Qiziq hikoya  ( 78716 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 B


shirin_a  22 Iyun 2010, 02:50:42

 : )

Qayd etilgan


BelleQizcha  22 Iyun 2010, 04:55:42

Shu hikoyani qaysidur kitobda oqigandim.. hm qaysi edi??

Otkir Hoshimovni "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" kitobida ona va bola o'rtasidagi shunga o'xshash hikoya bor
Shuncha aqil qattdan a? diplom kere masmi?

Qayd etilgan


shirin_a  22 Iyun 2010, 06:09:48

 :D :D :D

Qayd etilgan


Hadija  01 Noyabr 2010, 12:37:54

O’z kanizagini sotib, keyin pushaymon bo’lgan kishi hikoyati        
Bir savdogar boyning ko‘p mol-mulki bilan byrgan go‘zal bir kanizagi ham bor edi. Savdogar kanizakni sotib yubordi, biroq unga ko‘ngil bog‘laganini bilib qattiq pushaymon bo‘ldi. Keyin u kanizakni sotib olgan odam oddiga borib, kanizakni qayta sotib olishini, qimmatini necha marta oshirsa ham rozi ekanligini aytdi. Biroq savdogar qanchalik zorlanib, yalinmasin, xoja kanizakni unga qaytarib sotmadi. Savdogar o‘zini yo‘qotib, yo‘llarda boshiga tuproq sochar, ohu nola chekardi.
Zorlanib der edi:
- Bu alam dog‘i meni o‘ldiradi, mening jazom shudir, ahmoqchigim oqibatida dilbarimni dinorga almashtirdim. Jonimni bozorga olib chiqqan ekanman, endi bildim, o‘zimga o‘zim ziyon qildim.
Ey odam, umringning har nafasi — bir gavhar, vujuding-dagi har bir zarra Haq tomonga rahbardir. Oyog‘ingdan boshinggacha Uning ne’matlari - tuhfasidir. Dust ne’matla-rini o‘zingga tanit, taqdim etgin. Shunda kimdan uzoqlashga-ningni anglab yetarsan va judolikda haddan ziyod sabrli bo‘lganingni ham tushunarsan. Haq seni yuz xil ne’matlar bilan parvarishlab, izzatda tutdi. Sen esa nodonlikda yana g‘ayr-begona bilan qolib ketasan.

"Mantiqut-tayr"dan (Fariduddin Attor).

Qayd etilgan


Abdulhafiz  08 Fevral 2011, 09:44:05

Vijdon azobi
Jum'a namozi o'qildi. Masjid hovlisi kattagina, darvozasi ham shunga yarasha. Tezda chiqib keta olmaysiz. Namozxonlar juda ko'p, tirband.
    Tanish ko'ringan yoshgina yigit bilan ko'zlarimiz to'qnashdi. So'rashdik. Ammo kimligini eslay olmadim. Qaytar chog'i uzoq o'yga toldim, kimligini eslashga urindim. Undan biror narsa xarid qilmaganmanmi? Buyurtmachilarimdan birimi?

     "Assalomu alaykum, To'lqin aka!", dedi. "Ustoz" ham dedi shekilli. Ha-ya, sobiq o'quvchim... Shuncha yillar o'tibdi. Bu o'sha o'quvchim. Ko'nglimga g'ashlik cho'kdi...
     Sovetlar zamonining 80-yillari edi. Maktabda o'qituvchiman. Bir kun u darsga do'ppida kirib keldi. Do'ppisini echib qo'yishni buyurdim. Anchagina qaysar bola edi. "Yechmayman", deb turib oldi. O'sha tuzum talabiga muvofiq dars chog'i bosh kiyimda o'tirish mumkin emas edi. Majbur qilib do'ppisini yechtirdim.
     "Telpak emas, shapka emas, do'ppiku?!", deb rosa yig'ladi. Darsdan so'ng tashqariga chiqsam, otasi kutib turibdi. O'g'lining intizomi, bilimi sustligi, tartib-qoida haqida uzoq gapirib, o'zimni oqlay boshladim. Jim eshitib turdi. So'ng, birdan:
"Bilaman yaxshi o'qituvchisan... Ammo ayt-chi, o'zbekmisan o'zi?" dedi gapimni bo'lib. Qotib qoldim. Bir og'iz so'z deyolmasdim.
      Bu o'sha o'quvchim. Kap-katta yigit bo'lib qolibdi. Ammo ko'zlari, chehrasi o'sha-o'sha. Boshida ham hamon ko'k do'ppi...
   O'shanda uning otasi mendan "o'zbekmisan o'zi?" deb millatimni emas, dinimni so'rayotganini tushunmagandim? O'sha begunoh o'quvchimning milliy g'ururi, e'tiqodini toptagan chog'larim men musulmonmidim?..
     Bu voqeani esga oldim. Pushaymon qildim, ezildim. Ammo ming urinmay uning ismi yodimga tushmadi.
     Kunlar o'tib bormoqda. Xotira sahifalari birma-bir o'chib, unut bo'lmoqda. Ammo ana shu voqeani unutolmayman. Vijdon yo'l bermaydi.

     Har juma o'sha masjidga kelsam, ko'k do'ppili "o'quvchimni" izlashga tushaman. Qidiraman, qidiraman, topa olmayman. Qaylardasan, ey, musulmon o'quvchim! Meni kechir, toki oxiratda Alloh mag'firatidan benasib bo'lmay. Zora, dunyoning sanoqli kunlarida vijdon azobidan qutulib, xotiramning bu tund sahifasi ham yorishsa...

To'lqin Nurmuhammad
"Musulmonlar taqvim kitobi"dan.

Qayd etilgan


Hadija  25 Mart 2011, 16:23:12

Аурга тслган хона

Кичкина бир шаҳарчада дскон очилди. Шаҳарда парокандалик бслишига қарамай, унинг аҳолиси бахтли ва хушчақчақ сди. Улар тез-тез бу ердан харид қилишар, бошқаларга ҳам дсконни тавсис қилишарди. Ксп стмай дсконларнинг сони кспайди. А­ски дскондорнинг сса соғлиғи ёмонлашди. Шифокор оз умри қолганини айтди. Уч сғлини ёнига чақириб,уларга вазифа юклади:

- Сизлардан бирингизни шу дсконга раҳбар қилишим керак. Аммо бунга ким муносиблигини топиш учун сизларга топшириқ бермоқчиман.

Ота сғилларига бир доллардан бериб, бугун кечгача хонани тслдириб турадиган нарса харид қилиб қайтишлари кераклигини айтди. Болалар ширкатни бошқариш хаёли билан уйдан чиқдилар. Учаласи ҳам шаҳарда пулларига харидлар қилишди. Кечки пайт уйга қайтганларида оталари "œАималар олдингиз?" — деб ссради.


Биринчи сғил жавоб берди:

- Дсстимнинг фермасига бориб, у ердан икки боғ сомон сотиб олдим, — деди ва сомонни ҳавога сочиб юборди. Ҳаммаёқ сомон бслди, аммо хонани тслдирмади. 

Ота иккинчисидан ссради:

- Хсш, сен пулингни нимага сарф стдинг?

- Астиқчига бердим ва икки дона ёстиқ олдим, — деди сғил.

У ҳам акаси сингари ёстиқнинг парларини чиқариб, ҳаммаёққа сочиб юборди. Аммо хона, патлар билан ҳам тслмади. Шунда ота учинчи сғлига юзланди.

- Лулимни чснтагимга солиб, сизнинг бир қанча йиллар илгари ишлаган дсконингизга бордим ва пулни сша ердан майда қилиб олдим. Долларнинг 50 сентини китобдагидек фойдали бир ишга сарфладим. 20 сентини шаҳримиздаги икки хайрис ташкилотига бердим. 20 сентини сса етимхонага сҳсон қилдим. 10 сентим қолди. Бунга икки нарса сотиб олдим. Бола чснтагидан бир қути гугурт билан шамни чиқарди ва хонанинг чироғини счириб, шамни ёқиб қсйди. Хона бир зумда нурга тслди. Ота учинчи сғлининг харидидан мамнун бслди ва:

- Жуда схши, сғлим. Бу ширкатнинг раҳбари стиб сени тайинлайман. Чунки ҳаётдаги снг муҳим нарса — ёруғлик билан уйни тслдирдинг. Барака топ! — деди.

"Сирли, ибратли ва ҳаётий воқеалар" китобидан олинди.

Qayd etilgan


azizbek_mx  09 Aprel 2011, 08:33:35

Tashakkurlar

Qayd etilgan


Muhammad Amin  29 Yanvar 2012, 00:05:54

Ajoyib hikoya. Ibrat olsa bo'ladi!!!

Qayd etilgan


Abdulhafiz  18 Mart 2012, 19:55:31

Buyuk yaxshilik"¦

U eshikni ochganida militsiya formasidagi ikki kishini ko`rib biroz xavotir aralash so`radi:

-Tinchlikmi?

-O’tgan yili siznikiga o’g’irlikka tushgan odamni tutgandik.
Uy egasi militsiyalar o’rtasida qisilib turgan 18-20 yoshlardagi yigitga biroz qarab turgach:

-Marhamat uyga kiring so’ramoqchi bo’lgan gapingiz bordir?-dedi.

Hammalari uyga kirishdi. Uy egasi oldin militsiyaga so’ng o’g’ri yigitga o’z mamnuniyatini bildirdi:

-Bu yigit bilan ham tanishishni anchadan buyon orzu qilardim , xush kelibsizlar!

-Siz bizni tushunmadingiz shekilli , bu yigit o’g’ri , kasbdoshi
miz emas.

Militsiya yigitlardan birining bu e’tirozidan uy egasi biroz ranjidi:

-Xudoga shukr qarigan bo’lsam ham aqlim joyida. O’g’riligini men ham bilib turibman, lekin undan hech qanday shikoyatim yo’q.

Hammani hayratga solgan uy egasi mehmonlarga bir-bir shirinlik ikrom qilgach so’zlarida davom etdi:

-Oldinlari ya’ni bu yigit uyimga o’g’irlikka tushmasdan oldin juda kech yotardim,  natijada bomdod namoziga turolmasdim, qanchalik xohlamay bir varoq bo’lsa ham qur’on o’qishga vaqt
topa olmasdim. Va yana Alloh qabul qilsin lekin namozlarim yarim yorti bo’lardi. Xullas bu yigit o’zi bilib-bilmay meni g’aflatdan qutqardi, menga juda katta yaxshilik qildi.

-Nima qildi o’zi, amaki?

-Yana nima qilsin, o’g’lim - amaki qo’lida shirinlik qutisini o’g’ri yigitning oldiga qo’yarkan kulimsirab javob qaytardi:

-Televizorimni o’g’irladi.



islom.uz forumidan

Qayd etilgan


Secret  14 Iyul 2012, 06:57:50


   Zahardan qutiling ...

Qadimgi Xitoyda turmushga chiqqan qiz erining uyida yashab, unga va uning onasiga xizmat qilishi kerak edi. Shunday urf-odatlarga muvofiq turmush o'rtog'ining xonadonida yashab kelayotgan bir qiz to'ydan keyin qaynonasining ginalariga chiday olmabdi. Shu bois undan qutulishga qaror qilibdi. Qiz dadasining tabib o'rtog'ini oldiga borib, unga: — Qaynonam
bilan boshqa yashay olmayman. U meni yaqinda aqldan ozdiradi. Yordam bera olasizmi? Buning evaziga yaxshigina haq beraman, — debdi.
— Senga qanday yordam berishim mumkin? — deya so'rabdi tabib.
— Zahar tayyorlab berishingizni istayman. Qaynonamni zaharlab, barcha kulfatlarimdan xalos  bo'lmoqchiman. Uzoq o'yga tolgan tabib shunday debdi: — Mayli yordam beraman. Biroq ikki narsani tushunishing kerak bo'ladi. Birinchidan, qaynonangni darhol zaharlay olmaysan. Chunki odamlar buni sen qilganingni payqab qolishadi. Senga asta-sekin o'ldiradigan zahar tayyorlab beraman. O'shanda uni sen zaharlab o'ldirganing hech kimning xayoliga kelmaydi. Ikkinchidan, odamlar gumonlardan butunlay xalos bo'lishi uchun sen jahlingni jilovlashni, uni hurmat qilishni, yaxshi ko'rishni, so'zlariga quloq solishni va sabr qilishni o'rganishing kerak bo'ladi. Shundagina qaynonangning o'limida hech kim sendan gumon qilmaydi.

Qiz barchasiga rozi bo'lib giyohni oladi va qaynonasining taomiga qo'shib boradi. Bundan tashqari, u o'zini nazorat qilib, qaynonasining so'zlariga quloq solib, uni hurmat qilishni boshlaydi. Kelinining unga bo'lgan munosabatini ko'rgan qaynona qizni butun qalbi bilan yaxshi ko'rib qoladi. U qizni hammaga orzu qilish mumkin bo'lgan eng yaxshi kelin, deya maqtab yuradi. Yarim yil o'tgach ularning munosabatlari xuddi tug'ishgan ona-boladek bo'lib ketadi.

Oradan ma'lum vaqt o'tib qiz tabibning oldiga kelib, iltimos bilan: — Xudo uchun iltimos qilaman, qaynonamni qutqaring. Uni o'ldirishni istamayman. U eng yaxshi qaynonaga aylandi. Men uni yaxshi ko'raman, — debdi.

Tabib esa: — Xavotir olma, senga zahar emas, oddiy ziravorlar bergandim. Zahar sening kallangda edi. Nihoyat undan xalos bo'libsan, — deya kulib qo'yibdi.   
                                                                                         blog.islam.uz / Abu Muslim /   


Qayd etilgan