Meni yig`latgan holat...  ( 197189 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 33 B


Akbarjоn  01 Iyun 2010, 16:10:56

Xozir Kurtlar vodiysi: Iroq ni ko'rdim

Kurtlar vodiysi serialini yoqtirmiyman ammo bu serial emas kino deyishganligi uchun va musulmonlarning hayoti bilan muamolari bilan bog'lik bo'lganligi sababli ko'rdim

ey Allohim musulmonlarni g'ayriddinlarning qo'lida xor qilma!
Islomni ularning ustidan g'alaba qilishi kunlarini tezlashtir

Juda juda afsuslanib ketyabman...

bu yurishimiz bu turishimiz....

O'zbekistonni yomonlayotganlarga nisbatan nafratim yanada kuchaydi desam yanglishmiyman, Tinchlik ne'matini qadriga yetmayotganlar ko'r bo'ladi!

Alloh, musulmonlardan tinchlik ne'matingni ko'tarma, urush g'avg'olardan hunrezliklardan o'zing asra!!!

Qayd etilgan


Muzayyana  01 Iyun 2010, 16:23:59

Erta bilan ishga ketayotgan edim, yo'lda ketar ekanman bir g'alati, g'lati hammas odamni g'ashini keltiradigan, jaxlini chiqaradigan  desam ham bo'ladi, mana shunday holatga ko'zim tushib beihtyor to'xtab qoldim.
Bir mashina to'xtab yurmey qolgan, zaparoj markali, er rulda o'tiribdi, ayoli mashinadan tushib mashinani orqasidan itaryapti...buku mayli ayol charchadi shekilli bundor qaddini rostladi, ko'zim chiqib ketiy dedi, ayol yaqinda ko'zi yoradigan holatda, homilador ekan...
Ayolni, bo'lajak onani mana hurmatiyu, mana qadri...
Bu holatga yig'lamasdan iloj yo'q...
Atrofdan bu holatga indamasdan jim o'tib ketayotganlarni ko'rib, bunga ham yig'lamasdan iloji yo'q...
Allohim mana shundan o'z erlik burchini bilmaydigan "erkak"larni O'zing isloh qil, O'zing ularni isloh qilmasanh, xollar xarob...

Qayd etilgan


Ansora  01 Iyun 2010, 21:30:14

Nizomiydan kursdoshim bilan anchadan beri bunday uzun gaplashmagandim. Hol-ahvol so'rashdik. "Ota-onangiz ham yaxshimilar",  dedim. Dugonam bo'lsa, og'ir nafas oldilar va :"Otam yaxshilar-u lekin onamni vafot etganlariga 2 yil bo'ldi, Zamira, dedilar. Birdan holdan toydim, inson onidan nima deyishini ham bilmas ekan bunday hollarda. Onalari ko'z oldimga keldi, Milliy Universitetni O'zbek tili va adabiyoti fakultetini bitirgandan keyin viloyatlardan birida juda mashhur o'qituvchi edilar. Mahsus dars berganliklari uchun Mavluda opa(Alloh rahmat aylasin) ni qo'lidan o'tmagan o'quvchi, abituriyent yo'q edi...

Ona o'g'lini uylantiradi, kelin bilan kuyov bir narsa sabab tortishishadi va janjal kattayib kelinni ota-onasi uyga bostirib kelishadi. Bunday janjallarga ko'nikmagan ona bechora o'g'lini qo'llarida yuragi ushlab 1-2 daqiqani ichida jon taslim etadi...

Dugonam poytahtda bo'lganligi sabab ona bechoraning so'nggi so'zlarini na eshita oladi, na halollik tilay oladi....

Men hafa bo'lib yurmay deb bu xabarni na dugonam, nada oilam menga bildirishibdi.

Ha, bunday voqealarni eshitganimda ota-onalarimizni qanchalik qadriga yetyabmiz, biz maqbul farzandmizmi, deb o'ylab qolaman....

Qayd etilgan


Nurilla  01 Iyun 2010, 23:24:25

Xozir Kurtlar vodiysi: Iroq ni ko'rdim

Kurtlar vodiysi serialini yoqtirmiyman ammo bu serial emas kino deyishganligi uchun va musulmonlarning hayoti bilan muamolari bilan bog'lik bo'lganligi sababli ko'rdim

ey Allohim musulmonlarni g'ayriddinlarning qo'lida xor qilma!
Islomni ularning ustidan g'alaba qilishi kunlarini tezlashtir

Juda juda afsuslanib ketyabman...

bu yurishimiz bu turishimiz....

O'zbekistonni yomonlayotganlarga nisbatan nafratim yanada kuchaydi desam yanglishmiyman, Tinchlik ne'matini qadriga yetmayotganlar ko'r bo'ladi!

Alloh, musulmonlardan tinchlik ne'matingni ko'tarma, urush g'avg'olardan hunrezliklardan o'zing asra!!!

Ha. Juda zo'r ishlangan. Odamni ko'zidan yosh chiqadi. InshaAlloh 5-noyabrda kurtlar vadisi: Falastin chiqsa ko'z yoshlar yana oqadi.

Qayd etilgan


lolo  11 Iyun 2010, 13:33:12

 :bsm:
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar:
"Nihoyatda sillam quriganidan biror yegulik izlab ko'chaga chiqib erdim, Umar ibn Xattobga yo'liqdim. Shunda Alloh taoloning Kitobidan ochlarni to'yg'azish lozimligi haqidagi oyatni o'qib bermog'ini undan iltimos qildim (qornim ochligini fahmlasin, deb erdim). U hovlisiga kirib, Quroni Karimni ochdida, men aytgan oyatni o'qib chuntirdi (ammo, ochligimmi fahmlamadi). Keyin men uning hovlisidan chiqib, ammo sillam quriganidan yuz tuban yiqildim.
Bir maham qarasam Rosululloh sollollohu alayhi vasallam tepamda turibdilar. "Ey Abu Hurayra!" dedilar ul zot.
"Labbay yo Rosululloh, xizmatingizga tayyorman!" dedim.
Janob Rosululloh qo'limdan tortib meni turg'azdilar, ochligimdan shu ahvolga tushganimni bilib, meni tuyalari tomon yetakladilar. Keyin kattagina idishda sut uzatib ichmog'imni amr qildilar, men ichdim. "EY Abu Hurayra, yana quyib ich!" dedilar. Men yana quyib ichdim.
So'ng: "Yana quyib ich!" dedilar. Men yana quyib ichdim. Xatto qornim kamondek tarang tortilib ketti.
Keyin, Umarni uchratib, boya o'zimga nima bo'lganini unga aytdimda: "Alloh taolo meni to'yg'azmoqni sendan ko'ra haqliroq, ya'ni Janob Rosulullohga topshirdi. Ey Umar, hudo haqqi, men sendan mazkur oyatni o'zim bilmaganim uchun o'qib bermog'ingni iltimos qilmagan erdim, uni sendan ko'ra o'zim yaxshiroq qiroat qila olaman!" - dedim.
Umar: "Hudo haqqi, terisi shilingan tuya kabi bo'lganimdan ko'ra, seni to'yg'azganim mening uchun yaxshiroq edi!" - dedi.

(Buxoriy, sahih.)

Qayd etilgan


Zulfina  17 Iyun 2010, 20:59:46

   Janobi Rasululloh (s.a.v) hastaliklari og'irlashganida goh-gohida hushlarini yo'qotardilar. Bundan juda g'amgin bo'lgan Hazrati Fotima baland ovozda:
  "Oh otajonim, iztirobingiz!",deb yig'lardilar.
Shu holatda Janobimiz(s.a.v) marhamat qildilar:
   "Endi otangiz hech qanday iztirobda qolmaydi!"
Sarvari Koinot (s.a.v) Janobimiz vafot etganlarida qizlari Fotima quyidagi so'zlarini aytib, o'zlaridagi g'am va qayg'uni ifoda etdilar:
  "Ey Rabbimning da'vatini qabul qilgan Otajonim!
  Ey Firdavs maqomi bo'lgan Otajonim!
  Ey o'limidan Jabroilga habar bergan Otajonim!"
 Janobimiz (s.a.v) vafotlaridan so'ng Hazrati Fotima Anasga (r.a) bunday hitob qildilar:
  "Ey Anas! Payg'ambaringiz uzra tuproq tortilishiga qo'lingiz qanday rozi bo'ldi?"

  Janobimiz (s.a.v) vafotlaridan olti oy o'tgach, hazrati Fotima ham vafot etdilar(r.a).


Qayd etilgan


Zulfina  18 Iyun 2010, 21:21:24

    Abdulloh ibn Ma'sud (r.a) rivoyat qiladi: "Payg'ambarimiz (s.a.v) u Zotga ota-onam va jonim fido bo'lsin, rihlatlarining habarlarini berish uchun bizni olti kun avvalroq Hazrati Oyisha (r.a) onamizning uylariga to'pladilar. To'planganimizda bizga yuzlandilar va ko'zlaridan yosh oqa boshladi. So'ng bunday dedilar:

"Marhabo, hush kelibsizlar! Alloh sizlarga hayot bersin! Alloh sizlarni himoya qilsin! Alloh sizlarga ko'mak bersin! Alloh sizlarni (moddiy va ma'naviy maqomda) baland qilsin! Alloh sizlarga hidoyat bersin! Alloh sizlarga (mo'l) rizq bersin! Alloh sizlarni muvaffaq qilsin! Alloh sizlarga omonlik bersin! Alloh sizlardan amallaringizni qabul qilsin! Allohga taqvodor bo'lishingizni vasiyat qilaman! Men sizlarga Alloh tarafidan saylangan ochiq qo'rqituvchi va ogohlantiruvchiman. Ogoh bo'ling! Allohga nisbatan haddingizdan oshmang! Uning bandalariga va shaharlariga qarshi bosh ko'tarmang!Chunki Alloh taolo men va sizlar uchun: "Biz o'sha ohirat diyorini Yer yuzida buzg'inchilik va zo'ravonlik qilishni istamaydigan kishilar uchun qilurmiz. Oqibat taqvo qiluvchi kishilarnikidir."(Qasos surasi, 83-oyat mazmuni); "Qiyomat Kunida Alloh sha'niga yolg'on so'zlagan kimsalarni yuzlari qora holda ko'rursiz. Yo jahannamda kibrli kimsalar uchun joy yo'qmi?!"(Zumar surasi 60-oyat mazmuni) deydi..."
  So'ngra Nabiy (s.a.v) gaplarida davom etdilar: Ajal yaqinlashdi. Alloh taologa qaytish bor...Va sidratul muntahoga...Va jannatul Ma'voga...Va ka'sul uvfoga...Va Rafiqul A'loga...


   Qanday musibat! Ummatim deb jon bergan Rasululloh (s.a.v)ning ummatlari bugun hatto vasiyatlarini ham bajara olmayabti...

Qayd etilgan


Musliha  18 Iyun 2010, 21:55:21

Shayx hazratlarinii "Anbiyolar qissasi" diskini yaqinda sotib olgandim.Shu diskni eshitib qissalarning pachti yarimida yig'ladim.Insonni mulohazaga tortadigan dunyodan uzoqlashishiga sabab bo'ladigan va albatta ancha ko'z yosh to'kishiga sabab bo'lar ekan!
Ayniqsa Muso alayhissalom haqlaridagi qissalar mani judayam ko'p yig'latdi!

Qayd etilgan


JaviK  23 Iyun 2010, 15:03:32

Bugun do`stimning otasini janozasida imom bu inson haqida qisqacha dedida o`zi bilan bo`lgan voqeani aytib berdi:
Masjidimiz hovlisini tomini yoptirayotgan edik. Bu qurilish tugaguncha Salohiddin aka yordamda turdi. Ko`pchiligiz bilasiz Salohiddin akamiz  sahar kasali bilan og`rigan va oyoqlarini barmoqlarini kesishga majbur bo`lgan.  Bir kun qurilishda menga oyoqlaridagi yara bitmayotganligi tunlari og`rib bezovta qilayotgani haqida gapirib qoldi, men esa oyoqlariz ishmasidan, yaralar bitgunicha dam olavering dedim shunda Ollohning uyi qurilishida oyoqlarim kesilib ketsa ham roziman deb javob berdi.  
Imom bu voqeani aytar ekan ko`zidagi yoshini to`xtata olmadi.    

Qayd etilgan


Lu`lu`  04 Avgust 2010, 10:35:28

xokisor namozxonning yanada xokisor holda xibsga olinganida yig`liyman.

Qayd etilgan