Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211291 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 25 26 27 28 29 30 31 B


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:25:41

Bu gapni eshitib, din odamlari po‘ng‘illay boshladi.
Hukmdor:
— Xudo haqqi, sizlar nima deb po‘ng‘illasangiz ham, asl haqiqat mana shudir, — dedi va mo‘minlarga o‘girildi: — Sizlarga ruxsat. Bemalol, tinchxotirjam yashayveringlar. Sizlarni har qanday xavfxatardan muhofaza etishni o‘z zimmamga olaman. Sizlarga yomonlik qilgan kishi meninggina emas, Ollohning ham qahriga uchragay. Sizlarga choh qaziganning o‘zi o‘sha chohga yiqilur, sizlarni haqorat qilgan kimsa jazosini topqusidir. Oltin hadya etishsa ham, sizlardan birontangizni bezovta qilishlariga toqat qilolmayman!
Amr ibn Os bu safar ham mag‘lubiyatga uchraganini bilib, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi.
Hukmdor qurayshlar olib kelgan sovg‘asalomlarni qaytarib berishni buyurdi.
— Mening bu hadyalarga ehtiyojim yo‘q. Qo‘limdan zo‘rlab olingan mulkimni Olloh menga qaytarganida va xalqimni menga itoat ettirganida, U mendan pora olmadi. Men ham pora olib, sizlarning nohaq talablaringizni bajo keltira olmayman. Sovg‘asalomlaringizni olinglarda, tezda bu yerdan jo‘nab ketinglar, — dedi.
Amr rasman quvilgan edi. Saroydan qovoqtumshug‘i osilib, parishon, abgor bir ahvolda chiqdi. Cheksiz bir adovat tuyg‘usi bilan kelgan bu gumrohlar orqaga qaytishga majbur bo‘lgan edilar.
Mo‘minlar esa, aksincha, u yerdan xursand bo‘lib, Ollohga shukronalar bildirib chiqib ketdilar. Nabiyi Akramning (s.a.v.) «U yerda adolatli bir hukmdor bor, umid qilamizki, u sizlarni o‘z panohiga olib, xavfxatardan asraydi», deb buyurganlari eslariga tushdi. Bu xotira yonoqlarga sevinch va sog‘inch to‘la yoshlarni oqizdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:25:49

* * *
Rasululloh (s.a.v.) ko‘chada jondan aziz amakilarining himoyasi ostida vazifalarini ado etar, uylarida esa, ulkan bir fidokorlik va sog‘lom dunyoqarash o‘rnagi bo‘lgan umr yo‘ldoshlarining yonida hordiq chiqarib, orom olar edilar. Go‘yoki Abu Tolib va Hadicha u zotga vazifasini to‘lato‘kis ado eta olishlari uchun xizmat qilishda kimo‘zar musobaqasiga kirishgandek edi.
Bir kuni Habibi Adibimiz qurayshiylardan anchamuncha kishi to‘plangan ochiq bir joyda Najm surasini o‘qidilar. Suraning oxiri sajda oyati bilan tugar edi. O’qib bo‘lgach, o‘rnilaridan turib, sajda qildilar. U yerga to‘planganlarning hammasi — mo‘min ham, mushrik ham beixtiyor sajdaga qo‘shildilar. Hatto belini buka olmaydigan bir qariya ham egildi, yerdan bir hovuch tuproq oldi, peshonasiga surtdi: «Men uchun mana shu amalning o‘zi sajda o‘rniga o‘tar», dedi.
Mo‘minlar ushbu oyatda Ollohga sajda va ibodat qilish amri berilgani uchun sajdaga egilgan edilar. Ammo mushriklarchi? Xo‘sh, ularni sajdaga chorlagan narsa nima edi?! Ehtimol, Qur’oni Karimning beqiyos va mukammal kalomi ularning ko‘ngillarini qamrab olgan bo‘lsa ajab emas. Uzlarini unutgudek holda ilohiy kalomning jozibasiga mahliyo bo‘lgan edilar. Shu asnoda Rasululloh (s.a.v.) sajda qilganini ko‘rib, ortidan mo‘minlar ham sajdaga egilgach, beixtiyor ravishda ular ham sajda qilgan edilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:25:58

* * *
Bu xabar aylanibaylanib Habashistonga ham yetib bordi. Ammo og‘izdanog‘izga o‘tib, mubolag‘alar bilan boyigan bu xabar Habashistonda «Butun Makka xalqi Rasulullohning orqasida saf tortib, xuzuri ilohiyga (ya’ni, ilohiy huzurga) bosh qo‘ygan emishlar», degan tarzda tarqaldi.
Bu xabarni jiddiy qabul qilgan bir qator mo‘minlar sevinchdan qanot yozib uchguday bo‘ldilar. Darhol vatanga qaytish hozirligi ko‘rila boshlandi...
Nihoyat, kunlardan bir kuni musulmonlarning anchagina qismi Habash o‘lkasini tark etdi. «Qaydasan, Makka», deya yo‘lga tushdilar. Qaytayotganlarning orasida Rasulullohning (s.a.v.) kuyovlari Usmon ibn Affon va nuridiydalari Ruqayya ham bor edi. Hammasi bo‘lib o‘ttiz uch erkak va uch ayol edilar.
Habashistonda qolganlar ketayotganlarni achchiqachchiq ko‘z yoshlari bilan kuzatib qolarkanlar, birodarlari qurayshiylarning hiyla tuzog‘iga ilinganliklariga shubha qilmasdilar.
Uzoq davom etgan quruqlik va dengiz safaridan so‘ng Jiddaga yetib keldilar. Shundan keyin yana yo‘l boshlandi. Endi ko‘pi bilan uch kundan so‘ng Ona vatan ostonalariga yetib borishadi. Ka’bani tavof etishadi.
Ammo yo‘lovchilar Makka tomondan kelayotgan bir kishiga duch kelganlaridan keyin xursandliklari bir zumda barham topdi. Ko‘ngillarga g‘ashlik cho‘kdi. Peshonalarda sovuq ter tomchilari paydo bo‘ldi. Keyingi, undan keyingi yo‘lovchilar ham dastlabki yo‘lovchining xabarini tasdiqlashdi. Makka sari tashlanayotgan har bir qadam endi tashvishlariga tashvish qo‘shar edi.
Jiddiy bir muzokara qildilar. Nima qilish kerakligi haqida bahslashdilar.
Hech kim bekordanbekorga o‘lib ketishni istamasdi. Orqaga qaytishni ham xayollariga keltirmasdilar. Birgina yo‘l qolgan, u ham bo‘lsa, shu kungacha ashaddiy dushmanlari bo‘lib kelgan mushriklardan birining himoyasini so‘rash...
Bu arablarning ajoyib va olijanob odatlaridan biri edi. Mardonavor, jasurona bir xattiharakat edi. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, himoya so‘ragan kishining iltimosi rad etilmas, panoh istaganga qarshi qilich ko‘tarilmas edi.
Qabila ahlidan bir ayolning etagiga bosh urish yoki qabila chodirlaridan birining arqonini ushlash o‘sha qabiladan panoh istaganlikni bildirar, so‘ngra himoya so‘raganning afv etilgani, himoya ostiga olingani e’lon etilar va shu kundan e’tiboran qabila orasida erkin yurish xaqqi berilar edi. Unga nisbatan qilingan tajovuz bundan buyon uni o‘z panohiga olgan kishiga tajovuz deb baholanardi. Uni har qanday xavfxatardan saqlash, himoya ostida bo‘ladigan muddat davomida osoyishta yashashiga shartsharoit yaratish har bir qabila a’zosining burchiga aylanardi.
Nochor ahvolda qolgan musulmonlar arablarning ushbu odatlaridan foydalanishga majbur bo‘ldilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:26:13

* * *
O’g‘li Xolid ibn Said tomonidan «Ollohim, uni 6u kasallikdan qutqarma», deb duoibad qilingan Abu Uxayxa Said ibn Os necha oylardan beri yopishgan og‘ir kasallik tufayli to‘shakka mixlangan, bu darddan forig‘ bo‘lmagan edi.
— Bir kishi seni yo‘qlab kelibdi, — dedilar.
— Ichkariga taklif qiling.
Xonaga bir odam kirdi. Abu Uxayhadan holahvol
so‘radi. So‘ng o‘zini tanitib, nima maqsadda kelganini bildirdi:
— Makkaga yaqin bir joyda Usmon ibn Affonni ko‘rdim. Habashistondan qaytayotgan ekan, himoyangga olishingni so‘radi, — dedi.
Abu Uxayha bu taklifni qabul qildi. Bir soatlardan keyin Makka ko‘chalariga jarchi chiqarildi. Har ko‘cha boshlarida:
— Ey Makka xalqi, shuni bilingki, Usmon ibn Affon va uning xotini Ruqayya Abu Uxayha Said ibn Osning himoyasiga olindi. Biron kimsa uni bezovta qilmasin, ziyonzahmat yetkazishga urinmasin!.. — deya e’lon etildi.
Shundan keyin Abu Uxayha chopar jo‘natib, Jidda yo‘lidan Usmon ibn Affonni topdirib keldi.
Ruqayya Nabiylar Sarvari bo‘lgan otasining bo‘yinlariga osilar ekan, ho‘ngrab yig‘lab yubordi. Necha oylardan buyon qattiq sog‘ingan onasi, singillariga yetishdi. Har kim o‘zining achchiqchuchuk xotiralarini so‘zladi. Usmon ibn Affon ham endi bemalol Rasulullohning huzurlariga borib keladigan bo‘ldi. Boshqa mo‘minlarning ko‘pchiligi ham bittadan kishining himoyasiga kirdilar. Masalan:
Abu Salama — tog‘asi Abu Tolibning,
Abu Xuzayfa¾ Umayyya ibn Xalafning,
Mus’ab — Nodir bin Xorisning,
Zubayr — Zam’a ibn Asvadning,
Abdurrahmon Asvod ibn Abdi Yag‘usning,
Usmon ibn Maz’un¾ Valid ibn Mug‘iyraning,
Amir ibn Robia — Os ibn Voilning,
Abu Sabr — Axnas ibn Shariqning,
Xotib ibn Amr Xuvaytib ibn Abdul Uzzoning himoyasidan panoh topdilar.
Ma’lumki, bu kishilar musulmonlar qo‘llariga tushganday bo‘lsa, boplab ta’zirlarini berish orzuida yurgan, mo‘minlarga dunyoni zindon qilgan kishilar edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:26:22

* * *
Abu Tolib jiyani Abu Salamani ximoyasiga olgani mushriklarga xush yoqmadi. Mahzum qabilasiga mansub bir necha kishi yana uning huzuriga keldilar.
— Yo Abu Tolib, — dedilar, ukangning o‘g‘lini himoyangga olding, ko‘ndik. Ammo bu safar hech bo‘lmasa Abu Salamani bizning ixtiyorimizga topshirasan, — deb talab qildilar.
— Yana nimalarni istaysizlar? — deb javob kildi Abu Tolib. — Muhammad ukamning o‘g‘li, Abu Salama esa, singlimning farzandidir. Jigarlarimdan birining o‘g‘lini himoya kilolmasam, ikkinchisining o‘g‘lini qanday himoya qilaman? Qolaversa, kimni himoyamga olishni sizlar bilan maslahatlashishim kerakmi?
Kelganlar, o‘jarlik qilib turib olgan, qanday qilib bo‘lmasin, bu safar Abu Salamadan voz kechishga undar edilar. Oxirida Abu Lahab jim turolmadi:
Endi haddilaringdan oshyapsizlar. Va’dasi uchun bu odamni bunchalik tanqid qilishga, unga bu qadar tazyiq o‘tkazishga haqlaring yo‘q. Jahlimni chiqarmanglarda, xoziroq o‘jarlikni bas qilib, bu yerdan daf bo‘linglar. Aks holda, men ham unga qo‘shilamanu Muhammadni har bir ishida ko‘llabquvvatlayman, maqsadiga yetgunga qadar yordam beraman! — dedi.
Ko‘zlaridan g‘azab uchqunlari sachraguday asabiylashib aytgan bu so‘zlari kelganlarni jim bo‘lishga majbur qildi.
— Mana, hozir ketamiz, aytganingni bajo keltiramiz, ey Utba, — dedilar.
Abu Tolib ukasi yonini olganidan juda ham mamnun bo‘ldi. Shu ma’noda minnatdorchiligini bildirib, bir qasida o‘qildi. Birgalikda Muhammadga yordamchi bo‘lishga chaqirdi. Ammo Abu Lahab bu taklifga hech kanday javob kilmadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:26:33

* * *
Abdulloh ibn Mas’ud, Abu Uxayha bin Jarroh singari bir necha kishi hech kimdan himoya so‘ramadilar, kechasi yashirincha shaharga kirdilar.
Kimdan himoya so‘rashni bilmagan Salama ibn Hishom, Ayyosh ibn Abu Robia, Hishom ibn Os, Abdulloh ibn Suxayl va yana bir necha kishini esa, qo‘lga olib qamab qo‘ydilar.
Usmon ibn Affon va uning rafiqasini o‘z himoyasiga olgan Abu Uxayhaning o‘g‘li Xolidga cheksiz aziyatlar yetkazgani, «Agar ushbu kasaldan tursam, ortiq Muxammadning tangrisiga ibodat qilinmaydi!» deganlari ayni haqiqatdir. Bu ham bo‘lsa, johiliya davriga xos mantikka zid voqeliklardan biri edi.
Bu orada Rasulullohga (s.a.v.) Asr surasi tushirildi.
«Asr vaqtiga qasamki, (barcha) inson ziyonbaxtsizlikdadir. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan, birbirlariga Haq (yo‘li)ni tavsiya etgan va birbirlariga (mana shu Haq yo‘lida) sabrtoqat qilishni tavsiya etgan zotlargina (najot topguvchidir)lar».
Sevikli Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sabr bilan bog‘liq ravishda ushbu rivoyatni naql qildilar:
«Olloh taolo jannat va jahannamni yaratgandan keyin Jabroili Aminni jannatga yubordi:
— U yerni bir ko‘zdan kechir, — dedi.
Jabroil jannatga borib kelgandan so‘ng Robbul Olaminga murojaat qildi:
— Sening izzat va sharafingni o‘rtaga qo‘yib qasam ichamanki, u yer haqida eshitgan har kim albatta o‘sha yerga kiradi, — dedi.
Shundan so‘ng Olloh taolo amr etdi, jannatning atrofi nafs orzu kilmaydigan amallar bilan o‘raldi. Takror Jabroilga:
— Yana bir borginchi, — deb buyurdi. Qayta borib ko‘rdi, so‘ngra:
— Sening shoning haqqi qasamlar bo‘lsinki, u yerga hech kim kira olmasa kerak, deb qo‘rqa boshladim, —dedi.
— Endi jahannamga borib, u yerni ham ko‘rib kel. Jabroil borib keldi:
— Shoningga qasamlar bo‘lsinki, u yerni eshitgan bironta odam u yerga kirishni orzu qilmasa kerak.
Olloh taolo yana amr etdi, jahannamning atrofi nafs orzu qilishi mumkin bo‘lgan narsalar bilan to‘ldirib tashlandi. Jabroilga:
— Yana borib kel, — dedi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:26:42

Bordi, ko‘rdi va qaytib kelgach:
— Shoningga qasam bo‘lsinki, hech kim u yerdan kutula olmasa kerak, deb ichim uvishib ketdi, — dedi».
Bu rivoyat jannati bo‘lish uchun talab etiladigan sabrtoqat haqida bir ibratli misol bo‘ldi.
Usha kecha mo‘minlarning ko‘plari uyquga yotar ekanlar Afzali Anbiyoning (s.a.v.) quyidagi so‘zlarini qaytaqayta esladilar:
«Bir musulmonning boshiga charchoq, kasallik, taqdir taqozosi bo‘lgan g‘amkulfat tushishidan tortib, tikan botishigacha uni bezovta qiladigan nimaiki tushsa, Olloh taolo bu bezovtaliklarni o‘sha musulmonning gunohlaridan o‘tish uchun kafforat hisoblaydi».
Ammo bu azobuqubatlarning nihoyasi bormi? Va’da qilingan natija qachon kelajak? Sabr davri qachon tugaydi? Huzurhalovat, tinchlikosoyishtalik davri qachon boshlanadi? Aziyatu haqoratlar izmaiz yuraveradimi? Bu yo‘lning oxiri bormi?
Ko‘ngillar yaqinda tushirilgan Sharx surasini yodga oldi:
«Bas, albatta, har bir og‘irlikmashaqqat bilan birga bir yengillik ham bordir. Albatta, har bir og‘irlikmashaqqat bilan birga bir yengillik ham bordir» (56).
Bu oyatlarda har bir mashaqqatdan keyin emas, balki ayni o‘sha mashaqqat bilan birga yengillik borligi ikki bor ta’kidlanadi. Buni ikki xil ma’noda tushunsa bo‘ladi. Birinchisi: har bir qiyinchilikdan keyin shu qadar tez osonlik keladiki, go‘yo ular ikkisi birga, yonmayon turgandek bo‘ladi. Bas, demak qiyinchilikka ro‘baro‘ kelganda, noumidlikka aslo hojat yo‘q. I|skinchi ma’no: bir kishining imoni, e’tiqodi sababli biron og‘irlik tushsa, u kishi hargiz bundan ranjimasligi lozim. Zero, u oxiratdagi osonlikka — mangu saodatga dunyoda tortayotgan ayni mana shu qiyinchiligi sharofati bilan, ya’ni, qiyinchilikka sabrtoqat qilgani sababli erishishi mumkin. Demak, u kishi tortayotgan muvaqqat mashaqqatning o‘zida uning uchun mangu baxtsaodat bor ekan.
Ammo nima bo‘lganda ham, tutilgan yo‘l to‘g‘ri, Olloh roziligiga uyg‘un bir yo‘l edi... Aql ushbu yo‘lni ko‘rsatar, vijdon boshqa bir yo‘lni tanlashga rozi bo‘lmas edi. Bugun mushriklarning qo‘li baland bo‘lsa ham, mo‘minlarning vijdoni ular uchun qiynalar, «Ollohim, ularga ham hidoyat yo‘lini ko‘rsat, ularni ham bu jaholat botqog‘idan xalos et!» tarzidagi duolar tun yarmidan o‘tganda ham Buyuk Dargoh sari yo‘nalar edi.
Bu sura tushirilganda mo‘minlar bir joyga yig‘ilgan edilar. Davradan g‘oyat mamnun holda, ushbu oyatlarni takrorlaytakrorlay tarqaldilar.
Bugungi kunga qadar chekilgan zahmatlar hisobini Buyuk Ollohdan boshqa hech kim bilmas edi. Ertaga ularga yana yangi mashaqqatlar qo‘shiladi. Ammo bir kuni bo‘ron to‘xtashi, yoqimli xushhavo shabadalar esa boshlashi, bo‘g‘uvchi tumanlar o‘rnini musaffo havoga bo‘shatib berishi, Abu Jahllarning saltanati qulashi, Ollohning mo‘min bandalari hokim bo‘ladigan kunlarning kelishi ham muqarrardir.
Habashistondan qaytganda o‘zlariga bironbir himoyachi topganlar shaharda bemalol aylanib yurishar, topa olmaganlar esa, mazaxga uchrab, goh kaltaklanishar, goho xaqoratlanar edilar. Birmuncha vaqt shu zaylda o‘tdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:26:59

* * *
Valid ibn Mug‘iyra uni ziyorat qilishga kelgan Usmon ibn Maz’unni xursand bo‘lib kutib oldi, yoniga taklif etdi. Usmon ko‘rsatilgan joyga o‘tirganda keyin gap boshladi:
— Ey Abdushshamsning otasi, sendan menga bergan himoyangni qaytib olishni iltimos qilib keldim.
Valid hayron bo‘lib:
 Nima uchun? Birov seni bezovta qildimi? Mening himoyamdan norozimisan? — dedi.
— Hech kim menga ozor bergani yo‘q. Ammo men ham rozi emasman!
— Nega endi? Hech kim ozor bermasa, baribir norozi bo‘lsang? Ochiqroq gapirchi.
— Noroziligimning boisi, — dedi Usmon, birodarlarimdan bir qanchasi haqoratga uchrayanti, do‘pggoslanishyapti, shunday paytda mening tinchxotirjam, bemalol yurishim yoqmayapti. Yo ular ham men kabi huzurhalovatda yashashlari kerak, yoxud men ham ular singari azobuqubat tortishim kerak. Mana shu munosabat bilan meni o‘z himoyangdan chiqarsang. Menga Ollohning himoyasi ham kifoya qilur.
Valid Usmonning bu fikrini g‘aroyib bir xulosa deb tushundi.
— Agar chindan ham shuni istasang, u holda Masjidi Haramga borginda, u yerda o‘z ixtiyoring bilan mening himoyamni rad etganingni ochiq e’lon qil. Chunki men «Valid bergan himoyasini qaytib oldi» deyishlarini aslo istamayman, — dedi.
So‘ngra birgabirga Masjidi Haramga bordilar. Usmon, Valid ibn Mug‘iyraning ahdiga vafo qilganini, himoyasini insof bilan davom ettirganini, biroq o‘zi bu himoyani rad etganini e’lon qildi va shu yo‘sinda himoyasi nihoyaga yetdi. Valid ham qisqagina qilib, himoyani tzad etgan kishini himoya qila olmasligini bayon etdi. O’sha yerdagi kishilar bunga shohid bo‘ldilar.
Usmon u yerdan ketdi. Bir ozdan keyin o‘n beshyigirma kishilik bir jamoaga duch keldi. Mashhur shoir Labid she’r o‘qir, atrofidagilar uni zavq bilan, diqqat bilan tinglar edilar. Usmon ham to‘xtadi, she’rga quloq tutdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:28:05

Labid shunday der edi:
— Diqqat qiling, Ollohdan boshqa har qanday borliq foniydir, yo‘q bo‘lishga mahkumdir.
 — Ofarin, juda to‘g‘ri!
Buni aytgan Usmon edi. Nigohlar unga qadaldi. Labid, garchi tasdiq etilgan bo‘lsa ham, so‘zlari bo‘linganidan ranjigan edi.
O’qishda davom etdi:
— Har qanday ne’mat ham so‘ngida zavol topajak, qo‘ldan chiqajak...
— Yolg‘on gapirding, jannat ne’matlari zavol topmaydi!..
Endi bu juda xaddidan oshdi, deb o‘yladilar. Labid toqat qila olmadi.
— Ey qurayshiylar, qasamki meni xafa qildingiz, asabimni buzdingiz. Nimalar bo‘lyapti o‘zi, bu odam kim? Qaerdan kelib qoldi?
— Sen unga iarvo qilma, ey Labid! Aqlsiz, tentak bir yigit u. Qavmidan, dinidan qaytgan dahriylardan biri bu.
Shunday der ekan, Abdulloh ibn Abu Umayya bor kuchi bilan Usmonning yuziga musht tushirdi. Usmonning ko‘zi ko‘karib ketdi.
Sa’d ibn Abu Vaqqos ham shu yerda edi. Bu ahvolga beparvo qarab turolmadi, jim turishni ep ko‘rmadi, u ham Abdullohni bir urdi. Abdullohning burnidan tirqirab qon oqib, chayqalib ketdi. Janjal avjiga minmasdan, odamlar oraga kirib, ularni ajratib qo‘yishdi.
Usmon himoyani rad etganidan buyon hali bir soat ham o‘tmagan edi. Valid uni bu ahvolda ko‘rib:
— Ey Usmon, ey jiyan, himoyamni rad etmaganingda, shoyad bu janjal chiqmas, bunday ayanchli ahvolga tushmas eding, — dedi.
Usmon javob berdi:
— Men afsus chekayotganim yo‘q. Olloh yo‘lida ikkinchi ko‘zimni ham bajonidil tutib berishim mumkin. Men Robbimning oxiratda beradigan mukofotidan umidvorman. O’sha asl mukofotdan mahrum bo‘lishdan qo‘rqaman.
— Istaysanmi, seni qayta o‘z himoyamga olaman?!
— Yo‘q. Men yolg‘iz Ollohdan panoh tilayman.
Valid Usmonning bu qadar mustahkam e’tiqodi va imoniga qoyil qoldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:28:23

HAQLI BO’LISH YETARLIMI?

Abu Bakr (r.a.) orasira Rasulullohga (s.a.v.) ko‘pchilikning o‘rtasiga chiqib baralla da’vat qilishni taklif etar, Nabiyi Muhtaram (s.a.v.) janobimiz esa:
— Yo Abu Bakr, biz hali son jihatidan ozchilikmiz, — deb javob qilardilar.
Hazrati Abu Bakrning o‘jarligi tutgach, Rasululloh (s.a.v.) ham ortiq yo‘q deya olmadilar, uning taklifini qabul qildilar. Masjidi Haramga bordilar.
Har bir musulmon qabiladoshlarining orasidan o‘rin oldi. Rasululloh (s.a.v.) bir chekkaga o‘tirdilar. Shundan keyin Abu Bakr (r.a.) o‘rnidan turdi va majlis ahlini baland ovoz bilan Islom diniga da’vat etdi.
Endi gap boshlagan edi hamki, yonatrofdan luqma tashlaganlar bo‘ldi, ovozlar borgan sari avjiga mindi, Abu Bakrning so‘zlari eshitilmay qoldi.
— Ovozini o‘chiring shu dahriyning!
— Bering jazosini!..
Bir zumda Abu Bakrning ovozi uzilib qoldi, Utba oyog‘idagi poyafzalini yechib, uning yuziga urar, qorniga ayamay tepar edi. Janjal uzoq davom etmadi. Yerda behush yotgan Abu Bakrning burni pachoq bo‘lgan, ammo yuzidan ajralmay qolgan edi. Shu asnoda Masjidi Haramda o‘z qabiladoshlarining orasida o‘tirgan musulmonlar ham hujumga uchrab, rosa kaltaklandilar.
Taym qabilasidan bir necha kishi Hazrati Abu Bakrni bir choyshabga yotqizib, uyiga olib ketdilar. Tirik qolishiga umid yo‘q edi.
Ko‘p o‘tmay Masjidi Haramda bir e’lon paydo bo‘ldi:
«Agar ushbu kaltaklash natijasida Abu Bakr jon taslim etsa, Utba Taym qabilasidan omonlik ko‘rmaydi. Hamma buni yaxshi bilib qo‘ysin!..»
Yana Abu Bakrning yoniga qaytdilar. Hamon behush edi. Orasira uni chaqirib ko‘rishar, ammo javob olisholmas edi. Kun botgach, pichirlagani eshitildi:
— Rasulullohning ahvoli nechuk? Qabiladoshlarning yuraklari siqildi.
— O’zing o‘lim to‘shagidasanku, shunda ham Muhammadni o‘ylaysana?
Abu Bakr ularning gapini eshitmadi, yana hushidan ketdi.
Kabiladoshlari onasi Ummul Xayrga murojaat qilib:
— Sen unga biron narsa yedir, suv tomizib, chanqog‘ini bos, — dedilar. Va u yerdan chiqib ketdilar.
Oradan yana xiylagina vaqt o‘tdi. Ummul

Qayd etilgan