Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342298 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 43 44 45 46 47 48 49 B


Robiya  14 Mart 2009, 15:55:11

Berilgan ziyofatlarga o‘z yaqinlarini aytishni aslo unutmaslik kerak. Chunki bunday narsalarda qon-qarindoshlarni unutish yoki ataylab, yoki loqaydlik qilib aytmaslik o‘rtaga sovuqchilik tushishiga va begonalashishga sabab bo‘ladi.

Do‘stlarni, tanish-bilish va qarindosh-urug‘larni ziyofatga aytganda, dasturxon ustida diqqat-e’tiborli bo‘lish kerak. Bir qismiga boshqacha muomala qilib, ikkinchi qismiga o‘zgacha lutf ko‘rsatilsa, bir qismning dili og‘rib qolishi mumkin va bu ham begonalashishga sabab bo‘ladi.

Ziyofatdan maqsad boyligini ko‘z-ko‘z qilish va maqtanish bo‘lmasligi kerak. Faqatgina, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning odatlarini qilish, mo‘min birodarlar orasida mehr-oqibatni davom ettirish va ularning qalbiga surur berish bo‘lmog‘i lozim.

Chaqirsa, kelishi gumonligini bila turib va bordi-yu dasturxonga kelgan taqdirda ham boshqa chaqirilganlarga yoqmasligi ma’lum bo‘lgan kimsalarni, yaxshisi, chaqirmaslik kerak.

Eng to‘g‘risi, faqat chaqirsa keladigan kishilarni chaqirish kerak.

Sufyon Savriy deydiki:

— Kim chaqirsa kelishdan ozorlanadigan kishini da’vat etsa, bu da’vat etgan kishiga bir gunoh yoziladi. Agar da’vat etilgan kishi kelsa, ikki gunoh yoziladi. Chunki da’vat etgan kishi uni, istamagani holda yemakka zo‘rlagan bo‘ladi.

Taqvo sohibining ziyofati uning ibodat yo‘lida bo‘lishiga yordamdir. Fosiq kishining ziyofati esa; uning fisq-fujurlarini mustahkamlaydi.

Da’vat qilingan joyga borish — sunnatdir. Rasululloh marhamat qildilar:
—   Agar bir pocha pishirig‘iga chaqirilsam ham, boraman. Va agar bir bo‘lak pocha berilsa, qabul qilaman.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:55:55

TOBUT — QABR

Ichiga o‘lik yotqizilgan tobutlar basiratli (ko‘ruvchan) kishilar uchun bir ibratdir. Tobutlarda basiratli kishilar bir eslatma, bir o‘git ko‘radilarg Tobut g‘aflatdagi kishilarga hech narsani ifoda qilmaydi. Tobutlar faqatgina ularning g‘am-g‘ussasini orttiradi. Chunki g‘ofillar bunda boshqalarning tobutlarini ko‘ryapman, deb o‘ylaydilar. Ertami-indin o‘zlari ham tobutga tushajaklarini hech hisobga qo‘shmaydilar. Yoxud balki bir kun o‘zlari ham bu tobutga yota-jaklarini ozmi-ko‘pmi o‘ylaydilar, lekin buni juda uzoq vaqtlarga suradilar. O’ylamaydilarki, bu tobutlarning ichidagilar ham shunday o‘ylardilar, o‘zlari juda uzoq vaqt o‘tgandan keyin bu tobutga kiraman deb hisoblardilar. Lekin hisoblari yanglish chikdi. So‘nggi kunlari shoshilib kela qoldi. Ichida o‘lik bo‘lgan tobutni ko‘rgan har kishi uning ichidagini — o‘zi deb qabul qilishi kerak. Chunki qisqa vaqt o‘tgach, u ham, albatta, uning ichiga yotajakdir.

Biz yaqinda bir janoza marosimida shunday bir manzarani ko‘rdik:
Janoza tufayli bir qancha insonlar to‘plandi. Ko‘pchiligi kuldi, surbetlarcha yoqimsiz qiliqlar qildi. Hali o‘lik qabrga ketmasdan burun butun gapirgan gaplari yolg‘iz o‘likning merosi va bu merosni bo‘lishib oladigan vorislari to‘g‘risida edi. Hech qaysinisi o‘z janozasini va tobutga qo‘yilgan paytda uning nomi atrofida qanday gap-so‘zlar bo‘lajagini hech o‘ylamas edi. Bu g‘aflatning sababi gunohlari ko‘pligi tufayli qalblarining g‘amga botganligidir. Nega qalblarimiz g‘amga botadi? Chunki biz Allohning qiyomat kunini va istiqbolda bizni kutayotgan tahlika va dahshatlarni unutganmiz. Biz mutlaqo befoyda narsalar bilan vaqtimizni o‘tkazamiz. Allohdan bizni bu g‘aflat uyqusidan uyg‘otishni so‘ramaymiz. Janozada hozir bo‘lganlar uchun eng yaxshi hol o‘lik uchun yig‘lamoqdir. Agar aqllari bo‘lsaydi o‘likka emas, o‘z hollariga yig‘lardilar.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:56:41

Ibrohim Zayod(Ibrohim ibn Zayyod (558-izohga qarang)), bir o‘likka rahmat so‘rab duo o‘qiyotgan bir guruhni ko‘radi. Dediki:

— Agar o‘z nafslaringizga rahmat so‘rab fotiha o‘qisaydingiz, siz uchun xayrliroq bo‘lar edi!..

Tafakkur, ibrat olish, «safar»ga hozirlanish va tobut olib ketilayotganda tavozu’ bilan yurish, o‘lgan kishi hatto fosiq bo‘lsa ham, u haqda yomon fikrlarga bormaslik janozada hozir bo‘lganlarning odobidan hisoblanadi. Kishi o‘z nafsi haqida — nazarida yaxshi ko‘rinsa ham yomon fikrda bo‘lishi kerak, lekin o‘lik haqida aslo yomon fikrda bo‘lmasligi lozim. Chunki oxir-oqibat shunday bir narsaki, yaxshi bo‘lsa ham, yomon bo‘lsa ham endi bilinmaydi.

Bir kishi Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan so‘radi:
—   Ey Allohning Rasuli, insonlar orasida nafsoniy orzularidan eng tez qutulib ketadigani kim?

Rasululloh javob berdilar:

—   Qabrni va o‘zini kutib turgan balolarni unutmagan, dunyoviy zavq va orzularini tashlab keta oladigan, mangu narsani o‘tkinchi narsadan afzal bilgan va nafsini qabr ahlidan biri deb hisoblay olgan kishi nafsoniy orzularini tez tizginlab oladi.

Hz. Alidan: «Nima uchun mozorga yaqin joyda yashaysiz?» deb so‘radilar. O’shanda shunday javob bergandi:

—   Mozorlar (qabrlar) mening eng xayrli, eng sodiq qo‘shnilarim. Ular tillarni yomon so‘z ayrindan qaytaradilar, oxiratni xotirlatadilar.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:57:10

Hz. Usmon - Alloh undan rozi bo‘lsin — yo‘l ustida biron qabrga duch kelganda to‘xtar va shunday yig‘lardiki, soqoli ko‘z yoshlaridan jiqqa ho‘l bo‘lib ketardi. Bir kuni undan buning sababini so‘rashdi va: «Jannatni va jahannamni esga olgan chog‘ingda yig‘lamaysan, bir qabr boshiga kelib qoldingmi, o‘zingni yig‘idan to‘xtatolmaysan?!» -deyishdi. Hz. Usmon shu javobni berdi:

Men Rasululloh (s.a.v.)dan eshitganman. U aytardiki: — Qabr oxirat yo‘lchiligining birinchi qo‘nalg‘asidir. Agar kishi qabrdagi so‘roqdan omon chiqsa, undan u yog‘i oson kechadi. Agar u yerdagi so‘roqdan omon chiqmasa, undan u yog‘i mashaqqatli bo‘ladi demakdir.

Mujohid deydiki:

—   Odamzot o‘lgan chog‘ida unga birinchi bo‘lib qabr chuquri xitob qiladi:

—   Men hasharot uyasiman. Men — yolg‘izlik, men g‘urbat, men zulmat uyiman. Men senga hozircha shularni hozirladim. Sen menga nima hozirlab kelding?   


Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:57:57

JAHANNAM AZOBI

Buxoriy qayd etadi:

Ko‘pincha Rasululloh (s.a.v.) shunday deb duo o‘qirdilar:

—   Ey Rabbimiz, bu dunyoda ham, oxiratda ham bizga yaxshiliklar ato qil va bizni jahannam azobidan saqla!

Abu Yo’lo qayd etadi:

—   Rasululloh (s.a.v.) bir xitobasida: «Ikki ulug‘ narsani — jannatni va jahannamni unutmangiz!» deb buyurdi. So‘ngra yig‘ladi. Ko‘z-yoshlaridan soqoli jiqqa ho‘l bo‘ldi.

Keyin dedilarki:

— Nafsim qudrat qo‘lida bo‘lgan Allohga qasamki, oxirat borasida mening bilganlarimni bilsaydyngiz, bu pok tuproq uzra kibrlanmay doim piyoda yurar, yuzingizga tuproq surtardingiz.   

Tobaroniy «Avsot»da qayd etadi:

—   Bir marta Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning oldiga kutilmaganda Jabroil alayhissalom keldi. Rasululloh (s.a.v.) unga peshvoz chiqdi va: «Nima bo‘ldi, ey Jabroil, ranging so‘lg‘in ko‘rinadi?» dedi.

Jabroil: «Kelmoqchi emasdim. Alloh jahannam damlariga (havo puflagich) olovni kuchaytirish to‘g‘risida amr berdi!» deb javob qaytardi. Shunda Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Ey Jabroil, menga jahannamning ko‘rinishi qandayligini tushuntirib ber!» dedi. Jabroil alayhissalom ta’rifladi:

—   Alloh jahannamga buyurdi, ming yil yoqildi, shunday toblandiki, oq qo‘r holiga keldi. So‘ngra yana butordi, yana ming yil yoqildi, bu safar qip-qizil bo‘ldi. Keyin yana buyurdi, ming yil yoqildi, endi qop-qora bo‘ldi. Jahannam hozir tim qora. Na bir uchqun yilt etadi, na olov butunlay so‘nadi. Seni haq-payg‘ambar qilib jo‘natganga (Allohga) qasamki, agar jahannamdan igna teshigicha bir joy teshilib qolsaydi, uning haroratidan butun yer yuzidagilar o‘lardi. Yana seni haq-payg‘ambar qilib jo‘natganga qasamki, agar jahannam zaboniy (jazolovchi farishta)laridan birgina nafari yer yuzida ko‘rinib qolsaydi, badbasharaligidan va sassiqligidan yer yuzidagi barcha jonlilar qirilib bitardi. Seni haq-payg‘ambar qilib jo‘natganga qasamki, agar Alloh o‘z kitobi Qur’onda tavsif etgan jahannam ahli zanjirlaridan birgina xalqasi yer yuzi tog‘lariga tushsaydi, zarbidan tog‘lar yer tagiga botib ketardi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:58:39

Gap shu yerga kelganda, Alloh Rasuli (s.a.v.) dedilarki:
—   Yetar, ey Jabroil! Qalbim pora-pora bo‘ldi. Ortiq chidolmayman.
So‘ngra Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Jabroilga qaradi. U yig‘layotgan edi.
Rasululloh (s.a.v.) so‘radi:
—   Nega yig‘layapsan, ey Jabroil? Sen Alloh tayinlagan ishda, ayni chog‘da, yuksak makondasan. Sening qo‘rqishingga hech asos yo‘q-ku!
Jabroil dedi:
—   Men yig‘lamay kim yig‘lasin. Aksincha, men ko‘proq yig‘lashim kerak. Ehtimol, men Allohning ilmiga ko‘ra, bu holda emas, boshqa holdadirman. Men bilmayman. Ehtimol, Iblis mubtalo bo‘lgan oqibatga men ham mubtalo bo‘larman (men ham Iblisning qismatiga uchrarman) — Holbuki, Iblis ham yuksak maqomdagi malaklardan edi. Bilmayman, balki, meningham boshimga Horut ila Morutning boshiga tushgan balolar tushar!..

Bu so‘zlarni eshitib Rasululloh (s.a.v.) ham yig‘ladi. Jabroil ham yig‘ladi. Ko‘z yoshlari daryo bo‘lib oqar edi. Shu asnoda bir ovoz eshitildi. Ularni nomma-nom chaqirib, shunday deyayotgan edi:
—   Hey Jabroil, hey Muhammad, Alloh sizlarni, o‘ziga qarshi isyon qilmaydigan, ma’sumlar etib yaratdi!..

Shunda Jabroil o‘rtadan g‘oyib bo‘ddi. Payg‘ambarimiz tashqari chiqdi. U yerda bir guruh ansorlarga duch keldi. Ular kulishib, o‘ynab o‘tirishgan edi. Ularga xitoban shunday deb buyurdi:

—   Kulyapsizlarmi? Holbuki, orqangizda jahannam bor. Agar mening bilganlarimni bilsaydingiz, oz kulib, ko‘p yig‘lar edingiz. Yegan-ichganlaringizni hazm qilolmay, tog‘larga chiqib ketar va Allohga yolvorar edingiz.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:59:14

Shu payt Alloh Rasuli (s.a.v.)ga bir ovoz eshitildi. Uning nomini tilga olib, shunday dedi:

—   Ey Muhammad, sen bandalarimni noumid qilma. Men seni xushxabar eltuvchi qilib yuborganman. Odamlarni sarosimaga solish uchun yubormaganman!..

Shunda Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar:
—   To‘g‘ri yo‘ldan adashmang, to‘g‘ri yo‘lga yaqin bo‘ling!..
Bir marta Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Jabroilni savolga
tutdilar:
—   Men hech Mikoilning kulganini ko‘rmadim, nega bunday?
Jabroil javob berdi:
—   Mikoil jahannam yaratilganidan beri hech kulmadi.

Ibn Moja va Hakim qayd etadilar: Alloh Rasuli dedilarki:

—   Sizlarning olovingiz, do‘zax olovining yetmishdan bir haroratidadir. Agar olovingizga ikki marta suv sepib pasaytirilgan bo‘lmasaydi, siz hech qachon undan foydalana olmasdingiz. Va sizlardagi bu olov har doim jahannamga qaytarilishini so‘rab, Allohga sig‘inadi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 15:59:49

Bayhaqiy qayd etadi:

Hz. Umar: «Qachonki terilari kuyib bitishi bilan haqiqiy azobni totib ko‘rishlari uchun o‘rniga boshqa terilarni almashtiramiz» (Niso surasi, 56-oyat) maolidagi oyatni o‘qib, «Ey Ka’b, menga bu oyatni tafsirlab ber-chi, bir eshitib qo‘ray. Agar to‘g‘ri tafsirlasang, to‘g‘ri aytganingni tasdiqlayman. To‘g‘ri tafsir qilolmasang, yanglishingni aytaman», dedi.
Ka’b oyatni shunday tafsir qildi:

—   Odamning terisi bir soatda yoki bir kunda olti ming marta yoqiladi va yangilanadi!..

Hz. Umar: «To‘g‘ri tafsir qilding!» deb uni tasdiqladi.

Hasan Basriy oyatning tafsirini mana bunday qilib aytgan:
Jahannam otashi odamlarning terilarini har kun yetmish ming marta yeydi. Har yeyishida: «Eski holingizga qayting!» deb xitob qilinadi. Ular eski hollariga qaytadilar.

Muslim qayd etadi:
—   Bu dunyoda faqat rohat-farog‘atda yashab, butun umrini zavq bilan, aysh-ishrat qilib o‘tkazgan bir kishi jahannam ahliga qo‘shiladi. Bir safar uni olib kelib jahannam otashiga bir tiqib olishadi va: «Ey odamzod, dunyoda qanday rohat-farog‘at ko‘rganding? Olgan zavqlaring, aysh-ishratlaringdan gapir...» deb so‘rashadi. U. «Yo‘q-yo‘q, xudo haqqi, men dunyoda hech nima ko‘rmaganman, yo Rabbi!» deydi, (bir lahzalik jahannam azobi u oldin ko‘rgan butun ne’matlarni unuttiradi).
Keyin jannat ahli orasidan dunyoda umri siqilib o‘ttan bir odamni olib kelishadi. U jannat zavqlarini yaxshigina totib ko‘rgan bo‘ladi. Unga: «Ey odamzod, sen dunyoda qanday azob-uqubatlar ko‘rgan eding?» deb savol berishadi. U esa: «Yo‘q-yo‘q, men dunyoda hech qiynalmay yashaganman. Azob-uqubat ko‘rmaganman!» deydi.

Ibn Moja qayd etadi:
—   Jahannam ahli bir bora qattiq yig‘latiladi. Shunday yig‘laydilarki, ko‘z yoshlari tutaydi. Keyin qon yig‘laydilar. Bundan yuzlarida bir qatqaloq, so‘ng tars-tars yorilgan izlar paydo bo‘ladi. Bu yorilgan izlardan oqayotgan qon daryosida, qo‘yib bersangiz, kemalar suzib yurishi mumkin!..

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 16:00:39

TAROZI VA SIROT KO’PRIGI

Abu Dovud qayd etadi va Hz. Oyshadan rivoyat qiladi:
—   Bir mahal Hz. Oysha yig‘layotgandi. Alloh Rasuli: «Nega yig‘layapsan?» deb so‘radilar. Hz. Oysha: «Jahannamni xotirladimda, shuning uchun yig‘ladim. Qiyomat kuni oila a’zolaringizni esga olasizmi?» dedi. Rasululloh bildirdilarki:

—   Uch joyda birov birovni o‘ylay olmaydi:
1.   — Amallar tortilayotgan vaqtda, yaxshi amallari yengil yo og‘ir kelishini bilmoqchi bo‘lib turgan chog‘ida;
2.   — Amal daftarlari o‘ngga yo so‘lga uchirilayotgan vaqtda, uning daftari o‘ngdanmi, so‘ldanmi yo orqadanmi berilishini bilmoqchi bo‘lib turgan chog‘ida:
3.   Sirot ko‘prigidan o‘tilayotgan vaqtda, bundan o‘ta oli-shi yo o‘tolmasligini bilgisi kelib turgan chog‘ida.

Termiziy qayd etadi va Anas ibn Molikdan - Alloh undan rozi bo‘lsin - rivoyat qiladi:

— Alloh Rasuli (s.a.v.)dan, qiyomat kuni menga shafoat qilishini iltimos qildim. «Inshoolloh, shafoat qilaman!» dedilar. Men: «Sizni qaerdan topaman?» dedim. «Meni dastavval Sirot oldidan qidir!» deb buyurdilar. Men: «U yerdan topolmasam-chi?» dedim. «Amallar tortiladigan tarozi atrofidan qidir!» deb buyurdilar. Men: «Tarozi atrofida ham topolmasam-chi!» deb so‘radim. Rasul (s.a.v.) buyurdilar:
— Kavsar hovuzi yonidan qidir! Men albatta shu uch joydan birida bo‘laman!..

Hakim qayd etadi:
—   Qiyomat kuni bir Tarozi quriladi. Bu Tarozi bilan butun Osmonlar va Yer tortilsa ham bo‘laveradi.

Malaklar deydilarki:
-   Ey Rabbimiz, bu kim uchun quriladi?
Alloh buyuradi:
—   Yaratganlarimdan tilagan narsalarim uchun!..
Malaklar derlar:
—   Seni tanzih etamiz, Rabbimiz, biz Senga bandalik vazifamizni chindan ham o‘tay olmadik!

Muslim qayd etadi va Ummu Mubashshar Ansoriya(ansoriy sahoba ayollardan.

Payg‘ambarimiz s.a.v. ul muhtaramaning xurmozor bog‘ida mehmon bo‘lganlar)dan — Alloh undan rozi bo‘lsin — rivoyat qiladi:
-   Rasululloh (s.a.v.)dan eshitganman. Hafsa(Rasulullohning zavjalari. Hz. Umarning qizi)ning — Alloh undan rozi bo‘lsin — yonida shunday degan edilar:
-   Inshoolloh, daraxt tagida bay’at qilganlar (qasamyod qilganlar) jahannamga tushmaydi!

Hafsa — Alloh undan rozi bo‘lsin — «Ha, ey Allohning Rasuli!» dedi. Rasululloh (s.a.v.) uning so‘zini kesdilar. Lekin Hafsa: «Sizlardan har biringiz unga (jahannamga) tushguvchidirsiz» (Maryam surasi, 71-oyat) mazmunidagi oyatni o‘qidi. Rasululloh (s.a.v.) esa uning bilan ketma-ket: «So‘ng taqvodor bo‘lgan zotlarni (undan, ya’ni jahannamdan) qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho‘kkan hollarida (jahannamda) qoldirurmiz» (Maryam surasi, 72-oyat) mazmunidagi oyatni o‘qidilar.

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 16:01:22

PAYG’AMBARIMIZNING VAFOTI

Ibn Mas’ud — Alloh undan rozi bo‘lsin - hikoya qiladi:

-   Ayriliq (o‘lim) yaqinlashgan kunlar edi... Biz Hz. Oyshaning uylariga Rasululloh(s.a.v.)ni ko‘rgani bordik. Bizga termildilar. Ko‘zlari yoshga to‘ldi. Keyin gapira boshladilar:

—   Marhabolar!.. Alloh hammangizga barakali umr bersin. Iloyo, murodingizga yetkazsin. O’zi madadkor bo‘lsin. Sizlarga o‘gitim shulki, Allohdan qo‘rqing va taqvoli bo‘ling. Yana shuni ham aytib qo‘yay: men Allshdatg makonida va bandalari orasida, Uning insonlarga amr etgan din asoslarini toptamasligingiz uchun — Alloh tomonydan sizlarga yuborilgan ochiq bir QO’RQITUVChIMAN! Endi menga ajal yaqinlashdi. Sizlarga va men o‘lganimdan keyin dinimizga kirganlarga Allohning salomi va rahmati bo‘lsin!..

Hz. Oysha — Alloh undan rozi bo‘lsin - hikoya qiladi:

- Rasululloh (s.a.v.) bizga, yetti quduqdan yetti chovgun suv olib kelib, o‘zini cho‘miltirishimizni buyurdi. Biz bajo etdik. Rohatlandilar. So‘ng tashqari chiqdilar. Jamoatga namoz o‘qitdilar. Uhud shahidlari uchun istig‘for qilib, ularga bag‘ishlab duolar o‘qidilar. Ansorlar haqida vasiyat qilib, buyurdilarki:

—   Salomdan so‘ng, ey muhojirlar! Sizlar ko‘payasizlar. Ansorlar bugungi miqdordan ortiqqa oshmaydilar. Ular mening sirdoshlarim va xos jamoatimdir. Ularning yaxshilariga yaxshilik qilingiz. Qusurlilarining qusurlarini afv etingiz.

Qayd etilgan