Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342400 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 49 B


Robiya  25 Yanvar 2009, 13:13:27

Havoriylar hazrat Isodan so‘radilar:

-   Sening nimang borki, suv uzra yura olasan, biz esa yurolmaymiz?
Hz. Iso:

-   Siz o‘z nazdingizda pulni qanday baholaysiz? Havoriylar:
-   Yaxshi baholaymiz! Hz. Iso:
-   Mening nazarimda pul bilan loy bir qiymatdadir.

Salmon Forsiy (Muhammad paygambar s.a.v.ning eronlik sahobalari. Vafoti 35/655 y) Abu ad-Dardoga shularni yozadi:
-   Ey birodar, bu dunyoda shukrini qilishga ulgurmaydigan darajada mol-mulk orttirishdan saklan, chunki men Rasululloh (s.a.v.)dan eshitganman, Payg‘ambarimiz aytardilarki:
-   Dunyoda Allohga itoat etgan odam, qiyomat kuni oldida o‘z moli bilan sirot ko‘prigiga keladi. Endi o‘tmokchi bo‘lgan-da unga qarab moli shunday ovoz beradi: "Qani, o‘t! Sen dunyoda Allohning mening zimmamdagi haqini o‘tading, shukrini ado etding!" So‘ngra dunyoda Allohga itoat etmagan boshqa bir kishi keladi Hovuchida moli bor. Shu mol bilan sirotdan o‘tmoqchi bo‘lganda moli unga shunday ovoz beradi: "Sening holingga voy! Allohning mening zimmamdagi haqini ado etmading, shukur qilmading!" Bu so‘zlarni aytib ulgurar-ulgurmas, ahvoli og‘irlashadi. Bu kishi o‘tmishiga afsuslanadi va o‘limini tilaydi.

Bu kishi o‘lishi bilan farishtalar: "Oldindln bir xayrli ish qilib, oxiratga atamadi ham!"- derlar. Undan keyin qolgan insonlar esa: "Bu kishidan bizga hech Nima qolmagan edi!" — deydilar.
-   Amlok orttirishga berilmang, dunyoga berilib ketasiz!

Abu ad-Dardo o‘ziga yomonlik qilgan odamga shunday badduo o‘qirdi:

-   Allohim, kim menga yomonlik qilgan bo‘lsa, unga sog‘liq ber, umrini uzun qil, molini ko‘paytir! "
Ko‘rib qo‘y, ey birodar, uzun umr va tani sog‘liq bilan birga mol-mulkning ko‘pligini qanday balo deb hisoblamoqda. Chunki xalqning foydalanishi uchun Alloh yo‘lida sarf etilmagan ortiqcha mol-mulk kishini quturtiradi.

Hz. Umar Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning zavjai pokizalari Zaynabga yegulik hadya jo‘natgandi. Hz. Zaynab: "Nima bu?" — deb so‘radi. "Hz. Umar sizga yubordi!" — dedilar. Hazrat Zaynab: "Alloh Hazrat Umarni mag‘firat aylasin!" — dedi. So‘ngra o‘ziga tegishli parda orqasiga o‘tdi-da yegulikni kesib, burda-burda qildi, oila a’zolari va yetimlarga taqsimlab, shunday dedi:

—   Allohim, bu yildan keyin menga Umardan biron hadya kelmasin!

Shundan keyin Hz. Zaynab Rasululloh (s.a.v.)ning ruhi bilan qovushgan zavjalarining birinchisi (ya’ni Hz. Muhammad hojamizdan keyin birinchi bo‘lib vafot etgan zavjalari bo‘ldi).

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 13:14:21

Hasan Basriy deydiki:

—   Allohga ont ichib aytamanki, pul aziz qilgan har insonni Alloh xor aylagay.

Yana tamsiliy o‘laroq deydiki:
—   Pulni ilk marta Shayton chiqardi. So‘ngra uni peshonasiga qo‘ydi, o‘pdi va shunday dedi:
—   Kim seni sevsa, u shubhasiz, mening qulimdir.

Sumayt ibn Ojlon (o‘rta asr islom tafsirchilaridan)ning fikricha:
—   Pul — munofiqlarning tizgini, ular otashdan qochmoqchi bo‘lganlarida, pul tizgin bo‘lib turadi.
Yahyo ibn Maoz esa shunday deydi:

—   Pul chayondir, agar halolidan topmasang va o‘rnida ishlatmasang, yaqinlasha ko‘rma. Chunki chaqsa, zahari seni o‘ldiradi.

Halifa Umar ibn Abdulaziz xasta edi, o‘lim to‘shagida yotardi. Muslim ibn Abdumalik (amaviy sarkardalaridan, vafoti m. 740 y) ziyoratiga kelgandi. Halifaga dediki:

—   Ey mo‘minlarning xalifasi... Shunday bir narsa qildingki, sendan ilgari hech kimsa bunday qilmagandi. Bolalaringni hech vaqosiz tap-taqir qoldirding. Na pul, na boylik! (Xalifaning o‘n uch bolasi bor edi).

Bu so‘zlarni eshitganda xalifa: "Boshimni ko‘taring!" — dedi. Uni turg‘azib o‘tirg‘izdilar. Shunda udedi:

—   Bolalarimga boylik-pul qoldirmaganimni so‘ylaysan, men ularning haqini ulardan tortib olganim yo‘q. Boshqalarga tegishli haqni esa ularga bermadim. Bolalarim ikki yo‘ldan birini tanlaydilar: yo Allohga itoat etib yashaydilar, bu holda Alloh ularga kifoyadir, chunki Alloh solih bandalarining homiysidir, yo Allohga ishonmaydilar, bu holda ularning qanday ahvolga tushishlarining menga aloqasi yo‘q.

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2009, 13:14:50

Muhammad ibn Ka’b (Hz. Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan keyin ul muhtaram zotning sahobalaridan Ubay ibn Ka’b barpo etgan Madina maktabida tarbiya olgan va kelgusida tafsir sohasida katta shuhrat qozongan mufassirlardan. Vafoti h. 118 y)juda boy edi. Bir kuni unga: "Mol-mulkingni bolalaringga bo‘lib berib ket!" — dedilar. U shu javobni berdi:

- Yo‘q, molimni Rabbimning yonida o‘zim uchun qoldiraman. Bolalarimga Rabbimning xazinasidan ajratib hozirlab qo‘yilgan.

Bir odam Abu Abdga shunday deydi:

-   Gunoh bilan ketma: o‘g‘lingga yaxshilik qoldir.

Bu so‘zni eshitgan Abu Abd (taxm. II-III asrlarda yashagan taqvodor boylardan)darhol jo‘nab ketadi, boyligining katta qismini sadaqa sifatida tarqatadi. Yahyo ibn Maoz deydiki:
-   Kishi uchun o‘lim onida (moli tufayli) shunday ikki musibat borki, hech kimsa bunday musibatni eshitgan ham emas.

So‘raydilar:

-   Nima ekan ular?

Javob beradi:

-   Qo‘lidan hammasi olinadi, ayni vaqtda, hammasi yuzasidan hisob beradi (Ya’ni: o‘lganda butun mol-mulki qo‘lidan chiqadi, ayni vaqtda qaerdan, qanday yo‘l bilan topgani, nimaga sarf qilgani to‘g‘risida har bir moli yuzasidan hisob beradi).


Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 13:13:49

AMALLAR, TAROZI, AZOB

Ey birodarim, amallaring tarozida tortiladigan va amal daftarlaring o‘ngga va so‘lga pirpirab uchadigan kunni xayolingdan qochirma, gofil bo‘lma. Insonlar qiyomat kuni savol-javobdan so‘ng uch firqaga bo‘linadilar:

 1. HECH SAVOBI BO’LMAGANLAR. Jahannamdan qora bir BO’YIN cho‘zilib chiqadi. Qush donlaganday ularni titadi, to‘playdi, ustma-ust qiladi va olovga otadi. Olov ularni eskitadi, chiritadi. Bu asnoda ularga badbaxt bo‘lganliklari, endi aslo baxt yuzini ko‘rmayajaklari haqida nidolar eshitilib turadi.

2. HECH GUNOHI BO’LMAGANLAR. Bir nidochi bular nido qilib, deydiki:
- Har koru hodda Allohga shukr qilganlar oyoqqa tursin! Ular oyoqqa turadilar va sevinch-quvonch ichida Jannat sari yo‘lga tushadilar.

So‘ngra bu xitob tunlarini Allohga baxshida etganlar, ya’ni kechalarini ibodat bilan o‘tkazganlarga qaratiladi.
Undan keyin savdo-sotiqda hiyla qilmaganlarga va Alloh yo‘lidan chiqmaganlarga chaqiriq keladi.
Bu ikkinchi firqa insonlariga saodatga qovushganliklari, endi bundan buyon badbaxtlik yuzini ko‘rmayajaklariga oid nidolar eshitiladi.

3.GOH YAHSHI AMALLAR QILIB, GOH GUNOH QILGANLAR. Bundaylar ko‘pchilikni tashkil etadilar. Savoblariningmi, gunohlariningmi ko‘pligini bilmaydilar. Alloh kimning savobi yoki gunohi ko‘pligini biladi, lekin bandalari ham bilsin uchun amallari ularning ko‘zlari o‘ngida solishtiriladi, toki afv etgan taqdirda bu O’zining lutfi ekanligini, jazolagan taqdirda, bu ham Uning adolati maqbul ekanligini ko‘rsatsin. Amal daftarlari ichlarida savoblar va gunohlar yozilgan holda, o‘ngga-so‘lga sochilib uchadi. Mezon (tarozi) quriladi. Ko‘zlar amal daftarlariga tikiladi: daftarlar o‘ng qo‘ldan beriladimi yo chap qo‘ldanmi, ajabo?.. So‘ngra ko‘zlar tarozining shayiniga yo‘naladi: gunohlarining pallasi bosarmikin yo savoblarining pallasimi?.. Bu lahzalar shu qadar tahlikali bo‘ladiki, u onda butun jonzotlar dong qotib qoladilar.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 13:14:56

Rivoyat qilinadiki:

—   Payg‘ambarimiz (s.a.v.) boshlarini Hz. Oyshaning tizzasiga qo‘ygancha uyquga ketgandilar. Shu onda Oysha onamiz oxirat manzaralarini ko‘z oldilariga keltirib, yig‘ladilar. Ko‘z yoshlari Alloh Rasulining yonoqlariga tomdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uyg‘ondilar va:
—   Nega yig‘layapsan, ey Oysha? — dedilar.

Hz. Oysha shu javobni berdi:
—   Oxirat ahvolini xotirladim. U yerda oila a’zolaringizni hech esga olasizmi?

Rasululloh (s.a.v.) javob berdilar:
—   Borlig‘im qudrat qo‘lida bo‘lgan Alloh nomiga ont ichib aytamanki, qiyomat kuni har kishi uch joyda faqat o‘zini o‘ylaydi:

1. Tarozilar o‘rnatilib, amallar tortilayotgan payt. Bu onda odamzod savoblari yengil keladimi yoki og‘ir keladimi, deb unga qaraydi.

2.   Amal daftari berilayotgan payt. Bu safar amal daftarini o‘ngdanmi yo chapdanmi olishiga qaraydi.

3.   Sirotdan o‘tayotganda.

Anas ibn Molik hikoya qiladi:

—   Qiyomat kuni kishi keltiriladi, tarozi pallalari uning oldiga o‘rnatiladi, boshiga esa bir soqchi farishta ko‘yiladi. Agar savoblari og‘ir kelsa, farishta hammaga eshitiladigan ovoz bilan xitob qiladi:
—   Falonchining o‘g‘li falonchiga baxt yor bo‘ldi, bundan buyon hargiz badbaxtlikni ko‘rmagay!
Agar savoblari yengil, gunohlari og‘ir kelsa, o‘sha farishta yana hamma eshitadigan baland ovoz bilan xitob qiladi:
—   Falonchining o‘g‘li falonchi badbaxt, bundan buyon hargiz baxt yuzini ko‘rmagay.

Shunda, savoblari yengil kelgani aniqlangan zahoti Zaboniylar (azob beruvchi farishtalar) to‘g‘ri u kishiga qarab keladilar. Qo‘llarida temir TO’QMOQLAR. Ustlarida QATRONIY liboslar bo‘ladi. Jahannamlik bo‘lganlarni yoqasidan olib, jahannamga sudrab ketadilar.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 13:16:46

Rasululloh (s.a.v.) qiyomat kuni haqida shunday dedilar:

—   U kun shunday bir kundirki, Alloh Odam alayhissalomga shunday deb xitob qiladi:
—   Ey Odam, bor, jahannamliklarni turg‘az! Odam so‘raydi:
—   Qancha ular? Alloh buyuradi:
—   Har ming kishidan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqizi!

Bu so‘zlarni eshitgan sahobalarning ruhlari tushib ketadi va mum tishlab qolishadi. Alloh Rasuli (s.a.v.) saho-balarning bu holini ko‘rganda, shunday buyuradilar:

—   Ma’yustortmay, amallaringizni qilaveringlar. Borlig‘im qudrat qo‘lida bo‘lgan Alloh nomiga ont ichib aytamanki, sizlar bilan birga ikki maxluq bor, shu ikki maxluq Odam zotidanmi, Iblis zotidanmi bo‘lgan o‘liklardan biriga qo‘shilishgan va ulardan ko‘p bola tarqalgan.

Sahobalar so‘rashadi:

—   Kimlar ular, ey Allohning Rasuli?

Javob berdilar:

—   Ya’juj va Ma’juj! Sizlar ma’yus tortmay, amallaringizni qilaveringlar. Borlig‘im qudrat qo‘lida bo‘lgan Alloh nomiga ont ichib aytamanki, qiyomat kuni sizlar insonlar aro tuya tanasining bir yonidagi bir dona xod darajasida ozchilikni tashkil qilasizlar.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 13:17:43

Ey zavolga qarab borayotgan, bu dunyo mashg‘ulotlari bilan mag‘rur bo‘lgan nafsidan g‘ofil kishi! Ko‘chib ketajaging bu dunyo fikrlarini kallangdan chiqarib ot. Fikringni abadiy qolishga borajaging yer uchun xarjla. Zero, senga xabar berildiki, har kimning boradigan joyi olovdir, shu bois buyurildi:

Sizlarning har biringiz unga (jahannamga) uchratilasiz (Bu) Parvardigoringiz (amriga binoan) vojib bo‘lgan hukmdir. So‘ng taqvodor bo‘lgan zotlarni (undan) qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho‘kkan hollarida jahannamda qoldirurmiz. (Maryam surasi, 71-72-oyatlar)

Bu yerdagi birinchi oyatga ko‘ra, olovga tushish ehtimoling kuchli. Ikkinchi oyatga ko‘ra, undan qutulishing gumon, qalbing bilan bu tushajaging olovning dahshatini tasavvur et. Undan qutulpshga hozirlik ko‘rasan. hozirdan maxluqotningo‘sha ondagi holi to‘g‘risida o‘ylaysan, demak, umid yo‘q emas. Ular qiyomat kunining musibatlari to‘g‘risida oldindan o‘ylamaganlari uchun shunday qiyinchilikka tushadilar. Ular bir muddat qattiq qayg‘urib, qo‘rquv ichida turadilar, o‘zlari haqida so‘nggi va haqiqiy xabarni kutadilar, shafoat ahlining shafoatidan umid qiladilar. Aybdorlarni yurakni yorib yuboradigan qorong‘ilik qoplaydi, ora-sira olov yolqinlari ularning ustiga sharpa tashlab qo‘yadi, yonayotgan olov sharpasini eshitib turadilar. Olovning g‘azabi va hovuridan vahimaga tushib, baqirib-chaqiradilar. Chunki ular bosib kelayotgan falokatni aniq his qiladilar. Butun ummatlar tiz cho‘kadilar. Yaxshilar ham ishning oqibati yomon bo‘lib chiqishidan qo‘rqadilar. Bu asnoda zaboniylardan bir dallol chiqib, shunday deya baqiradi:

—Qani u, dunyoda orzu-havaslar bilan o‘ralashib, yomon amallar bilan umrini chiritgan falon o‘g‘li falon!
Qo‘llarida temir to‘qmoqlari bo‘lgan zaboniylar darhol chaqirilgan kishi tomonga qarab yuradilar. Beomon dag‘dag‘alar bilan uni yoqasidan olib, shiddatli azob sari surgaydilar. Jahannamning chuquriga boshini egadilar va shunday deb g‘o‘ldiraydilar:

Mana bu azobni totib ko‘rgin! Sen go‘yo, o‘zingcha, «qudratli va ulug‘» eding! (Duxon surasi, 49-oyat)

So‘ngra zaboniylar uni olib ketib, atroflari tor, yo‘llari qorong‘i va tahlikali bir uyga joylaydilar. U yerda osiy banda talay vaqtgacha qoladi. Yana u yerda olov yondiriladi, uning qaynayotgan suv ichishdan boshqa iloji bo‘lmaydi. Bu turdagi insonlarning joyi JOHIM (jahannamda bir tabaqa) bo‘ladi. Zaboniylar ularni xor qiladilar. Jahannam ularni to‘playdi. U yerda butun umidlari o‘limdir. Holbuki ularga u yerdan qutulish chorasi yo‘q. Oyoqlari so-chlariga bog‘lanadi, qora gunohlari tufayli yuzlari qorayadi. Jahannam qirg‘og‘idan, burchak-burchaklardan nido qiladilar, nola qilib yolvoradilar.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 13:18:43

—   Ey Malak, bizga azob haq bo‘ldi. Ey Malak, bizga azob og‘ir keldi. Ey Malak, terilarimiz kuydi. Ey Malak, bizni bu yerdan chiqar, biz endihargiz gunoh qilmagaymiz.

Zaboniy ularga javoban derki:

—   Hayhot, najot yo‘llari uzoqlarda qoldi. Sizga bu xo‘rlik uyidan chiqish yo‘q. Usha yerda jimgina o‘tiring. Gaplashmang. Agar u yerdan chiqarilsangiz, siz uchun taqiqlangan ishlarni yana qila boshlaysiz!

Bu so‘zlarni eshitib, osiy bandalarning umidlari uziladi. Dunyoda Allohga qarshi qilgan gunohlari uchun taassuf qiladilar, lekin nadomatlari ularni qutqara olmaydi, afsuslari achchiq azoblarini yengillatolmaydi. Yuz tuban bo‘lib yotadilar, ustlariyu ostlarini, o‘nglariyu so‘llarini olovlar o‘raydi. Alangaga ko‘miladilar. Yeganlari olov, liboslari olov, yotoqlari olov. Otash yolqinlari, qatron ko‘ylaklar, to‘qmoq zarbalari va og‘ir zanjirlar orasida qoladilar. Jahannamning torligidan tipirchilab tepinadilar, quyi tabaqadagilar eziladilar, buziladilar; tovonlar ostida iztirob chekadilar, otash ularni qozonda qaynatganday qaynatadi. «Oh-voh»lab baland ovoz bilan nola qiladilar. O’lishni, yo‘q bo‘lishni istaydilar. Har ne zamon o‘lishni istaganlarida boshlaridan qaynoq suv quyiladi. Bu qaynoq suv ila ichak-chavoqlari va terilari eritiladi. U yerda ular uchun temir to‘qmoqlar bor. Shu to‘qmoqlar bilan manglaylari to‘qmoqlanadi, og‘izlaridan qonli yiring oqadi. Tashnalikdan jigarlari quriydi. Ko‘z olmalari yonoqlariga oqib tushadi. Yonoqlarining etlari, sochlari, hatto terilari to‘kiladi. Terilari har ne zamon to‘kilgani-da boshqa teri o‘sib chiqadi. Suyaklari etdan shilinib chiqadi. Ruhlar faqatgina qiltomir va ko‘ktomirlarga joylanadi va otashning hovurida qaynatishadi. Shunda ular o‘lmoqni istaydilar, ammo o‘lolmaydilar.

Qalay! Sen ularga bir qur ko‘z tashlab qo‘y. Yuzlari ustlaridan quyilgan qaynoq suvda kuyib, qop-qorayib ketgan, ko‘zlari ko‘r, tillari gaplasholmaydigan holga keltirilgan, bellari va suyaklari singan, burunlari kesilgan, terilari chirigan, qo‘llari bo‘yinlariga bog‘langan, yuzlari bilan oyoqlari bir oraga keltirilgan., yuzlari ustida yurib, olovga ketadilar, ko‘z olmalariga temir o‘qlar bilan turtiladi, otashning yolqini a’zolarini dog‘-dug‘ qilib yuboradi? Jahannam ilonlari va chayonlari vujudlariga yopishib oladi!
Bular ahli jahannamning ahvolidan ba’zilaridir. Endi ularning qo‘rqinch hollari tafsilotiga boq va jahannam daralari haqida o‘yda. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytib berganlar:

-   Jahannamda yetmish ming dara bor, har daraning yetmish ming tarmog‘i bo‘ladi. Har tarmokda yetmish ming katta ilon va chayon bor Kofir va munofiqlar bu yerlarga tushishdan qutulolmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 13:19:56

Hz. Ali — Alloh uning yuziga karomat baxsh etsin - hikoya qiladi:

-   Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilar:
-   Hazinlik darasidan asra, deb Allohga sig‘ining! Odamlar undan so‘rashdi:
-   Ey Allohning Rasuli, nima u hazinlik darasi? Rasuli akram javob berdilar:
-   Jahannamdagi bir dara. Jahannamning o‘zi kunda yetmish marta shu dara balosidan asra, deb Allohga sig‘inadi. Alloh uni riyokor olimlar uchun hozirlagay.

Jahannamning kengligi, daralari va tarmoqlarini aytdik. Shuni ham aytib qo‘yaylikki, jahannam daralari jahannam vodiylari deb ham aytiladi Dunyo vodiylari va dunyo havaslari qancha bo‘lsa, jahannam vodiylari ham shunchadir. Eshiklarining soni esa bandaning gunoh qiluvchi a’zolari soniga teng, ya’ni yettitadir va ular bir-birining ustidadir. Eng ustkisi (eng yengil azob beriladigan joy) — JAHANNAM, uning ostida — SAQOR, uning ostida -LAZZO, uning ostida — XUTOMA, uning ostida — SAIR, uning ostida JOHIM va eng ostkisi - HOVIYaDIR.

Endi HOVIYaning chuqurligiga boq. Dunyoda havoyi orzularning chegarasi bo‘lmaganday, hoviya chuqurligining ham chegarasi yo‘q. Shuningdek, bu dunyoda bir muhtojlikdan endi qutulgan paytingizda orqasidan undan ham kattaroq bir muhtojlik albatta chiqib tursa, jahannamdagi hoviyaning ham bir chuquri bitmasdan undan ham chuqurroq navbatdagisi chiqaveradi.

Abu Hurayra hikoya qiladi:

-   Biz Alloh Rasuli (s.a.v.) bilan birga edik. Allanarsa xarsillab tushganini eshitdik. Rasululloh (s.a.v.): «Bu nimaningovozi, bilasizlarmi?» - deb so‘radilar. Biz: «Alloh va Rasuli yaxshiroq biladi!» - dedik.
Rasuli Akram (s a.v.) aytdilarki:
—   Bu bir tosh. Jahannamga otilgandi. Yetmish yildan beri tushayotgan edi. Faqat hozir tubiga yetdi.
Sen jahannam chuqurlarining bir-biridan farqlanishiga qara. Nega shunday? Chunki, daraja va fazilatlilik jihatidan oxirat eng buyuk makondir. Insonlariing dunyoga cho‘milishlari qanchalik farqli bo‘lsa, - birovlar dunyoga, qancha yupsa shuncha cho‘mgan bo‘ladi, birovlar ehtiyoji darajasi bilan qanoat qilgan bo‘ladi - ayni tarzda, otashniig ularni yeyishi ham shunchalik farqlidir. Chunki Alloh zarracha ham zulm qilishni xohlamaydi. Gunohkorlar jahannam olovida yonarkanlar, olov u qadar diqqatni oshirmay-di. Aksincha, har kimni isyon darajasida va gunohlari nisbatida yuragini ziq qiladi. Lekin shunisi borki, bu azob benihoya shiddatli bo‘ladi va eng yengil azob ko‘rayotganini ham, bu diqqatbozlikdan qutulish uchun, agar dunyo butun xazinalari bilan birga berilgan bo‘lsa, hammasini fidya (qutulish porasi) qilib bergan bo‘lardi. Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilarki: — Qiyomat kuni eng yengil azob ko‘radiganga olovdan ikki shippak kiygiziladi. Bu shippaklarning haroratidan miyasi qaynaydi.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 13:21:24

Azobning eng yengiliga qara! Azobning yengili shu bo‘lsa, eng og‘iri qanday bo‘larkin - o‘zin! endi bir chamalab ko‘r. Xar ne zamon jahannam azobining darajasini bilmoqchi bo‘lsang, barmog‘ingni olovga tekkiz va buni jahannam olovi bilan taqqosla. So‘ngra, unutmaki, taqkosing xatoli. Chunki dunyo olovi bilan jahannam olovi bir xil emas. Lekin, dunyoda odamni juda xit qilib yuboradigan narsa olovda kuyib qolish bo‘lgani uchun, buni jahannam azobiga qiyoslanadi. Hayhotki, jahannam ahli bu dunyodagi olovni u yerda topsaydilar, o‘zlarini kuydirayotgan olovdan qochib, itoat bilan unga kirardilar. Mana shuning uchun ham ba’zi xabarlarda shunday deyiladi:

—   Bu dunyo olovi — dunyo ahli unga chidasin uchun — yetmish rahmat suvi bilan yuvilgandir.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) jahannam olovini ochiqchasiga tavsiflab aytdilarki:

-   Jahannam otashi Rabbimizga shikoyat qilib dediki: «Ey Rabbim, bir qismim ikkinchi qismimni yemokda!» Alloh unga ikki marta nafas olishga ruxsat berdi. Bir - qishda, bir - yozda. Yoz chillasida siz ko‘rgan shiddatli issiq uning haroratidandir. Qish chillasida siz ko‘rgan shiddatli ayoz uning sovug‘idandir.

Anas ibn Molik deydiki:

-   Qiyomat kuni dunyo ne’matlari bilan eng ko‘p ne’matlangan bir kofir keltirilib: «Buni bir marta olovga kirgizib chiqaring!» - deyiladi. Uni olovga tashlaydilar va so‘raydilar:
-   Hech ne’mat ko‘rdingmi? U deydiki:
-   Yo‘q!

Keyin dunyoda eng ko‘p diqqatga sazovor bo‘lgan iymonli olim keltirilib: «Buni bir marta jannatga kirgazib chiqaring!» -deyiladi. Uni jannatga kirgizadilar va so‘raydilar:

-   Hech diqqat bo‘ldingizmi? U deydiki:
-   Yo‘q!

Abu Hurayra aytadi:

-   Agar bir masjidda yuz ming yoki bundan ham ortiqroq kishi to‘plangan bo‘lsa-yu, so‘ngra jahannam ahlidan bir kishi ularning orasiga kirib bir marta nafas olsa, hammalari o‘lgan bo‘lardilar.

Qayd etilgan