136. "œBilga xoqon" bitigida qanday qabila va urug’ nomlari, joy va daryolar ismlari uchraydi?- Olti cho’b sug’dak xalqi, tabg’ach basmil, idikut, chik xalqi, qirg’iz, qarluq, to’qqiz o’g’uz, turk tatabi-turgash kabi qabila va urug’, Buluchi, Beshbaliq, Tamgudukbosh, Tugu baliq, Antargu, Chush, Azganti qadaz, Magi Qo’rg’on, Idar bosh, Qumg’on yish, Sunga yish, Oltin yish singari joy nomlari, Kam, Irtish, Tugla (Tuli) kabi daryo nomlari uchraydi.
137. Bilga xoqon obidasidagi voqealar tizimini qanday guruhlash mumkin?-
A) qahramonning muayyan yoshi;
B) voqea sodir bo’lgan joy;
C) voqeaning mohiyati;
D) natija.
138. "œTurli-tuman tarixiy ma’lumotlarga tayanib turib, O’rta Osiyoni eposlar beshigi deb nomlash mumkin", degan fikrning muallifi?- Boqijon To’xliyev.
139. Shiroq haqidagi afsona mazmunini yozib qoldirgan tarixchi?- Polien.
140. Eramizdan oldingi Y asr oxiri, YI asr boshlarida yashagan Ktesiy (430-354) ham yana bir rivoyatni ("œZarina va Straingiya") yozib qoldirgan. Uning ma’lumotlari qaysi asar orqali yetib kelgan?- Tarixchi Appelodor (er. oldingi birinchi asr)ning "œTarixiy kutubxona" asari orqali.