Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342304 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 ... 49 B


Robiya  10 Mart 2009, 14:54:03

Bir kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sahobalar jamoatida o‘tirardilar. Ular bir odamdan bahs ochdilar va uni ko‘p maqtadilar. Shu asnoda u odam kirib keldi, endigina tahorat olgandi. Yuzidan tahorat suviningtomchilari tomib turardi. Yog‘och shippaklarini qo‘lida ko‘tarib kelardi. Ikki ko‘zi orasida (manglayida) sajda izi bor edi. Sahobalar: «Biz Sizga ana shu kishi haqida gapirgandik, ey Allohning Rasuli!» dedilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) esa shunday deb biddirdilar:

-   Men uning yuzida shaytonlik alomatini ko‘ryapman!
U odam Rasululloh(s.a.v.)ga yaqin keldi, salom berdi.

Jamoatga qo‘shilib o‘tirdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) unga dediki:

-   Alloh uchun sendan bir narsa so‘rayman. Iltimos, to‘g‘risini ayt: bu yerga kelayotganda: «Bularning ichida mendan yaxshisi yo‘q!» deb ko‘nglingdan o‘tkazdingmi, o‘tkazmadingmi?

U odam javob berdi:

-   Shunday gap ko‘nglimdan o‘tdi, Allohim!

Bir kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday duo o‘qidi:

-   Allohim! Bilgan va bilmagan narsalarim uchun mag‘firat qil!

Undan so‘radilarki:

-   Siz ham qo‘rqasizmi, ey Allohning Rasuli?

Javob berdilarki:

-   Qalblar qudratli Allohning ikki barmog‘i orasida bo‘lgach, meni qanday kuch xavfsizlikda saqlab qola oladi? U, qalblarimizni istagan ko‘yiga solib o‘ynatishi mumkin.

Alloh buyurdiki:

—   U kunda (qiyomat kuni) ularga Alloh tomonidan ular o‘ylab ham ko‘rmagan narsalar — azoblar ko‘rindi. (Zumar surasi, 47-oyat)

Saqotiy (Junayd Bag‘dodiy (25-izohga qarang)ning shayxi. To‘liq ismi Sariy Saqotiy (Sirri Saqotiy deb ham yozishadi). Vafoti 257/870 y) derki:

—   Agar bir inson bir boqqa kirganda, bu bog‘da turlituman daraxt va har turli qushlar bo‘lsa-yu, bu qushlarning bari bir tilda: «Assalomu alaykum, ey Allohning avliyosi!» - desa, uning nafsi bundan mamnun bo‘lsa, u qushlarning qo‘lida asir bo‘ladi.

Bu misolda bo‘lgani kabi, yuqorida ham nifoq (ikkiyuzlilik) va yashirin shirk haqidagi so‘zlarni qayd etib kelayotirmiz. Bular har xil davrda yashagan va turli toifa kishilarning so‘zlari bo‘lishiga qaramay, hammalari bir tilda ayni bir narsani — nifoq va yashirin shirk benihoya no-zik va xatarli ekanligini, ulardan saqlanish nihoyatda qiyin ekanligini ma’lum qilganlar. Ko‘rdingiz: hatto Hz. Umarday odam ham o‘zida munofiqlik alomati bor-yo‘qligini bilish uchun Huzayfadan so‘rardi.

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 14:54:55

Abu Sulaymon Doroniy deydiki:

—   Men ayrim qo‘mondonlardan bir narsalar eshitdim. Bunitanqid qilmoqchi bo‘ldim. Lekin meni o‘ldirishga buyruq berishlaridan qo‘rqib tanqid qilishdan voz kechdim. Bunday qilganda o‘limdan emas, qalbimga munofiqlik kelishidan, ya’ni odamlar: «Haqiqatni himoya qilaman deb o‘ldi!» - deyishadi degan mulohaza ko‘nglimdan o‘tishi ehtimolidan qo‘rqdim. Shuning uchun tanqid qilishdan voz kechdim.

Bu xil fikrlar iymon haqiqatiga, samimiyatiga, kamolotiga va pokligiga ziddir. Mohiyatiga zid emas.

Nifoq ikki turli bo‘ladi:

Birinchisi. Dindan chiqaradi. Kofirlikka olib boradi. Abadiy jahannamliklar zumrasi (to‘dasi) yo‘liga kiritadi.

Ikkinchisi. Kishining uzoq vaqt jahannamda qolishiga, jannatga o‘tganda esa darajasi past bo‘lishiga va siddiqlar martabasidan tushishiga sabab bo‘ladi.

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 14:56:49

G’IYBAT - ChAQIMChILIK (GAP TAShISh)

G’IYBAT: Alloh kitobi Qur’onda g‘iybat keskin ravishda qoralangan va g‘iybatchi «o‘lik etini yegan»ga o‘xshatilgan. Alloh buyuradi:

Ey mo‘minlar, ko‘p gumon(lar)dan chetlaninglar! Chunki ayrim gumon(lar) gunohdir. (O’zgalarning ayblari ortidan) josuslik qilib yurmanglar va ayrimlaringiz ayrimlarni g‘iybat qilmasin! Sizlardan biron kishi o‘zining o‘lgan birodarining go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘rurmi! Ana, yomon ko‘rdingizmi?! Allohdan qo‘rqingiz. (Hujurot surasi, 12-oyat)
Allohning Rasuli — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — buyurdilar:

— Musulmonga musulmonning qoni, moli va nomusi haromdir, ya’ni: musulmon uchun musulmonning qonini to‘kish yoki molini o‘zlashtirish harom bo‘lganiday, uning nomusiga tegish ham haromdir.

G’iybat nomusni ham o‘z ichiga oladi. Alloh Rasuli (s.a.v.) hadisda nomus, mol va qon (jonga qasd qilish)ni yonma-yon zikr etdilar.

Yana rivoyat qilingan hadislardan birida Rasululloh (s.a.v.) buyurdilarki:

— Bir-biringizga hasad qilmang. Bir-biringizning payingizni qirqmang. Mol olmoqchi bo‘lmasangiz, mol egasini bezovta qilmang: narx-navoni qizitmang (tabiiy narx-navoni oshirishga yo tushirishga harakat qilmang). Bir-biringizni orqadan g‘iybat qilmang. Allohning birodar bandalari bo‘ling.
Jobir va Abu Said rivoyat qiladilar:

Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilar:

— G’iybatdan tiyiling. G’iybat haqiqatan zinodan ham yomondir. Zero, kishi zino qiladi, so‘ngra tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qilishi mumkin. Holbuki, g‘iybat qilingan kishi g‘iybat qilgan kishini kechirmasa, Alloh ham afv etmaydi.
Anas - Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qiladi: Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilar:

—   Me’roj kechasi bir to‘da kishilarga duch keldim. Tirnoqlari bilan yuzlarini timdalardilar. «Ey Jabroil, kimlar bular?» dedim.

—   Bular - insonlarni g‘iybat qilganlar, insonlarning or-nomuslariga til tekkizganlar! — dedi.

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 14:58:26

Sulaymon ibn Jobir (sahobalardan) rivoyat qiladi:

Rasululloh(s.a.v.)ning oldilariga bordim. «Menga foydalansam bo‘ladigan yaxshi narsalar o‘rgating!» - dedim. Dedilarki:

—   Yaxshi istakning hech birini past ko‘rma, terslik bilan qarshi olma. Chashmadan olib kelayotgan bir kosa suvingni chanqab kelayotgan biron kimsaga berishga majbur bo‘lsang ham,bu musulmon birodaringni ochiq yuz bilan qarshi ol. Sendan uzoqlashgandan so‘ng uni GAP QILMA.

Barro rivoyat qiladi:

Rasululloh (s.a.v.) bizga bir xitoba qildilar. Uni uydagi xotinlar ham eshitsin deb, balandroq ovozda so‘zladilar. Dedilarki:

—   Ey tili bilan iymon keltirib, qalbi bilan inonganlar! Musulmonlarni g‘iybat qilmanglar. Ularning ayb va qusurlari haqida gaplashmanglar. Kim, musulmon birodarining aybini kavlashtirsa, Alloh ham uning aybini sinchiklab tadqiq qiladi. Alloh kimning aybini tadqiq etsa, uni uyining o‘rtasida rasvoi balo qiladi.

Naql qilinishicha, Alloh Muso alayhissalomga shunday vahiy yubordi

—   Kim G’IYBATdan tavba qilgan holda o‘lsa, u jannatga kiruvchilarning eng oxirida bo‘ladi. Kimki G’IYBATdan tavba qilmay o‘lsa, u jahannamga kiruvchilarning eng birinchisi bo‘ladi.

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 14:59:11

Anas - Alloh undan rozi bulsin - rivoyat qiladi:

—   Rasululloh (s.a.v.), hammaga bir kun ro‘za tutishni buyurgan va: «Hech kim mendan ruxsat so‘ramay ro‘zasini ochmasin!» degandi. O’sha kuni hamma ro‘za tutdi. Shom bo‘lganda bir kishi kelib: «Ey Allohning Rasuli, kunim ro‘za bilan o‘tdi. Ruxsat bering, endi iftor qilay!» - dedi. Rasululloh (s.a.v.) unga izn berdi. Undan keyin yana biri keldi, so‘ngra boshqasi keldi. Shu asno tag‘in bir odam kelib, dediki:

—   Yo Rasululloh, uyimda oila a’zolaridan ikki yigit bor. Kunni ro‘za og‘iz bilan kech qildilar. Majburiyatingizdan ijozat olgani huzuringizga kelolmadilar. Izn bersangiz, ular ham ro‘zalarini ochsalar! Rasululloh(s.a.v.) unga izn bermadi. Bu kishi iltimosini yana takrorladi. Rasululloh(s.a.v.)ning ruxsat berishga yana hushi bo‘lmadi. U kishi uchinchi marta izn so‘raganda, Rasululloh (s.a.v.) bildirdilarki:

—   Ular ro‘za tutmadilar. Kunduzi insonlarning go‘shtini yeyish bilan (ya’ni g‘iybat qilish bilan) vaqt o‘tkazgan kimsa ro‘za tutgan hisoblanmaydi. Bor oldilariga. Agar ro‘zali bo‘lsalar, «Endi qusinglar!» - deb ayt.

U odam ketdi. Rasululloh(s.a.v.)ning buyrug‘ini ularga aytdi. Qusdilar. Har ikkisining ichidan quyulib laxta-laxta bo‘lib qolgan qon tushdi. U odam Rasululloh(s.a.v.)ning oldiga qaytib bordi. Bo‘lgan voqeani aytib berdi. Rasululloh (s.a.v.) buyurdilarki:

— Borlig‘im qudrat qo‘lida bo‘lgan Allohga qasam ichib aytamanki, agar ichlarida yana shunday qon krlgan bo‘lsa, ularni jahannam olovi yeyajak.

Anasning boshqa bir rivoyatida shunday deyiladi:
Rasululloh (s.a.v.) bir xitobasida foizdan va foizning yomonligidan so‘z ochdi va dediki:

-   Kishining foiz sifatida olgan birgina tangasi -gunohligi jihatdan — Alloh nazdida kishining o‘ttiz uch marta zino qilganidan ham battarroqdir, foizning eng yomoni esa, musulmon kishining nomusi va sharafini yulqilashdir.

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 15:01:13

ChAQIMChILIK - GAP TAShISh

Chaqimchilik, gap tashish hech kim xush ko‘rmaydigan, ayb Hisoblanadigan bir xususiyatdir. Alloh buyuradi:

-   ... g‘iybatchi-yu, gap tashuvchi, yaxshilikni man qilguvchi — baxil, tajovuzkor, gunohga botgan, qo‘pol va bulardan tashqari benasab-haromi kimsaga itoat etmang. (Qalam surasi, 11 -13-oyatlar)

- Barcha bo‘htonchi-g‘iybatchiga halokat bo‘lg‘ay (Humaza surasi, 1-oyat)

- ...xotini alangali do‘zaxga kirajak! (Masad surasi, 4-5-oyatlar)

Tarix kitoblarida aytilishicha, Abu Lahab Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ning amakisi bo‘liig‘iga qaramay, Rasululloh (s.a.v.)ga aziyat berish uchun ko‘p harakat qilgan, uning xotini esa, odamlar o‘rtasida gap tarqatib, ularni Muhammad alayhissalomga qarshi gijgijlagan.

- Alloh kofir bo‘lgan kimsalar haqida Nuhning ayoli va Lutning ayolini misol keltirdi. U ikkisi Bizning bandala-rimizdan ikki solih banda qo‘l ostida edilar. Bas, ular xiyonat qilgan edilar, (Nuh va Lut) Alloh(ning azobi)dan biron narsani u ikkisidan daf’ qila olmadilar. Va (ularga) «Kirguvchilar bilan birga do‘zaxga kiringlar!» deyildi. (Tahrim surasi, 10-oyat)
Aytishlaricha:

— Nuh alayhissalomning xotini qavmiga: «Nuh jinni!» deb gap tarqatardi. Lut alayhissalomning xotini esa, uyiga kelgan mehmonlar va o‘rtadagi gap-so‘zlar to‘g‘risida qavmiga xabar berardi.

Payg‘ambarimiz — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin - bildirdilar:

— Gap tashuvchi jannatga kirolmaydi.

Abu Hurayra rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) aytdilarki:

-   Orangizdagi axloqi eng yaxshi kishilarni, oilasiga nisbatan o‘z vazifasini o‘rinlatib ado qiluvchilarni, ulfat orttirgan va o‘zi ham ko‘pchilikka ulfat bo‘la olgan kishilarni Alloh yaxshi ko‘radi. Undan bunga gap tashuvchi, odamlar orasini buzuvchi va to‘g‘ri kishilarning aybini qidiruvchi kimsalarni esa, Alloh yaxshi ko‘rmaydi.

Yana bir kuni Rasululloh (s.a.v.) odamlardan so‘radilar:
-   Sizlarga eng yaramas kishilarni aytaymi? Sahoba dedi:
-   Ha, ayting!

Rasuli akram (s.a.v.) dedilar:

-   Undan bunga gap tashish uchun yo‘l bosganlar, ora buzuvchilik qilganlar va to‘g‘ri kishilarning ayblarini kavlashtirganlar.

Abu Zar rivoyat qiladi:

Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilar:

-   Kim bir musulmonni yomon otliq qilish maqsadi bilan unga qarshi nohaq gap tarqatsa, Alloh shu qilig‘iga yarasha qiyomat kuni uni do‘zaxga ottiradi.

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 15:04:36

Abu ad-Dardo rivoyat qiladi:

Alloh Rasuli (s.a.v.) ogohlantirdilar:

~ Qaysi bir kishi boshqa kishini yomon otliq qilish maqsadida bu dunyoda, unga yo‘q qusur va aybni taqib, u haqda gap tarqatsa, qiyomat kuni u kimsani o‘zi aytgan kalom bilan do‘zaxga ottirish Allohning haq va’dasidir.

Abu Hurayra rivoyat qiladi: Alloh Rasuli (s.a.v.) dedilar:

-   Kim bir musulmonga qarshi yolg‘on guvohlik bersa, jahannamda joyi tayyorligini bilib qo‘ysin.

Aytadilarki:

-   Qabr azobining uchdan biri tuhmatchilikdan keladi.
Ibn Umar rivoyat qiladi:

Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilar:

-   Alloh jannatni yaratganda, unga «gapir!» dedi.
Jannat dediki:

—   Menga kirgan xursand bo‘lsin!
Alloh buyurdi:

-   Izzatim va jalolim haqqi aytamanki, sakkiz zumra senda istiqomat qilmaydi:

1.Sarxush qiluvchi ichimlik ichgan mayxo‘rlar.
2.   Noshar’iy munosabatda bo‘lishni talab qiluvchi zinogarlar.
3.   Tuhmatchi — gap tashuvchilar.
4.   O’z nikohidagi xotinini boshqasiga peshkash qiluvchilar.
5.   Zabtiya (mirshablik idorasi)ning zulmkor ma’murlari.
6.   Xotinlashgan erkaklar.
7.   Silai rahim (qon-qarindoshlar aro oqibat) qilmaganlar.
8.   Alloh haqiga so‘z berib, so‘zining ustidan chiqmaganlar.

Ka’b Axbor hikoya qiladi:

—   Hz. Musoning qavmi qahatchilikka uchragandi. Muso alayhissalom Allohga yolvorib (s.a.v.) yomg‘ir yog‘shpini tiladi. Lekin yomg‘ir yog‘madi. Alloh vahiy yo‘li bilan Muso alayhissalomga bildirdiki:

—   Sizlarning qavmingiz ichida tuhmatchi-g‘iybatchilar ko‘p. Ular bir-birlari to‘g‘risida gap tarqatishni bas qilmas ekanlar, duolaringiz ijobatga o‘tmagay!

Muso alayhissalom so‘radi:

—   Ey Rabbim, qavmimda gap tarqatish bilan mashg‘ul bo‘lganlar kim? Menga bildir, uni oramizdan chiqaraylik!

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 15:06:31

Alloh buyurdi:

—   Men sizlarga chaqimchilikni man etaman. U kishilarning nomlarini aytib, endi men o‘zim chaqimchilik qilaymi?
Shunda Muso alayhissalomning qavmi yig‘ilib, tavba qildi. Tavbalari qabul etildi va Allohning rahmatiga takror noil bo‘ldilar.

Naql qiladilarki:

— Bir odam hikmat ahlidan bir kishining yetti masala yuzasidan fikrini olish uchun yetti yuz farsah yurdi. Shuncha masofadan yetib kelgach, hikmat ahlidan bo‘lgan zot maqsadini surishtirganda, u odam dediki:

- Men - huzuringizga — shuning uchun keldim: Alloh sizga ilm bergan, endi menga aytingchi:

1.   Osmonlardan kattaroq va og‘irroq narsa bormi, bo‘lsa nima u?
2.   Yerdan kengroq narsa bormi, bo‘lsa nima u?
3.   Toshdan qattiqroq narsa bormi, bo‘lsa nima u?
4.   Olovdan qizg‘inroq narsa bormi, bo‘lsa nima u?
5.   Zamharir (qahraton qish)dan sovuqroq narsa bormi, bo‘lsa nima u?
6.   Dengizdan ham g‘aniy (boy)roq narsa bormi, bo‘lsa
nima u?
7.   Yetimdan ham xorroq zot bormi, bo‘lsa kim u?

Donishmand javob berdi:

1.   Or-nomusli kishiga tuhmat qilmoq osmondan ham katta va og‘irroq.
2.   Haqiqat yerdan ham kengroq.
3.   Iymonsizning qalbi toshdan ham qattiqroq.
4.   Hirs ila hasad olovdan ham qizg‘inroq.
5.   Nochor qolib qon-qarindoshga bosh urib bormoq -zamharirdan ham sovuqroq.
6.   Qanoatli qalb dengizdan ham boyroq.
7.   Tuhmatchi, chaqimchilar fosh bo‘lganda, yetimdan ham xorroq bo‘ladilar.

-   Kim insonlar orasida o‘ch do‘stiga qarshi gap tarqagsa, bilingki, uning ichida ilonlari va chayonlari bor. U tarqatgan gaplar kechasi bosgan sel kabi, qaerdan kelnb, qaerga ketganini bilib bo‘lmaydi. U so‘zida ham turmaydi. Axdini ham qayta-qayta buzaveradi. Do‘stligiga ham ishonib bo‘lmaydi. Uni istagan chog‘i buzadi.

-   Sening foydangga ishlagan odam ziddingga ham ishla-shi mumkin. Ikki yuzli hiylagarning o‘yinlaridan hech qachon xotirjam bo‘lma.

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 15:09:35

ShAYTONNING DUShMANLIGI

Payg‘ambarimiz — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — buyurdilar:

-   Qalbda ikki xil turtilish (ko‘zg‘alish, ilhom) bo‘ladi. Birini malaklar ko‘zg‘aydi — yaxshilikka va haqiqatlarni tasdiqlashga da’vat etadi. Kim buni (turtilishni) his etsa, bilsinki, u Allohdandir. Allohga hamd o‘qisin. Ikkinchisini dushman ko‘zg‘aydi — yomonlikka boshlaydi, haqiqatlarni inkor etadi va yaxshi ish qilishga yo‘l bermaydi. Kim bunday turtilishni his etsa, shaytonning zulmidan Allohga sishnsin.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bularni aytgandan keyin mana bu oyatni o‘qidilar:

-   Shayton sizlarni kambag‘al bo‘lib qolishingizdan qo‘rqitadi va fahsh ishlarga buyuradi. Alloh sizlarga O’z tarafidan mag‘firat va karam va’da qiladi. Alloh (fazlu karami) keng va bilguvchidir. (Baqara surasi, 268-oyat)
Hadisdagi «turtilish»larni sharhlagan Hasan Basriy deydiki:

-   Ular qalbda kezuvchi ikki turtilishdir. Biri Allohdan, boshqasi dushman (shayton)dandir. Kalbi turtilgan pallada unga diqqat qilib, Allohdan bo‘lganini olib, shaytondan bo‘lganiga qarshi jihod qilgan kishilar ustiga Allohning rahmati yog‘ilsin.

Jobir ibn Ubayda nakl qiladi: Ibn Zayod (hijriy I-II asrlarda yashagan tasavvuf olimlaridan)ga dedimki:

—   Men qalbimda hech vasvasa his qilmayman!

U menga shunday javob berdi:

—   Kalb o‘g‘rilar kirgan uyga o‘xshaydi. Unda bir narsa topishsa - titib tashlashadi. Topishmasa - tashlab, chiqib ketishadi.

Bundan shunday ma’no chiqarish mumkin:

—   Havoyi nafsdan xoli bo‘lgan qalbga shayton vasvasa sololmaydi. Mana shuning uchun Alloh buyuradiki:

(Ey shayton), mening bandalarim ustida sen uchun hech qanday saltanat - hukmronlik yo‘qdir. (Hijr surasi, 42-oyat)

Havoyi nafsiga ergashgan odam Allohning bandasi emas, havoyi nafsining bandasidir. Shuning uchun Alloh uni shaytonning xurujlaridan himoya qilmaydi.

(Ey Muhammad), havoyi nafsini o‘ziga «iloh» qilib olgan va Alloh uni bilgan holida yo‘ldan ozdirib, quloq va ko‘nglini muhrlab, ko‘z oldiga parda tortib qo‘ygan kimsani ko‘rmaganmisiz? Bas, uni Alloh (yo‘ldan ozdirgani)dan so‘ng kim hidoyat qila olur?! Axir eslatma-ibrat olmaysizlarmi?! (Josiya surasi. 23-oyat)

Bu oyat havoyi nafsiga topingan kimsa Allohning emas, havoyi nafsining bandasi ekanligini ochiq-oydin aytib turibdi.

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 15:10:51

Shuning uchun ham Amr ibn Os Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ga shunday degandi:

—   Ey Allohning Rasuli, shayton men bilan namozimning va namozdagi qiroatimning orasiga kirdi!

Rasul (s.a.v.) bildirdilar:

—   Buni shayton deb qo‘yipti! Uni bekorga «cho‘chqa» demaydilar. Uni his etgan chog‘ingda Allohga sig‘in. So‘l tarafingga uch bora tupur!

Amr ibn Os deydiki:

—   Men keyin shunday qildim. Allohuni mendan ketkazdi.
Yana shunday dedilar:

—   Tahorat asnosida vasvasa beradigan bir shayton bor. Otini «Valaxon» deydilar. Undan Allohga sig‘ining.
Shaytonning vasvasasini faqat u vasvasa bergan narsadan boshqa bir narsani zikr etish orqali daf’ qilish mumkin. Chunki qalbga bir fikr kirganda, undan oldin qalbda bo‘lgan fikr chiqib ketadi, uning o‘rnini bu yangi kelgani egallab oladi. Shayton Allohdan va Allohga taalluqli bo‘lgan narsalardan boshqa har balo bilan qalbga vasvasa sola oladi. Faqat Alloh nomi va Allohga tegishli narsalar zikr qilinayotgan joyda shayton vasvasa berolmaydi. Har narsa uning ziddi bilan davolanadi. Shayton vasvasalarining ziddi esa Allohni zikr etish, unga sig‘inish va uning madadiga suyanishdir. Bu istakni «A’uzu billahi minash shaytonir rajiym va laa havla va laa quvvata illaa billahil ‘aliyy-il-’aziym» jumlalari ifodalaydi. Ya’ni shu jumlalarni aytgan kimsa shaytonning vasvasasidan Allohga sig‘inmoqchi bo‘layotganini ifodalaydi. Bunga esa faqat Allohning zikrini o‘zlariga shior qilib olgan taqvodorlargina erisha oladilar. Dovdirash-esankirash va tanglik-qiyinchilik onlarida shayton yo‘ldan ozdirish niyati bilan ularning atrofida aylanishadi. Shuning uchun ham Alloh buyuradi:
Taqvodorlarni shayton vasvasasiga uchsalar, Allohni yodga oladilar, keyin (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar. (A’rof surasi, 201-oyat)

Mujohid, «vasvasachi shaytonning yomonligidan» (An-Nos surasi, 4-oyat) mazmunidagi oyat ustida to‘xtalib, deydiki:

— Shayton vasvasaga solish uchun qalbda hoziru nozirdir. Alloh zikr etilganda, u sinadi. Qalb g‘ofillikda qolgan chog‘ida unga vasvasa soladi. Allohni zikr etish bilan shayton vasvasasining qalbdagi ahvolini zulmat ila nur, kecha ila kunduz ahvoliga o‘xshatish mumkin. Bu ikkovi bir-biriga zid bo‘lgani uchun Alloh buyuradi:

Ularni shayton egallab olib, ularga Allohni eslashni unuttirdi. Ana o‘shalar shayton hizbi-guruhidirlar. Ogoh bo‘lingizkim, albatta shayton hizbi (bo‘lgan kimsalargina) ziyon ko‘rguvchilardir. (Mujodala surasi, 19-oyat)

Qayd etilgan