Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342353 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 ... 49 B


Robiya  26 Yanvar 2009, 15:20:04

Uzoqni va teranni ko‘ruvchi kishilar - basirat sohiblari - o‘z ko‘ruvchanliklari bilan bu asosiy yomon fe’llar va bulardan tarqagan boshqa kichik yomon fe’llar to‘g‘risida mushohada qiladilar. Bu yomon fe’llarning to‘la sanog‘ini faqat nubuvvat nuriga ega bo‘lganlar, ya’ni payg‘ambarlar biladilar, Bu tur hadislarning tushunarli bo‘lgan zohiriy ma’nolari, hech shak-shubhasiz, sahihdir. Bundan tashqari bu hadislarning ma’naviy va yashirin sirlari ham bor. Lekin bu sirlar faqat basirat sohiblariga ayon va ravshandir. Bu tur hadislarning sirlari va haqiqatiga yetib bormagan, uning tagiga yetolmagan kishilarning bu hadislarning zohirlarini inkor etishlari to‘g‘ri emasdir. Iymon darajalarining eng kichigi-tasdiq etmoq va taslim bo‘lmokdir.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 15:21:35

ILMAL-YaQIN, AYNAL-YaQIN

Alloh buyurdi:

-   Kalla lav ta’lamuna ilmal-yaqin. Ya’ni: «Yo‘q!! (Bu yo‘ldin qaytinglar! Baxt mol-dunyo, mansabda emas) Agar sizlar (buni) ilmal-yaqin (ilmiy asosda yaqindan, ya’ni haqiqatga binoan) bilganlaringizda edi... (Takosur surasi, 5-oyat)

Bu oyatni shunday tafsirlaydilar:

—   Agar qiyomat ahvolini yaqindan bilsaydingiz, o‘zingizdagi mol, bola-chaqa va mo‘lchilik bilan gerdaymagan bo‘lardingiz; sizga foydali bo‘lgan narsalarni qilar va foydali bo‘lmagan narsalarni tark etar edingiz.
Oyatni bunday izohlash ham mumkin:

-   Agar mol-mulk va dunyoda yetishish mumkin bo‘lgan narsalar bilan g‘ururlanish qiyomat kuni hech qanday foyda bermasligini Payg‘ambarlar kabi yaqindan bilsaydingiz, mol va dunyoingiz bilan g‘ururlanmas edingiz!

—   Latarovvunnal jahiym. Ya’ni: Albatta jahannamni ko‘rasizlar. (Takosur surasi, 6-oyat)

Rabb ont ichmoqda va: «Qiyomat kuni siz jahannamni va jahannamning shiddatini mutlaqo aynan ko‘rajaksiz!» deb buyurmoqda.

-   Summa latarovvunnahaa aynal-yaqin. Ya’ni: Qasamki, uni aynal-yaqin (sizning ishonch ko‘zingiz bilan, yaqindan) ham ko‘rmay qolmaysizlar. (Takosur surasi, 7-oyat)

Oyatning tafsiri quyidagichadir:

-   Siz jahannamni shak-shubhasiz oddiy ko‘zda ham ko‘rasiz.

Savol: Ilmal-yaqin bilan aynal-yaqin orasidagi farq nima?

Javob: Bu savolga bir necha tarzda javob qaytarish mumkin:

1. Ilmal-yaqin, payg‘ambarliklari sababli, payg‘ambarga oiddir. Aynal-yaqin esa farishtalarga oiddir. Chunki ular Jannatni, Jahannamni, Lavhi Mahfuzni, Qalamni, Arshni va Kursini aynan ko‘radilar va mushohada etadilar (kuzatadilar).

2.   Ilmal-yaqin, tiriklar uchun, aynal-yaqin esa o‘liklar uchundir. Chunki tiriklar insonlarning o‘lganini va o‘liklarning ham qabrlarda ekanliklarini biladilar. Lekin qabrda nima ahvolda ekanliklarini bilmaydilar. Holbuki, o‘liklar qabrlarni aynan biladilar va mushohada etadilar: yo jannat bog‘laridan bir bog‘, yo jahannam chuqurlaridan bir chuqurdir.

3.   Ilmal-yaqin qiyomatni bilmoqdir. Aynal-yaqin esa qiyomatni va qiyomatning dahshatini aynan ko‘rmoq va mushohada etmoqdir.

4.   Ilmal-yaqin jannat va jahannamni bilmakdir. Aynal-yaqin esa bularni aynan ko‘rmak va mushohada etmakdir.

-   So‘ngra ana o‘sha KUNDA, albatta, (hayoti dunyoda sizlarga ato etilgan barcha) ne’matlar to‘g‘risida mas’ul bo‘lursizlar (ya’ni jazoga tortilasizlar). (Takosur surasi, 8-oyat)

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 15:24:58

Tafsiri:

-   Qiyomat kuni dunyo ne’matlaridan — vujud sog‘ligi tufayli olingan zavqlardan, eshitilganlardan, ko‘rilganlardan, ko‘rilgan foydalar qaerga sarflanganidan, yeyilgan va ichilgan lazzatli narsalardan mutlaqo so‘roq qilinasiz. Ajabo, u ne’matlarning sohibiga shukrini ado qildingizmi va ne’mat sohibini tanidingizmi, yo‘qsa nonko‘rlik qildingizmi? Nima qildingiz?

Ibn Abu Xotam (to‘liq ismi Abdurrahmon ibn Abu Xotam, tafsir olimi. Tug‘ilishi h. 240, vafoti 327 y) Aslam o‘g‘li Zayddan, u esa otasidan naql qilib aytadi:

Alloh Rasuli (s.a.v.) «Takosur» surasini o‘qidi va shunday izohladi:

—   Sizni ma’murlikdan kibrlanish chalg‘itdi (Allohga itoat etishingizda xalaqit berdi).

—   Obdan qabrlarni ziyorat qildingiz (Bu, to chalg‘ish holiga kelguncha davom etdi).

—   O’zingizni tiying. Kelgusida bilajaksiz (Qabrga kirgan chog‘ingizda).

—   Yana tiyiling. Kelgusida bilajaksiz (Qabrlaringizdan chiqib mahshar joyiga borganingizda).

—   Tiyiling. Agar ILMAL-YaQIN bilsaydingiz (agar amallaringiz bilan Rabbingiz huzuriga chaqirilgan bo‘lsaydingiz)!

—   Qasamki, siz u lovullagan olovni mutlaqo ko‘rajaksiz (Chunki sirot (ko‘prik) jahannam ustiga quriladi).

—   Va yana qasamki, u kun albatta va albatta ne’matlar yuzasidan so‘roqqa chaqirilasiz (Yeganlaringiz, ichganlaringiz, maskanlaringiz yuzasidan va mu’tadil axloqdan, uyqu lazzati yuzasidan).

Hz. Ali — Alloh undan rozi bo‘lsin - shunday deydi: —Ne’matdan murod sog‘likdir. Yana rivoyatga ko‘ra Hz. Ali deydiki:

—   Bir kimsa bug‘doy non yesa, Furotning chuchuk suvini ichsa va shu bilan bo‘ldi deb uyida o‘tirsa, bilingki, bular ul kishining so‘roqqa tutilishiga sabab bo‘ladigan narsalardir.
Akrimadan naql qilinadi:

—   «U kun albatta va albatta ne’matlar yuzasidan so‘roqqa chaqirilasiz!» - mazmunidagi oyat nozil bo‘lgan vaqtda sahoba dediki:

—   Ey Allohning Rasuli! Biz qaysi ne’matga ko‘mildikki, undan so‘roqka chaqirilsak! Bizning me’dalarimizga faqatgina arpa nondan boshqasi tushayotgani yo‘q-ku!.. Shunda Alloh vahiy yo‘li bilan Payg‘ambariga (s.a.v.) bildirdi:

—   Ularga so‘yla: «Nolin (yog‘och sandal) kiymaysizmi, chuchuk suv ichmaysizmi? Bular ham ne’mat turlari, axir».
Abu Hurayra rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) buyurdilarki:

—   Qiyomat kuni har insonga qaratilgan ilk savol «dunyoda u qo‘lga kiritgan ne’mat»ga oid bo‘lajakdir.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 15:27:01

Unga deyilajakki:

—   Senga tani sog‘lik bermadikmi? Seni sovuq suv bilan qondirmadikmi?

Muslim va boshqalarning hadis kitoblarida Abu Hurayradan nakd keltiradilar. Abu Hurayra hikoya qiladi:

—   Alloh Rasuli (s.a.v.) uyidan tashqariga chiqqandi. Abu Bakr va Umarga duch keldi. So‘radi:
—   Bu soatda uyingizdan chiqishingizga nima sabab bo‘ldi:

Dedilar:

—   Ochlik, ey Allohning Rasuli!..

Rasul (s.a.v.) aytdi:

—   Borlig‘im qudrat qo‘lida bo‘lgan Alloh nomiga qasam ichib aytamanki, meni tashqariga chiqargan ham sizni chiqargan narsadir (OChLIK). Keling!

Ular Rasululloh (s.a.v.) bilan birga yurdilar. Ansorlardan birining uyiga keldilar. Lekin uyning erkagi uyda yo‘qedi. Xonadon sohibasi ularni ko‘rganda: «Marhabolar!» - dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Falonchi qaerda?» - deya uy egasini so‘radilar. Xotin: «Bizga ichimlik suv keltirgani tashqari chiqdi!» - dedi. Xuddi shu onda uy egasi keldi. Rasulullohga va ikki safdoshiga qarab «Alhamdulilloh! Bugun qanday sharafli mehmonlarim bor!» - dedi. Borib bir butoqdan xurmo terib keldi. «Olinglar bundan!» dedi. Pichoqni oldi. Rasululloh suv istadilar. Uy egasi qo‘y so‘ydi. Qo‘y etidan va xurmodan yedilar. Qorinlari to‘yib, ketib borisharkan, Alloh Rasuli (s.a.v.) Abu Bakr va Umarga - Alloh ulardan rozi bo‘lsin — shunday dedilar:

— Borlig‘im qudrat qo‘lida bo‘lgan Alloh nomiga qasamki, qiyomat kuni bu ne’matdan so‘roqqa chaqirilamiz!

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 15:29:11

OLLOHNI ZIKR ETIShNING FAZILATI

Alloh buyuradi:

—   Bas, meni eslangiz. Men ham sizlarni eslayman. (Baqara surasi, 152-oyat)

Sobit Bannoniy (hijriy P-Sh asrlarda yashagan valiylardan)— unga Allohning rahmati bo‘lsin — dediki:

—   Men Rabbimning qay vaqtda meni esga olishini bilaman!

Yonidagilar uning bu so‘zidan seskanib ketishdi va:

—   Qaerdan bilasan buni? — deya so‘radilar. Bannoniy dediki:
—   Men uni esladimmi, u meni eslaydi!

Alloh buyuradi:

—   Ey mo‘minlar, Allohni ko‘p ZIKR qilinglar! (Ahzob surasi, 41-oyat)

—   Arafotdan tushganingizdan keyin Mash’ar-ul-haromda Allohni ZIKR qiling! U zot sizlarni haq yo‘lga hidoyat qilgani yanglig‘ sizlar ham u zotni ESLANG - zikr qiling! (Baqara surasi, 198-oyat)

—   Endi, marosimlaringizni ado qilib bo‘lgach, Allohni ajdodlaringizni eslagandek, hatto undanda qattiqroq ESLANG. (Baqara surasi, 200-oyat)

—   Ular turganda ham, o‘tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar. (Ol-i Imron surasi, 191-oyat)

—   Namozni ado qilib bo‘lganingizdan keyin ham tur-gan, o‘tirgan va yonboshlagan paytlaringizda doim Allohni YoD ETINGIZ. (Niso surasi, 103-oyat)

Ibn Abbos bu oyatni tafsirlab deydiki:

—   Kunduzi ham, tunda ham, qora yerda — suvda ham, safarda ham, uyda ham, faqirlik-boylikda ham, kasallik-sog‘likda ham xoh ochiqchasiga, xoh ichingizda Allohni YoD ETING! — deganidir bu.

Alloh munofiqlarni yomonlab, bildiradiki:

—   (Munofiklar) Allohni kamdan-kam yodga oladilar. (Niso surasi, 142-oyat).

Yana Alloh buyurdi:

—   Parvardigoringizni ichingizda yolvorib, qo‘rqib, dildan ertayu kech YoD QILING va g‘ofil kimsalardan bo‘lmang! (A’rof surasi, 205-oyat)

—   Aniqki, Allohni ZIKR qilmoq (barcha narsadan) ulug‘roqdir. (Ankabut surasi, 45-oyat)

Ibn Abbos bu oyatni ikki shaklda tafsirlaydi:

1   - Allohning sizni ESLAShI, sizningUni eslashingizdan ulug‘rokdir.
2   — Allohni ESLASh (ZIKR) boshqa har turli ibodatdan ulug‘dir.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 15:30:23

Payg‘ambarimiz - Unga Allohning salomi bo‘lsin — buyurdilarki:

—   G’ofillar orasida Allohni ESLAYDIGAN KIMSAning holi qurigan o‘tlar orasida yam-yashil bir daraxtning holiga o‘xshaydi.

- G’ofillar orasida OLLOHNI ESLAYDIGAN KIShIning holi urush maydonidan qochgan askarlar qo‘shilmasining maydondan qochmay jang qilishda davom etayotgan askari holiga o‘xshaydi.

Qudsiy (muqaddas) hadis:

-   (Alloh buyuradi): meni YoDGA OLGAN va lablari mening nomim bilan harakat qilgan daqiqalarda men bandam bilan birgaman.

-   Odamzot o‘zini Allohning azobidan qutqarishda ZIKRdan ustunroq bir amal topmadi.

Bir sahoba so‘radi:

-   Alloh yo‘lida jihoddan hammi, ey Allohning Rasuli?

Rasul (s.a.v.) aytdi:

-   Ha, Alloh yo‘lida jihoddan ham!.. Qilichni sug‘urasan, bor-yo‘g‘i singuncha urushasan; so‘ngra yana sug‘urasan, yana singuncha urushasan; so‘ngra yana sug‘urasan, yana singuncha urushasan. Shu jihatdan u bundan ustundir.
-   Kim jannat bog‘larining ne’matlariga sazovor bo‘lishni istasa, Allohni ko‘p ZIKR etsin.

Bir kuni Payg‘ambarimiz(s.a.v.)dan: «Qaysi amal fazilatliroq?» deb so‘rashdi. Dedilarki:

-   Tilingda Allohni ZIKR etib o‘lishing.

-   Erta bilan tilingda Allohni ZIKR etib turganing, kechqurun tilingda Allohni ZIKR etib yotganing... Agar shunday qilsang, kecha-kunduzing savobda o‘tadi, gunoh qilmaysan.

-   Kecha-kunduz Allohni ESLAMOQ jihod qilib Alloh yo‘lida qilich o‘ynatganingdan va molingni sadaqa qilib ulashganingdan fazilatliroqdir.

Qudsiy hadis:

-   (Alloh buyuradiki): Bandam meni o‘z ko‘nglida ESGA OLSA, men ham uni o‘z ko‘nglimda ESGA OLAMAN. Jamoat ichida esga olsa, men ham uni uning jamoatidan xayrliroq bir jamoat ichida ESGA OLAMAN. U menga bir QARICh yaqinlashsa, men unga bir QADAM yaqinlashaman. U menga bir QADAM yaqinlashsa, men unga bir QULOCh yaqinlashaman. Mening yo‘limga kirsa, men uning tilaklarini tez ijobat etaman.

-   Alloh hech bir soya bo‘lmaydigan va faqat o‘z Arshining soyasi bo‘ladigan qiyomat kunida yetti toifa kishilarni o‘z Arshining soyasida soyalantiradi. Bulardan bir toifasi tanholikda Allohni ZIKR etganlar va Allohdan qo‘rqqani sababli ko‘z yosh to‘kkanlardir.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 15:31:41

Abu ad-Dardo naql etadi:

Alloh Rasuli (s.a.v.) marhamat qildilar:

-   Ey ummatim va ashobim! Sizlarga amallaringizning eng yaxshisini, Alloh nazdida amallaringizning eng tozasini, darajalaringizning (martabalaringizning) eng yuksagini, oltin va kumush sadaqa berishdan ham dushmanlaringiz bilan yuzma-yuz bo‘lib, siz ularning BO’YNINI, ular sizning bo‘yningizni urishlaridan (jihoddan) ham xayrliroq bo‘lganini aytib beraymi?

Bir sahoba so‘radi:

-   Nima u, ey Allohning Rasuli? Rasul (s.a.v.) javob berdi:

-   Uzluksiz Allohni ZIKR etmoqdir.

Qudsiy hadis:

-   (Alloh buyuradi): Kim mening ZIKRIM bilan mashg‘ul bo‘lsa va bu mashg‘ulligi tufayli mendan biron narsa so‘rashga vaqt topolmasa, men unga buni istaganlarga berganimdan fazilatlirog‘ini beraman.

Fuzayl ibn Iyoz aytadi:

-   Bizga yetib kelgan xabarlarga qaraganda Alloh shunday buyuradi: «Ey bandam, ertalab bir on, peshinda bir on meni ZIKR ET. Bularning orasidagi vaqtlarda men senga kifoya qilarli bo‘laman!»

Bir olim aytadi:

Alloh buyuradiki: «Qaysi bandamning qalbi meni zikr etishda har narsadan g‘olib kelayotganidan xabar topsam, uning ishini men idora qilaman. Uning majlisida qatnashib, uning do‘sti bo‘laman.

Hasan Basriy aytadi:

- ZIKR ikki xil bo‘ladi:

1 — Tanholikda, Alloh bilan bandaning o‘z oralarida voqe’ bo‘lgan ZIKR.
2 — Birinchi zikrdan ham go‘zalroq, mukofoti undan kattaroq va fazilatliroq bo‘lgan va Alloh harom qilgan narsaga yaqinlashgan (harom bo‘lgani uchun, xohlamay tashlab ketgan) ondagi ZIKR.

Rivoyat qilinadiki:

-   Har nafs o‘layotganda dunyodan yorilar darajada chanqoq holda ayriladi; lekin Allohni ZIKR etgan nafs bundan mustasnodir.

Muoz ibn Jabal aytadi:

-   Jannat ahli dunyoda Allohni zikrsiz o‘tkazgan bir soatiga ham shu qadar achinadilarki, boshqa biron narsaga shunchalik afsuslanishlarini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 15:32:20

Payg‘ambarimiz - unga Allohning salomi yog‘ilsin — buyurdilar:

-   Bir majlisda o‘tirib Allohni ZIKR etayotgan biron jamoat yo‘qki, ularni farishtalar ziyorat qilmasin, Alloh yonidagilarga ulardan bahs etmasin va ularga rahmat yog‘dirmasin!..

-   To‘planib, yolg‘iz Alloh rizosi uchun ZIKR qilayotgan biron jamoat yo‘qki, ularga Osmondan bir NIDOChI tushib: «Turing, Allohning afviga yetishdingiz! Yomon amallaringiz yaxshi amallarga aylantirildi!» - deya nido etmasin!..

-   Biron jamoat yo‘qki, bir majlisda o‘tirib Allohni ZIKR etgan holda, mening go‘zal axloqimga ergashmasalar va menga Allohning salotu salomini yo‘llamasalar, qiyomat kuni afsus qilib qolmasinlar.

Dovud alayhissalom deydiki:

-   Ilohim! Meni ZOKIRLAR majlisini tashlab, G’OFILLAR majlisiga ketgan holda ko‘rsang oyoqlarimni sindir. Chunki zokirlar bir ne’matdir. Sening menga ular bilan birga bo‘lishni nasib etganing menga in’om berganingdir.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday biddirdilar: — Mo‘minning bitta xayrli majlisi son-sanoqsiz yomonning majlisini qoplaydi.

Abu Hurayra - Alloh undan rozi bo‘lsin - aytadi:

—   Osmondagi yulduzlar bizga kechasi qanday chaqnab ko‘rinsa, osmon ahliga yer yuzidagi ichida ZIKR qilinayotgan uylar ham shunday ko‘rinadi:

Yana hikoya qilinishicha, bir kun Abu Hurayra bozorga boradi va:

—   Sizlarni bu yerda ko‘rmokdaman. Holbuki, masjidda Rasululloh(s.a.v.)ning merosi taqsim qilinmoqda! — deydi bozorchilarga.

Shunda xalq bozordagi ishini tashlab, zudlik bilan masjidga yuguradi, lekin u yerda hech narsa bo‘lmaganini ko‘rib, Abu Hurayraga:

—   Biz masjidda taqsim etilgan merosni ko‘rmadik, - deydilar.

Abu Hurayra:

—   Nima ko‘rdingiz? — deb so‘raydi odamlardan. Ular:
—   Allohni ZIKR etayotgan bir jamoatni ko‘rdik, - deydilar.

Qayd etilgan


Robiya  26 Yanvar 2009, 15:33:08

Shunda Abu Hurayra:
— Rasululloh(s.a.v.)ning merosi mana shudir! — deb javob beradi...

Omash (hadischilardan. To‘liq ismi Sulaymon ibn Mixrondir. Hijriy 61-148 yillarda yashagan) Abu Solihdan (tobeinlardan, h. 1-11 asrlarda yashagan), Abu Solih esa Abu Hurayra va Abu Said Xudriydan rivoyat qiladi: Alloh Rasuli (s.a.v.) dedilar:

—   Allohning yer yuzida kezib yuruvchi farishtalari bor. Allohni ZIKR etayotgan bir jamoatni ko‘rdilarmi, bir-birlarini chaqiradilar. To‘planadilar. Ularni ziyorat qiladilar. So‘ngra Osmonga parvoz etadilar. Alloh ulardan so‘raydi:

—   Bandalarim nima qilayotganlarida ularni tashlab keldingiz?

Ular javob beradilar:
—   Senga hamd aytib, seni tasbih va tanzih qilayotganlarida qoldirib keldik.

Alloh so‘raydi:
—   Meni ko‘ribdilarmi? Farishtalar javob beradi:

—   Io‘q! Alloh so‘raydi:
—   Ko‘rsalar nima bo‘lardi! Farishtalar javob beradi:
- Seni ko‘rsaydilar, yanada qattiqroq hamd aytar, tasbih va tanzih qilardilar. Alloh so‘raydi:

—   Menga qay masalada sig‘inayotgan edilar?

Ular javob beradi:
—   Otashdan (jahannam olovidan asra!) deb. Alloh so‘raydi:
—   Uni (jahannamni) ko‘ribdilarmi? Farishtalar javob beradi:
—   Io‘q! Alloh so‘raydi:
—   Ko‘rsalar nima bo‘lardi? Farishtalar javob beradi:
—   Yomon fe’l-atvordan yanada ko‘proq saqlanishgan bo‘lardilar!

Alloh so‘raydi:
—   Nimani istashayotgan ekan Ular javob beradi:
—   Jannatni! Alloh so‘raydi:
—   Uni ko‘rishibdimi? Farishtalar javob beradi:
—   Io‘q! Alloh so‘raydi:
—   Ko‘rsalar nima bo‘lardi? Ular javob beradi:
—   Ko‘rsalar, ko‘proq go‘zal fe’l-atvorli bo‘lar va ko‘proq yaxshi amallar qilgan bo‘lardilar.

Alloh buyuradi:
—   Sizlar guvoh bo‘ling, men ularni afv etdim.

Farishtalar derlarki:
—   Ularning ichida bittasi bor edi. Bir hojatini chiqarish uchun kelgandi. Maqsadi ular bilan birga zikr qilish emasdi!

Alloh buyuradi:
—   Ular bir yerdagi bir jamoadirlar. Ichlaridan bir shaxsni ayirib afvdan chetda qoldirilmaydi.

Payg‘ambarimiz - unga Allohning salomi bo‘lsin — dedilar:

—   Mening va mendan oldin o‘tgan payg‘ambarlarning aytgan eng fazilatli so‘zlari: «Allohdan boshqa iloh yo‘qdir, Alloh birdir, sherigi yo‘qdir!» jumlalaridir.

—   Kimki har kun yuz marta: «Allohdan boshqa iloh yo‘qdir, u birdir, sherigi yo‘qdir, mulk unikidir, hamdu sano faqat unga oiddir!» - desa o‘n nafar qulni ozod etganchalik savob oladi. Undan tashqari amal daftariga yuz savob yoziladi, yuz gunohi afv etiladi va u kun kechgacha shaytonning yomon yo‘lga boshlashidan himoya qilinadi. Uning yoniga faqat o‘zidan ham fazilatliroq amal qilayotgan kishigina kela oladi.

—   Kimda-kim yaxshilab tahorat olib, so‘ngra boshini ko‘kka ko‘targancha: «Shahodat qilamanki, Allohdan boshqa iloh yo‘q, u toqdir, sherigi yo‘qdir: Shahodat qilamanki, Muhammad Alayhissalom uning bandasi va Rasuli (Elchisi)dir!» deb aytsa, uning uchun jannat eshiklari tilaganiday shaklda ochiladi!

Qayd etilgan


Robiya  29 Yanvar 2009, 14:37:14

NAMOZNING FAZILATLARI

Alloh buyuradi:

—   Bas, qachon xotirjam bo‘lgach, namozni to‘kis ado etingiz. Albatta, NAMOZ mo‘minlarga tayinlangan vaqtlarda FARZ qilindi. (Niso surasi)

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyurdi:

—   Besh vaqt namoz, ha, Alloh shu besh vaqt namozni bandalariga FARZ qildi. Kim bu besh vaqt namozni arzimagan narsa deb hisoblamay, benuqson, kulmasdan, chinakamiga ado etsa Allohda uning jannatga kirishiga oid AXD bor. Vale, besh vaqt namozni o‘qimagan kimsalar uchun Allohda axd yo‘q. Xohlasa ularni malaklari orqali jazolatadi, xohlasa jannatga qo‘ydiradi.

—   Besh vaqt namoz eshigingiz tagidan oqib turgan chuchuk va mo‘l suvli daryoga o‘xshaydi. Nima deb o‘ylaysiz, kuniga besh mahal shu daryoda cho‘milib turuvchi kishining vujudida kirga o‘xshagan biron narsa bo‘lishi mumkinmi?

Sahoba:

—   Yo‘q, biron narsa bo‘lmaydi!

Rasululloh (s.a.v.):

—   Mana shu suv vujuddagi kirni ketgazgani kabi namozlar ham gunohlarni (yomon fe’llarni) ketkazadi.

—   Katta gunohlardan qochilsa, namozlar bu vaqt ichida boshqa gunohlarni yuvib turadi.

Alloh marhamat qiladi:

—   Yaxshi amallar yomonlik-gunohlarni ketkazur. (Hud surasi, 114-oyatning ikkinchi jumlasidan)

«Gunohlarni ketkazadi» degani «Ularni yuvib tashlaydi» deganidir. Ya’ni inson avvalgi gunohini qilmaganday bo‘lib qoladi.

Buxoriy, Muslim va boshqa muhaddislarning kitoblarida ibn Mas’uddan rivoyat keltiriladi.

Qayd etilgan