Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211478 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 31 B


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:47:00

* * *
Bir tomondan amakilari Abu Lahabning bitmastuganmas odobsizliklari, ikkinchi tomondan esa, boshqa qo‘shni Uqba ibn Abu Muoytning xuddi Abu Lahab bilan raqobat qilayotganday ko‘rsatayotgan aziyatlari natijasi Rasululloh (s.a.v.) Ka’baga yaqin bir joyda istiqomat qiluvchi Arqamning uyiga ko‘chdilar.
Butun oila ko‘chdimi yoki faqat paygambarimizning o‘zlari tong saharda ketib, oqshomda qaytib kelardilarmi?
Bizningcha, ikkinchi taxmin haqiqatga yaqinroq bo‘lsa kerak. Ehtimol payg‘ambarimiz (s.a.v.) ertalabdan kechgacha u yerda bo‘lgandirlar. Hatto ba’zan kechalari ham o‘sha yerda yotib qolgandirlar va shu yo‘sinda xotinlariyu qizlarini qo‘shnilarining bezovta qilishlaridan xalos etgan bo‘lsalar, ajab emas.
Zaifa ayollarga qarshi uyushtiriladigan bunday harakatlarni arablar o‘ta chirkin ish deb baholardilar. Ayniqsa, buiday harakatlarni Hazrati Xadicha shaxsiga yo‘naltirishni qo‘shnilari niyat qilmaganlar. Mana shu sabablarga ko‘ra, uydan vaqtincha chiqish bilan payg‘ambarimiz janoblari oila a’zolarini tinchlikxotirjamlikka erishtirdilar. Shu voqelik ikkinchi taxminning haqiqatga yaqinroq ekanligini tasdiqlaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:47:13

* * *
Abu Lahab va uning xotini Ummu Jamil o‘zlarini do‘zaxi deb e’lon qilgan Rasulullohdan (s.a.v) o‘ch olish uchun yana bir ishga qo‘l urdilar. O’g‘illari Utba bilan Muattibga:
— Muhammadning qizlarini rad etasizlar. Yo bizni, yo ularni tanlanglar, — dedilar.
Natija shu bo‘ldiki, bir xabar jo‘natilib, unashtirish rishtalari uzilgani bildirildi. Ba’zi rivoyatlarga ko‘ra, bu unashtirish emas, nikox rishtalari edi.
O’larning fikricha, bu harakat Rasuli Amindan (s.a.v) olingan ajoyib bir intiqom edi. Ichichlaridan xursand bo‘lishdi. Iflos otapg bilan yongan va yonajak yuraklari bir oz tinchidi go‘yo.
Hikmati cheksiz Mavlo shu vasila bilan Habibi Adibini og‘ir bir yukdan xalos etganini uning xali o‘n gulidan biri ochilmagan qizlarini bunday sharafsiz bir oilaning kelinlari bo‘lish haqoratidan uzoq tutganini ular tushuna oladigan darajada farosatli emas edilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:49:12

NIZO VA QIYNOQLAR

Bir kuni oqshomga yaqin Abu Dubb vodiyidan o‘tayotganlar bir qancha yoshlarning g‘aroyib xattiharakatlar bilan mashg‘ul ekanliklarini ko‘rib qoldilar. To‘xtab, kuzata boshladilar. Bu orada yoshlar namoz o‘qib bo‘ldilar. Axnas ibn Sharik ismli yo‘lovchi ularga murojaat etdi:
— Nimalar bilan shug‘ullanganingizni so‘rasam bo‘ladimi?
— Ko‘rib turganingday, ibodat qilayotirmiz.
— G’aroyib hodisa.. sanamingiz qani?
— Qanaqa sanam?
— Birodar, «qanaqa sanam»ing nimasi? Odatdagi sanamda.
—Biz oddiy sanamlarga sig‘inmaymiz.
Abu Sufyon suhbatta aralashdi:
— Ya’ni, buyuk Xubal kabi, Lot va Uzzo kabi sanam demoqchi.
— Ular ham boyagiboyagi tosh emasmi? Boshqa toshlardan nima farqi bor ularning?
Bahs shu yo‘sinda qizib ketdi. Kelganlar haligi musulmon yoshlarning ustidan kula boshladilar. Vaziyat tobora keskinlashar edi. Sa’d tezda asabiylashdi.
— Hoziroq daf bo‘linglar bu yerdan! — deya shiddatlandi.
— Voyvoy, ko‘rqib ketdik. Nima, bizni quvib yubormoqchimisan? — deya mazax qilishdi ular.
— Albatta! Tez yo‘qolinglar bu yerdan!
— Ma’lum bo‘ldiki, sen kaltak yeging kelyapti ekan, ey Sa’d. Seni bir oz tarbiyalab qo‘ymasak bo‘lmaydiganga o‘xshaydi, toki tilingni hadeb uzaytiravermagin.
Yuqoriroqda bir kalla suyagi turardi. Sa’d uni olmoqchi bo‘lib cho‘zildi. Oldiyu eng oldinda turgan yigitning boshiga tushirib yubordi. Suyak qattiq tushib, haligi yigitning boshini yordi, yuzi qora qonga belandi. Pichoq suyakka borib qadalgan, bo‘lar ish bo‘lgan edi. Shu bois ikkinchi kishining ham adabini bermoqchi bo‘ldi. Ammo endi o‘zi ta’zirini yeb qolishi ham mumkin edi. Shuni sezib, darhol orqaga chekindi. Qocha boshladilar.
Ilohiy vahiy kelganidan beri mushriklar bilan ilk bor yuz bergan to‘qnashuv mana shunday sodir bo‘ldi. Bu yo‘lda birinchi marta qon Sa’d ibn Abu Vaqqos tomonidan oqizildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:49:42

* * *
Sa’d ibn Abu Vaqqos yuqorida bayon qilingan janjaldan so‘ng ortiq yashirinishning foydasi yo‘qligini bilardi. Makkada bu janjal haqida eshitmagan kimsa qolmadi hisob.
Shunchaki bir janjal bo‘lsa, balki birikki joyda gagshrilib, tezda unutilib ketardi. Ammo bu favqulodda hodisa bo‘lib, hali ko‘plarga noma’lum bo‘lgan din yo‘lidagi kurash edi. Shu bois uzoqyaqindan juda ko‘p kishilarning diqqatini tortdi.
Sa’dning onasi Hamna voqeani eng oxirgi bo‘lib eshitganlardan biri edi. Zotan, Sa’d ham endilikda uyiing bir burchagiga biqinib olib, namozini shu yerda o‘qiy boshlagan edi. Kun botmasdan (ya’ni, asr vaqti) ikki rakat va bomdod vaqti (kun chiqmasdan) ikki rakat namozlarinigina o‘qiyotgan edi. Shunday bo‘lsa ham, uyda o‘qiyotgan bu namozlarni uzoq vaqt onasidan yashirib yurish imkonsiz edi.
— O’g‘lim, bu nima qilganing? — deb so‘radi bir kuni onasi.
— Namoz o‘qiyapman, sevimli onajonim.
 Ya’ni, haligi janjalning chiqishiga sabab bo‘lgan namozmi bu?
 ¾Yo‘q, onajon. Janjalga bu namoz sabab bo‘lmadi. Ularning odobsizliklari, bizning ustimizdan kulishlari, yomon so‘zlarni aytishlari sabab bo‘ldi.
— Xo‘p, shunday deylik, eshitishimcha, sen Abdulmuttalibning nevarasiga qo‘shilgan emishsan? Uning diniga kiribsan?
— To‘g‘ri, onajon, uning diniga kirdim. Butlarga kullik qilishdan qutuldim. Osmonu falak va yerni yaratgan buyuk Ollohning huzuriga boshimni qo‘yib sajda qilish saodatiga sazovor bo‘ldim.
— Muhammad senga nimalarni amr etadi?
— Ular bizga butlardan yuz o‘girishni, yakkayu yolg‘iz Ollohga ishonishni, faqat Ungagina sajda qilib, namoz o‘qishni, qarindoshlarga, barcha odamlarga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lishni buyuradilar.
— Xo‘sh, ota-ona qarindoshlar ichida eng yaqini emasmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:50:51

— Albatta, shunday, onajon.
— U holda men sendan, darhol Muhammad bilan aloqangni uzishni talab etaman.
— Bu ish qo‘limdan kelmaydi, onajon.
Hamna har nima evaziga bo‘lsa ham, o‘g‘lini o‘zining eski dinida ko‘rishni istardi.
— Menga qara, o‘g‘lim, meni yaxshi ko‘rsang, bu dindan qaytasan. Yaxshi ko‘rmasang, u holda bilganingni qil.
— Onajon, seni naqadar yaxshi ko‘rishimni o‘zing bilasan. Ammo men kirgan bu yo‘l yo‘llarning eng to‘g‘risi, dinlarning eng go‘zalidir. Ulsam ham, bu yo‘ldan toymayman, ortiq tortishib o‘tirishning hojati yo‘q. Ona bu safar so‘nggi chorani ishlatmoqchi bo‘ldi.
U holda shuni yaxshi bilginki, ey Sa’d, sen bu dindan voz kechguningga qadar, qasam ichib aytamanki, hech narsa yemayman ham, ichmayman ham. Yo eski diningga qaytasan, yoxud onangning qotiliga aylanasan. Oqibatda noming nafratu la’natlar bilan tilga olinadigan bo‘ladi, o‘g‘ilginam.
Shunday so‘zlarni aytib, uydan chikdi. Safoga, Marvaga bordi. Usha tenaliklarga o‘rnatilgan Isof va Noila butlariga qo‘lini surdi va uyiga qaytdi. Shu yo‘sinda o‘lim ro‘zasini tuta boshladi.
Kech bo‘ldi. Kun botib tui cho‘kdi. Tong otdi. Ayol hamon so‘zida turar, yemas ham, ichmas ham edi.
Sa’dning orasira bu bema’ni isyondan kaytarish uchun qilgan xattiharakatlari zoe ketdi. Ayol unga faqat: «Qaytasanmi?» der, istagan javobni ololmagach, gapso‘zni ham yig‘ishtirar edi. Yemay, ichmay, Sa’d bilan gaplashmay davom ettirilgan o‘lim ro‘zasi tufayli uchinchi kunning oqshomiga borib onaning darmoni qolmadi. Xo‘rozlar tong otganidan xabar berganlarida, ayol xam hushidan ketgan edi.
Ikkinchi o‘g‘li Umora uni hushiga keltirish uchun yuziga suv sepdi. O’ziga kelishi bilan:
— Sa’d nima qildi? — deb bosinqiradi.
— Shu yerdaman, onajon.
— Qaytdingmi?.. Ota-bobolaringning diniga qaytdingmi?..
— Yo‘q, endi qaytolmayman, onajon.
Ona yaia xushidan ketdi. Suv ichirishga urindilar. Og‘zini cho‘p bilan ochib, zo‘rlab ovqat quydilar. Ayol bir zumga yana o‘ziga keldi va qo‘liga ilingan bir kaltak bilan Sa’dning burniga urdi. U hadeb la’natlar yog‘dirar, duoyibad qilar edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:51:27

Sa’dning burni yaralandi... O’lguniga qadar o‘sha yaraning izi yaxshiyomon kunlaridan bir xotira o‘laroq qoldi.
Sa’d burnidan oqayotgan qonga qaramay, onasining qarshisida tiz cho‘kdi.
— Sevikli onajonim, — dedi, — seni juda yaxshi ko‘rishimni bilasan. Lekin shuni ham yaxshi bilginki, yuzta joning bo‘lsa, ko‘z o‘ngimda yuz marta o‘lsang ham, men bu dindan voz kecholmayman. Endi istasang, bu bema’ni o‘jarlikka barham ber va ovqatingni ye, istamasang, yema...
Shundan keyin mahzun bir ahvolda, ko‘zlaridan achchiqachchiq yoshlar oqib, o‘rnidan turdi. Dardini yengillatishni istadi.
Ona dunyoda eng sevimli jigargo‘shasiga qanday qilib bu tarz munosabatda bo‘ladi, uni kufrga qaytarish uchun qanaqasiga bu nodonlikka boradi? Bundan buyon onasiga qanday munosabatda bo‘lsin? Orada bir ip uzildi, endi uni qanday qilib qaytadan tugunsiz bog‘lash mumkin, axir?
Shular haqida Payg‘ambardan (s.a.v.) so‘ramoqchi, U zotning muborak tillaridan eshitadigan so‘zlari bilan ko‘ngliga taskin bermoqchi edi. Ammo bular haqida so‘rashga fursat bo‘lmadi. Chunki malaklar olamidan kelgan yangi bir ilohiy hukm yer yuziga taralayotgan, payg‘ambarimiz u vahiyni qabul qilish bilan ovora edilar.
Sa’d qalbi to‘la hurmat tuyg‘ulari bilan nabiylar tojining so‘nggi sohibi bo‘lmish Buyuklar Buyugining huzuriga kirganida, U zotning muborak yuzlarida hali ham vahiyning ta’siri sezilib turar edi.
Sa’d bir necha soniya bu muborak chehraga tikilib qoldi. Diqqat bilan, o‘ta sinchkovlik bilan qaradi. Qo‘rqiladigan, tashvishlanadigan bironta ham nuqtachizgi yo‘q edi bu chehrada. Go‘yoki vujudlaridagi yurak yoritayotgan edi bu yuzlarni. O’ yurak qanchalar sof bo‘lsa, bu yuz ham shunchalar pok, shunchalar purziyo edi. Yurakda yo‘q narsa, yuzlarida ham yo‘q edi. Bu muborak yuzga qaragan ziyrak kishi: «Shubhalanaman, bu yuz menda ishonch tug‘dirmadi», deyishi aslo mumkin emas edi. Hech kimsaga nisbatan yomonlik qilishni ravo ko‘rmagan bu nuroniy chexra ishonchlilikning xamma belgilarini o‘ziga jo etgan edi.
Bir daqiqadan so‘ng yozuv taxtasi sifatida keltirilgan kurak suyagiga Nabiyi Akmalning (s.a.v.) og‘izlaridan «to‘kilgan» vahiy kalimalari naqsh etildi:
«Biz insonga ota-onasini (ya’ni, ularga yaxshilik qilishni) amr etdik. Onasi unga ojizlik ustiga ojizlik bilan homilador bo‘ldi (ya’ni, qornidagi xomila kattargan sari onaning holi qurib zaiflasha borur), uni (ko‘krakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (kelur). (Biz insonga buyurdikki) «Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Yolg‘iz O’zimga kaytajaksan!» Agar ular seni o‘zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo‘rlasalar, u holda ularga itoat etma! Ularga (garchi kofir bo‘lsalarda) dunyoda eng yaxshi muomalada bo‘lgin va o‘zing Menga ijobattavba qilgan kishilarning yo‘liga ergashgin! So‘ngra O’zimga qaytursizlar, bas, Men sizlarga qilib o‘tgan amallaringizning xabarini berurman». (Luqmon surasi, 14-15)

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:52:50

Sa’d ortiq savolga o‘rin qolmaganini his etdi. So‘ramasa ham, miyasini g‘ovlatayotgan savollarga javob topgan edi.
Yer yuzida faqat ikki inson orasida bo‘lib o‘tgan, ammo haqiqatan ham ulkan ahamiyatga ega bu voqea malaklar olamidan xususiy bir farmon kelishiga sabab bo‘lgan, toki yer yuzida ona va o‘g‘il bor ekan, doimo o‘timli bo‘lajak bir hukm kelgan edi.
Ayol ham o‘z navbatida o‘lim ro‘zasiga barham berdi... (Ibn Kasir. Tafsir.)
Zubayr ibn Avvomning onasi Safiyya Janobi payg‘ambarning ammalari edi. Otasi Avvom esa, Fijor jangida halok bo‘lgan.
Zubayrning musulmon bo‘lganini amakisi eshitib, yuzi burishib ketdi. Jiyanining bu ishidan aslo xursand bo‘lmagan edi u.
— Eshitganlarim rostmi, ey Zubayr? — deb so‘radi jahldan o‘zini zo‘rg‘a tiyib.
— Qaysinisi, amaki?
— Ya’ni, sabiy (yulduzlarga sig‘inuvchilardan) bo‘lganmishsan?
— Aslo, amakijon. Hech kachon sabiy bo‘lolmayman, — deb javob kidi Zubayr. Uning to‘g‘ri so‘zli ekanini amakisi bilardi.
— Demak, tuhmat qilishibdida... —. dedi va suhbat shu bilan tugadi.
Oradan o‘tgan bir necha kun davomida amaki bu xaqda boshqa o‘ylamadi. Ammo tasodifan uni namoz o‘kiyotganda ko‘rib kolib, fig‘oni ko‘kka ko‘tarildi.
— Sen tunov kuni menga yolg‘on so‘zlabsanda, Zubayr?— dedi.
Men yolg‘on gaiirmadim. Unday niyatim xam yo‘q, amakijon!
— Ya’ni, Muhammadning da’vatiga yurib, uning diniga kirganingni inkor kilasanmi?
— Yo‘q, hech qachon inkor qilmayman. Muhammad ibn Abdullohning diniga kirganim rost, ammo u sabiy emas, men ham. Hozir ham Yaratganga sajda qilayotgan edim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:53:43

— Masala endi oydinlashdi, — dedi amakisi. — U holda, amaking sifatida darhol eski diningga, otang Avvomning va mening dinimga qaytishingni talab etaman.
— Bunday qilolmayman, amakijon.  Jiddiy gapiryapsanmi, Zubayr?!
Amakisining bunday deyishi o‘ta tabiiy bir hol edi. Chunki tushida ham Zubayrning bunaqa javob berishiga ishonmasdi. Hayrat va g‘azab ichida berilgan savolga Zubayr g‘oyat xotirjamlik bilan:
— Albatta, amakijon, jiddiy gapiryanman, ~ deb javob qildi.
— Men seni amakiga qarshi chiqadigan bola bo‘lasan deb sira kutmagan edim. Shu kungacha bunday xattiharakatni ko‘rmadim. Demak, endi butunlay o‘zgaribsanda?!
Zubayr anchagacha pandnasihat tingladi. Ammo bular foyda bermadi. Nasihatlar kor qilmagach, qo‘loyog‘i bog‘landi. Bir xonaga qamab qo‘yildi.
Oradan yigirma to‘rt soat o‘tdi. Bu jazo yetarli bo‘lishi kerak edi. Tong saharda amakisi Zubayrning qo‘loyog‘ini bo‘shatish uchun yoniga kirdi.
«Kechiring, amakijon, mendan xato o‘tdi, pushaymonman...»
Zubayrdan shu gapni eshitish, uni bag‘riga bosish, ko‘zlaridan o‘pib, o‘zining afsuslarini ham aytishni istardi. Hali o‘n oltio‘n yetti yoshlarda bo‘lgan, yaxshiyomonni farqlamaydigan jiyaniga otalik qilish uning vazifasi edi, axir.
— Qalaysan, yo Zubayr?!
— Ko‘rib turganingday, amakijon.
— Ya’ni, pushaymon bo‘lmadingmi?..
Shunday derkan, olib kirgan butini Zubayrnnig oldiga qo‘ydi.
— Qani, bunga sajda qilginda, u ham o‘z navbatida seni afv etsin.
Zubayr achchiqachchik kuldi:
Bir toshning qoshida qanday qilib egilib sajda qilaman, axir?

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:54:04

Amakisining ko‘zi qonga to‘ldi:
— Aqldan ozdingmi, Zubayr? Nimalar deyotganingni bilasanmi? Necha yillardan beri men unga sig‘inib kelaman. Sening otang, onang, bobolaring ham hammasi uning qoshida sajda kilganlar! — Shundan keyin butga o‘girildi va yig‘lamokdan beri bo‘lib: — Afv et uni, nima qilayotganini bilmaydigan bir bechora, aldanibdi, hali juda yosh u... — deya yolvordi. So‘ng yana Zubayrga o‘girildi: — Tushundim, endi seni yaxshilik bilan yo‘lga sololmas ekanman, — deya hurmat bilan butni olib, tashqariga chiqib ketdi.
Bir ozdan so‘ng eshikning tagiga o‘tin kalandi. Olov yoqildi. Xona tutunga to‘la boshladi. Zubayr dimoqni bo‘g‘uvchi bir tuman og‘ushida kolgan edi. Tinmay aksirar, nafas olishi og‘irlashar, ko‘zlari, tomog‘i o‘t kabi yonar edi.
Shu onda Nabiyi Akramning (s.a.v.) ushbu muborak so‘zlari quloqlari ostida jaranglay boshladi:
«Uch narsa bordir, kimki mana shu uch narsaga ega bo‘lsa, komil bir imon sohibi demakdir: 1) Olloh taolo va Rasulini boshqa har qanday borliqdan ko‘ra ortiq sevish; 2) bir insonni faqat Ollohning roziligi uchun yaxshi ko‘rish; 3) takror kufrona xayotga qaytishdan olovga tashlanganday qo‘rqish va nafratlanish». (Imom Buxoriy. 1/9. 250)
Zubayr zo‘rg‘azo‘rg‘a nafas olar, ko‘zlari va burnidan tinimsiz yoshu suv oqar, chakkalari lo‘qillab og‘rir edi. Xonaga to‘lgan tutun orasida «Ollohim, sabr ber...» tarzida iltijo qilar, uning so‘zlari beshak oliy devongacha yuksalayotgan edi.
Nihoyat, og‘irog‘ir nafas olishu beto‘xtov aksirishlar so‘nggi bor «Ollohim!» degan so‘z bilan to‘xtadi. Zubayrning yerga yiqilgani ma’lum bo‘ldi. Olov o‘chirildi, eshik ochildi. Xonadagi tutun tashqariga chiqib, o‘rniga toza havo kirdi. Zubayrni tashqariga olib chiqdilar. Yuziga sovuq suv sepib hushiga keltirdilar. Ko‘zlarini ochganda, tepasida amakisi turardi. Ammo hamon boshini ko‘tarishga majoli yo‘q edi. Qaytaqayta suv sepildi. Amakisi yonidagi butga ishora qildi. Zubayr nigohlari bilan javob berishga urindi: «O’lsam o‘laman, ammo unga qul bo‘lmayman», deyishni istardi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:54:22

— Demak, fikringda sobitsan, shundaymi, Zubayr?! Zubayr pichirlab javob berdi:
— O’lish bu jonsiz toshga sajda qilishdan yaxshiroqdir.
— So‘nggi so‘zingmi shu?
— Yo‘q, bugina emas.
— U holda sendan so‘nggi so‘zingni so‘zlashingni kutyapman.
— La ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh. Mana, mening so‘nggi so‘zim. Doimo shu bo‘lajak.
Zubayrning yuziga shiddatli bir musht kelib tushdi. Keyin yana o‘t yoqildi, xona yana bo‘g‘uvchi tutunga to‘la boshladi. Takror uzuqyuluq, davomli aksirishlar boshlandi. Ko‘p o‘tmay Zubayr hushidan ketdi.
Bu zulm bir necha bor takrorlandi. Natija o‘zgarmadi. Hammasida qaytish taklif etildi, hammasida bu taklif rad etildi. Axiyri, amakisi «Odam bo‘lmaydi» deb hukm chiqardi va qo‘yib yubordi.
Zubayr ibn Avvomning onasi Safiyya Jaiobi payg‘ambarimizning ammalari edi. O’g‘liga berilgan bu qiynoqlarga uning munosabati qanday bo‘ldi? Rozi bo‘ldimi yoki rozi bo‘lmasa ham, qarshilik ko‘rsatishga jur’at eta olmadimi? Yoxud uning noroziligi hech kimga bildirilmadimi? Bu savollarning javobi tarix zulmatlariga ko‘milgandir.

Qayd etilgan