Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342306 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 ... 49 B


Robiya  10 Mart 2009, 15:47:55

TUNGI NAMOZNING FAZILATI

Oyatlar:

(Ey Muhammad), albatta Parvardigoringiz siz va siz bilan birga bo‘lgan kishilardan iborat toifa (ya’ni sahobalaringiz) goho kechaning uchdan ikkisidan ozrog‘ida, (goho) uning yarmida va (goho) uchdan birida (bedor bo‘lib, namozda) turishlaringizni bilur. Kecha va kunduz (soatlari)ni Alloh belgilar. U zot (fasllar o‘zgarishi bilan kechalar ham uzun-qisqa bo‘lib turishi sababli sizlar u kechalarda bedor bo‘lishlaringiz lozim bo‘lgan soatlarning) sanog‘iga yeta olmasliklaringizni bilib, sizlarga qayta yengillik berdi. —Endi (kechalari namozlaringizda) Qur’ondan muyassar bo‘lgan miqdorda o‘qiyveringlar. U zot sizlarning orangizda (kechalari bedor bo‘lishga quvvati yetmaydigan) bemorlar bo‘lishini, boshqalar Allohning fazl — marhamatidan (rizq-ro‘z) istab Yer yuzida (ya’ni uning turli tomonlariga) safar qilishlarini va yana boshqalar esa Alloh yo‘lida jangga chiqib ketishlarini biladi. Bas, (o‘zlaringizni qiynamay Qur’ondan) muyassar bo‘lgan miqdorda o‘qiyveringlar. Va namozni to‘kis ado etinglar va (bechora-miskinlarga xayru saxovat qilish bilan) Allohga qarzi hasana beringlar! O’zlaringiz uchun taqdim qiladigan har bir yaxshilikni (qiyomat kuni) Allohning huzurida yanada yaxshiroq va ulug‘roq ajr-mukofot holida topursizlar. Allohdan mag‘firat so‘ranglar! Albatta Alloh mag‘firatli, mehribondir. (Muzzammil surasi, 20-oyat)

- Albatta kechasi (ibodat uchun bedor bo‘lib) turish (tun uyqu-orom vaqti bo‘lgani sababli) juda og‘ir yukdir va (lekin u paytda kunduzgi bezovtaliklar bo‘lmagani uchun) eng to‘g‘riso‘zdir. (Muzzammil surasi, 6-oyat).

—   Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur (ya’ni tunlarini ibodat bilan o‘tkazishib, oz uxlaydilar). Ular Parvardigorlariga qo‘rquv va umidvorlik bilan duo-iltijo qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar. (Sajda surasi, 16-oyat)

—   Yoki kechalari sajda qilgan va qiyomtik turgan holda toat-ibodat qilguvchi, oxiratdan qo‘rqadigan va Parvardigorining rahmat-marhamatidan umid qiladigan kishi bilan kufru isyonga g‘arq bo‘lgan kimsa barobar bo‘lurmi?! Ayting: «Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi?!» Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand-nasihat olurlar. (Zumar surasi, 9-oyat)

—   Ular kechalarni Parvardigorga sajda qilib va (joynamoz ustida) tik turib — bedor o‘tkazadigan kishilardir. (Furqon surasi, 64-oyat)

—   Ey mo‘minlar, sabr qilish va namoz o‘qish bilan (Mendan) madad so‘ranglar! Albatta Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir. (Baqara surasi, 153-oyat)

So‘nggi oyatda aytilgan «namoz» kalimasida tungi namoz nazarda tutilgan deyishadi. Hadislar:

—   Odam uxlab qolganda, shayton uning tepasiga kelib, boshining orqa tomonini uch tugun bilan tugib qo‘yadi. Har tugunni tugayotganda «Kechang uzun bo‘lsin!» - deydi va bir urib, uyqusini toshday qilib qo‘yadi. Agar kishi uygonib qolsa, darhol Allohni zikr etsin, shunda tugunlardan biri yechiladi. Agar o‘rnidan turib, tahorat olsa, ikkinchi tugun ham yechiladi. Namoz o‘qisa so‘nggi tugun ham yechiladi; tongni mamnun-masrur va pok-pokiza bo‘lib kutib oladi. Agar bularni qilmasa, tongda jirkanch bir tanballik bilan uyg‘onadi.

Qayd etilgan


Robiya  10 Mart 2009, 15:49:50

Rivoyat qilinishicha, bir kun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurida butun tun bo‘yi tonggacha uxlagan odam to‘g‘risida bahs ochilib qoladi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilarki:

- U shunday odamki, shayton uning qulog‘iga bavl qilib ketgan.

Jobir - Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qiladi:

Alloh Rasuli (s.a.v.) dedilar:

—Biron kishi kechasi turib, ikki rak’at namoz o‘qisa, bu uning uchun dunyo va dunyodagi boshqa narsalardan xayrliroqdir. Agar menda, ummatimni qiynab qo‘yaman, degan andisha bo‘lmasaydi, bu ikki rak’atni ularga farz qilardim.

-Tunning shunday ajoyib bir bo‘lagi bor. Qaysi bir bandai mo‘min tunning shu soatiga duch kelib qolsa va Allohdan bir xayr tilasa, Alloh tilaganini, albatta, beradi.

Mug‘ira ibn Sho‘‘ba (sahobalardan. Xususan, h. 9 (mil. 630) yilda yuz bergan Tabuk jangida Rasululloh s.a.v. bilan birga edi) rivoyat qiladi:

—   Alloh Rasuli (s.a.v.) tun bo‘yi shu qadar ko‘p namoz o‘qigandilarki, tizzalari chaqa bo‘lib ketgan edi. Ul muborak zotdan: «Alloh o‘tmishdagi va kelajakda qilishingiz mumkin bo‘lgan gunohlaringizni afv etmadimi?» deb so‘radik. Shunda javob berdilar :

—   Rabbimga shukr qiladigan banda bo‘lmaymi?
Hadisning ma’nosidan sezilib turibdiki, bu yerda yuqori rutbadagi kishilarga kinoya ham bor. Chunki shukr aksar hollarda ziyodalikdan keyin aytiladigan kalimadir. Alloh shunday buyurgan:

—   Yana Parvardigoringiz bildirgan (bu so‘zlarni) eslangiz: «Qasamki, agar bergan ne’matlarimga ShUKR qilsangizlar, albatta (ularni yanada) ziyoda qilurman. Endi agar kufroni (ne’mat) qilsangizlar, albatta azobim ham juda qattiqdir. (Ibrohim surasi, 7-oyat)

Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilar:

—   Ey Abu Hurayra! Hayotda ekansan, o‘lganingda, qabrda ekansan, tiriltirilib qabrdan turg‘azilgan paytingda Allohning rahmati ustingga yog‘ilishini istaysanmi? Unday bo‘lsa, kechasi o‘rningdan tur. Rabbingni rozi qilish uchun namoz o‘qi. Ey Abu Hurayra, uyingning go‘shalarida shunday ko‘p namoz o‘qiginki, dunyo ahlining nazarida uyingning nuri yudduzlar nuriday ko‘klarda bo‘lsin!..

-   Tunda namoz o‘qing. Chunki tungi namoz sizdan oldin o‘tgan solihlarning odatidir. Tungi namoz, bu Allohga yaqinlashishdir, gunohlarga kafforatdir, vujuddan yomon fe’l-xo‘ylarni haydaydi, gunohlarga mone’ bo‘ladi.

—   Har bir kimsa tunda namoz o‘qiganda — namozdan keyin uni uyqu bosadi, lekin shuni unutmangki, uning namoziga savob yozilgandan tashqari, uyqusi ham sadaqa deb sanaladi!

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:34:20

YoMON OLIMLARNING JAZOSI

«Yomon olimlar» deganda, «dunyo ne’matlaridan zavqlanish, dunyo ahli yonida kattaroq martaba, mansabga o‘tirish» maqsadida ilm olgan kishilarni nazarda tutganmiz.

Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilar:
—   Qiyomat kuni eng qattiq jazo oladigan kimsa shunday olimki, Alloh uni ilmidan foydalantirmaydi.
—   Ilmiga amal qilmagan kishi olim bo‘lolmaydi.

Ikki ilm bor:
1.   Tildagi ilm. Bu — Allohning mavjudotlarga yuklagan
hujjati, dalilidir.
2.   Qalbdagi ilm —-foydali ilm mana shudir.
—   Oxir zamonda johil obidlar (ibodat qiluvchilar) va fosiq (fisq-fujur bilan shug‘ullanuvchi) olimlar bo‘ladi.
—   Olimlar qarshisida maqtanish (g‘ururlanish) va johillar bilan bahslashish va insonlarning obro‘-e’tiborida bo‘lish uchun ilm olmang. Kim shunday niyatda tahsil olsa, uning joyi jahannamdadir.
—   Kim ilmini yashirsa (boshqalarga o‘rgatmasa) Alloh uni olov tizgin bilan tizginlaydi. Ey ummatim va ashobim, men sizning boshingizga keladigan dajjoldan boshqa bir narsadan qo‘rqaman va undan dajjolga nisbatan ko‘proq qo‘rqaman!
—   Nima ekan u, dajjoldan boshqa narsa? — deb so‘rashdi yig‘ilganlar.
—   Dedilar:
—   To‘g‘ri yo‘ldan ozdiruvchi yo‘lboshchilar!..
—   Kimning ilmi ortsa-yu, hidoyati ortmasa, uning faqat Allohdan uzoqligi ortadi.

Hz. Iso derki:
—   Tun qorong‘iligida o‘zingiz ham yo‘lni aniq ko‘rmayotgan bo‘lsangiz, ketayotganlarga uni qanday ta’riflaysiz?
Bu va bunga o‘xshash xabarlar ilmdan keladigan tahlika (ya’ni ilmning mas’uliyati) kattaligini ko‘rsatadi. Chunki olim yo abadiy falokatga, yo abadiy saodatga uriladi. Ya’ni ilmi bilan yo abadiy saodatga erishadi yo abadiy falokat ostida qoladi. Agar olim ilmni chuqur egallash bilan saodatga erisholmasa, u o‘ziga o‘zi tani sog‘liq-xotirjamlikni harom qilgan bo‘ladi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:35:17

Hz. Umar shunday deydi:

—   Men hammasidan ham bu ummatning boshiga munofiq-olim kelishidan ko‘proq qo‘rqaman.
Yig‘ilganlar so‘rashadi:
—   Munofiq olim qanday bo‘ladi? Javob beradi:
—   Tili olim, qalbi johil; ilmiga amal qilmaydi!
Bu mavzuda ba’zi olimlarning so‘zlari:   

Hasan Basriy:
—   Olimlarning ilmini, faylasuflarning nazariyalarini to‘plab, amalda nodonlar darajasida ish ko‘ruvchilardan bo‘lma!

Bir kishi Alloh rozi bo‘lgur Abu Hurayraga shunday dedi:
—   Men ilm o‘rganmoqchiman, lekin uni zoe qilishdan qo‘rqayotirman!

Abu Hurayra shu javobni berdi:
—   Ilmni tashlab ketish bilan uni zoe etishning bir-biridan farqi ozdir (ya’ni ilmni o‘rganmaslik ham, o‘rgangan ilmni zoe etish ham bir xil darajada aybdir).

Ibrohim ibn Ubayda (hijriy II-III asrlarda yashagan shayxlardan)dan so‘radilar:
—   Eng ko‘p pushmonlik his qiladigan inson kim? (Insonlarning eng ko‘p pushaymon bo‘ladigani kim?)

Javob berdi:
—   Bu dunyoda: ilmiga amal qilmagan olimlar.

Xalil Ibn Ahmad(hijriy II asrda yashagan mudarris va olimlardan. Ulug‘ arab imomi Sibovayh uning muridlaridan biri. Hammod ibn Salama (vafoti h. 167 y.)ning zamondoshi):

Insonlar to‘rtga bo‘linadi:

Birinchisi: Biladi. Bilishini ham biladi. Bu — olim. Unga ergashing.
Ikkinchisi: Biladi. Lekin bilishini bilmaydi, bilganidan xabari yo‘q. Bu uyquda. Uni uyg‘oting.
Uchinchisi: Bilmaydi. Lekin bilmasligini biladi. Bilmasligini farqlaydi. Bu — irshodga muhtoj. Uni irshod qiling.
To‘rtinchisi: Bshtmaydi. Bilmasligini ham bilmaydi (johili murakkab). O’zini alloma hisoblaydi. Bu — johil. Undan qoching.

Sufyon Savriy:
-   Ilm amalni chaqiradi. Agar ijobat etsa, ilm qoladi. Ijobat etmasa, ilm ketib qoladi.

Ibn Muborak:
-   Kishi ilm o‘rganishda davom etayotgan pallada olimdir. Olim bo‘ldim, endi bas, deb xulosa chiqargan chog‘idan boshlab johildir.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:36:24

Fuzayl ibn I’yoz:

Kishilar orasida uch xiliga ko‘proq achinaman:
1.   — Oldin xalqining yo‘lboshchisi bo‘lib, keyin xor bo‘lgan kishiga.
2.   — Oldin boy, keyin faqir bo‘lgan kishiga.
3.   — Dunyo o‘yinchoq qilib o‘ynagan olimga.

Hasan Basriy:
-   Olimlarning jazosi — qalblarining o‘lganidir. Qalbning o‘lishi esa, ilmi va uxroviy amallari bo‘la turib, dunyoviy niyatlar ketida yurganidir.
-   Hayronman, xato yo‘lga hidoyatni sotganlarga! Dini bo‘la turib dunyosini sotib olgan kishilarga yanada hayronman. Bu ikkisidan ham beshbattar hayron qiladigani esa dinini ham, dunyosini ham sotganlardir...

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bildirdilar:
-   Olimga qanchalik ko‘p azob berilsa ham, jahannam ahli . bu azoblar shiddatini orttirish uchun yana uning atrofida aylanishadi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu yerda fojir-fosiq olimni nazarda tutganlar.

Usoma ibn Zayd rivoyat qiladi:

Rasululloh (s.a.v.)dan eshitganman, shunday degandilar:
-   Qiyomat kuni olimni olib kelib, do‘zaxga uloqtiradilar. Ichaklari tashqariga pirillab chkqapt». Mushuk o‘z dumining ketidan quvib aylanganday, olim ichaklari ketidan aylanadi. Jahannam ahli uning atrofiga to‘planadi. Undan so‘raydilar:
—   Senga nima bo‘ldi?
U javob beradi:
—   Dunyoda men yaxshi ishlar qilishni amr etardim, ammo o‘zim yaxshi ish qilmasdim. Gunohdan ham qaytarardim-u, lekin o‘zim gunoh qilaverardim.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:37:41

Olim azobining ustma-ustligiga sabab — haqni bila turib, Allohga isyon qilganligi, Uning amrlariga qarshi chiqqanligidir. Shuning uchun ham Alloh aytadi:
—   Albatta, munofiqlar do‘zaxning eng tuban joyida bo‘lurlar. Va ular uchun biron madadkor topa olmaysiz. (Niso surasi, 145-oyat)

Chunki munofiklar bilganlari holda inkor etadilar. Alloh buyuradi:
—   Biz kitob ato etgan kimsalar (yahudiy va nasroniylar) Uni (Muhammad payg‘ambarni) o‘z farzandlarini tanigan kabi taniydirlar. (Ya’ni o‘zlarining ilohiy Kitoblarida u haqda o‘qiganlar). Va albatta ulardan bir guruhi bilganlari holda haqiqatni berkitadilar. (Baqara surasi, 146-oyat)

—   ... bas, qachonki ularga o‘zlari bilgan narsa (Qur’on) kelganda unga kofir bo‘ldilar. Kofirlarga Allohning la’nati bo‘lg‘ay. (Baqara surasi, 89-oyat)

Yana Alloh Bal’om bin Boura qissasida buyurdi:
—   (Ey, Muhammad), ularga (yahudiylarga) bir kimsaning xabarini tilovat qiling - u kimsaga oyatlarimizni bildirgan edik. Bas, u o‘sha oyatlarimizdan chetlangach (ya’ni ularga amal qilmagach) uni shayton ergashtirib ketib, yo‘ldan ozguvchilardan bo‘lib qoldi. (A’rof surasi, 175-oyat)

Nihoyat Alloh u haqda bildirdi:
—   Bas, uning misoli xuddi bir itga o‘xshaydiki, uni haydasang ham tilini osiltirib turaveradi, yoki (o‘z holiga) qo‘ysang ham tilini osiltirib turaveradi. (A’rof surasi, 176-oyat)

Fojir-fosiq olim ham shunday. Chunki Bal’om Allohning kitobini yaxshi bilardi. Olim edi. Shunday bo‘la turib nafsoniy orzulariga ergashdi. Shunda kalb (it)ga o‘xshatildi. Oyatning aniq sharhi shunday:
—   U Allohning kitobini bilgan bo‘lsa-da, bilmagan bo‘lsa-da, ahamiyati yo‘q. U nafsoniy orzularga ergashaveradi.

Iso alayhissalom shunday deydi:
—   Yemon olim daryo og‘ziga turib qolgan va uning yo‘lini to‘sib qo‘ygan qoyaga o‘xshaydy. Na o‘zi ichadi, na ekin-tikin sug‘organi suvni qo‘yib yuboradi!

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:39:07

GO’ZAL AXLOQ

Alloh, o‘zining Elchisi va sevikli bandasi Hazrati Muhammad sallallohu alayhi vasallamga sano aytib, unga ato etgan yuksak ne’matini qayd etib, aytdiki:
- Albatta, siz Ulug‘ Xulq ustidadirsiz. (Qalam surasi, 4-oyat)

Hazrati Oysha — Alloh undan rozi bo‘lsin — shunday deganlar:
—   Alloh Rasuli (s.a.v.)ning axloqi Qur’on axloqi edi.
Bir odam Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan: «GO’ZAL AXLOQ»ni so‘radi.
Rasululloh:
«(Ey Muhammad), marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring! (A’rof surasi, 199-oyat) mazmunidagi oyatni o‘qib, so‘ng marhamat qildilar:
—   GO’ZAL AXLOQ — sen bilan qarindoshlik rishtalarini uzganlarga kengroq va rahm-shafqatliroq bo‘lishing, sendan yaxshilikni ayaganlarga yaxshilik qilishing va senga zulm o‘tkazganlarni afv etishingdir!
Yana Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilar:
—   Men - AXLOQNING ENG GO’ZALINI POYoNIGA YeTKAZISh UChUN (ya’ni eng go‘zal axloq qanday bo‘lishini amalda ko‘rsatish uchun) yuborildim.
—   Qiyomat kuni amallar tarozida tortilganda, eng og‘ir tosh bosadigani Allohdan qo‘rquv va go‘zal axloqdir.

Bir payt Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga old tarafdan bir odam keldi. «Ey Alloxning Rasuli, din nima?» deb so‘radi. Rasululloh (s.a.v.): «GO’ZAL AXLOQ!» deb javob berdilar. So‘ngra o‘ng taraflariga o‘tib so‘radi: «Ey Allohning Rasuli, din nima?» Rasululloh: «GO’ZAL AXLOQ!» deb javob berdilar. U odam Rasulullohning so‘l tarafiga o‘tib, yana: «Ey Allohning Rasuli, din nima?» dedi. Rasululloh: «G’azablanmaslik. Tushundingmi?» deb aytdilar.

Alloh Rasuli (s.a.v.)dan so‘radilar:
—   Ey Allohning Rasuli, tolesizlik nima?
Javob berdilar:
- YoMON AXLOQDIR.
   
Bir odam Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzuriga kelib: Ey Allohning Rasuli, menga o‘git bergin! — dedi. Rasul (s.a.v.) buyurdi:
-   Qaerda bo‘lsang ham, Allohdan qo‘rq!
-   Yana ayting! — dedi u odam. Rasul (s.a.v.) buyurdi:
-   Yomonlikdan keyin shunday bir yaxshilik qilki, bu yaxshilik yomonlikning izini yuvib ketsin.
-   Yana ayting! — dedi u odam. Rasul (s.a.v.) buyurdi:
-   Odamlarga chiroyli muomala qil.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:40:04

Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan so‘radilar:

-   Amallarning qay birida fazilat ko‘proq? Javob berdilarki:
-   GO’ZAL AXLOQDA! Yana Rasululloh (s.a.v.) bildirdilar:
-   Allohning go‘zal axloqli qilib yaratgan hech bir bandasi jahannamga yem bo‘lmaydi.

Fuzayl ibn I’yoz hikoya qiladi:

Rasululloh (s.a.v.)ga bir kun shunday xabar berdilar:
—   Falon xotin kunduzi ro‘za tutadi, kechasi namoz o‘qiydi. Shunday bo‘lgani holda, uning axloqi yomon: qo‘shnilariga tilgi bilan azob beradi (qo‘shnilarini qarg‘ab, ko‘p xafa qiladi).

Rasululloh (s.a.v.) bildirdilarki:
—   Bu ishda xayr yo‘q, u jahannam ahlidan bo‘ladi.

Abu ad-Dardo rivoyat qiladi:

Alloh Rasuli (s.a.v.)dan eshitganman, shunday degandilar:
—   Qiyomat kuni amallar tortilganda taroziga birinchi qo‘yiladigan narsa GO’ZAL AXLOQ va JO’MARDLIKDIR.
—   Alloh iymonni yaratganda, u shunday degandi: «Allohim, meni quvvat bilan ta’minla!» Shunda Alloh uni GO’ZAL AXLOQ va JO’MARDLIK bilan ta’minlagandi.

Alloh KUFRni yaratganda, u shunday degandi: «Allohim, meni quvvat bilan ta’minla!» Shunda Alloh uni YoMON AXLOQ va XASISLIK bilan ta’minlagandi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday buyurdilar:
—   Alloh islomni o‘ziga xos din qildi. Sizning diningizga jo‘mardlik va go‘zal axlokdan boshqasi yarashmaydi. Ko‘zingazni oching. Dilingazni shu ikki xislat bilan go‘zallashtiring.

GO’ZAL AXLOQ Allohning eng buyuk ne’matidir.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:41:09

Rasululloh (s.a.v.)dan so‘radilar:

—   Ey Allohning Rasuli, iymon nuqtai nazaridan mo‘minlarning qaysinisi fazilatga boyroq?

Dedilarki:
—   AXLOQAN ENG GO’ZAL BO’LGANLARI!

Yana Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar:
—   Siz mollaringiz bilan (mol-dunyoingiz bilan) insonlarni huzur-halovatga yetkaza olmaysiz. Ularni ochiq chehra, kular yuz va GO’ZAL AXLOQ bilan huzur-halovatga yetkazasiz.

—   Sirka asalni buzganiday, YoMON AXLOQ ham amallarni buzadi.
Jarir ibn Abdulloh (sahobalardan. To‘liq ismi Jarir ibn Abdulloh al-Bajaliydir. Hz. Abu Bakr zamonida Najron valiysi edi. Hijriy 14 yilda lashkarboshi edi. Hijriy 36 yilda Hz. Alining Muoviya huzuriga Shomga yuborgan elchisi edi) rivoyat qiladi: Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilar:
—   Sen insonsan, Alloh seni go‘zal qilib yaratdi. Sen ham AXLOQINGNI GO’ZALLAShTIR!

Barro bin Ozib aytadi:

—   Rasululloh (s.a.v.) insonlarning eng go‘zal yuzlisi va eng GO’ZAL AXLOQLISI EDI.

Abu Said Badriy (sahobalardan) hikoya qiladi:

Rasululloh (s.a.v.) duo o‘qiganda shunday derdilar:
—   Allohim, meni go‘zal qilib yaratganing kabi fe’lu atvorimni ham go‘zal qil.

Abdulloh ibn Umar - Alloh undan rozi bo‘lsin — naql qiladi:
Rasululloh (s.a.v.) tez-tez duo o‘qir va shunday der edilar:
—   Allohim, men sendan tani sog‘liq, xotirjamlik va GO’ZAL AXLOQ tilayman!

Abu Hurayra — Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qiladi:
Alloh Rasuli (s.a.v.) marhamat qildilar:
—   Mo‘minning JUMARDLIGI (saxovati), bu — dini, unga yetarli bo‘lgan narsasi - GO’ZAL AXLOQI, muruvvati va aqlidir.

Usoma ibn Shurayq (sahobalardan) rivoyat qiladi:
—   A’robiylarni ko‘rdim. Rasulullohdan: «Bandasiga ato etilgan eng yaxshi xususiyat nima?» deb so‘rashayotgan ekan.

Rasul (s.a.v.):
—   GUZAL AXLOQ! — deb javob berdilar.

Yana Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar:
—   Sizlarning orangizda men ko‘proq yaxshi ko‘radigan kishilarim va qiyomat quni davramga eng yaqin bo‘lajak odamlarim axloqan eng go‘zal bo‘lgan kimsalardir.

Ibn Abbos rivoyat qiladi: Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilarki: — Uch narsa yoki uch narsadan biri kimda bo‘lmasa, siz uning amallariga ahamiyat bermang:
1.   Allohga isyon qilishdan saqlaydigan TAQVO.
2.   Aqlsizlik bilan ish ko‘rayotganlarning aqlini to‘g‘ri yo‘lga sola oladigan VIQOR- SALOBAT.
3.   Insonlar bilan yaxshi chiqisha oladigan GO’ZAL AXLOQ.
Alloh Rasuli (s.a.v.) namoz boshlashidan oldin ko‘pincha shunday duo o‘qirdi:

-   Allohim, MYeNGA AXLOQNING ENG GO’ZALINI BYeR! Axloqning eng go‘zaliga faqat sen yetishtira olasan. Men mubtalo bo‘lgan narsani sen o‘zing bartaraf etmasang, hech kimsa bartaraf etolmaydi. Hammasini sen o‘zing o‘ngla, Allohim...

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:42:30

KULMOQ, YIG’LAMOQ, LIBOS

Alloh buyurdi:

Hali sizlar mana shu so‘zdan (Qur’ondan) ajablanursizlarmi? Yig‘lamasdan, g‘ofil bo‘lgan hollaringizda kulursizlarmi?! (Najm surasi, 59-61 -oyatlar)

Mufassirlar bu oyatlarni shunday sharhlaydilar: —Siz Qur’onni yolg‘on hisoblab, undan taajjublanasiz. U Allohning kitobi bo‘lgani holda, uni mazax qilasiz, undan kulasiz. U xabar bergan azoblardan qo‘rqib, qilgan gunoxlaringizga yig‘lamaysiz. Sizni g‘aflat bosgan. Qur’on sizdan nima istayotganidan xabaringiz yo‘q.

Mufassirlarning qayd etishicha, bu oyat inzol bo‘lgandan keyin Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hech kulmaydigan bo‘ldilar, faqatgina yengil jilmayar edilar.

Ibn Umar rivoyat qiladi:

— Bir kun Rasululloh (s.a.v.) masjiddan chiqib kelayotgan edi. Chaqchaqlashib-kulishib o‘tirgan bir guruh odamlarga duch keldi. To‘xtadi. Ularga salom berdi, keyin dediki:
—   Xursandchilik, zavq va kayf-safoni chetga surib qo‘yadiganni (o‘limni) ko‘proq eslab turinglar.

Yana bir kun xuddi shunday masjiddan chiqib ketayotganlarida kulishib o‘tirgan bir jamoani ko‘rdilar. Buyurdilarki:
—   Borlig‘im qudrat qo‘lida bo‘lgan Allohga qasamki, agar men bilganlarimni bilsaydingiz, oz kulib, ko‘p yig‘lardingiz?

Xizr alayhissalom Hz. Musodan ajrashib ketayotganlarida, Muso alayhissalom ul zoti benazirga yolbordilar:
—   Menga nasihat qiling!

Xizr alayhissalom shularni aytdilar:
—   Ey Muso, xusumatda qaysarlik qilma. Zarurat bo‘lmasa, biron joyga borma. Haqiqatan taajjubli bo‘lmagan narsaga kulma.

Yanglishganlarni xatolari uchun ayblama. O’z xatolaringga yig‘la.

Payg‘ambarimiz — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — buyurdilar:
—   Ko‘p kulma — qalbni o‘ldiradi.
—   Yoshligida kulgan — qariganda yig‘lar.
—   Boyligida kulgan — faqirligida yig‘lar.
—   Bu dunyoda kulgan — u dunyoda yig‘lar.
—   Qur’onni o‘qing va yig‘lang. Agar yig‘lamasangiz — yig‘latilasiz.

Hasan Basriy shunday deydi:

—   Hayronman u kulgan kimsalarga, bilmaslarmiki, orqalarida jahannam otashi bor! Hayronman u masrur kimsalarga, bilmaslarmiki, orqalarida o‘lim bor!

Qayd etilgan