Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211490 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 31 B


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:55:47

* * *
Abu Tolib fijor urushi to‘g‘risida qarashlarini Hoshim o‘g‘illariga bildirdi:
— Harom oylari ichidamiz. Bu urushga qatnashishni to‘g‘ri deb bilmayman. Boshqa akaukalar ham shu fikrda edilar. Biroq bunday qaltis paytda faqat ko‘ngilga qarabgina ish tutib bo‘lmasdi. Qurayshga kelgan xavfxatarni qaytarishda ularning ishtiroki lozim ekanligi uqtirildi. Nihoyat, Zubayr boshchiligida urushga qatnashdilar. Abu Tolib ham orasira, yonida suyukli jiyani bilan kelib, jangda ishtirok etardi. Ammo Muhammad bu urushda shaxsan qatnashmas, qarshi tomondan otilgan o‘qlarni yig‘ib, amakilariga olib borib berar edi.
Qachon Abu Tolib jiyani bilan jangda qatnashsa, o‘sha kuni qurayshlarning qo‘li baland bo‘lardi.
— Ey qurtqumurskayu qushlarga ham mehribon bo‘lgan, hojilarga suv ulashgan buyuk zotning o‘g‘li, sen kelganing hamon bizning qo‘limiz baland bo‘ladi. Nima qilardi bizning yonimizdan ketmasang? — derdilar. Buni Abu Tolibga bog‘lashardi, uning yonidagi Buyuklarning Buyugi hurmatiga shunday bo‘lgani xayollariga ham kelmasdi.
Abu Tolib bunga javoban:
— Sizlar zulmdan, xaqsizlikdan, qarindoshlik iplarini uzishdan voz kechinglar, shunda men ham sizlardan ayrilmayman, — derdi.
Arablar o‘rtasidagi urushlar dastlab har ikki tomondan bittadan askarning chiqib, yakkamayakka olishuvi bilan boshlanardi. G’olib askar o‘ldirilgan jangchining qurollari va ko‘ylagini olib jang maydonidan chekinar yoxud ikkinchi bir yigitni o‘zi bilan olishuvga chaqirar edi.
Jang ba’zan to quyosh qizdirguncha shu zaylda, yakkamayakka olishuvlar holida davom etar, ba’zan esa, ikki shi olishib bo‘lgani hamon hamma baravariga hujumga utar, ikki tomonning askarlari aralashquralash bo‘lib ketar edi. Kim kimga duch kelsa, shu bilan urushar, kun kattik qizdira boshlagandan keyingina jang to‘xtar edi. Peshindan keyin yoki ertasi kun jang yana shu tarzda boshlanardi.
Urushning so‘nggi kuni. Erta tongda boshlangan jang qaysi aylonliklarning foydasiga hal bo‘layotgan, kinonalik va qurayshliklar mag‘lubiyatga uchrayotgan, ko‘p odamlar o‘ldirilgan edi. Biroq peshindan keyin kinonaliklar jang qilish usulini o‘zgartirdilar va qaysi aylonliklarni qilichdan o‘tkaza boshladilar. Tengmateng jang borar, ikkala tomon ham bugun uzulkesil g‘alabaga erishishni xohlar edi.
Bu ketishda Qaysi Aylonning kuni bitishi hech gap emasdi. Umidsizlarcha urishar edilar. Urva xam, Barroz ham unutilgan, hamma o‘z jonini saqlab qolish tashvishida edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:56:03

Ayni shunday qaltis daqiqalarda bahaybat tuyaga mingan yovqur bir kishi ikki tomonning o‘rtasiga otilib chiqdi va bor ovozda:
— Ey Mudor o‘g‘illari!.. Ey Mudor o‘g‘illari!.. —deb hayqira boshladi.
Mudor kinona va havozinliklarning katta bobolari edi. Bu ikki qabila Mudorda birlashardi. Haligi odam «Mudor o‘g‘illari» der ekan, birdaniga har ikkala tomonga ham murojaat qilgan edi. Nihoyat, jang to‘xtadi.
— Nima istaysan bizdan? — dedilar.
— Sizlarni bu ishdan yaxshiroq, xayrliroq bir ishga da’vat etaman.
—   Xo‘sh, nima ish ekan u?
—   Sulhdir. Sizlarni sulh tuzishga chaqiraman.
—   Qanaqa sulh?
—   Sizlardan o‘lganlarning tovonini to‘laymiz, bizdan o‘lganlarning qonini Xudo yo‘liga bag‘ishlaymiz.
—   Kim bo‘yniga oladi bu ishni? TovonnI kim to‘lay olar ekan?
—   Men, men to‘layman.
—   Kimsan sen?
— Qurayshlardan Utba ibn Robia. Minnatdorlik tuyg‘ulariga to‘liq nigohlar Utbaga qadaldi. Qilichlar qinlariga solindi. Ikki tomon o‘liklarni bittabitta yig‘ib ola boshladi. O’liklar sanab chiqilganda, qaysi aylonliklardan yigirma kishi jangda o‘lgani ma’lum bo‘ldi.
Utba ibn Robia va’dasini takrorladi:
— Bu yigirma kishining tovonini to‘lash mas’uliyatini zimmamga olaman.
Necha kunlardan beri davom etayotgan, bu ketishda ikkala qabila xam qirilib ketishi ayon bo‘lgan urush shu zaylda nihoyasiga yetdi.
Bunday shartni bajarish oson emasdi. Berilishi va’da qilingan tovon odam boshiga yuz tuya hisobi bilan jami ikki ming tuya demak edi.
Bu bir ulkan boylik bo‘lib, kattakatta yigirma suruv degani edi. Aqlga sig‘maydigan bu ulkan tovonning qanday to‘lanishi hammani qiziqtirardi.
— Xo‘sh, qanday qilib to‘laysan?
— Garov sifatida sizlarga odamlarimizni beramiz. Tovonni to‘lab bo‘lganimiz hamono ularni qaytarib yuborasizlar.
Qirq kishilik bir guruh qaysi aylonliklarga garovga topshirildi. Ular orasida Harb ibn Umayyaning o‘g‘li Abu Sufyon va qurayshlarning aslzoda xonadoniga mansub Hakim ibn Hizom ham bo‘lgan.
Yigirma yoshga to‘lgan, Buyuklar Buyugi bo‘lmish qirchillama o‘spirinda tom ma’noda johillik sababli kelib chiqqan bu urushdan ana shunday taassurotlar qoldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:56:29

SHARAFLI AHDLASHUV
Xilful fuzul

Makka hammaning ehtiromiga sazovor tabarruk shahar edi. Chunki insonlarning Ollohga ibodat qilishlari uchun ilk bor bino etilgan muqaddas dargoh hisoblanmish Bayt («Ollohning uyi») shu yerda edi. Bu Baytning, ya’ni Ka’baning qurilish o‘rnini tayin etgan, qurishni buyurgan Olloh taolo bo‘lsa, uni qurganlar Ibrohim va Ismoil payg‘ambarlar edi. Shu bois Makka shahrining muborak shahar ekanligiga hech shubha yo‘q edi. U yerda Ollohga ibodat qilinar, u yerda Haq Sohibiga sig‘inilar, bu yerga kelganlar har qanday tajovuz va adolatsizlikdan emin bo‘lar edilar.
Biroq vaqtlar o‘tishi bilan Makka xalqi o‘z manfaatlari yo‘lida muqaddas bir zaminda yashayotganliklarini unutayozdilar. Haqsizlik, tajovuzkorlik evaziga esada, manfaat hamma narsadan ustun bo‘la boshladi. Makkaga kelgan hojilarga sovuq muomala qilish, tujjorlarning mollarini haqini to‘lamasdan olish odat tusiga kirdi. Ornomus oyoqosti bo‘ldi.
Bir kuni Zabid degan joydan kelgan bir savdogar mollarini ko‘tarasiga yaxshigina narxga Os ibn Voilga sotdi. Savdogar omadi chopganidan juda mamnun bo‘ldi. Os ibn Voil boshqa xaridorlar singari, uning molini kamsitmadi, bahosini ham tushirmadi. «Aslzoda oilaning farzandi, yaxshi tarbiya ko‘rgan odam ekan», deb o‘yladi savdogar. Tarbiyasiz bir odam bo‘lsa, yo molini kamsitar, yo arzimagan pulga sotib olish uchun hamma chorani qo‘llab ko‘rar edi.
— Qani, endi bularni uygacha olib borish kerak, azizim, — dedi Os.
Savdogar bajonidil rozi bo‘ldi. Mollar uyga olib borilib, joylashtirildi. Savdogar yuzidan oqqan terlarni artar ekan, haqli ravishda, pulining darhol berilishini kutardi. Ammo bunday bo‘lmadi. Os ibn Voil:
—   Asrdan keyin kel, haqingni berayin, — dedi.
Bu gap savdogarga uncha yoqmadi. Darhol haqini olib orqaga, Zabidga yo‘l olmoqchi edi. Chunki endi Makkada turishning ortiq hojati qolmagan edi.
Ammo Osning ishontiruvchi ko‘rinishi savdogarni bir oz xotirjam qildi. U yoqbu yoqni aylanib yurdi. Zamzam suvidan ichdi. Ka’bani tavof etdi. Asrdan so‘ng keldi. Os uyida yo‘q ekan. Eshigining tagida ancha poylab turdi. Oqshom payti Os keldi, ammo savdogarni tanimaslikka olib, uyga kirib ketmoqchi bo‘ldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:56:55

—   Otajon, bir daqiqa to‘xta. Os to‘xtadi.
—   Nima istaysan?
—   Pulimni...
—   Qanaqa pul?
—   Hali ertalab mendan mol sotib olgan eding.
—   Ha, ha, endi esladim, ertaga kel.
—   Ammo, bugun asrdan so‘ng beraman, degan eding... Os uning so‘zini bo‘ldi:
—   Ertaga, dedimku, ertaga. Hozir meni tinch qo‘y.
—   Ammo mening ilojim yo‘qda.
—   Tushundim, ertaga kel, dedimku.
Zabidlik odam yorug‘ dunyosi qorong‘u bo‘lib, qaytib ketdi. Ichini it tirnardi. Ertalab tarbiyali odam singari mol xarid qilgan, xaqhuquqdan gaggargan, oladigan molini kamsitish axloqsiz ekanligini so‘zlagan Os endi butunlay o‘zgarib qolgan edi. Balki qarzini inkop etishi ham endi hech gap emasdir. O’zini tanimaslikka solgani shundan dalolat berardi.
Savdogarning qo‘lidan hech narsa kelmasdi. Osnikidan juda xafa bo‘lib qaytdi. Kechani Ka’bada o‘tkazdi. Erta tongda Osning eshigini qoqdi. Ichkaridan «Ertaga kelsin», deb yubordilar. Yana eshikni qoqdi, xaqkini talab qildi. Ammo Os balanddan keldi.
 Axir, men o‘z haqqimni talab qilmoqdaman.
— Ertaga dedikku.
— Men ertagacha kuta olmayman.
— Men ham bugun bera olmayman.
— U xolda molimni qaytarib ber.
— Tushunmadim.
— Molimni qaytarib ber, deyapman.
— Hazillashyapsanmi?
— Nega hazillasharkanman?
— Savdolashib, menga sotdingku o‘zing?
— Ha, sotdim.
— U xolda mol endi seniki emas, meniki bo‘ldi.
— Ammo mening xaqqimchi?
— Hakking qochib ketmaydi, beramiz.
—   Qani, ber, bo‘lmasa...
—   Ertaga dedimku.
—   Kecha keldim, bugun beraman, deganiding.
—   Xo‘sh, kecha nima degan ekanman?
—   Ertaga beraman, deding.
—   Juda soz. Bo‘pti, gapim gap, ertaga beraman.
—   Men haqqimni olmasdan hech qayoqqa ketmayman.
— To‘g‘ri tushungan bo‘lsam, sening ta’ziringni berib qo‘yish kerakka o‘xshab qoldi.
Shundan keyin Os ichkariga qarab:
— Hoy, kim bor, bu yoqqa kel! — deya chaqirdi. So‘ng savdogarga o‘girildi: — Yaxshilikcha ketasanmi yoki boplab adabingni berishsinmi?
Zabidlik kaltak yeyishni xohlamasdi.
—    Xo‘p. Demak, ertaga kelaymi?
—    Yo‘q.
—    Yo alhazar, qachon bo‘lmasa?
—    Endi kelmaysan!
—  Axir, bu o‘ta adolatsizlik, zulm emasmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:57:28

Qani, yo‘qolchi bu yerdan, hoy ahmoq! Adolatni libkelib endi sendan o‘rganamizmi? Daf bo‘l! Savdogar bekordan-bekorga kaltak yemaslik uchun u odan ketdi. Ka’baga bordi, butlarga sig‘inayotganlar bilan gaplashdi, qabila boshliqlarini ko‘rdi. Abdu’d, Maxzum, Jumoq, Saxm, Odiy o‘g‘illarining xonadonlarida bo‘ldi. Dardini ularga gapirib berdi. Biroq  hech qanday foyda topmadi, umidsizligi kuchaydi.
—    Os ibn Voil singari ulug‘ bir zotda qarzi bor inson sharafli bir inson degan gap, — dedilar.
—   Sharaf insonning qornini to‘yg‘azmaydi. Menga pulimni yoki molimni undirib beringlar.
—   Sen nimalar deyapsan o‘zi! Os kabi ulug‘ martaba egasini bunday arzimas bir ish uchun bezovta qilish ayb emasmi?
—    Os shunaqa ulug‘ zot, sharafli kishimi?
—    Albatta, sen nima deb o‘ylayapsan?
—    Sharafli inson qarzini o‘z vaqtida beradi.
—    Qani, yo‘qolchi 6u yerdan.
Zabidlik savdogar qabila boshliqlarining ba’zilaridan mana shunday sovuq muomala ko‘rdi, ba’zilari gapirgani ham qo‘yishmadi, ba’zilari esa: «Men bu ishga aralashmayman», dedi, yana boshkasi: «Mening Osga bas keladigan kuchim yo‘q», deb jo‘natdi.
Kimga uchrasa, hamma uni quruk qaytardi. Barcha eshiklar uning yuziga yopildi. Ayon bo‘ldiki, zabidlik savdogarning dodini tinglab, mushkulini oson qiladigan odam Makkada yo‘q edi.
Ertalab tong saharda Ka’baning yonida haqsizlikka uchraganidan, Osning adolatsizlik qilganidan dod solib sochlarini yulayotgan, ko‘ylaklarini yirtib, arziga quloq soladigan odam qidirib yurgan bir musofirni ko‘rdilar.
Bu so‘nggi chorasi zoe ketmadi. Masjidi Haromda suhbatlashib o‘tirganlar unga quloq tutdilar. Nihoyat arzini tinglaydigan va uni haqli deb hisoblaydigan bir necha kishini topganidan, zabidlik savdogar g‘oyat xursand edi.
Ilk bor oyoqqa Zubayr qalqdi.
— Adolatsizlikku bu! Zulm va haqsizlikka qarshi kurash har bir nomusli odamning vazifasi. Mard kishi zulmga nisbatan beparvo qololmaydi! ~ deb baqirdi. Abdulmuttalibning o‘g‘li to‘g‘ri gapirmoqda.
— G’ariblarga yordam berish ham sharaf, ham farzdip!
Nihoyat, Abdulloh ibn Jud’onning uyida uchrashish va ushbu masala yuzasidan munozarani davom ettirishga kelishdilar. Makkaning yosh va obro‘e’tiborli ulug‘laridan biri bo‘lgan Abdulloh ibn Jud’on mehmonlarni quchoq ochib kutib oldi. Majlisda Hoshim, Muttalib, Zuhra, Horis va Taym o‘g‘illaridan ushbu qabilalarning vakili bo‘lib kelganlar bor edi. Oralarida eng yoshi, amakilari bilan kelgan Muhammad ibn Abdulloh edi. U endigina yigirma yoshdan oshgan edi. Biroq hech kim uning kattalarning orasida o‘tirganidan og‘rinmadi. Chunki u yoshi bilan bo‘lmasa ham, aqli va dunyoqarashi, tarbiyasi va xulqi, kattalarga yarashadigan nutqi bilan ulug‘vor edi. Ulug‘lar ham havas qiladigan darajada buyuk edi. Shu bois hech kim «Bu o‘spirin bizning oramizda nima qilib o‘tiribdi», deb ham o‘ylamasdi. Mehmonlar dasturxon atrofiga o‘tirishdi. Ye6, ichdilar. Shundan keyin muammo o‘rtaga tashlandi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:58:25

—   Agar zo‘ravonlarga qarshi lommim demasak, bundan battar haqsizliklar ro‘y bermasligiga kim ham kafolat bera oladi, — dedi biri.
—   Os bu ishni birinchi marta qilayotgan bo‘lsa ham mayli edi...
—   Bunday haqsizlikka yo‘l qo‘ygan faqat Os emas. Os ulardan biridir, xolos.
—   Hozir indamasak, vaqti kelib, hozirgi kunlarni ham qo‘msab qolamiz. Gapimga ishonaveringlar.
—   Bu ketishda qurayshlarning obro‘yi bir chaqaga arzimay qoladi.
—   Makkaga kelgan musofirlar, xatto hojilar ham tobora bizdan qo‘l siltab ketmoqdalar...
Qisqasi, ulardan hech biri bu ishning shundayligicha qolishini istamasdi. Bundan tashqari, o‘zlari xam borgan joylarida ana shunday muomalaga duch kelishlari mumkin edi. Bu yerda haqhuquqi toptalgan odam imkon topdi deguncha, boshqa bir qurayshlikdan bo‘lsada, haqqini undirib olardi. «Makkaliklar xohlagan zulmini qilaversin, ammo borgan joylarida izzatikrom, e’tibor ko‘rsin», deb hech qaerda yozib qo‘yilmagan edi.
Haj mavsumi yaqinlashgan, binobarin, bu masalada qat’iy qarorga kelish har qachongidan ham zarur edi. Xozir zulqa’da oyi. Atigi bir oydan so‘ng xaj mavsumi boshlanadi. Ziyoratchilarni yaxshi kutib olish, ularning osoyishtaligini ta’minlash, bu bilan ularning yana va yana kelishlariga zamin hozirlash darkor edi. Chunki Makkaga keluvchi musofir va hojilar qancha ko‘paysa, ^akkaning obro‘yi ham shuncha ortar, tijorati ravnaq topar edi.
Nihoyat, Abu Tolibning singlisi Bayda (yoxud Otika) o‘rtaga bir idishda mushku anbar keltirdi. Mehmonlarning hammasi unga birmabir barmoqlarini botirdilar.
Bu arablarning o‘ziga xos qasamyod marosimi edi. Ba’zan shunday xushbo‘y hidli narsaga, ba’zan qon va shunga o‘xshash narsalarga barmoqlarini botirib, qasamyod etardilar. Qasamdan qaytmasliklarini bildiruvchi bir dalil hisoblanardi bu.
Shundan keyin ilk qasamyod so‘zlari yangradi: «Toki dengizda birgina soch tolasini ho‘llashga yetadigan suv bor ekan, Sabr va Hiro tog‘lari qad ko‘tarib turar ekan, doimo mazlumning yonida, unga yordamchi bo‘lishga, zolimdan haqqini olguncha qo‘llabquvvatlashga, faqirlarga saxovat ko‘rsatishga Olloh nomi bilan qasamyod qilaman».
Bu qasamyod ayni tarzda bir necha bor takrorlandi. Bu qasamyod «Xilful fuzul» (ya’ni «Fazilatli kishilarning fazilatli ish tutish uchun qilgan qasamyodi») nomi bilan ataldi.
Bu nom necha yuz yillar oldin ham arablar orasida xuddi shu ma’noda bir bitim tuzgan uch kishining nomlari bilan aloqador edi. Ular Fazl ibn Fazola, Fazl ibn Vadoa, Fazl ibn Horis ismli uch o‘rtoq edilar. Mardonavor bir bitim tuzishgan, mazlumning yonini olib, zolimga qarshi, haqsizlikka qarshi kurashgan, shu tariqa necha asrlargacha arablar orasida yaxshi nom qoldirishgan edi ular. O’sha boshlangan yo‘lni bu safar Abdulloh ibn Jud’onning uyida yig‘ilganlar davom ettirmoqchi edilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:59:14

* * *
— Os!.. Ooos!.. Tashqariga chiq!
Os tashqariga chiqdi. Bir to‘da odamlarga ro‘baro‘ keldi.
— Nima gap, nimalar bo‘lyapti?
—Sendan zabidlik shaxsning haqqini undirishga keldik.
Os taraddudlanib qoldi.^Ishning bunday tus olishini mutlaqo kutmagan edi. O’zicha, u masalani batamom hal qildim, deb o‘ylagan edi. Savdogar birikki joyda nolib, arzi hol qiladida, daf bo‘lib ketadi, deb kutgan edi. Ammo shu onda turli qabilalardan vakillari bo‘lgan bir guruh odam qarshisida lol turardi.
—   Zabidlik bilan nima ishingiz bor? — deb so‘radi ulardan.
Zubayr ularning nomidan javob berdi:
—   Qasamyod qildikki, bugundan boshlab haqsizlikka uchragan har qanday kishi bizning himoyamiz ostida bo‘ladi. Makkalik bo‘lsin, musofir bo‘lsii, hech kimga nisbatan zulm qilinishiga yo‘l qo‘ymaymiz.
—   Bermasamchi?
Abdulloh ibn Jud’on gapga aralashdi:
— Ko‘zingni och, Os! Bizni so‘nggi chorani qo‘llashga majbur etma!
Zubayr qo‘shimcha qildi:
— Darhol savdogardan qarzingni olib chiq. Chunki uni olmasdan ketmaymiz.
Os vaziyat qaltis ekanligini angladi. Ichkariga kirdi. Bir ozdan so‘ng pulni olib chiqib, Abdulloh ibn Jud’onga uzatdi.
Zabidlikni topib, haqini berdilar.
— Haqqing shunchamidi?
Savdogar yig‘lamsirab «Ha» ishorasini berdi va:
—    Sizlar bo‘lmasalaringiz, haqqimni ololmasdim,— dedi minnatdorona.
—    Mana endi uyingga xursand bo‘lib qaytishing mumkin. Makkada takror haqsizlikka uchrasang, bizga murojaat et, unutma.
Savdogar juda xursand bo‘lib, xayrlashdi.
«Xilful fuzul»ning a’zolari ancha yengil tortdilar. Yuzlarida tabassum paydo bo‘ldi. Axir, Makkadek muborak shaharda yashovchilarga munosib bir ishning uddasidan chiqqan edilar. Bundan buyon amalga oshiriladigan xayrli ishlarning muqaddimasi edi bu.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:59:27

Majlisning yigirma yoshli a’zosi Muxammad ibn Abdulloh bu bitimdan qalbida paydo bo‘lgan huzurhalovat tuyg‘usini, ko‘ngil rohatini o‘ttiz yil o‘tgach ham unutmadi. Bir kuni birodarlariga shunday hikoya qilib berdi: «Abdulloh ibn Jud’onning uyida bo‘lgan bir ahdlashuvda ishtirok etdim. Bunday sharafdan voz kechish evaziga dunyoning eng go‘zal ne’matlarini bersalar ham, aslo rozi bo‘lmasdim. Islom dini vujudga kelganidan keyin ham mana shunday ahdlashuvga taklif etsalar, sira ikkilanib o‘tirmasdan borardim».
Abdulloh ibn Jud’onning uyidagi ahdlashuv natijasi o‘laroq bir jamoaning Os ibn Voil uyiga borib, uni tiz cho‘ktirgani voqeasi tezda butun Makkaga ma’lum bo‘ldi.
Ko‘p o‘tmay Xos’om kabilasidan bir kishi Makkaga haj yoki umra niyati bilan keldi. Yonida Qotul ismli bir qizi ham bor. Qiz juda go‘zal edi.
Nubayh ibn Hajjoj bu qizga bir ko‘rishda oshiqi beqaror bo‘lib qolib, zo‘ravonlik bilan olib qochdi.
Qizning otasi bu zo‘ravonlikdan telba bo‘layozdi. Har tomonga yugurib dod soldi. Ko‘rganlar unga «Xilful fuzul» a’zolariga uchrashishni tavsiya etdilar. Bu odam Ka’baga keldi:
— Ey «Xilful fuzul» a’zolari!.. Ey «Xilful fuzul» a’zolari!.. — deb baqira boshladi.
Uning baqirig‘ini eshitgan «Xilful fuzul»chilar har tomondan kelib, atrofini o‘rab olishdi.
— Nima deysan?
—   Nubayh ibn Hajjoj qizim Qotulni zo‘rlik bilan olib qochib ketdi.
—   U holda biz bilan birga yur.
Katta bir jamoa Nubayh ibn Hajjojning uyiga bordi.
Nubayh eshigining oldiga kelgan bir to‘da odamni ko‘rib hushyor tortdi. Ularning nima maqsadda kelganliklarini sezdi. Olib qochgan qizni unga nikohlab, «Qo‘sha qaringlar», deyish uchun kelmaganliklari ayon edi. Kelganlar xo‘mrayib turardilar.
—   Nima ish qilding sen, yo Nubayh!
—   Nima qilibman?
—   Bu odamning qizini zo‘ravonlik qilib olib qochibsan.
—   Ammo men uni qattiq sevib qoldim. Undan ajralsam, o‘laman.
—   Uni sevib qolgan bo‘lsang, otasining roziligini olishing kerak edi.
—   U holda Qotulning otasidan so‘rayman. Qizning otasidan so‘radilar:
—   Qizingni Nubayhga berasanmi?
   Yo‘q.
Nubayh yolvordi:
— Nima xohlasa, shuni beraman.
Ota uzilkesil javob qildi:
Qizimni qaytarib bersin, boshqa xech narsa istamayman. Bu safar Nubayhga shunday amr berildi:
Hoziroq qizni shu yerga olib chiqasan. Aks holda, o‘zingdan ko‘r. Hech bo‘lmasa, bir kecha u bilan ko‘ngilxushlik qilay. Aslo bo‘lmaydi. Bir tuyaning sogimi qadar muddat ham kutmaymiz. Darhol olib chiq. Nubayh mag‘lub bo‘ldi. Bunday katta jamoaga bas kelish kiyin edi. Indamay uyiga kirib ketdi. Qizni olib chiqib, otasiga topshirdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 10:00:57

* * *
«Xilful fuzul»ning sharafli a’zosi Muhammad ibn Abdullohning har jihatdan yetuk yigit ekanligini xamma tan olardi. Biron kimsa barmogi bilan ko‘rsatadigan qusuri yo‘q edi uning. Qo‘iol, bema’ni gap gapirmasdi, biror aybli ish qilmagan. Jismi ham, ruxi ham pok va go‘zal edi. Ko‘pchilikning iiyunchini qozongan, obro‘e’tiborga sazovor bo‘lgan edi.
Endi ko‘iincha unga Muhammad ibn Abdulloh deb emas, «Al-Amin» deya murojaat etardilar. Biron kimsa uning «ishonchli odam» ekaniga shubha kila olmasdi.
Unga «Amin» ismini berganlar naqadar haqli ekanliklariga tobora ko‘proq ipgonch hosil qila boshlagan edilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 10:01:22

SALMON FORSIY

Isfahon shahrining Jay qasabasida Salmon ismli bir o‘smir yashardi. Otasi qasaba raisi edi. O’g‘lini devonalarcha yaxshi ko‘rar, boshiga biron falokat tushmasin, deya hech yolg‘iz tashlab ketmas, hech qayoqqa yubormas edi.
Salmon bolalik, hatto ilk o‘smirlik chog‘ini ham, xuddi bir joriyadek, to‘rt devorning ichida o‘tkazdi. Dindor bir yigit bo‘lib ulg‘aydi. Oilasidan olgan diniy tarbiyaga ko‘ra, u ham majusiylikka (otashparastlikka) e’tiqod qilardi. Bir kuni bir ibodatxonaga kirib olib duo o‘kiyotgan, nimalarnidir pichirlashayotgan odamlarni ko‘rdi. Salmon ularni zavq bilan kuzata boshladi.
Oradan bir necha soat o‘tgan bo‘lsada, Salmon hanuz ularni tomosha qilardi. Balki shu daqiqalarda yolg‘izlik tufayli yuragida naydo bo‘lgan o‘kinch o‘rnini bir oz yengillik, xushnudlik egallagan bo‘lsa ajab emas. Chunki Salmon bu dindorlarni hayrat bilan kuzatarkan, yuzida xiyol tabassum paydo bo‘ldi. Oqshom payti odamlar tarqala boshladilar. Salmon ulardan birini to‘xtatib:
— Bu, sizlarning diningizning asosi qaerga borib taqaladi? Qanaqa din o‘zi? Diningizni menga chuqur va atroflicha o‘rgatadigan odamni qaerdan topsam bo‘ladi? — dedi.
— Shom shahridan, — degan javobni oldi. Salmon boshi egik holda ibodatxonadan chikdi. U o‘zicha shunday deb pichirladi: «Xudo haqqi, ularning dini biznikidan xayrliroq, biznikidan mukammalroq ekan».
Shu kunlari otasi Salmonni bir joyga ish bilan jo‘natdi. Salmon uzoq vaqt yo‘q bo‘lib ketdi. Qattiq sarosimaga tushgan ota darhol uning izidan odam jo‘natdi, ammo o‘g‘lining u joyga bormagani ma’lum bo‘ldi. Uni qidirib chiqqan kishilar yonatrofni qaytakayta qarab keldilar. Biroq Salmondan darak yo‘k edi.
Otaning xayoliga har xil yomon o‘ylar kela boshladi. Xunuk bir xabar eshitmayinda, deb xavotirga tushdi. Ammo kun botib, qorongi tusha boshlagach, Salmon hech iarsa bo‘lmagandek uyga kirib keldi. Yuziga diqqat bilan qaragan kishi uning o‘zgarib qolganini sezishi qiyin emasdi. Yuragiga g‘ulg‘ula tushgan ota mehr, shafqat, qo‘rquv va g‘azab hislari ayqashuyqash bo‘lib ketgan bir ovozda:
—Qaerlarda yuribsan, o‘g‘lim?! — deb so‘radi. Salmon o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan voqealarni gapirib berdi. So‘zlarini shunday davom ettirdi:
— Mening tushunishimcha, ularning dini biznikidan xayrliroqdir. Otasi ashaddiy majusiy edi. Eng to‘g‘ri din ota-bobolarimizning dinidir, dedi u!
— Yo‘q, ota, xudo haqqi, ularning dini biznikidan yaxshi, biznikidan mukammalroqdir. Ota o‘zlarining dini ustunroq ekanligini uqtirishga xarchand urinmasin, Salmon fikridan qaytmadi. Otasining jahli chiqib ketdi. So‘zini o‘tkaza olmagach, o‘g‘lining oyoqqo‘lini bog‘latdi va bir xonaga qamab qo‘ydi.
Oyoqqo‘llarga solingan kishan o‘spirinning ongini yanada tiniqlashtirgan, dunyoqarashi hududlarini kengaytirgan edi. Salmon endi o‘zining haqli ekanligiga shubha qilmasdi. Qulay fursatni poylay boshladi. Kalisoda tanishgan odamlariga xabar jo‘natdi: Shomdan bir karvon kelsa, ma’lum qilishlarini iltimos qildi.
Yuragi mexrshafqatga to‘la ota har kuni o‘g‘lidan xushxabar chiqishini kutardi. Unga pandnasihat qildi, tahdid soldi, har xil yo‘llarni sinab ko‘rdi, hech biri foyda bermadi. So‘nggi chora sifatida qamoq muddatini uzaytirishga qaror qildi. Jigarporasi, jondan aziz farzandining begona dinga kirishiga hech rozi bo‘lolmas edi.

Qayd etilgan