Buxoroliklar sayohatnomasi  ( 37332 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B

Mr.Twister  18 Yanvar 2009, 22:51:44

Assalamu alaykum.
Robiya, ishonch uchun raxmat.
Sayohatimiz, albatta bahor oylarida bo'lib o'tadi. Aytgancha takliflarni buxoroliklarning tadbirlar uchun ochgan alohida e-mailiga ham yuborishiz mumkin. Xatlarga esa Robiya va men javob beramiz InwoAlloh. E-mail orqali javob berganda niklarni yozishni unutmang.
Balki, boshqa userlarning ham fikrini kutarmiz...
Abdulaziz aka, shu mavzuni yopishqoq qilib, reklamalar bersangiz ham yaxshi bo'lardi.

Orif aka, ha Erkin man bo'laman. Lekin Erkin aka emas. Chunki bunday o'ylab qarasam. Buxoroda yashayotgan buxorolik userlarning eng yoshi man bo'laman.
Allohga hamdlar bo'lsin, rejalarimizga Allohning o'zi madadkor bo'lsin. Amiyn. Allohu akbar.
Vasalamu alaykum

Qayd etilgan

ORIF  18 Yanvar 2009, 23:24:53

Men ham AbdulAzizning fikrlarini ma'qulayman. O`zimni xayolimdan ham bahor mavsumi o`tayorgan edi. Albatta, qanchalik ko`pchilik bo`lsak shunchalik yaxshi.

Menimcha sayohat dasturiga ba'zi bir tarixiy joylarni ham kiritish kerak. Masalan Minorai kalonning ustasi qabri, bu qabrni hatto men ham bilmayman. Lekin bu qabr Minorani yerga yotqizilganda minoraning boshi yetadigan erda. Lekin qaysi tomongaligi menga ma'lum emas.
Orif Revgariy yurtlaridagi Vardonze qo`rg`oni...

Qayd etilgan

AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 01:00:11

Abdulaziz aka, shu mavzuni yopishqoq qilib, reklamalar bersangiz ham yaxshi bo'lardi.

Ma'qul.

Ha, bu narsa endi sayohatning muddatiga bog'liq bo'ladi. Yetti shayx ziyoratiga kamida 1 kun ketsa kerak... Yana bir kun qolish fikri tug'ilsa, unda boshqa ziyoratgohlarga ham vaqt bo'ladi.

Yana bir taklif, avvaldan oz-ozdan yig'ib borsak-da, shu kuni bironta xayriya tadbirini ham uyushtirsak.
Takliflar?

Qayd etilgan

Robiya  19 Yanvar 2009, 16:21:05

Assalamu alaykum!

Allohga hamdlar bo'lsinkim, ushbu tadbirimizda ancha safimiz kengayadigan ko'rinadi. Alloh barchangizdan rozi bo'lsin,aziz birodarlar!

Takliflarga keladigan bo'lsak, barchasizga qo'shilaman hamda mendan qanaqa xizmat kerak bo'lsa, tayyorligimni aytaman. Alloh nasib etsa, ushbu rejalshtirgan xayrli tadbirimiz juda go'zal o'tadi. Insha Allah!...

Qayd etilgan

ORIF  20 Yanvar 2009, 01:45:52

Abdulaziz aka, shu mavzuni yopishqoq qilib, reklamalar bersangiz ham yaxshi bo'lardi.

Ma'qul.

Men ham AbdulAzizning fikrlarini ma'qulayman. O`zimni xayolimdan ham bahor mavsumi o`tayorgan edi. Albatta, qanchalik ko`pchilik bo`lsak shunchalik yaxshi.

Menimcha sayohat dasturiga ba'zi bir tarixiy joylarni ham kiritish kerak. Masalan Minorai kalonning ustasi qabri, bu qabrni hatto men ham bilmayman. Lekin bu qabr Minorani yerga yotqizilganda minoraning boshi yetadigan erda. Lekin qaysi tomongaligi menga ma'lum emas.
Orif Revgariy yurtlaridagi Vardonze qo`rg`oni...

Ha, bu narsa endi sayohatning muddatiga bog'liq bo'ladi. Yetti shayx ziyoratiga kamida 1 kun ketsa kerak... Yana bir kun qolish fikri tug'ilsa, unda boshqa ziyoratgohlarga ham vaqt bo'ladi.

Yana bir taklif, avvaldan oz-ozdan yig'ib borsak-da, shu kuni bironta xayriya tadbirini ham uyushtirsak.
Takliflar?

Lekin nega endi 1 kun yoki 2 kun.
Balkim bu ko`payib ketarov, lekin 3 yo 4 kunga nima deysizlar? Shoshganda ba'zi narsalar nazardan chetda qolmasmikan? Agar yurtimizning o`zga o`lkalaridan ham forumdoshlarimiz tashrif buyurishadigan bo`lishsa bafurcha sayohat qilishga to`gri kelsa kerak. Albatta "Yetti pir ziyorati" - sayohat dasturi ostida.

Taklif ma'qul.

Qayd etilgan

Hadija  20 Yanvar 2009, 17:32:43

 :as:

Bo'lim qiziqtirib qo'ydi, 1-2 savollar tug'ildi.

Toshda ham Buxorolik user, userlakalar yashashishadi, moboda ular ham borishishsa, alohida albatta biror joyda uchrashiladimi? Keyingi savol esa, bu ayni sayohat muslimlar u-nmi? yoki Muslimalar u-nmi yoki barcha u-nmi? Agarda shunday bo'lsa, buni islom shariyatiga nomaqul bo'lgan joyi yo'qmi? InshaAllah savollarimni o'rinsiz deb hisoblamaysizlar. Javoblarni, fikrlaringiz orqali kutib qolaman.

Qayd etilgan

AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 23:40:03

Va alaykum assalom!

Hali bu yerda aniq marshrut, rejalar belgilanmadi. Ba'zi takliflar aytildi. Yana boshqalarning mulohazalariga muvofiq bir fikrga kelinadi, inshaalloh.

Hozircha 2-3 ta yigitlar borishni rejalashtirdik. Yig'ilish alohida bo'lsa, yaxshiroq bo'ladi.

Muslim va muslimalarning shariat doirasida ko'cha-ko'ydagi muomalalariga ruxsat bor.

Qayd etilgan

Mr.Twister  20 Yanvar 2009, 23:54:47

Assalamu alaykum.
Rejalar yaqinda tuziladi.
Bu uchun esa bizga, userlarning fikrlari kerak.

Qayd etilgan

ORIF  21 Yanvar 2009, 00:39:01

Kelinglar, reja tuzishdan oldin ziyoratga chiquvchilarni sal-pal aniqlashtirib olsan.

Boshladikmi?

Mr.Twister
Orif,
AbdulAziz,
...

Ziyoratga borishni istaganlar ro`yhatga nomlarini kiritishsin.
UZda bo`lmaganlar yurtga qachon qayta olishlarini hech bo`lmasa taxminan yozishsin.

Qayd etilgan

Hadija  21 Yanvar 2009, 11:30:40

Assalam alaykum.

Alloh rozi bo'lsin.

Toshda singlim biln yozda borishni niyat qilib yuribmiz. Agarda yozda imkoningiz bo'lsa yozda ziyorat bo'lsa, Buxoro shahrida uchrashilsada, keyin ayni paytda Buxoroda yashovchi userlar, ziyorat qildirishishsa?! Fikrimcha, userkalarga aytib ko'rish kerak, balki Toshdagilar yoki boshqa viloyatdagilar ham borishni istar?

Qayd etilgan