Qiziq hikoya  ( 78712 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 B


Munira xonim  12 Oktyabr 2009, 10:31:00

HAQIQIY G'ALABA...

Bu ajoyib voqea Sietl Nogironlar Olimpiadasida yuz bergan edi. O'shanda jismoniy va aqliy jihatdan nogiron to'qqiz kishi 100metrga yugurish musobaqasida qatnashish uchun start chizig'iga yig'ildilar. Yugurishga start berilgach, barchalari shitob bilan qo'zg'alishdi. Ularning hammasi g'alaba ishtiyoqida yonardi. Shu payt kutilmaganda bir yosh qatnashchi qoqilib ketib, yiqildi va yig'lashga tushdi. Uning yig'isini eshitgan ishtirokchilarning barchalari orqaga qarashdi. Keyin birdan yo'nalishlarini o'zgartirib, ortga - o'smirning yoniga qaytdilar. Uni yupatib, o'rnidan turg'azdilar va to'qqiz kishi bir-birlarining qo'llarini ushlagan holda marra tomon birgalikda yura boshladilar. Tomoshabinlar esa o'rnilaridan turib, ularni daqiqalarcha olqishladilar.
O'sha yerda bo'lganlar hozirgacha shu hodisani aytib yurishadi. Nega?Chunki hayotda muhimi o'zimizning g'alabamiz emas.Asosiysi sekinlashish va yo'limiz 'zgartirish hisobiga bo'lsa ham boshqalarning g'alaba qozonishi uchun yordam berishdir.

"Irfon" taqvimi. 2009/1430/IV/

Nega bu aqlan va jismonan zaif bo'lgan insonlar bunday oliyjanoblik qildi, degan savol tug'iladi?
Javob aniq:Chunki ular faqat nafsni orqasidan yashashni bilishmaydi.
Chunki ularda hasad yo'q.
Chunki ularda bemehrlik yo'q.
Chunki, chunki....

Qayd etilgan


Hadija  27 Oktyabr 2009, 16:14:17

"œBOLADAN VOZ KECHASAN"

Alloh banda yaxshiligiga muhtoj emas, ammo bir yomonlik seni yaxshilikka eltsa ajab emas.
Ali ibn Abu Tolib

-   Eson-omon yetib olinglar, Xudoning o’zi panohida asrasin, - ona qizi bilan kuyovining orqasidan duo qilib ko’z yoshlarini ro’moliga artdi.  — Ha, yoshlar-a, - dedi o’ziga o’zi g’udranib chorpoyaga o’tirar ekan. — Erta-indin ko’zi yoriyman deb turibdiyu, yo’lga chiqqanini-chi. O’zi pishibgina turibdi-ku, Xudoyim, ko’pni asra, shu qatorda mening bolalarimni ham"¦
Onasining ko’ngli bir narsani sezgandek g’ash edi.

***
Shifokorlar belgilagan vaqtga hali yigirma kun borligi sabab, Sohiba eriga qo’shilib yo’lga chiqqandi. "œHademay farzandli bo’lsak, uydan chiqa olmay qoladi, shu bilan qishloqqa qachon boradi", deb Shohruh ham rozi bo’ldi. Qaytishda Toshkentga yetmasdan Sohibani dard tutdi. To’qqiz oydan buyon gaplashib yurgan shifokorlaru tayyorgarlik — barchasi bekor ketdi. Shohruh xavotir va qo’rquv bilan to’rt tomonga yugurar, notanish tuman, notanish shifoxonada hammadan najot izlardi. Qishloqning kichkina shifoxonasida yoshgina navbatchi shofokordan boshqa hech kim yo’q. Akusherni uyidan olib kelishga to’g’ri keladi.
-   A, nima? — uyqusiradi avvaliga do’xtir. — Kim tug’adi, nega tug’adi? Bugun hech kim tug’masligi kerak edi-ku! — dedi u hamshiraga. Keyin hamshiraning yonidagi begona yigitni ko’rib o’zini qo’lga oldi. Vaziyatni tushuntirishgach, shoshib mashinaga o’tirdi.
"œFarzand ko’rish haqidagi kitob va jurnallarni o’qish boshqa ekan-u, to’lg’oq dardi boshqa ekan", - o’yladi og’riqlardan charchab, holdan ketgan Sohiba. — "œBekorga to’lg’oq tutgan ayol ikki dunyo oralig’ida turadi deyishmas ekan".
Uning nazarida to’qqiz oy yuragi ostida asragan jigargo’shasi dunyoga kelishni hohlamay, qaysarlik qilayotgandek go’yo. Shunda u xayolan bolasiga murojaat etib yig’ladi"¦ "œBolajonim, seni qiynab yo’lga chiqqanim uchun kechir"¦ oyijoningga rahming kelsin"¦"
Deraza ortida eri bezovtalanib, u yoqdan bu yoqqa yurar, asabiylashib tinmay chekar, safarga xotinini olib chiqqani uchun o’zini koyirdi. Bilgan duolarini o’qib, xotini va bolasini omon saqlashni Xudodan so’rab yolvorardi.[/size]

Qayd etilgan


Hadija  27 Oktyabr 2009, 16:16:58

Bir payt"¦ borliqni larzaga solib chinqirab yig’lagan go’dak ovozi eshitildi. O’zingga shukr! Go’dagining ovozi yuragini jumbushga soldi"¦ Qo’llari titrab, sigaretani bosib-bosib tortdi"¦
Keyingi ikki kun tashvishlar bilan bir zumda o’tib ketdi. Shahar bilan qishloq o’rtasida qatnayverib, Shohruhning bo’lari bo’ldi.
Nihoyat kutilgan kun keldi. Barcha tashvishlar ortda qolib, farzandini bag’riga bosgancha Sohiba o’z uyiga kirib keldi. Sohiba o’z uyiga kirib keldi. Albatta, bolani tug’ruqxonadan uyiga olib kelish jarayoni orzusidagidek bo’lmasa-da, ko’ngli quvonchga to’la. Bu orada onasi chaqaloqqa qarash uchun undan oldin uyiga yetib keldi. Onasi isiriqlar tutatib, bo’g’irsoqlar pishirib, barcha qonun-qoidasini joyiga qo’yib, ona-bolani kutib oldi.
-   Qani-qani, bolaginamning bolasi xush kelibsiz, - dedi onasi nabirasini qo’liga ola turib. Keyin Bismillohu Rahmonu Rahiym deb chaqaloqning yuzini ochdi va seskanib ketdi"¦ Bir qiziga, bir chaqaloqqa qaradi. Hech gapdan habari yo’q Sohiba o’zida yo’q hursand.
-   Qizim do’xtirlar hech nima deyishmadimi? — so’radi onasi xavotir aralash kuyoviga qarab qo’ib.
-   Ko’p narsa deyishdi"¦  Bolaga qarash uchun bir dunyo tavsiyalar berishdi. — Sohiba onasidagi o’zgarishni sezmadi.
-   Nahotki, ahir"¦ Sho’rimiz qurib qolibdi-ku, qizim"¦ Bolang"¦ boshqacha"¦
Sohiba hech nimani tushunmadi. Shoshib bolasini onasining qo’lidan tortib oldi.
-   Nimasi boshqacha? — so’radi vahima bilan. Ularning vahimasidan Shohruh ham yugurib keldi. Hozirgina quvonch kirgan uyga g’alati sukunat cho’kdi.
Shohruh tezda tanish shifokorni chaqirdi.
-   Daun sindromi! — shifokorning og’zidan chiqqan bu tashxisni avvaliga yosh ota-ona tushunmadi. Uning dahshati keyin yetib keldi.
-   Kechagina o’g’illi bo’lganidan boshi osmonga yetib turgan oilaning quvonchi bir zumda tumandek tarqaldi. Shohruh alamidan tinmay chekar, noxush xabarni eshitib, zudlik bilan yetib kelgan ota-onasining savollariga nima deb javob berishni bilmasdi. Ko’p o’tmay hamma uy-uyiga tarqab, er-xotin huddi begonalardek ikki burchakda tumtayib qolishdi. Sohiba nima qilarini bilmay, hayron. U bolasiga qo’yilgan tashxisning nimaligini ham yaxshi tushunmasdi.
Hammasi shundan keyin boshlandi, do’xtirlar bolani maxsus dargohga topshirishni maslahat berishsa, tanish-bilishlar voz kechishni tavsiya etishardi.
Lekin to’qqiz oy bag’rida ko’targan, shuncha azob bilan dunyoga keltirgan jigargo’shasini qanday qilib birovlarning qo’liga topshiradi? Ikkilanishlardan qiynalgan Sohiba shifokor bilan o’zi gaplashib ko’rishga qaror qildi.
-   Bunday kasalga chalinganlar juda beozor, aqliy jihatdan, salomatlik jihatdan ham tengdoshlaridan ancha orqada qolishadi"¦ Qisqasi, bir umr"¦ haligi"¦ - shifokor najot kutib, ko’ziga termilib turgan ayolga to’g’risini aytishga qiynaldi. — Esi past bolaga qarashingizga to’g’ri keladi"¦ bu kasallik bilan tug’ilganlarning barchasining yuzi tuzilishi bir xil bo’ladi"¦

Qayd etilgan


Hadija  27 Oktyabr 2009, 16:19:03

"œBir umr esi past bolaga qarashning o’zi bo’ladimi, voz kech", - shart qo’ydi opasi. "œInternatni gaplashib keldim, topshirib kelamiz" — qaror chiqardi eri.
Sohiba bilan maslahatlashishni hech kim xayoliga ham keltirmasdi.
-   Axir to’qqiz oy ne azoblarda ko’targan, dunyoga keltirguncha qancha azob tortgan menman-ku, - isyon qildi Sohiba, qisiq ko’zlarini miltillatib, shiringina tamshanib yotgan o’g’liga qarab. U onasini qidirgandek og’izchasini u yoqdan u yoqqa burar, oyoq-qo’llarini betartib pitirlatardi. "œYo’q!" — o’ziga o’zi qaror chiqardi Sohiba, - odamlar nima desa desin, u jigargo’shasini hech kimga bermaydi. Kerak bo’lsa, bir umr qo’llaridan yetaklab yuradi, o’z qo’llari bilan ovqatini yediradi, ammo hech kimga bermaydi!
Qarorini eriga aytganda Shohruh tahdidli tikildi. Keyin anchadan buyon o’ylab yurgan gapi tiliga chiqdi:
-   Men oshna-og’aynilarimdan or qilaman"¦ Yo uni deysan, yoki meni!
Sohiba bunday gapni kutmagandi. Eriga qarab qotib qoldi. Keyin indamay o’g’lini bag’riga bosgancha, ichkari xonaga kirib ketdi. Bu uning qarori o’zgarmaganidan dalolat edi.
Eri urush-janjalsiz chiqib ketdi. Eng alam qilgani shu uch oy ichida eri biror marta bolasini qo’liga olmadi, hatto qayrilib ham qaramadi. Uning dunyoga kelishini qanchalik orziqib kutgandi axir.
Nogiron bolasini bag’riga bosgancha Sohiba yolg’iz qoldi. Qiynalsa ham dardini birovga aytmadi, ko’zyosh to’kmadi. Faqat"¦ erining uylanayotganini eshitganda tuni bilan yig’lab chiqdi.
Oradan yillar o’tdi, kechroq bo’lsada G’olib maymoqlanib atak-chechak qilib yurishni o’rgandi. Sohiba mutaxasislar bilan maslahatlashdi, internat o’qituvchilaridan maslahatlar olib, bolasiga o’qish-yozishni o’rgatdi. Odamlarning gaplariga e’tibor bermay, hayotini barcha yuz o’girgan bolasiga bag’ishladi. Qiyinchilik kunlarida suyanchiq bo’lgan onasidan Sohiba bir umr minnatdor. G’olib onasi va buvisiga juda mehribon bo’lib ulg’aydi. Sohiba o’g’lini Avstralya o’rmonlarida yashaydigan beg’ubor, beozor koala ayiqchasiga o’xshatardi"¦ Lekin dilozor odamlarning gap-so’zlaridan himoyalanish har doim ham qo’lidan kelavermasdi.
Bie gal G’olib ko’chada koptok tepayotgan bolalarga havas bilan qarab turardi. Koptok to’g’ri u tomonga uchdi. Quvonib ketgan G’olib lapanglab borib koptokni oldi va bolalarga o’xshab tepmoqchi bo’ldi. Lekin oyog’i koptokka yetmay yiqilib tushdi. Yordam kutgandek atrofga alanglab o’rnidan turmoqchi bo’lgan bola qattiq turtkidan yana yiqilib tushdi.
 - Ey, tentak, ikkinchi koptogimga qo’lingni tekkizganingni ko’rmay!...
G’olib gunohi nimaligini tushunmay, dovdiradi. Uni o’rab olgan bolalar esa kalaka qilib ustidan kula boshlashdi. Derazadan qarab turgan Sohiba yugurib chiqdi va bolasini ko’tarib uyga olib kirdi.
G’olibning ko’zlaridagi savollarga javob bera olmaganidan ko’zini olib qochdi. Bolalarning beshavqatligidan ko’ngli og’rigan G’olib shundan keyin ularga qo’shilmay qo’ydi. U uy ishlariga onasiga yordamlashar, qo’lidan kelsa-kelmasa hamma ishga urinardi.
Bu orada Shohruh ikki bolalali bo’ldi. Lekin biror marta bosh farzandini ko’rgani kelmadi. Sohiba ich-ichidan ezilsa-da, sirtiga chiqarmasdi.
Bir kuni mahallada noxush xabar tarqaldi: Shohruh avtohalokatga uchrabdi! Umurtqa pog’onasi shikastlangan Shohruh to’shakka mixlanib qoldi.
Yarim yil davomida tishini-tishiga qo’yib uni parvarishlagan rafiqasi qaynona-qaynotasiga shart qo’yadi: o’g’lingizni olib keting-da o’zingiz qarang. Men ikki bolamni boqaymi, erimga qaraymi?!

Qayd etilgan


Hadija  27 Oktyabr 2009, 16:21:14

Shundan so’ng Shohruh onasining uyida yashay boshlaydi. Kundan-kunga shamdek so’nib borayotgan o’g’liga qarab ezilgan onaizor, oxiri Sohibaning uyiga yig’lab keladi:
-   Qizim, iltimos, har zamonda bir bo’lsa ham o’g’limdan xaba olib turing. Sizni, o’g’lini ko’rsa biroz dili ravshan bo’larmidi. Menga aytmasa ham bilib turibman, dardi ichida, qilgan ishidan pushaymon"¦ Mehridaryo ayolligingizni bilganim uchun bosh urib keldim, kechirimli bo’ling"¦
Sohiba qaynonasini kuzatgach xayolga toldi. O’ylab qarasa, shuncha yildan buyon Shohruh haqida bir xabar eshitsa, yuragi qalqib ketishi bejiz emas ekan. Uni hamon sevishini tushundi. Lekin qalb jarohatining bitishi qiyin. Uzoq ikkilanishlardan so’ng Sohiba o’g’lini olib Shohruhni ko’rgani bordi. Nogironlar aravachasida o’tirgan odamni ko’rib, G’olib avvaliga qo’rqib, onasining etagiga yashirindi. Shohruhning ko’zlaridan duv-duv oqayotgan ko’z yoshlarni ko’rgach g’alati bo’ldi. Keyin, bir oyisiga, bir aravachadagi odamga qarab sekingina yaqinlashdi:
-   Yig’lamang, - dedi va beo’xshov harakatlari bilan dadasining ko’z yoshlarini artdi. Shohruh chidolmadi"¦ o’g’lini bag’riga bosib o’kirib yubordi"¦
Sohiba erini uyiga olib keldi. Endi G’olib har kuni dadasini aravachasida aylantirgani olib chiqadi. Bu vazifani o’z zimmasiga olgan. Maymoqlanib yurib, atrofida parvona bo’ladi.
Shohruh o’g’lining bag’araz mehribonchiligidan battar eziladi. Shuncha yillik ayriliqda bo’ynida qarz bo’lib turgan mehrini kechichik bo’lasa-da, o’g’liga berishga harakat qilar. Qo’lida bor hunarlarni o’g’liga o’rgata boshladi. Ota-bolaning kuymalanishiga qarab Sohibaning quvonchi ichiga sig’masdi.
Lekin yaqinda kelib ketgan shifokorning gapi unga qatiq zarba bo’ldi:
-   Daun sindromi bilan uzoq yashamaydi"¦

"œNahotki, endi mehrimni beraman deganimda meni tashlab ketsa"¦ Balki, bu kasallikning davosi border?... Gunohlarimni yuvish uchun vaqtim shunchalar ozmi?... "


Dilfuza Sobirova "œDarakchi" gazetasi"¦

Qayd etilgan


Foniy  07 Noyabr 2009, 16:08:54

Йсли топилди...

Самаджон уйланди. Аш оила тинч ва тотув сшай бошлади. Кунлар кетидан кунлар, ойлар кетидан ойлар стди. А­рининг топиш-тутиши схши, ҳамма нарса етарли сди. Бироқ оила фариштаси - Озодахонда негадир слқовлик касали бошланди. Кечки овқатдан сснг идиш-товоқ ювилмас, уй супуриб-сидирилмасдан қолар сди, кспинча. Самаджон аввалига сзини билиб-билмасликка олди. Балки бироз вақт стиб схши бслар, деб сйлади. Йсқ, қараса, уй юмушларига бундай муносабат хонадон бекасининг кундалик одатига айланди. Хонадондан гсё файз, барака кетгандек сди...
А­рнинг боши қотди. Аима қилмоқ керак? Шундай антиқа бир тадбир сйлаб топиши керакки...
А­р сртасига дскондан сълонлари ксп газеталарни сотиб олди. Ўзи ҳам уларга сълон ёзиб юборди.
Кунлар шу зайлда ста бошлади. Кечкурунлари ср-хотин ишдан келганларидан сснг телефон қснғироқларининг овози тинмас сди. Қснғироқ қилаётганлар турли саволлар билан қизиқишарди. Мана, навбатдаги қснғироқ. Озодахон асабий ҳолда бориб гсшакни кстарди. «Қанақа сълон? Йсқ, сиз снглишиб тушдингиз. Аима?.. Ҳа, мана шу манзил... Қайси газетадаги сълонни айтаспсиз, сзи?»
Озодахон телефон столидаги бир даста газетага қараб, ундан тегишли сълонни топди. Унда шундай сатрлар бор сди: «Уй юмушларини бажариш учун хонадон бекаси таклиф стилади. Мурожаат учун телефон...»
Шу пайт сна телефон жиринглаб қолди. Озодахон ҳар галгидек, телефон гсшагини кстараркан, босиқ, лекин ишончли овозда деди: «Йсқ, бу хонадоннинг бекаси бор. Илтимос, бошқа безовта қилманг!..»
Самаджон бу пайтда ойнаи жаҳондан берилаётган коняертни томоша қилар, бслиб стаётган гап-ссзларни сса «сшитмас» сди.
А­ртасигаёқ оилада муҳит сзгарди: ҳамма нарса жой-жойида, идишлар ювилган, хоналар ораста. Хонадонга сна аввалгидек файз кирди.

Обиддин Маҳмудов

Qayd etilgan


Munavvara  07 Noyabr 2009, 20:29:11

Usta duradgor

Nafaqa yoshiga etgan usta bir duradgor inshoat mudiriga nafaqaga chiqish istagi, qolgan umrini turmush o'rtog'i bilan oila davrasida o'tkazish niyati borligi haqida so'z ochdi.

Uzoq yillar davomida shirkatning ravnaqiga o'z hissasini qo'shib kelayotgan duradgor yahshi namunali, faxrli hodimi bo'lganligi uchun inshoat mudiri undan hech ayrilishni istamas edi va unga ohirgi marta bir yahshilik qilishini so'rab, bir uyning qurilishida ishtirok etishini iltimos qildi. Usta ham uning taklifini qabul qildi va ishga kirishib ketdi. Ammo u ishga ko'ngildan kirishmagan edi. Uning ishga ko'ngildan yondashmaganligi ishlatgan asbob-uskunalarining sifatsizligidan, eshik-rom va pollariga ishlatilgan yog'ochlarining qurimagan xo'l yog'ochligidan ma'lum edi. Ishni tezroq bitirib nafaqaga chiqish payida bo'lgan usta uzoq yillar ishlab kelgan kasbini shu holda yakunladi.

Qurilish bitgach mudir uyni ko'zdan kechirish uchun kelibdi va uyning kalitini usta duradgorga uzatib "Bu uy seniki. Senga bu uy bizdan hadiya" dedi. Kutilmagan bu hadiyadan usta hayratlanib lol bo'lib o'zini yo'qotib qo'yidi. Qilgan ishidan uyalib juda hijolat qilar edi.
Koshki uyning o'ziniki bo'lishini bilganida edi ishga shunday yondashmasmidi.

Bu xolat bizlarning hayotimizda ham bordir. Kun sayin o'z hayotimizni qurib bormoqdamiz. Ammo ko'pincha qo'limizdan kelsa ham, imkoniyatimiz bo'la turib juda ham oz g'ayrat ko'rsatamiz. Natijada hayratga tushib, lol qolib o'zimiz qurgan uyda yashashimizni tushunib yetamiz. Agar imkoniyat berilsa qurgan uyimizni ko'ngildan, bor kuchimizni sarflab o'zgacharoq qilib qurishga g'ayrat qilar edik. Afsuski bu lahzalarni qaytarib bo'lmaydi.

Usta duradgor sizsiz. Har kuni bir mih qoqasiz, bir tahta qo'yasiz yoki bir devor tiklaysiz. Bir zot aytganidek "hayotingiz bu o’zingizning musavirligingizdir."

Bugungi harakatlaringiz, mulohazalaringiz erta yashaydigan uyingizni quradi. Shunday ekan uni aql ishlatib puxta quring..

Manba moy mir soobshestvasidan

Qayd etilgan


Mahdiyah  08 Noyabr 2009, 04:10:09

Kecha Muqaddas bilan bir hikoya eshitdik.

Bir banda bu dunyodan ko'z yumib narigi dunyoga rixlat qilibdi.
Alloh taolo uning amallar daftarida hech bir yaxshilik yo'qligini bilib bandasiga: "Ey bandam mana sening amallar daftari, Menga 1 ta bo'lsa ham yaxshilik topib bergin" debdi.
Haligi odam o'zining yaxshiliklar qilmaganini bilarkan, shunday bo'lsa ham daftarchasini qarabdi, lekin afsus biror yaxshilik topa olmabdi...
Alloh taolo unga yana: "Yana bir marotaba qidirib ko'rgin, biror bir yaxshiliging bormi?" debdi.
Banda yana qidiribdi, lekin topa olmabdi.
3 marotabasida Alloh yana: "Ey bandam yana bir bor qidirib ko'rgin, 1 ta bo'lsa ham yaxshiligin bor bo'lsa..." debdi.
Banda uchinchi marotabasida ham qidirib oxiri 1 yaxshilikni topibdi va Robbisidan uyalib: "Robbim! Buni yaxshilik deb bo'ladimi yo'qmi bilmayman, lekin Sen amr qilganing uchun amal daftarimdan qidirib shu amalimni topdim.
Bir vaqtlar men bir do'kon sohibi edim.
Qo'limda ishlaydigan ishchilarimga takror-takror ta'kidlardim: "Boymi? Kambag'almi barchaga birdek ADOLAT qiling.
Boyni boy, puli ko'p deb qimmat qilib sotmang,
kambag'alga kerak bo'lsa nasiyaga berib turing,
muddati o'tib qarzini berolmasa, undan voz kechin.
Lekin hamisha har bir oluvchiga bir xilda boling." deb buyurardim" debdi.

Alloh taolo mana shu 1 gina go'zal amali uchun shu bandasini kechirdi...

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  08 Noyabr 2009, 10:56:21

Ikki do‘st baс›slashib turib, urishib сœolishdi. Jaс›l ustida biri ikkinchisining yuziga tarsaki tortib yubordi. Musht zarbidan yuzi lov-lov yonayotgan do‘st с›ech nima demay, сœumga yoza boshlabdi:
- Bugun mening eng yaсœin do‘stim menga tarsaki tushirdi.
Shundan keyin с›am ular yo‘llarida davom etishibdi. Yo‘l yurib, bir с›ovuzga duch kelishibdi. Do‘stidan tarsaki yegan yigitning suvda cho‘kib ketishiga oz сœolibdi. Ammo do‘sti uni сœutсœarib olibdi. АŒutсœarilgan yigit o‘ziga kelgach, toshga сœuyidagi so‘zlarni o‘yib yozibdi: «Bugun eng yaсœin do‘stim mening с›ayotimni saсœlab сœoldi».
   Do‘stiga tarsaki tushirib, uni yana сœutсœargan yigit с›amroс›idan so‘rabdi:
- Seni xafa сœilganimda, uni сœumga yozding.  Endi bo‘lsa toshga yozayapsan. Nimaga?
U shunday javob сœaytaribdi:
- Biror kim sizni xafa qilsa, uni qumga yozing, toki shamollar uchirib ketsin. Ammo biror kim sizga yaxshilik qilsa, uni toshga o‘yib yozing, toki umrbod muhrlanib qolsin. hech bir yelu shamol uni uchirib keta olmasin.


Qayd etilgan


Mahdiyah  18 Noyabr 2009, 02:15:48

Tadbir

Podshoh yomon ko’radigan bir kishi askarlardan biriga hazil tariqasida: "œIkki kundan keyin o’lasan", - dedi. Rostdan ham ikki kundan keyin askar to’satdan otdan yiqilib o’ldi. Buni eshitgan podshoh uni qatl qilishga vaj topganidan xursand bo’ldi va uni chaqirib dedi:
- Mening askarimning o’limiga sababchi bo’lding, shuning uchun sen o’limga mahkumsan.
Uni qo’rquvdan qaltiroq tutdi. Bu holatni ko’rgan podshoh masxaromuz dedi:
- Askarimning o’limini to’g’ri topding. Endi ayt-chi o’zing qachon o’lishingni bilasanmi?
U odam podshohning maqsadini sezdi va bunday javob berdi:
- Bilaman, janobi oliylari! Sizning o’limingizdan ikki kun avval"¦
Buni eshitgan podshoh uni qatl qilishdan voz kechdi va a’yonlariga unga yaxshilab e’tibor qilishni, nima talab qilsa, iltimosini qondirishni buyurdi.

Musulmonlar taqvim kitobi, 2007 / II chorak

Qayd etilgan