Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211371 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 23 24 25 26 27 28 29 30 31 B


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:17:43

* * *
Amir ibn Robianing xotini Laylo maydachuyda kiyimkechaklarni yig‘ishtirib, eshagiga yuklar ekan, birdan cho‘chib tushdi.
— Yo‘l bo‘lsin,. ey Abdullohning onasi, biron safarga otlandingmi, deymana?
Kim ekanligini bilish uchun Laylo boshini o‘girishiga hojat yo‘q, kimligi ma’lum edi. Shuning uchun butun jasoratini yig‘dida, xotirjam javob qildi:
Ha, yo Umar, Ollohning dargohi keng, erkin nafas olishimiz mumkin bo‘lgan bir yurt qidirib yo‘lga tushmoqchimiz. Axir, sizlar bizni og‘ir ahvolga solib qo‘ydingizku? Ayovsiz ezib, xo‘rladilaringiz. O’z vatanimizda osoyishta yashashimizga qo‘ymadilaringiz. Umid qilamizki, Olloh bizga ham bir boshpana berib qolar. Juda soz. Olloh yo‘ldoshingiz bo‘lsin...
Laylo Umarning ovozida qandaydir ma’yuslik, achinish ohanglarini sezdi. Aslida, u juda g‘amgin edi, ichi yonardi, ho‘ngrab yig‘lab yubormaslik uchun to‘xtovsiz ravishda lablarini tishlar edi. Uyini, go‘shasini, tug‘ilib o‘sgan vatanini tark etish osonmi?
Balki mana shu g‘amginlik bois Umarning ovozida ma’yuslik bordek tuyulgandir. Yoki Umar chindan ham unga achindimi?
Bir ozdan keyin eri Amir kelgach, unga bor gapni so‘zlab berdi. Amir xotinining kuzatishlariga unchalik ahamiyat bermadi.
— Nima, Umar musulmon bo‘ladi deb o‘ylayapsanmi?!
— Ha, nimagadir ko‘nglimda shunaqa fikr uyg‘ondi. Qilgan zulmlariga pushaymonlik hissi bor edi, nazarimda.
— Aqlim bovar qilmaydi, — dedi Amir. — Xattobning eshagi ham musulmon bo‘lmaguncha, Umar musulmon bo‘lmaydi.
Suhbat asnosida tayyorgarlik ham tugadi. Jondan aziz vatanlarini tark etar ekanlar, oldindagi eshakka «Chuh!» dedilar.
Boshqaboshqa vaqtlarda, go‘yo birbirlaridan bexabar kabi yo‘lga chiqqan xotin va erkaklardan iborat o‘n besh kishini Jidda yo‘li birlashtirdi. O’n bittasi erkak, to‘rttasi ayol edilar. Birlashganlaridan so‘ng, mabodo orqamizdan xabar topib yana ta’qib etib yurmasinlar, degan o‘yda teztez yurib ketdilar.
Jiddada endi yo‘lga otlanib turgan bir kemaning ustidan chiqib qoldilar. Darhol yo‘lkira kelishildi. Odam boshiga yarim dinordan to‘g‘ri keldi. Kemaga o‘tirdilar. Vaqtni yo‘qotmay, kema tez yo‘lga chiqdi.
Mushriklar bu safar to‘g‘risida kechroq bo‘lsada, xabar topib, o‘sha zahoti orqalaridan ta’qib eta boshladilar. Jidda soxiliga keldilar, ammo ulgurmadilar. Uzoqdan qorasi tobora kichiklashib borayotgan kemaga bittasi ishora qilib:
— Ana ular, huv anavi kemada ketyaptilar, — dedi.
Kema sohildan anchamuncha uzoqlashib ketgan edi, orqaga kuruk qaytishdan o‘zga chora qolmadi ularga.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:18:10

* * *
Habash o‘lkasining bagri keng edi. Kemada kelgan shuncha yo‘lovchini sig‘dirgan, 6u o‘n besh kishi bilan torayib qolmasdi. Boriga qanoat qiladigan, ahvollaridan shikoyat etmaydigan bu kishilar tezda Habash yurtiga o‘rnashib oldilar.
Ular tinchxotirjam toatibodat qila boshladilar. Hech kim taeyiq etmaydi. Makkadagi hayotning butkul aksi. Osoyishta kunlar boshlandi. Abu Jahl, Abu Lahab, Umar ibn Xattoblar bu yerda yo‘q. Ammo Makkaning dog‘ihasrati, Rasulullohning (s.a.v.), Ka’baning, u yerda qolgan mo‘minlarning sog‘inchi bor edi bu ko‘ngillarda. Bu yerdagi odamlarni birov tanimaydi. Oralarida bironta ham musulmon yo‘q. Shunday bo‘lsa ham, habashistonliklar ularni quchoq ochib kutib oldilar, og‘irlarini yengil qilib, ko‘makchi bo‘ldilar. Toatibodatlariga esa, aralashmas edilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:18:24

* * *
Makka...
Rasulullohni (s.a.v.) jinni bo‘lib qolibdi, degan mish-mishlar tarqatildi. U yerbu yerda gap ochilsa, uni shayton vasvasaga solib qo‘ygan, deb gaiirishar edi. Hatto huzurlariga kelib, u kishiga ochiqoydin:
— Sen jinnisan, — deganlar ham bo‘ldi.
— Axir, gaplaring to‘g‘ri bo‘lsa, bizga dalil qilib farishtalarni ko‘rsat, — derdilar.
Gap eshitadigan, gap uqadigan ahvolda emas edi ular. Aslida, gap uqish uchun kelmagan edilar.
— Yoningda farishtalar bo‘lmasa, biz bilan gaplashma, ehtiyot bo‘l... — derdilar.
Har kim og‘ziga kelganini qaytarmas edi. Bu so‘zlar g‘ofil bandalarning, gumroh kimsalarning istehzo, kinoyalaridan iborat edi.
Rasulullohni (s.a.v.) telba deb mish-mish tarqatganlar o‘zlari ham telba emas edi. Aqli joyida, eshushli odamlar edi.
Tijorat sohasida ilonning yog‘ini yalagan, mug‘ambir, ayyor kipshlar bor edi oralarida. Ularni aldab, qo‘llaridagi molni olib qo‘yish amrimahol edi. Haj mavsumi yaqinlashgan sari, bo‘lg‘usi tashviqotlarda bir yoqadan bosh chiqarib ish tutaylik, aks holda, musofirlar shubhalanib qoladilar, deb kelishib olishlari ularning yetarli darajada aqllari bor ekanligini ko‘rsatmaydimi?!
Rasuli Akramning (s.a.v.) esxushlari joyidamiyo‘kmi ekanini ajrata oladigan layoqatli kimsalar edi ular. Necha yillar u zot bilan maslahatlashib, u kishining o‘gitlaridan o‘rnak olib ish tutgan va nihoyat «Al-Amin» deb ism berganlar ham o‘sha gumrohlardir. Bu sifat insonlarga berilishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi, eng ulug‘ bir nom edi. Buyuk Olloh xam o‘z habibini «Amin» deb sifatlagan, axir.
Ular bu mish-mishlar bilan musofirlar tugul, o‘zlarini ham alday olmay garang bo‘lib yurganlarida, Rasulullohni (s.a.v.) navbatdagi vahiy isi qamrab oldi. Muborak qalblariga ilohiy kalom ushbu oyatlarni yoza boshladi:
«Nun. Valkalami va ma yasturun...»
— Nun... Qalam va (u bilan farishtalar) bitadigan bitiklarga qasamki, siz — Parvardigoringizning marhamati bilan — majnun emasdirsiz. Albatta, siz uchun (kofirlarning bunday ozorlariga sabrtoqat qilganingiz sababli) bitmastuganmas ajrmukofot bordir. Albatta, siz ulug‘ Xulq ustidadirsiz. Yaqinda qaysilaringiz (ya’ni, sizmi yoki ularmi) majnun ekanliklaringizni siz hali ko‘rajaksiz, ular ham ko‘rajaklar. Albatta, Parvardigoringizning O’zi Uning yo‘lidan ozgan kimsalarni juda yaxshi bilguvchidir va U hidoyat topguvchilarni ham juda yaxshi bilguvchidir. Bas, sizning haq payg‘ambarligingizni va Qur’onni «yolg‘on» deguvchi kimsalarga itoat etmang! Ular sizning ko‘ngilchanlik — murosa qilishingizni istarlar, shunda ular ham ko‘ngilchanlik qilurlar. Yana siz har bir tuban qasamxo‘r, g‘iybatchiyu gap tashuvchi, yaxshilikni man qilguvchi — 6axil, tajovuzkor, gunohga botgan, qo‘pol va bulardan tashqari, benasabharomi kimsaga itoat etmang! U molmulk va o‘g‘illar egasi bo‘lgani uchun (o‘zidan ketib) qachon unga Bizning oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Bular avvalgilarning afsonalariku!» der. Yaqinda biz uni tumshug‘idan tamg‘alab qo‘yajakmiz!» (Qalam surasi, 1-16.)
Bu oyatlar mushriklarga o‘qib berilganda, ular portlaguday darg‘azab bo‘ldilar.
Telba deb mish-mish tarqatganlari 6u odamning nimasi telba? Qaysi ishi, qaysi so‘zi jinnilarning so‘zi va ishlariga o‘xshaydi?..
Oyatlarda ta’kidlangan «Ulug‘ bir xulq ustida» ekanligi to‘g‘risidagi haqiqatni qaysi vijdonli odam inkor eta oladi?
Butun o‘jarliklariga qaramay, qalblaridan sug‘ura olmagan haqiqat — Rasulullohning (s.a.v.) to‘g‘ri so‘z, ishonchli inson ekanliklari edi. Bu oyatlarga karshi «E, bore, bularning hammasi g‘irt bo‘hton... Oramizda bu jirkanch illatlarni o‘zida jamlagan kimsa yo‘q...» deyishga jur’at eta olishmas edi, chunki xuddi shunday sifatlarga ega kishi oralarida borligini hech kim inkor qila olmasdi.
Har kim o‘zicha bu hakda bosh qotirar, taniqli va baobro‘, mol-dunyosi hamda o‘g‘illari ko‘p bo‘lgan kishilarni birmabir aql suzgichidan o‘tkazar edi.
Axnas ibn Shariq, Valid ibn Mug‘iyra, Abu Jahl Amr ibn Hishom va shu kabilar bu oyatlar o‘zlari haqida ekanligiga ishonch hosil qildilar. Ammo hammani o‘ylatib va ajablantirib qo‘ygan bir sifat bor ediki, bu ham bo‘lsa, haligi kishining «benasabharomi» (ya’ni, zinodan tug‘ilgan) farzand ekanligi edi...
Ojiz banda o‘zining qanday yo‘l bilan ona qorniga tushganini qaerdan ham bilsin?

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:18:40

* * *
— Onajon, Muhammad meni bir qator jirkanchillatlar bilan sifatlab tanitdi. O’ylabo‘ylab, chindan ham ularning ba’zilari menda borligini inkor eta olmadim. Ammo bir jihat meni juda ajablantirib qo‘ydiki, uni hech miyamdan chiqara olmayapman. Bu jihatni faqat sen tushuntirib, izohlab berishing mumkin.
— Xo‘sh, nima gap ekan, o‘g‘lim?
— Benasabharomi deb ta’kidlamokda. Buni sendan boshqa kim ham bilardi? Endi to‘g‘risini ayt, men zino yo‘li bilan tug‘ilganmanmi?
Ona og‘ir ahvolga tushib qolgan edi. O’g‘li o‘jarlik qilib turib olgach, ochig‘ini aytishga majbur bo‘ldi:
— Ug‘lim, senga hozir bir haqiqatni ochiqoydin so‘zlab beraman. To‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ish qilganimni yaxshilab o‘ylab ko‘r. So‘ngra, agar istasang, meni o‘ldirib yuborsang ham mayli.
Birikki soniya chukur nafas oldi. Hayajonini bosib olgandan so‘ng, haqiqatni ocha boshladi:
— Otang boy, ammo jismonan zaif, hezalak bir odam edi, hech bola bo‘lmadi. Molmulki begonalarga qolmasin, deb bir cho‘pon bilan qo‘shildim. Shundan keyin sen tug‘ilding...

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:18:55

* * *
Bu suhbat Valid ibn Mug‘iyra bilan onasi orasida bo‘lib o‘tganligini tasdiqlovchi rivoyatlar bor. Ammo bu unchalik aniq ma’lumot emas. Chunki johiliya davrida zino juda keng tarqalgan, shu yo‘l bilan tug‘ilgan bolalar ham oz emas edi.

* * *
Qalam surasining keyingi oyatlarida esa, makkaliklarning Haqqa bo‘yin egmaydigai, o‘z kuchidan boshqa kuchni tan olmaydigan toifasiga ibrat bo‘lsin, deb bir misol keltiriladi: Makkadan uncha uzoq bo‘lmagan Yaman diyorida juda katta mevali bog‘ning bir egasi bo‘lgan ekan. Har yili hosil pishganida, kambag‘almiskinlarning haqulushlarini ajratib berar ekan. Lekin u kishi vafot etgach, mevazor bog‘ga ega bo‘lib qolgan farzandlari boshqa yo‘lni tutadilar. Quyidagi oyatlarda Olloh taolo o‘sha hodisa haqida hikoya qiladi:
«...Darhakiqat. Biz ularni (Makka ahlini ocharchilik va qahatchilik bilan) baloladik. Biz (ilgari) bog‘ egalarini ham xuddi shunday (mahrumlik bilan) balolagan edik. O’shanda ular albatta uni (ya’ni, bog‘ning hosilini) ertatongda (kambag‘almiskinlarga haqulush) ajratmagan hollarida uzib oligiga qasam ichgan edilar. Bas, (tunda) ular uyquda bo‘lgan chog‘larida u (bog‘)ning ustida Parvardigoringiz tomonidan bo‘lgan aylanguvchi (baloolov) bir aylandiyu, u (bog‘ning hosili) uzilgandek bo‘ldiqoldi. Ular esa, erta tongda turishib, «Agar (hosilni) uzmoqchi bo‘lsangizlar, ziroatgohlaringizga yura qolinglar», (deb) birbirlarini chaqirdilar. So‘ng: «Bugun u (bog‘da hosil uzayotgan vaqtda) ustlaringizga biron miskin kelib qolmasinda», (deyishib) birbirlariga pichirlashgan hollarida jo‘nab ketdilar. Ular tongsaharlab bordilar. Endi qachonki, uni (ya’ni, kuyib kulga aylangan bog‘larni) ko‘rishgach, (avval): «Shakshubhasiz bizlar yo‘ldan adashib qoldik», dedilar, so‘ng bu o‘zlarining bog‘lari ekanini bilishgach: «Yo‘q, bizlar (bog‘imizdan) mahrum bo‘libmiz», dedilar. Ularning insoflilari: «Men sizlarga (Ollohga) tasbeh aytib shukr qilmaysizlarmi, demaganmidim?» degan edi. Ular (endi vaqt o‘tgach): «Parvardigorimizni poklaymiz. Darhaqiqat, bizlar o‘zimizga zulm qilguvchi bo‘ldik», dedilar. So‘ng ular birbirlariga boqib, malomat qilisha boshladilar. Ular dedilar: «Ey, o‘lim bo‘lsin bizlarga! Darhaqiqat, bizlar haddan oshguvchi bo‘ldik. Shoyadki, Parvardigorimiz bizlarga u (bog‘)dan ham yaxshirog‘iga almashtirib bersa. Bizlar, albatta, yolg‘iz Parvardigorimizga intilguchidirmiz». (Ollohning amridan chetga chiqqan kimsalar uchun) mana shunday azob bordir. Agar bilsalar, oxirat azobi, shakshubhasiz, yanada kattarokdir. Albatta, taqvodor zotlar uchun Parvardigorlari huzurida nozne’mat bog‘lari bordir. Axir, Biz musulmonlarni jinoyatchikofir kimsalarga barobar qilurmizmi?» (Qalam surasi, 17-35.)
Haqiqiy adolat shunday emasmi? Zolimga ham mukofot, mazlumga xam mukofot tamoyili tatbiq etilsa, to‘g‘ri bo‘ladimi, axir?
Mehnatkash bilan dangasa bir bo‘lsin, ezgulik qiluvchi kishi bilan g‘arazgo‘y, baxil kimsalar teng bo‘lsin, bir xil muomala ko‘rsin...
Sog‘lom fikrlaydigan kishi aslo bunga rozi bo‘lolmasdi. Shu sababdan bo‘lsa kerak, Olloh taolo: «Ollohga taslim bo‘lgan itoatgo‘y mo‘minlarni bosh ko‘tarib inkor etuvchi kofirlar bilan teng qo‘ymayman» mazmunida xabar berdi.
Rasululloh (s.a.v.) Jabroildan olgan salomlarini egasiga yetkazdilar:
— Ey Xadicha, Jabroil senga Ollohning salomini keltirdi, — dedilar.
Adab va fazilat namunasi bo‘lgan buyuk Xadicha namli ko‘zlarini artib, javob berdi:
— Salom Olloh taolodir. Har qanday salom undandir. Jabroilga ham salomu salavot bo‘lsin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:19:12

FAVQULODDA BIR TAKLIF

Abu Tolibga qilingan ikkinchi taklif ham behuda bo‘lgan, aksincha, jiyanini himoya qilishda davom etayotgan edi.
Kunlardan bir kuni Abu Tolibning eshigini taqillatib, mushriklarning oqsoqollari uchinchi va so‘nggi daf’a keldilar.
— Ey Abu Tolib, — dedilar. — Biz oldin ham sening huzuringga bosh urib keldik, ahvolimizni bayon etdik. Sen quloq solmading. Bu ketishda oramizni qilich bilan ochiq qilishga to‘g‘ri keladiganga o‘xshaydi. Bu safar endi so‘nggi marta, ammo yangi bir taklif bilan keldik.
— Qanaqa taklif ekan u?
— Umora ibn Valid ibn Mug‘iyrani senga taklif qilamiz.
— Xo‘sh, nima qilibdi Umoraga?
— Juda yaxshi bilasanki, ey Abu Tolib, Umora qurayshiy yoshlar ichida kuchquvvat va aql jihatidan birinchi o‘rinda turadi. Yoshlar ichida undan yoqimligi yo‘q. Ishbilarmon bir yigit. Uni senga beramiz, evaziga sen Muhammadni bizning ixtiyorimizga topshirasan. Shu bilan muammo hal bo‘ladi.
— Juda soz. Sizlar mening jiyanimni nima qilasizlar?
— O’ldiramiz.
Abu Tolib quloqlariga ishonmadi.
— Jiddiy so‘zlayapsizlarmi?
— Albatta.
— Demak, sizlar mening o‘g‘limni olib, o‘ldirasizlar, buning evaziga men sizlarning o‘g‘lingizni tarbiyalayman, shundaymi?! Sizlarning bu takliflaringizga hatto tuya ham rozi bo‘lmasa kerak. Hayvonga ham to‘g‘ri kelmaydigan ishga qanday qilib meni ko‘ndirmoqchi bo‘ldilaringiza? Istasalaringiz, oldin o‘g‘illaringizni menga beringlar, men uni o‘ldirayin, shundan keyin o‘g‘limni sizlarga beraman.
— Mayli, ammo bizning o‘g‘limiz sening o‘g‘ling qilayotgan ishlarni qilayotgani yo‘q. Sening o‘g‘ling bizning ilohlarimizni haqorat qilyapti, bizlarni gumrohlikda ayblayapti, jamoamizni tarqatyapti, qarindoshni qarindoshdan sovutib, dushmanga aylantiryapti.
Abu Tolib javob berdi:
— Xudo haqqi, mening o‘g‘lim sizlarning o‘g‘lingizdan xayrliroqdir. Insonlarni ham xayrli ishlarga va fazilatga da’vat etyapti...
Munozara birmuncha vaqt davom etdi. Xayrlashayotgan choqlarida mushriklar so‘nggi so‘zlarini ifoda etdilar:
— Shuni bilginki, ey Abu Tolib, muammo ochiqligicha qoldi. Yo jiyaningni tiyib qo‘yasan,  yo bu masalani hal etguncha va yoxud ikki tomondan biri yo‘q bo‘lgungacha sen bilan kurashamiz! Qaysi birini istasang, shuni tanla, — dedilar va teztez yurib chiqib ketdilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:19:24

* * *
Bir ish bilan Makkadan tashqarida aylanib yurgan Nodir «Hojun» qabristonining yonidagi tepalikda o‘tirgan odamni ko‘rgan zahoti, quvonganidan yorilib ketayozdi. Chunki u yerda Rasululloh o‘tirar edilar. U kishini bunday yolg‘iz holatda hech uchratmagan edi.
«Hozir uni bir yoqlik qilishning ayni fursatidir» — buni Nodirning ichidagi ikkinchi shaxs pichirlaganday bo‘ldi guyo. Uni sevinchdan o‘zini yo‘qotar holatga solgan mana shu vaziyat edi.
Nima qilib bo‘lmasin, bu yakkamayakka olishuvda yengmog‘i darkor edi. Chunki Muhammad ibn Abdulloh ham qarab o‘tirmasligi aniq. O’zini o‘ldirish niyatida orqasidan pusib kelgan odamga darhol taslim bo‘lib, «Marhamat, azizim, nima qilmoqchi bo‘lsang, qilaver. Ammo orqaga chekinsang, sendan ko‘nglim qoladi», demaydi, albatta.
Sekinasta yaqinlashar ekan, miyasi hamon qulay bir reja tuzish bilan band edi. Pusib borib, birdaniga ustiga tashlanish, ilk zarbani shu tariqa berish eng oqilona yo‘l edi. Yana bir necha qadam yurgan Nodir birdan to‘xtab qoldi, ko‘zlarini ishqaladi, yana sinchiklab qaradi. Yo‘q, ko‘rayotganlari tush emas edi. Ajabki, jimgina, ovoz chiqarmay, sokin o‘tirgan Muhammadning atrofida bir nechta arslon aylanib yurardi.
Nodir qo‘lini chimchiladi. Qo‘rqqanidan shunday ko‘rindimi? Yo‘q, u unchamunchaga qo‘rqmaydi. Zero, qo‘rqqanida edi, g‘animini ko‘rgan zahoti o‘ldirishga chog‘lanarmidi, hatto yolg‘iz uchratib qolganidan quvonib ketarmidi? Ammo ko‘rayotganlari chin edi. Yana birikki odim tashlamoqchi bo‘ldi. Bu daf’a arslonlar ham unga
qarab yura boshladilar. Og‘zilarini dahshatli ravigada ochib kelayotgan bu arslonlarga behudaga yem bo‘lishni kim istardi?! Orqaga qaytish yoki ularga yem bo‘lish...
Nodir: «Jonimni bozordan sotib olganim yo‘q», dedi o‘ziga o‘zi va fursat borida juftakni rostlab qoldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:20:17

* * *
Bu paytda Maryam surasi tushayotgan edi.
Bu muborak sura Zakariyo, Yahyo, Maryam, Iso, Ibrohim, Muso va Idris payg‘ambarlar (alayhissalom) haqidagi qissalarning zikridan iborat edi:
«Ushbu kitobda Ibrohim (qissasi)ni ham zikr qiling! Darhaqiqat, u juda rostgo‘y payg‘ambar edi. Eslang, u otasiga: «Ey ota, nega sen eshitmaydigan, ko‘rmaydigan va senga biron foyda yetkaza olmaydigan butga ibodat qilursan? Ey ota, darhaqiqat, senga kelmagani ilmma’rifat menga keldi. Bas, sen menga ergashgin, ssni haq yo‘lga hidoyat qilurman. Ey ota, sen shaytonga ibodat — qulliq qilmagin. Chunki shayton Rahmonga osiy bo‘lgandir. Ey ota, haqiqatan, men senga Rahmon tomonidan azob yetib, (do‘zaxda) shaytonga do‘styaqin bo‘lib qolishingdan qo‘rqurman», deganida (otasi) aytdi: «Sen mening xudolarimdan yuz o‘giruvchimisan, ey Ibrohim?! Qasamki, agar sen to‘xtamasang, albatta seni toshbo‘ron qilurman va (yoki) meni butunlay tark et!» (Ibrohim) dedi: «Omon bo‘l. Endi Parvardigorimdan seni mag‘firat qilishini so‘rarman. Shakshubhasiz, u menga mehribon bo‘lgan Zotdir. Men sizlardan ham, sizlar Ollohni qo‘yib, iltijo qilayotgan butlaringizdan ham chetlanurman va (yolg‘iz) Parvardigorimga iltijo qilurman. Parvardigorimga iltijo qilganim sharofatidan (sizlar kabi) badbaxt bo‘lib qolmasman, deb umid qilurman». «Bas, qachonki (Ibrohim) ulardan va ular Ollohni qo‘yib sig‘inayotgan butlaridan chetlangach, biz unga (farzandlari) Ishoq va Ya’qubni hadya etdik va barchalarini payg‘ambar qildik. Shuningdek, ularga O’z fazlu marhamatimizdan in’om etdik. Va ular uchun rost va yuksak maqtovlarni barqaror qildik» (41-50).
Bir paytlar buyuk Payg‘ambar Hazrati Ibrohim (s.a.v.) otasi Ozarga shu so‘zlarni aytgan va otasi unga qarshi chiqqan. Bugun Ollohning so‘nggi payg‘ambari ham qavmini, qabilasini butlardan uzoq tutish, butlarga qullikdan qutqarish uchun ayni da’vatni qilayotgan va ayni natijani olayotgan edi.
Rasululloh (s.a.v.) ushbu oyatlar bilan bog‘liq ravishda shunday ma’lumot berdilar:
«Qiyomat kuni Payg‘ambar Ibrohim (s.a.v.) Ozar bilan uchrashadi. Ozar yuz-ko‘zi chang-to‘zonga belangan, parishon bir ahvolda bo‘ladi. Ibrohim (s.a.v.) unga deydiki:
— Men senga foniy dunyoda «Menga qarshi isyon qilma, so‘zimga kir», demaganmidim? Mana, qanday ahvolga tushganingni endi o‘zing ham ko‘rib turibsan. Otasi shunday javob qiladi:
— Bugun ortiq senga qarshilik ko‘rsatmayman. Nima desang, shuni bajo keltiraman.
Hazrati Ibrohim (s.a.v.) Janobi Haqqa iltijo kiladi:
— Yo Robb, sen menga insonlar qayta tiriladigan ushbu kunda meni g‘amgin qilmaslikka va’da bergan eding. Sening rahmatingdan judo bo‘lgan otamni parishon bir holatda ko‘rishdan ortiq g‘amqayg‘u bormi menga?! Lutfan uni menga bag‘ishla, Robbim!..
Olloh taolo shunday buyuradi:
— Men jannatni kofirlarga harom qildim. — Shundan keyin yana Ibrohimga murojaat etiladi: — Ey Ibrohim, bir qara, oyoqlaringning ostidagi narsa nima?!
Qarasa, qonga belangan bir sirtlon yotibdi. Shunday ahvolga solingan otasi Ozar buyuk Payg‘ambarning ko‘zlari oldida oyoqlari ostidan olinib, jahannamga uloqtiriladi».
Bu so‘zlarni tinglagan musulmonlarning boshlari egildi, ko‘zlari namlandi. Bir payg‘ambar, qolaversa, nayg‘ambarlarning otasi hisoblanuvchi buyuk payg‘ambar Ibrohim (s.a.v.) ham otasini jahannam azobidan qutqarishga ojizdir, degani edi bu.
Yuraklar ko‘rquvga to‘ldi, nafaslar siqildi. Chehralarni g‘amginlik egalladi. Qiyomat kunining dahshatlari ko‘z oldilarida namoyon bo‘lgandek edi. Qalblar Buyuk Ollohga yo‘naldi. Qiyomat kunining dahshatli daqiqalarida Nabiyi Akramdan uzokda qoldirmaslikka, u zotning sharafli bayroqlari ostidan o‘rin olishga izn berishini so‘rab iltijo qildilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:20:37

* * *
Os bin Voil boshini ko‘tarib, qarshisida turgan odamga mag‘rurona qaradi:
— Nima istaysan? — dedi.
— Haqimni, — dedi u odam.
— Azizim, axir, kishi haqini hadeb so‘rayveradimi?.. Ustigaustak, sen mendek bir mo‘‘tabar odamni shu arzimagan narsalarni deb bezovta qilyapsan, uyalmaysanmi?!
— Ilk kelganimdayoq qarzingni uzganingda, ikkinchi daf’a yoningga kelmasdim.
Os qarzini berish niyatida emasdi.
— Menga qara, Xabbob, — dedi, — senga qarzimni hoziroq to‘lashim mumkin. Ammo bir shartim bor.
— Qanaqa shart?
— Muhammadni inkor etasan. O’shanda darhol pulingni olib ketaverasan.
Xabbob boshini chayqadi:
— Aslo! Sen o‘lib qayta tirilguningcha ham qarzingni berishingni kutishga tayyorman, ammo uni inkor etmayman! — dedi.
Os kesatiq aralash so‘radi:
— Demak, men o‘lgandan keyin qayta tirilaman, shundaymi? Sen bunga chindan ham ishonasanmi?
— Albatta, chin yurakdan ishonaman.
— U holda mening yoqamni qo‘yib yubor, ey Xabbob. Modomiki o‘lgandan so‘ng qayta tirilsam, o‘shanda hammolmulkim bo‘ladi, men senga qarzingni ortig‘i bilan to‘layman. — Xabbobga qattiq tikilib: — So‘z beraman, Xabbob, o‘shanda ortig‘i bilan to‘layman! — deb takrorladi.
Xabbob qattiq xafa bo‘ldi. Endi karzini bu dunyoda ololmasligiga ishonch hosil qilgan edi.
«Ollohim, haqimni O’zingga havola etaman», deb Ollohga yolvordi. Uning bu faryodi yuragidan samimiy chiqayotgan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:20:49

Ko‘p o‘tmay Buyuk Olloh Rasuli Akramning muborak qalbiga Xabbobning mazkur faryodi bilan aloqador ushbu oyatlarni singdirdi: «(Ey Muhammad) Bizning oyatlarimizga kofir bo‘lgan va: «Qasamki, albatta, (oxiratda ham) menga molmulk va bolachaqa ato etilur», degan kimsani ko‘rdingizmi? U g‘oyibdan xabardor bo‘ldimikin yoki Rahmon dargohidan ahdu paymon oldimikin?! Yo‘q! Albatta, Biz uning aytayotgan so‘zini yozib qo‘yurmiz va uning uchun azobni ziyoda qilurmiz. U aytayotgan (mol-dunyo)ga Biz merosxo‘r bo‘lurmiz va u huzurimizga yolg‘iz holda kelur». (Maryam surasi, 77-80.)
Rasululloh ushbu oyatlarni o‘qiganlarida Xabbobning yonayotgan yuragiga muzdek suv sepilganday ta’sir etib, u yana xotirjam bo‘ldi. Bu mavzuda sahobalar Rasulullohning shirin suxanlaridan quyidagi hodisani tingladilar:
Isroil o‘g‘illaridan bir odam boshqa biridan ming dinor qarz berib turishni so‘radi. U odam pulni shohidlarning huzurida berish istagini bildirganda, qarz so‘ragan odam:
«Olloh taolo shohiddir, shuning o‘zi kifoya», dedi.
«U holda menga kafolat keltir», deb so‘radi.
«Olloh taoloning kafilligi kifoya qilur», degan javobni oldi.
«Gaping to‘g‘ri. Olloh taolo ham kafil, ham shohiddir», dedi va ming dinorni sanab berdi. Qaytarib beriladigan muddat, oy kun va vaqti, joyi belgilandi.
U odam pulni olgach, dengizda kemaga o‘tirib ketdi.
Qarzni to‘lash vaqti yaqinlashgach, va’daga binoan, sohilga keldi. Bir kemaga o‘tirib ahdlashgan joyga yetib borishi kerak edi. Ammo hali kemadan darak yo‘q. O’ylab-o‘ylab, qo‘liga bir yog‘och bo‘lagini oldi. Orasini o‘yib ochdi, ming dinorni joylashtirdi, qisqa qilib: «Bu falon odamga tsgishlidir», deb yozdi, so‘ngra yorgan joyini mahkamlab berkitib, dengizning qirg‘og‘iga keldi:
«Ollohim, o‘zing bilasanki, men falon kishidan ming dinor qarz olgan edim. Mendan kafolat so‘radi. «Olloh taoloning kafilligi yetar», deb javob qildim. Shohid so‘radi. «Olloh taoloning shohidligi yetar», dedim. Sening kafilligingga va shohidligingga rozi bo‘ldi. Ammo, mana bugun — qarzimni to‘lashim kerak bo‘lgan kunda dengizning u tomoniga suzib o‘tishim uchun kema topa olmadim. Bu pullarni endi O’zingga omonat qilib topshiraman», dedi va yog‘ochni dengizga otib, qaytib ketdi.
Dengizning u tomonida qarz bergan odam ham sohilga chiqqan, biron kema kelib qolsa, mendan qarz olgan odam pulimni olib kelar, dsb kutar edi. Hech kim kelmadi. Birmuncha kutdi, so‘ngra suv yuzasida qalqib turgan yo‘g‘ongina bir g‘o‘laga ko‘zi tushdi. Qiziqsinib, suvdan oldi. O’tin qilarman, degan o‘yda uyiga olib keldi. Yorib ko‘rsa, ichidan pul va maktub chiqdi...
Oradan bir necha kun o‘tib, qarzdor keldi, ming dinorni chiqarib, qarz berganning oldiga qo‘ydi.
«Xudo haqqi, senga qarzimni o‘z vaqtida to‘lash uchun rosa kema poyladim, ammo kema kelmadi. Qasam ichib aytamanki, oldinroq kelishga harakat qildim, lekin uddasidan chiqa olmadim», deb uzrini aytdi.
«Juda soz. Sen menga bir narsa jo‘natganmiding?» «Aytdimku, vaqtida bu yoqqa o‘tadigan kema topolmadim...» «Ammo Olloh taolo sening g‘o‘la ichiga solib jo‘natgan pullaringni menga yetkazdi va qarzingni to‘ladi. Endi mana bu pullaringni qaytib olginda, salomat bo‘l», dedi.

Qayd etilgan