So'rovnoma

Qabrlarga sig'inish darajasiga yetgan shirk amalni qanday yo'qotish mumkin?


Bu holatning shirk ekanligini ommaviy tushuntirish
  4 (44.4%)
Ziyorat qilinadigan qabrlarni yopib tashlash
  1 (11.1%)
Ziyorat qilinadigan joylarda maxsus tushuntirish ishlarini olib borish
  2 (22.2%)
Ziyorat qilinadigan joylar mas'ullarining shirk amallarga to'sqinlik qilishi
  2 (22.2%)
Qabrlarni butunlay buzib tashlab, xokini umumiy qabristonga ko'chirish
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 6



Siz qabr egalaridan madad so'rashga nisbatan qanday munosabatdasiz?  ( 5840 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Musannif Adham  19 Noyabr 2008, 08:17:17

Assalomu Alaykum.

Bugun boshqa Islomiy o'lkalar qatori bizda - O'zbekistonda ham turli xil qabrlarga borib, ziyorat qilish, ulardan madad so'rash, farzand tilash, ularga atab qurbonliklar qilish  va hattoki sig'inishga o'xshash holatlar ko'payib ketgan. Har bir viloyatda bu kabi joylar istagancha topiladi.

Biz bu qabrlarda yotgan kishilar avliyo, olim va fozil kishilar bo'lganini inkor etmaymiz. Lekin ularning jonsiz madadiga sig'inishga o'xshash amallar shari'atimizda qat'iy ma'n etilgan, ya'ni harom amallardir.

Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi:

"Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam vafotlaridan besh kun oldin shunday degan edilar: "Diqqatli bo'ling, sizdan avvalgilar payg'ambarlarining qabrlarini masjid qilib olishardi. Ehtiyot bo'ling, qabrlarni masjid qilib olmang. Sizga bunaday qilishni ma'n qilaman".  (Yusuf Qarzoviy, "Tavhidning haqiqati". 54-bet.)

Hurmatli forumdoshlar mana shunday dinimiz uchun zararli bid'at va shirk amallarning oldini olish va bugun avj olganlariga barham berish uchun nimalar qilish kerak deb o'ylaysiz?

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  19 Noyabr 2008, 12:03:34

Мавзуни сал бошкачарок куйганингизда схширок буларди. Кабрлардан смас, "кабр сгалари"дан, "утганлар рухи"дан , ёки шахидлардан, авлиё анбиёлар, улуглар рухиданми.. шунга ухшаш..
валлохи аълам..


Qayd etilgan


Imron  19 Noyabr 2008, 20:10:01

Мавзунинг номини "Ширкка қарши қандай курашамиз?" деб қсйиш керак. Чунки, аҳли қубурлардан мадад ссраш ширклиги маълум, ширкка нисбатан муносабатимиз ҳам маълум.

Qayd etilgan


registan  20 Noyabr 2008, 01:54:23

Assalomu Alaykum!

Sizlardan bir iltimos, mavzu haqida taklif va e'tirozlaringiz bo'lsa "eng qaynoq mavzu" mavzusida qoldirsangiz. Oxirgi vaqtlarda mavzuga fikr bildirishdan ko'ra mavzu haqida fikr bildirish ko'payib bormoqda. O'z navbatida bu mavzuning ommaviylashishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi deb o'ylayman.
Ochilgan so'rovnomaga kelsak, men eng yaxshi yo'l ziyoratgoh mas'ullarining bunga to'sqinllik qilishi deb o'ylayman. Negaki diniy ilmlari sayoz kishilargina bu shirkni qilishlari mumkin, ularga boshqa yerda ming tushuntiring foydasiz, "sen kecha namoz o'qishni boshlab bugun menga aql o'rgatayapsanmi?" deb javob qaytarishadi. (Bu narsa hammamizni ham boshimizga tushgan busa kerak deb o'ylayman). O'zlari bilishmaydiki Rossiya hukumati davrida diniy e'tiqodlari buzilib ketganligini, ixlos qo'yib bajarayotgan amallari shirkligini, ziyoratgoh yoki qabristonlarga farzand yoki madad so'rash uchun emas o'limni eslash uchun borish kerakligini, yoki tan olishmaydi. Shuning uchun aynan ziyoratgoh xodimlari tomonidan ma'n qilib qo'yilsa masalani echimi osonroq bo'lardi deb o'ylayman. Har birimizni bilib-bilmay shirk amal qilib qo'yishdan o'zi asrasin.

Qayd etilgan


Musannif Adham  20 Noyabr 2008, 02:39:08

Мавзунинг номини "Ширкка қарши қандай курашамиз?" деб қсйиш керак. Чунки, аҳли қубурлардан мадад ссраш ширклиги маълум, ширкка нисбатан муносабатимиз ҳам маълум.

Ассалому Алайкум Birodar ака.

Мавзунинг номини Сиз айтгандек сзгартиришим мумкин. Лекин мен кундалик ҳаётимизда доимий учрайдиган ширк амаллар(уйларга исириқ, қалампирмунчоқ, тиканак осиб қсйиш, дарвозаларга тақа срнатиш ва ҳк.)га смас, балки айнан қабр сгаларидан мадад ссраш мавзусига сътибор қаратмоқчи сдим.

Бунинг шарклиги маълум. Шунинг учун ссровнома бандларида бу ссз ёзиб кетилган. Мавзуни очишдан мақсад инсонларнинг бу ҳолатга муносабатини билиш, ширклигини билмайдиганларга тушунтириш. Мана шу форумга кириб юрадиганлар орасида ҳам мана шу амаллар билан шуғулланиб юрадиганлар бордир. Ҳали давом ставерса, ксрармиз.... 

Qayd etilgan