Oliygohlarga kirish imtihonlari (testlar) 3 ta fandan bo`lgani uchun o`quvchilar ushbu fanlarni chuqur o`rganishadi, imtihon bo`lmaydigan fanlarni esa chuqur o`rganishlariga hojat yo`q. Bu degani umuman o`rganishmaydi degani emas, o`rganishadi, nisbatan kamroq. Xo`sh o`zingiz o`ylab ko`ring: 1 haftada 6 ish kuni. Matematika uchun 2 kun, ingliz tili uchun 2 kun, ona tili uchun 2 kun ajratilsagina mukammal darajada bilimni egallash mumkin. Shunda ham bechora abiturientlar bazo`r ulgurishadi. Juda katta hajmdagi ma'lumotlarni yodlashlariga, o`rganib mashq qilishlariga, test yechishlariga to`g`ri keladi. Matematikani qo`yib turaylik, ingliz tilidan haftasiga yuzlab so`zlarni yodlashlari, tekstlar tarjima qilishlari, grammatik qoidalarni o`rganib yuzlab testlarni yechishlari kerak. Shu bilan birga Ona tili va adabiyotni o`rganish ulardan ancha mehnatni talab qiladi. Endi o`zingiz o`ylab ko`ring, shuncha ma'lumotni o`rganishi qattiq talab qilinib turilganda (albatta har bir fandan bo`lgan repetitor o`z fanidan yaxshi natijani qattiq talab qiladi) o`quvchi boshqa fanlarni chuqur o`rganishga vaqt topa oladimi. Hatto ba'zan shu fanlardan bo`lgan topshiriqlarni o`z vaqtida bajarib kelishga ulgurishmaydi.
Ikkinchi tomondan olib qaraganda har fandan ozgina-ozgina bilib chalamulla bo`lganda ko`ra bir-ikki fanni yaxshi bilib Professional bo`lgan ma'qul. Masalan ozgina tarixdan, ozgina fizikadan yoki ximiyadan bilsa-yu, lekin aniq bir kasbning egasi bo`lmasa yaxshimi, yoxud ingliz tili va matematikani yaxshi bilib kuchli programmist bo`lgani yaxshimi? 10 fandan ozginadan bilib ishsiz qolgandan ko`ra biologiya va ona tilini bilib yaxshi vrach bo`lgani ma'qul.
Bu maning fikrim, sizning fikringiz boshqacha bo`lishi mumkin, man siz bilan tortishmayman, chunki o`zganing fikrini ham hurmat qilib bilish kerak.