Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211303 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 B


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:28:57

Xayr o‘g‘liga qoshik bilan nimadir ichirishga urinar, ammo Abu Bakrning og‘zi ochilmas edi.
— Rasululloh qay ahvolda?..
Ummul Xayr qoshiqni o‘g‘lining og‘ziga yaqinlashtirar ekan:
— Xudo haqqi, o‘rtog‘ingga nima bo‘lganini bilmayman, o‘g‘lim, — dedi.
— Xattobning qizi Ummu Jalilni topib undan so‘ra. Ummul Xayr yo‘lga chiqdi. Said ibn Zaydning uyiga bordi. Eshikni taqillatdi.
— Qizim, — dedi Ummul Xayr, — Abu Bakr senga salom yo‘lladi va Muhammad ibn Abdullohning holahvoli to‘g‘risida so‘radi.
— Men na Abu Bakrni taniyman va na Muhammad ibn Abdullohni!
— Ammo, qizim, meni sening qoshingga o‘g‘lim jo‘natdi, Xattobning qizidan so‘ra, — dedi.
— Degan bo‘lsa, menga nima? Men ularni tanimayman. Qay ahvolda ekanini bilmoqchi bo‘lgan odam o‘zi boradi.
— Ug‘lim juda og‘ir ahvolda yotibdi, o‘zi borolmaydi. Fotima (Ummu Jalil) bir chorasini topdi:
— Agar istasang, o‘g‘lingning huzuriga o‘zim boraman.
— Juda yaxshi bo‘lardi.
Birgalikda uydan chiqdilar. Abu Bakrnikiga bordi
lar. Xonasiga kirganlarida, u hamon behush edi. Bir faryod ko‘tarildi:
— Kofirlar! Fosihlar! Seni hali shu ahvolga soldilarmi? Iloyo Ollohning O’zi jazosini bersin bu gumrohlarning!
Abu Bakrni tanimayman degan yosh juvonning gaplari edi bu.
— Rasulullohning (s.a.v.) ahvoli kalay?
— Onang shu yerda, so‘zlarimizni eshitib qolishi mumkin.
— Onamning zarari tegmaydi. Bemalol gapiraver.
— Yaxshi. Rasululloh sog‘salomatdirlar.
— Qaerdalar?
— Arqamning uyida.
— Borib, o‘z ko‘zim bilan ko‘rishim kerak.
— Bu ahvolda bora olmaysan, deb qo‘rqaman. Bu gapni ikkala ayol baravariga gapirdilar.
— Xudo haqqi, Rasulullohni ko‘rmagunimcha, tomog‘imdan bir luqma ovqat ham, bir yutum suv ham o‘tmaydi, dedi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:29:50

Oradan yana bir necha soat o‘tdi. Tashqariga sukunat cho‘kdi. Shundan keyin Abu Bakr ikki ayolning yelkalariga tayanib, sudralasudrala Arqamning uyiga bordi.
Rasululloh (s.a.v.) yarim tun kelganda Abu Bakrni bu ahvolda ko‘rib, yuraklari tilkapora bo‘ldi, uning peshonasidan o‘pdilar. Muborak qalblariga ulkan qayg‘u cho‘kdi.
— Ota-onam senga fido bo‘lsin, — deya ingradi Abu Bakr, bu men uchun dard emas. Ammo anavi battol yuzimga yomon urdi...
Birikki soniya dam olib, yana davom etdi:
— Mening onam o‘ta xayrli, mehribon ayoldir. Duo qiling, yo Rasululloh, duo qilingki, Olloh taolo unga ham hidoyat bersin va jahannam azobidan xalos etsin. Abu Bakrning onasi uchun duo qilindi va Ummu Xayr u yerdan musulmon bo‘lib qaytdi.
Shu damda Abu Bakr azob berayotgan og‘riqlarini ham unutgan edi.

* * *
Rasululloh (s.a.v.) orasira qo‘llarini duoga ochar, «Ollohim, bu dinga Umar ibn Xattob bilan yoxud Amr ibn Hishom bilan quvvat ber», deb iltijo qilar edilar.
Mo‘minlar bu duoga «Omin» derdilar. Farishtalarning ham ushbu duoga «Omin» deb qo‘shilganliklariga hech shubha yo‘q.
Olloh har narsaga qodir. Uning qudrati qarshisida imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q. Payg‘ambar Dovudning (a.s.) qo‘lida temirni yumshatgan, toshlarni, temirlarni yo‘nishga qodir Buyuk Olloh istasa, bu toshbag‘irlarning qalblarini yumshatishi ham hech gap emas.

Birinchi kitob bitdi

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 03:36:38

Saodat asri qissalari: Intizor kutilgan tong. 1-kitob



Muallif: Ahmad Lutfiy
Hajmi: 1,95 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan