Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (1-kitob). Intizor kutilgan tong  ( 211489 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 31 B


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:41:40

ARSLON BOLASI

Fil hodisasidan buyon o‘n to‘rt yil o‘tdi.
Bani Mahzum qabilasining obro‘li oilalaridan birida, bir ayol to‘lg‘oq azoblaridan qiynalayotir...
Atrofida yordam berish uchun chaqirilgan doya xotinlar bor.
Oykuni to‘lgan Xontama Mahzum qabilasining aslzodalaridan Hoshimning qizi va hurmati baland oiladan bo‘lmish Xattobning umr yo‘ldoshi edi.
Xotinining oykuni yaqinlashgan sari Xattob: «Albatta o‘g‘il bo‘lishi kerak, tushundingmi?» deb qaytaqayta tayinlardi. Qiz bolaning otasi bo‘lishga aslo rozi emas edi u. Buni o‘yladi deguncha, peshonasida paydo bo‘lgan terlarni jahl bilan sidirib tashlar, tishlarini g‘ijirlatib, keskin ovoz bilan:
— Xattobdek bir odamning farzandi albatta o‘g‘il bo‘lishi kerak! — deya po‘ng‘illab, qo‘llarini musht qilib tugar edi.
Xattob singari tajang, serjaxl, baquvvat, jasur va dovyurak, ustigaustak, o‘ta shafqatsiz odam xalq orasida kiz bolaning otasi sifatida tanilmasligi kerak edi. Xattob o‘g‘il ko‘rishi kerak! Faqat shundagina ko‘ksini kerib, hech kimdan qimtinmay yura oladi.
Tug‘ish payti yaqinlashgan sari Xattobning ichini kemirgan bezovtalik va ko‘rkuv uni battar tajang qilib qo‘ydi. Doim aytgani aytgan, degani degan bo‘lgan Xattob tushgan yerini yondiradigan cho‘g‘ga aylangan edi. Uyga gursgurs qadamlar bilan kirib kelishi hammani qaltiratar, tinchini buzar edi.
Bir kuni ertalab Xontama to‘lg‘oq boshlanganini bildirdi. Shunda Xattob:
— Zinhor menga qiz tuqqaning haqida xabar berma. Okibatini o‘zing ham yaxshi bilasan! — deya uydan chiqib ketdi.
Ko‘zlaridan chaqnagan o‘t «Oqibatini o‘zing bilasan» so‘zlarining tagida mudhish bir tahdid borligini bildirardi.
Doya xotinlar Xontamaning ko‘zlari ichida mildirab turgan, mahzun hislar ifodasi bo‘lmish achchiqachchiq yoshlarii ko‘rib, unga ming xil tasalli berishga urina boshladilar. Xontama qo‘rquvdan to‘lg‘oq azobini ham unutganday bo‘ldi.
Keksa, tajribali bir ayol:
— Qizim, xafa bo‘lma. Nima eksang, shuni o‘rasan. Xattob shuni ham bilmaydigan darajada johil emas. Men buni Xattobning yuziga aytishdan ham toymayman,—dedi.
Shunga qaramay, qo‘rquv, bezovtalik, iztirob hislari tobora ortdi va, nihoyat, yangi tug‘ilgan chaqaloqning chinqirig‘i yangradi. Shu choq:
— Xushxabar, Xattobga xushxabarni yetkazinglar, o‘g‘illi bo‘ldi! — degan qichqiriq ham eshitildi. Xattob Ka’bada do‘stlari bilan birga o‘tirar ekan:
— Yo Bushra! Yo Bushra!.. — deb hayqirgan bir choparning yugurib kelayotganini ko‘rib, ko‘ngli tinchidi.
Unga shunday xushxabar keltirilishi kerak edi va, albatta, o‘g‘illi bo‘lishi darkor edi. Chunki hech kimsa, ha, ha, Makka bo‘yicha hech kim Xattobning oldiga chiqib: «Xushxabar, qizlik bo‘lding», deyishga jur’at qilolmasdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:42:00

Yugurib kelgan bola Xattobning qoshiga kelib to‘xtadi:
— Suyunchi ber, o‘g‘illik bo‘lding, — dedi.
Xattob necha kunlardan beri o‘pkasini to‘ldirib nafas ololmagan edi. Ko‘zlarida yonayotgan uchqunlar sevinch yoshlariga aylandi, yuziga tabassum yugurdi. Bolaning boshini silarkan:
— Suruvning ichiga kirginda, xohlagan qo‘ylaringdan ikkitasini ol, — dedi.
Bola xursand bo‘lib ketdi.
Xattob shu kungacha ham marxamat va mehrmuhabbatdan mutlaqo mahrum kishi emasdi. Faqat, keyingi paytlarda uning ovoziga jahl, tajanglik oshino bo‘lgan, ko‘pchilikni cho‘chitib qo‘ygan edi.
Xattob juda baxtli edi shu onlarda. Umrida necha marta bu darajada sevinganini eslamoqchi bo‘ldi, ammo tabriklayotgan birodarlarining ovozi uning xayolini bo‘lib yubordi. Yana ham to‘g‘rirog‘i, Xattob do‘stlari bilan o‘tirganini endi esladi:
—   O’g‘lingning otini nima deb qo‘yasan, ey Xattob! Xattob o‘ylab o‘tirmay javob berdi:
—   Umar, o‘g‘limning ismi Umar bo‘ladi!
—   Injiq bola bo‘lmasa edi...
Xattobning nigohlari uning so‘zlarini bo‘lib qo‘ydi. Bu qarashda qat’iy bir haqiqatdan bahs etuvchi matonat bor edi. «Xattobning o‘g‘li aslo injiq bo‘lmaydi», deyishni istardi. Kechqurun uyiga kelganda tutqazilgan chaqaloqqa qarar ekan, bolaning kutilganidan ham dovyurak, jasur va mard bir yigit bo‘lishini sezgan edi. Bola emas, xuddi arslonning o‘ziya!
—Umar, bu o‘g‘limning oti Umar bo‘ladi, — dedi. Xotiniga o‘girildi: — Sog‘lig‘ing qalay, Xontama, durust misan? Uylaganimdan ham go‘zal bir bola tug‘ibsan. Endi qiz tug‘sang ham, ming marta roziman, — dedi. Xattob juda xursand edi. Hatto qo‘shni ayolning:
— O’g‘lim, inson nima eksa, shuni o‘radi. Bu nimasi, xotiningga shunchalik do‘qpo‘pisa qilganing? Bir ayol qornidagi bola qiz bo‘lsa, uni qanday qilib o‘g‘il bolaga aylantiradi?.. — deb bergan tanbehiga:
— Haqlisiz, xolajon, — dedi.
Yo‘rgakda, hech narsadan xabarsiz, shiringina uxlayotgan go‘dak ertaning Umar ibn Xattobi bo‘lajagi, faqat Makka ahli emas, butun Arabiston, butun dunyo, hatto qiyomat kunigacha tug‘iladigan barcha insonlar uni Islomning buyuk xalifasi, beqiyos adolat sarvari Umar ibn Xattob sifatida tanishlari hozir hech kimga ma’lum emas, ammo shunday bo‘lishi begumon edi.
Fil voqeasining o‘n yettinchi yili...
Bani Mahzum qabilasining bir joyda turmaydigan, sho‘x, janjalkash, qilig‘idan shayton ham qochadigan bir o‘spirini bor edi. Amr ibn Hishom ibn Mug‘iyra...
Kuchli, baquvvat yigit edi. Shu bilan birga, aqlli ham edi. Ammo u, bu aqlini durust insonlarga yarashadigan tarzda ishlatmas, janjal ko‘tarish, odamlar ustidan tazyiq o‘tkazish vositasi o‘laroq ishlatishni afzal ko‘rar edi. Boybadavlat, so‘zi ko‘pchilikka o‘tadigan oilaning farzandi edi u.
Boylik, kuchqudrat va aql jamuljam edi unda. Ammo ularni oqilona bir yo‘lga soladigan inson yo‘q edi o‘rtada. Shuning uchun ham Amr ibn Hishom tom ma’noda tantiq o‘spirin bo‘lib o‘sdi. Fursat topdi deguncha, atrofdagilar bilan janjallashar, har safar yonidagi hamtovoqlarining ham aralashuvi bilan ustun va g‘olib chiqar edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:42:31

Bir kuni Abdulloh ibn Jud’onning uyida berilgan ziyofatda hoshimiylardan Abu Tolibning jiyani Muhammad ibn Abdulloh bilan yonmayon o‘tirib qoldi. Ziyofatga kelganlar anchagina edi. Amr ibn Hishom o‘zi bemalolroq o‘tirishni bahona qilib, yonidan Muhammad ibn Abdullohni turg‘izib yuborish payiga tushdi. Asl maqsadi bemalol o‘tirish ham emas, janjal chiqarish edi. Janjal ko‘tarmasa behalovat bo‘ladigan ko‘ngli unga tinchlik bermas, yonidagilar bilan urishishni xohlar edi.
Ikkalasi ham yosh jihatidan teppateng edilar. Amr ibn Hishom Muhammad ibn Abdullohni sekinsekin turta boshladi. Bir, ikki, uch marta turtgach:
— Nima qilyapsan? — dedi Muhammad.
Amr ibn Hishom qo‘pollik bilan javob berdi:
— Boshqa joyga borib o‘tir, bezovta bo‘lyapman. Muhammad ibn Abdulloh hammani uyaltirib qo‘yadigandarajada odob va tarbiya egasi edi, ammo surbet Amr ibn Hishomning bu haqoratiga indamay ketolmasdi. Amrning bezbetligi haddidan oshgach, ikkalasi birbiriga yopishib ketdilar. Amr bu janjalda ham yengib chiqishiga ishonardi. Shu kungacha hech kimdan yengilmagan, qolaversa, raqibidan bir oz gavdaliroq ham edi. Biroq olishish davomida tobora Muhammad ibn Abdullohning qo‘li baland kela boshladi. Bir payt Muhammad Amrni qattiq itarib yuborgan edi, u yerga yiqilib, yumalab ketdi, oyog‘idan qon oqa boshladi. Oraga tushganlar ularni ajratdilar.
Islom tarixida asl ismi unutilib, Abu Jahl sifatida taniladigan Amr ibn Hishomning oyog‘ida bu yara izi to o‘lgunicha koldi.
Birovlarning oldida past tushishni bilmagan Amr qurayshlardan ko‘pchilikning oldida sharmanda bo‘ldi. Bu voqea Amr ibn Hishomning ko‘ksida o‘chmas bir qasos o‘tini alangalatib ketdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:44:11

FIJOR URUSHI

Yigirmanchi yil...
Hiro hukmdori Nu’mon ibn Munzir har yilgidek bu yil ham katta bir karvon to‘plagai edi. Karvon savdosotiq mollarini tashirdi. Arablar orasida mashhur bo‘lgan Ukoz, Majanna, Zulmajoz kabi bozorlarda aylanib, savdosotiq kilar, mol ayirboshlar edi.
Biroq arab qabilalari o‘rtasida turg‘un murosatartib bo‘lmaganligi tufayli har daqiqa biron to‘daning hujumiga uchrab, karvonning mollari galontaroj etilishi xavfi bor edi. Shu bois safar chog‘ida qabilalar taniydigan, hurmat qiladigan, qolaversa, ishonchli bir kishi karvonga boshchilik qilishi zarur edi.
Ehsonlari tillarda doston bo‘lgan Hiro hukmdori Nu’mon ibn Munzirning saroyi sovg‘asalom undirish umidida kelgan ko‘pdanko‘p arablarni ko‘rgan. Bugun ham Barroz ibn Qays va Urva ibn Utba hukmdoriiig qoshida o‘tirardilar.
Nu’mon yo‘lga hozirlangan karvonni esonomon arab qabilalari orasidan olib o‘tib, manzilga yetkazadigan bir odamni axtarayotganligini bildirdi.
Barroz:
— Kinonaliklardan muhofaza etishni men zimmamga olaman, dedi.
Nu’mon:
— Men ayniqsa najid va tixomaliklardan qo‘riqlay oladigan odamni qidiryaiman, — dedi.
Bu daf’a Urva so‘zga qo‘shildi:
— Men sen qidirayotgan odamman.
—   Kinonaliklardan ham qo‘riqlay olasanmi? — dedi Barroz.
—   Albatta, hatto butun insoniyat qarshi tursa ham, muhofaza eta olaman.
—   Qo‘lingdan kelmaydi, — deya e’tiroz bildirdi Barroz. — Men bo‘lmasam, karvonni Kinona kabilasidan o‘tkaza olmaysan.
—   Sen o‘zing kimsan? Kinonaliklar seni axloqsizliging tufayli qabiladan haydab yubormadilarmi?
Barrozning jahli chiqdi. Bir onda ko‘nglida paydo bo‘lgan kin va dushmanlik hissini oddiy so‘z bilan ta’riflash qiyin edi. Ko‘nglidan shunday fikr o‘tdi: «Hali qarab tur, sendan alamimni olmay qo‘ymayman».
Nu’mon bu vazifani Urvaga topshirdi, karvon yo‘lga chikdi. Barroz ham karvonga qo‘shildi.
Fadaq degan manzilga yetganlarida, to‘xtash amri berildi. Shu iaytgacha hech qanday korhol yuz bermagan edi. Fadaqda to‘xtaganlarida, Urva Barrozni qo‘lida fol o‘qlarini aylantirayotgan holda ko‘rib:
— Nima qilyapsan, ey Barroz? — deb so‘radi.
Seni o‘ldirishga ruxsat bormiyo‘qmi deb fol ko‘ryapman.
Urva gapni hazilga burdi:
Kuchqudrating yetarmikan bu ishga?!
Zotan, Barroz ham hazil tariqasida aytgan edi. O’ldirmoqchi bo‘lsa, bunchalik ochiq gapirmasdi.
Saldan keyin Urva ko‘ngilxushlikka berildi. Ichdi, sarxush bo‘ldi, qo‘shiq aytib, raqsga tushdi. Natijada bexush holda chodirga eltdilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:48:24

Tun yarmidan oqkan, hamma qattiq uyquda edi. Ammo bu paytning kelishini sabrsizlik va hayajon bilan kutayotgan bir kishi uyg‘oq. U oyoq uchida yurib, sekinasta Urvaning chodiri tomon yo‘l oldi.
Chodirning pardasi sekin yirtildi. So‘ngra ichkariga bir ko‘lanka kirdi. Ehtiyotlik bilan ish tutardi u. Qo‘lida qilich... Urva vujudiga sekingina kirgan tig‘ og‘rig‘idan cho‘chib uyg‘ondi va tepasida qilich yalang‘ochlab turgan kishini ko‘rib, sarxushligidan asar ham qolmadi. O’ziga kelib, bu odamning Barroz ekanligini bildi. Uni hali o‘ldirib yubormagani uchun pushaymon bo‘ldi, biroq endi vaqt o‘tgan edi.
— Ollohga bo‘lgan muhabbating haqqi, meni o‘ldirma, Barroz. To‘g‘ri, tan olaman, men seni qattiq ranjitdim.
Biroq hozir Barroz gai uqadigan holatda emasdi. Nu’mon ibn Munzirning huzurida bo‘lib o‘tgan voqeadan beri qulay fursat kelishini poylardi. Qolaversa, hozir uni o‘ldirmasa, ertaga o‘zining omon qolishi gumon edi. Qo‘lidagi qilich yuqoriga ko‘tarildi, so‘ngra zarb bilan pastga tushdi. Shundan keyin bo‘g‘iq ingrash eshitildi va tipirchilash yuz berdi. Barroz shu bilan tinchymadi, oyog‘i ostida tipirchilab yotgan dushmaniga yana bir bor qilich urib tamomila yerga qanishtirib qo‘ydi. Birikki soniyadan so‘ng Urvaning vujudi butunlay tinchib qoldi.
Barroz o‘chini olgach, yengil tortib, chodirni tark etdi. Bu mahal Urvaning yuragi urishdan to‘xtagan edi. Holbuki, unga bir necha daqiqa oldin ham ichgan sharobining ta’sirida dunyo go‘zal ko‘rinar, yuzlarcha tuyadan nborat karvon va karvon olib ketayotgan behisob boylikning boshida turganidan faxr tuyar edi.
Barroz Urvani o‘ldirgandan keyin karvonni Haybar tomonlarga boshlab bordi, kuchi yetganicha mollarning bir qismni o‘zlashtirib ham oldi. Haybarga borib, endi yopig‘liq qozon yopigligicha qoldi, deb o‘ylagan edi. Vaholanki, uning Urva bilan birga yo‘lga chiqqani ma’lum, ammo Urvaning qayoqqa g‘oyib bo‘lgani noma’lum edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:52:52

* * *
—   Nima maqsadda bu yerga keldingiz?
—   Urvani qidiryapmiz, unda ishimiz bor. Barroz yonidagi buyumlarni ko‘rsatdi:
— Bittangiz mana bu narsalarga qarab turing, ikkinchingiz men bilan yuring.
Bittasi ngu yerda qoldi. Sherigi esa, Barrozning orqasidan ergashdi. Ozroq yurib, bir vayronaning ichiga kirdilar. Ichkaridan faryod ko‘tarildi, qandaydir to‘sto‘polon bo‘ldi. Keyin Barroz u yerdan yolg‘iz o‘zi chiqdi. Narsalarni qorovullab qolgan yigitning yoniga keldi.
— Urva o‘rtog‘ing bilan birga seni ana u yerda kutibturibdi, — dedi. Birga yurdilar. Ichkariga kirdilar. Yigit hamon Urva bilan do‘stini ko‘rishdan umidvor edi. Ochiq turgan eshikdan oldin Barroz, so‘ngra yigit kirdi. Ammo kirarkirmas, sherigining qonga belanib yotgan jasadiga ko‘zi tushib, darhol qurolga yopishdi. Biroq kech qoldi — Barroz chaqqonlik bilan uning ko‘ksiga xanjar qadadi. Shunda ham so‘ng bor kuchini yig‘ib, Barrozga yopishdi. Uchbesh soniyalik olishuv bo‘ldi. Nixoyat, yigitning qo‘llari bo‘shashdi, ko‘zlari olaydi, kulcha bo‘lib,erga yiqildi. Barroz xanjarini sug‘urib olib o‘likning ko‘ylagiga artdi. Keyin uni o‘z holiga ko‘yib, hech narsa bilmagan kishidek, sovuqqonlik bilan vayronani tark etdi.
Bir necha daqiqa tipirchilab, keyin tinchib qolgan jasadlarga vayronaning devorlarigina guvoh bo‘ldi.
Kim edi bu odamlar? Urvada nima ishlari bor edi? Uning o‘lganini eshitib, qotildan o‘ch olish niyatida yo‘lga tushdilarmi? Yoki boshqa sabab bilan qidirayotgan edilarmi? Bu kabi savollarning javobi shu kungacha ham noma’lumdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:54:25

* * *
Barroz Kinona, Urva esa, Qays qabilasidan edilar. Uzok yillardan beri an’ana tusiga kirgan udumga ko‘ra, urvaning qasosi, albatta, olinishi shart edi. Vaqtisoati kelib bu jiyoyat ochilajak, Qays qabilasiga mansub bo‘lgan havozin urug‘i Kinonaning ustiga yurish qilishi begumon edi. Quraysh esa, Kinonaning bir urug‘i edi.
Bir qabiladan ayol yoki erkak, katta yoki kichik, yaxshi yoki yomon odam o‘ldirilsa bo‘ldi, o‘lgan kishining qabilasi oyoqqa turar, qotilni topib o‘ldirar edi. Hech bo‘lmasa, qotilning qarindoshlari yoki qabilasi nishonga olinar, ulardan bir yoki bir necha odam o‘ldirilar edi. Bu esa, ikkinchi tomonda qasos olish niyatini tug‘dirar, qon da’vosi kattalashar, ba’zan ikki qabilaning ham birorta a’zosi qolmaguncha urush davom etaverar edi. Ulgan kishining kim ekanligi muhim emas edi. Ikki qabiladosh o‘zaro ashaddiy dushman bo‘lsa ham, agar ulardan biri boshqa qabila a’zosi tomonidan o‘ldirilsa, uning o‘chini olish uchun bor g‘ayrati, imkoniyatini ishga solish har bir qabila a’zosining, haggo ashaddiy dushmanining ham burchi edi. Bundan sal oldinrok, yuz bergan kelishmovchilik, janjal, adovat unutilar, kechagi kungacha ham nafratlanib, dushman deb bilib kelgan odamning o‘chini olish uchun qilichlar qinlaridan chiqarilib, yo‘lga tushilar edi.
Qotilning tomonidagilarda ham ayni o‘sha odat hukmron edi. Qabilaning har bir a’zosi bu jinoyat uchun javobgar hisoblanar, qo‘lga tushgan zamon qotil deb qabul qilinar, shunga ko‘ra jazo berilar edi.
Barroz odobsiz, axloqi buzuq kimsa edi. Shu sababli qabilasidan ham quvib yuborilgandi. Bu voqea barcha qabilalar orasida keng e’lon qilingan, hammaga ma’lum edi. Biroq baribir uning bu jinoyati Kinonaga va Kinonadan tarqalgan urug‘larning zimmasiga tushar, bir necha urug‘ buning uchun javobgar bo‘lar edi.
Buni yaxshi bilgan Barroz, butun axloqsizliklariga qaramay, bir maktub yozib, ahvolni bayon etib, urugaga tayyor turishlarini bildirishni o‘yladi. Qurayshning oqsoqollaridan Harb ibn Umayyaga jo‘natgan maktubida Urvani o‘ldirganini ma’lum qildi.
Harb ibn Umayya maktubni olgan zahoti sarosimaga tushdi. G’azabga mindi, o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Darhol keksa, tajribali qabiladoshlarini bir joyga to‘pladi.
Majlisdagilarning hammasini birdaniga hayajon hissi qamrab oldi. Hammaning ilk bor qilgan xulosasi Harb ibn Umayya hali ular kelmasdan oldin o‘ylagan fikr edi: «Qaysi Aylon qabilasi endi bizdan o‘ch olmay qo‘ymaydi!»
— Buni men ham bilaman, ko‘z yumib ketishlariga sira ham ishonmayman. Ammo bu muammoni qanday hal qilsak bo‘ladi?
— Axloqsiz, ablah, boshimizga bitgan balo bo‘ldi.
— Dunyoda undan odobsizi yo‘q. Surbetlikda tengi yo‘q bir nodon u.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:54:39

Harb ularning so‘zini bo‘ldi:
— Barrozni qarg‘ashdan, so‘kishdan hech qanday foyda yo‘q. Agar foydasi bo‘lsa, orqasidan rosa qarg‘ab, po‘staini qoqardik. Shu paytda yonimizda bo‘lsa ham, oyoq qo‘lini bog‘lab: «Mana Urvaning qotili, xohlaganingizni qiling», derdik. Ikki kundan keyin bu mash’um xabar ularning ham qulog‘iga yetib boradi. Ana unda oldini olib bo‘lmaydigan yomon ishlar yuz beradi. Men sizlarni uni qarg‘ash uchun emas, kutilmagan muammoni hal qilish chorasi to‘g‘risida birgalashib bosh qotiraylik, degan maqsadda chakirdim. Xo‘sh, nima qilamiz?
Bir kishi o‘rtaga shunday fikr tashladi:
— Eng yaxshisi, ular xujum uchun oyoqqa turmaslaridan oldin borib uzr so‘rash va, kerak bo‘lsa, Urvaning tovonini to‘lash.
Bu taklifni o‘rinsiz degan kishi bo‘lmadi. Biron kimsa e’tiroz bildirmadi. Darhol tayyorgarlik ko‘rildi va yo‘lga chiqildi.
Urvaning amakivachchasi Abu Baro Amir ibn Malik ularni izzatikrom bilan kutib oldi. Shirinsuxanlik qildi, yaxshilab ziyofat berdi. Uning mehmondo‘stligiga javoban: «Urvani bizning qabiladoshimiz Barroz o‘ldiribdi», deyishga tillari bormadi. Natijada:
— Najid bilan Tixoma orasida qandaydir ishlar bo‘libdi, ammo masala hamon oydinlashmadi... — deya gap boshladilar.
Ammo Abu Baro kosaning tagidagi nim kosani tushunmadi. «Nima bo‘ldi?» deb so‘ramadi. Ular ham ortiq gapira olmay qoldilar. So‘ngra xayrlashib, yo‘lga tushdilar.
Ular ketib, oradan birikki soatlar o‘tgach, bir chopar kelib, Abu Baroga mash’um xabarni yetkazdi. Abu
Baro larzaga tushdi. Demak, qurayshlik mehmonlar bekorga kelishmagan ekanda? Birdai g‘azablanib ketdi:
— Harb ibn Umayya meni mazax qilib, aldab ketdi. Zotan, qurayshlarning qo‘lidan hiyladan boshqa nima kelardi?! Xudo nomi bilan qasam ichib aytamanki, endi bironta ham kinonalik Ukoz bozoriga oyoq bosolmaydi!
Masala birdaniga shiddatli tus oldi. O’zi salgina oldin samimiyat bilan kuzatgan qurayshliklarga qarshi Baroning qalbi kin va adovat hissiga to‘libtoshdi. Qo‘llariga tushsa, burdaburda qilib tashlashga tayyor edi ularni. Qisqa vaqt ichida tezlik bilan yo‘lga hozirlangan bir kichik harbiy guruh Harb ibn Umayya bilan uning birodarlari iziga tushdi.
Quyosh botay deb qolgan edi. Qurayshliklar belgilangan ishning uddasidan chiqolmaganliklaridan bezovta bo‘lib orqaga qaytmokda edilar. Biri ochiqchasiga voqeani so‘zlab bermaganliklaridan pushaymon bo‘lsa, boshqasi «Ochiqchasiga gapirsak, bundan ham battar ahvolga tushardik», derdi. Shu payt kimdir orqasiga qarab, chang-to‘zon ko‘tarib kelayotgan guruhni ko‘rdi va:
— Endi holimizga voy! — deb baqirib yubordi. Hamma orqaga qaradi. Qo‘llar beixtiyor qilichlarning dastasiga bordi. Muqarrar bir to‘qnashuv bo‘lishi ayon edi. Har holda, ular Qaysi Aylondan bo‘lishlari kerak edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:55:16

— Tez bu yerdan yo‘qolishimiz kerak. Ular yetib olgunlarigacha. Haram hududiga kirib olsak, bo‘ldi. Agar Qaysi Aylondan bo‘lsalar, omon qolganimiz shu. U qabiladan bo‘lmasalar ham, hech narsa yo‘qotmaymiz.
Bu gapni qaysi biri aytdi, noma’lum. Bundan boshqa chorani o‘ylab o‘tirishga ham fursat yo‘q edi. Taklif e’tirozsiz qabul etildi,
Tuyalar orqalariga urilgan qamchilarning zarbi bilan Makka tomon lo‘killab chopib ketdilar.
Quvlashmachoq boshlandi.
Oldindagilarning shoshilmay yo‘llarida davom etib turib, birdaniga tezlikni oshirganlari orqadan kelayotganlarning g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shdi. Qamchilar zarb bilan urilgach, tuyalar jon achchig‘ida yugurar, oradagi masofa esa, tobora qisqarib borar edi.
Nixoyat, orqadagilar yetay deb qoldi. Orada o‘q otsa yetadigan masofa bor edi, xolos.
—To‘xtanglar, qurayshning olchoqlari. Urvaning qoni yerda qolmas!
—   To‘xtang, qochmang qotillar!
—   O’ch olamiz!
—Mard bo‘lsangiz, qochmang! Harb ibn Umayya qulog‘ining shundaygina yonidan vizillab uchib o‘tgan o‘qning borib qumga qadalib qolganini ko‘rdi. Dahshatga tushdi. Qochishning ortiq foydasi yo‘q edi. Biroq Haram hududiga kirishlariga ham juda oz masofa qolgan edi.
— Biz ham ularga o‘q yog‘diramiz. Bu gapni Harb aytdimi yoki boshqasimi, farqiga borib bo‘lmadi. Qo‘llar darhol o‘qyoyga uzatildi. Bir tomondan, qochib borardilar, ikkinchi tomondan, orqadagilarga o‘q yog‘dirardilar.
—   To‘xtanglar, yakkamayakka olishaylik!
—   Qochish — qo‘rqoqning ishi... Ammo qurayshliklar bu kabi so‘zlarga quloq solma
dilar. Bir necha barobar ko‘p kuchga qarshi urushga chiqish o‘zlarini bila turib o‘lim changaliga topshirish, demak edi.
O’q yog‘dirayog‘dira davom etayotgan quvlashmachoq nihoyat orqadagilarning sur’atini pasaytirdi. Xohlaganlaridek ta’qib eta olmay qoldilar. Quyosh tepaliklarning ortiga o‘tib berkinganida, qochoqlar yengil nafas oldilar: ular Haram hududiga kirib ulgurgan edilar. Orqadan quvib kelganlar nochor to‘xtadilar. Chunki bu hudud ichida urushish, qon to‘kish gunoh va harom edi. Qon da’vosi uchun qo‘lga qurol olganlar boshqa bir harom ishga qo‘l ura olmasdilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2008, 09:55:31

— Ey qurayshliklar, bu daf’a qutulib qoldingiz. Ammo Urvaning qoni yerda qolmaydi. Siz bilan Ukozda uchrashguncha ajralishamiz. Uchrashuv joyi Ukozdir, dedilar ta’qibchilar.
Harb ibn Umayya ilk tahlikadan oson qutulgailiklarining xursandchiligi va yaqin kelajakda boshlariga tushajak ko‘rgilikning dahshati natijasida tug‘ilgan qaramaqarshi histuyg‘ular og‘ushida Barrozning yetti pushtini bo‘ralab so‘kdi. Shu paytda qo‘liga tushsa, uni tug‘ilganiga ming pushaymon yegizishga, bisotidagi barcha qiynash usullarini shafqatsizlarcha qo‘llashga tayyor edi. Ammo, ming afsuski, Barroz bu paytda o‘zi qo‘lga kiritgan molmulkini sarflab kayfu safo surar, qurayshlarning, xususan, Harb va uning birodarlarining axvollari qandayligini bilmas, bu haqda o‘ylamas Harbning birodarlari ham Barrozni g‘oyibona tinmay so‘kardilar. Zotan, shu daqiqalarda Barrozni la’natlashdan bo‘lak biror ishni qoyilmaqom qilib ado etolmasdilar ham. To ko‘ngillari bo‘shaguncha qarg‘abqarg‘ab, keyin yo‘llarida davom etdilar.
Endi beparvo bo‘lish dushmanga taslim bo‘lish bilan teng edi. Ikkala tomon ham g‘ayrat bilan urushga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Kelibketuvchilar har ikki qabilaning tayyorgarligi xususida biridan ikkinchisiga xabar yetkazib turardi.
Nihoyat, Qaysi Aylon qabilasi orqalaridan havozinning boshqa urug‘ va elatlarini ham ergashtirib Shamta degan joygacha keldi. Bayroqlarini Abu Baro ko‘tarib olgan, urushni u boshqarmoqchi edi. Quraysh va Kinonaning bosh qo‘mondonligini esa, Harb ibn Umayya o‘z zimmasiga oldi.
Bu urush harom oylariga to‘g‘ri keldi. Shu sababli urushga hech kimning hushixohishi yo‘q edi. Biroq qabilaning mudofaasi ham g‘oyat zarur. Hech kim havozinliklarga taslim bo‘lib, «Marhamat, bizni nima qilsangiz, ixtiyoringiz», deya olmas edi. Urushish uchun emas, mudofaa uchun bu jangga rozi bo‘ldilar.
Yilning to‘rt oyi — ketmaket keladigan zulqa’da, zulhijja, muharram va rajab oylari hisoblanardi. Bu oylarda janjalto‘polon bo‘lmas, bosqinchilik qilinmas, molmulk talontaroj etilmas, odam o‘ldirilmas, yo‘l to‘silmas edi. Har kim bu oylar keldi deguncha, xavfxatardan uzoq bo‘lish saodatiga erishar, xohlagan yerga, bozorlarga borar, joniga qasd qilishlaridan yoki molmulki talontaroj bo‘lishidan xavfsiramas edi.
Biroq bezorilik qilmasa turolmaydigan yoki qulay fursatni boy berishni istamagan kimsalar, masalan, boy karvonni tuzoqqa tushirishni istagan kuchli qabila shu oylarda niyatiga erishib qolardi. Harom oylarida bunday falokatga duchor bo‘lishlari mumkinligini sira xam o‘ylamagan bechoralar:
—   Axir, hozir harom oylari emasmi, nega bosqin qilayotirsizlar? — deya ajablanib qarasalar, bosqinchilar:
—   Bu oyning haromligi boshqa oyga ko‘chirildi, — deb shum maqsadlarini amalga oshiraverardilar.
Shu yo‘sin — xarom oyini xam o‘zgartirib, xavfsiramay yo‘lga chiqqanlarni tuzoqqa tushirish tadbiri «Nasi’» deb atalardi. Ko‘pgina begunoh kishilar shu tariqa qaroqchilarning ko‘lida o‘lib ketar, mollari talontaroj etilar edi.
Umuman, ko‘pchilikning bu oylarga nisbatan hurmati baland edi. Mabodo mazkur oylarda urush bo‘lib qolsa, bunday urushlar Ollohga qarshi ko‘tarilgan isyon deb qaralgani uchun «Harbul fijor», ya’ni, «Gunoh qilinadigan urush» deb atalardi.

Qayd etilgan