Pishloqli bulochkalar:
Hamir uchun masalliqlar:
1. 3 dona tuxum (2 donasining sarig'ini ajrating, ustiga surtasiz)
2. 1 stakan (250 gr) qatiq
3. 1 piyola salat yog'i
4. 1 paket (250 gr) margarin, xona issiqligida erigan bo'lishi kerak
5. 0.5 paket soda (5 gr)
6. tuz
7. olganichalik un (hamir qattiq ham suyuq ham bo'lmasligi kerak)
İchidagi masalliqlar:
1. tvorog yoki pishloq (brınza) - 150-200 gr atrofida
2. to'g'ralgan petrushka, istakka qarab, lekin foydali:)
Tayyorlanishi:
1. Undan tashqari butun masalliqlarni aralashtiring. Unni oz-ozdan to'kib, yumshoq lekin qo'lingizga yopishmagan hamir qoring. 15 daqiqa tindiring.
2. 1 tahtachani unlang. Hamirni ikkiga bo'lib uzun shaklga keltiring. So'ng tuxum kattaligida parchalar olib hammasini dumaloq shaklga keltiring.
3. Eng boshda dumaloqlagan hamiringizdan boshlab o'rtasidan barmoq uchlaringiz bilan bostirib masalliq uchun joy oching. Lekin hamirni qattiq bosmang, bo'lmasa shishmaydi.
4. Hamirni o'rtasiga yarim qoshiq masalliq solib yumshoq harakatlar bilan bulochkalarni yoping.
5. Tuxum sarig'ini bulochkalarni ustiga surting. İstakka qarab sedana ham sepishingiz mumkin.
6. Bulochkalarni duxovka listiga tering. Oldingan 200 % isitilgan bo'lishi kerak (10 daqiqa atrofida) 45 daqiqada tayyor bo'ladi insh.
Yoqimli ishtaha...
Bulochkalarning rasmi: "O'zimiz tayyorlagan taomlar! " mavzusining 49 chi sahifasida berilgan.