Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342583 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 49 B


Robiya  26 Yanvar 2009, 13:24:10

Ba’zi olimlar: «Ularning yuzlarini o‘t kuydirib, tishlari ochilib qoladi!» (Mo‘minlar surasi, 104-oyat) maolidagi oyat haqida deydilarki:

-   Olov ularga shunday uriladiki, suyaklar ustida et qolmaydi, eti sidirilib tushib, to‘piqlariga yig‘ilib qoladi.
So‘ngra, butun vujudlarini qoplagan qonli yiring hidiga qara.

Abu Said Hudriy rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) bildirdilar:

-   Agar jahannam ahli vujudidan oqqan qonli yiringning bir ko‘vasi dunyoga sepilgan bo‘lsaydi, butun dunyo ahlini sasitib yuborgan bo‘lardi.

Mana shu narsani esa ular ichadilar «Suv!» - deb imdod tilagan chog‘larida qonli-yiringli suv bilan siylanadilar. «U buni o‘zini zo‘rlab ichishga urinadi, lekin hech tomog‘idan o‘tkaza olmaydi, har tarafidan uning yoniga o‘lim keladi, holbuki o‘lolmaydi ham. Qarshisidan esa yattda og‘irroq bir azob kelib kutib turadi». «Ular suvsizlikdan faryod ko‘tarib, madad so‘rashganda qaynagan va qalin qaymoqqa o‘xshagan, hovuri yuzlarga uriladigan bir suyuqlik bilan imdodga keladilar. U nima bo‘lsa ham shu baloni ichadilar. Bu qaynoq suyuqlik bir iflos quyqumdan iborat bo‘ladi».

Keyin, mana bu yeydigan narsalariga qara: yeydiganlari ZAQQUM.

Alloh ogohlantiradi:

—   So‘ngra albatta sizlar, ey (qayta tirilishni) yolg‘on deguvchi gumrohlar, shak-shubhasiz (jahannamning o‘rtasida o‘sadigan) ZAQQUM daraxtidan yeguvchi, undan qorinlarin-gizni to‘ldirguvchidirsizlar. So‘ng uning ustiga qaynoq suvdan ichguvchi, (ichganda ham). Tashna-to‘ymas tuyalar kabi ichguvchidirsizlar! (Voqea surasi, 51-55-oyatlar)

—   Darhaqiqat, u (Zaqqum) do‘zax qarida o‘sadigan bir daraxtdir. Uning butoqlaridagi mevalari xunuklikda xuddi shaytonlarning boshlariga o‘xshar. Bas, ular (ya’ni do‘zaxilar) albatta undan yeb, qorinlarini to‘ldiruvchidirlar. So‘ngra albatta ular uchun uning (ZAQQUM mevalarining) ustiga qaynoq suvdan aralashtirilur (ya’ni ularga majburan qaynayotgan suv ichirilur). So‘ngra, ularning qaytadigan joylari yana albatta do‘zaxda bo‘lur. (Vas-saffot surasi, 64-68-oyatlar)

—   (Ular) qizigan do‘zaxga kirur, qaynab turgan buloqdan sug‘orilur. (G’oshiya surasi, 4-5-oyatlar)

—   Zero, Bizning dargohimizda kishanlar va olov-do‘zax bordir. Va (tomoqqa) tiqilguvchi (yiring va qon kabi) «taom» hamda alamli azob bordir. (Muzzamil surasi, 12-13-oyatlar)

Ibn Abbos rivoyat qiladi:

—   Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilar:

—   Agar ZAQQUMdan bir tomchisi dunyo dengizlariga tushsa, dunyo ahlining barcha ne’matlarini buzadi. Shunday bo‘lgach, biron kimsaning yeydigani shu bo‘lsa, uning holi nima bo‘ladi?
Anas ibn Molik rivoyat qiladi:

—   Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilar:

— Alloh sizni nimaga tashviq etgan bo‘lsa, o‘shanga rag‘bat eting. Azobu jahannam kabi iarsalardan qo‘rqitgan ekan, ulardan qo‘rqing va saqtaning, chunki siz yashayotgan dunyoda jannatning bir parchasi bo‘lsaydi, uni sizlar uchun yasatib qo‘yardi. Yana, siz yashayotgan dunyoda do‘zax olovidan bir parcha bo‘lsaydi, uni qamab qo‘yar edi.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 13:29:15

Abu ad-Dardo rivoyat qiladi:

—   Alloh Rasuli (sa.v.) buyurdilar:

-   Jahannam ahliga shunday bir ochlik beriladiki, bu ochlikning alami chekayotgan azobiningalamiga teng bo‘ladi. Bir narsa yegilari kelsa, «doriy’» (hayvonlar ham yemaydigan zaharli tikan) keltiriladi. Uni yegan bilan nya qorin to‘yadi, na ochlik barham topadi. Yana bir narsa yegilari kelsa, odamni xafa qiladigan ovqat beriladi. Va shu asno dunyoda sharob ichib xafalikdan qutulganlarini xotirlab, sharob ichkilari keladi. Ularga esa temir qadahda qaynar suv uzatiladi. Og‘ziga olib kelganda yuzlarini kuydiradi. Qaynar suv qorniga yutilganda, u yerda nimaiki bor bo‘lsa hammasini alg‘ov-dalg‘ov qilib, yorib-uzib tashlaydi. Bu orada dunyoda mayxo‘rlik qilgan bu kimsalar:

-   Jahannam soqchilarini chaqiring, - deb baqiradilar.

Soqchilar kelganda ularga shunday deydilar:

-   Rabbingizga duo ayting, bir kun bo‘lsa ham, bizning azobimizni yengillatsin!

Soqchilar deydilar:

-   Nima, Payg‘ambaringiz ochiq mo‘‘jizalar keltirmaganmidi?

Ular derlar:

-   Ha, keltirgandi. Soqchilar derlar:

-   U holda o‘zingiz yolvoring. Holbuki, kofirlarning duosi havoga ketishdan boshqa narsaga yaramaydi.
   
Ular derlar:

-   Jahannam soqchilarining boshlig‘ini chaqiring!

Chaqiradilar...

-   Jahannam soqchilarining boshlig‘i, Rabbingga ayt, bizga beradigan hukmini bersin!

Soqchilar boshlig‘i javob qaytaradi:

-   Sizlar kutishga mahkum kishilarsiz.

(Otash deydiki: - Menga ma’lum bo‘lishicha, ularning soqchilar boshlig‘ini chaqirishlari bilan soqchi boshining ularga javob berishi orasida ming yil bordir).

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 13:31:31

Ularga shunday deyiladi:

—   Rabbingizga duo ayting, Rabbingizdan yaxshirog‘i yo‘q. Duo aytib, shunday deydilar:
—   Ey Rabbimiz, bizda badbaxtligimiz g‘alaba qilgandi. Biz to‘g‘ri yo‘ldan ozganlar jamoasi edik! Ey Rabbimiz, bizni bu yerdan chiqar. Agar yana kufrga aylanishsak, ortiq hech shubhasizki, biz zolimlarmiz.
Alloh ularga shunday javob beradi:

—   Yiqilib keting (jahannam) ichkarisiga. Menga bir narsa so‘ylamang!

Mana, shu so‘zni eshitganlari on har narsadan umidlarini uzadilar. Yana yig‘laydilar. «Afsus, voh, esiz!» - deydilar.
Abu Umoma Bohiliy rivoyat qiladi:

-Alloh Rasuli (s.a.v.): «...unga yiringli suvdan berilganida, uni yutmoqchi bo‘ladiyu, (tomog‘idan) o‘tkazolmaydi, unga har tomondan o‘lim keladiyu, u o‘lolmaydi. Uning ortida (bundan-da) og‘ir azob bordir!» (Ibrohim surasi, 16-17-oyatlar) - maolidagi oyat haqida aytadi:

—   Ichish uchun o‘z ixtiyori bilan yiringli suvga yaqinlashadi, lekin hazari kelib, jirkanadi. Unga yaqinlashtirilgan paytda yuzini dog‘ bosadi, boshining terisi sidirilib tugadi. Uni ichganda ichaklari uzilib-uzilib ketadi.
Alloh aytadi:

—   Bular (taqvo egalari) do‘zaxda mangu qoladigan va qaynoq suv bilan sug‘orilib, u (suv) ichaklarini bo‘lak-bo‘lak qilib tashlagan (kofir) kimsalar kabi bo‘lurmi?! (Muhammad surasi, 15-oyat)

—   Agar ular (tashnalik shiddatiga chidamay) suv so‘rasalar, eritilgan (dog‘langan) yog‘ kabi yuzlarni kuydiruvchi suv berilur. Naqadar yomon ichimlik u, naqadar yomon joy u. (Kahf surasi, 29-oyat)

Ochiqqanda va suvsaganda ular yeydigan va ichadigan narsalar mana shulardir.

Ana endi jahannam ilonlari va chayonlariga, ularning zaharli shiddatiga, kattaliklariga va ko‘rinishlarining Dahshatiga boq Bu ilonlar va chayonlar jahannam ahlining boshidan yog‘diriladi, ularning ustiga gijgijlanadi. Va ular do‘zaxilarni chaqishdan va tishlashdan hech qaytmaydilar.

Abu Hurayra rivoyat qiladi:

—   Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilar:

—   Kimki, Alloh unga mol bersa-yu, buning zakotini bermasa, qiyomat kuni bu mol naq ko‘zining ustida ikki o‘rkachi bo‘lgan kuchli bir ilon shakliga kiritiladi. Bu ilon mol egasining bo‘yniga o‘raladi, so‘ngra boshiga sirg‘alib chiqib shunday deydi: «Men sening molingman, men sening yig‘gan xazinangman!.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 13:33:00

So‘ngra Alloh Rasuli (s.a.v.) shu oyatni o‘qidilar:

-   Alloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarning (zakotini) berishga baxillik qilgan kimsalar hargiz bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Yo‘q, bu qilmishlari o‘zlari uchun yomonlikdir. Baxillik qilib bermagan nimarsalari qiyomat kunida bo‘yinlariga o‘ralajak! Osmonlaru Yer meros bo‘lib, Allohning o‘ziga qolur. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir. (Ol-i Imron surasi, 180-oyat)

 Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yana bu mavzuda shunday deganlar: — Jahannamda shunday ilonlar borki, yo‘g‘onligi tuyaning bo‘yniday keladi. Chaqadi, zahrining shiddati qirq yil davom etadi. Yana jahannamda shunday chayonlar borki, egarlangan xachirday keladi. Shunday bir nish urib chaqadilarki, achchig‘i qirq yilga yetadi.

Qiyomat kuni bu ilonlar va chayonlar, dunyodaligida xasis va badfe’l bo‘lganlarning, insonlarga jabr-jafo qilganlarning ustlaridan yog‘diriladi. Kim dunyo hayotida bunday yomon fe’llardan o‘zini xoli tutib yashasa, oxiratda bu ilonlar va chayonlardan xoli bo‘ladi. Uning moli unga ilon va chayon shaklida ko‘rsatilmaydi.

So‘ngra, bulardan tashqari, yana jahannam ahlining vujudlari kattalashtirilishini mushohada qil. Zero, Alloh jahannam ahlining vujudlarini, ham bo‘yiga, ham eniga kattalashtiradi. Toki, shu tariqa, chekadigan azoblari ham ziyodalashgan bo‘lsin. Otashning yondirilishini, chayon va ilonlarning chaqishini, ketma-ket, butun a’zolari bilan bir paytning o‘zida his etsinlar.

Abu Hurayra rivoyat qiladi:

- Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilar:

-   Jahannamda kofirning tishi Uhud tog‘iday bo‘ladi. Terisining qalinligi ham uch odimdan kam bo‘lmaydi.
Yana Alloh Rasuli (s.a.v.) dedilar:

-   Jahannamda kofirning pastki labi qo‘ksiga osilib tushib turadi, ustki labi oldinga qarab cho‘chchaygan, yuzi qora bo‘ladi.

-   Qiyomat kuni jahannamda kofirning tili og‘zidan chiqib cho‘zilib yotadi, har kim uni bosib o‘tadi, jussalarining kattaligiga qaramay, otash uni qayta-qayta yondiradi, har yoqilishining oxirida terilari va etlari yangilanadi.
Hasan Basriy: «Terilari kuyib bitishi bilan haqiqiy azobni tortib ko‘rishlari uchun o‘rniga boshqa terilarni almashtiramiz!» (Niso surasi, 56-oyat)— maolidagi oyat haqida shunday deydi:

-   Otash ularni kuniga yetmish ming marta yeydi. Har ne zamon yesa, orqasidan ularga: «Avvalgi holingizga qayting!» - deya xitob etiladi. Ular darhol avvalgi holatlariga qaytadilar.

Endi, yana jahannam ahlining yig‘i-sig‘i, ingrashlari va oh-voh qilishlarini tasavvur et. Bu hol ularda ilk bora Jahannamga otilgan paytlarida yuz beradi.

Alloh Rasuli (s.a.v.) bildiradilar:

-   Qiyomat kuni jahannam yetmish ming tizginda va har tizginni yetmish ming malak tutgan holda keltiriladi.
Anas rivoyat qiladi:

-   Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar:

-   Qiyomat kuni jahannam ahliga shunday bir yig‘i beriladiki, ko‘z yoshlari tugaguncha yig‘laydilar, undan so‘ng ko‘z yoshi o‘rniga qon yig‘laydilar. Qon yuzlarida yorilgan bir joyga, chuqurlikka o‘xshab ko‘rinadi. Shunday bir joyki, u yerda bir kema qoldirilsa, suzadigan darajada bo‘ladi. Ularga yig‘lab-siqtamoq, oh-voh qilmoquchun ruxsat berilgan muddat ichida yig‘lab-siqtaydilar. Bunda ular uchun bir yengil tortish bor. Lekin bir ozdan so‘ng yig‘lab-siqtash ham man’ etiladi.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 13:40:18

Muhammad ibn Ka’b aytadi:

-   Jahannam ahli besh marta Atlohni chaqiradi. Alloh ularning to‘rt chaqirig‘iga javob beradi. Gal beshinchiga kelganda va undan keyin ortiq abadiyan gaplasholmaydilar.

Ular derlar:

—   Parvardigoro, Sen bizlarni ikki bor o‘ldirding va ikki bor tiriltirding, Bas, bizlar gunohlarimizni e’tirof etdik, endi (bu do‘zax azobidan) chiqishning biron yo‘li bormi? (G’ofir surasi, 11-oyat)

Alloh ularga javoban buyuradi:

—   Bunga sabab, qachon (sizlarni) yolg‘iz Allohgagina (ibodat qilishga) da’vat qilinganida kofir bo‘lib — bo‘ysunmay, agar u zotga shirk keltirilsa (ya’ni turli but-sanamlarga sig‘inishga chorlaganda) iymon keltirishlaringizdir. Bas, barcha hukm yuksak va ulug‘ Allohnikidir. (G’ofir surasi, 12-oyat)

Ular derlar:

—   Parvardigoro, ko‘rdik va eshitdik, bas, bizlarni (hayotga) qaytargin, bizlar yaxshi amal qilaylik. Endi bizlar (qiyomat haq ekanligiga) shak-shubhasiz ishonguvchilarmiz. (Sajda surasi, 12-oyat)

Alloh javob beradi:

-   Ilgari (hayot paytlaringizda) hech qachon zavolga yuz tutmasligingiz haqida qasam ichmagan edingizlarmi? (Ibrohim surasi, 44-oyat)

Ular derlar:

-   Parvardigoro, bizlarni chiqargin, bizlar qilib o‘tgan amallarimizdan boshqa yaxshi (amallarni) qilurmiz. (Fotir surasi, 37-oyat)

Alloh javob berur:

-   Axir biz sizlarga eslatma oladigan kishi eslatma olgudek uzun umr bermaganmidik? Sizlarga ogoxlantiruvchi (Payg‘ambar) ham kelgan edi-ku! Bas, endi azoblaringizni tortaveringlar! Endi zolim kimsalar uchun biron yordamchi bo‘lmas. (Mo‘minlar surasi, 106-107-oyatlar)

Ular derlar:

-   Parvardigoro, badbaxtligimiz bizlardan g‘olib kelib, adashgan qavm bo‘lib qolgan ekanmiz. Parvardigoro, bizlarni chiqargin. Bas, agar yana (kufrga) qaytsak, u holda shak-shubhasiz (o‘z jonimizga) jabr qilguvchidirmiz.

Alloh javob beradi:

-   (Jahannamda) xor bo‘lingiz va Menga so‘z qotmangiz. Mana shu javobdan so‘ng endi abadiyan gapirolmaydilar. (Mo‘minlar surasi, 108-oyat)

Bu — azoblar ichra azobning eng og‘iridir.

Molik ibn Anas hikoya qiladi:

—   Zayd ibn Aslam (sahoba, Badr jangi g‘oziylaridan): «Endi dod-voy qilamizmi, sabr-qanoat qilamizmi, biz uchun barobardir - hech qanday najot yo‘qdir» (Ibrohim surasi, 21-oyat) — maolidagi oyat haqida shunday dedi:

—   Yuz yil sabr qiladilar, kutadilar; so‘ngra yuz yil yig‘lab-siqtaydilar. So‘ngra yana yuz yil sabr qiladilar va oxiri derlarki:

—   Endi dod-voy qilamizmi, sabr-qanoat qilamizmi -baribir.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 13:46:34

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki:

—   Qiyomat kuni bo‘lganda o‘limni olib kelishadi. Xuddi semirgan qo‘chqorga o‘xshaydi. Jannat bilan jahannam o‘rtasida so‘yiladi va shunday deyiladi: «Ey jannat ahli, siz mangusiz, o‘lim nimaligini bilmayajaksiz. Ey jahannam ahli, siz ham mangusiz va o‘lim nimaligini bilmayajaksiz!»

Hasan Basriy shunday deydi:

—   Jahannamda bir yil qolib azob chekkandan keyin bir kishi chiqadi; koshki men o‘sha kishi bo‘lsaydim. Hasan Basriyni bir go‘shada o‘tirib yig‘layotgan holda ko‘rdilar va undan so‘radilar:

—   Nechun yig‘layapsan? Javob berdi:

—   Jahannamga otilganimda ham o‘z holimga qo‘yilmasligimdan qo‘rqyapman.

Shu yergacha yozganlarimiz jahannam azobining qisqacha turlaridir. Bu azobning bergan alamlari, ma’yusliklari, minnat va mashaqqatlari, hasratlari cheksiz-chegarasizdir. Ular uchun eng yomoni shunchalar omonsiz azob tortayotganlari yetmaganday, tag‘in jannat ne’matlaridan butunlay mahrumdirlar. Ular o‘sha ne’matlarni sog‘inadilar. Allohning jamolini ko‘rolmaslik, uning rizosiga yetisholmaslik ularni yomon qiynaydi. Va ichlarida barcha bu ne’matlarni dunyoda ahamiyatsiz narsalar evaziga sotganliklari haqida o‘ylaydilar: ular jannat ne’matlaridan, Allohning jamolini ko‘rishdan va boshqa narsalardan dunyoning besh kunlik qisqa hayotida shahvoniy orzulariga berilganliklari tufayli mahrum bo‘ldilar. Chindan ham, ko‘rinishda qisqa bir muddat uchun zavqlandilar, yeb-ichdilar. Lekin bu zavqlar nuqsonsiz emasdi, to‘la zavqlanish emasdi. Aksincha, notinchlik va xafalik hamda hazinliklar bilan aralashgan edi. Qiyomat kuni mahshar joyida derlarki:

— Voh, afsus! Voh, esiz! Qanday qilib Rabbimizga qarshi isyon etdik va o‘z-o‘zimizga zomin bo‘ldik! O’sha bir necha kunlik qisqa hayotimizda nechun sabrli bo‘lmadik va Alloh taqiqlagan ishlardan tiyilmadik? Agar sabr qilib Alloh harom qilgan narsalarni halol bilmasaydik, nojo‘ya ishlar qilmasaydik, u kunlar o‘tib ketardi va hozir biz uning xushnudligini ko‘rgan, ne’matlariga yetishgan bo‘lar edik, olamlarning Rabbiga qo‘shni bo‘lardik!

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 13:51:44

Esiz, esiz bu kimsalarga: yo‘qotganlarini yo‘qotdilar, ko‘radiganini ko‘radigan bo‘ldilar! Dunyo ne’matlariyu zavqlaridan qo‘llarida biron narsa qolmadi!

Agar bu kimsalar jannat ne’matlarini mushohada etmasalar, ko‘rmasalar, hasrat va pushaymonliklari bu qadar katta bo‘lmas edi. Lekin jannat ne’matlari ularga butun dabdabasi bilan ko‘rsatiladi. Shuning uchun ham Alloh Rasuli (s.a.v.) bildiradilar:

—   Qiyomat kuni bir to‘da insonlar jahannamdan chiqarilib, jannatga boshlab kelinadi. Jannatga yaqinlashishlari bilanoq uning ajoyib hidlari dimog‘lariga keladi, jannat ko‘shklariga va Allohning jannat ahli uchun hozirlagan boshqa ne’matlariga nazarlari tushadi. Xuddi shu asnoda quloqlariga shunday sado eshitiladi:

—   Ularni u yerdan uzoqlashtiring. U yerda ularning nasibasi yo‘q!

Shunda ularning avvalgi va keyingi hasratlariga yana bir hasrat qo‘shilib, u yerdan uzoqlashadilar va derlarki:
—   Ey Rabbimiz, nima bo‘lardi, bizga bu voqealarni va do‘stlaringga hozirlangan boshqa ne’matlarni ko‘rsatmay, jahannamimizda tinch qo‘ysang... Ko‘rmasak, kuymasdik!..

Alloh ularga javoban buyuradi:

—   Buni Men istadim. Siz o‘zboshimchalik qilib, Mendan bo‘yin tovlardingiz, insonlar bilan uchrashganda kibrlanib, riyokorlik qilardingiz. Ichingiz bilan tashingiz bir bo‘lmasdi. Insonlardan qo‘rqar, ammo Mendan qo‘rqmas edingiz. Insonlarga ta’zim qilardingiz, lekin Menga ta’zim qilmasdingiz. Insonlardan qo‘rqqaningizdan bir narsani tark etardingiz, ammo Mening roziligim uchun tark etmasdingiz. Bugun sizlarni savobdan mahrum qilish bilan birga sizlarga achchiq azobning mazasini ko‘rsataman.
Ahmad ibn Harb (o‘rta asr islom tafsirchilaridan) deydiki:

- Biz, insonlardan ba’zi birlari soyani quyoshdan ustun qo‘yamiz, jannatdan jahannamni ustun qo‘yamiz.
Hz. Iso esa shunday deydi:

—   Qanchadan-qancha sog‘lom vujud, qanchadan-qancha go‘zal chehra va yana qanchadan-qancha latif so‘zlovchi tillar borki, ertaga jahannam tabaqalari orasida azob tortajak.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 13:53:02

Dovud alayhissalom Allohga shunday nido qiladi:

—   Ey Rabbim, men Sening quyoshingning issig‘iga chidolmaymanu, Jahannaming haroratiga qanday chidayman? Men Sening rahmating sadosini kutishga sabr qilolmaymanu, azobing sadosini kutishga qandoq sabr qilay?! Qara bu qo‘rqinchli hollarga, ey miskin!

Bilib qo‘yki, Alloh jahannamni butun dahshatlari ila birga yaratdi. U yerga kiradiganlarni ham yaratdi. U yerga kiradiganlar ortmaydi ham, kamaymaydi ham. Bu hukm qilingan, tugal bir narsadir. Alloh buyuradi:

-   (Ey Muhammad), siz ularni barcha ish bitirilib (ya’ni jannat ahli jannatga, do‘zaxilar do‘zaxga hukm qilinib), ular hasrat-nadomat qilib qoladigan KUNdan - Qiyomatdan qo‘rqiting (Bugun). Ular g‘aflatdadirlar (shu sababli), ular iymon keltirmaydilar. (Maryam surasi, 39-oyat)

Mening qanoatimcha, bu oyat bilan qiyomat kuni haqidagi hukm hatto azaliy hukm ekanligiga ishora qilingan. Lekin oldindan hukm qilingan narsa - qiyomat kuni bildirilmokda.

Odamni esankiratadigan narsa shudirki, sen kulasan, o‘ynaysan va dunyoning ahamiyatsiz zavqu safolari bilan ovora bo‘lib vaqtingni o‘tkazasanda, o‘tmishda sen haqingda qanday hukm chiqarilganini bilmay, o‘ylaysan, xayolga tolasan.

Agar: «Qaniydi, boradigan yo‘limni, oxir-oqibatda nima qilishimni va azalda men haqqimda chiqarilgan hukmni bilolsaydim!» - desang, sening uchun ba’zi mezonlar bordir. Ularni nazarga olib, tushadigan ahvolingni bilib olishing mumkin:

-   Ahvolingga va amallaringga qaraysan. Chunki har kim peshonasiga bitilganini qiladi. Agar senga xayrli yo‘lda bo‘lish nasib etsa omading kelgani! Jahannam otashidan uzoqsan. Yo‘q, agar har ne zamon yaxshi bir ishga tashabbus ko‘rsatganingda qarshingdan muqarrar bir to‘siq chiqsa va u yaxshi ishni qilishingga yo‘l bermasa va yana sen gunoh qilishni xohlamaganing holda, seni gunoh qilishga yetaklovchi, bunga majbur qiluvchi sabablar yuz bersa, bilki, sening ustingda hukm chiqarilgan, chunki bu ahvol natija qanday bo‘lajagini qo‘rsatib turadi, xuddi yomg‘ir o‘t-o‘lang mo‘l bo‘lishini, tutun olov yonayotganini ko‘rsatib turganiday. Alloh buyuradi:

Yaxshilar hech shubhasiz, NYe’MATLAR jannatida. Yomonlar hech shubhasiz, OLOVLAR do‘zaxidadirlar. (Infitor surasi, 13-14-oyatlar)

O’zingni bu ikki oyat bilan tarozi pallasida torta bil. Dunyo va oxirat hayotida o‘z o‘rningni bilgan kishilardan bo‘l. Har narsaning eng to‘g‘risini tag‘in Alloh biladi.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 13:55:03

OLLOHGA ITOATNING FAZILATI

Aziz birodarim, bilki, Allohga itoat har turli yaxshi-liklarni yig‘adi. Alloh bizga yuborgan kitobi Qur’onning bir qator oyatlarida itoatga tashviq etgan, payg‘ambarlarni ham, insonlar nafsning g‘ayriaxloqiy harakatlaridan uzoqlashsin, degan maqsad bilan yuborgandir. Taqvodorlar uchun ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan, hech bir kimsaning yetti uxlab tushiga kirmagan ne’matlar tayyorlab qo‘yilganligi ma’lum qilingan. Insonlar ana shu ne’matlar bilan zavqlanishlari kerak, chunki ular bekorga va maqsadsiz yaratilmaganlar. Aksincha, Allohning «Yomonlik qilganlarni qilmishiga yarasha jazolashi, go‘zal harakat qilganlarni esa, go‘zalroq nimarsalar bilan mukofotlashi» uchun yaratilgandirlar. Alloh insonlarning ibodatiga muhtoj emas. In-sonlarning isyon qilishi, ya’ni itoat qilmasligi Allohga zarar bermaydi, uning kamolini nuqsonli qilolmaydi. «Rabbiga yaqin bo‘lganlar, faqat uni kecha-kunduz tasbih etib charchamaganlargina kibrlansalar bo‘ladi». «Kim yaxshi amal va harakatda bo‘lsa o‘ziga foyda, kim yomonlik qilsa o‘ziga zarardir. Rabbing, bandalariga zarracha ham zulmkor emas!» «Alloh xolisdir, hech bir narsaga muhtoj emas. Sizlar esa ojizsizlar, muhtojsizlar!»

Naqadar g‘aroyibki, biz, insonlar, masalan, bir qul sotib olamiz. Bu qulning har turli xizmatlarda hech kamchilikka yo‘l qo‘ymasligini, arzon-garov badal berganimiz evaziga bizga hech shak-shubhasiz itoat etishini istaymiz. Qul arzimagan bir xatoga yo‘l qo‘ysa achchiqlanamiz, uni ozorlaymiz. Ba’;an och qo‘yamnz, quvib yuboramiz yoki sotamiz. Shunday ekin, nega biz o‘zimiz olamlarning Rabbi, demak bizning ham Rabbimiz bo‘lgan Allohga itoat etmaymiz? Itoat etsak kamayib qolamizmi?! Yemg‘ir tomchilariday beadad xatolarimiz, qusurlarimiz bo‘lgani holda u bizdan ne’matlarini darig‘ tutmaydi, madadlari bilan bizni yorlaqaydi-ku! Agar ne’matlarini darig‘ tutsa, bizga madad bermasa, biz yo‘q bo‘lib ketamiz-ku! Bor-yo‘g‘i shuki, u biz bir gunoh qilsak, shu gunohimiz vajidan bizga qattiq jazo berishga qodir. Lekin, ehtimolki, bizni jazolamas, yomon fe’l-atvorini tark etar, deb bizga muhlat berar. Balki, tavba qilsak qabul etib, gunohlarimizni afv etar, ayblarimizni yopib yuborar.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 13:55:57

Aqlli odam kimga itoat etish kerakligini biladi, unga yuzlanadi va butun borlig‘i bilan unga taslim bo‘ladi. Har ne zamon bir kamchilikka yo‘l qo‘ysa, tavba qiladi, tazarru qiladi. Allohning rahmatidan umid uzmaydi, ne’matlariga shukr qilish yo‘li bilan uni o‘ziga do‘st etadi va butun turish-turmushini shu tarzda davom ettiradi. Shunday bo‘lgan taqdirda, Alloh uni o‘zining sevimli qullari daftariga qayd etadi, deb umid qilish mumkin. Shu holdaligida o‘lim kelsa, bu quvonarli holdir: U Rabbi bilan, Rabbi ham u bilan qovushish ishtiyoqida bo‘ladilar.

Abu ad-Dardo Ka’b Axborga — ikkovidan ham Alloh rozi bo‘lsin - deydiki:

-   Menga Tavrotning go‘zal oyatlaridan aytib ber! Ka’b aytadi:

-   Alloh buyuradiki: «Solih bandalarning menga qovushish ishtiyoqi ortdi. Men ham ular bilan qovushishga ko‘p ishtiyoqliman!» Tavrotdagi bu oyatning yonida shunday so‘zlar ham yozilgan: «Kim meni izlasa, topadi, kim mendan boshqasini izlasa, meni topolmaydi!»

Abu ad-Dardo Ka’bdan bularni eshitganda, unga dedi:

-   Shohid bo‘l! Men Rasululloh (s.a.v.) dan eshitganman, buni u ham aytardi.

Bir payt Alloh Dovud alayhissalomga vahiy yo‘li bilan shularni bildirdi:

—Ei Dovud, insonlarga bildirki, men meni sevganlarning do‘stiman, men bilan o‘tirishganlarning safdoshiman, meni zikr etish tarzi bilan menga sevgisini bildirgan-larni men ham sevaman. Men o‘rtaga qo‘ygan axloq asoslariga ega bo‘lganlarning egasiman. Meni ustun qo‘yganni ustun qo‘yaman, menga itoat etganga itoat etaman. Bir bandaning haqiqatan qalbdan meni sevganini bilsam, uning amallarini qabul qilaman, uni shunday sevamanki, huzurimdagi bironta bandam uning sevgisini ortda qoldirolmaydi. Kim meni chinakamiga izlasa topadi, kim mendan boshqasini izlasa meni yo‘qotadi. Ey insonlar ichingizdagi isyon holini tark eting, dunyo hayotiga mag‘rur bo‘lmang; mening qaramimga, mening suhbatimga, mening majlisimga keling. Men bilan aloqa qiling, men ham siz bilan aloqa qilaman, sizni sevishga shoshilaman. Men ahboblarimning siynatini (tabiatini) do‘stim IBROHIMning, sirdoshim MUSOning va pok bandam MUHAMMADning tiynatidan yaratdim. Menga mushtoq bo‘lganlarning qalbini o‘z nurimdan yaratdim va ularni jalolim ila ne’matlantirdim.

Salaflardan ba’zilarining bayon qilishicha, Alloh juda sodiq bandalaridan biriga shularni ilhom tarzida in’om etadi:

— Mening bandalarim ichida shundaylari borki, ular meni sevadilar, men ham ularni sevaman, Ular menga mushtoqdirlar, men ham ularga mushtoqman. Meni zikr etadilar, men ham ularni zikr etaman. Nazarlari menda, mening ham nazarim ularda. Agar ul«rning yo‘lida bardavom bo‘lsang, seni sevaman. Ularning yo‘lidan ayrilsang, sendan achchiqlanaman.

Qayd etilgan