Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211476 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 31 B


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:55:09

* * *
Usmon ibn Affon musulmon bo‘lgan kunlarda o‘ttiz yoshlar chamasi bir qirchillama yigit edi. O’rta bo‘yli, bug‘doyrang tanli, go‘zal yuzli, sersoqol edi. Tozalikni yaxshi ko‘rar, doim ozoda kiyinib yurar edi.
Musulmon bo‘lgan kungacha ham og‘ziga ichkilik olmagan. Rasulullohning (s.a.v.) ammalari bo‘lmish Ummu Hakim Bayzoning qiz tomondan nevarasi edi.
Ma’lum bir paytgacha uning musulmon bo‘lganini hech kim bilmadi.
Hakim ibn Abul Os bir kuni jiyani Usmon ibn Affonni namoz o‘qiyotganida, xuddi jinoyat ustida ushlab olgandek, ko‘rib qoldi.
— Nimalar bo‘lyapti, Usmon? Nimalar qilayotirsan o‘zi?
Usmon yumshoq ovoz bilan javob berdi:
— Namoz o‘qiyapman, amakijon.
— Ya’ni, ibodat qilayotirsan, shundaymi?
— Ha.
— Xo‘sh, sanaming qani? U kaerda?
— Men sanamga sig‘inmayman. U bir tosh bo‘lagi, xolos, — dedi Usmon va olamlarni yolg‘iz Olloh yaratganini, Undan boshka hech bir iloh yo‘qligini so‘zladi. Hakim bu gaplarni eshitgan hamon tepa sochi tikka bo‘ldi.
— Sen bularni qaerdan va kimdan o‘rganding? — dedi darg‘azab bo‘lib.
— Muhammad Amindan o‘rgandim. Haqiqat ekanligiga butun qalbim bilan ishonaman.
— Ko‘zingni och, Usmon, sening uyatchan bir yigit ekanligingdan foydalanib, yo‘ldan ozdirayotgan bo‘lmasinlar, tag‘in.
— Yo‘q, amaki, men vasvasaga solinmadim, ishondim. Shu butlar iloh ekanligini qabul etsam, ana unda yo‘ldan ozgan bo‘laman.
— Bu jiddiy gap emas, Usmon!

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:55:36

Orasira do‘qpo‘pisali, ba’zan nasihatomuz davom etgan uzoq bahslashuvdan keyin Usmon arqonlar bilan bog‘landi. Qamok muddati bir necha kun davom etdi. Ammo Hakim jiyanining bu mavzuda o‘ta samimiy ekanligiga ishonch hosil qildi. Kelib arqonni bo‘shatdi va xohlagan ishini kilishga izn berdi.
Abu Uxayxa Abdulmuttalibning nevarasi Muxammad Amindan biron nuqson topmasada, so‘nggi paytlarda u chiqargan din muammosidan xursand emas edi.
Chor atrofda ko‘plab yoshlarning Muhammadga qo‘shilayotganini eshitib, xushyor turish va tadbirkor bo‘lish lozimligini xis etdi. Chunki o‘g‘illarini ham vasvasaga solib, yo‘ldan ozdirish ehtimoli bor edi.
Birinchi chora sifatida o‘g‘illariga Hazrati Muxammad va u zotga imon keltirganlar bilan uchrashishni taqiqlab qo‘ydi. An’anaviy hayot tarzlarinint o‘zgarishini, kechirayotgan shirin turmushlarining buzilishini sira ham istamas edi u.
Bir kuni qulog‘iga yetib kelgan xabardan larzaga tushdi. Odamlar o‘g‘li Xolidning Makkadan tashqaridagi bir vodiyda namoz o‘qiyotganini ko‘rishibdi.
Darhol boshqa o‘g‘illarini o‘sha yerga jo‘natdi. Uni ushlab olib kslishni buyurdi. Borib qarasalar, haqiqatdan xam namoz o‘qiyotgan ekan. Xolid otasi Abu Uxayha Said ibn Osning huzuriga keltirildi.
— Sen qavmingning butlariga til tekkizishganini bila turib ham Muhammadning diniga kirdingmi? — deya Abu Uxayha o‘g‘lini bu devonalikdan voz kechirishga urindi. Ammo Xoliddan:
— Men devona bo‘lganim yo‘q. O’z aqlim bilan e’tiqod etib Muhammadning diniga kirdim. U bizga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatdi. O’lsam o‘laman, lekin bu yo‘ldan aslo toymayman! — degan javobni oldi.
Abu Uxayxa o‘rnidan sapchib turib, qo‘lidagi xivchinni bor kuchi bilan Xolidning boshiga tushirdi. Shu tariqa ikkiuch marta qattiq savaladi. Tinim bilmay, nafas olmay savalardi u, Nihoyat, xivchin sindi. Holbuki, Abu^ Uxayha xali xumordan chiqmagan edi.
— Yo‘qol ko‘zimdan, nodon! — deya hayqirdi. — Bugundan boshlab sening rizqingni qiyaman!
Xolid bir ahvolda bo‘lishiga qaramay, boshini zo‘rg‘a ko‘tarib, dedi:
— Har kimning rizqini Olloh beradi. Siz rizqimni kessangiz xam men ochdan o‘lmayman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:55:47

Xolid uyning bir xilvat burchagiga qamab qo‘yildi. Qo‘loyog‘i bog‘langan, suv va ovqatdan maxrum etilgan edi. Ota:
— Agar birontangiz Xolid bilan gaplashsangiz, Xolidga berganimdan ko‘ra ham og‘irroq jazo beraman! deb tahdid qildi oila a’zolariga.
Xolidning qamalganiga uch kundan oshganida, Abu Uxayha eshiqdan boshini suqdi:
— Eshushingni yig‘ib oldingmi? — deb so‘radi.
— Ha.
— U holda Muhammad va uning dini haqida menga nimalarni gapirmoqchi bo‘lsang, marhamat.
Xolid chuqur nafas oldi va gap boshladi:
— Muhammad Ollohning rasulidir. U da’vat etayotgan din esa, Haq dindir. Eng to‘g‘ri yo‘l Uning yo‘lidir.
Abu Uxayha o‘zini yo‘qotib qo‘ydi:
— Ey axloqsiz, nodon, hozirgina eshushimni yig‘ib oldim, degan sen emasmiding?!
Xolid ojiz bir ovoz bilan javob berdi:
— Eshushim joyida bo‘lgani uchun ham toshlarni ma’bud deb qabul qilmayman, axir... — dedi.
Abu Uxayha boshqa o‘g‘illariga buyurdi: Xolidni ko‘tardilar va boshini muzday suvga tiqdilar. Necha kundan beri ochlikdan va suvsizlikdan darmoni qurigan Xolid birpasda hushidan kstdi. Buni ko‘rib suvdan chiqardilar. Bir necha daqiqa shunday yotdi. O’ziga kelgan zahoti yana suvga tushirildi. Qarshilik ko‘rsatishga kuchi qolmagan Xolid yana hushini yo‘qotdi. Bu qiynoq uch marta takrorlandi, keyin to‘xtatdilar. Olib borib yana qamab qo‘ydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:55:55

Kechasi sekin eshik ochilib, umr yo‘ldoshi Umayna kirdi. U eriga ovqat olib kelgan edi.
— Senga xushxabar keltirdim, ey Xolid, — dedi sevinch yoshlarini oqizib, — bugundan boshlab men ham sening diningga kirdim. Men ham butlardan voz kechib,
yolg‘iz Olloh borligiga imon keltirdim. Muhammad Amin Ollohning rasuli ekanligiga shubham qolmadi.
Xolid benihoya xursand bo‘lib ketdi, ammo bu xursandchilikni izhor etishga ham darmoni yo‘q edi. Ko‘zlarining ichida g‘irapshra porlagan xushnudlik ziyosini ko‘rishga esa, qorong‘ilik xalaqit berardi.
Xolid olib kelingan ovqatni yedi. Sal bo‘lsa ham, darmonga kirdi. Yechilgan arqonni shu yerda qoldirdi, so‘ngra ota xonadonini butunlay tark etib, chiqib ketdi.
Ertalab Xolidni qamab qo‘yilgan xonadan topa olmagan Abu Uxayha nima qildi? Xolidning xotiniga jabr qilindimi? Umayna xonim xam o‘sha kechasi Xolid bilan birga chiqib ketdimi yoki vaqtincha yana uyda qoldimi? Bizga qorong‘i.
Faqat shu narsa ayonki, Xolidga ko‘rsatilgan jabru jafolar uning yaqinlariga qattiq ta’sir qildi. Chunonchi, xotini Umaynaning musulmon bo‘lishi buning srqin dalilidir. Ko‘p o‘tmay, Xolidning ukasi Amr ibn Said xam Rasululloh (s.a.v.) janobimizning huzurlarida shahodat keltirdi va musulmoi bo‘ldi.
Shu voqsadan keyin Xolid uyiga qaytmadi. Makka tog‘laridagi g‘orlardan panoh topdi. Shu yerlarda toatibodat qilib yurdi. Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga bordi, qarshilariga tiz cho‘kdi, u zotdan taralayotgan xushbo‘y islardan bahramand bo‘ldi, qalblarga huzur bag‘ishlovchi kalomlarini tingladi.
Imon keltirgandan so‘ng takror kofirona hayotga qaytishdan olovdan qo‘rqqanday qo‘rqib chekingan Xolid og‘ir sinovdan o‘tgan, komil imon sohibi ekanligini hayotini xavf ostiga qo‘yib isbotlagan edi. Asl mukofot oxiratda olinadi. Ammo u halihozirdanoq, buyuklarning buyugi Payg‘ambarimizning huzurlaridayoq mukofotini ola boshladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:56:05

* * *
Amr ibn Abasa Sulaym qabilasidan bo‘lib, qavmining yashash tarzidan norizo bir kishi edi. Ularning butga sig‘inishdek jaholatga berilgani uni kuyuntirardi.
Ko‘pincha, safar chog‘larida rohiblar bilan suhbatlashib qolsa, ular yaqin vaqtlarda Hijoz tomonlardan bir payg‘ambar chiqadi, deb gapirishardi. Shu bois Amrning ikki qulog‘iyu ikki ko‘zi Makkada bo‘lib qoldi. Har safar Hijozdan keladigan kishilarning yo‘lini poylar, ulardan «Makkada yana nima gaplar bor?» deb surishtirar edi. Nihoyat, bir kuni makkalik yo‘lovchilar bir yangilik topib keldilar.
— Gan ko‘p, ey Amr, — dedi ular. — Makka xuddi bir doshqozondek qaynamoqda Abdulmuttalib avlodidan Muhammad ibn Abdulloh ismli birisi payg‘ambarlik da’vosi bilan o‘rtaga chikdi. Hozir hammaning og‘zida shu gaplar bo‘lib qoldi...
Amr bir daqiqa ham vaqtini boy bermay, darhol tuyasiga mindi va Makka tomonga yo‘l oldi.
Qidirgan odamini topgan onda bir zum hayratdan lommim deyolmay qoldi. Karshisida yuzidan nur yog‘ilib turuvchi, bag‘oyat kelishgan, yoqimli bir inson turar edi. Ko‘zlari bu odamning g‘oyat samimiy, rostgo‘y ekaniga bir dalildek porlardi. Uzoq yillik hayotiy tajribalariga suyangan hassos yuragi go‘yo: «Bu odamga ishonmasang, dunyoda boshqa ishonsa bo‘ladigan insonni qidirishing behuda!» deyayotgandek, teztez ura boshladi. Yoniga o‘tirdi, ba’zi bir narsalarni so‘radi. So‘ngra:
— Juda soz. Men ham sening yo‘lingni tanladim, senga imon keltirdim! — dedi.
Shahodat kalimalarini keltirdi, musulmon bo‘ldi.
Rasulullohning (s.a.v.) yonlarida qolishni, U zotga qo‘lidan kelganicha yordam berishni istardi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uning bu fikrlariga qo‘shilmadilar.
— Sen bu yerda qolsang bo‘lmaydi. Ko‘rib turibsan, hozir vaziyat juda og‘ir. Sen yaxshisi hozir uyingga qayt va mening g‘olib chiqqanimni eshitgan zahoting kelib menga qo‘shil, — deya maslahat berdilar.
Amr ibn Abasa Rasuli Kibriyoning bu amrlariga bajonidil rozi bo‘ldi va o‘sha zahotiyoq uyiga qaytib ketdi.
Yillar o‘tar, biron xushxabar eshitib qolarman, degan umidda Amr kelganketganlardan Makkadagi ahvol haqida so‘rabsurishtirar edi. (Imom Muslim. 1 /569.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:56:19

* * *
G’ifor qabilasida o‘z holicha kun kechirib yuradigan akauka bo‘lardi. Akaning ismi Abu Zarr, ukasining ismi Unays edi. Bir kuni, Makkada payg‘ambar chiqibdi, degan xabar quloqlariga chalindi. Abu Zarr:
— Tuyangga minu, hoziroq Makkaga yo‘l ol, ey Unays. Bular mish-mish gaplarmi yoki haqiqatmi ekanini bilib kel, — dedi.
Unays akasining istagini bajo keltirish uchun Makkaga borib keldi.
— Qanday xabarlar keltirding, ey Unays?!
— Bir odamni ko‘rdim. Ezgulik tarfdori, yomonlikning dushmani ekan. Biroq xalq unga qarshi.
Abu Zarr bu javobdan qoniqmadi:
— Dardga davo, chanqoqlikni bosadigan javob bo‘lmadi bu gaplaring, ey Unays! — dedi yuragi tipirchilab.
So‘ngra to‘rvasini yelkasiga osib, qo‘liga hassasini olib, o‘zi yo‘lga tushdi. Makkaga keldi. Hech kimdan hech narsa haqida so‘ramadi. Zamzam suvidan ichib, bir chekkada xayol surib o‘tiraverdi. Oqshom tushgan, kun koraya boshlagan edi. Hamma birinketin tarqala boshladi. Bir ozdan so‘ng Haramda deyarli hech kim qolmadi. Kechani shu yerda o‘tkazishdan o‘zga chora yo‘q edi.
Shu payt xali balog‘at yoshiga yetmagan bir o‘smir unga yaqinlashdi.
— Adashmasam, musofirga o‘xshaysan, shundaymi? —deb so‘radi.
— Ha, musofirman.
— Marhamat qil, biznikiga boramiz.
Abu Zarr o‘rnidan turdi. Bolaning ketidan uylariga bordi. Ovqatlandilar. Arablarning odatiga ko‘ra, undan kim ekanligi, qaerdan kelganligi so‘ralmadi. Musofir ham bu to‘g‘rida hech narsa demadi.
Tongsaharda Abu Zarr «zora izlaganimni topsam», degan umidda uydan chiqib ketdi. Kech bo‘ldi hamki, Muhammad ibn Abdulloh haqida hech bir xabar eshitmadi. Korong‘i tushar mahali u yana kechagi joyiga borib o‘tirdi. Bir payt:
— Hoy musofir, kecha mehmon bo‘lgan uyingni yo‘qotib qo‘ydingmi? — degan ovozni eshitib, Abu Zarr o‘girildi va kechagi o‘emirni ko‘rdi. O’rnidan turib, yana u bilan ketdi.
Uchinchi kun ham yana ortiqcha gapso‘zsiz o‘sha uyning mehmoni bo‘ldi. Tong otdi. Kelganidan beri ropparosa uch kun o‘tgan, u hamon izlagan kishisini topolmay sarson edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:56:39

— Hoy musofir, nega hech indamaysan? Bu yerlarga nima maqsadda kelding? Kdni, gapirchi, balki yordamim tegib qolar? — dedi haligi o‘smir.
— Agar so‘zlarimni sir tutishga va’da bersang, aytaman.
— Menga ishonaver.
— U holda gap bunday. Muhammad ibn Abdulloh ismli bir kishini qidirayotirman. Payg‘ambarman deb da’vo qilayotgan emish. Topa olsam, u bilan suhbatlashmoqchi edim. Menga yordam bera olasanmi?
— Sen qidirayotgan odam amakimning o‘g‘li bo‘ladilar. Mening ismim Ali, hoziroq u kishining huzurlariga borishimiz mumkin. Orqamdan izmaiz borasan. Agar xavfli bir narsani sezsam, devornnig tagiga qaytib kelamanda, senga ishora qilaman. Sen meni kutmay, tez orqaga kaytishing kerak bo‘ladi. Agar devorning yoniga kaytib kelmasam, sen ham men kirgan uyga kirasan,
xo‘pmi?
— Meni xursand qilib yubording, ey Ali, — dedi Abu Zarr omadi chopganidan boshi ko‘kka yetib. Va turli-tuman hayajonu hislar og‘ushida Alining ketidan yurib ketdi. To‘g‘ri Rasulullohning uylariga bordi.
Kirdilar... Abu Zarr Rasulullohni ko‘rarko‘rmas butun vujudini titroq bosdi. Bir oz vaqt shu taxlitda kechdi. So‘ngra o‘zini tutib olib:
— Keltirgan dining haqida menga gapirib bersang, —dedi.
Islom dinining mohiyati, mazmun, maqsadini shaxsan payg‘ambarimizning tillaridan eshitishga musharraf bo‘ldi. Tinglab o‘tirar ekan, qalbi tobora xuzurhalovatga to‘layotganini his etardi. Payg‘ambarimiz gaplarini tugatgach, zo‘r hayajon va samimiy ishonch bilan:
Msn shohidlik beramanki, Ollohdan boshqa hech bir ma’bud yo‘qdir. Yakkayu yagonadir, tengi ham, o‘xshashi ham, sherigi ham yo‘qdir. Yana shohidlik berib aytamanki, sen Uning bizlarga yo‘llagan rasulisan! — dedi.
Nabiyi Akram (s.a.v.) g‘oyat mamnun bo‘ldilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:56:51

¾ Ey Abu Zarr, sen hozircha bu ishni sir saqla. Yurtingga qayt. Ishimiz baroridan kelib, g‘olib chiqqanimizni eshitganingda, kelib bizlarga qo‘shil, — deya tayinladilar.
¾ Ey Ollohning rasuli, sizni haq payg‘ambar qilib jo‘natgan Parvardigorimizga qasamlar bo‘lsinki, ovozim boricha Makka xalqiga bu haqiqatni yetkazmaguncha hech qaerga kstmayman!
Shundan keyin Abu Zarr Ka’ba yoniga keldi va va’dasiga binoan qichqira boshladi:
 ¾ Ey makkaliklar! Eshitmadim demanglar!..
Shovqinsuron tinib, hamma musofirning yuziga tikilib qoldi. Odamlarning diqqatini jalb etishga muvaffaq bo‘lgan musofir bor ovozda da’vosini e’lon etdi:
— Ashhadu alla ilaha illolloh va ashhadu annaMuhammadan ‘abduhu va rosuluh.
Bu muborak sas Masjidi Haramda ilk yangragan shahodat kalimalari edi. Tomog‘i yirtilguday bo‘lib, bor kuchi bilan baqiraverdi. Ovozi Ka’baning devorlaridan Masjidning burchakburchaklarigacha tarqaldi. Qurilgandan beri bu so‘zlarga mushtoq bo‘lgan Ka’ba, ushbu muborak jumlani sog‘ingan Masjidi Haram xuddi jonlanganday bo‘ldi. Butun koinotning muazzam tuzumi mana shu so‘zlar asosiga qurilgan, desak sira yanglishmaymiz. Shu paytgacha xali hech bir inson bu yerda bunday xayrli so‘zlarni so‘zlamagan, bu so‘zlar azaldan abadiyatga qadar saodat va fazilatning yagona va mutlaq kalitiga aylangan edi.
Shu kungacha hech kim qilolmagan ishni qilgan musofirga nisbatan minnatdorlik va shafqat hissila to‘lgan bir necha nigoh Muborak baytning egasiga yo‘naldi: «Ollohim, O’zing uni panohingda asra», deya iltijo qildi.
Boshqa ko‘p kishilarning esa, yuzlari burishdi. Ilk ikkilanish hissi uzoq davom etmadi. Musofir uchinchi marta kalimai shahodatni keltira boshlagan edi hamki, o‘rnidan sapchib turganlar bo‘ldi:
— Ovozini o‘chiring bu tirranchaning!..
— Uring, ayamang bu ablahni! — degan ovozlar bir-biriga qorishib ketdi.
Abu Zarrning ustiga bostirib kela boshladilar. Yomrirdek birinketin yog‘ilgan ton1lar, shapalog‘u kaltaklar uni yerga yiqitdi.
Ustiga yopirildilar. So‘kinish, qarg‘ish va kaltaklar hech to‘xtamas edi.
Bu orada Abbos ularning orasiga kirdi. Abu Zarrning ustiga yotib oldi.
— Uyat sizlarga! Shuncha kishi birgalashib, bir musofirni o‘ldirmoqchisiz? Ertaga tijorat yo‘lingiz G’ifor qabilasidan o‘tishini unutdingizmi? Torting qo‘lingizni!
Abu Zarr rosa do‘pposlangan, zo‘rg‘a nafas olar edi. Vujudi qaqshab og‘riq berar, bu og‘riqlarga chidayolmay ishrar edi. Tonggacha shu ahvolda qiynalib yotdi. Ammo ko‘ngli zarracha yaralanmagan edi. Qalban o‘ta xotirjam, o‘ta tinch edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ertasi kuni ya’ni Ka’bga bordi, yana baqiribchaqirib kalimai shahodatni takrorlay boshladi. Yana ustiga yopirilib, kaltaklay boshladilar. Bu daf’a ham uni Abbos o‘limdan qutqarib qoldi.
Imon va Islomning timsoli bo‘lgan kalimai shahodat makkaliklarga ilk bor Abu Zarr tomoiidan ushbu tarzda e’lon etilgan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:57:04

* * *
Dbu Lahabning yuzsizligi endi ayni shaklda Muhammadning ikkinchi bir qo‘shnisi Uqba ibn Abu Muoytga o‘tgan edi.
U xam uyida yig‘ilib qolgan axlatlarni devordan oshirib Rasulullohning (s.a.v.) hovlilariga to‘kar, ba’zan eshiklarining tagigacha sochib yuborar edi.
Bir kuni yana axlatlarni endi to‘kay deb turganida birdan kimdir chaqirib qoldi.
— Shoshmay tur, ey Uqba! — derdi bu ovoz. O’girildi. Ovoz egasi Tulayb edi... U tez-tez yurib Uqbaning oldiga keldi. Kulimsirab:
— Qani, buni menga berchi, — dedi.
— Nima qilmoqchisan, yo Tulayb? — deb so‘radi Uqba dovdirab.
Tulayb ortiq kutib o‘tirmay, sharta axlat chelakni oldida, Uqbaning baqiribchaqirishiga qaramay, boshidan sochib yubordi. Axlat Uqbanish sochsoqoli, ustboshini rasvo qildi. Tulayb ikki odim orqaga tisarilib tomosha qilarkan, qahqaxa otib kuldi:
— Mana endi bir odamga o‘xshading, ey Uqba, —dedi.
— Arvo, hoy Arvo!..
Abdulmuttalibning qizi eshikni ochganida, g‘aroyib bir manzaraga duch keldi. Ostonada Tulaybni mahkam tutgancha, ustboshi axlatga belangan Uqba ibn Muoyt turardi. O’qba yoshi ancha katta, Tulayb esa, qirchillama bir yigit. Manzara benihoya kulgili edi. Zotan, Arvo o‘zini tiya olmay, qahqaha otib yubordi.
— Nima gap, ey Uqba?!
— O’g‘lingning ishini bir ko‘rib qo‘y! — dedi Uqba darg‘azab holda.
Arvo birdan kulgidan to‘xtab, jahl ila o‘g‘liga o‘girildi:
— Nimaga bunday qilding, Tulayb?..
Tulayb bo‘lgan voqeani ro‘yi rost gapirib berdi. Shundan so‘ng Abdulmuttalibning qizi Arvo yana Uqbaga qaradi:
— O’g‘limning ishidan juda xursandman, Uqba! Undan faxrlansam arziydi. Muhammad ibn Abdulloh menga jondoshqondosh jiyan, bunga esa, tog‘avachcha bo‘ladi. Sening shu razil ishni qilayotganingni ko‘rabila turib indamay o‘tib ketganida edi, ana unda xafa bo‘lardim.
Sen qilmishingga yarasha jazo tortibsan. Endi o‘g‘limni qo‘yib yuborginda, tezroq bu yerdan daf bo‘l! — dedi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 02:57:56

BILOL HABASHIY

Bilol ibn Abu Raboh habash — qopqora tanli, uzun bo‘yli, bir oz bukri, sochlariga oq tushgan, siyrak soqolli bir qul edi. Makka aslzodalaridan Umayya ibn Xalafning quli edi.
Umayya Bilolning musulmon bo‘lganini eshitib, quturib ketdi. O’ziga qaram bo‘lgan bir odamning ruxsat so‘ramay, hatto u bilan maslahatlashishni ham lozim ko‘rmay, dinini o‘zgartirganiga chidayolmay koldi.
— Chaqiring menga o‘sha axloqsizni!
Bir ozdan so‘ng Bilolni uning qarshisiga keltirdilar.
— Muhammadning diniga kirgan emishsan?!
— Ha, uning diniga kirdim va haqiqiy huzur-halovatni o‘sha dindan topdim, — deb javob qildi Bilol mag‘rur qiyofada.
— Juda soz. Ammo endi u dindan qaytasan!
— Aslo!
— Tushunmadim.
— Dunyo ostinustun bo‘lib ketsa ham, bu dindan qaytish haqida o‘ylab ham ko‘rmayman!
Umayya boshqa qullariga o‘girildi.
— Olib boring buni! — dedi.
Bilolni qamchi bilan savalay ketishdi. Har zarba urilganda qamchi yalang‘och badanida uzunuzun iz qoldirar edi. Umayya shaxsan o‘zi bu qamchilashni nazorat qilib turardi.
Bilol har savalanganda:
— Ahad!.. Ahad!.. Ahad!.. — der edi.
Umayya bir ishora bilan savalashni to‘xtadi. U qulining so‘zlariga qiziqib qolgan edi.
— Qamchilar sonini sanayapsanmi? — deb so‘radi kinoya ila.
— Yo‘q.
— Bo‘lmasa, nega har qamchi yeganingda «bir... bir...bir...» deyapsan?
— Ollohu ahad (ya’ni, Olloh birdir) demoqchi edim.
—Tushunarli. Bu so‘zingdan qaytmaguningcha va ilohlarimizga sig‘inmaguningcha kaltaklanaverasan.

Qayd etilgan