Forumda mulohazali mavzularni oshirish uchun bir loyihani ishga tushirsak. Bunda quyidagi ishlar amalga oshiriladi: Forumda bahs-munozara va tortishuvlarga boy mavzularni oshirish maqsadida tanlov o'tkazsak. (Balki buni tanlov deyish ham noto'g'ridir. Chunki G'olibga biron mukofot va'da qilinmaydi)
Bunda barcha userlar (albatta xoxlovchilar) turli bo'limlarda o'zlarini qiziqtirgan yo'nalishda yangi mavzu ochadilar. Fikr va mulohazalar bo'limida ushbu tanlov uchun maxsus mavzu ochiladi va tanlov uchun yangi mavzu ochgan userlar o'sha yerda o'z mavzularining manzilini yozib qoldiradilar.
Masalan:
Intellekt => Kitob insonga endi kerak emas...(mi)?!Bu aynan mana shu mavzu yangi tanlov uchun ochilgani bildiradi.
Har hafta oxirida kimning ochgan mavzusida qancha post qoldirilayotgani hisoblab boriladi. O'z-o'zidan ma'lumki eng ko'p o'qilgan va eng ko'p post qoldirilayotgan mavzu muallifi
maqtovga sazovordir.Yana bir ahamiyatli tomoni bu tanlov ishtirokchilari sifatida faqatgina yangi mavzu ochgan (oldin ochilgan mavzularni takrorlamasdan) va tanlov uchun maxsus ochilgan mavzuga manzilini qoldirgan (buni o'iga xos "ro'yxatga olinish" deya tushunsa ham bo'ladi) userlar qatnasha oladi.
Original posted:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2940.msg151096#msg151096Siz o'zingiz ochgan yangi mavzu manzilini shu yerga yozib qoldiring!!!!