Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211535 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 31 B


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:09:11

* * *
Muhammad Al-Amin haetining o‘ttiz to‘qqiz yilu olti oyini yashab bo‘ldi. Mashaqqatli xayot so‘qmoqlaridan shu kungacha yetib keldi. Tug‘ilmay turib otasidan, olti yoshida onasidan, sakkiz yoshida bobosidan judo bo‘lishning achchiq alamlarini tortgan, Abu Tolibning uyida yigirma besh yoshga to‘lgunga qadar faqirona hayot kechirgan, shundan keyin Xadichaga uylanib, beqiyos boylik, mol-dunyoni idora qila boshlagan edi.
O’qish, yozishni bilmasdi. Bu sohada hech kimdan saboq olmagan edi. Yaxshi tarbiya olish uchun bironbir ustoz huzuriga jo‘natilmagan edi ham. Aslida, bunga imkoniyat ham yo‘q edi, zarurat ham. Chunki har jihatdan havas qilsa arzigudek odob, xulqatvor egasi bo‘lib yetishgan, hech kimning unga odob muallimi bo‘lishiga hojat yo‘q edi. Yonatrofda uning barcha fazilatlariga guvoh bo‘lgan, duch kelgan kishiga laqab beradigan xalq unga ham uzoq sinovlardan so‘ng «Al-Amin» laqabini munosib ko‘rgan edi.
Uni «Al-Amin» deb atay boshlaganlaridan beri ancha yillar o‘tib ketdi. Hech kim uni bu laqabga noloyiq deb bilmasdi, hatto shunday deb o‘ylamasdilar ham. Hech kim, bu laqabni unga berib yanglishgan ekanmiz, demadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:09:20

INTIZOR KUTILGAN TONG

Muhammad ibn Abdulloh bir kuni yolg‘iz o‘zi shaharning chekkasida sayr qilib yurgan edi.
— Salom senga, ey Ollohning Rasuli!.. — degan sas keldi.
Chapga, o‘ngga qayrilib qaradi. Hech kim yo‘q. Ovoz esa, yaqindan kelgan edi. Eshitilgandek bo‘lishi mumkin emas.
— Assalomu alayka, yo Rasululloh!..
Ikkinchi marta yana shu ovozni eshitdi. Yana yon atrofiga alangladi. Hech kim yo‘q. Biron joyga yashirinib chaqiryaptimi, desa, unday joy ham emas edi bu yer.
— Salom bo‘lsin senga, ey Ollohning payg‘ambari!.. Uchinchi marta eshitganda, ovozni ham, ovoz kelgan joyni ham aniqladi: bu ovoz bir toshdan chiqayotgan edi. Al-Amin u yerdan uzoqlashdi.
Ollohning Rasuli nima degani? Kimga qaratilgan ovoz edi bu? Buning ma’nosi nima edi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:13:02

* * *
Endi Al-Amin g‘alati tushlar ko‘ra boshladi. Bu tushlarning o‘ziga xos xususiyati shunda ediki, ayni tarzda o‘ngida ham ro‘y berardi. Qolaversa, u bunday tushlarni birikki martagina emas, olti oy davomida muttasil ko‘rdi. Ahvol shu darajaga yetdiki, kunduzi sodir bo‘lgan bir voqeaning oqibati qanday bo‘lishini o‘sha kechasi ko‘rgan tushi yordamida gapirib berishi mumkin edi. Chunki bu ro‘yolar quyosh singari musaffo, yorug‘ tushlar edi. Tafsilotlari bizga qorong‘i bo‘lgan bu tushlar boshlanganidan beri besh oydan ko‘proq vaqt o‘tgan, ramazon oyi yaqinlashayotgan edi. Endi Buyuk Aminning yuragida qandaydir yolg‘izlikka intilish hissi paydo bo‘ldi va bu intilish tobora kuchaygandankuchaydi. Ko‘chada, bozorda, hatto uyida ham hech tinchiy olmasdi, o‘ta bezovta bo‘lib qoldi. Kimsasiz, tanho o‘zi qoladigan joylarga intilardi. Xalq orasida ham uning dilini og‘ritgan, ta’bini xira qilgan odam bo‘lmadi.
Uyida esa biron kelishmovchilik bo‘lishi mumkin emasdi. Xotini Xadicha, qizlari Ruqayya, Zaynab va Ummu Gulsum, boqib olgan o‘g‘li Zayd va o‘z panohida voyaga yetkazgan Alidan shikoyati yo‘q edi. Qolaversa, qizlari Ruqayya bilan Ummu Gulsumni amakisi Abu Lahabning ikki o‘g‘liga, Zaynabni esa, Xadichaning singlisining o‘g‘li Abul Osga unashtirib ko‘ygan edilar. Ro‘zg‘ordan kamchiligi yo‘q edi. Shunday bo‘lsa ham, ichichidan yolg‘izlikka kuchli intilish hissini tuyar va bu hisni hech yenga olmasdi. Ramazon oyi boshlangan kunlarda bu tuyg‘u unga butunlay tinchlik bermay ko‘ydi.
Aslida, bir necha yillardan buyon Ramazon oyi boshlanganida Makka xalqidan ba’zi kishilar kabi u ham Hiro tog‘iga chiqib tanho qolishni, u yerda bir oy yashab, o‘tganketganlarga mehmondo‘stlik qilishni, odamlarning johilliklaridan uzoq bo‘lishni odat tusiga kiritgan edi. Makkaga qaytgach, avval Ka’bani tavof etar, so‘ngra uyi tomon yo‘l olardi. Bu yil ham ramazon oyini o‘sha yerda o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Bu istagi shu qadar kuchli ediki, agar ketmasa, birov uni zo‘rlab olib boradigandek his etar edi o‘zini.
Qalbidan kechayotgan histuyg‘ularni eng yaqin kishisi, uni hammadan ko‘ra yaxshiroq tushunadigan umr yo‘ldoshiga ochdi. Xadicha uning fikriga tamomila qo‘shildi. Shundan ksyin Muhammadga ozikovqat, yegulik narsalar tayyorladi. Al-Amin o‘z ortidan unga butun borlig‘i bilan maftun bo‘lgan xotini, qizlari, Zayd va Alining:
— Xayr, ko‘rishguncha xayr! Bizni u yerda eslab tur, otajon... — degan ovozlarini eshitaeshita, uyidan uzoqlashdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:13:43

* * *
Xadicha Muhammad bilan turmush qurgan kundan beri uni fazilat yo‘lida tobora kamolot cho‘qqisi sari ilgarilayotgan holda ko‘rar, doimo sevibardoqlar, u bilan oila qurganiga sira ham pushaymonlik tuymas edi. Xadichada unga nisbatan cheksiz ishonch tuyg‘usi bor edi. So‘nggi paytlarda bir toshning unga: «Salom senga, ey Ollohning Rasuli!..» deganini aytganida: «Yolg‘on gapirayotirsan, axir, tosh ham gapiradimi? Toshning gaiirganini kim eshitgan ekan?» deb e’tiroz bildirmadi. Yoki: «Ehtiyot bo‘l, bu tag‘in jinu shaytonlarning ishi bo‘lmasin?!» demadi, aksincha, bu gaplarni eshitib, ich-ichidan quvondi, ko‘nglida yaqin orada bu g‘alati hodisalarning hammasi oydinlashsa kerak, degan fikr paydo bo‘ldi.
Bu daf’a undagi yolg‘izlikka intilish hissini ham yana yaxshilikka yo‘ydi, ma’naviy olamdan uzatilgan bir qo‘lning o‘ziga chorlayotganiga ishonchi komil edi.

*   * *
Muhammad biror soat yo‘l yurgach, Hiro tog‘iga yaqinlashdi. Endi yuqoriga ko‘tarilishi kerak edi. Toshlarga tirmashdi. Xuddi oldinda birov chaqirayotgandek balandlikka ko‘tarilardi. Nihoyat, bir g‘orning og‘ziga yetib borganida:
— Shu g‘orda qolaver... — degandek bir ovoz ichichidan kelib, quloqlari ostida yangradi. Endi unda yana balandroqqa chiqish istagi qolmagan edi.
U o‘zini go‘yo ilohiy bir olamdan idora etilayotgan qo‘llar tortibtortib, aynan mana shu g‘or og‘ziga olib chiqqan kabi his qildi.
Muhammad g‘orga yaxpshlab o‘rnashib oldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:16:15

*   * *
Oradan kunlar o‘tdi.
Xadicha bir kuni qarshisida Muhammad Al-Aminni ko‘rib benihoya sevindi. U yeguligi tugaganligi tufayli uyiga kelgan edi. Tez fursatda oziqovqat tayyorlandi. Yana uyidan chiqdi. Ka’bani tavof etgach, o‘ziga maskan tutgan g‘orga qarab jo‘nadi.
Taqdir uni har tomondan qurshab olib, kuzatib turgandek edi. Na Makkada turishiga yo‘l qo‘yar, na boshqa biror g‘orga joylashishiga ijozat berardi.
Muhammad yana o‘sha g‘orga joylashdi.
Al-Amin g‘orda nima qilar edi?
Bu narsa tarixlarning tubsiz teranliklarida pinhon kolgan bir sirdir.
O’qishyozishni bilmagan, yonida suhbatdoshi yo‘q, muayyan dinni qabul qilmagan va unga ibodat etish bilan band bo‘lmagan odam g‘orda nima ish qilishi mumkin edi? Muhammad hatto keyinlari ham u yerda vaqtini qanday o‘tkazgani haqida hech gapirmagan edi.
Ehtimol, buyuk Amin farishtalar olamidagi qat’iy qarorga binoan ilohiy hukm bilan odamlardan uzoqlashtirilgandir. U yerda ertangi kunning yagona va buyuk haloskori bo‘lishi uchun zarur quvvayi ma’naviyya sekin-sekin ruhiga singdirildi. Ammo u o‘zida faqat insonlardan uzoqlashishga kuchli ehtiyoj sezdi, g‘orda buning lazzatini, sururini, rohatini his etdi.
Muhammad Hiro tog‘larining tik qoyalari orasida joylashgan bu g‘ordan zalolatning kuturgan sellariga va jaholatning shiddatli bo‘ronlariga asira bo‘lgan odamlarning kutsiz, irganch hayotlari tufayli fayzini yo‘qotgan muborak shaharni uzoqdan kuzatdi. Ovqati tugagandagina Makkaga tushib, tezgina yegulik ozig‘ini g‘amlab, yana ruhiyatini ardoqlayotgan g‘or tomon yo‘l olardi. Ramazon oyining yigirma olti kuni o‘tgan, tun cho‘kkan edi. O’sha kecha ham juda oddiy, faqirona solingan o‘rniga yotdi. Har kechadagi singari uyquga ketdi. Erta tongda uyg‘ondi. Yanada to‘g‘rirog‘i, g‘alati tarzda kimdir tomonidan uyg‘otildi. Qaytib uxlay olmadi. Oradan birmuncha vaqt o‘tdi, to‘satdan g‘orda umrida hech ko‘rmagan bir xilqat paydo bo‘ldi. Bu tush emas, o‘ngi edi. Ollohning maxsus vazifa bilan jo‘natilgan vaxiy farishtasi Jabroil edi u.
Fagjshta Al-Amin Muhammadga:
— O’qi!.. — dedi.
U xayajon ichida javob berdi:
— Men o‘qishni bilmayman.
Farishta Al-Aminni ushlab, qattiq silkitdi. Bu unday siqar ediki, Buyuk Amin suyaklarining qisirlaganini his etdi. So‘ngra, qo‘yib yubordi va yana:
—   O’qi!.. — deb buyurdi.
—   Men umrimda o‘qigan inson emasman.
Farishta yana uni yoqasidan mahkam tutdi, yana siqib, bo‘g‘a boshladi. Shu darajada qattiq siqar, azob berar ediki, Buyuklar Buyugi kuchining qolmagani, darmoni ketganini sezdi. Bir insonning bunchalik azobga chidashi mo‘‘jiza edi. Yana ko‘yib yubordi, yana buyrug‘ini takrorladi:
—   O’qi!..
—   Men o‘qigan odam emasman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:18:33

Boshqacha javob berishi ham mumkin emas edi. Shu kungacha o‘qishni o‘rganmagan edi. Nima o‘qishi lozimligini ham bilmasdi. Farishta uni uchinchi marta tutib, siqqanda Al-Amin butunlay holdan toydi, endi bu dunyodan umidini batamom uzdi, taqdirga tan berdi.
Bu daf’a farishta besh oyatdan iborat ilk vahiyni Muhammadning xotirasidan sira ham o‘chmaydigan qilib ruhi va ongiga singdirdi:
«Yaratgan zot bo‘lmish Parvardigoringiz nomi bilan o‘qing! U insonni laxta qondan yaratgan. O’qing! Sizning Parvardigoringiz qalamni (ya’ni, yozishni) o‘rgatgan o‘ta karamli zotdir. U zot insonga uning bilmagan narsalarini o‘rgatdi» (Qur’oni Karim, Alaq surasi, 1—5oyatlar). Shundan keyin farishta g‘oyib bo‘ldi.
Buyuk Amin umrida ko‘rmagan, uchratmagan, eshitmagan, xayoliga ham kelmagan g‘aroyib hodisa qarshisida o‘zini yo‘qotib qo‘ygan, qattiq larzaga tushgan edi. O’qishyozishni bilmaydigan odamga qaytaqayta «O’qi!» deb buyurilishi, o‘qishni bilmasligini aytdi, deguncha, qiyinqistoqqa olinishining boisi nimada edi? Nima uchun farishta vahiy etilgan bu besh oyatni darhol bayon qila qolmadi?
Bu xilqatning yomon niyatda kelmagani anik edi. Chunki u behad kuchqudratga ega edi. O’zining gavdasi, savlatiga qaraganda, ancha kuchli bo‘lgan Muhammad ibn Abdulloh ham hatto uning qarshisida «Men o‘qigan inson emasman», deyish bilangina cheklandi, uni qattiq tutib, qiynagan, yoqasidan olib, siqqanda ham qarshilik ko‘rsatmadi «Nima qilyapsan, o‘zi?» deya olmadi, uchinchi marta qiynaganida:
— Yetar endi, haddingdan oshma!.. — deb yubormadi.
Endi g‘orni tark etib, uyiga qaytish hissi uning butun vujudini chulg‘ab oldi. Juda qattiq qo‘rquvga tushgan, eshushidan ayrilayozgan edi. G’ordan chiqqan paytida osmon shafaqlana boshlagan edi. Havoda sahar vaqtining sarinligi bor edi.
Kechqurun Muhammad ibn Abdulloh tarzida kirgan gordan u tong saharda Muhammad Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bo‘lib chiqqan edi. Yer yuzini so‘nggi marta sharafla bezaydigan Buyuk Payg‘ambar bilan samovot orasida bundan buyon yigirma uch yil davom etadigan muloqot Hiro tog‘idagi ushbu muazzam marosimdan boshlangan: ilk vahiy qalbi pok Muhammadga Jabroili Amin yordamida tushirilgan, ongiga naqsh etilgan edi.
Bir ozdan keyin quyosh butun hashamati bilan charaqlab chiqishi kerak. Koinot yaratilgandan beri hali biron kunning tongida quyosh shu darajada xayrli, bu darajada qutlug‘ xabar bilan chiqmagandir! Ammo asl ma’naviy quyosh Hiro tog‘ining tik qoyalari orasidagi g‘orda porlagan, butun koinotni qamrab olajak rahmat timsoli, hidoyatning eng buyuk va so‘nggi yo‘lboshchisi, Ollohning eng sharafli, eng suyukli, eng Buyuk Payg‘ambari o‘laroq qoyalar orasidan sekinasta pastga enib kelardi. Butun borlig‘ini qamrab olgan va larzaga solgan bu muazzam hodisa tufayli tug‘ilgan hayajon hali ham bosilmagan edi. Qalbida esa, unga o‘qishni buyurgan o‘sha qudratli xilqat vahiy etgan so‘zlar takrorlanardi:
211
— Yaratgan zot bo‘lmish Parvardigoringiz nomi bilan o‘qing!..
Qoyalardan pastga tushib, tekis yo‘ldan yurib ketdi. Makka tomonga burildi. Uyiga kelgunga qadar g‘orda bo‘lgan voqea ko‘z oldidan ketmadi. Farishta o‘qigan oyatlar butun o‘yxayolini band etgan edi. Xayoli shu qadar band ediki, hatto so‘nggi paytlarda doim salom beradigan bo‘lib qolgan toshning salomiga ham diqqati chalg‘imadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:20:00

* * *
Xadicha xonim quyosh endigina charaqlab chiqqanda to‘satdan uyga kirib kelgan erining yuzida g‘alati o‘zgarish ko‘rdi. Bu muborak chehra hali g‘orda yuz bergan voqeadan o‘ziga kelib ulgurmagan, xiyol titrar edi.
— Mening ustimni yoping, tezroq yoping, — dedi Muhammad.
Ustiga ko‘rpa yopildi. Anchagacha shunday yotdi. Bir oz tinchlangach, bo‘lgan voqeani Xadichaga gaiirib berdi.
— Juda ham qo‘rqib ketdim, — deya so‘zlarini tugatdi.
Aqli raso ayol bo‘lmish Xadicha ko‘pdan buyon kutayotgan xushxabar kelganini angladi. Bu voqea oddiy voqealardan emasdi. Insonlarni zalolatdan hidoyatga boshlaydigan Payg‘ambarga ilk oyatlarning nozil qilinishi, albatta, shu qadar vahimali bo‘lishi kerak edi. Xadicha sira ham ikkilanmadi. Payg‘ambarning, qolaversa, olamlarga rahmat bo‘lmoq maqsadida vazifa olgan eng Buyuk Payg‘ambarning umr yo‘ldoshiga munosib bir viqor, ishonch va qat’iyat bilan:
— Kallo... vallohi la yuhzi kallahu abada... —dedi.
«Yo‘q, Olloh seni aslo, hech vaqt o‘z holingga tashlab qo‘ymaydi. Chunki sen har doim qarindoshlariga g‘amxo‘r, musofirlarga mehmondo‘st, ojizlarga yordamini ayamagan, faqirlarni to‘ydirib, falokatga uchraganlarga madad qo‘lini cho‘zib kelgan buyuk insonsan», degani edi bu.
Shundan keyin Xadicha Muhammadning (s.a.v.) qo‘lidan tutib, amakivachchasi Varaqa ibn Navfalning huzuriga olib bordi.
— Tingla, amakimning o‘g‘li, — dedi Xadicha. Varaqa Payg‘ambarimizning (s.a.v.) so‘zlarini zo‘r diqqat va hayajon bilan tingladi. Buyuk Payg‘ambar so‘zlarini tugatganida, ortiq hayajonini bosib tura olmadi:
— Quddus... Quddus... — deya baqirib yubordi. — Bu ko‘rganing Buyuk Ollohning Musoga (a.s.) yuborgan Ruhul Quddusi, Nomusi Akbaridir (Bular Jabroil alayhissalomning boshqacha nomlari). Keyin birdan Varaqa o‘zining ancha qarib qolganini eslab qoldi. Ko‘pdan beri din arboblari, diniy kitoblar kelish zamoni juda yaqinlashib qolganidan xabar bergan payg‘ambarga nihoyat yetishgan edi. Ammo endi uning yoshi ancha ulug‘, bir oyog‘i yerda bo‘lsa, bir oyog‘i go‘r labida edi. Bir paytlar Sirf qavmi singari tushkunlikka tushmaslik, ular singari butlarning quliga aylanmaslik uchun vatanini tark etgan, nechanecha haftalab yo‘l yurgan, dindor kishilar bilan uchrashgan, haqiqatga yetishish yo‘lida qanchadanqancha zahmatlar chekkan edi. So‘ngra xristianlikni qabul qilgan, biroq yaqin orada kelajak payg‘ambar haqida shaxsan o‘zi kitoblardan ma’lumotlar to‘plab, uning yo‘liga intizor ko‘z tutgan edi.
Mana, endi uning uyida payg‘ambarlikning dastlabki ziyolari taralgan saodatli damlarda Varaqaning hayot shamchirog‘i so‘nayotgan edi. U og‘ir xo‘rsinib qo‘ygach, so‘zlarini shunday tarzda davom ettirdi:
—Qaniydi, xalqni yangi dinga da’vat qiladigan kunlaringda yoshgina yigit bo‘lsam. Qavming seni yurtingdan haydab chiqargan paytda sog‘salomat bo‘lsam...
—Ular meni haydaydilarmi?
—Ha. Chunki odamlarni sen kabi biror dinga da’vat qilgan payg‘ambarlarning hammasi dushmanlikka uchraganlari tarixdan ma’lumdir. Agar o‘sha kunlargacha yashasam, senga kuchim yetganicha yordam beraman.
213
Varaqa qattiq hayajonlangan, qaytaqayta: — Subhanolloh... Subhanolloh. Bu Musoga tushirilgan Nomusdir, Jabroildir, — der edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:20:18

*   * *
Necha yillardan buyon orziqib kutilgan xushxabarga yetishish kuvonchi ta’sirida Xadichaning ruhi alg‘ovdalg‘ov bo‘lgan, qalbidagi bu to‘ntarishni oddiy so‘zlar bilan ifoda etish qiyin edi. Ollohning eng suyukli bandasi, eng buyuk va eng so‘nggi Rasulining umr yo‘ldoshi bo‘lishdek ulkan saodat toji o‘zining boshiga kiydirilganini o‘ylaganda, ko‘zlarida sevinch yoshlari porlar, bunday armonning ushalishidan tug‘ilgan histuyg‘ular yuzida nurdek balqib tajalli etar edi.
Shu kunga qadar yashagan hech bir ayol Xadicha noil bo‘lgan sharaf va saodatga erishmagani, bundan keyin ham erishmayajagiga ishonchi komil edi.

*   * *
Hiro g‘oridagi buyuk voqeadan keyin masala yopdiyoidi bo‘lgandek edi. Oradan kunlar o‘tsa ham, u farishta boshqa ko‘rinmadi. Bir, ikki, uch, besh, o‘n besh, yigirma kuncha vaqt o‘tdi hamki, Jabroildan darak yo‘q edi. Shundan keyin Muhammadning yuragi siqila boshladi, yana Hiro g‘origa boradigan bo‘ldi, ammo u yerda farishtani hech uchrata olmasdi. Ba’zan yurak siqilishi so‘nggi, avj nuqtasiga yetar va Muhammad tushkunlikka berila boshlardi, ba’zan esa, umidsizlik hissi shu darajaga yetardiki, u tog‘ning tepasigacha tirmashib chiqib, o‘sha yerdan o‘zini pastga tashlab yuborishga ham tayyor bo‘lardi. Ammo o‘sha onda ko‘z oldida farishtaning qiyofasi paydo bo‘lib:
— Yo Muhammad, hech shubhasiz, sen Ollohning rasulisan, — derdi.
Bu uning yuragida yonayotgan otash alangasini pasaytirar edi. Goho yolg‘iz kezib yurgan paytlarida ba’zi tosh va daraxtlar:
— Salom senga, ey Ollohning rasuli! — derdilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:22:38

* * *
Xadicha ilk bor kelgan farishtaning yana tashrif buyurgani haqidagi xushxabarni zo‘r hayajon va intizorlik bilan kutar, eri har gal tog‘dan qaytganida biron yangilik bormikan, degan umidda uning yuziga tikilar edi. Ammo Xadicha xonim o‘ta sabrtoqatli, matonatli ayol zdi, masala shu holicha qolib ketmasligiga, erta tongda kuyoshning albatta balqishiga ishonardi.

* * *
Buyuk Payg‘ambarning yurak siqilishlari, navbatdagi ilohiy uchrashuvni orziqib kutishlari necha kun yoki necha oy davom etganini biz aniq bilmaymiz. Har holda, bu kutish ikkiuch yilgacha cho‘zilib ketmagani ham, yoki bir hafta, o‘n kungina davom etmagani ham aniq. Bu uzilishning sababi Buyuk Payg‘ambarni yanagi vahiyni kutib olish uchun lozim darajada intiq qilish, uni kutib olishga tayyorlash maqsadi bo‘lsa kerak...
Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) bir oycha yashaganidan keyin Hiro tog‘idan odatdagidek Makkaga qaytastgan edi, Batni Vodiyga yetib kelganida birdan:
 Yo Muhammad!.. Yo Muhammad!..   deb chaqirgan bir ovozni eshitdi. Benihoya baland, qo‘rqinchli bir ovoz edi bu. Chapga, o‘ngga qaradi. Hech kim ko‘rinmadi.
— Yo Muhammad!.. Yo Muhammad!..
Rasululloh (s.a.v.) boshini ko‘tardi. Butun vujudi titrab ketdi. Yuragiga g‘ulg‘ula tushdi, qo‘rquvdan cho‘kkalab o‘tirib qoldi. Bu Hiroda kelgan farishta edi. Butun ufqni to‘sib qo‘ygan, ta’rifi so‘zga sig‘maydigan bahaybat bir mavjudot qiyofasida namoyon bo‘lib turar edi. Muhammad (a.s.) teztez yurib, u joydan uzoqlashdi, uyiga keldi. Hamon dag‘dag‘ titrardi.
— Mening ustimni yopinglar, o‘rab qo‘yinglar, —dedi. Yuzqo‘lini yuvdirdilar. So‘ngra yotqizib, ustini yopib qo‘ydilar. Bir muddat qimirlamay yotdi. Biroq ko‘p yotishiga ruxsat yo‘q edi. Endi u o‘zi ixtiyoricha emas, balki unga bashariyatga hidoyat yo‘lini ko‘rsatish uchun payg‘ambarlik vazifasini bergan Mavlosining istagiga binoan harakat qilishi kerak edi. Endi iloxiyot olamining bashariyat bilan bo‘lgan aloqasi tiklangan, iloxiy irodani insonlarga yetkazish payti kelgan edi.
Aslida u tug‘ilgan kunidan beri o‘z holiga tashlab qo‘yilmagan edi. Uni yo‘rgakda yotganida enagasiniig bir ko‘kragini qo‘yib, ikkinchisini emishga chorlagan qudrat... Bobosi bilan yomg‘ir duosini o‘kiyotganida, barmoqlari bilan ko‘kka ishora qilishga undagan qudrat... Safar chog‘ida yura olmay qolgan tuyalarning oyoqlariga uning muborak qo‘llarini uzattirib tekkizdirgan qudrat... Uning oldiga yoyilgan dasturxonga barakot yog‘dirgan kudrat... Uning muborak vujudiga, vujudidan chiqayotgan terga xushbo‘y hidlar ato etgan qudrat...
Mana shu qudrat egasi endi o‘zini tanita boshlagan edi. Shu kungacha Al-Aminning o‘zi ham sezmagan holda uning uchun atalgan vazifaga da’vat etardi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:22:55

Endi u hayotining «Muhammad ibn Abdulloh»lik davrini tamomlab, «Muhammad Rasululloh»lik davriga kirgan edi. Bu safar uzoq yotishiga yo‘l qo‘yilmadi. Jabroil Amin Muhammad Aminni topib, uning muborak qalbini vahiy nuri bilan to‘ldirdi. Faqat bu daf’a Hirodagidek, Hirodan kelayotgan iaytida ko‘ringanidek uni ko‘rquvga solmadi. Ollohning jo‘natgan ikkinchi amrini qanday bo‘lsa, shu tarzda yetkazdi va yana g‘oyib bo‘ldi. Buyuk Payg‘ambar qalbiga muxrlangan ilohiy xitobni takrorladi:
«Ey (liboslariga) burkanib olgan zot, turingda, (insonlarni oxirat azobidan) ogohlantiring! Yolg‘iz Parvardigoringizni ulug‘lang! Liboslaringizni pok tuting! Butlardan yirok bo‘ling!» (Qur’oni Karim, Muddassir surasi, 1 — 5oyatlar).
Nabiyi Akramga (s.a.v.) ikinchi ilohiy amr kelgan va uni yotgan joyidan turishga majbur etgan edi. Nozil qilingan ikkinchi vahiyni ham ilk marta Xadicha eshitdi. Sevinchidan o‘zini qo‘yishga joy topolmay krldi. Necha yillardan beri ko‘ksida ardoqlab kelgan umidini hech qachon uzmagan, ertangi kunni oldindanoq ko‘rgandek bo‘lgan, eriga «Yo Muhammad» deb emas, «Yo Rasululloh», deb murojaat qiladigan kunlarni kutaverib ko‘zi to‘rt edi. Mana, endi bu umid haqiqatga aylandi.
 Yo Rasululloh, sizning payg‘ambarligingizga ilk bor iymon keltirgan kishi men bo‘ldim, — dedi. Bu ovozda chuqur samimiyat bor edi. Bu ovoz buyuk Olloh Habibi Adibiga loyiq ko‘rgan, ayollar dunyosining sharaf toji bo‘lishga eng munosib xotinga xos ulug‘vorlik va teran ma’noga ega edi.
Imon keltirganlar yagona safga tizilgan kunda eng oldinda, hech kim egallay olmaydigan birinchi o‘rinda bir kishigina turadi... Bu maqomu martabaga Makkaning mushriklariga xam o‘zini «Tohira — Pokiza ayol» deya tanitish sharafiga muyassar bo‘lgan, jannatga kiradigan ayolarning sultoni, buyuk Xadicha — «Xadichatul Kubro roziyallohu taolo anho» hazratlari musharraf bo‘lajak...
Nabiyi Akram (s.a.v.) bu xushxabarni olganida Xadicha benihoya darajada mamnun bo‘ldi. Holbuki, buning o‘rniga u: «Yolg‘on gapiryapsan. Sen o‘zi kimning boshini aylantiryapsan?..» deyishi, buyuk da’voning buyuk bayrog‘i hilpiragan dastlabki kunda uni to‘xtatishga urinishi ham mumkin edi. Yo‘q. U eng so‘nggi va eng Buyuk Payg‘ambarning — rahmat va hidoyat yo‘lboshchisining ilk odimidan boshlaboq yakka o‘zi hech ikkilanmay «Haqqa yurish yo‘liga» qo‘shildi. Fil voqeasidan qirq yil o‘tgan va har tomonda g‘aflat, zalolat va jaholatning eng yorqin namunalari qadam sayin uchrab turgan bu kunlarda Makkada bir payg‘ambar paydo bo‘ldi, lekin hozircha uning o‘z xotinidan iborat bittagina ummati bor edi.

Qayd etilgan