Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342277 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 49 B


Munavvara  08 Noyabr 2008, 15:06:14

ZAKOT

Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilarki:
Ular (mo‘minlar) zakotni ado qilguvchi kimsalardir. (Mo‘minlar surasi, 4-oyat.)
Abu Hurayra rivoyat qiladi:
— Alloh Rasuli (s.a.v.) dedilarki:
 — Oltini yo kumushi bo‘la turib, bularning zakotini bermagan kimsalar uchun, qiyomat sodir bo‘lganda, cho‘g‘dek qizigan sochlar tayyorlanib, shu sochlar ustida jahannam otashida qizdirilurlar, qizdirilgan sochlar ularning har yog‘ini dog‘lab tashlagay!
—Alloh buyuradi:
Oltin-kumushini bosib o‘tirib, uni Alloh yo‘lida nifoq-ehson qilmaydigan kimsalarga alamli azob «xush-xabarini» yetkazing! U kunda (qiyomatda) o‘sha oltin-kumushni jahannam o‘tida qizitilib, o‘sha bilan ularning peshonalari, yonlari va ketlariga tamg‘a bosilib: «Mana bu o‘zlaringiz uchun to‘plagan narsalaringizdir. Endi to‘plab bosgan narsalaringizning mazasini totib ko‘ringlar!» deyilur. (Tavba surasi, 34-35-oyatlar.)
Alloh Rasuli (s.a.v.) ogohlantiradilar:
— Voy bo‘lsin u boylarning holigaki, kambag‘allar ular haqida shunday guvohlik beradilar:
— Bizga zulm qildilar. Zimmalaridagi farz bo‘lgan zakotni bermadilar.
Kambag‘allarning bu so‘zidan so‘ng Alloh ham aytadi:
 — Ey faqirlar! Izzatim va Jalolim haqqi, men sizlarga yaqinman, ulardan (boylardan) uzoqman. So‘ng Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shu oyatni o‘qiydilar:
Mollarida kambag‘allarning haqi ham borligini taniganlar bunday emaslar. (Maorij surasi, 24-25-oyatlardan.)
Rivoyat qilishlaricha, me’roj kechasi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) zahar-zaqqum tikanaklarni zo‘rlab yedirish uchun haydab ketilayotgan, old va orqalari qasmoq suruvlar kabi surilib borayotgan bir to‘da insonlarni ko‘radilar. Jabroildan bular kimligini so‘raydilar. Savolga shunday javob oladilar:
— Bular mollarining zakotini bermaganlardir!
Alloh ularga aslo zulm etmadi. Alloh bandalariga zulm qiluvchi emas.

Qayd etilgan


Munavvara  08 Noyabr 2008, 18:05:48

Tobeinlardan (Tobein — Payg‘ambar (s.a.v.)ni ko‘rmagan, Payg‘ambar (s.a.v.)ning
sahobasini ko‘rgan.) bir jamoa Abu Sinonni (Abu Sinon - Hz. Muhammad s.a.v.ning sahobalaridan.) ziyorat qilgani boradi. Salom berib o‘tirishgandan so‘ng Abu Sinon ularga:
— Bir qo‘shnimiz bor edi. Akasi o‘ldi. Keling, sizlar bilan birga ularnikiga chiqaylik, ta’ziya bildiraylik! —deydi.
Hodisaning bundan bu yog‘ini jamoada bo‘lgan Muhammad ibn Yusuf Firyobiy (Muhammad ibn Yusuf Firyobiy — ilk musnad (asoslari ko‘rsatilgan hadis kitobi) yozgan mualliflardan bir (o‘limi hijriy 212 yil).) dan eshitaylik:
— Abu Sinondan bu so‘zni eshitgan zahoti baravar o‘rnimizdan turdik va aytgan qo‘shnisinikiga chiqib ketdik. Akasi o‘lgan bu odam achchiq-achchiq yig‘lar, faryod ko‘tarardi. Unga tasalli berib, sabr-to‘zim tiladik, lekin u na taskin topar, na sabr qilar edi. Shunda unga:
— Bilmaysanmi, o‘lim haq, u hammamizning boshimizda bor, undan qutulish yo‘q, - dedik.
Dediki:
— Ha, bilaman, o‘lim haq. Men unga yig‘layotganim yo‘q. Akamning kecha-kunduz tortayotgan azobiga yig‘layman.
Biz: «Alloh senga g‘oyibdan xabar berdimi, akang azob tortayotganini qayoqdan bilasan?» - deganimizda, u shularni tushuntirdi:
— Yo‘q, Alloh menga g‘oyibdan xabar bermadi. Lekin akamni dafn etib, qabriga tuproq tortganimizdan va tobutkashlar chiqib ketgandan keyin, men bir oz mozor boshida o‘tirdim. O’shanda akamning mozoridan bir ovoz chiqdi:
— Oh! Meni yolg‘iz qoldirdilar, qiynalib ketdim, - der edi akam. Men ro‘za tutardim, namoz o‘qirdim. Nechun menga bu azoblar?!
Bu so‘zlar meni yig‘latdi. Akamning holini ko‘rish uchun qabrini ochdim. Ko‘rganim nima bo‘ldi deng? Lahadning ichini olov qoplagandi. Akamning bo‘ynida olovdan bir marjon bor edi. Jigarlik qilib, rahm-shafqat bilan qo‘limni uzatdim, bo‘ynidan bu olov marjonni olib tashlamoqchi bo‘ldim. Qo‘llarim, barmoqlarim kuydi (U shunday deb, bizga qo‘lini ko‘rsatdi. Chindan ham qo‘li qop-qora bo‘lib kuygan edi).
Shundan keyin yana qabrga tuproq uyib, akamni qoldirib keldim. Akamning bu holiga men yig‘lamay, kim yig‘lasin, jigar-bag‘rim ezilib ketdi!
U odamdan: «Akang nima ish qilardi? — deb so‘radik. — Qaysi farzlarni ado etmasdi?» Dediki:
— Molining zakotini bermasdi. Biz ham:
— Bu hodisa Allohning:
Alloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarning zakotini berishga baxillik qilgan kimsalar hargiz bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Yo‘q, bu qilmishlari o‘zlari uchun yomonlikdir. Baxillik qilib bermagan narsalari qiyomat kunida bo‘yinlariga o‘ralajak! (Barcha jonli-jonsiz narsalar ketar va) osmonlaru yer meros bo‘lib Allohning o‘ziga qolur. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir (Oli Imron surasi,180-oyat.), - degan oyatini tasdiqlaydi, akangning azobi tezlik bilan qabrdayoq boshlanibdi, endi yana qiyomatgacha davom etadi! — dedik.

Qayd etilgan


Munavvara  08 Noyabr 2008, 18:09:37

Muhammad ibn Yusuf Firyobiy davom etadi:
— So‘ngra u yerdan turdik. Payg‘ambar(s.a.v.)ning suhbatdosh hamsoyasi sahoba Abu Zarnikiga borib, bo‘lgan voqeani aytib berdik va: «Biz hayronmiz. Yahudiy va nasroniylarning o‘liklari boshida nega bunday hodisalar sodir bo‘lmaydi?» - dedik.
Abu Zar: «Alloh sizga bunday hodisani ahli iymonda ko‘rsatganki, ibrat oling», - dedi. Alloh buyuradiki:
- Sizlarga Parvardigoringizdan hujjatlar kelmishdir.
Kim ko‘rsa, o‘zi uchun ko‘rar. Kim ko‘r bo‘lib olsa, o‘ziga ziyondir. Men sizlarning ustingizda qo‘riqchi emasman. (An’om surasi, 104-oyat.)
Naql etilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bildirdilarki:
 - Allohning nuqtai nazarida, molining zakotini va ushurini bermaganlar malaklar va payg‘ambarlar tilida la’nat bilan yodlanadilar. Kalimai shahodatlari qabul etilmaydi.
 Molining zakotini va ushurini berganlar naqadar baxtli bo‘lishlarini bilsaydingiz! Ularga zakot bermaganlar azobi yo‘q, qiyomat azobi yo‘q! Naqadar baxtli bo‘ladilar ular! Kim molining zakotini bersa, Alloh unga qabrda azob torttirmaydi, vujudini jahannam otashida harom qilmaydi, ular savol-javobsiz to‘ppa-to‘g‘ri jannatga kiradilar va qiyomat kunining shiddatli suvsizligiga ma’ruz bo‘lmaydilar...


Qayd etilgan


Munavvara  08 Noyabr 2008, 18:19:32

ZINO

Alloh marhamat qiladi:
Ular (mo‘minlar) avratlarini (haromdan-zinodan) pok saklaguvchi kishilardir. (Mo‘minlar surasi, 5-oyat.)
Ayting: «Kelinglar, Parvardigoringiz sizlarga harom qilgan narsalarni tilovat qilib beray. U zotga biron narsani sherik qilmangiz; ota-onaga yaxshilik qilingiz, bolalaringizni kambag‘allikdan (qo‘rqib) o‘ldirmangiz — biz sizlarni ham, ularni ham rizqlantirurmiz — buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmangiz, haq hukmi zimmangizga tushmaguncha, Alloh (o‘ldirishni) harom qilgan jonlarni o‘ldirmangiz». (Anom surasi, 151-oyat.)
 Yomonliklarning kattasi bor: zino kabi, kichigi bor: o‘pish, ushlash va qarash kabi. Shuning uchun Rasululloh bildiradilar:
-Ko‘llar zino qiladi, oyoqlar zino qiladi, ko‘zlar zino qiladi.
Alloh buyuradi:
 - (Ey Muhammad), mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayolga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar! (Nur surasi, 30-oyat.)
 Mo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklarga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar. Hamda ko‘rinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini (ya’ni ustlaridagi liboslaridan boshqa zeb-ziynatlarini nomahramlarga) ko‘rsatmasinlar va ko‘kraklarini ro‘mollari bilan to‘ssinlar! Ular zeb-ziynatlarini ko‘rsatmasinlar, magar erlariga yo otalariga yo erlarining otalariga yo o‘z o‘g‘illariga yo erlarining o‘g‘illariga yo o‘z og‘a- inilariga yo og‘a-inilarining o‘g‘illariga yo opa-singillarining o‘g‘illariga yo o‘zlari kabi ayollarga yo qo‘l ostidagi cho‘rilarga yo (ayollardan) behojat bo‘lgan (ya’ni juda keksayib qolgan yoki aqlsiz- devona) erkak xizmatkor-qullarga yo ayollarning avratlaridan xabardor bo‘lmagan go‘daklargagina (ko‘rsatishlari joizdir). Yana yashirgan zeb-ziynatlari bilinsin uchun oyoqlarini (erga) urmasinlar! Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo‘minlar! Shoyadki (shunda) najot topsangizlar. ( Nur surasi, 31-oyat.)

Qayd etilgan


Munavvara  08 Noyabr 2008, 18:23:33

Demak, Alloh erkaklarga ham, ayollarga ham nomahramlarga qaramaslikni va jinsiy a’zolarini haromdan saqlashlikni buyuradi. Yana Alloh zinoni harom qilganini bir qancha oyatlarda keskinlik bilan bildiradi. Shuning uchun ham ogohlantiradi:
Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur. (Furqon surasi, 68-oyat.)
Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur. (furqon surasi, 69-oyat.)
 Sahobalardan birining shunday degani rivoyat qilinadi:
 — Zinodan saqlaning! Chunki unda oltita zararli xususiyat bor. Bularning uchtasi bu dunyoda, qolgan uchtasi u dunyoda ko‘riladi.
Bu dunyoda ko‘riladiganlari:
1. Rizqda yetishmovchilik bo‘ladi.
2. Zinogarning hayotiga ajal aralashadi.
3. Yuzi tez so‘lg‘inlashadi (tez qariydi).
Oxiratda ko‘riladiganlari:
1. Allohning g‘azabiga sabab bo‘ladi.
2. So‘roq qattiq bo‘ladi.
3. Azob ko‘rishiga sabab bo‘ladi.
Hz. Muso so‘raydi:
— Ey Rabbim, zinogarning jazosi nadir?
Alloh aytadi:
— Unga olovdan shunday ko‘ylak kiygazamanki, agar bu ko‘ylak bir tog‘ning ustiga qo‘yilsa, tog‘ ertalabgacha kulga aylangan bo‘lardi.
«Masobih» («Chiroqtar») degan kitobda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan shu hadis rivoyat qilinadi:
— Kishi zino qilgan paytida undan iymon chiqadi va boshi uzra bir soya kabi turadi. Qachon bu fe’lini tashlasa, ana o‘shanda qaytadi.

Qayd etilgan


Munavvara  08 Noyabr 2008, 18:41:41

«Iqno» («Ko‘ndirilgan») degan kitobda shunday hadis keltirilgan:
Payg‘ambar (s.a.v.) buyuradiki:
— Erkak kishining o‘zi uchun halol bo‘lmagan xotinning rahmiga oqizgan maniyidan og‘irroq hech gunoh yo‘qdir. Livota (bolavozlik, erkak bilan erkakning jinsiy munosabati) zinodan ham battardir. Anas ibn Molikning Payg‘ambarimiz(s.a.v.)dan rivoyat qilgan bir hadisi shunga ishorat etadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ogohlantirdilarki:
 — Kim livota qilsa, jannatning hidini ham hidlamaydi. Holbuki, jannatning hidi besh yuz yillik masofadan seziladi. Lut Alayhissalomning qavmi livotaga mubtalo bo‘lgandi. Ularda bolavozlik odat tusini olgandi. Alloh ularga Lut Alayhissalomni payg‘ambar qilib yubordi. U qavmiga bu yomon axloqsizlikdan qaytishni buyurdi, ularni Alloh yo‘liga da’vat etdi, gunoh qilishdan qaytmasalar, Allohning azobiga duchor bo‘lajaklarini xotirlatdi. Lekin livotachilar buning uchun Allohdan kelishi mumkin bo‘lgan azobga inonmadilar va shunday dedilar:
Agar sen rostgo‘y kishilardan bo‘lsang, bizlarga Allohning azobini keltirchi?
(Ankabut surasi, 29-oyatning bir qismi.)
 Shunda Lut Alayhissalom o‘z qavmiga qarshi Rabbidan yordam so‘radi. Dediki:
-Parvardigorim, bu buzg‘unchi qavm ustiga o‘zing meni g‘olib qil! ( Ankabut surasi, 30-oyat.)
Payg‘ambar Lut imdod tilagan bu asnoda Alloh Osmonga livotachilar ustiga tosh yog‘dirishni buyurdi. Har toshda, kimning ustiga tushajak bo‘lsa, uning ismi yozilgan edi. Mana bu oyat shu voqelikka ishorat qiladi:
Endi qachonki Bizning Farmonimiz (ya’ni azobimiz) kelganida, u joylarni ostin-ustun qilib yubordik va ularning ustiga Parvardigoringiz dargohida belgilab ko‘yilgan (ya’ni kimga borib tegishi yozib qo'yilgan) sopol toshlarni paydar-pay yog‘dirdik. U joylar bu zolimlardan (ya’ni Makka mushriklaridan) yiroq emas. (Hud surasi, 82-83-oyatlar.)

Qayd etilgan


Munavvara  09 Noyabr 2008, 12:13:52

Hikoya qiladilarki:
 - Lut Alayhissalom qavmidan (Lut alayhissalomning qavmi, ularning buzuqligi va buning fojeali oqibati haqida Shuaro surasining 160-172-oyatlarini, Hud surasining 77-80-oyatlarini to‘la o‘qib chiqishni tavsiya qilamiz.) bir tijoratchi bor edi. Allohning azobi kelgan paytda bu tujjor yurtida emasdi.
Tijorat maqsadida Makkada yurgan edi. Shu asnoda Allohning ko‘kdan yog‘dirgan toshlaridan bir donasi keldi. Haramda bu kishining boshiga tushmoqchi bo‘ldi. Lekin Allohning amri bilan malaklar toshga dedilarki:
- Orqangga qayt! Bu odam harami sharifdadir.
Shunda tosh orqaga qaytdi va qirq kun havoda qotdi. Bu vaqt ichida Lut qavmidan bo‘lgan tujjor ham oldi-berdisini tugatgan edi. Harami sharafdan chiqar-chiqmas tosh unga tegdi va o‘ldirdi.
 Lut Alayhissalom Allohning amri chog‘ida xotinini va xizmatchilarini olib shahardan chiqib ketayotgan edi va shahardan chiqqanda aslo orqaga qaramasligi buyurilgan edi.
Lekin xotini erining Alloxdan kelgan amriga rioya qilmadi. Qavmning boshiga tushayotgan balolarni payqab, orqasiga qaradi va:
— Voh, qavmim-ey! — dedi.
Shu ondayoq bir tosh yetib kelib ayolning boshiga tushdi va o‘ldirdi.
Mujohid (Mujohid - to‘la ismi Mujohid ibn Jabrdir. U tobsinlarni ko‘rgan, ularning sahobalar haqidagi hadislarini yozib olgan, ularning hayotini kuzatgan hadischilardandir (vafoti hijriy 103 yil)) deydiki:
 - O’sha kuni ertalab Jabroil livotachilarning yurtiga keldi. Kelib bu o‘lkani buzib oldida qanotlari tagiga tiqdi, so‘ng yelkasiga ko‘tarib ko‘kka olib chiqdi. Shu payt ko‘kda yashovchilar xo‘rozlarining qichqirganini, itlarining vovullaganini eshitdilar. Nihoyat, Jabroil u o‘lkani ostin-ustun, tilka-pora qildi. Yerga eng oldin uylarning pardalari
tushdi, keyin boshqa narsalar... Bu qavmning boshiga tushgan azoblar hech bir qavmning boshiga tushmasin! Ha, darvoqe, bu azoblar boshqa hech qaysi qavmga doxil bo‘lmadi. So‘ngra Alloh ularning ko‘zlarini ko‘r, qasaba va shaharlarini ostin-ustun qildi. Hammasi besh shahar edi va eng katta shahari Sodom edi. So‘z yuritilgan va ostin-ustin qilingani ifodalangan shaharlar shulardir. O’sha vaqtda bu yerda to‘rt million kishi istiqomat qilganligi aytiladi.

Qayd etilgan


Munavvara  09 Noyabr 2008, 12:22:15

SILAI RAHIM
(YAQINLARARO MEHR-OQIBAT), OTA-ONA HUQUQI

Alloh buyuradi:
Yana oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi solinadigan Allohdan qo‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ajrashib ketishdan saqlaningiz)! Albatta, Alloh ustingizda kuzatuvchi bo‘lgan zotdir. (Niso surasi, 1-oyatning bir qismi.)
Agar (iymondan) yuz o‘girsangizlar, yaqinki, sizlar yerda buzg‘unchilik qilursizlar va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzursizlar! Unday kimsalarni esa Alloh la’natlagandir, bas ularning (quloqlarini pand-nasihat eshitishdan) kar, ko‘zlarini esa (to‘g‘ri yo‘lni ko‘ra olmaydigan) ko‘r qilib qo‘ygandir.( Muhammad surasi, 22-23-oyatlar.)
Alloh ko‘plarni adashtiradi va ko‘plarni haq yo‘lga hidoyat qiladi... faqat Allohning aniq ko‘rsatmalarini buzadigan, u bog‘lanishga buyurgan narsalarni uzadigan va Yer yuzida buzg‘unchilik qiladigan fosiq kimsalarnigina adashtiradi. Ular, shubhasiz, ziyon ko‘rguvchilardir.( Baqara surasi, 27-oyat.)
Allohga bergan ahd-paymonlarini mustahkam bo‘lganidan keyin buzadigan, Alloh bog‘lanishga buyurgan narsalarni uzadigan va Yer yuzida buzg‘unchilik qilib yuradigan
kimsalar ham borki, ular uchun (Allohning) la’nati bo‘lur va ular uchun eng yomon diyor — jahannam bordir.
(Ankabut surasi, 29-oyatning bir qismi.)
 Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning bu mavzu ila bog‘liq hadislari:
Buxoriy ham, Muslim ham Abu Hurayradan naql etadilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bildirdilarki:
Alloh butun jonzodlarni va ularning barcha a’zolarini yaratgandan so‘ng, silai rahim (Silai rahim - bu yerda: ayol kishining a’zosi, asaldoni ma’nosida ishlatilgan.) o‘rnidan turdi va Allohga qarab dediki:
— Ey Rabb, qon-qarindoshlik aloqalarining uzilmog‘idan asramog‘ingni tilaydirganning joyi hali shu bo‘ldimi?
Alloh:
 — Ha, shu. Ammo, agar men qon-qarindoshlik munosabatlarini mustahkamlaydiganlarni yorlaqasam-u, uni uzganlardan ersa rahmatimni darig‘ tutsam, rozi bo‘lg‘aymisan?
Silai rahim:
-Ha.
Alloh:
— Seni deb shunday qilgum! Payg‘ambarimiz (s.a.v.) so‘ngra buyurdilarki:
— Xohlasangiz mana bu oyatni o‘qing! (Va o‘zlari o‘qidilar).
Agar (iymondan) yuz o‘girsangizlar, yaqinki, sizlar yerda buzg‘unchilik qilursizlar va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzursizlar! Unday kimsalarni esa Alloh la’natlagandir, bas ularning (quloqlarini pand-nasihat eshitishdan) kar, ko‘zlarini esa (to‘g‘ri yo‘lni ko‘ra olmaydigan) ko‘r qilib qo‘ygandir. (Muhammad surasi, 22-23-oyatlar.)

Qayd etilgan


Munavvara  09 Noyabr 2008, 12:27:56

Hz. Abu Bakr Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qiladi:
 — Zulm qilganlarga va qon-qarindoshlik aloqalarini uzganlarga (ya’ni silai rahim qilmaganlarga) Alloh oxiratda bo‘lakcha bir azob tayyorlaydi, bu dunyoda ham tez jazo
beradi. Bu ikki fel-atvor (zulm qilish va silai rahim qilmaslik)dan boshqa, bu yorug‘ dunyoda jazosi berilishiga arzigulik biron gunoh yo‘qdir.
Buxoriy va Muslim qayd etadilar:
 — Qon-qarindoshlik, yaqinlik aloqalarini uzganlar
(silai rahim qilmaganlar) jannatga kirmaydi.
 — Har payshanba va juma kechasi odamlarning amallari to‘g‘risida Allohga xabar beriladi. Shunda silai rahim qilmaganlarning yaxshi amallari Alloh tomonidan qabul
etilmaydi. Bayhaqiy (Bayhaqiy - buyuk hadis va fiqh olimlaridan bo‘lib, asl oti Abubakr Ahmad ibn Husayndir (hijriy 384-458).) qayd etadi:
— Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki:
 — Jabroil qoshimga kelib, dediki: «Bugun Sha’bon oyining o‘n beshinchi kechasi (Baroat Qandili)dir. Bu kecha Alloh Ba’ni qabilasining (qo‘yi ko‘p bo‘lgan bir qabila) qo‘ylarining junlari qancha bo‘lsa (ya’ni junlarining qili qancha bo‘lsa) shuncha odamni afv etadi. Faqat mushriklar, jahlidan tushmaganlar, qon-qarindoshlik aloqalarini uzganlar, silai rahim qilmaganlar, takabburlar va gerdayganlar, onasiga-otasiga qarshi boruvchilar va mayparast ichkilikbozlarga qayrilib qaramaydi, ularni yorlaqamaydi».

Qayd etilgan


Munavvara  09 Noyabr 2008, 12:46:29

Ibn Hobbon (Ibn Hobbon - to‘la ismi Muhammad ibn Hobbon (Hobbon ham deyiladi) ibn Ahmad at-Tamamiy al-Bustiydir. Vafoti hijriy 354-yil. Davrining fiqh va hadis olimlaridan.) va boshqalar qayd etadilar:
— Uch toifa kishilar Jannatga kirmaydilar:
1. Mayparastlar.
2. Qon-qarindoshlik aloqalarini uzganlar.
3. Sehrbozlarga ishonganlar. Bayhaqiy qayd etadi:
 — Ummatimknng bir toifasi yeb-ichib, kayf-safo qilib, o‘ynab-kulib kun o‘tkazadi. Ertalab esa o‘rinlaridan maymunlar va to‘ng‘izlarga o‘xshab turadilar. Ular yiqilishga va hujumlarga uchrashga mahkumdirlar. Ertalab boshqa insonlar o‘rinlaridan turganda ularga: «bu kecha falonchilar uyida falokat yuz beribdi, bu kecha pistonchilar uyini falonchilar bosibdi!» - degan ovozlar yetib keladi. Harom yo‘ldan yurganlarning uyiga tosh yog‘adi, deydilar. Haqiqatan ham Lut Alayhissalom qavmidan ba’zi qabilalar boshiga va ularning uylariga tosh yog‘gani kabi, bularning ustiga ham tosh yog‘adi. Yana Od qavmining ba’zi qabilalari va uylari ustiga yashin tushgani kabi, bularning ustida ham chaqmoq chaqib, momaqaldiroqlar guldurab turibdi... Agarki, biron halokat sodir bo‘lguday bo‘lsa, bunga sabab ana shulardir, deb o‘ylayman. Bular ichkilik ichib, mast-alast bo‘lishdan qaytmayotirlar, erkaklar ipak ko‘ylaklar kiyib, sozanda va xonanda xotinlar bilan g‘ayrimashru’ aloqalarda bo‘lmoqdalar, foiz yemoqdalar va sudxo‘rlik qilmoqdalar, qon-qarindoshlik aloqalarini uzmoqdalar, silai rahimni unutmoqdalar.
 Tobaroniy (Tobaroniy — Imom Tobaroniy yo Imom Tobariy ham deyiladi. To‘la ismi Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir ibn Yaziddir (hijriy 224-310). Islom tarixchisi va tafsirchisi bo‘lib, otasining nomida Jaririya degan bir fiqh maktabi barpo etgan, tafsirlari mohirona yozilgandir.)

Qayd etilgan