QO’ShNIChILIK HAQQI VA YO’QSULLARGA YoRDAM
Bilki, Islom birodarligi dunyosida qo‘shnichilik huquqi alohida o‘rin egallaydi. Musulmon qo‘shnining Islom birodarligidan tashqari, yana qo‘shnichilik haqqi ham bor. Shuning uchun ham Alloh Rasuli (s.a.v.) buyuradilar:
Qo‘shnilar uchga bo‘linadi:
1. Bir haqqi bo‘lgan qo‘shni.
2. Ikki haqqi bo‘lgan qo‘shni.
3. Uch haqqi bo‘lgan qo‘shni.
Uch haqqi bo‘lgan qo‘shni musulmon va qarindosh bo‘lgan qo‘shnidir; bir - qo‘shnilik haqqi, ikki - Islom birodarligi haqqi, uch — qarindoshlik haqqi.
Ikki haqqi bo‘lgani - qarindosh bo‘lmagan musulmon qo‘shnidir. Bunisining qo‘shnilik haqqi bilan Islom birodarligi haqqi bor.
Bir haqqi bo‘lgan qo‘shni butparast qo‘shnidir. Buning faqatgina qo‘shnilik haqqi bor, xolos.
Ko‘rinib turibdiki, Rasululloh (s.a.v.), bor-yo‘g‘i qo‘shni bo‘lgani uchun, musulmon bo‘lmagan qo‘shnining haqqini ham taniganlar.
Yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyurdilar:
— Qo‘shniga yaxshilik qil, tinch-salomat bo‘lasan.
— Jabroil menga qo‘shnichilikka oid shu qadar ko‘p tavsiyalar berardiki, men qo‘shnini voris qilsa kerak, deb o‘ylardim.
— Kimning Allohga va qiyomat kuniga iymoni bo‘lsa, qo‘shnisiga nisbatan izzat-ikromda bo‘lsin!
— U qo‘shni bu qo‘shnining begunohligiga amin bo‘lmasa, bu qo‘shnining iymoni shubha ostida bo‘ladi.
— Qiyomat kuni birinchi bo‘lib yovlashib qolgan qo‘shnilar muhokamaga qo‘yiladi.
— Qo‘shnining itini ranjitgan bo‘lsang, qo‘shnini azoblagan bo‘lasan.
Alloh rozi bo‘lgur ibn Mas’udning huzuriga bir odam kelib dediki:
— Mening bir qo‘shnim bor. Menga azob beradi, so‘kadi, meni behalovat qiladi:
Ibn Mas’ud shu javobni berdi:
— Ket. Agar u sen tufayli Allohga osiylik qilayotgan bo‘lsa, sen u tufayli Atlohga itoat et.