Uch ayol nolasi...  ( 3859 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Mr.Twister  22 Sentyabr 2008, 18:02:41

Assalomu alaykum wr wb.
Inson borki bu dunyodan boqiy dunyoga rixlat qiladi. Shu rixlat davri kelganicha uning ham yaxshi ham yomon harakatlari, qadamlari insonlar qalbida qolib boraveradi...
Janozada o`tirarkanmiz qaytish qilgan birodarimizning og`a-inilari, do`st-yorlari yig`lab sutkut saqlayotganlarida faqatgina uch ayol hech tin olmaydi. Ular, olamdan o`tgan birodarimizning onasi, sevimli yori va singlisi. Ox, ularning nolalari naqadar ta'sirli yuragingizni teshib o`tadi. Qurib qolgan ko`zlardan ham yosh oqizishga majbur qiladi. O`g`lini, yorini, akasini berib qo`yganiga ishonmaydi: "Akajon, og`liz til chiqarib "Dada" desa nima deb javob beraman... Akajon...".
Ex hayot shunaqa ekan Olloh irodasi bilan kimlardir uzoq umr ko`rsa, kimlardir endigina baxtli bo`laman deganda, dunyoni tark etar ekan.
Olloh buyukdir, insonlarga diydor g`animatligini ko`rsatdi. Hayot inson qo`lida emasligini ko`rsatdi.
Mana tobutni keltirdik va mayitni tobutga qo`ydik, tobut yerdan ko`tarildi yana o`sha ovozlar qulog`imga chalinadi "Og`lim (Dadasi) mandan ketma (ng)!"
Exx inson umri naqadar qisqa, shu qisqa umri ilohim yaxshilikda o`tgan bo`lsin.
Ha bu birodarimni yosh berib qo`ydik, Jum'a kuni uchrashganimda (kasalxonada) "Qayerga ketyapsan, namozgami. Alloh rozi bo`lsin sendan. Nasib qilsa kelasi Jum'ani sen bilan o`qiyman...". Afsus shu gaplari ustidan chiqishga imkoni bo`lmadi.
Hali tobut keltirilmasdan oldin qo`limda aso tutib turibman xayolimda bir fikr:
"Sen bilan namozda bir safda bo`lmoqchi edim, janozangda emas" beixtiyor shu gap og`zimdan juda ham baland tonda chiqib ketdi. Buni eshitgan ahli musulmon orasida yana uvos ko`tarildi. Kimdir ukam deb, kimdir akam, kimdir qadrdonim deb yig`lardi...
Lekin shu ovozlar ichida yana o`sha tanish uch ovozning nolasi qulog`imga chalinardi...
Ilohi Amin, Alloh bandamiz bilib - bilmay qilga gunohlarimizni kechir. O`zingdan, yo`lingdan begona qilma, O`tganlar ruhini shod, qabrlarini Qur'on nuri ila munavvar ayla. Allohu akbar.

Qayd etilgan