldi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Nega yig‘laysan?! — deb so‘raganlarida Hazrat Umar:
—Ey Allohning Rasuli, eshikda bir yigit yig‘lab o‘tirgan ekan, ko‘nglim ezildi. Shuning uchun yig‘ladim, - deb javob berdi.
Rasululloh (s.a.v.): «Uni ichkari oling!» - deb buyurdilar. Yigit ichkari olindi. Yig‘lab turgan yigitdan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) so‘radilar.
— Nega yig‘layapsan, ey yigit?
Yigit:
- Gunohlarim ko‘pligi meni yig‘latdi. Allohdan qo‘rqyapman, ey Allohning Rasuli!
So‘ngra oralarida shunday savol-javob bo‘lib o‘tdi:
Payg‘ambar (s.a.v.):
-   Allohga sherik ko‘rdingmi?
Yigit:
-   Yo‘q!
Payg‘ambar (s.a.v.):
— Birovni nohaq o‘ldirdingmi?
Yigit:
- Yo‘q!

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:25:39

Payg‘ambar (s.a.v.):
- Gunohlaring yetti qavat osmonu, yer va tog‘lar qadar bo‘lsa ham, Alloh afv etishi mumkin!
Yigit:
- Ey Allohning Rasuli (s.a.v.), mening gunohim bundan ham katta!
Payg‘ambar (s.a.v.):
-   Sening gunohing kattaroqmi, kursimi (Kursi - Alloh o‘tiruvchi ko‘shk — Arshi A’lo etagidagi osmon tabaqasi)?
Yigit:
-   Mening gunohim kattaroq.
Payg‘ambar (s.a.v.):
-   Sening gunohing kattaroqmi, Allohning afvimi?
Yigit:
-   Allohning afvi kattaroq.
Payg‘ambar (s.a.v.):
- Eng katta gunohni eng katta bo‘lgan Allohdan boshqa hech kim afv etolmaydi. Menga gunohing nimaligini ayt.
Yigit:
-   Sizdan uyalaman, ey Allohning Rasuli! Payg‘ambar (s.a.v.):
-   Ayt, deyapman senga!
Yigit:
-   Ey Allohning Rasuli, men yetti yildan beri kafan shiluvchilik qilaman. Oxirgi marta ansorlardan bir cho‘ri qiz o‘lgandi. Bordim, qabrini ochib, kafanini shildim. So‘ngra shaytonning so‘ziga kirdim. Uning nomusiga tajovuz qildim, Oz o‘tmasdan, Allohning qudrati bilan cho‘ri tilga kirdi va menga shunday dedi:
-   Suf senga, mazlumning haqini zolimdan oluvchi Allohdan uyalmaysanmi? Meni qabr xalqi orasida qipyalang‘och qoldirding. Ustiga-ustak, Allohning huzurida junub bir holga (nahs bosgan holga) keltirding!

Qayd etilgan