Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211500 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 ... 31 B


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:02:49

Yosir oilasining so‘nggi kuni edi. Sumayya hamon ikki tuyaning orasida bog‘loqlik. Tuyalar teztez ikki tomonga haydalar, dodfaryod ko‘tarilar, Sumayyaning vujudi qoq ikkiga ajralib kstayozgandagina tuyalar yana joylariga qaytarilar edi. Eng achinarlisi shunda ediki, Sumayyaning bu qadar azoblanishini ko‘rabila turib na Yosir, na Ammor unga yordam bera olar edilar. Chunki ular ham iskanja ostida edilar.
Amr qo‘lidagi sharob to‘la kosani bo‘shatdida:
Sen aslida Muhammadning o‘ziga oshig‘u beqaror bo‘lgansan. Shuning uchun uning diniga havas qo‘yding, shunday emasmi? — dedi haqoratlab.
Shu damda badaxloq Amrning yuziga bir tufursa, Sumayyaning yuragida armoni qolmas edi. Ammo bu ahvolda shuning ham imkoniyati yo‘q edi.
— Uyatsiz, olchoq! — deya oldi, xolos.
Amr qo‘lidagi kosani yerga uloqtirdi, tuyalar ustida o‘tirgan xizmatkorlariga keskin ishora qildi. Xizmatkorlar tuyalarni shunday qattiq savalashdiki, jonholatda ikki tomonga yugurib, Sumayyaning tanasini ikkiga bo‘lib yubordilar. Bu ham yetmaganday, Sumayya so‘nggi nafasini chiqarar ekan Amr qo‘liga nayza olib, bor kuchi bilan unga sanchdi. So‘nggi va bo‘g‘iq bir faryod ko‘tarildiyu hozirgina tipirchilab turgan vujud qimirlamay qoldi.
Ushbu onda xizmatga doim shay farishtalar Olloh yo‘lida birinchi bo‘lib shahidlik sharbatini ichish baxtiga muyassar bo‘lgan Sumayyaning ruhini oldilar. Samovotga uchgan va yuksalgan sari ma’naviy, abadiy bir hayotga erishayotgan aziz ruh orqasida ming bir azob bilan tipirchilaytipirchilay harakatsiz qolgan tanani osongina tark etgan edi.
Islom dinida ilk imon keltirgan Xadichatul Kubro hazratlari bo‘lsa, bu yo‘lda ilk shahidlik martabasiga erishgan inson Sumayyadir. Hali uning orqasidan qanchaqancha shahidlar keladi, jonlarini Olloh yo‘lida sevaseva beradigan yuzlarcha, minglarcha kishilar uning qatoridan o‘rin oladilar. Ammo Ollohga ilk vosil bo‘lgan shahdid o‘laroq, ikki tuya orasida jon olib jon berayotgan bir paytda Ollohning eng ashaddiy dushmani tomonidan eng mahram joyiga sanchilgan bir nayza bilan shahid etilgan nozik vujudli Sumayya baribir ulariing oldida turadi.
Sumayyadan keyin eri Yosir ham shafqatsizlarcha qiynoqlarga ortiq dosh berolmadi. U ham aziz ruhini jannati oliyaga olib ketish uchun kelgan farishtalarga topshirdi. Shu yo‘sin, shahidlar daftarining ilk ikki sahifasi Yosirlar oilasiga bag‘ishlangan edi.
Ammor avval onasi, so‘ngra otasining og‘ir azobuqubatlar ichida shahid etilganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:03:10

Unga hamon zulm qilinardi. Ko‘z o‘ngida og‘ir qiynoqlar ostida ota-onasining shahid bo‘lishi yuragini tilkapora qilib, dardiga dard qo‘shib yubordi.
Nihoyat, Ammorning boshini suvga tiqdilar. Nafasi qaytgan Ammor hushidan ketgach, suvdan chiqarib olindi. Xo‘sh, nima deysan? Hali ham Muhammadni payg‘ambar deb da’vo qilaverasanmi?
— Ha... u haqiqiy payg‘ambardir...
Yana boshi suvga tiqildi. Yana hushidan ketdi. Bu safar suvdan chiqarilganda, ichiga ancha suv ketgan, rangiro‘yi oqargan edi. Ammor o‘lim daqiqalari yaqinlashayotganini sezdi. Ortiq bardoshi qolmadi. Bu odamlardan esa, rahmshafqat kutib bo‘lmasdi.
— Xo‘sh, endi nima deysan? Muhammad hali qam sen uchun payg‘ambarmi?
Ammor sindi:
— Yo‘q, endi payg‘ambar emas... — dedi.
— U yolg‘onchidir, de.
— U yolg‘onchidir.
— Lot va Uzzochi?
— Lot va Uzzo ilohlarimizdir...
Amrning ko‘zlarida zafar uchqunlari chaqnadi.
— Mana, endi o‘zingga kslding, binoyiday aqling bor ekanku? Ota-onang kabi ahmoqlarcha o‘lib ketmading, — deb baqirdi.
Qiynoq to‘xtatildi. Ammor ko‘yib yuborildi.
Bu xabar musulmonlar orasida shiddatli bo‘ron kabi tez tarqaldi. Sumayya bilan Yosirning bu yo‘lda jon berganini eshitib, ko‘zyoshi to‘kkanlar, bu daf’a Ammorning ortidan yig‘ladilar. Unga achindilar. Ammo uning uchun to‘kilgan yoshlar va chekilgan ohlarning ma’nosi boshqa edi.
— Hayf senga, Ammor... esiz. Atigi bir qadam qolgan ediya, bardosh berishing kerak edi, bardosh.
Keyingi paytlarda musulmonlarning ham, mushriklarning ham bittagina bahslashadigan mavzui mana shu voqea bo‘lib qolgan edi.
— Qanday bardoshli odamlar ekana, qoyil!
— Xudo haqqi, agar shunday zulm menga nisbatan qilinsa, butlarni qarg‘ashni talab etsalar, hali qiynoq boshlanmasdanoq Lotning ham, Uzzoning ham, Xubalning ham yetti pushtini aymay qarg‘ab tashlardim.
Davrada qahqaha ko‘tarildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:03:41

* * *
Bular qul emas edi. Yoki zaif, orqasida suyanchig‘i yo‘q kishilar ham emas edi. Qullarga ko‘ngilxushlik uchungina azob beradigan, azob berayotganidan rohatlanadigan, iskanja ostidagi qulning faryodiga yoki qiynalishiga emas, balki yelkasida qamchi qoldirayotgan izlarga zavqlanib boqadigan, ularni kaltaklashga buyurib qo‘yib, o‘zlari sharobdan ichaicha: «Otam uchun ur, bobom uchun ur!..» deb qiyqiradigan, ba’zan kamchini o‘z qo‘liga olib: «Mana bunday, mana bunday urish kerak!» deya ta’lim beradigan nastkash odamlar edi bular.
Ular o‘zlari kaltak azobini totib ko‘rmaganlar. Kichik yoshdan, balki hali ona qornida ekanligidanoq qullarni kamsitib, so‘kiburib, turtib katta bo‘lgan kimsalar edi bular. Bir paytlar: «Jigargo‘shamni afv eting, xo‘jayin...» deya yolvorgan ota-onalar endi o‘zlari farzandlarining ko‘z o‘ngida bu kichik xo‘jayinlar tomonidan qamchilanar, azob berilar, uyatsiz qarg‘ishlarga duchor etilar edilar.
Qullarni inson qiyofasida yaratilgan bir hayvon deb biluvchi, ularning haqxuquki bormiyo‘qmi deya bosh qotirmaydigan, lekin dunyodagi barcha yumushlarni ular bajarishi kerak degan fikrda sobit turuvchi kishilar edi bu kimsalar!..

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:04:13

* * *
«Lot va Uzzo ilohlarimizdir...»
Yolg‘onlarning yolg‘oni bo‘lmish bu so‘zlarni Ammor chin ko‘ngildan, samimiy ishonch bilan aytmagan edi. Ammo yuragi o‘ta bezovta, o‘ta notinch edi. Ko‘pincha uni azoblagan dushmanlarining ustiga bostirib borishni, «Lot ham, Uzzo ham boshlaringdan qolsin!» deb hayqirishni istardi.
«Ajabo, chindan ham dinimdan yuz o‘girdimmi?.. Ajabo, Rasululloh (s.a.v.) mening 6u ahvolimga nima der ekanlar? Endi U zotning yuzlariga qanday qarayman?» degan o‘yxayollar girdobida qiynalar edi.
Ammo o‘sha kecha tonggacha mijja qoqmadi. Kechqurunga borib, rangiro‘yi somonday sarg‘ayib ketdi. Ichi chiroq yoqsa yorishmas, qalbi ming xil o‘yfikr, ming xil andisha ichida o‘rtanar, vijdon azobi to‘xtovsiz qiynar edi.
Tun yarmida turib: «Ollohim, meni afv eta olasanmi?!» deya yolvorar, iltijo qilar edi.
O’ylayo‘ylay, axiyri bir qarorga keldi: fursat topildi deguncha Rasulullohning huzurlariga bosh urib boradi, bor gapni to‘kib soladi. Agar u zot, imonni qo‘ldan boy beribsan, degudek bo‘lsalar, u holda uni bu ahvolga solganlarning ustiga bostirib boradida, o‘ldirganicha mushriklarni o‘ldirib, so‘ngra o‘zi ham bu yo‘lda jon beradi.
Rasululloh (s.a.v.) bilan ko‘rishadigan, U kishining muborak yuzlariga yana bir bor boqadigan, shirinsuxan so‘zlarini yana bir bor eshitadigan kunni zo‘r intizorlik bilan kutdi. Shunday imkoniyat tug‘ilgan kuniyok vaqtni g‘animat bilib, darhol Rasulullohning huzurlariga bosh urib bordi. Ko‘zlarida nam...
— Nima bo‘ldi, yo Ammor? — deya so‘radilar U sharafli zot.
— Meni zo‘rlab dindan qaytarmoqchi bo‘ldilar, kufr so‘zlarni aytishga majbur qildilar, yo Rasululloh.
— Xo‘sh, qalbing nima deydi?
— Qalbim imonga to‘liqdir!
Shundan keyin Ammor onasi va otasiga qilingan shafqatsizliklarni, ularning qay tariqa o‘ldirilganini yig‘i aralash gapirib berdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:05:04

— Agar yana zo‘rlasalar, talab qilgan so‘zlarini aytaver, — deya ijozat berdilar Rasululloh. So‘ngra atroflarini o‘rab olgan sahobalariga o‘girildilar: — Ammor imoni mustahkam bir insondir. Imon nuri uning suyaksuyaklarigacha singib ketganiga ishonchim komil, —dedilar.
Ushbu damda Ammordan baxtiyor odam dunyoda bo‘lmasa ksrak. Shu kungacha og‘ushida bo‘lgani ruhiy azob birdan o‘z iskanjasini bo‘shatgan edi. Ko‘zlariga yosh quyildi. Ammo bu yoshlar endi g‘amalam yoshlari emas, sevinch yoshlari edi.
Ammor keyinroq bundan ham ko‘proq xursand bo‘lishini hozir bilmas edi. Aslida, ushbu mashavaratda hozir bo‘lgan boshqa kishilar kabi, u ham bu xushxabardan qoniqqan edi.
Ayni onlarda farishtalar olamidan Rasulullohga yetkazish uchun navbatdagi ilohiy farmonning chopari yo‘lga chiqqanini qaydan ham bilar edi!
Darvoqe, bu farmon Nabiyi Akramning (s.a.v.) muborak chehralariga tabassum yugurtirdi:
«Kim Ollohga imon keltirganidan keyin (yana qaytib) kofir bo‘lsa, (Ollohning g‘azabiga uchrar). Lekin kim qalbi imon bilan orom olgani holda (kufr kalimasini aytishga) majbur qilinsa, (uning imoniga ziyon yetmas). Ammo kimning ko‘ngli kufr bilan yoziladigan bo‘lsa, bas, unday kimsalarga Olloh tomonidan g‘azab va ulug‘ azob bordir. Bunga sabab ular hayoti dunyoni oxiratdan afzal bilganlaridir. Olloh esa, kofir qavmni hidoyat qilmas. Olloh unday kimsalarning dillarini, Quloqlarini va ko‘zlarini muhrlab qo‘ygandir. Ular g‘ofil kimsalardir. Shakshubha yo‘qki, ular oxiratda ziyon ko‘rguvchilardir».
Bu oyatlar Payg‘ambarimizning (s.a.v.) nazoratlari ostida Nahl surasining 106—109-oyatlari sifatida qayd etildi.
Endi hech kim «Ammor dindan qaytibdi», deya olmasdi. Uning imonli, mo‘min banda ekanligiga Olloh taoloning o‘zi ham, Uning sharafli Rasuli ham shohid bo‘lgan edilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:05:43

AMR IBN HISHOM ABU JAHL

Bir kuni Masjidi Haramda o‘tirganlarning yuzida shayton kulgi zohir bo‘ldi. Oralaridan bittasi lommim demay qo‘llari bilan Rasulullohni (s.a.v.) ko‘rsatdi. Bu ishora bahona bo‘ldiyu uchqun alanga oldi. Amr birodarlarining biron nima deyishini kutib ham o‘tirmay o‘rnidan turdi va koinot faxri bo‘lmish Payg‘ambar tomon qadam tashladi. O’tirganlar ortdan uni zo‘r hayajon bilan kuzata boshladilar. Hammani bitta masala qiziqtirayotgan edi: Amrning bu tashabbusi qanday natija keltirar ekan?
— O’ylashimcha, Amr Abu Tolibning jiyanini bu safar ayab o‘tirmasa kerak, — dedi birovi.
— Menimcha esa, ish bu bilan bitmaydi, — dedi boshqasi.
Bular shu tariqa bahslashar ekan, Amr Ka’ba qarshisida namoz o‘qib o‘tirgan Rasulullohga (s.a.v.) yaqin boraverdi. So‘ng...
Bu yokdan kuzatib o‘tirganlar Amrning birdaniga ortta tisarilganini, qattiq qo‘rquv ichida chekina boshlaganini ko‘rdilar. Hech kim bu holatga bir ma’no bera olmadi.
Bir necha odim ilgarilamoqchi bo‘lgan Amr yana tuyqus ortiga kaytdi. Nihoyat, yuzlari sarg‘ayib ketgan bir aliozda birodarlarining yoniga keldi.
— Yo Abul Hakim, senga nima bo‘ldi? — deb so‘rashdi hangomatalab oshnalari.
Haqiqatni yashirishga ham Amrning holi yo‘q edi. Asabiy va titroq bir ovozda voqeani tushuntira ketdi:
— Yoniga yaqinlashganimni bilaman, birdan o‘rtamizda ichi olovga to‘la bir chuqur ochilib kelayotganini ko‘rib qoldim. Umrimda bunchalik lovullab yonayottan olovni ko‘rgan emasman. O’sha chuqurga tushib ketmaslik uchun orqaga chekinishga majbur bo‘ldim, — dedi.
— Boshingdan oftob o‘tib ketibdi, Abul Hakim. Xayolga berilibsan...
— Men xayolga beriladigan odammanmi?
— To‘g‘rikuya, ammo bu yerda o‘tirgan shuncha odamning ko‘zi ko‘r bo‘lmasa kerak?!
Amr kulgiga qolishni sira istamas edi.
— Lovullab olov yonib turgan o‘sha chuqurni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim, axir. Sal bo‘lmasa, yuzlarim kuyar edi...
— Xo‘sh, unda sen aytayotgan o‘sha chuqur endi qayoqqa g‘oyib bo‘ldi?
Amr nima deyishini bilmay qoldi. Boyagi joyga qaytib bordi, diqqat bilan razm soldi. Ammo o‘rtada na chuqur bor edi, na olov.
— Haya, — deya po‘ng‘illadi, — meni sehrlagan bo‘lsa kerak.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:06:01

— Qo‘rqqaningdan ko‘zingga ko‘ringan bo‘lmasin tag‘in, ey Amr? — deyishda sheriklari kinoyaomuz ohangda.
— Men hech kimdan qo‘rqmayman!
— Ammo biz avvaliga senga borma dedik, ogohlantirdik, o‘zing quloq solmading.
Amr o‘rnidan turdi. Uyida bir oz dam olmasa, bu hayajonini haliveri to‘xtata olmasligiga amin bo‘lgan edi.
Qurayshlarning oqsoqollari yig‘ilishib Abu Tolibning uyiga borganlaridan buyon ham, mana, birikki oy o‘tib qoldi, ammo Payg‘ambarning (s.a.v.) da’vatlari aslo susaymadi.
Valid ibn Mug‘iyra Amr ibn Hishomni kechki payt uyida qabul qildi. Utirib, rosa suhbatlashdilar, kun sayin keskinlashayotgan vaziyat to‘g‘risida fikr almashdilar. Hoshimiylarning yetakchisi bilan yana bir uchrashishga qaror qildilar.
Ertasi kuni yana Abu Tolibning uyiga keldilar. Kelasolib, dag‘dag‘a qila boshladilar:
— Yo uni bu da’vosidan qaytarasan, yoxud bizning qahrg‘azabimizdan muhofaza etishdan voz kechasan! —deb masalani ko‘ndalang qo‘ydilar.
Abu Tolib jiyanining fazilatlarini, ustunliklarini uqtirishga urinsa hamki, foydasi bo‘lmadi.
 Bilamiz. Biz ham uni yolg‘onchi deyayotganimiz yo‘q. Yomon ham demaymiz. Ammo bizning ilohlarimizga til tekkizishini aslo istamaymiz. Bu taklifimizga rozi bo‘lsa, unga har qancha yordam berishga tayyormiz.
Abu Tolib ikki o‘t orasida qolgan edi.
— So‘zlaringizni unga uqtirishga urinib ko‘raman, bu masalani hal qilishga qo‘limdan kelganicha g‘ayrat qilaman, — deya oldi, xolos.
Ular chiqib ketganlaridan so‘ng boshini qo‘llarining orasiga olib, uzoq vaqt o‘ylanib qoldi. Pastga tupuray desa, soqoliga, balandga tupuray desa, mo‘yloviga tegadi...
Jiyani «hech qanaqa foydasi ham yo‘q, zarari ham» degan butlarga ulkan Makka xalqi katori Abu Tolib ham sig‘inar edi. Shu e’tiqod bilan qanchaqancha aqli raso kishilar yashabo‘tib ketgan edi Makkada.
Ammo har jihatdan fazilat namunasi bo‘lgan jiyaniga biron narsa ham deya olmasdi. Odamlarni da’vat etayotgan dinining, ularga buyurayotgan ibodat va axloqning hech bir nuqsoni yo‘q edi. Kamchilik topish uchun vijdonsiz odam bo‘lish kerak. Holbuki, Abu Tolib insofu tavfiqli, vijdonli bir inson edi.
Miyasida chuvalashgan ming xil o‘yfikrlar ila kurashayotgan Abu Tolib birmuncha vaqt o‘tgandan keyin bolalaridan biriga buyurdi:
 Menga Muhammadni chaqirib kel.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:06:12

* * *
— Meni chaqirdingizmi, amaki?
Abu Tolib aqli raso, vazmin bir kishi edi:
Kel, o‘g‘lim, yonimga o‘tir, dedi mehribonlik ila. So‘ngra bo‘lgan voqeani batafsil gapirib berdi va oxirida: — O’g‘lim, ko‘rib turganingday, endi men ham ancha keksayib qoldim. Meni kuchim yetmaydigan bir ishga aralashtirma, bolam, — dedi.
Rasululloh (s.a.v.) bu so‘zlarni eshitib, ko‘ngillari g‘ashlandi. Ajabo, bu so‘zlar: «Endi men seni himoya qila olmayman», deganimikan? Yoshli ko‘zlarini amakilariga qaratdilar:
— Amaki, men bu ishga o‘z boshimcha bilan qo‘l urayotganim yo‘q. Qasam ichib aytamanki, bu da’vatdan voz kechish uchun o‘ng qo‘limga quyoshni, chap qo‘limga oyni qo‘ysalar yoki meni ikki dunyo podshohi qilsalar ham, bu vazifamni tark eta olmayman. Yoki bu yo‘lda o‘lib keta
man! — dedilar qat’iy.
Keyin o‘rinlaridan turdilar. G’amgin alpozda chiqib ketdilar.
Abu Tolib jiyanining yoshli ko‘zlarini ko‘rib, dili vayron bo‘ldi. Umr bo‘yi uni xafa qilmaslik uchun necha martalab fidokorlik qilgan edi. Endi uning bu ahvoliga rozi bo‘la olarmidi?
— Suyukli jiyanim!.. — deb chaqirdi ortlaridan. Payg‘ambarimiz qaytdilar. Abu Tolib dilidagi gapni aytdi:
— Xo‘p, sen vazifangni bamaylixotir bajaraver. Qasamlar bo‘lsinki, toki men tirik ekanman, senga hech kim zarar yetkaza olmaydi, — dedi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:06:45

ESLI-HUSHLI QARIYA
Utba ibn Robia

Masjidi Haramda suhbatlashib o‘tirgan kimsalardan biri birodarlariga yangi bir taklifni kiritdi:
— Menga qaranglar, do‘stlar. Ko‘rib turibsizlarki, shahrimizda yuzaga kelgan vaziyat tobora keskinlashmoqda. Kechagi kunga qadar hammamiz uchun eng suyukli, ishonchli bir odam bo‘lgan Al-Amin bugun endi maydonga chiqib, tangrilarimizni rad etdi, aqlli, obro‘li kishi
larni g‘ofillik va gumrohlikda aybladi.
— Ha, ha, xuddi shunday bo‘ldi.
— Menimcha, Muhammadning huzuriga borib, uning asl maqsadini bilishimiz kerak. Shu eng ma’qul tadbir, deb o‘ylayman. Shoyad shunda muammoning yechimi ham oson bo‘lsa.
— Rost aytasan, ey Abul Valid, uning huzuriga borib gaplashgin.
Bu paytda Rasuli Mukarram (s.a.v) janobimiz Masjidi Haramning bir burchagida o‘tirgan edilar. Abul Valid U zotning yonlariga keldi, salomlashdi, holahvol so‘radi. So‘ngra shunday deb gap boshladi:
— Ey jiyan, sen oramizda naslnasabi ulug‘, aslzoda bir oilannig farzandisan. Hammamiz seni hurmat qilamiz. Ammo... sen yo‘q yerdan bir masala chiqarding u, qavmingni notinch qilding, jamoamizni tarqatding. O’y fikrlarini xato deding, xattixarakatlarini ahmoqlikka sanading. Ma’budlarini, dinlarini bema’ni deding. Ota-bobolarimiz, seningcha, kufrona hayot kechirgan bo‘lib chiqdilar... Endi, menga yaxshilab quloq sol, senga bir qancha takliflarni arz etaman, biri bo‘lmasa, boshqasi ma’qul bo‘lar.
— Gapir, ey Abul Valid, qulog‘im senda.
Utba birinketin takliflarini bayon eta boshladi:
— Ey qardoshimning o‘g‘li, agar sen molmulk orttirish uchun ushbu da’vo bilan chiqqan bo‘lsang, davlatimizdan bir qismini senga beraylik, ichimizda eng boy badavlat odam sen bo‘lasan. Agar shonsharaf, obro‘e’ti bor, martaba uchun bu ishga qo‘l urgan bo‘lsang, seni o‘zi
mizga boshliq qilib qo‘yaylik. Shunda sendan so‘ramay biron ish ham qilinmaydi. Shox bo‘lish orzuida bo‘lsang, seni o‘zimizga podshoh qilaylik. Agar ko‘zingga allam balo jinu shaytonlar ko‘rinib vasvasaga solishayotgan bo‘lsa, boryo‘g‘imizni sarflab bo‘lsa ham, seni zo‘r tabiblarga ko‘rsatib davolataylik. Chindan ham ba’zan odamlarda shunday holat bo‘lib turadi, davolanmaguncha jinlardan xalos bo‘lolmaydilar...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:07:00

Utba, bir qaraganda, haqli edi. Kechagi kunga qadar hech kimning xayoliga ham kelmagan bir ishni o‘rtaga qo‘ygan va uni yuritish uchun zo‘r g‘ayrat ko‘rsatayotgan insonning asl niyati, uningcha, yukorida sanab o‘tilgan maqsadlardan biri bo‘lishi mumkin edi. Ammo chuqurroq razm solinsa, bu masalaga Utba yuzaki yondashgani ravshanlashadi. Chunki bu vazifa Muhammad Aminning shaxsiy tashabbusi emas, balki ilohiy bir vazifa edi. Da’vat etilgan din va yashash tarzi ham o‘ziga xos, mukammal bir voqelikdir.
Utba va uning kabi o‘ylaydiganlar yangi dinga kirsalar, nimalarini yo‘qotadilar, eski yashash tarzlarini saqlab qolsalar, nimaga erishadilar?
Bir qarashda to‘g‘ri gapirayotgandek bo‘lgan Utbaning zimmasiga tushgan mas’uliyat shu kungacha kechirib kelgan hayot tarzlarini atroflicha muhokama etishi va uni yangi din keltirgan xukmlar bilan solishtirish, oradagi farqlarni ko‘rsatib, agar o‘ziniki yaxshiyu yangi din yomon bo‘lsa, o‘shandagina: «Bizni zararga yetaklaydigan, axloqsizlikni tashviq etadigan, insonlarday yashash huquqimizdan maxrum qiladigan... yo‘lga chaqirishdan maqsading nima, ey Muhammad?!» deyishi ksrak emasmidi?
«Sen bizning shohlarimizni yerga urding, aqlli odamlarimizni beaql deding..» kabi umumiy gaplar qaysi dardga davo, qaysi yaraga malham bo‘la olardi?! O’z navbatida, Rasululloh ham o‘rtaga chiqib butlarga madhiyalar yog‘dirib, arablarning johilona hayotini maqtay olmas edilar... «Zinoning, fahshning har turini mukammal tarzda ijro etasizlar, sizlar bilan faxrlansak arziydi», ham deya olmasdilar. «Qullaringizni itlaringizchalik xam qadrlamaysiz, bu juda ham to‘g‘ri. Ularga ozodlik bersangiz, la’natlanasiz», deya olmasdilar, axir. Sarvari Anbiyo (s.a.v.) Utba Validning so‘zlarini dikkat bilan tingladilar. Nihoyat:
— Gaping tugadimi, ey Abul Valid? — dedilar.
— Ha, tamom qildim.
— U holda endi sen ham menga quloq sol. Rasululloh (s.a.v.) avval «Bismillahir rohmanir rohiym» dedilar. So‘ngra Sajda surasini o‘kiy boshladilar:
«Alif, Lam, Mim. Bu kitobning (ya’ni Qur’onning) nozil qilinishi, hech shakshubhasiz, barcha olamlarning Parvardigori tomonidandir. Boisi: «Uni (Muhammadiing o‘zi) to‘qib olgan» derlar?! Yo‘q, u (ya’ni, Qur’on) sizdan ilgari biron ogohlantiruvchi kelmagan qavmni (oxirat azobidan) ogohlantirishingiz uchun Parvardigoringiz tomonidan (nozil qilingan) haqiqatdir. Shoyad ular hidoyat topsalar. Olloh osmonlar va Yerni hamda ularning o‘rtasidagi bor narsalarni olti kunda yaratib, so‘ngra arshni egallagan Zotdir. Sizlar uchun Undan o‘zga biron do‘st va oqlovchi yo‘qdir. Axir, eslatmaibrat olmaysizlarmi?! U osmondan yergacha bo‘lgan barcha ishni tadbir qilib — boshqarib turur, so‘ngra (6u ishlarning barchasi) sizlarning hisobingizda ming yilga teng bo‘ladigan bir kunda (ya’ni, qiyomatda) Uning O’ziga qaytarilur. Mana shu (Olloh) g‘oyib va hozirni biluvchi, qudratli va mehribondir. U barcha narsani chiroyli qilib yaratgan Zotdir. U insonni (ya’ni, Odam atoni) dastavval loydan yaratdi. So‘ngra uning nasli avlodini haqir bir suvdan iborat bo‘lgan nutfadan paydo qildi. So‘ngra uni rostlab, ichiga O’z (dargohidagi) jondan kiritdi. U Zot sizlar uchun quloq, ko‘z, dillarni naydo qildi. Sizlar esa kamdankam shukr qilursizlar»...

Qayd etilgan