"Insonnoma". Abdug'ofur Sobir Mirzo.  ( 42760 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Munira xonim  04 Noyabr 2008, 11:29:31

Har insonga teng berilmish,
Inson degan ulug’ nom,
Inson bo’lib ko’z ochdimi,
Berilgay ushbu maqom.

Har chaqaloq yo’rgagida,
Chinqiragan pallasi,
Ona tilda yangragaydir,
Onasining allasi.

Onaning bu dil sadosin,
Bejiz topmagan bashar,
Bir umr vujudingda,
Bu nido birga yashar.

Ayt-chi,tokay Ona zoti
Qo’rqib yurak hovuchlar?
Bu qo’rquvchi his qilarmu,
Mal’unlar — yovuz kuchlar?

Tavba,Ona talab qilsa,
Bolalar — yosh jonlardan:
"œJon bolalar hushyor bo’ling,
Ko’chada INSONlardan!"

Kichkintoylar kulib qilsa
Boshlarin sarak-sarak,
To kelguncha onalarning,
Koz’lari olazarak.

Ana,inson hayotining,
Holidan bir manzara,
Ne kunlarga qoldi bosing,
Ahvolingga bir qara.

Bu yovuzlik illatining
Bormikan bir dorisi
Bu illatga ilashganning,
Bo’lmasin bir vorisi.

Inson emas ul yovuzlar —
Harakatli haykallar.
Xo’sh, ularning bo’sh qalbini
Ayt-chi, nima sayqallar?

Topsang-u tup tugadigan,
Tuvagiga tupursang,
Tarixingdan temir tishli,
Supurgi-la supursang.

Qirg’in barot ortar,go’yo
Tugab borar to’ylaring,
Yerni go’yo bo’ri bosgan,
Qirilmoqda "œqo’y"laring.

Farmonlarda tinchlik degan,
Moddalar kamaymoqda,
Mug’ombirlar safi ortib,
Soddalar kamaymoqda.

Badxulq kaslar shumligidan,
Dunyo ozor tortmoqda
Demak inson shaklidagi
Shayton sfi ortmoqda.

To’lmay turib bu iblislar,
Bu badkorlar orasi,
Qidir,izlan, to’plan, so’ra
Bormi tinchlik chorasi?

Bunga chora barcha birdan,
Sof Iymonga kelishdir,
Bunga imkon borku senda
Nahot, bu o’gir ishdir?

Tokaygacha tinchlik uchun,
To’xtam yo’q bir bitimga
O’zni bunday aldab yashash
Ayt-chi, kerakdir kimga?

Qani, tinchlik uchun tayyor,
Insoniylik g’ururi?
Qachon qaytar qalblaringga
O’sha tinchlik sururi?

Tinchlik istab bul bitikni
Bitarman, bilsang, atay,
O’rgat menga tinchlik nedur,
Bilmasang,kel o’rgatay.

Yetar "œurush-urush"!Kirish,
Buzganlaring butlashga,
Tadbir tuzgil endi tinchlik,
Tantanasin qutlashga.

"œZo’r"ligingdan tuynuk solding,
Sen zaminning tomiga,*****
O’ylamassan uchrashingni
Alloh intiqomiga.

Sezmadingmu,yaqin kunda
Zamin ichdan ketdi darz,******
O’nglanmasang foyda bermas,
Ul Kundagi nolish,arz.

Darz ketdi Yer-qarorgohing,
Qo’rg’oning o’qi,sinchi,
Bir sen emas, bor jonzotning,
Buzildi rohat, tinchi.

Yo’q, maqsadim qo’rqitishmas,
Vahima gap emasdur,
Bu gaplarni har odamga,
Har uchragan demasdur.

Anglarmusan, negaligin,
Avming xilma-xilliging,
Alloh sinab ko’rmoq bo’lar,
O’zaro ahilliging.*******

Qani, Alloh kutgan o’shal,
Ahilligu ittifoq,
U tark etar yurtlaringni,
O’rtada nizo-nifoq.

Shul bois har elatingda
Turli balo, kasofat,
Har tarafdan o’rlab kelar,
Yeru samoviy ofat.

Inson uchun ziynat erur,
Birodarlik, ahillik,
Ne kerakdur qavming aro,
Nohaqligu baxillik?

Nohaqliging ko’pdir sanab
Sig’dirib bo’lmas tanga,
Ot o’g’risi jazo bersa
Tovuq o’g’irlaganga.

Johilingda qop-qop oltin,
Olimingda mis tanga,
Qay biri ko[p foyda berar,
Elu yurtga, vatanga.

Har elingda, har bir yurtda
Uchragay bunday holat,
Dunyo xarob holga kelgay
Bo’lmasa gar adolat.

G’alamislar ko’p orangda,
Qilmishiga payt poylar,
Imkon topsa zumda qalbga,
G’alamis urug’ joylar.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Noyabr 2008, 11:30:20

Insoniylik burchin ular,
Hech zamonda uqqanmas,
Inson bo’lsang bil ularni,
Inson zoti tuqqanmas.

Ul badfe’llar ko’zlaringga,
Keng dunyoni tor qilar,
Farzandim deb atashlikka,
Onalar ham or qilar.

Afsus deging kelar afsus,
Ularning ham joni bor,
Mingta unday g’alamisdan,
Afzal bitta jonivor.

Ba’zilari boshliq bo’lib,
Jamoasin talaydur,
Xalqqa zulm qilib rahbar,
Tovonini yalaydur.

Harom harish lqumalardan,
Qorinlari osilgay,
Quruq shishgan o’pkalari,
Faqat o’lsa bosilgay.

Qarg’ish olsin deya, so’kar,
Har bir xodim a’zosi,
O’ylagayki, hech vaqt kelmas,
Qilmishlarin jazosi.

Vaqtinchadir unday kasga,
Har kun tekin ziyofat.
Lek abadiy erur uning,
Boshiga kelar ofat.

Ularni hech qiziqtirmas,
Haq yo’linda majolis,
Quruq, qurtlagan qalblari,
Bunday majlisdan oils.

Saflaringda sonsiz sag’ir,
Siqilgan sof siynalar,
Qilmishingdan qancha-qancha,
Qaynoq qalblar qiynalar.

Bul kun olam to’lgan, anglab
Bo’lmas yolg’on rostlarga,
Bilib bilmay berilgaylar,
Yolg’on extiroslarga.

Qara, zamin hayot uchun
Qanday go’zal qurilgan.
Sen tufayli uning husni,
Bugun biroz buzilgan.

O’zni o’ngla,o’tmay turib,
Yillaring misli poyga,
Bir kun olib borishar sen
Xohlamagan bir joyga.

Ayrimlaring sof iymonli,
Ibodati ham sozdir,
Taassufkim,ayrim damlar
Alar saflari ozdir.

Qani,ulug’ bobolaring
O’gitlari o’ldimi?
MAqsad mujmal kop’laringda,
Shul ham yashash bo’ldimi?

Birov atay birovlarni
Urushgali qistaydur,
Yana derki:"Neki bo’lsa
Alloh O’zi istaydur".

Shunchalar ham singib ketmish
Urush inson qoniga,
Zoting parvo qilmas hatto
Oylarning sultoniga.

Ulug’ oyda ham tinchi yo’q
Qancha mamlakatlarning,
Ko’milgaydurlar ostiga
Kimlardur la’natlarning.

Qadimda ko’p kimsa bu oy
Iymonin yo’qotmagan,
Hatto urush maydonida,
Bironta o’q otmagan.

Ul damlarda Ulug’ Oyda
To’xtatilgan urushlar,
To’xtatilgan boshqa bir yurt
Qavm ustiga yurushlar.

Bir xabardan bexabardur
Ko’p o’lkalar, ko’p joylar,
Bilmas qaysi oylar urush
Harom qiliungan oylar.

Alloh aytmish kalomida:
"œDo’st tutgil bir-biringni",
Tirnoq ostidan qidirma
Bir-biringning kiringni.

Bu ne holat bir-biringga
Yov qarashlar qilarsan,
Tap tortmasdan bir-biringga
Ba’d niyatlar tilarsan.

Bir-birigni quturgandek
Hech qayovsiz qoparsan,
Bu ham kamday yana turli,
Nizo o’ylab toparsan.
Bir-biringni hayvon deysan,
Eshshak deysan, it deysan,
Tushunsa gar biron hayvon,
Hushyor bo’l, tepki yeysan.

Hayvon debon so’kma sira,
Biron ablah odamni,
Tushunsa gar,ko’tarolmas,
Hayvon aslo bu g’amni.

Bir-biringni so’kma zinhor,
Do’st tut o’zing o’zingni,
Darig’ tutma yaxshilikni
Shirin qilgil so’zingni.

Alloh senga tavba uchun
Imkon berar atayin,
Yo’qsa, barcha berganini
Tortib olishi tayin.

Yo’q, maqsadim qo’rqitishmas,
Aytaman yana takror,
Tavba qilgil, tazarru’ qil,
Hali hamki imkon bor.

Maqsadim bu kuyunishim,
Senga ta’sir qilsaydi,
"œKarquloq"lar qulog’iga
Biroz gapim ilsaydi.

Hafa bo’lma, ko’p to’xtalsam
Nopokliklar haqinda
Istak:umumbashar ofat
Kelmasligi yaqinda.

Yetar, endi chek qo’ygil sen
Qirg’in barot,ur-surga
BAxt toparsan,amal qilgil
Alloh bergan dasturga.

Yaratganning dasturi bu
Nozil qilgan Kalomi.
Anglaganga bo’lsin doim,
Haqning rahmat salomi.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Noyabr 2008, 11:31:37

Erta kunga ishonching yo’q,
Vujudingda tolishlar"¦
Qarashlaring horg’in, ma’yus,
Og’ir nafas olishlar.

B’azan hadding bilding, ba’zan
Haddingdan xop oshgansan,
Tekis, ravon yo’l turib
Tor yo’lda adashgansan.

Bilib-bilmay kirishding sen
O’zliging yo’q qilarga
Tinchimaysan,tirmashasan
Qandaydir cho’qqilarga.

Ko’p urinma, befoydadir,
Joy olmassan samodan,
Neki bo’lsa, yerda qilgil,
Talab shu tirik jondan.

Ko’k qiroli burgutning ham
Rizqini shu yer berur,
Sayri-parvoz ko’k bo’lsa ham
Rizqini yerdan terur.

Bunchalar xush ko’radursan,
Ko’kni,baland parvozni,
Ko’rgil holing ne bo’lishin
Yelda uchgan qog’ozni.

Shamol uni uchirgaydur,
Istasa cho’lga, toqqa.
Yo o’ynatib ko’kda bir dam
Birdan urar botqoqqa.

Xarindingga pul yetmasa,
Deysan:"O’lsin, pul o’lsin",
Qo’y, o’lmasin, o’sha puling,
Bo’lsin me’yorda bo’lsin.

PUl,mol uchun odam qirish,
Portlatish,chopish,otish?!
Bunga ta’rif bitta bo’lar,
Bu faqat IYMON sotish.

Hozir bir gap aytsam senga
Iltimosim,kulmaysan,
Suv sotganing mayliku-ya,
Havoni ham pullaysan.

Yana bir gap aytsam agar
Ko’plar toshdek qotadir,
Ko’pchiliging kezi kelsa,
IYMONin ham sotadir.

Chunki uni yeb bo’lmasdir,
Ust,boshga ham kiyilmas,
Alloh,O’zing kechir bu til,
Bunchalar ham tiyilmas.

Vujudingda,qulubingda,
Ruhingda bo’lar IYMON,
Barcha xislat IYMONdandur,
Bunga chin dildan ishon.

Alloh O’zi nigohimiz
Haq yo’ldan qayirmasin,
QO’ymasin hech narsadan ham,
IYMONdan ayirmasin.

Har insonda har insonga
Bo’lsin mehr,intilish,
Nega kerak qirg’in barot,
Tana tilish, qalb tilish?

Bir-biring sev dushman dema
Bo’lmasa ham u dindosh,
Ota-onang bir-ku, barchang
Bir-biringga qarindosh.

Xudo O’zi xohlab bo’lmish
Barchani turli dinga,********
Bu bir sinov qon to’kmagil,
Qiliching solgin qinga.

Barchani bir yo’lga buray
Deb qurol olma qo’lga,
Haq xohlasa barchamizni
Boshlar O’zi Haq yo’lga.

Axir, dinda yo’qdir aslo
DInga zo’rlab kiritish,*********
Demak jangga yo’qdir hojat,
Kerak fikr yuritish.

"œBexabar" va "œbilmas" banda
Dinga kirmasdir birdan,
Pand-nasihar ila bo’lsa,
Naf border bu tadbirdan.

Sen "œkofir" deb kulganlarning
Haq yo’lda yurgani bor,
"œMo’minman" deb mo’minlarni
Haq yo’ldan urgani bor.

Yurt kezib, ul yurtni buzib
Jar solma sen har yonga,
Kim mo’min, kim kofir erur
Hojat yo’qdir bayonga.

Din bahona yurtni buzib,
Ag’darma biron taxtni,
Alloh O’zi jazolagay
Har bir kofir — badbaxtni.

Bu dunyoda din bahona
Bul kun ko’plab g’alayon,
Qay din haqdur Haq biladi
Haqiqat Haqqa ayon.

Har ish Haqning hukmi bilan
Hayoling yig’ bir yona,
Har bandaga IYMON tilab
Duo qil g’oyibona.,

To’xtab jangu jadal birdan
Jahonda barcha jimsa,
O’z — o’zidan jang boshlamas,
Jahoinda biron kimsa.

Har bir jangga sabab — hasad
Va yo’qligi adolat,
So’ngra so’ngisz davom etar
Saflaringda razolat"¦

Ibtidoda hasad sabab
To’ng’ich akalarimiz
Urushdilar"¦Hozirgacha
Urushamiz barchamiz.

Arzimas bir sabab kimlar
Qasd qilib biror jonga,
Jang boshlagay"¦so’ngra bu jang
Tarqalar keng jahonga.

Tarixingni o’qib,izlab
Bunga men bo’ldim iqror,
Har urushga men bu bobda
Sanab o’tgan sabab bor.

Hasad,haqsizlik haqida
Xulosamga quloq sol,
Hasad — shayton qo’lidagi
Senga qarshi bir qurol.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Noyabr 2008, 11:32:31

Haqiszlik, bu bo’lmasligi
Biron joyda adolat,
Bu ham shayton amalidan —
Senga qarshi adovat.

Har betayin bayramlarning
Topib turli turini,
Har bir dining turli vaqtda
Kutar yangi yilini.

Turli tuman mazhablaring
Tinim bilmay bash aylar,
Barchasi "œbiz haqmiz" deya
Tinmayin tortishgaylar.

Tortishgaylar kecha kunduz,
Tortishar hatto xobda,
Sababi tan olmagaylar
Haq aytganin Kalomda.

Turli-tuman fikr tashlab
Qalblarin shayton ovlar,
Haq aytadur:"Avvaldan ham
O’tkazdik ko’p sinovlar".**********

Haqman degan banda haqmas,
Haqning O’zi haq erur,
Banda aytgan bari bekor,
Haq aytgani haqd erur.

Dastlab holda vahshiy yashab,
Badaviy bo’lib so’ngra,
Endi raso bo’lganingda
Yig’lab qolmagin xo’ngrab.

O’ngla o’zing fursat bordir
Yig’ib aqlu hushingni,
Imkon bordir asrab qolgin
Chalajon baxt qushingni.

*  "œZuxruf" surasi,10-oyat.
**  "œA’rof" surasi,200-oyat, "œNahl" surasi,98-pyat.
***  "œNiso" surasi,79-oyat.
****  "œRa’d" surasi,11-oyat.
*****  Osmonda paydo bo’lgan azon tuynugi.
******  2004 — yil, 26-dekabr.Tinch okeanidagi sunami ta’siri.
*******  "œHujurot" surasi,13- oyat.
******** "œMoida" surasi,48-oyat.
********* "œBaqara" surasi,256-oyat.
********** "œOli-Imron"s, 137-oyat, "œAn’om" s,6-oyat,"Yunus" s, 13-oyat,"Yusuf" s, 109-oyat,"Maryam" s,74-oyat.


Qayd etilgan


Munira xonim  11 Noyabr 2008, 08:17:20

HAYVONOT HAYRATI.

Fikrlaring ba’zan teran,
Ba’zan o’ta sayozdir.
Ba’zan o’ta qaynoq,ba’zan
Bamisoli ayozdir.

"œAjdodlarim maymunlar"¦"deb
Aljirab ham qo’ygansan,
Uzoq yur xom hayollardan,
Nahot,jondan to’ygansan.

Lekin ba’zi qiliqlaring
MAymunlardan qolishmas,
Havas qilma, ular seni
Qatoriga olishmas.

Hatto qushlar ko’rsa, zumda
Qochar u yon bu yonga,
O’qday uchib "œquyon" bo’lar
Uchrab qolsang quyonga.

Bexos borsang suv bo’yiga
Gar tomog’ing taqillab,
Ko’rgan baqa birdan o’zin
Suvga otar "œvaqillab".

Zoting borki, qimirlagan
Jonning qilin siyohlar,
Tegmasin deb tovonlaring
Titrab turar giyohlar.

Qo’lda bolta, kirmasin deb
Senday zo’ravon botir,
O’rmondagi har bir daraxtDoim olar xavotir.

Bor yovvoyi hayvon zumda
Urib qochar joyidan,
Chora qilar qutulishga
Sendayin "œyovvoyi"dan.

Faqat qochmas sendan nari
Yaqinlashgan onlaring,
Sen bo’ynidan bog’lab qo’ygan
B’azi uy hayvonlaring.

Balki ular ham o’ylarlar
Bekor qolsa gohida,
Yasharmidi erkin"¦arqon
Bo’lmasa gar shohida.

Ular zormas qo’ldan bergan
Bir tutam ko’k o’tingga,
Ichlarida aytar:"Ko’zim
Tushmasa — ko’z betingga".

O’z jismidan ming bor baland
Sakrar burgaga qarang!
Sen-chi bo’ying barobarga
Sakraysan arang-arang.

Bas, har qancha sakrasang ham
Ko’z tikib bir burdaga,
Bul xususda yetolmassan
Shunday "œojiz" burgaga.

Yoki quzg’un baland ko’kdan
Tikilib turik jonga,
Ko’rib, ko’kdan tikka tashlar
Sen ko’rmagan sichqonga.

Sen sezmagan bir narsani
Sen ko’rmagan bir "œish"ni,
Qorong’uda ko’rib xo’roz,
Boshlagay qichqirishni.

Yoki otlar sen sezmagan
Bor sharpani qilar his,
Qara,bunday hislatlarning
Qanchasi senda tanqis.

Atrofingda biron xatar
Yaqinlashib kelsa gar,
Senga sodiq sanalganlar —
Ot va it bergay xabar.

Oting hurkib kishnab aytar
Sezsa biron sharpani,
Sen-chi, undan qizg’onasan
Ba’zan oddiy arpani.

Itsiz cho’pon qo’ralari
Yaylov qolar huvillab,
It bo’lmasa, kim bo’ridan
Ogoh etar uvillab?

Itlar sen "œzo’r" sezmaydigan
Xavfni sezib turadi,
B’azi noxush xatarlardan
Ogoh qilib huradi.

Ba’zi jonivor, hashorotlar
Xavfni sezib oldindan,
Qavmi qator-qator bo’lib,
Qochishar chiqib indan.

Bul ajoyib alomatni
Sen-chi, ilmassan ko’zga,
Ular senga aytishlikni
Ravo ko’rmaslar o’zga.

Chunki hatto hashorotlar
Sendayin "œzo’r"dan bezor,
Bul bezorlik sabablari
Qilmishingda "œqop"lab bor.

Faat o’zi qochar xavfdan,
"œSenchi battar bo’l" deydi,
"œBizni qirding, endi o’zing,
Bir qirilib o’l",-deydi.

Asalari dala kezib,
Senga bo’lsin deb kirim,
Zarraday bir boli uchun
Uchar minglab chaqirim.

Fil gavdangni oldida u
Misoli bir pistaday,
Tinglab  bunday misollarni
Albat, kulging qistagay.

Zotingdagi ba’zilaring
Yurib qolsa piyoda,
Uch-to’rt qadam qo’ydi, tamom
Yurolmaslar ziyoda.

Halol mehnat, ahillikni

Yo o’rgan chumolidan,
Turtsang hamki, ajralmagay
Halol topgan molidan.

Gar sinchiklab nazar solsang,
Har lahzalik holiga,
Harakatin ko’rib dersan:
"œBuyursin haloliga!"

Ibrat olgin undan rizqni
Topishni, puxtalikni,
Bir-biringga oqibatni,
Hatto salom-alikni.

Bir-biriga duch kelsalar,
O’tmagaylar salomsiz,
Faqat bizning nazdimizda
Tovushlarsiz, kalomsiz.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Noyabr 2008, 08:18:49

E,voh, qani endi senda
Bo’lsa shunday ittifoq,
Senda zabon, aql bor-u,
Ishing-chi, nizo nifoq.

Bekor qolib, ba’zan uning
Inini ham buzasan,
Unit inch qo’y, o’zing qachon
Tinchlik reja tuzasan?

Qancha-qancha jonivorlar
Qirildi jon qasdidan,
Ko’plarining nomi o’chdi
Och nafsingni dastidan.

Fursat o’tmay bog’la nafsing,
Shukr qilgil boringga,
Ne tanlashing berilmishdir
Sening ixtiyoringga"¦

Oving zavqi uchun qirsang
Hatto nahang, kitlarni,
Zavq olay deb urushtirsang
QO’chqor, xo’roz, itlarni.

Jonivor turin tanlamassan
Chiqsa bo’ldi foydasi,
Uyat, axir, o’yin bo’lsa
Suvaraklar poygasi..

Uyat, "œurush" o’yin qilib
Davralar qurishlaring,
Yo, kammidir ichingdagi
O’zaro urushlaring?

O’yin atab ikki inson
Urushsa, yuz qontalash
Kim uchundir zo’r tomosha
O’rtada-chi, jontalash.

Bu betayin urushlaring
Turi tokay ortadur?
Insonsan-ku, nega qoning
Vahshiylikka tortadur?

Yetar, axir tomosha,deb
Sof dillarni tig’lashing,
Zavq o’rniga o’rinlidir
Bu holatga yig’lashing"¦

Hayvon zoti "œhayvon"liging
Aytar, bir-biroviga,
O’lgan yaxshi, kirishgandan
Inson inson oviga!!!

Qachon bo’lar, axir o’zni
Yovuzlikdan tiyishlar,
Bechoralar holini tang
Qilib rizqni qiyishlar?

Har ne qilsa, olsa-bersa
Haq hamisha haq erur,
Hali cho’zib imtohonni
Insofga ilhaq erur"¦

Zo’rman dema, unutmagil,
Kimdir bordir sendan zo’r.
Ul "œKIM"ning kim ekanligin
Bir dam to’xtab o’ylab ko’r!

"œZo’rman!" dema, "œZO’R" oldida
Bandasan, oddiy qulsan,
Yer atalmish bu maydonda
Oddiy bir qorovulsan.

Parvarishgu himoyasi
Bordir sening zimmangda,
Sinalgaydur bul vazifang
Hayot atalmish jangda.

Ha, bu hayot deganlari
Tiriklik-chun kurashdir,
Sabrliga baxt mukofot,
Besabrga nurashgdir.

Ha, yot derlar, bir vaqt kelib
Yotdek bo’lib yotmoq bor,
Hayot qadrin bilmaslarga
Azoblarga botmoq bor.

Yaratganning O’zi senga
Ibtidoda demishdir:
"œQimirlagan har bir jonivor
Sening uchun yemishdir."

FAqat senga ta’qiqlaydi
Joni bilan yeyishni,
Ya’ni joni tirik holda
Qoni bilan yeyishni.

Lekin "œYesa bo’lar"¦" debon
Har yemish qilmasin rom,
Ba’zi noma’qul narsalar
Qilinmish butkul harom.*

Lek bir-biring yeyishingni
HAq ko’zda tutmagandir,
Bir-biringga hamla, hujum
Haq sendan kutmagandir.

To’g’ri, axir sen ham yerda
Qimirlagan bir jonsan,
Bul degani jonivor emas,
Ongli maxluq — Insonsan!

Nega axir bir-bringni
Qon-joningga tashnalik,
Qani Alloh talab qilgan
Sadoqatga oshnalik?

Kim begunoh bir insonning
Qonini to’kkan uchun,
Qat’iy nazar kim bo’lsin ul,
Alloh talab qilar xun"¦

Kimda bo’lsa bir insonning
Qoniga bir tashnalik,
Ul kim shaytoni la’inga
Qilar ul dam "œoshnalik".

Qonga tashnalikka, bo’ldi
Boshqa bir so’z demasman,
Insoniylik shu bo’lsa gar,
Kechir inson emasman.

Ajib holat davom etar
Uzoq o’tgan damlardan"¦
Ajab qo’riqlasa odam
Odamni odamlardan.

Qadim-qadim asrlardan
Doim yurishdi o’rab,
Qo’rqishib har qadamida
Turdilar soqchi so’rab.

Qornin yorib ketmasdiku,
To’ng’iz kelib to’qaydan,
Yo bo’rilar yeb ketmasdi
Kelishib allaqaydan.

O’z zotini o’z zotidan
Hayvon qilmas himoya,
O’z zotingdan o’zing qo’rqsang,
Bu endi qanday g’oya?

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Noyabr 2008, 08:19:45

It bor seni qo’riqlashga
Kunduz hamda tunlarda,
Balki u ham ba’zan o’ylar:
"œOdamlar majnunlar-da"¦

Kunduz talab bir-birini,
Hamma yoqni loylatib,
Tunda o’zi qotib yotar
Biz itlarga poylatib.

O’zi to’yib ovqat yeydi,
Tindirmayin iyakni,
Bizlarga-chi ravo ko’rar
Bor-yo’g’i bir suyakni.

Boz ustiga ba’zan urib,
"œitsan" deb quturishar,
O’zlari-chi, kezi kelsa
Bizdan battar urushar.

Kim bularning qilar ishin
Sababin surishtirar?
O’z urushi yetmaganday,
Bzini ham urushtirar.

Ba’zan bizga quturishni
O’rgatar haddan osha,
Urushtirib bir-birimiz,
O’zi qilar tomosha.

Bir-birimiz o’ldirsak ham,
Bizlar bilan ishi yo’q,
"œUyat axir bu ishalring!"
Deydigan bir kishi yo’q.

Bir-biriga qarab "œItsan"
Deyishni yo’qotsaydi"¦
E, charchadim,qorin ochdi,
Ahh,tezroq tong otsaydi"¦"

Uzr,hayol sal chalg’idi,
Bir oz oshirdim lofni,
Itdan battar bo’lma senga
Alloh bersin insofni.

Dema aslo:"Odamlarga
Itning ne keragi bor?"
Senda mumkin bo’lmasligi
Lek itning yuragi bor.

Haddan ortiq gap gapirsam,
Sen ranjima lafzimga,
Bu tanbehlar qaratilgan
Avvalo o’z nafsimga.

Hech bir jonivor o’z-o’zidan
Senga hujum qilmaydur,
Unda faqat nafs bordur,
O’zga g’amni bilmaydur.

Hech bir hayvon senga qarshi
Qondoshlarin jamlamas,
Qo’rqadigan narsang tayin,
Bu hayvoniy hamlamas.

Sen qo’rqqan zot,senga aytsam,
Oz’ingdan o’z aslingdan,
Qo’rqqan o’zing, qorqituvchi
O’z zotingdan, naslingdan.

Qo’rquv solgan ul qondoshing
Har na qilishga shaydir,
Sabab shulkim, saflaringda
Nohalqik bor qandaydir.

Tinch yashashing tayin, tortib
Olmasang birov haqin,
Yoqmasa ham senga so’zim
Haqiqatga bu yaqin.

Bul mavzuning xulosasi
Kelmasin senga malol,
Asos — xotirjam hayotga
Halol topishdir, halol!!!

Halol luqma har lahzada
Huzur bag’ishlar jonga,
Halollikning hislati bu
Bog’liq erur iymonga"¦

Maqsadim shul: - Men to’xtalib
Har sohaga,har ishga,
Undagayman har insonni
O’zligiga qaytishga.

* "œMoida" surasi,3-oyat; "œAn’om" surasi, 146-oyat; "œNahl" surasi,115-oyat.


Qayd etilgan


Munira xonim  11 Noyabr 2008, 08:45:57

HAQ YO'L - HAQNING YO'LIDIR!!!

Bu dunyoda tiriklik-chun
Senga turli yo'llar bor,
Bu yo'llarda turli to'fon,
Qor yomg'irlar, do'llar bor.

Dunyo to'la turli yo'lga,
To'lib ketgan o'ngu so'l,
Lek dunyoda yagonadir
Nurli, ravon, to'g'ri yo'l.

Bu yo'l yolg'iz HAqning yo'li
Yursang faqat shunda yur,*
To'g'ri ko'rgil, to'g'ri tanla,
To'g'ri yurgil, to'g'ri tur.

Tikla qadding, boq olisga,
Ortingni ham unutma,
Bu borliqda tanho yo'l shu
O'zga yo'lni sen tutma.

Adashmagil, to'g'ri yo'ldan
Ketmagil yuz o'girib,
Oh-nadomat qilma oxir
Boshi berk yo'lga kirib.

Bilsang barcha bu dunyoda
Bir yo'lovchi musofir,
Amal qil Ul Eslatmaga,**
Bo'lma ko'rnamak-kofir.

Yo'lovchi yo'l eslatmaga
Qarab ulov boshqarur,
Hayotingda Haq Kalomi
Senga shundayin zarur.

O'qi, o'rgan, e'tibor qil
Har muqaddas oyatga,
Shunda Alloh O'zi boshlar
Seni Haq hidoyatga.

Ul Zot barcha qilayotgan
Ishlaring bilguvchidir,
U - ogohdir, U - farmondor
Mag'firat qilguvchidir.

Sen-chi og'ir damda unidan
Shafqat, madad kutarsan,
IShing bitgacha, madadkoring
Bir zumda unutarsan.***

Kim Allohni tanibdi,ul
O'zligin ham taniydi,
Ushbu sirli haqiqatni
Barcha bilsa qaniydi.

Bir kun oxir o'z-o'zingga
"Men kimman?" deb so'ylash bor,
O'zligini anglaganga
Oxiratni o'ylash bor.

Hayotingdan oliy maqsad
Qalbing ichra pinhondur.
Anglaganga foniy dunyo
Bir sinov-imtihondur.****
Surar davring vaqtincha, bil,
Qachonki kuning botdi,
Xonumoning befoydadur,
Naf bermas oldi-sotdi.

Unutmagil INSON, seni
Hayotga yo'llganni,
Butun umring davomida
Hamisha qo'llaganni.

Unutmagil har dam, har dam
Holingni bilguvchini,
Tayyor turgil so'rog'iga
Tez hisob qilguvchini.*****

Bor mavjudot tasbeh aytar,
Hamd-la o'tar har oni,
Bari bilar bu dunyoda
Bor jonzot erur foniy.

Faqat boqiy yashar O'zi -
ZUL JALOLI VAL IKROM.******
Bu borliqni bir sir ila
Bog'lab O'zga qilib rom.

Faqat bilmas ko'p insonlar
Bu Haq So'zni albatta,
"Bu bo'lmagan bir so'z" deya
Yotadurlar g'aflatda.

Alloh O'zi ochsin ular
Ko'zlarin,aylab ogoh,
Aytsunlar dil va tillardan:
"Tavba!Astag'firulloh!"...

Nurga intil, chiqqil g'aflat
Chodirining tagidan,
Izla oliy baxt yo'lini,
Tutgil baxt etagidan.

Ne-la, qanday o'lchangaydur
Yaratganga salovat?
Belgisi shu:IYMON,TAQVO
Ibodat, sabru toqat.

Solih amal oxiratda
Yuzga bergay jilva nur,
Vujudingga bir sokinlik,
Dilingga berur surur.

Agarki, sen dilda iymon,
Bo'lsin desang mustahkam,
Ibodating qil vaqtida,
Haq dinni tutgil mahkam.

Javob olmoq istarmusan
Desang agar:"Kimman-da?"
Sen bir oddiy bajaruvchi
Neki borki zimmangda.

Zimmangdagi ish - zaminni
Gullatish obod etish,
Bul tuhfani hadya etgan
Yartaganni yod etish.

Do'st bilib sen har elatni,
Dildan mehr ato etish,
Agar qilsang neki aksin
Ul gunoh, xato ketish.

Gunoh bilib, sira shayton
Aytganini qilmaslik,
Ul mal'undek bir umrga
Tavqi la'nat ilmaslik.

Halol mehnat, ibodat-la
Tunu kun mashg'ul bo'lish,
Burching budir:Yaratganga
Sadoqatli qul bo'lish.

Banda ishi o'z boshiga
Kelmasdan sharmandalik,
Sodiq bo'lib Yaratganga
Qilmoq erur bandalik!!!


* "Hud" surasi,112-oyat;
** "Takvir" surasi,27-28-oyatlar;
*** "Yunus" surasi,12-oyat; "Zumar" surasi,49-oyat.
**** "Baqara" surasi,155-oyat; "Kahf" surasi,7-oyat; "Toha" surasi,35-oyat; "Mulk" surasi,2-oyat;
***** "Ol-i Imron" surasi,199-oyat;
****** "Rahmon" surasi,26-27-oyatlar.

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Noyabr 2008, 09:14:35

NAFSGA NIGOH NAFSSIZDIR.*

Gar undasa gunoh ishga
Kimni nafsi "ammora".
Kalimai istig'forni
Aytishdir unga chora.

Jilov bilmas nafsing har dam
Har ishga buyurgaydur,
Buyrug'ini bajarsang gar
Yuzga qaro surgaydur.

Nafsga nigoh nafssiz erur,
Qildirar xijolatga,
Oxiratda solgaydur ul
Seni og'ir holatga.

G'olib bo'lgi har dam jangda
Nafs atalgan yov-la,
Qulligu qulluq qilma
Ul badfe'lni jilovla.

Ajdar nafsning   huzurida
Qul qalblarga og'ridir,
Har dam ajal dahshatidan
Qaltirab turar dir-dir.

Mana misol...deylik, mayda
Baliqning holi tang-a?
Suv betida qushga yemdir,
Ostida-chi nahangga!

Dev qomatga lol qolgin-u,
Ehtiyot bo'l zarraga,
Zarra devdan battar qilar
Yetib olsa marraga.

Zarra ko'zga ko'rinmasdir,
Nafs ham ko'zga ko'rinmas,
Lek ogoh bo'l, iymoningga
Hamlasi bir dam tinmas.

Nafs yo'lida ertayu kech
Tinimsiz yugurasan,
Ko'p yugurma, nasibangni
Olishga ulgurasan.

Tez ketar bu naqd dunyoni
Bunchalar xush ko'rasan?**
Tez ketar bu naqd dunyoda
Vaqtincha bir to'rasan.

Mol-davlatim - kuch qudratim
Degan so'zing xatodir,
Bu dunyo bir o'tkinchi va
Aldaguvchi matodir.***

Kech ortiqcha mol dunyodan,
Haqni bil, Haqni tani,
Kim dunyoni do'st bilar
U Allohning dushmani.

Tushunchamni to'g'ri tushun,
Tushmayin tushkunlikka,
Tenglasang bas, o'tar umring
Muddatin "uch kun"likka.

Muddating bor tugamasdan
Bog'la nafs havoyingni,
Vaqting o'tsa, tinglamslar
Sening dodu voyingni...

Qay bir dasturxonlaringda
Yegulik ne'matlar xor,
Qancha - qancha xonadonlar
Qotgan parcha nonga zor.

Kimdir tekintomoq holda
Ayshin sursa bemalol,
Kimdir ko'rar kuni kulfat,
Yotsa, behol, bemajol.

Qay yurtlarda dili vayron
Och0yupun gado bisyor,
Qay yurtda deb so'rma, qara,
Balki shunday qo'shing bor.

"O'zi kelar" daromaddan
Qasr qurganlar goh-goh
Bir devor past kulbaga ham
Tashlab qo'ysinlar nigoh.

So'rab qo'ysa bul ham savob -
Ul hamsoya holini,
Sipo bo'lib talaguncha
Miskinlarning molini.

Kim haloldan topib qursa,
Haq bersin omadini,
Zar, kumushdan tiklay qolsin
Qasrining qomatini.

Kim qursa qanday qurgaydir,
Har kimning o'zin ta'bi,
Tushunganlar turmush tutar
Kamtarin zotlar kabi.

Tarixda to'q toifalar
Ma'lum, oxir netganlar,
Barchalri bu dunyodan
Quruq qo'l-la ketganlar.

Neni olib ketmoqchisan
Bu besh kunlik muhlatdan?
Kamtarin bo'l va hushyor bo'l,
Qochgil soxta shuhratdan.

Topgan boylik - oltin,kumush,
Deylik yo gavhar toshdir,
Barchasi so'ng avlodlaring
Orasinda taloshdir.

Bul barchasi bir vaqt kelib
Bir baloni boshlagay,
Ul dam senga begonday
Ko'p ko'zlarni yoshlagay.

Bir-birini qirishgaydir
Ul boylikni talashib,
Bunga qancha-qancha misol
To'lib yotar qalashib.

Ul bevafo boylik aytar:
"Mendan tezroq ket nari!"
Qilgan solih amal erur
Sen-la birga ketari!!!


* Nafs haqida - "Yusuf" surasi,53-oyat; "Qiyomat" surasi, 40-oyat;"Fajr"surasi,27-oyat.
** "Qiyomat" surasi, 20-oyat;
***"Ol-i Imron" surasi, 185-oyat; "Hadid" surasi,20-oyat.

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Noyabr 2008, 12:10:15

SHARHI SHUARO.

Shu kunlarda shunday bitik
Kerakdir, noo’rinmas,
Men bir qalam tutguvchiman,
"œFikr berar" ko’rinmas.

Kimdir aytish kerak bo’lgan
So’zga men saylanmishman,
KImgadir do’st, kim uchundir
Dushmanga aylanmishman.

Eshit, barcha bir\tganlarim
Bo’lsa ham biroz noxush,
Bitganlarim bor haqiqat,
Ro’yo yo emasdur tush.

Bul barchasi bir kun oxir
Aytishi kerak kimdir,
Aytishga men qaror qildim,
Sabab — saflaring jimdir.

Men ham jim yurdim qanchalar
Endi jim yurolmasman,
Kim jimdur, ul jim bilan
Anjuman qurolmasman.

Senga qulay bo’lsin uchun
Bitigim bitdim soda,
O’qilgan har misra qolar
Osonlik bilan yodda.

Oson bilma  bul ishimni,
Yo’qsa,sen ham bitib ko’r,
Taxmon to’la tarixiy bul
Kitoblarim titib ko’r.

Aytaramki, nazm bog’ining
Betinim bulbuliman,
Menkim Alloh aytgan So’zni
Anglatuvchi quliman.

Bir tun bedor holatimda
Ichki bir ovoz dedi:
"œEndi biroz bilganlaring
Bildirganing soz!" — dedi.

Shul sababdan ahd ayladim
Sen-la suhbat qurishga,
Senga sabr bersin, menga
Quloq tutib turishga.

Senga xolis hayol ila
Bitadurman bu xatim,
Senga foyda saboq erur,
Qo’rqtishmas niyatim.

Sening ishing, menga quloq
Solma yoki solgin sen,
Istagim shul:ortiqchamas,
Oz bo’lsayam olgin sen.

E’tibor qil har misraga,
Undan — bundan cho’qima,
Fosiqona fikr qilsang,
Qo’y yaxshisi o’qima.

Istak ermas shuhratimni
Keng dunyoga tarqatish,
MAqsad — diqqat e’tiboring
Yaratganga qaratish.

Ijod ishin eplolmagan
Bozori ko’p kasodlar,
Balkim endi uyushtirar
Turli fitna fasodlar.

Balki do’st ham kular mendan,
Balki ba’zi bir hesh der:
"œAna kelar shoirsifat —
Bizdan chiqqan darvesh der.

Senga, menga do’st erur kim
Bul ishimdan quvonsa,
O’ziga yov erur ul kim
Hasad o’tida yonsa.

G’animlarim endi tinmay
G’iybatimni qilarlar,
Men bir bandayi ojizga
Ayon neni tilarlar.

Sirtlaridan salomlashib,
Sezdrimayin so’karlar,
O’zlariga gunoh olib,
Menikini to;karlar.

Ezgu amal hech ularning
Xush kelmagay joniga,
Hasad o’tin alangasi
Yetgay ustixoniga.

Ular inson emas, ular-
Qimirlovchi arosat,
Miyasining o’rni boru,
Lek unda yo’q farosat.

Mahshar kuni mo’minlikni
Alar istab qolarlar,
Afsus unda kech bo’lgaydur,
Befoydaga nolurlar.

Kechir meni"¦Ul kaslardan
Olmoq uchun alamim,
Tuzukroq bie tgarmu deb
Qo’lga oldim qalamim.

Kechir, hasrat oshib ketdi,
OShdi kin-kudrat, gina,
Bitikning bosh mavzusidan
Chetlab ketdim ozgina.

Hali aytar gaplarim ko’p
Ha, gaplarim yana bor,
O’z o’rnida hazily bor,
O’z o’rnida ta’na bor.

Shul o’rinda qilib o’tay
Shoirlikning ta’rifin.
Chin shoirga menda aslo
Yo’q adovat, zarra kin.

Shoir debon atagum yo’q
Sh’er yozarlarning barin,
Kimki yozsa haqiqatni
Faqat shunga ofarin.

B’azilari qalam tutar
Tirikchilik yo’lida,
Maqtov,shuhrat bo’lsa bo’ldi
Doim o’ngu so’lida.

Ba’zilari bo’lmag’ur bayt —
Yolg’onlarni yozganlar,
Undaylarga ergashgaydur
O’z yo’lidan zoganlar.*

Ayrimlari so’z aytarda
O’ta "œbaland"parvozlar,
Behuda bir baqirishlar,
Baland parsa ovozlar.

"œMen ham shoir" degnalar ko’p,
Ko’pi yozar son uchun
B’azi birin bitganlari
Yozilgan unvon uchun.
Ba’zilari bitganiga
O’zi amal qilmagan,
Bitganlari bo’lar bo’lmas
Bitikligin bilmagan.

Shoir bilsin ne bitganin,
O’tkirlab qalam uchun,
Bilsin shoirlik qismatin,
His qilsin sh’erning kuchin.

Aytar, bitar so’zi sira
Bo’lmasin haqdan yiroq,
Hadis bordir:"Shoir otar
O’qning ti’gi o’tkirroq".

Esla yana o’tmishdan bir
Ulug’ shoir so’zin ham:
"Qilich olmas yer yuzini
Zabt qila olur qalam".**

Men-ku hakam emasdurman
Bul sohada bul ishda,
HAqni yozgan haq shoirlar,
Ko’pi qolmish o’tmishda.

Haq yodi-la o’tkazmishlar,
Alar har bir onlarin,
Asarlari abadiy ul
Sh’eriyat sultonlarin.

Hozir ham chin shoir sabab
Nash’alidur nazm nahri,
Chin shoir chin baytlar bitar,
Chin shoir — millat faxri.

Xalq o’zi haq so’z aytishga
Chin shoirni saylasun,
Chunki shoir qofiyali
So’z aytguvchi faylasuf.

Haq yo’lida haq so’a aytish
Sharh bilganga sharafdur,
Ushbu yo’lda haq bir taraf
Nohaq boshqa tafadur.

* "œShuaro" surasi,224-oyat.
**  Munis Xorazmiydan.

Qayd etilgan