Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342403 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 B


Robiya  14 Mart 2009, 15:23:00

JIHODNING FAZILATI

Alloh j.j. bildiradi:

Haqiqiy mo‘minlar faqat Alloh va Uning payg‘ambariga iymon keltirib, so‘ngra (hech qanday) shak-shubha qilmagan va molu jonlari bilan Alloh yo‘lida kurashgan (jihod etgan) zotlardir. Ana o‘shalargina (o‘z iymonlarida) sodiq bo‘lgan zotlardir. (Hujurot surasi, 15-oyat)

Nu’mon ibn Bashir hikoya qiladi:

- Men Rasululloh (s.a.v.)ning minbari yonida edim. Birov: «Men Islomdan keyin eng fazilatli amal sifatida hajga borganlarga suv tarqatishni qabul qilaman!» dedi. Boshqa biri: «Men Islomdan keyin eng fazilatli amal — Masjid-al Haramni ta’mirlash deb bilaman!» dedi. Uchinchi bir kishi: «Jihod — aytganlaringizning hammasidan fazilatli!» deb qarshi chiqdi. Bu orada Hz. Umar ularning bahsiga chek qo‘yib: «Rasululloh (s.a.v.)ning minbari yonida shovqin solmanglar! Bugun juma. Namozdan keyin borib, ixtilof qilayotgan narsangizni Alloh Rasulidan so‘ranglar!» dedi. Shu kuni Alloh shu oyatni inzol qilgandi:

Sizlar hojilarga suv berishni va Masjid-al Haramni obod qilishni Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan hamda Alloh yo‘lida kurashgan (jihod etgan) zotlarning amallariga teng deb bildingizmi?! Bular Alloh nazdida teng emaslar. Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas. (Tavba surasi, 19-oyat) Abdulloh ibn Salom hikoya qiladi:

—   Biz, Rasululloh (s.a.v.)ning ashobidan bir necha kishi, yig‘ilishib o‘tirgandik. O’z-o‘zimizga: «Koshki Alloh va Rasulining nazdida qaysi amal yaxshiroqligini bilsaydik, o‘shanga amal qilib yashardik!» dedik.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:24:32

ShAYTONNING HIYLASI

Bir odam Hasan Basriydan:
—   Shayton uxlaydimi? - deb so‘radi.

Hasan Basriy bu gapga kuldi va shunday deb javob berdi:
—   Qaniydi uxlasa, biz ham tinchir edik!
Modomiki shunday ekan, mo‘min uchun undan qutulish yo‘q.
Faqatgina uni daf qilish va hiylasini ta’sirsiz holga keltirish bor.

Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilar:
—   Sizlar safarda tuyangizni qanday niqtalasangiz, shaytonni ham shunday niqtalashingiz kerak, shunda mo‘minligingiz bilinadi.

Ibn Mas’ud — Alloh undan rozi bo‘lsin — shunday deydi:   
—   Mo‘minning shaytoni — daf qilingandir.

Qiys ibn Hajjoj (hijriy II-III asrlarda yashagan, tasavvufiy kitoblar muallifi) hikoya qiladi:
—   Shayton ichimga vasvasa solib: «Men sening oldingga quturgan tuya singari kirgan edim, hozir chumchukdayman!» dedi.
—   Nega? — dedim.
—   Gunohlar yo‘liga kiritish uchun senga har gal vasvasa solganimda, sen Allohni xotirlab, ko‘rsatgan yo‘limdan voz kechasan. Shunday qila-qila meni adoyi tamom qilding.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:25:39

Taqvo ahliga shaytonning vasvasa eshiklarini yopish va o‘zini himoya qilish qiyin emas. Ular odamni gunoh qilnshga undayotgan shaytonga bu eshiklarni osonlik bilan yopadilar. Taqvodorlar ahvoldan boxabar bo‘ladilar va himoya choralari ko‘rishni bir on ham orqaga surmaydilar. Qalbda shay-tonning vasvasasiga ochiq eshiklar juda ko‘p. Farishtalar kirishi mumkin bo‘lgan eshiklar, ya’ni yaxshilik eshigi esa bittagina. Shu bir eshik ham boshqa eshiklardan farqli emas. Qalbning ahvoli shunday bo‘lganligi uchun, inson qorong‘i tunda so‘qmoqlari har yoqqa taralib ketgan cho‘lda adashgan yo‘lovchiga o‘xshaydi. Bu aralash-quralash yo‘llardan omon chiqish, faqat o‘tkir ko‘z egalariga nasib bo‘ladi. Shuningdek, tong otgandan keyin quyosh nurida ham qutulib ketish mumkin. Shayton vasvasasi hujumiga uchragan kimsa uchun taqvo bilan tozalangan pok qalb o‘tkir ko‘z vazifasini o‘taydi. Allohning kitobi Qur’ondan va Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ninghadislaridan o‘rganilgan ilmlar esa, quyosh nuri vazifasini o‘taydi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:26:54

Abdulloh ibn Mas’ud — Alloh undan rozi bo‘lsin - hikoya qiladi.

—   Bir kun Rasululloh (s.a.v.) bir chiziq chizdilar va «Bu — Allohning yo‘li» dedilar. So‘ng, bu chiziqning o‘ngiga va so‘liga yana bittadan chiziq chizdilar va «Bular ham yo‘llar. Bu yo‘llarning ikki chetida yo‘lovchilarni chaqirib o‘tiruvchi shaytonlar bor» deb aytdilar, undan keyin esa, shu oyatni o‘qidilar:

-   Albatta, mana shu Mening To‘g‘ri Yo‘limdir. Bas, shu yo‘lga ergashinglar! (Boshqa) yo‘lga ergashmangizki, ular sizlarni Uning yo‘lidan uzib qo‘yar. Shoyad taqvo qilsangiz, deb (U, ya’ni Alloh) sizlarni mana shu narsalarga buyurdi. (An’om surasi, 153-oyat)

Birinchi kitobdagi ba’zi bahslarda shaytonning hiyla-laridan ba’zilarini zikr etib, olimlarni va obidlarni aldash yo‘llarini ko‘rsatgan edik. Endi bu yerda bir misol keltiraylik.

Rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shu hikoyani aytgan ekanlar:
— Qadim zamonda bir rohib bor edi. Shayton uni yo‘ldan ozdirishga qasd qildi. Shu orada bir kishining joriyasi xastalangan edi. Shayton: «Bu kasalni falon rohib tuzatadi», deb joriyaning oilasiga vasvasa soldi. Joriyani davolatish uchun rohibnikiga bordilar. Lekin u qabul qilmadi. Lekin ular takror-takror uning uyiga bosh urib boraverdilar. Axiyri, rohib uni qabul qilishga majbur bo‘ldi va davolay boshladi. Bir mahal shayton uning ko‘ngliga vasvasa soldi. Joriya bilan aloqa qilish fikrini uyg‘otdi. Nihoyat buiga muvaffaq ham bo‘ldi: joriya bilan aloqa qildi. Joriya homilador bo‘ldi. Endi shayton rohibni shunday vasvasada qoldirdi:

—   Sen buni o‘ldirishing kerak. Agar o‘ldirmasang ertaga ovoza tarqaladi, el aro yuzi qaro bo‘lasan. Yaxshisi, hozir uni o‘ldir, keyin esa oilasiga «O’ldi!» deysan. Shu tariqa o‘zingni qutqarib qolasan.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:29:04

Rohib shunday qildi.

Shayton esa endi joriyaning oilasini: «Rohib qizingiz bilan aloqa qildi. Keyin o‘ldirib ko‘mdi!» deb vasvasaga soldi. Ular keldilar. Haqiqatni aniqlagach, rohibni o‘ldirish niyatida unga hujum qildilar. Shunda shayton rohibga yuzma-yuz kelib, shunday dedi:

—   Bu ishlarning hammasini senga vasvasa berib, men qildim. Xohlasang seni qutqarib qolishim mumkin. Lekin oldin menga ikki karra sajda qilasan!

Rohib sajda qildi. So‘ngra shayton unga qarab shunday dedi:
—   Men sendan yiroqman. Men senitanimayman. Sen bilan hech qanday aloqam yo‘q.

Mana, Allohj.j. o‘z oyatida shu haqiqatni, ya’ni shayton oldin vasvasaga solib, keyin qochib qolishini ko‘rsatgandir:

—   (Munofiklar) xuddi shaytonning o‘xshashidirlar. Eslang, u insonga «kofir bo‘l» - degandi. Endi qachonki (inson) kofir bo‘lgach, shayton unga: «Albatta men sendan bezorman. Zero men barcha olamlar Parvardigori bo‘lmish Allohdan qo‘rqurman», dedi. (Hashr surasi, 16-oyat)

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:30:46

Iblis (shaytonlarning boshlig‘i) imom Shofe’iydan so‘radi:

—   Meni xohlaganiday yaratib, xohlaganiday foydalangan zot haqida nima deb o‘ylaysan? Endi meni istasa jannatga qo‘yar, istasa do‘zaxga. Bu adolatmi yoki zulmmi?

Imom Shofe’iy o‘ylab turdi-turdida, dedi:

—   Hey, men seni bilmayman, sen qanday odamsan! Ammo bilib qo‘y: agar sen xohlaganing uchun seni yaratgan bo‘lsalar, senga zulm qilganlar. Agar O’zi xohlagani uchun yaratgan bo‘lsa, qilgan ishlari uchun javob so‘ralmasligi kerak. Yaratilganlar esa, qilgan ishlari uchun so‘roq qilinadi.

Bu javobdan shaytonning ovozi o‘chdi. Keyin dedi:

—   Ey Shofe’iy, men bu muammoni vasvasa qilish orqali yetmish mint obidni obidlik maqomidan zindiqlik (dinsizlik) darajasiga tushirdim.
Bir daf’a Iblis Iso alayhissalom qarshisiga chiqdi. «La ilaha illalloh, de!» dedi. Iso alayhissalom: «Bu, haq so‘zdir, lekin men sen aytib turganingda aytmayman!» dedi.

Chunki shayton haq bilan botilni aralashtirmoq uchun ba’zan haqgo‘y suratida ko‘rinadi. Shu tariqa obidlarni, zohidlarni, boylarni va xalq tabaqasining har turli insonlarini halok etadi, uning fitnasidan yolg‘iz Alloh asraydigan kishilargina omon qoladi.

Allohim, sen bizni shaytonning hiylalaridan asra. Toki Sening huzuringga to‘g‘ri yo‘lda bo‘lgan kishilar bo‘lib boraylik.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:32:09

ChOLG’U TINGLAMOQ

Abu at-Toyyib Tobariy (hijriy IV asrda yashagan faqih-qozilardan) shunday deydi:

-   Shofe’iynin ghamsuhbatlari aytishicha, erkak kishining nomahram ayoldan ko‘shiq tinglashi joiz emas.

Abu at-Toyyib Imom Shofe’iyga asoslanib yana shunday deydi:

—   Xalqni to‘plab, cho‘risiga qo‘shiq ayttirib, bazm bergan erkak aqlsiz erkakdir.

Abu at-Toyyibning aytishicha, Imom Shofe’iy yana qamchi va boshqa narsalarni yerga usul bilan taq-taq urishni ham makruh hisoblagan, bu usulni avvalgi zamonlarning zindiqlari Qur’onni tinglashga xalaqit berish uchun o‘ylab topganlarini bunga sabab qilib ko‘rsatgan.

Imom Molik qo‘shiq tinglashni qat’iyan ta’qiqlab shunday deydi:
—   Biron kimsa cho‘ri sotib olsa, so‘ngra uning qo‘shiqchi ekanligini ko‘rsa, egasiga qaytarib berishi lozim.

Sa’d o‘g‘li Ibrohim(to‘liq ismi Abu Ishoq Ibrohim ibn Sa’d az-Zuhariy, madinalik ansorlardan. Vafoti h., 183 y)dan boshqa hamma madinaliklar shu fikrdadirlar.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:33:32

Abu Tolib Makkiy (to‘liq ismi Abu Tolib Muhammad ibn Ali ibn Otiyot al-Horisiy al-Makkiylir. Mashhur so‘fiy va muhaddislardan. «Qut al-Qulub» va boshqa asarlar muallifi. G’azzoliy yuqoridagi iqtibosni Makkiyning «Qut al-Qulub» asaridan keltirgan) esa, ba’zi kishilar qo‘shiq tinglashni muboh hisoblashlarini naql etib deydiki:

—   Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning safdoshlaridan Abdulloh ibn Ja’far, Abdulloh ibn Zubayr, Mug‘ira ibn Shu’ba, Muoviya va boshqalar qo‘shiq tinglaganlar. Qadimda yashab o‘tganlardan, sahobalar va tobeinlardan bir qanchalari ham musiqa tinglashda ayb ko‘rmaganlar.

Abu Tolib Makkiy so‘zida davom etib shunday deydi:

—   Hijozliklar, Makkada bizning yonimizda, yilning eng fazilatli kunlarida qo‘shiq tinglashdan qochmanglar. Masalan, bandasiga, Uz nomini zikr etish buyurilgan Qurbon hayiti kunlarida odamlarning ko‘pchiligi qo‘shiq tinglardi. Makkaliklar kabi Madina xalqi ham qo‘shiq eshitishdan qochishmasdi. Otoning ikki cho‘risi bor edi. Qo‘shiq aytishardi. Otoning do‘stlari ham ularni tinglashardi. Solim o‘g‘li Abu Hasandan «qo‘shiq tinglashni harom deya olasizmi?» deb so‘rashganda, u shunday degandi:
—   Mendan yaxshiroq kishilar uni joiz (eshitsa bo‘laveradi) hisoblashar va tinglashar edi. Shunday bo‘lgach, men nima deya olaman?
Ibn Jurayh (Hadislardagi so‘zlarga aniqlik kiritishda katta xizmatlari bo‘lgan muhaddislardan. Vafoti - h. 150 y), cholg‘u tinglashga ruxsat berardi. Undan: «bu qiyomatda yaxshi amal hisoblanadimi, yoki yomon amal hisoblanadimi?» deb so‘raganlarida shunday javob bergan edi: ,
—   Yaxshi amal ham hisoblanmaydi, yomon amal ham!.. Chunki u behuda so‘zlarga o‘xshaydi. Alloh buyuradi:

—   Alloh sizlarni behuda qasamlaringiz sababli jazolamaydi. (Baqara surasi, 225-oyat)

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:34:34

BID’AT VA HAVOYI NAFSGA BERILISh

Payg‘ambarimiz - Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — buyurdilar:
—   Keyin dinga qo‘shilgan odatlardan saqlaning. Shubhasiz, keyinchalik to‘qib chiqarilgan qonun-qoidalar bid’atdir. Har bid’at dindan adashishdir, chalg‘ishdir. Har chalg‘ishning oxiri jahannam otashidir.
—   Kimki dinimizga bir narsa ijod qilib qo‘shsa, u martuddir (la’natlangan, ya’ni shaytondir), maqbul emasdir.

—   Mening axloqimga va mendan keyin Xulafoi Roshidiyn (ya’ni to‘rt xalifa - Hz. Abu Bakr, Hz. Umar, Hz. Usmon va Hz. Ali)ning axloqiga ergashing.

Bu hadiqlardan mantiqan shunday xulosa kelib chiqadiki, Qur’onga, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning axloqiga va Muhammad alayhissalomning ummatidan chiqqan yo‘lboshchilar va ulug‘ olimlarning umumiy axloqiy asoslariga moe kelmaydigan har qanday narsa — bid’atdir, dindan chetdadir. La’natga loyiqdir.

— Kimki bir sunnatni (Rasululloh (s.a.v.)ning go‘zal fe’llaridan birini) o‘ziga singdirib olsa (odat holiga keltirsa), bu sunnatning va to qiyomatgacha bu sunnatga amal qilganlarning ajr-mukofotiga sazovor bo‘ladi. Kimki yomon bir atvorni odatga aylantirsa, bu yomon atvorning va to qiyomatgacha bu atvor bilan ish qilganlarning gunohini oladi.
Qatoda, «Albatta, mana shu Mening To‘g‘ri Yo‘limdir. Bas, shu yo‘lga ergashinglar! (Boshqa) yo‘llarga ergashmangizki, ular sizlarni Uning yo‘lidan uzib qo‘yar. Shoyad taqvo qilsangiz, deb sizlarni mana shu narsalarga buyurdi» (An’om surasi, 153-oyat), mazmunidagi oyatni o‘qib, deydiki:
—   Bilingizki, yo‘l bitta. Boshdan-oyoq hidoyat yo‘li, olib boradigan joyi jannat. Iblis esa bir qancha yo‘llar ijod qilgan. Boshdan-oyoq chalkashlik, olib boradigan joyi jahannam.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:35:14

Ibn Mas’ud — Alloh undan rozi bo‘lsin - hikoya qiladi:

-   Bir kun Rasululloh (s.a.v.) bir chiziq chizdilar va «Bu, Allohning yo‘li» dedilar. So‘ng bu chiziqning o‘ngiga va so‘liga yana bittadan chiziq chizdilar va «Bular ham yo‘llar. Bu yo‘llarning ikki chetida yo‘lovchilarni chaqirib o‘tiruvchi shaytonlar bor» deb bildirdilar.

Alloh Rasuli (s.a.v.) keyin An’om surasidan bir oyatni (153-oyat) o‘qidilar.

Rasululloh (s.a.v.) yana shunday deb ogohlantirdilar:
—   Kim mening sunnatimdan (yo‘limdan, axloqimdan) yuz o‘girsa, mening ummatimdan emas.

—   Payg‘ambarlar o‘limidan keyin dinda bid’atlar ijod qilmagan bironta ummat yo‘q. Lekin Alloh ularni qancha miqdorda bid’at ijod qilgan bo‘lsalar, shuncha miqdorda diniy asoslardan benasib qilmay qo‘ymagan.

—   Allohning nazdida, Ko‘k toqi ostida, havoyi nafschalik o‘ziga cho‘qintiradigan katta but yo‘q. (Ya’ni insonlar shunchalik o‘z havoyi nafslarining asiri bo‘lib qolganlarki, shunchalik uning chizgan chizig‘idan chiqmaydigan bo‘lib ketganlarki, bu aslida unga sig‘inishdir).

Qayd etilgan