
Aziz dindoshlar, forumdoshlar!
Erkin, rahmat,aytganingiz uchun

Ha, yakshanba kuni uzoq rejalashtirib kelayotganimiz, kursdoshlar bilan "Yetti pir" ziyoratida bo'ldik, Alhamdulillah. Tassurotlar juda katta. Faqat forumdoshlar uchun kerakli jihatlarini aytib o'tsam:
Biz 45 kishi 3 ta "Gazel" marshrutkasida yo'lga chiqdik. Yo'lkira 6000 dan tushdi.
Ertalab soat 6-30 da Buxoro markazidan yo'lga chiqdik. Soat 15 larda hamma ziyoratgohlarni aylanib bo'ldik. Hatto rejadan tashqari bir avliyo ziyoratiga ham kirdik: Xoja Axbori Kabir.
Ziyoratlarimizni Allohning O'zi qabul qilsin!