Yo‘ldan ozdiruvchi bunday da’vatlarga qarshi turolmay, Amin ham peshbandini yechib, yelkasiga qo‘ydi. Ammo shu payt libosi tushib ketdi. Libosini yerdan ko‘tardiyu, bu ishni zinhor qilmaslikka o‘ziga so‘z berdi. Shu voqeadan keyin to umrining oxirigacha hech kim uni yarim yalang‘och holda ko‘rmadi. Toshlar keltirilib, inshoot qurila boshlandi. Me’mor toshlarni ustalik bilan qalab, binoni tiklar, xalq g‘ayrat-shijoat bilan unga yordamlashar edi. Devorlar ko‘tarildi. Bir odamning ko‘ksigacha yetadigan balandlikka yetdi. Endi Hajarul asvadni o‘z o‘rniga qo‘yish kerak edi. Ammo bu ishni kim qiladi; kim bu sharafga munosib hali noma’lum edi.
Bu muammo birdan hamjihatlik muhitini o‘zgartirib yubordi. Ka’bani qurish ishida ishtirok etayotganlar orasida yuzaga kelgan do‘stona va birodarlik muhiti sovuqlashib, hamma obro‘ talashib, aslzodalik da’voiga berildi. Har bir qabila o‘zini bu sharafga munosib deb hisoblar, ikkinchi yoki uchinchi darajaga tushib qolishni sira istamas edi.
Qurilish to‘xtab, janjal boshlandi. Qabilalar orasidagi munozara kechgacha cho‘zilib ketdi. Hamma o‘zinikini ma’qullar, hech kim boshqaning gaiini eshitishni xohlamas edi.
Natijada Bani Abdu’dor janjalni battar avjiga chiqardi. Hammaning ko‘zi oldida qon to‘la bosh chanog‘ini o‘rtaga qo‘yib, ichiga qo‘llarini botirib, qasam ichdilar. Bani Odiyy ham qasamga qo‘shildi. Bu qasamning ma’nosi so‘nggi tomchi qonimiz qolguncha shu yo‘lda kurashamiz, demak edi.
Boshqa qabilalar ham shunday fikrda edilar. Ular ham to o‘lmagunlaricha Hajarul asvadni o‘rniga qo‘yish da’voidan voz kechmaslikka azmu qaror qilgan edilar.
Qilichlar qinlaridan bir marta sug‘urilsa, qaytib joylariga kirishi oson bo‘lmasdi. Balki yillarcha davom etadigan qon da’volarining eshigi bir ozdan so‘ng ochilishi hamda Ka’baning yonida to‘kilgan qonlarning hisobkitobi avloddanavlodga surib ketishi hech gap bo‘lmay qolgan edi.
Aslida, Makka va uning yontevaragi Haram vodiyi hisoblanardi, ya’ni, janjalsuron, urush qilinmaydigan muborak bir zamin edi. Bu zaminda har kimning joni va moli xavfdan xoli edi. Ammo Hajarul asvadni o‘z o‘rniga kim qo‘yadi, degan muammo ularning ko‘zinigina emas, qalbini ham ko‘r qilib qo‘ydi, Haram vodiyida, hatto muqaddas dargoh bo‘lmish Ka’baning yonida, Ka’baning qurilishida ekanliklarini unutdilar.
Tortishuvning beshinchi kuni, qo‘llar qilichlarga uzatilgan qaltis bir vaziyatda u yerdagilarning eng ulug‘ yoshlisi Abu Umayya Mug‘iyra ibn Abdulloh o‘rtaga otildi:
— To‘xtang, to‘xtang, ey insonlar! — deb baqirdi u.
— Gapir, nimani istaysan, ey qariya.
— Urush, janjalto‘polon bilan ish bitmaydi. Bundan tashqari, sizlar bu muqaddas Baytning xizmatchilarisiz. Urush qilsangizlar, bu muborak dargohga nisbatan xurmatsizlik qilgan bo‘lasizlar. Holbuki, bu janjal nimadan kelib chiqdi? Unga bo‘lgan cheksiz hurmat
extiromingizdan! Shunday emasmi?
— U holda nima qilish kerakligini ayt bizga.
— Masalaning yechimini bir hakamning ixtiyoriga qoldiringlar. Muammoni u xal etsin.
— Kimnn hakam qilamiz, kimga topshiramiz bu ishni? Abu Umayya so‘zlari ta’sir qilganidan xursand bo‘lib ketdi. «Bani Shayba» darvozasini ko‘rsatdi.
— Shu darvozadan birinchi bo‘lib kirgan kishini o‘zimizga xakam qilamiz.
Bu taklif hammaga ma’qul bo‘ldi. Kimning kelishini hech kim bilmas, shuning uchun bu tadbir adolatsiz hisoblanmas edi.
— Ma’qul taklif.
— Ha, juda ma’qul. Bu darvozadan ilk bor kirgan kishi xakam bo‘ladi. Hamma «Bani Shayba» darvozasiga tikildi.