Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211492 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 31 B


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 10:01:49

Shunday kunlardan birida Salmonga Shomdan bir karvon kelgani to‘g‘risida xabar yetdi. Salmon xabarchidan ular anik ketadigan kunda yana xabar yetkazishini o‘tinib so‘radi. Bu qamok muddati davomida Salmon majusiylikdan ko‘ngli soviy boshlagan, yuragiga tushgan uchqun alangalangan edi. Qattiq hayajon ichida karvon ketadigan kunni poylar, o‘zi uchun yangi bo‘lgan dinga kirishdan boshqa hech narsa haqida o‘ylamas edi.
Nihoyat, xushxabar keldi. Salmon darhol kishanlarini yechdi, vaqtni o‘tkazmay, uyidan chiqib ketdi. Bu uning ota uyini uzilkesil tark etishi edi. Endi bu uyga qaytib kelmoqchi emas, qaytish haqida o‘ylamas ham edi.
Karvonga qo‘shildi. Uzoq davom etgan safardan so‘ng Shomga yetib bordi. Vaqtni boy bermay, nasroniy dinining eng ulug‘ vakilini qidirdi. Ko‘rsatdilar. Salmon uning huzuriga bordi, boshidan kechirgan voqealarni so‘zlab berdi. Bu dinga kirish uchun chekkan azoblari va qilgan fidokorliklarini tilga olib o‘tdi. So‘zlarini shu tarzda yakunladi:
— Endi izn bersang, sen bilan birga qolay, senga va kalisoga sidqidildan xizmat qilayin. Bu dinni shaxsan sendan o‘rganib, sen bilan birgalikda ibodat qilayin!
Bu odam Salmonning so‘zlarini diqqat bilan tingladi, uning samimiy bir o‘spirin ekanligini angladi. Iltimosini qabul etdi. Salmon sevinch bilan uning qo‘llarini siqdi.
Endi Salmon majusiylikdan voz kechgan, nasoro
bo‘lgan edi. Dinga xizmatda kamchilikka yo‘l ko‘ymas, ibodat chog‘larida riyokorlik qilishni sira xam o‘ylamas edi. Endi bu kalisoda u bir necha yil qolib ketdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 10:02:04

* * *
Ammo Salmonning ruhoniydan mamnuniyati uzoqqa bormadi. Bu odam benihoya darajada riyokor ekan. Xalqqa qilgan nasihatlariga o‘zi amal qilmas, aksincha ish tutar edi.
Boylikka o‘ch edi. Boybadavlatlar sadakalarini unga keltirib:
— Sen faqirlarni bizdan ko‘ra yaxshiroq bilasai, bizning nomimizdan shu pullarni berib qo‘ysang, — der edilar.
Ammo ruhoniyning ko‘liga tushgan pullar faqirlarga yetib bormas edi. Oltin va kumush to‘ldirilgan xumlarining soni yettitaga yetdi.
— Avvalo, sizlarni to‘ldirishim kerak, faqirlarga keyin berilsa ham bo‘laveradi, — deya ruhoniy tushum pullarni xumlariga to‘kardi. Salmon uning bu qallobligini xalqqa kanday yetkazsam ekan, deb ko‘p o‘yladi. Lekin uddasidan chiqishiga ko‘zi yetmasdi.
Bir kuni ochko‘z ruhoniyning eshigi qattiqqattiq chertildi. Chertayotgan ajal edi. Qaytib ketish uchun kelmagan edi. Xohlasaxoxlamasa, uni huzuriga kiritishga majbur edi ruhoniy. Ko‘zlari oltinkumushga liq to‘la yettita xumga qadalgan ruhoniy o‘lim sharbatini so‘nggi tomchisigacha ichdi va umri bo‘yi: «Zinhor boylikka berilmang, pulga aldanmang, boylikka banda bo‘lmang, bularning hammasi — foniydir...» deya jar solgan, ammo hammadan ko‘proq o‘zi mukkasidan beriltan mol-dunyoni bir zumda tark etib ketdi.
Qavmlar ko‘z yoshi to‘kar, uni katta hurmat bilan dafn etishga hozirlik ko‘rar edi. Ularning samimiy qayg‘usi Salmonning bardoshini toshirgan so‘nggi tomchi bo‘ldi:
— Bu odam beodob, riyokor bir kimsa edi. Yig‘lashingizga ham arzimaydi!.. — deb baqirdi. Odamlar g‘azablanib ketdilar:
—Nimalar deyayotganingni bilasanmi o‘zing?
—Necha yillardan beri xizmatini qilgan odaming haqida bunday deyishga uyalmaysanmi?!
147
— O’lgan odamning ketidan gapirish ayb bo‘ladi...
Ammo Salmon so‘zidan qaytmadi:
— Men nima deyayotganimni yaxshi bilaman. Gap shundaki, sizlar unga sadaqalaringizni keltirib, faqirlarga tarqat der edilaringiz. U esa, xammasini o‘zining hamyoniga urardi. Istasalaringiz, o‘sha pullar turgan joyni ko‘rsataman, — dedi.
— Qani, ko‘rsat!
Xalq bir necha daqiqadan so‘ng og‘ziburni barobar to‘ldirilgan xumlarning yonida turardi. Xumlar ag‘darildi. Ko‘zlar qinidan chiqib ketayozdi. Bu beqiyos boylikni tushda emas, o‘ngda ko‘rayotgan edilar! Ruhoniy xaqidagi fikrlari bir soniyada teskarisiga o‘zgardi.
—   Ablah, haqiqiy mal’un ekan.
—   Haqiqiy shaytonning o‘zginasi...
— Necha yillardan beri bu iflosga aldanib kelgan ekanmiz... — kabi kin va adovatga to‘la xitoblar yangradi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 10:02:12

Asabiylashganlar orasida yillar bo‘yi ularni aldab, kuchini zulukdek so‘rib kelgan ruhoniyni rosa qarg‘aganlar ham bo‘ldi:
— Biz uni yerga ko‘mmaymiz, bunga u noloyiq.
So‘nggi qaror edi bu. Ruhoniyning jasadini sudrab olib ketdilar. Bir daraxtga osdilar. O’tgan-ketgan uni toshbo‘ron qildi.
Salmon xalqning ko‘zi o‘ngida to‘kilgan boylikdan bir paqir (tiyin) olishni ham istamadi.
Kalisoga bu daf’a xalqning hurmati va ishonchini qozongan boshqa ruhoniy tayin etildi. Salmon endi uning xizmatini qila boshladi.
Bu odamni Salmon yaxshi ko‘rib qoldi. Undan ko‘ra mukammalroq ibodat etadigan, mol-dunyoga uningdek ko‘ngilsiz, oxiratga uning kabi havasmand odam borligiga ishonmasdi. Ammo tez orada uning ham boshiga ajal keldi. Aslida mol-dunyoga hech ko‘ngil qo‘ymagan bu odamning hayotdan ko‘z yumishi ham qiyin bo‘lmadi. O’zi juda havasmand bo‘lgan oxirat yo‘liga ketdi. U yerda izzatikrom ko‘rishiga umid bilan ketdi.
Ruhoniy so‘nggi nafaslarini olarkan, unga o‘ta vafodorlik bilan xizmat etgan Salmon:
—   Meni kimga tashlab ketyapsan? Sendan keyin kimning etagidan tutaman? — deganida u:
—   Ishonsa bo‘ladigan kishilar oz qoldi. Mosulda bir rohib do‘stim bor, uning huzuriga bor... — dedi.
U o‘lgach, Salmon uzoq yig‘ladi. Shomni tark etarkan, necha yillar davomida birbiriga tamomila qaramaqarshi bo‘lgan ikki kishining xizmatini qilgani evaziga hech narsaga erishmagan edi. Bu xizmatni u din yo‘lida beg‘araz o‘tagan, xizmati evaziga pul ishlashni biron marta hatto o‘ylab ham ko‘rmagan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:17:22

XADICHANING SAVDO KARVONI

Makka ziroat shahri emasdi, ya’ni, u yerda dehqonchilik rivoj topmagan edi. Chunki bu shahar bir necha vodiy kesishgan yalangda qad ko‘targan bo‘lib, tuprog‘i va iqlimi ziroatga o‘ng‘aysiz edi.
Bu yerga ilk daf’a xotini Xojar bilan o‘g‘li Ismoilni tashlab ketgan buyuk payg‘ambar Hazrati Ibrohim ularni yolg‘iz krldirmaslik uchun Saniyyatul Vado’da duo o‘qib: «Ey Robbimiz, men zurriyotimdan bir qismini ekinsiz bir yalang vodiyda, sening hurmating uchun, qadrli Bayting oldida qoldirmoqdaman...» deya iltijo qilgan paytlari u yer yapyalang, yashillikning urug‘i ham ko‘rinmaydigan bir vodiy edi. Shundan keyin necha yuz yillar o‘tib, necha avlodlar kelib ketdi, Hazrati Ibrohim da’vat etgan Islom e’tiqodi unutildi, Ka’baning atrofi butlarga to‘ldi, biroq Makka vodiyi hamon ekinsiz, hamon yalangligicha qolgan edi.
Bu sharoit makkaliklarni chet o‘lkalarga chiqishga, tijoratga zo‘r berishga undadi. Har bir makkalikning ozmiko‘pmi savdosi bor edi. Har kim o‘z boyligi va qobiliyatiga yarasha savdosotiq bilan shug‘ullana boshladi. Asosan, yoz mavsumida Shomga, qishda esa Yamanga tijorat karvonlari qatnar, har bir makkalik imkoniyatiga qarab ushbu karvonlarga qo‘shilar, vakilini jo‘natar yoki ketayotganlardan biriga molini omonat topshirar edi.
Yakka o‘zi karvon uyushtira oladigan darajada badavlat shaxslar ham bor edi. Huvaylidning qizi Xadicha o‘shandaylardan biri edi.
Xadicha bag‘oyat go‘zal ayol edi. Dastavval, Otik ibn Oiz ismli kishiga turmushga chiqdi, undan bir qiz ko‘rdi. Otik ko‘p o‘tmay vafot etib, Xadicha beva qoldi.
Keyinroq Xadicha Abu Xala ismli bir kishi bilan ikkinchi marta turmush qurdi. U bilan bir necha yil yashadi. Ammo Basra tomonlarda tarqalgan vabo ko‘p kishilar qatori Xalani ham hayotdan olib ketdi. Abu Xaladan Hind ismli o‘g‘li va Zaynab ismli qizi tug‘ildi.
Taqdir taqozosi bilan ikkinchi marta tul qolgan Xadicha boshqa turmush qurishni o‘ylamadi. Otasi ham o‘lib ketgach, uning ixtiyorida qolgan benihoya boylikdan tijorat uchun foydalanishga qaror qildi. Oilaviy turmushda chap kelgan tolei tijorat sohasida yarqiradi. Kun sayin boyligi ortib bordi va tijoratda Makkaning eng oldi savdogarlari qatoriga kirdi.
Ham beqiyos mol-dunyo, ham tengsiz go‘zallik singari ikki boylikning egasi bo‘lgan Xadicha ushbu har ikkala boylik orzuyidagi ko‘pgina kishilarning takliflarini rad etdi, ortiq turmush qurmasligini bildirdi.
Har bir makkalik kabi, u ham Shomga, Yamanga karvonlarini jo‘natar, har gal karvonni boshqarib borishga bir kishini yollar, unga katta mikdorda haq to‘lar edi. Karvonboshilik mas’uliyatini zimmasiga olgan odam Xadichaning nomidan savdosotiq ishlarini yuritar, mollarini sotar, borgan joyidan mol olar, qaytib kelgach, Xadichaga hisob berar edi.
Xadicha jo‘natgan 6u odamlari qanday ish tutganliklari, bergan hisoblariga yarasha xattiharakat qilganqilmaganliklarini alohida nazorat etar, bu masalada Maysara ismli sodiq bir qulidan foydalanar edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:18:52

Maysara kichik yoshidan beri uning nanohida ulg‘aygan, bekasining sof vijdoni, yuksak axloqi va fazilatlariga, haqiqiy insonligiga chin ko‘ngildan ishonib e’tiqod qo‘ygan, uni o‘z onasidek e’zozlar edi. Quli bo‘lgani uchun emas, hurmatga loyiq insonligini tan olgani uchun sidqidildan xizmat qilardi.
Maysara har safar karvon bilan birga borib, birga qaytardi. Ketar ekan, xonimafandisidan ajrashayotganidan g‘amgin, ammo ikkinchi tomondan, uning xizmatida bo‘lgani uchun ko‘ngli xotirjam ketar; qaytar ekan, yana xonimafandisiga emas, onasi huzuriga qaytayotgandek xursandchilik qalbini to‘ldirar edi. Shundan keyin Maysara Xadichaning yoniga o‘tirib, safar davomida ko‘rganlarini birmabir gapirib berardi. Shu orada karvonboshining xattiharakatlari, savdosotiq naytida o‘zini qanday tutgani, karvondagilarga qanday muomalada bo‘lganini ham ma’lum qilardi.
Xadicha Maysaraning ulkan tajriba va yaxshi xulq egasi ekanligiga ishonar, shu uchun u bergan hisobotga ko‘ra ish tutar edi. Keyingi safar karvon bilan boshqa odamni jo‘natar, ammo Maysaraning hisobotidan ma’lum bo‘lardiki, bu karvonboshiga ham ishonib bo‘lmas ekan.
Unda Xadicha nega Maysaraning o‘zini karvonboshi qilib qo‘ya qolmas edi?
Buning javobi Maysaraning qul ekanligiga borib taqalardi. Karvonda bo‘lgan hech bir kimsa qulning amriga itoat etishga toqat qilolmaydi. Xalq uchun ozod inson bo‘lish yaxshi xulq sohibi bo‘lishdan ko‘ra afzalroq edi.
Maysaraga ozodlik berish ham kifoya qilmasdi. Ozod qul ham, o‘sha paytdagi shartsharoitlarga ko‘ra, karvonboshi bo‘lolmasdi. Uzoq safarga chiqadigan karvon yo‘l davomida uchraydigan qabilalar bilan uchrashar, suhbatlashar, lozim bo‘lsa, ularga og‘irligini solib, ularning yordami, qo‘llabquvvatlashiga sazovor bo‘lar edi. Arabiston singari, hech qanday qonun va tartib bo‘lmagan, faqat kuchqudrat ahamiyatga ega bo‘lgan bir o‘lkada ozod etilgan qulning qo‘lidan ko‘p ish kelmasdi.
Maysaraning peshonasiga kichik yoshdayoq qullik tamg‘asi urilgan edi. Bunday tamg‘a bosilmagan taqdirda ham shuhrati Makkadan tashqarilarga tarkalgan aslzoda oiladan emas. Shu sababli Xadicha, unga qattiq ishonsa ham, karvonboshilikka tayinlay olmasdi.
Maysara hayotidan mamnun edi. Chunki xonimafandisi unga nisbatan shafqatsiz xo‘jayin emas, shafkatli bir ona bo‘lib qolgan. Bekasi unga hech qachon qo‘lidan kelmagan ishni buyurmagan, xo‘rlamagan, kamsitmagan ham.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:20:38

* * *
Yigirma beshinchi yil...
Fil voqeasi yuz berganda o‘n besh yoshli qiz bo‘lgan Xadicha endi qirq yoshga chiqdi. Go‘zal axloq egasi bo‘lgani bois makkaliklar unga «Tohira» laqabini berdilar. Bu so‘zning ma’nosi pokiza, iffatli, fazilatli ayol demak edi. Tohira laqabi Xadicha onamizga chindan ham juda mos edi.
Xadichaning bu yil ham karvon jo‘natish niyati bor edi. Ammo kimni boshliq qilib yuborishni bilmay, boshi qotdi.
O’ziga ma’lum odamlarning barini atroflicha bilib olgan. U odamlarni foyda keltirmaydi deb ham bo‘lmasdi, albatta. Biroq ular to‘g‘risida Maysaraning fikri yaxshi emas edi. Sinalmagan odamni yollashga esa, ko‘ngli chopmasdi.
151
Shu sababli barcha tanishbilishlariga ishonchli karvonboshi topishga yordam berishlarini so‘rab odam jo‘natdi. Tog‘asi Hakim ibn Hizom, qarindoshlaridan Huzayma va o‘rtog‘i Nafisa ham ishonchli odam qidirish bilan ovora bo‘ldilar.
Nihoyat, Hoshim o‘g‘illaridan Abu Tolibning jiyani Muhammad ibn Abdullohni tavsiya etdilar. U haqda ko‘pchilik yaxshi fikrda edi. Makkaliklar uni bejiz «Al-Amin» deb atamaganlar axir. Ayni paytda Muhammad bekor edi. Agar roziligi olinsa, ko‘ngildagi ish bo‘lardi. Xadichaga tavsiya ma’qul tushdi. Ilgari ham bu yigit haqida yaxshi gailar eshitgan edi. Darhol Abu Tolibga jiyanining karvonboshilikka roziligini bilish uchun odam yuborildi.
Boylik borasida Abu Tolibning sira biri ikki bo‘lmagan, tolei kulmagan edi. Hoshim o‘g‘illarining boshchisi bo‘lsada, doimo kambag‘al yashadi, kosasi hech oqarmadi. Bu yil ham ahvol o‘shao‘sha, hatto yanada og‘irlashdi.
Yigirma besh yoshga kirgan jiyanining ahvoli ham amakisinikidan pesh emasdi. Otasidan unga durustroq molmulk qolmagan.
Bir kuni Abu Tolib jiyani bilan birga o‘tirib, nochor ahvoldan chiqish choralari xususida suhbatlashdilar. Abu Tolib jiyaniga shunday dedi:
— Xadicha Shom tomonlarga safarga jo‘natish uchun hozirlagan karvoniga ishonchli yo‘lboshchi qidirayotgan emish. Unga shu to‘g‘rida uchrashib ko‘rsang, qanday bo‘larkin? Taxminimcha, bajonidil rozi bo‘lsa kerak. Aslidaku, o‘zimga qolsa, seni Shomga aslo jo‘natmas edim. Ammo ko‘rib turibsan, boshqa hech qanday choramiz qolmadi. Buyuk Amin bu so‘zlarni diqqat bilan eshitdi.
— Amakijon, siz nima desangiz, menga shu ma’qul, —dedi.
Endi buni Xadichaga bildirish qolgan edi, xolos. Uning rozi bo‘lishi muqarrar edi. Harholda, Makkada jiyanidan ortiqroq odamni topishi mushkul. Xadicha bunday imkoniyatni qo‘ldan bermasa kerak.
Shu payt bir chopar kelib, Xadichaning salomini yetkazdi va Abu Tolibdan jiyanini karvonboshi sifatida jo‘natishga rozilik so‘rayotganini bildirdi.
Abu Tolib masala bu qadar oson hal bo‘lishini sira kutmagan edi. Nasibasi go‘yo oyoq ostidan chiqqandek bo‘ldi. To‘lanadigan haq to‘g‘risida kelishib olish uchun u Xadichaning uyi tomon yo‘l oldi.
— Jiyaning Muhammad to‘g‘risida juda ko‘p yaxshi gaplar eshitdim, — deb so‘z boshladi Xadicha. — Shu paytgacha safarga otlantirgan karvonboshilarimdan ham yaxshiroq, ishonchliroq karvonboshini qidirib yuruvdim. Mana, nihoyat, ko‘nglimdagidek odam topildi, deb o‘ylayman.
Ha, sen haqsai, ey Xadicha. Jiyanim seni mamnun etadigan odobaxloq va tarbiya egasidir. Biroq hisobli do‘st ayrilmas, deganlar. Men unga to‘lanadigan haqni kelishib olsak, degan maqsadda keldim. Unga nima berasan?
—   Boshqalarga berganimning ikki hissasini.
—   Kelishdik.
Taklif etilgan haq talashibtortishishga aslo o‘rin qoldirmadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:22:27

* * *
Tayyorgarlik tamom bo‘lgach, karvon Buyuk Amin boshchiligida Shom safariga chikdi. Buyuk Amin karvonning eng boshida borardi.
Xadicha u bilan ilk bor yuzmayuz uchrashganda umrida hali bu qadar pokiza, tamizli va ko‘rkam odamni ko‘rmaganiga va bundan keyin ham ko‘rmasligiga ishonch hosil qildi.
Yo Robbim!.. deyishdan o‘zini tiya olmay qoldi u. Bunday chehra egasidan yolg‘onchilik, hiylanayrang yoki riyokorlik kutilmasdi.
Ularga «Sog‘ borib, salomat qaytishlarini» tilar ekan, karvonning chindan ham esonomon boribkelishini ko‘ngli bilan sezdi.
Maysara karvonning eng oxiridan joy oldi. Ikki kun yo‘l yurganlaridan so‘ng oldidagi ikki tuyaning beto‘xtov oqsoqlanayotganiga ko‘zi tushdi. Tuyalar tobora battar oqsoqlana boshladi. Bu ketishda ko‘p o‘tmay yura olmay qolishlari begumon edi. Ahvolni bildirish uchun ulovini jadallatdi. Ammo karvonboshiga yaqinlashay deb qolganda... ko‘zlarini ishqalashga majbur bo‘ldi. U ko‘rgan narsa faqat tushga kirishi mumkin edi. Karvon boshi Muhammad ibn Abdullohning ustida uchib borayotgan ikki xilqat unga soyabon tutib borardi. Tushida ham bunday g‘aroyib hodisani ko‘rmagan Maysara hayratdan qotib qoldi.
Bu xilqatlarning soyasi yo‘q edi!
Hamma u ko‘rgan narsani ko‘rayotganmikan? Miyasiga daf’atan urilgan bu fikrdan o‘ziga kelgan Maysara yonidagi odamning qo‘liga turtdi:
— Bu galgi karvonboshimiz juda yoqimli yigit ekana, nima deding?
Haligi odam boshini ham ko‘tarmay:
— To‘g‘ri aytasan, men ham shunday fikrdaman, dedi.
Maysara undan bu javobni olishdan ham ko‘ra, haligi xilqatlarni ko‘ryaptimiyo‘qmi, shuni bilmoqchi edi.
Ajabo, bular farishtalarmikan? Muhammad ibn Abdulloh farishtalar xizmatini qiladigan shunday buyuk kishimikan?
Maysara unga yaqinlasharkan: — Orqada ikki tuya yura olmay qoldi, — dedi. Qisqa muddatga to‘xtadilar. Birgalikda oqsoq tuyalarning qoshiga bordilar. Chindan ham tuyalarning ahvoli og‘ir, oyoqlari shishib ketgan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:24:39

Buyuk Amin tuyasidan tushdi, oqsoq tuyalarning oyoqlarini ushlab, ohista siypaladi, oyoqlarining tagiga barmoqlarini tekkizdi. Shundan keyin ularning yonidan nari ketdi. Maysara Muhammadning harakatlarini zo‘r qiziqish bilan kuzatardi.
Tuyalar birdan jonlandilar. Ikki daqiqa oldin yura olmaydigan holatda bo‘lgan tuyalar go‘yo bular emasday, shahdam odimlab ketdilar. Oldindagi tuyalardan o‘zib ketishga urinayotgandek edilar.
Maysaraning hayrati yanada oshdi. Boshqa karvonboshi bo‘lsa bunday ahvolga tushgan tuyalarni hech ikkilanmay so‘ydirar, butun safar davomida ziyofat qilib berar edi. Holbuki, Muhammad bunday qilmadi. Bunday qaraganda, u ham xuddi boshqalarday ish qildi. Shunchaki, tuyalarning ahvoli bilan yaqindan tanishdi, xolos. Lekin tuyalar shundan keyin qayta tug‘ilgandek tetik odimlab ketgani hayratga solardi kishini.
Bu voqeani shu karvon safida borayotgan Xadichaning qarindoshi Huzayma ham ko‘rdi. Huzayma karvonboshining oddiy odam emasligiga qanoat hosil qildi.
Maysara g‘aroyib ko‘lankaning to qosh qoraytuncha ularni ta’qib etib borganini kuzatdi. Kechqurun shu haqda o‘yladi, kunduzi shu hakda bosh qotirdi, xullas, yuragi nimanidir seza boshladi.
Erta tongda yana yo‘lga otlanildi. Birmuncha muddat o‘tib, quyosh charaqlab chiqdi. Maysara yana karvonning oxirida borayotgan edi. Faqat, ba’zan karvonning boshiga qarabqarab qo‘yar, kechagi hodisa yana takrorlanadimiyo‘qmi, shuni o‘ylar edi. Hozircha xilqatlar ko‘rinmasdi. Ammo kun tikkaga kelib, quyosh ayovsiz qizdira boshlagach, ular yana paydo bo‘ldi.
Butun safar chog‘i shu hol davom etdi. Nihoyat, Buxayraning manziliga keldilar. Keksa rohib o‘lgan ekan. O’n uch yil oldin, bolaligida ko‘rgan bu zotni bugun, yigirma besh yoshga kirgan chog‘ida ko‘rganida, kim biladi, nima qilar, qanchalik quvonar edi. Uning o‘rnida Nastura ismli bir rohib ishlayotgan edi. Maysara bilan azaldan tanish bo‘lganliklari sababli quyuq suhbatlashdilar. Muhammad ibn Abdulloh esa, bir necha yil oldin shu yerdan olgan taassurotlarini eslab, daraxt tagida hordiq chiqarardi.
Rohib Nastura daraxt tagida dam olayotgan Buyuk Amin haqida ba’zi ma’lumotlarga ega bo‘ldi, o‘zi ham u haqda nimalardir dedi. Ammo Buhayra singari unga oshiq bo‘lib, hayajonga tushmadi. Yoniga borib, yaqindan tanishishni ham lozim ko‘rmadi.
Karvon manzilni tark etdi. So‘nggi bekat Busrada bo‘ldi. Busrada xam katta bozor bor edi. Shu yerda savdosotiq qilib, ishlarni bitirib qaytishga qaror qilindi. Maysara oldingi safarlarda Shomgacha borgan edi, shu bois, u yerda ko‘proq foyda olinadi, deb o‘ylardi. Ammo karvonboshiga e’tiroz bildirolmadi.
Mollar bozorga tushirildi. G’aroyib bir hol yuz berdi. Mollar hech kimsa sota olmaydigan yuqori narxlarda juda tez sotila boshladi.
Maysara sal orqaroqda turar, oldisotdiga aralashmas, balki buyurilgan ishnigina bajarar edi. Muhammad ibn Abdulloh qo‘lidagi molni sotar ekan, uni ortiq darajada maqtamasdi. Sotib olayotganda kamsitish, sotayotganda ortiqcha maqtash odati yo‘q edi unda.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:25:52

Shu payt bir yahudiy bilan oralarida anglashilmovchilik sodir bo‘ldi. Yahudiy ularning Haram ahlidan ekanliklarini bilgani uchun:
— Lot va Uzzo haqqiga qasam ich, bo‘lmasa ishonmayman, — dedi.
Muhammad ibn Abdulloh qipqizarib ketdi, chakka tomirlari bo‘rtib chikdi:
— Men bugungi kungacha ularni o‘rtaga qo‘yib qasam ichmaganman. Hatto basharalariga qiyo ham boqmaganman. Yonlaridan o‘tsam, yuzimni o‘girib o‘tib ketaman, — dedi. Yahudiy bu safar, u holda bilganingcha qasam ich, deb o‘tirmadi.
— Sening aytganingcha bo‘la qolsin, — dedi va shu bilan olishberish tugadi.
Maysara eshitgan gaplariga birorbir ma’no berishdan ojiz edi. Muhammad nega Lot va Uzzo kabi butlardan bunchalar nafratlanar ekana?.. Makka xalqi, ustigaustak, xoshimiylar ham butlarga katta ahamiyat berardilar.
Yahudiy ketar ekan: «O’sha bo‘lishi kerak, albatta, o‘sha...» derdi o‘ziga o‘zi.
Maysara teztez yurib, yahudiyga yetib oldi.
—   Nimalar deyapsan? — dedi.
—   Nimani nima debman?
— Xo‘jayinim haqida bir narsalar deb ming‘irlayotganingni o‘z qulog‘im bilan eshitdim.
Yahudiy Maysaraning yuziga tikildi:
— Mening bilishimcha, bu odam Payg‘ambardir. Bizning olimlarimiz kitoblarda sifatlarini keltirib o‘tgan payg‘ambar shu odam bo‘lishi kerak, — dedi.
So‘ngra Maysaraning javobini ham kutmay, ketib qoldi. Kim nima desa, desin, bu galgi daromad har doimgidan sezilarli darajada ko‘p edi. Olinishi kerak bo‘lgan mollarni ham juda arzon narxda xarid qilishdi. Bir necha kun davom etgan savdosotikdan so‘ng qaytish tayyorgarligi boshlandi. Shu orada Maysara, karvonboshining taklifiga ko‘ra, u bilan bir dasturxondan ovqatlandi. Holbuki, shu paytgacha hech bir karvonboshi unga bunchalik iltifot ko‘rsatmagan edi. Faqat buyruq berib, xizmat kutgan edilar. Yana, Maysara oldilariga qo‘yilgan taomning g‘alati tarzda barakali bo‘layotganini ham o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Lekin endi bu xil g‘aroyibotlarga ancha ko‘nikib qoldi, ortiq: «Bu qanaqasi bo‘ldi, tushimmi yo o‘ngimmi?» demas edi. Biroq har jihatdan yetuk va mukammal bu zotning butlar haqidagi tushunchalarini hech tushuna olmadi. Ularga sig‘inish u yoqda tursin, yonidan o‘tayotganda yuzini o‘girib olishiga nima desa bo‘ladi? Ilohlar nechuk unga bu nafratiga yarasha jazo bermaydilar, boshiga nega kulfat yog‘dirmaydilar?
Yo‘l bo‘yi karvonboshidan ilohlar haqida boshqa biron og‘iz ham gap eyashtmadi. To‘xtabto‘xtab, ammo hech qanday xavfxatarga uchramasdan ilgarilar edilar. Shu yo‘sinda tepaliklardan oshib o‘tildi, vodiylar, cho‘llar ortda qoldi. Marruz Zahron degan manzilga yetganlarida, Maysara borib Xadichaga xabar berish istagini bildirdi. Ruxsat etilgach, yo‘lga chiqib, tezlikda bekasining huzuriga yetib bordi. Karvonning esonomon qaytib kelgani haqidagi xushxabarni aytdi. Safar davomida sodir bo‘lgan va alohida diqqatga sazovor g‘aroyib hodisalarni birmabir so‘zlab berdi.
Xadicha juda mamnun bo‘ldi. Derazaning oldiga o‘tirdi. Karvonning yo‘liga ko‘z tika boshladi. Vujudi o‘zi ham yenga olmagan ajib bir hayajonga, intizorlik tuyg‘ulariga to‘liq edi. Peshin vaqti. Uzoqdan karvonning qorasi ko‘rindi. Eng oldinda Muhammad ibn Abdulloh kelardi, boshi uzra esa, Maysara so‘zlagan «soyabon»...
Karvon tuyalari so‘ng marta cho‘kdi, yuklar tushirildi. Karvonboshi karvon sohibasi tomon yo‘l oldi. Salom berdi, sog‘salomat borib kelganliklari, foyda kutilganidan ham ko‘p bo‘lgani, hech qanday korhol yuz bermagani, birorbir xatolikka yo‘l qo‘yilmagani haqida donadona qilib gapirib berdi. Shundan keyin izn so‘rab, amakisining huzuriga ketdi.
Xadicha olib kelingan mollarni Makkada juda tez va baland narxda sotganida xursandchiligi ikki barobar oshdi.
Maysaraning ma’lumotlari favqulodda edi. Bunday olijanob tabiatli, farishtalargagina yarashadigan xulq sohibini yer yuzidan topish amrimahol edi.
Endi yanada ko‘proq haq to‘lash sharti bilan bo‘lsada, Muhammad ibn Abdullohni keyingi safarga ham ko‘ndirish, uni karvonboshi qilib jo‘natiya1 lozim edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 00:26:54

BAXTLI NIKOH

Karvon qaytgandan buyon bir necha kun o‘tdi. Bir kuni Muhammad ibn Abdullohni ko‘rgani Nafisa keldi. Holahvol so‘rashgach, maqsadga o‘tdi:
— Seni uylanishdan to‘xtatib turgan narsa nima, ey Muhammad?
— Qo‘limda uylanishga yetadigan pulim, mablag‘im yo‘q.
— Molmulki, husnijamoli, yashrafi beqiyos ayol sengaturmush qurishni taklif etsa, qanday javob qilarding?
—   Kim ekan?
—   Xadicha.
—   Bu qanday bo‘ladi? Mumkinmi shunaqasi?!
—   Ishning u tomonini menga qo‘yib ber.
—   U holda, bu taklifga roziman.
Nafisa ushbu javobni olgach, xayrlashdi. Bo‘lgan voqeani Xadichaga so‘zlab berdi. Xadicha bu safar shunday xabar jo‘natdi:
—Ey amakimning o‘g‘li! Oramizda qarindoshlik munosabatlarining borligi, qavmingiz orasida sharafli xonadonga mansubligingiz, yaxshi shaxsiyatingiz, go‘zal axloq va sa’jiyaga egaligingiz bois siz bilan turmush qurish orzuimdir.
Ahvol Abu Tolibga bildirildi. Ammaxolalar, amakilar, bu turmush to‘kis bir turmush bo‘ladi, deb baholadilar. Abu Tolib boshliq hoshimiylar Xadichaning uyiga sovchilikka bordilar. Xadicha qo‘y so‘ydirib, ziyofat tayyorlagan edi. Taomlar tanovul qilingach, Abu Tolib so‘z oldi. Ularni Ibrohim va Ismoil payg‘ambarlar nasliga doxil etgan, Ka’baga xizmatchilikni nasib aylagan Ollohga xamdu sanolar o‘qidi. Jiyani Muhammad ibn Abdullohning kambag‘al, biroq yuksak fazilatlarga ega bir yigitligini ta’kidlab, uning Xadicha binti Huvaylidga ko‘ngli moyil ekanligini bildirdi.
Xadichaning amakisi Varaqa ibn Navfal ham bir necha so‘z dedi. So‘ngra, taklifni mamnuniyat bilan qabul etganliklarini aytdi. Shu tariqa, nikoh marosimi nihoyasiga yetdi. Mahr sifatida Xadichaga yigirmata tuya beriladigan bo‘ldi.
Bu baxtli nikohda ishtirok etganlar har ikki tomonning birbiriga juda munosibligi to‘g‘risida yakdil edilar. Kuyov yigirma besh, kelin qirq yoshlarda edi.
Endi Xadichaning ko‘ngli butkul xotirjam bo‘ldi. Ishlarini idora qiladigan, tijoratini yuritadigan xo‘jayini bor. Hech kimsa gard yuqtira olmaydigan mustaxkam va baxtli oila qurilgan edi.
O’sha kunlarda fil voqeasidan yigirma besh yil ikki oyu o‘n kun o‘ttan edi.

Qayd etilgan