Assalamu alaykum aziz mushtariylar bugun sizlar bilan Adobe photoshop dasturida ajoyib mashqni bajaramiz, demak boshladik.
1. Dasturni ishga tushiramiz va avtomobil rasmini olamiz.
2. Endi ana shu background layerimizni nusxalaymiz. (Ctrl+J)
3. Pen tool yordamida avtomobil farasi atrofini belgilab olamiz.
Filter > Render > Lens flare
O’ng tomondagi farani ham 3- bosqichda ko’rsatilgan holda yoqamiz.
4. Image Readyga o’tamiz. Ctrl+Shift+M layer1 dagi ko’zchani olib tashlaymiz.
Background layerni tanlab, Animation oynasiga tushamiz va Duplicates current frames tugmasini bosamiz.
5. Layer 1 ga o’tamiz va undagi ko’zchani o’z o’rniga keltiramiz va Animation oynasiga tushib, Duplicates current frames tugmasini bosamiz.
6. Animation oynasiga tushib xuddi quyidagi rasmda ko’rsatilganidek animatsiyamiz davomiyligini belgilaymiz
Nihoyat natija ham tayyor
File > Save optimized as .gif formatda soxranit qilamiz.
Muallif: Nodirshoh