MEVALAR VA DORIVOR O`SIMLIKLAR.  ( 162105 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 11 B


Robiya  03 Iyul 2010, 12:35:01

:as:

ТАА ВУЗАИАГ ЛЎЧОҒИ ҲАМ ДАВО

Тарвузнинг кимёвий таркибида 13 фоиз қанд, оқсил моддалари, пектин, крахмал, органик кислоталар, С, В1, в2, в6 А А , С каби дармон-дорилар бор. Шу билан сзида аминокислоталар, кальяий, магний, калий, фосфор, темир, натрий сингари маъданларни сақлайди. Тарвуз уруғида 40 фоиз мой, 35 фоиз оқсил моддалари, алколоидлар, фито стерин, каротин ва бошқа моддалар мавжуд. Мевасининг "гсштли" қисмида 80 фоиз сув бор.

Халқ табобатида тарвуз парҳез сифатида кенг қслланилади. Унинг пешоб ҳайдовчи, заҳарга қарши, қувват бахш стувчи, таом ҳазмини схшилайдиган, иштаҳани очадиган хосисти бор. Тарвуз юқумли хасталиклар — сил, ич терлама (қорин тифи), сариқ, ичбуруғ, юрак, буйрак, жигар каби касалликларда тавсис стилади. Майдаланган уруғи буйрак-тош ва ст пуфагида тош бслганда фойда қилади. Уруғидан тайёрланган дори офтобдан куйганда ишлатилади. Сут билан обдон аралашган тарвуз уруғи қон кетишини тсхтатади. Уруғи гижжага қирон келтиради. Шуниси қизиқки, тарвуз уруғи — хитойликларнинг севимли, хушхср таомларидан бири ҳисобланади. Улар тарвуз уруғини кинотеатрларда, таомдан кейин, чой ичиш пайтида, телевизор скрани олдида стирганда ёки дсстлари билан суҳбат чоғида истеъмол қилишади. Тарвуз уруғи анъанавий таом, ҳеч бир Хитой оиласи буни четлаб столмайди. Хитой табобати китобида ёзишларича, тарвуз уруғи саломатлик учун ғост фойдали скан.

Унинг ҳатто псчоғи қовуқдаги тош ва ст пуфагидаги тошни нуратишда схши омил ҳисобланади. Бунинг учун 100 грамм майдаланган тарвуз псчоғига 1 литр қайноқ сув қуйилади ва 30 дақиқа оловда милтиллатиб қайнатилади. Сснгра ст-тош, пешоб-тош касалликларида таомдан олдин 200 граммдан кунига 3 маҳал ичилади. Лсчоғи пешоб ҳайдовчи омил ҳамдир. Тарвузда темир моддаси борлиги учун беморларга малҳам бслади. Улар тарвузни бир килограммдан кунига 4-5 марта истеъмол қилишлари даркор. Бунда бемор ҳар сафар бир граммгача темир моддасини қабул қилади.

Тарвузда қанд фруктоза ҳолида бслганлиги учун қандли диабет билан хасталанган беморлар истеъмол қилишлари мумкин.

Илмий табобатда тарвуз бсғим, газак, подагра, паришонхотирликда даво сифатида буюрилади. Ичак фаолистига самарали таъсир қилиб, холестеринни чиқариб ташлаш хосисти ҳам бор.

Яна шуни ёдда тутиш керакки, тарвузни сҳтиётлик билан истеъмол қилиш даркор. Бунда тарвузлар даво срнига баъзи нохуш асоратларни: қайт қилиш, қорин оғриқ, ич кетарликни келтиради. Аш болаларга, буйрак хасталиклари — нефроз, пиело-нефритда ҳам уни ейиш тавсис стилмайди.

Кези келганда шуни қайд стиш даркорки, тарвузнинг бир тури — аччиқ тарвуз (Абу Жаҳл тарвузи ҳам дейилади) етиштирилади. Бу тарвузнинг хосистлари алоҳида мавзу. Газетани сқиб, кузатиб борсангиз, бундан воқиф бсласиз.

Мирзамир МИА ЗАШАА ИЛОВ,

доришунос



Qayd etilgan


Shoxjahon12  07 Avgust 2010, 11:09:51

Q O V U N


Qovunning pishgani ham, xomrogi ham peshob haydash hususiyatiga ega. Buyrak va jigarni mayda toshlardan halos etadi.
Sog’lig’i zaiflashgan homilador ayollarga homiladorlikning 1 yarmida qovun iste'mol qilish mumkin emas, chunki bunda o’z-o’zidan bola tushib qolishiga olib keladi. Agar homilador ayol  sog’lom bo’lsa, unga qovun istemol etish foydali.
Yuzdagi sepkil, husnbuzar, dog’larni ketkazish uchun kechasi yotish oldidan yuzga etli Qovun po'chog’i bog’lab qo’yilsa yaxshigina natija beradi.
Urug’ining mag’zi, chala yetilgan qovun shirasi gijja haydash hususiyatiga ega.



T A R V U Z


Tarvuz hushho'r va shifobaxsh tabiat ne'mati bo’lib, xalq tabobatida u sarik kasalligi bilan og’rigan bemorga va bezgak hurujida, shuningdek, peshob haydovchi dori sifatida tavsiya etiladi.
Tarvuzning quritilgan puchog’idan tayyorlagan damlama yo'g’on ichak yallig’lanishiga, parishonhotirlikka foydali.
Tarvuz sharbati o’t pufagi, buyrak hamda qovuqdagi mayda tosh va qumlarni nuratish, organizmdan chiqarib tashlash xususiyatiga ega.
Uni  qand kasali bilan og’rigan bemorlar ham iste'mol qilishlari mumkin.
Urug’i  sut bilan yaxshilab aralashtirib muolaja etilsa bachadondan qon ketishini to'xtatadi.
Tarvuz  urug’ining mag’zi gijja haydaydi.

Qayd etilgan


Zamiraxon  22 Avgust 2010, 22:31:01

 :as:
  :bsm:

                                                                              Шинни бор, муаммо йсқ!

   Ҳозирги кунда турли кимёвий қушимчаларсиз озиқ-овқатларни топиш анча мушкул. Бу борада саломатликка фойдалилиги жиҳатидан халқимиз азалдан тайёрлайдиган егуликларга стадигани йсқ. Шулардан бири — шинни. Айниқса, сснгги йилларда шакарнинг зарарлари маълум бслгач, унинг аҳамисти снада ортди. А­рталаб истеъмол қилинадиган икки қошиқ шинни вужуднинг кундалик кальяий, темир, магнезий ва бошқа витаминларга сҳтиёжини қондиради.
Узум шинниси:
- қувват беради, иштаҳани очади;
- қонни кспайтиради, қон айланишини схшилайди;
- томир қаттиқлашувининг олдини олади;
- ҳомиладорликда фойдаси бисёр.
Тут шинниси:
- астма ва бронхитга даво булади;
- совуққа чидамлиликни оширади;
- спортчиларга катта қувват беради;
- боланинг ривожланишига ёрдам беради;
- ақлий қувватни кучайтиради.
                                                                                                  "Irfon" taqvimidan...

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  23 Avgust 2010, 00:09:46

nima narsa o'zi shinni ?

Qayd etilgan


shirin_a  23 Avgust 2010, 01:51:55

 :as:
hmm hech eshtmagan ekanman  :( bir tatib ko`rish kerak ekanda unda, o`zi qatta bo`ladi u? qaysi millatga hos narsa?  ??? ???

Qayd etilgan


Zamiraxon  23 Avgust 2010, 02:01:51

Tut shinnisi quyidagicha tayyorlanadi:
ayni pishgan tutlar törli qopga yoki suzgichga solib eziladi, bunda qop yoki ezgichda suvsiz chiqindi hosil böladi. Buni axlatga yoki eng yaxwisi molga tashlagan ma'qul.
Suzib olingan tut suvi esa qaynatiladi. Titan_Uz, tög'ri aytdiz asaldan ham, shakardan ham shirin shinni shu yösinda olinadi.

Qayd etilgan


Chustiy  23 Avgust 2010, 02:54:15

yoqorida tut deganda, shotutdan olingani foydaliroq, oddiy qora tut yoki oq tutlar unchalik efektivniymas, yoshligimizda buvimlani hovlilarida shotut bo;lardi, butilkaga terib,  bitta cho;pni tozalab, butilkani ichiga tiqib, tutni ezib, sokini chiqazib, ichardik ;D shinniyam oldin ko;p qilishardi, hozir tut ham, uzum ham kesilib ketib, unaqa narsala ichmay qo;ydik...

Qayd etilgan


Nоdirbek  25 Avgust 2010, 23:50:35

Har safar amaqimnikiga borganda uzum shinnisi ichardim, yaxshi ichimlik, menga yoqadi...

Qayd etilgan


Nоdirbek  25 Avgust 2010, 23:56:22

yoshligimizda buvimlani hovlilarida shotut bo;lardi, butilkaga terib,  bitta cho;pni tozalab, butilkani ichiga tiqib, tutni ezib, sokini chiqazib, ichardik ;D
Biz, asosan olvolini shunday qilib sokini chiqazib ichardik, ta'bimizga qarab, ba'zan ichiga shakar, ba'zan esa, tuz solib ezardik :)

Qayd etilgan


UzMuslim  26 Avgust 2010, 20:16:47

:bsm:
[/b]
Ho'jag'at (malina)dan tayyorlanadigan konservalar

O'zbekistonda ho'jag'at butasi dastlab may oyi o'rtalarida gullaydi, avgust-sentyabr' oylarida takror gullaydi. uning mevasi 5-10 iyunlarda etila boshlaydi va oy davomida asta-sekin pishaveradi.

Ho'jag'at beor o'simlik bo'lib, agrotehnika qoidalariga muvofiq ravishda parvarish qilinganida ҳar bir gektaridan 7-12 tonnagacha ҳosil olish mumkin. Ho'jag'at butalari bir joyning o'zida o'sib turib, 8-12 yil mobaynida ҳosil beradi. Ho'jag'atning ҳo'l mevalari shirin, hushbo'y va shirador bo'lib, chanqoqni bosadi, kishiga quvvat beradi, hususan, ҳazm organlariga ijobiy tasir ko'rsatadi.

Quritilgan (qoqi qilingan) ho'jag'at mevasi va ho'jag'at sharbatidan kadim zamonlardayoq dori-darmon sifatida foydalanilgan. u, hususan, shamollashdan kelib chiqadigan kasalliklarning davosidir. Quritilgan ho'jag'at mevasining damlamasi yoki choyi isitmani pasaytiradigan, terlatadigan va peshobni ҳaydaydigan vosita ҳisoblanadi.

Yangi uzilgan ho'jag'atdan murabbo, kompot, quyuq shinni, dirildoq (jele), sharbat, qiyom va boshqa hil konservalar tayyorlanadi. Ho'jag'at mevasi tarkibida 4,5-10,7% shakar, 1,1-1,9% bog'lanmagan kislotalar (olma va limon kislotalari, salitsil kislota, chumoli kislotasi va sirka kislotasi), 0,3% gacha oshlovchi moddalar, 0,7-1,9% azotli moddalar, 4-6% kletchatka, 25-30 mg% miq-dorida S vitamini (askorbin kislota) bor; S vitamini miqdori jiҳatdan u oqbosh karamdan qolishmaydi. uning tarkibida, bulardan tashqari, A, V,, V2 va RR vitaminlari ҳam mavjud. Ho'jag'atning quvvati 100 grammga 46 kkal dan to'g'ri keladi.

Konserva tayyorlash uchun o'rtacha yiriklikdagi, to'q rang mevalarni tanlash kerak. Tanlangan mevalar saralanadi: ezilgan, g'o'r, kasallik va zararkunanda tushgan mevalar ajratiladi, mevabandlari yulib tashlanadi. Ho'jag'atlarga ko'pincha oq qurt tushadi, mevani shu qurtlardan tozalash uchun tog'oraga solinib, ustiga 10% li namakob (1 l suvda 10 g tuz eritiladi) quyilib, 10 daqiqacha saqlanadi; suvning yuziga qalqib chiqqan qurtlar olib tashlanadi. Shundan keyin ho'jag'at suv oqimiga tutib yoki g'alvirda, yoki chovlida toza suvga ikki-uch marta botirib olib yuvib-chayiladi, so'ng suvi sirqitiladi.

Shuni aytib o'tish kerakki, ho'jag'at konservasi solingan shisha bankalar uchun faqat loklangan (sariq) tunuka qopqoqlar ishlatilishi lozim; oq qopqoqlardan foydalanganda ho'jag'atning rangi o'zgaradi - u binafsha rang kasb etadi. 5-10 iyundan 20-25 iyungacha bo'lgan davr ho'jag'atlarni konservalash uchun eng bop davr ҳisoblanadi.

Ho'jag'atdan kompot tayyorlash

Shu maqsadda tayyorlab qo'yilgan ho'jag'at mevalari sirlangan tog'oraga solinadi, ustiga shakar qiyomi (550 g shakarni 450 g suvda eritib tayyorlanadi) 50-60°S gacha isitib quyiladi; mevalar 3-4 soat tog'orada shu ҳolida turadi. Qiyom mevalarni qoplab turadigan mikdorda bo'lishi lozim. Shu muddat o'tgach, mevalar tog'oradan olinib, shisha bankalarga zich joylanadi va ustiga 93-95°S gacha isitilgan qiyom quyiladi, shu maqsadda tog'oradagi qiyomdan foydalaniladi; biroq tog'oradagi qiyom mevalarning shirasi (suvi) chiqib, suyulganligi sababli uni, avvalo, shakar qo'shib yoki 102,5°S da qaynatib quyultirish (55% li qiyom ҳosil qilish), shundan keyingina bankalarga quyish lozim. So'ngra bankalar sariq tunuka qopqoqlar bilan engil burab bekitilib (lekin qopqoqlar uzil-kesil maҳkamlanmasin), issiq suvli (ҳarorati 85-90°S) idishga joylanadi va 100°S da qizdiriladi; bunda 0,5 l bankalarni 10 daqiqa, 1,0 l bankalarni esa 15 daqiqa qizdirish kerak. Bankalar tegishlicha qizdirilgandan keyin suvdan olinadi, qopqoqlari burab maҳkamlanadi va to'ntarib qo'yilgan ҳolda terib qo'yilib, sovitiladi.

0,5 litrli bankadagi konservaning vazni 540 g keladi. (meva 325 g va shakar qiyomi 215 g). 0,5 litrli 10 banka konserva uchun 3600 g ho'jag'at va 1200 g shakar sarflanadi.

Tezpishar ho'jag'at murabbosi

Qoidaga muvofiq tayyorlangan mevalar sirlangan idishga shakar bilan oralatib solinadi (1 kg mevaga 0,5 kg ҳisobidan shakar ishlatiladi) va shirasi chiqishi uchun shu ҳolida 3-4 soat tindirib qo'yiladi. Shu muddat o'tgach, idish past olovga qo'yiladi va murabbo eҳtiyotlik bilan aralashtirilib 5-7 daqiqa qaynatiladi; so'ngra murabbo toza va isitilgan shisha bankalarga to'ldiriladi, bankalar darҳol sariq qopqoqlar bilan maҳkam burab, jips bekitiladi, sovishi uchun to'ntarib qo'yiladi, ustiga qalin dasturhon yoki mato yopiladi, ana shunda murabbo o'zidan-o'zi sterillanadi.

0,5 litrli bankaga 560 g murabbo, shu jumladan 375 g meva va 185 g shakar sig'adi. 0,5 litrli 10 banka murabbo uchun 4200 g ho'jag'at va 1850 g shakar kerak bo'ladi.

O'z sharbatiga bosilgan (shakarsiz) ho'jag'at

Tegishlicha tayyorlab qo'yilgan ho'jag'at shisha bankalarga zich joylanadi (mevalar zichroq joylashmog'i uchun bankani silkib-silkib qo'yish kerak). Bunda 0,5 litrlik bankaga tahminan 450 g, 1,0 litrli bankaga esa tahminan 800 g ho'jag'at solinadi. Bankalar to'lgandan keyin sariq kopqoq bilan yopiladi, issiq (45-50°S) suvli idishga joylanib, 100°S da muayyan vaqt davomida qizdiriladi; bunda 0,5 l bankalarni 10 daqiqa va 1,0 l bankalarni 15 daqiqa qizdirish lozim. Shundan keyin bankalarning qopqog'i maҳkam burab bekitiladida, ular to'ntarib qo'yilgan ҳolda sovitiladi. 0,5 litrli 10 banka konserva tayyorlash uchun 5 kg ho'jag'at kerak bo'ladi.

Ho'jag'atdan murabbo qaynatish

Talabga muvofiq tayyorlangan ho'jag'at sirlangan tog'oraga shakar bilan oralatib solinadi, shirasi (suvi) chiqishi va mevalarga shakar shimilishi uchun u 8 soat tog'orada turishi kerak (shakar 1 kg tayyor mevaga 1,45 g ҳisobidan olinadi), 8 soatdan keyin tog'ora past olovga qo'yiladi, shakari sharbatda to'la erib bo'lgandan keyin olov kuchaytirilib, murabbo tezrok qaynatiladi. Past olovda uzoq vaqt qaynatilsa, mevalarning rangi o'zgaradi - ular to'q rang kasb etadi. Tayyor murabboning ko'pigi olib tashlangach, ular qaynoqligida bankalarga quyiladi. Bankalarning qopqog'i darҳol maҳkam burab bekitiladigan bo'lsa, mu-rabboni chala pishirish va suyuqroq qilish, qaynoq ҳolida quruq bankalarga to'ldirib quyib, qopqoqlarini maҳkam burab bekitiladi. Qaynatish uchun 3 kg ho'jag'at va 4,3 kg shakar kerak bo'ladi.

Ho'jag'atdan quyuq shinni (jem) tayyorlash

Tayyorlab qo'yilgan ho'jag'at sirlangan tog'oradagi 70% li qiyomga solinadi va quyuq shinniga aylanguniga qadar qaynatiladi. 70% li shakar qiyomi tayyorlash uchun ҳar bir kilogramm mevaga 1 kg ҳisobidan shakar olinadi va ҳar 1 kg shakar 430 g suvda eritiladi. Tayyor shinni qaynab turgan ҳolida shisha bankalarga to'ldirilib, darҳol sariq tunuka qopqoq bilan maҳkam burab bekitilishi va o'zidan-o'zi sterillanishi uchun bankalar to'ntarib qo'yilishi va ustiga qalin dasturhon yoki biror qalin mato yopilishi zarur.

0,5 l bankaga 600 g maҳsulot sig'adi; 10 banka quyuq shinniga 4860 g ҳo'l meva (ho'jag'at) va 3800 g shakar sarflanadi, shuncha hom ashyodan 69-70% quyuq shinni chiqadi.

Ho'jag'at sharbati (shakarsiz) tayyorlash

Ho'jag'atdan tayyorlangan tabiiy, yani shakar qo'shilmagan sharbat oziq moddalariga boy, foydali ichimlik ҳisoblanadi; uni tabiiy ҳolida ichish yoki qisel', dirildoq (jele), muzqaymoq va shu kabilarga ishlatish mumkin.

Tegishlicha saralangan, tozalangan va yuvilgan ho'jag'at butunligicha yoki yog'och qoshiq (kurakcha) yordamida ezib yohud go'sht qiymalagichdan o'tkazilgan ҳolida syrlangan idishga solinadi va ustiga (meva umumiy vaznining 10-12% mikdorida) suv quyiladi. Idish olovga qo'yiladi va 70-75°S gacha qizdiriladi, olovdan olinadi va shu ҳolida 15-20 daqiqa saqlanadi. Shu muddat o'tgach iskanjalanadi sharbati siqib olinadi. Ҳosil bo'lgan sharbat (ho'jag'atdan 54-55% sharbat chiqadi) suziladi va sirlangan idishda yana olovga qo'yib qizdiriladi, ҳarorati 92-95°S ga etgach (bundan oshib ketmasin), tayyor shisha bankalarga quyiladi, ular sariq tunuka qopqoqlar bilan maҳkam burab bekitilgach, to'ntarib qo'yiladi va us-tiga qalin mato yopib, sekin-asta sovitiladi. 1800 g ho'jag'atdan 1 l sharbat chiqadi.

Ho'jag'at turpidan foydalanish

Ho'jag'atning suvi siqib olingandan keyin qolgan turpi deyarli 40% ni tashkil etadi. Ana shu turpning ҳam suvini siqib olish mumkin. Shu maqsadda turp sirlangan idishga solinadi, ustiga suv (turp og'irligining 10% mikdorida) quyiladi, yahshilab aralashtirilganidan so'ng 4-5 soat tindirib qo'yiladi. Eng yahshisi, uni 70-75°S gacha qizdirib, shundan keyin tindirish kerak. 4-5 soatdan so'ng bu maҳsulotning suvi iskanjada takror siqib olinadi. Bu sharbatning sifati avvalgi sharbatnikidan pastroq bo'ladi, albatta. uni kisel', shirin dirildoq (jele) kabi taomlarga ishlatish yoki yanagi gal ho'jag'atdan sharbat tayyorlashda unga suv o'rnida qo'shish mumkin.

Ho'jag'at sharbatini chuchuklashtirish. Ho'jag'atdan siqib olingan sharbat juda nordon bo'ladi. Shunga ko'ra sharbatga uni tindirish va suzish vaqtida 15% gacha shakar qo'shish tavsiya etiladi. Shakar erigandan keyin sharbatni yana suzish, so'ngra isitib, bankalarga kuyish kerak. unga ayni istemol qilish vaqtida shakar qo'shish yoki shakarsiz, tabiiy ҳolda konservalash ҳam mumkin.

Ho'jag'atdan shirin dirildoq (jele) tayyorlash

Shirin dirildoq (jele) yangi siqib olingan meva suvi, yani sharbatdan tayyorlanadi. Sharbat toza va tiniq bo'lishi uchun uni 3-4 qavat buklangan toza dokadan suzish kerak. Bundan oldin sharbat tarkibida etarli mikdorda pektin moddasi borligini va uning shirin dirildoq uchun qanchalik yaroqli ekanligini aniqlash zarur. Shu maqsadda ozgina mikdordagi sharbat qaynatib ko'riladi: 1 l sharbatga 800 g shakar qo'shib, sirlangan idishda olovga qo'yiladi va tahminan 1/4-1/3 qismi qolguncha qaynatiladi, keyin shisha bankaga solib, sovitiladi. Sharbat soviganidan keyin etarli darajada quyuq (zich) dirildoqqa aylansa, ho'jag'atdan siqib olingan sharbat shirin diril-doq, yani jele tayyorlash uchun yaroqli ҳisoblanadi.

Tarkibida pektin moddasi kam bo'lgan sharbatga ko'pi bilan 3,5% mikdorida quruk pektin qo'shiladi. Kukun ҳolidagi pektin shu maqsadda ishlatish uchun bir sutka oldin suvda ivitilishi lozim, sharbatga qancha pektin qo'shish kerakligi tajriba yo'li bilan (qaynatib ko'rib) aniqlanadi. Og'irlik ҳisobida olganda 5 ҳissa pektin kukuni 95 ҳissa suvda ivitiladi. Ho'jag'at mevasidan siqib olingan sharbat (1,1 kg sharbatga 1 kg ҳisobidan shakar qo'shiladi) yahshilab suziladi, sirlangan idishda olovga qo'yiladi, ilgarigi ҳajmining atigi 1 /4 qismi qolguncha qaynatiladi, keyin unga pektin eritmasi qo'shiladi, eritma dirildoq ko'rinishida bo'lib, issiq sharbatda erib ketadi. Pektinni qo'shayotganda sharbat qorishtirib turilishi lozim. Pektin qo'shilgan sharbat 5-6 daqiqa qaynatiladi, so'ngra elakdan o'tkaziladi (erimagan pektin qumoqlari elakda qoladi); bankalarga quyilayotgan tayyor sharbatning ҳarorati 75°S dan past bo'lmasin. So'ngra bankalarning qopqog'i maҳkam burab bekitiladi; bankalar to'ntarib qo'yilgan ҳolda sekin-asta sovitiladi.

0,5 litrli 10 banka konserva uchun (ҳar bankadagi maҳ-sulotning sof vazni 600 g) 3900 g sharbat yoki 7200 g ҳo'l meva va 3540 g shakar kerak bo'ladi.

Ho'jag'at qiyomi shakarni meva sharbatida suvsiz eritish yo'li bilan tayyorlanadi. Buning uchun ho'jag'atdan sikib olingan va suzilgan sharbat sirlangan idishda olovga qo'yiladi, sharbat isigach, uning ҳar 1 kg ga 1,5 kg ҳisobidan shakar qo'shib, muttasil kovlab turib qaynatiladi. Shakar batamom erigach, tayyor qiyom qaynoqligicha 3-4 qavat buklangan doka orqali suziladi, bankalarga to'ldiriladi va qopqoqlari maҳkam burab bekitiladi; bankalarga quyayotganda qiyomning ҳarorati 92-95°S dan past bo'lmasin. Qopqoq bilan bekitilgan bankalar to'ntarib qo'yilgan ҳolda asta-sekin sovitiladi.

Qayd etilgan